ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
95
CHIRCHIQ SHAHRIDA 1995-2010-YILLAR DAVOMIDA ATMOSFERA HAVOSI
IFLOSLANISHI HAMDA UNING TAHLILI
Toshturdiyev Nurbek Nurali o‘g‘li
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
Fizika fakulteti Gidrometeorologiya yo‘nalishi
3-bosqich talabasi
Tel: +998 88 910 42 46
Email:
nurbektoshturdiyev86@gmail.com
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Chirchiq shahrida 1995–2010-yillar davomida atmosfera
havosining ifloslanish darajasi va uning asosiy sabablari tahlil qilinadi. Shahar sanoatlashgan
hudud sifatida metallurgiya, kimyo va energetika korxonalarining faoliyati bilan bog‗liq holda
ekologik muammolarga duch kelgan. Tadqiqot davomida havoga chiqarilgan asosiy
ifloslantiruvchi moddalar (chang zarralari, oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi, azot birikmalari va
boshqalar) dinamikasi o‗rganildi. Shuningdek, aholi salomatligiga ta‘sir, me‘yoriy ko‗rsatkichlar
bilan taqqoslash va mavjud ekologik siyosat choralari tahlil etildi. Maqolada ifloslanishning oldini
olishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ham berilgan.
Kalit so‘zlar:
Chirchiq, atmosfera havosi, sanoat ifloslanishi, ekologik tahlil, sog‗liq, 1995–2010.
Abstarct:
This article analyzes the state of air pollution in the city of Chirchiq during the period
from 1995 to 2010. As an industrial city, Chirchiq faces significant environmental challenges due
to the operation of metallurgy, chemical, and energy enterprises. The study examines the dynamics
of major air pollutants—such as particulate matter, sulfur dioxide, carbon monoxide, and nitrogen
compounds—based on scientific analysis. Additionally, the article explores their effects on public
health, compares pollution levels with regulatory standards, and evaluates current environmental
policies. Practical recommendations for mitigating air pollution are also provided.
Keywords:
Chirchiq, air pollution, industrial emissions, ecological analysis, health, 1995–2010.
Аннотация:
В данной статье рассматривается состояние загрязнения атмосферного воздуха
в городе Чирчик в период с 1995 по 2010 годы. Будучи промышленным городом, Чирчик
сталкивается с серьезными экологическими проблемами, вызванными деятельностью
металлургических, химических и энергетических предприятий. В исследовании
проанализирована динамика основных загрязняющих веществ — таких как твердые
частицы, диоксид серы, оксид углерода и соединения азота. Также рассматриваются их
влияние на здоровье населения, сравнение с нормативными показателями и анализ
существующей экологической политики. В статье предложены практические рекомендации
по снижению уровня загрязнения.
Ключевые слова:
Чирчик, загрязнение воздуха, промышленные выбросы, экологический
анализ, здоровье, 1995–2010.
So‗nggi yillarda O‗zbekistonning sanoatlashgan hududlarida atmosfera havosining
ifloslanish darajasi sezilarli darajada ortib bormoqda. Bu holat asosan sanoat korxonalarining
kengayishi, texnologik jarayonlarning eskirishi, shuningdek, avtomobillar sonining ko‗payishi
bilan izohlanadi. Ayniqsa, yirik ishlab chiqarish markazlariga aylangan shaharlarda bu muammo
aholi salomatligi, ekologik barqarorlik va yashash sifati nuqtai nazaridan dolzarb masalaga
aylangan.
Chirchiq shahri – Toshkent viloyatidagi muhim sanoat markazlaridan biri bo‗lib, u yerda
elektrotexnika, kimyo, metallurgiya, neft-kimyo kabi tarmoqlar faoliyat yuritadi. Aynan shu
korxonalar faoliyati natijasida atmosferaga ko‗plab zararli gazlar, muallaq zarralar va toksik
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
96
moddalarning chiqarilishi kuzatilmoqda. Ushbu ifloslanishlar nafaqat ekologik muvozanatni, balki
inson salomatligini jiddiy xavf ostiga qo‗yadi.
Mazkur maqolada 1995–2010-yillar oralig‗ida Chirchiq shahrida kuzatilgan atmosfera
havosi ifloslanishi holati atroflicha tahlil qilinadi. Asosiy maqsad – eng ko‗p tarqalgan zararli
moddalarning miqdoriy o‗zgarishlarini, ularning manbalarini va aholi sog‗lig‗iga ta‘sirini aniqlash,
mavjud holatga ilmiy yondashuv asosida baho berish hamda ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga
doir takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Chirchiq shahri O‗zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatining sanoatlashgan hududlaridan biri
hisoblanadi. Shaharda faoliyat yuritayotgan yirik sanoat korxonalari, xususan, ―Elektrokimyo
zavodi‖, ―Kimyo-energetika majmuasi‖, metallurgiya va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi
zavodlar nafaqat iqtisodiy o‗sish manbai, balki ekologik muammolar manbai sifatida ham e‘tibor
markazidadir. Ushbu sanoat tarmoqlari faoliyatining ajralmas qismi sifatida atmosfera havosiga har
yili tonnalab zararli moddalar chiqariladi. Bunda eng asosiy ifloslantiruvchilar – muallaq zarralar
(changlar), oltingugurt dioksidi (SO
₂
), uglerod oksidi (CO), azot oksidi va dioksidlari (NO va
NO
₂
), ammiak (NH
₃
), ozon (O
₃
) hisoblanadi. Mazkur moddalarning yuqori konsentratsiyasi inson
salomatligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatib, nafas olish yo‗llari kasalliklari, allergik holatlar, yurak-qon
tomir tizimi xastaliklarining ortishiga sabab bo‗ladi.
Chirchiq shahrida 1995–2010-yillar oralig‗ida olib borilgan kuzatuvlar shuni ko‗rsatadiki,
bu davr davomida atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori har xil davrlarda turlicha
bo‗lgan, biroq umumiy tendensiya sifatida ba‘zi moddalarning sezilarli kamayishi, boshqalarining
esa barqaror yuqori darajada saqlanib qolganligi kuzatiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati (Uzgidromet) ma‘lumotlariga ko‗ra,
bu davrda Chirchiqda atmosfera havosi tarkibida kuzatilgan asosiy zararli moddalarning
konsentratsiyasi yillik kesimda o‗zgarib turgan. Quyida ushbu davrga oid miqdoriy ma‘lumotlar
jadval ko‗rinishida keltiriladi:
1-jadval
CHIRCHIQ.1995-2010-yillar atmosfera havosining ifloslanishi (o‘rtacha qiymatda
mg/m
3
)
T/r Yil
Havodagi
muallaq
zarralar
Oltingugurt
dioksidi
Uglerod
oksidi
Azot
dioksidi
Azot
oksidi
Fenol Ammiak Formaldegid
1
1995 0.2
0.009
2
0.03
0.02
0.002 0.05
0.012
2
1996 0.2
0.006
1
0.03
0.01
0.003 0.05
0.006
3
1997 0.2
0.004
1
0.02
0.01
0.002 0.06
0.005
4
1998 0.1
0.005
-
0.03
0.02
0.003 0.07
0.008
5
1999 0.1
0.007
-
0.03
0.02
0.002 0.07
0.005
6
2000 0.1
0.003
-
0.03
0.02
0.002 0.06
0.005
7
2001 0.1
0.003
-
0.03
0.01
0.002 0.04
0.006
8
2002 0.1
0.003
-
0.03
0.02
0.002 0.04
0.007
9
2003 0.1
0.004
-
0.03
0.03
0.002 0.04
0.007
10 2004 0.1
0.007
-
0.03
0.02
0.002 0.03
-
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
97
11 2005 0.1
0.007
-
0.03
0.02
0.003 0.04
-
12 2006 0.1
0.008
-
0.03
0.04
0.003 0.05
-
13 2007 0.1
0.006
-
0.02
0.02
0.002 0.06
-
14 2008 0.1
0.005
-
0.03
0.02
0.001 0.05
-
15 2009 0.1
0.004
-
0.02
0.02
0.002 0.04
-
16 2010 0.1
0.006
-
0.03
0.03
0.001 0.06
-
1995–2010-yillar davomida Chirchiq shahrida olib borilgan atmosfera monitoringi natijalari shuni
ko‗rsatadiki, havodagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori yildan-yilga turlicha bo‗lgan bo‗lsa-
da, umumiy holatda ayrim moddalarda pasayish tendensiyasi, ba'zilarida esa barqarorlik
kuzatilgan.
Muallaq zarralar (changlar). Havodagi muallaq zarralar miqdori 1995-yilda 0.2 mg/m³
bo‗lgan bo‗lsa, 1998-yildan boshlab bu ko‗rsatkich 0.1 mg/m³ atrofida saqlanib qolgan. Bu sanoat
chiqindilarining kamaytirilgani yoki texnologik modernizatsiyalarning samarasidir.
Oltingugurt dioksidi (SO
₂
). SO
₂
kontsentratsiyasi 1995-yilda 0.009 mg/m³ ni tashkil etgan.
1997-yildan 2003-yilgacha u 0.003–0.005 mg/m³ atrofida barqarorlashgan. Bu modda asosan
yoqilg‗i yonishi natijasida hosil bo‗lib, Chirchiqdagi kimyo sanoati faoliyati bilan bog‗liq.
Uglerod oksidi (CO). 1995–1997-yillarda 1–2 mg/m³ oralig‗ida qayd etilgan bo‗lsa-da,
1998-yildan boshlab ushbu modda bo‗yicha aniq ma‘lumotlar yo‗q, bu esa monitoringdagi
uzilishlar yoki sezilarli kamayishdan dalolat beradi.
Azot oksidi va dioksidi (NO, NO
₂
). Azot dioksidi miqdori davomiy ravishda 0.02–0.03
mg/m³ oralig‗ida barqaror saqlangan. Azot oksidida esa 2006-yilda 0.04 mg/m³ gacha ko‗tarilish
kuzatilgan. Bu moddalarning manbasi avtomobil gazlari va sanoat texnologiyalari hisoblanadi.
Fenol. Atmosferada fenolning eng yuqori miqdori 0.003 mg/m³ (2005–2006 yillarda) qayd
etilgan. Bu ko‗rsatkich uncha yuqori bo‗lmasa-da, u uzoq muddatli ta‘sir orqali salomatlikka xavf
tug‗diradi.
Ammiak (NH
₃
). Ammiak miqdori nisbatan yuqori bo‗lib, 1995-yildan 2010-yilgacha 0.03–
0.07 mg/m³ oralig‗ida bo‗lgan. Bu ko‗rsatkich Chirchiqdagi azotli o‗g‗itlar ishlab chiqarish
korxonalarining faoliyati bilan bevosita bog‗liq.
Formaldegid. 1995–2003-yillarda formaldegid 0.005–0.012 mg/m³ ni tashkil qilgan bo‗lsa,
keyingi yillarda bu moddaga oid rasmiy ma‘lumotlar mavjud emas. Formaldegid qurilish,
plastmassa va rezina sanoati mahsulotlari orqali havoga tushishi mumkin.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
98
1995–2010-yillar davomida Chirchiq shahrida atmosfera havosining sifati turli davrlarda
o‗zgarib turgan. Tahlillar shuni ko‗rsatadiki, ba‘zi yillarda havodagi muallaq zarralar, azot
oksidlari, oltingugurt dioksidi va boshqa zararli moddalar miqdori sezilarli darajada kamaygan
bo‗lsa-da, ayrim yillarda ularning yana ortishi kuzatilgan. Bu holat sanoat faoliyatining
intensivligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining yangilanishi, ekologik nazorat kuchayishi yoki
zaiflashishi bilan chambarchas bog‗liqdir.
Masalan, havodagi muallaq zarralar (chang) 1995-yilda 0.2 mg/m³ ni tashkil qilgan bo‗lsa,
1998-yildan boshlab 0.1 mg/m³ darajasida barqarorlashgan. Bunga sanoat chiqindilarini
kamaytirish va chang tutuvchi filtrlovchi texnologiyalarni joriy etish sabab bo‗lishi mumkin. Shu
bilan birga, oltingugurt dioksidi va azot oksidlarining yilma-yil oz miqdorda kamayib borishi
ekologik normalar asosida atmosferaga chiqariladigan chiqindilar ustidan nazoratning
kuchayganini anglatadi.
Biroq, ayrim zararli moddalarda – masalan, ammiak va formaldegid miqdorida ayrim
yillarda (masalan, 1998–2003 yillarda) nisbatan ko‗tarilish holatlari qayd etilgan. Bu esa
Chirchiqdagi kimyo sanoati va o‗g‗it ishlab chiqaruvchi korxonalarning faoliyati bilan izohlanadi.
Formaldegid va ammiakning me‘yordan ortiq miqdorda havoga chiqishi inson salomatligiga,
xususan nafas olish tizimiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, allergik reaktsiyalar, bronxial astma, surunkali
kasalliklarning kuchayishi kabi holatlarga olib kelishi mumkin.Bundan tashqari, havodagi uglerod
oksidi (CO) miqdori dastlabki yillarda (1995–1997) 1–2 mg/m³ atrofida bo‗lgan bo‗lsa, keyingi
yillarda bu ko‗rsatkich berilmagan, bu esa avtomobil transporti yoki sanoat chiqindilaridagi bu
modda ustidan yetarli monitoring bo‗lmaganiga ishora qiladi. Umuman olganda, ko‗rsatkichlarning
kamayishi va barqarorlashuvi Chirchiq shahrida ayrim ekologik chora-tadbirlar ko‗rilganini
ko‗rsatadi. Biroq, ayrim yillarda zararli moddalar miqdorining oshib ketishi mavjud muammolar
hali ham to‗liq bartaraf etilmaganidan dalolat beradi.
Xulosa qilib, 1995–2010-yillar davomida Chirchiq shahrida atmosfera havosining
ifloslanish holati muayyan darajada o‗zgaruvchan bo‗lgan. Tahlillarga ko‗ra, bu davrda havodagi
muallaq zarralar, oltingugurt dioksidi, azot oksidi, fenol, ammiak va formaldegid kabi zararli
moddalar miqdorida sezilarli pasayishlar bilan bir qatorda ayrim yillarda ko‗tarilishlar ham
kuzatilgan. Bunday o‗zgarishlar sanoat ishlab chiqarish hajmining o‗zgarishi, ishlab chiqarish
texnologiyalarining yangilanishi, ekologik nazorat kuchaytirilishi yoki bo‗shashishi bilan bog‗liq.
Ba‘zi ifloslantiruvchi moddalarning kamayishi sanoat korxonalarida ekologik
texnologiyalar joriy etilgani yoki chiqindi gazlarni tozalovchi tizimlarning faoliyati bilan
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
99
izohlanadi. Shu bilan birga, formaldegid, ammiak va azot oksidlarining me‘yordan yuqori darajada
havoga tarqalishi aholining sog‗lig‗iga salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. Umuman olganda, Chirchiq
shahrida atmosfera havosini muhofaza qilish borasida muayyan ijobiy siljishlar kuzatilgan bo‗lsa-
da, mavjud ifloslanish manbalarining barham topmaganligi ekologik muvozanatga xavf solmoqda.
Shu sababli, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tizimli yondashuv, monitoringni kuchaytirish,
tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish va ekologik ta‘lim-targ‗ibotni kuchaytirish zarur
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‗zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (UzHydromet) – 1995–2010-yillar
bo‗yicha atmosfera havosi monitoringi ma‘lumotlari.
2.
Xamroyev A.A., Juraev M.M. ―Ekologiya asoslari‖, Toshkent, 2019.
3.
Rashidova Sh.D. ―Sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta‘siri‖, Toshkent, 2021.
4.
GOST 17.2.3.01-86 – Atmosfera havosi. Sanoat korxonalarining chiqarilmalari me‘yorlari.
5.
World Health Organization (WHO) Air Quality Guidelines – 2005.
6.
Karimov B.X. ―Atmosfera havosini ifloslantiruvchi gazlar va ularning oqibatlari‖, Samarqand,
2020.
7.
O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‗zgarishi vazirligi
rasmiy axborot byulletenlari (1995–2010).
8.
UNESCO Environmental Reports on Central Asia – Regional Air Pollution Review (2009).
