INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND
THEIR SOLUTIONS
VOLUME 11, ISSUE 01, 2025
3
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA RAQOBATBARDOSHLIKNI BOSHQARISH
TIZIMI
B.Kattakishiyev
Jizzax politexnika instituti dotsenti
M.Murtazayeva
Kibersport fakulteti, 520-22 guruh talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning
raqobatbardoshligini boshqarishdagi muammolar va ularning iqtisodiy yechimlari yoritilgan.
Shuningdek, raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi integratsiya, modernizatsiya va innovatsion
omillarning ta’sir doiralari atroflicha o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
Sanoat mahsulotlari, sanoat korxonalari, raqobat, integratsiya.
Аннотация:
В
данной
статье
освещаются
проблемы
управления
конкурентоспособностью предприятий-производителей промышленной продукции и их
экономические решения. Также детально изучены сферы влияния факторов интеграции,
модернизации и инноваций, влияющих на конкурентоспособность.
Ключевые слова:
промышленная продукция, промышленные предприятия, конкуренция,
интеграция.
Bugungi kunda narxsiz raqobat kurashi kuchayib borayotgan bir sharoitda sanoat
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning raqobatbardoshligini boshqarish tizimidagi
muammolar juda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘z navbatida sanoat korxonalarining
raqobatbardoshligi yuqori harakatlantiruvchi omil sifatida baholanmoqda. Shu bois, sanoat
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni ularning sifatini oshirishga, ishlab chiqarish tannarxini
optimallashtirishga, mehnat mahsuldorligini oshirishga olib keladi [1].
Sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini ta’minlash hamda ular faoliyatida boshqaruv
tizimini takomillashtirish borasida bir qator mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan ilmiy
izlanishlar olib borilgan. Sanoat masulotlari raqobatbardoshligini boshqarishning nazariy va
metodologik asoslari A.Aronov, O.Vixaniskiy, O.Bogomolov, R.Fatxutdinov asarlarida tadqiq
etilgan. Jumladan Maykl Porter shunday deb yozgan edi: “Raqobat ustunligining ikkita asosiy
turi (differentsiatsiya va arzon narx), firma ularga erishishga intilayotgan faoliyat doirasi bilan
birgalikda uchta natijaga olib keladi, umumiy strategiyalar sohada o‘rtacha ko‘rsatkichlardan
yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun: xarajatlar bo‘yicha yetakchilik, farqlash va e’tibor.
Fokus strategiyasi ikkita variantga ega: xarajatlarga yo‘naltirilganlik va farqlash fokusi” [2].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi “2022-
2026 – yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-
60-sonli Farmonida strategik yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan “Milliy iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” ijrosini ta’minlash doirasida milliy
iqtisodiyotni tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bir qator amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilangan [3].
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarini rivojlantirishning amaldagi bosqichi
zamonaviy bozor munosabatlarini shakllantirish orqali global iqtisodiy tizimning turli
pog‘onalarida
raqobatbardoshlikning
yuqori
darajasini
ta’minlash
muammosini
dolzarblashtiradi. Iqtisodiyot va uning tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash, ushbu tarmoqlarda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga olib keladi, pirovardida
sanoat mahsulotlarining ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligi ta’sirida aholining ish
bilan bandligi ortadi, uning turmush darajasi yuksaladi hamda mamlakatning barqaror iqtisodiy
o‘sish sur’atlari ta’minlanadi [4].
INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND
THEIR SOLUTIONS
VOLUME 11, ISSUE 01, 2025
4
Bozorda ta’minot darajasini oshirish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va
mahalliy, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, integratsiyani chuqurlashtirish va mavjud
quvvatlarni kengaytirish bo‘yicha zavodlar faoliyatini integratsiyalash zarur. Talab bilan
bog‘liq vaziyatni yaxshilash uchun milliy ishlab chiqaruvchilar, brendlar va dizaynerlarning
xorijiy sheriklar bilan samarali integratsiyalashuvini, eksport bozorlariga, xususan, Yevropa
Ittifoqi, Belorussiya, Yaqin Sharq va Kanadaga chiqishni ta’minlash zarur. Shu bilan birga,
mahalliy kompaniyalar mamlakat hududidan tashqarida mato yetkazib beruvchilarni jalb qilish
kontekstida integratsiyaga yo‘naltirishi mumkin.
Bizning fikrimizcha, sanoatda integratsiyani amalga oshirish alohida ishtirokchilarning
ham, umuman butun majmuaning faoliyati samaradorligini baholash imkonini beruvchi
mezonlar tizimini ishlab chiqishni talab qiladi. Integratsiyalashgan sanoat majmuasi faoliyatiga
quyidagilar kiradi: integratsiyalashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hajmida fanni talab
qiluvchi mahsulotlar ulushini oshirish; mahsulotlarni kompleks ishlab chiqarish jarayonida
yangi texnoogiyalardan foydalanish; ishlab chiqarish zanjirini modernizatsiya qilish darajasini
oshirish va tayyor mahsulotni kompleks ishlab chiqarishning har bir bosqichida ishlab chiqarish
hajmlarining muvofiqligini belgilash; biznes strategiyasi natijasida mahsulotlarning
raqobatbardoshligini oshirish darajasi; yaxlit kompleks xodimlari daromadlarining o‘sishi.
Sanoat korxonalarini integratsiya sharoitida raqobatbardoshligini oshirish uchta darajadagi
maqsadlilikni o‘z ichiga oladi:
birinchidan, o‘z biznes jarayonlariga e’tibor qaratgan kompaniyalarning ichki integratsiyasi,
bunda sheriklar, yetkazib beruvchilar, ta’lim muassasalari va iste’molchilar bilan integratsiya
elementlari amalga oshiriladi;
ikkinchidan, mahalliy kompaniyalarga xalqaro bozorlarga chiqish uchun zarur shart-
sharoitlarni shakllantirish imkonini beradigan davlat darajasida yaxlit kompleksni shakllantirish;
uchinchidan, savdo bozorlarini kengaytirish va raqobatbardosh pozitsiyalarni
mustahkamlash uchun xorijiy biznes hamkorlar bilan integratsiya.
Sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir etuvchi integratsiya,
modernizatsiya va innovatsion omillarning kompleks vazifalari ushbu maqsad amalga oshishiga
xizmat qilishi lozim. Integratsiyalashgan sanoat majmuasi korxonalarning raqobatbardoshligiga
ko‘p jihatdan korxona oldiga qo‘yilgan maqsadlar va bajariluvchi vazifalarning o‘zaro
munosabatlari yordamida erishiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. G.Madrahimova. Analysis of the Role and Current State of the Textile Industry in the
Economy of Uzbekistan. Archive of scientific research. 2020. № 16. 134-142 p.
2. Porter, Maykl E. (1985). Raqobat afzalligi. Bepul matbuot. ISBN 978-0-684-84146-5.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “2022-2026 – yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli
Farmoni. 2022-yil 28-yanvar. lex.uz
4. Чистов Л.М. Эффективное управление социально-экономическими системами. СПб.:
ООО ТК “Петрополис”, 1998 – 475 с.
