BOSHLANG‘ICH SINFLARDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MANTIQIY MASALARNI O‘RGATISH METODIKASI

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mantiqiy masalalarni o‘rgatishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash metodikasi tahlil qilinadi.Tadqiqotda mantiqiy masalalarni yechishda interaktiv o‘yinlar, vizual dasturlar va sun’iy intellekt texnologiyalardan foydalanish usullari ko‘rib chiqiladi. Natijalarga ko‘ra, boshlang‘ich sinfarda raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim omil ekanligi aniqlanadi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
248-249
17

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
UMAROVA ZULFIZAR OTABEK QIZI. (2025). BOSHLANG‘ICH SINFLARDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MANTIQIY MASALARNI O‘RGATISH METODIKASI. Журнал научных исследований и их решений, 4(02), 248–249. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ituy/article/view/82623
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mantiqiy masalalarni o‘rgatishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash metodikasi tahlil qilinadi.Tadqiqotda mantiqiy masalalarni yechishda interaktiv o‘yinlar, vizual dasturlar va sun’iy intellekt texnologiyalardan foydalanish usullari ko‘rib chiqiladi. Natijalarga ko‘ra, boshlang‘ich sinfarda raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim omil ekanligi aniqlanadi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

248

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA

MANTIQIY MASALARNI O‘RGATISH METODIKASI

UMAROVA ZULFIZAR OTABEK QIZI

Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim

yo‘nalishi 3-kurs talabasi.

Annotatsiya.

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mantiqiy masalalarni

o‘rgatishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash metodikasi tahlil qilinadi.Tadqiqotda mantiqiy

masalalarni yechishda interaktiv o‘yinlar, vizual dasturlar va sun’iy intellekt texnologiyalardan

foydalanish usullari ko‘rib chiqiladi. Natijalarga ko‘ra, boshlang‘ich sinfarda raqamli

texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash

qobiliyatini rivojlantirishda muhim omil ekanligi aniqlanadi.

Kalit so‘zlar

: boshlang‘ich sinf, mantiqiy masala, raqamli texnologiya, interaktiv metodlar,

ta’lim metodikasi.

Абстрактный.

В статье анализируется методика использования цифровых технологий

при обучении логическим задачам учащихся начальной школы. В исследовании

рассматривается использование интерактивных игр, визуальных программ и технологий

искусственного интеллекта при решении логических задач. По результатам исследования

установлено, что организация образовательного процесса с использованием цифровых

технологий в начальных классах является важным фактором развития навыков

самостоятельного мышления учащихся.

Ключевые слова:

начальная школа, логическая задача, цифровые технологии,

интерактивные методы, методика обучения.

Abstract.

This article analyzes the methodology of using digital technologies in teaching logic

problems to primary school students. The study examines the methods of using interactive games,

visual programs, and artificial intelligence technologies in solving logic problems. According to

the results, it is determined that organizing the educational process using digital technologies in

primary school is an important factor in developing students' independent thinking skills.

Keywords:

primary school, logical problem, digital technology, interactive methods, educational

methodology.

Kirish

. Mantiqiy masalalarni o‘rgatish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun muhim ahamiyat

kasb etadi. Chunki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari aynan mantiqqiy masalalar orqali mustaqiy

fikrlaydigan, kreativ va tanqidiy mulohaza yurita oladigan bo‘lishadi. Boshlang‘ich sinf

matematika darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanish — bu o‘quv jarayonini interaktiv,

qiziqarli va samarali qilishga xizmat qiladigan usullardan biridir. Hozirgi kunda raqamli

texnologiyalar ta’lim jarayoniga chuqur integratsiyalashib, o‘quvchilarning qiziqishini oshirish

va ularning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda. Shunday ekan,

boshlang‘ich sinflarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar va raqamli texnologiyalar yordamida

mantiqiy masalalarni o‘rgatish metodikasini ishlab chiqish bugungi kunda ta’lim jarayonining

dolzarb masalaridan biridir.

Asosiy qism

. Boshlang‘ich sinflarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda raqamli

texnologiyalarning roli muhim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matematika — mantiqiy

fikrlash, hisoblash, shakllarni tanib olish kabi asosiy ko‘nikmalarni shakllantiradigan muhim fan

hisoblanadi. Raqamli texnologiyalardan foydalanish bu ko‘nikmalarni osonroq, tushunarliroq va

zavqliroq o‘rganishga yordam beradi. Bu esa raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonida interfaol

metodlarni joriy etish imkonini yaratadi va ular quyidagi afzalliklarga ega:

1. Interfaollik-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari masalalarni mustaqil ravishda yechib, natijalarni

real vaqtda tekshira oladilar.

2. Vizualizatsiya-boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga murakkab mantiqiy tushunchalar va

masalalarni sodda grafik va animatsiyalar orqali tushuntirish mumkin.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

249

3. Gamifikatsiya-boshlang‘ich ta’lim jarayonini qiziqarli va samarali qilish uchun o‘yin

elementlari qo‘llanadi.

4. Moslashuvchanlik-boshlang‘ich sinfdagi har bir o‘quvchining qobiliyatiga mos ravishda

individual yondashuv yaratish imkoniyati mavjud.

Mantiqiy masalalarni o‘rgatishda raqamli texnologiyalar asosidagi metodlar

.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda ularga mantiqiy

masalalar yechishni o‘rgatish uchun quyidagi raqamli texnologiya vositalaridan foydalanish

mumkin:

1. Interaktiv ta’lim platformalari-“Kahoot”, “Quizizz”, “Plickers” singari tizimlar orqali

mantiqiy masalarni bolalarga mos qiziqarli tarda taqdim etish mumkin.

2. Dasturiy ta’minot va mobil ilovalar-“Matific”, “Prodigy” kabi ilovalar orqali aynan

boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga moslashtirilgan mantiqiy mashg‘ulotlar o‘tkazish .

3. Sun’iy intellektga asoslangan tizimlar-“ChatGPT” kabi Al tizimlari yordamida boshlang‘ich

sinf o‘quvchilariga mantiqiy masalalarni yechish bo‘yicha maslahatlar berish va

avtomatlashtirilgan feedback taqdim etish.

4. Konstruktor va simulyatorlar- “Scratch”, “Blockly” kabi vizual dasturlash muhitlaridan

foydalanib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining algoritmik tafakkurini rivojlantirish.

Xulosa va tavsiyalar

.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki ,raqamli texnologiyalar yordamida

mantiqiy masalalarni o‘rgatish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun samarali usul

hisoblanadi.Ushbu texnologiyalar o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish,darsga

bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat

qiladi.Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muammoga kreativ va tanqidiy hamda

tezkorlik bilan yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Kelgusida ushbu yo‘nalishda quyidagi tadqiqotlarni olib borish tavsiya etiladi:

-Turli yosh guruhlari uchun moslashtirilgan interaktiv platformalar ishlab chiqish;

-Sun’iy intellekt vositalaridan keng foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar yaratish;

-O‘quvchilarning individual qobiliyatlariga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

:

1. O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi”

qarori, 2020.

2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Raqamli ta’lim konsepsiyasi, 2021.

3. Saparbayev B. Boshlang‘ich sinflarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish metodlari.

O‘zbekiston: Pedagogika jurnali, 2022.

4. Hasanov A. Raqamli texnologiyalar yordamida interfaol ta’lim jarayonlarini tashkil etish.

Ta’lim va innovatsiyalar jurnali, 2023.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi” qarori, 2020.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Raqamli ta’lim konsepsiyasi, 2021.

Saparbayev B. Boshlang‘ich sinflarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish metodlari. O‘zbekiston: Pedagogika jurnali, 2022.

Hasanov A. Raqamli texnologiyalar yordamida interfaol ta’lim jarayonlarini tashkil etish. Ta’lim va innovatsiyalar jurnali, 2023.