ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
100
INTERFAOL TA’LIM USULLARINING JISMONIY TARBIYA VA SPORT
DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING FAOLIYATINI OSHIRISH VA
KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy
instituti
Madaminov R.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati va uning ta’lim jarayonidagi o‘rni keng tahlil qilinadi.
Maqolada pedagogik texnologiyalar yordamida jismoniy tarbiya va sport darslarida
o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, shuningdek, ularning jismoniy,
ma’naviy va axloqiy sifatlarini rivojlantirish jarayoni o‘rganiladi. Yangi metod va uslublar,
shuningdek, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish, ijodiy va analitik tafakkurini rivojlantirish
imkoniyatlarini yaratish orqali ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari tavsiya etiladi. Bunda,
dunyoqarashni kengaytirish, shaxsiy va ijtimoiy fazilatlarni shakllantirish, o‘quvchilarning
mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan innovatsion
yondashuvlarning ahamiyati ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
sport, pedagogik texnologiyalar, uslublar, mezonlar, amaliy darslar
Abstract:
This article comprehensively analyzes the importance of using modern pedagogical
technologies in the field of physical education and sports and its role in the educational process.
The article studies the process of providing students with modern knowledge and skills in
physical education and sports lessons, as well as the development of their physical, spiritual and
moral qualities using pedagogical technologies. New methods and techniques are recommended,
as well as ways to increase the effectiveness of education by creating opportunities for students to
develop self-control, creative and analytical thinking. In this regard, the importance of innovative
approaches aimed at expanding the worldview, forming personal and social qualities, and
increasing students' independent thinking and decision-making abilities is emphasized.
Keywords:
sports, pedagogical technologies, methods, criteria, practical lessons
Аннотация:
В данной статье всесторонне анализируется значение использования
современных педагогических технологий в сфере физического воспитания и спорта и их
роль в образовательном процессе. В статье изучается процесс обеспечения учащихся
современными знаниями и умениями на уроках физического воспитания и спорта, а
также развитие их физических, духовных и нравственных качеств с использованием
педагогических технологий. Рекомендуются новые методы и приемы, а также пути
повышения эффективности образования за счет создания возможностей для развития у
учащихся самоконтроля, творческого и аналитического мышления. В этой связи
подчеркивается важность инновационных подходов, направленных на расширение
мировоззрения, формирование личностных и социальных качеств, повышение
самостоятельности мышления и способности к принятию решений у учащихся.
Ключевые слова:
спорт, педагогические технологии, методы, критерии, практические
занятия.
Mustaqil O‗zbekiston Respublikasining zamonaviy rivojlanish konsepsiyasining muhim tarkibiy
qismi sifatida, jismoniy tarbiya va sport sohasida ta‘lim tizimini takomillashtirish, yosh avlodni har
tomonlama rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlarni joriy etish dolzarb masalalardan
biri hisoblanadi. Konstitutsiyada belgilangan demokratik, huquqiy va insonparvar jamiyatni barpo
etish maqsadlariga erishish uchun, avvalo, yoshlarning ilmiy bilimlar, jismoniy va axloqiy
kamolot, shuningdek, tafakkur va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan ta‘lim-tarbiyaviy
tizimni samarali tashkil etish zarur.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
101
Shu maqsadda, pedagogik texnologiyalarni o‗qitish jarayoniga keng joriy etish, o‗quvchilarning
jismoniy va ma‘naviy rivojlanishini ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‗qituvchilarga
ilmiy asoslangan yondashuvlarni qo‗llash, o‗quvchilarga jismoniy faoliyatni to‗g‗ri tashkil etish,
sportning amaliy va nazariy jihatlarini puxta o‗rgatish, ularning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga
xizmat qiladi. Shuningdek, o‗quvchilarni mustaqil fikrlashga o‗rgatish va ularda innovatsion
tafakkur shakllantirish orqali, jismoniy tarbiya va sport darslarining samaradorligini oshirish
mumkin.
Bunday o‗qitish jarayonining asosiy maqsadi — jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bilimlarni
to‗liq o‗zlashtirish bilan birga, o‗quvchilarning axloqiy va ma‘naviy rivojlanishiga, ularning
jamiyatda o‗z o‗rnini to‗g‗ri topishiga xizmat qiladigan sifatlarni rivojlantirishdir. Shu bilan birga,
pedagogik texnologiyalarning yangi yondashuvlarini tatbiq etish, o‗quvchilarning ijtimoiy,
ma‘naviy va axloqiy fazilatlarini shakllantirishda zarur vosita bo‗lib xizmat qiladi. Bularning
barchasi esa jismoniy tarbiya va sport o‗qituvchilari tomonidan ta‘lim jarayonini ilg‗or
metodologiyalar asosida boshqarish, ularga interaktiv va innovatsion pedagogik texnologiyalarni
o‗rgatish orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, o‗quvchilarni bilimga bo‗lgan ehtirosini kuchaytirish, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‗llash orqali o‗qitish samaradorligini oshirish hamda jismoniy tarbiya va sport
sohasidagi ta‘lim jarayonlarini yanada takomillashtirish muhim vazifa hisoblanadi.
O‗qituvchilar o‗qitish uslublarini mujassamlashtirgan holda, mashg‗ulotlar o‗tkazishga
tayyorlanishi, turli o‗quv qurollaridan samarali foydalanishi hamda o‗quv rejasi va dasturlarini
metodologiyasini ochib berishi lozim. Biroq, shuni unutmaslik lozimki, o‗qitish va o‗rgatish
jarayonlarini boshqarish, mavjud o‗quv vositalaridan samarali foydalanish va o‗quv
mashg‗ulotarida o‗quvchilarga imkon qadar manfaatli bo‗lishini ta‘minlash va shu kabi boshqa
ko‗pgina vazifalar o‗qituvchining zimmasiga to‗liq yuklatiladi. Fanlarni o‗qitishda yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanish;o‗qituvchi o‗qitish va o‗rgatish, shuningdek, mavjud
imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanish uchun mas‘ul shaxs hisoblanadi. Bu vazifani
bajarish uchun o‗qituvchi o‗qitish jarayoni hamda o‗qitiladigan fanlarning ilmiy va texnik jihatlarini
to‗liq bilishi lozim.
Bundan maqsad shuki, o‗qitish uslubi shunday yo‗lga qo‗yilsinki, bunda o‗quvchilar
o‗qitilayotgan fanni to‗liq o‗zlashtira olishsin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
O‗qitish usullarining o‗quvchilar talabiga mos kelishini aniqlashda o‗qituvchi o‗z dasturining
quyidagi oltita asosiy tarkibiy qismini hisobga olishi zarur:
1.
Rejalashtirish
2.
Imkoniyat va sharoitlar
3.
Uslublar
4.
Faoliyatlar
5.
Teskari aloqa
6.
Nazorat
O‗qitish uslubini aniqlash yo‗llaridan biri bu yuqorida keltirilgan oltita omilning har biriga tegishli
bo‗lgan savollar ro‗yxatini tuzishdir. Ta‘kidlash joizki, har bir tarkibiy qism talablarining to‗liq
bajarilishini ta‘minlash hamda unga amal qilish tanlangan o‗qitish uslubining samaradorligini
oshiradi.
Rejalashtirish;O‗qitish uslubi quyidagilarni o‗z ichiga oladi, ya‘ni:
–
malakalar va ko‗zlangan asosiy maqsadlar tahlili;
–
guruh tarkibi;
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
102
–
zarur bo‗lgan malakalar;
–
o‗rganilishi lozim bo‗lgan fanlar;
–
o‗rganishga ruhlantiruvchi omillar;
–
o‗rganish turlari va imkoniyatlari;
–
o‗quv materiali va uning zamonga mosligi;
muammolarni aniqlash va echimlarni topishda tajribalarni umumlashtirish zarurati; – o‗quv
materialini taqdim etish usullariga bo‗lgan ehtiyoj;
O‗qish uchun quyidagi sharoitlar mavjud bo‗lishi zarur:
–
o‗quv xonalari;
–
o‗quv qurollari;
–
audio-video materiallari;
–
turli model va jihozlar;
–
amaliy mashg‗ulotlar uchun namunaviy qurollar;
–
mavzuga oid topshiriq va vazifalar;
–
guruh bo‗lib yoki yakka tartibda o‗qitish uslublari;
–
baholash materiallari.
Uslublar;
O‗qituvchi quyidagi o‗qitish uslublaridan xabardor bo‗lishi kerak:
–
ishni bajarish bo‗yicha ko‗rsatmalar berib, o‗qitish;
–
maxsus kompyuter dasturlari yordamida o‗qitish;
–
ma‘ruza qilib, o‗qitish;
–
namoyish qilish va tajriba o‗tkazish;
–
loyiha asosida ishlash;
–
algoritm va turli tahlil uslublaridan foydalanish;
–
holatni o‗rganish;
–
rol o‗ynash, muhokama qilish va rag‗batlantirish mashg‗ulotlari;
–
kompyuter yordamida o‗qitish.
O‗qitishning quyidagi qaysi bir uslubini qo‗llash orqali eng yaxshi natijaga erishish mumkin?
–
ma‘ruza;
–
mustaqil ish o‗tkazish;
–
tinglovchilar talabiga asoslangan o‗qitish;
–
yakka tartibda o‗qitish;
–
mehnat tajribasini orttirish imkoniyatini yaratish.
–
o‗qituvchining faqat bilimlarni tarqatuvchi bo‗lib qolmay, balki bu
bilimlarni tinglovchi o‗zlashtira oladigan qilib etkazib beruvchi bo‗la olishi;
–
baholash tizimini tashkil etish;
–
o‗qituvchilar bilan tinglovchilar orasidagi teskari aloqani tez o‗rnatish.
Yuqorida aniqlangan mezonlar asosida mos keladigan o‗qitish va o‗rgatish dasturini ishlab
chiqish uchun o‗qituvchi quyidagilarga qodir bo‗lishi lozim:
–
haqiqatda mavjud o‗rgatish malakalariga ega bo‗lish;
–
o‗quvchilarning bilim darajasini baholash uchun o‗rnatilgan me‘yorlarni aniqlash
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
103
mezonini tushuntirib berish;
–
o‗quvchilarga o‗qitish uslublarining mosligini aniqlash.
Jismoniy tarbiya va sport darslarida o‗qitish uslublarini mujassamlashtirgan holda, zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‗llash samaradorligini oshirish metodi va vositalari. Hozirgi kunda
barcha pedagoglar singari jismoniy tarbiya o‗qituvchilariga ham darslarni zamonaviy pedagogik
talablar asosida tashkil etish, darsga innovatsion yondashuvni, o‗quvchilarni mustaqil fikrlashga
o‗rgatishni dars davomida shakllantirish kabi ilg‗or pedagogik texnologiyalardan foydalanishni
talab etadi.
Interfaol metod – ta‘lim jarayonida o‗quvchilar hamda o‗qituvchi o‗rtasidagi faollikni oshirish
orqali o‗quvchilarni jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarida, bilimlarni o‗zlashtirishini
faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Interaktiv (interfaol) ta‘lim metodologiyasining o‗ziga xos xususiyati, uning "o‗zaro harakat qilish"
tamoyilidan kelib chiqadi. Bu atama ingliz tilidagi "interact" (o‗zaro, hamkorlikda) va "act"
(harakat qilish) so‗zlaridan kelib chiqqan bo‗lib, ta‘lim jarayonida o‗qituvchi va o‗quvchilar
orasidagi faol o‗zaro aloqani ta‘minlaydi. Interaktiv ta‘lim usuli orqali o‗quvchilarning mavzuga
oid bilimlarini faollashtirish, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish, va o‗zaro fikr almashish
imkoniyati yaratilib, bunday yondashuv o‗quvchilarning ta‘lim jarayoniga bo‗lgan qiziqishini
oshiradi.
Interfaol darslar va an'anaviy darslar o‗rtasidagi farqlar quyidagicha ko‗rsatiladi:
Mavzu va o‘qitish metodologiyasi
: Interfaol darslar an‘anaviy darslarga nisbatan, o‗quvchilarning
faol ishtirokini ta‘minlaydi. Ushbu metodda o‗qituvchi nafaqat ma‘lumotni etkazib beruvchi, balki
o‗quvchilarni faol ishtirok etishga, ijodiy va tahliliy fikrlashga undaydi. Mavzuni o‗qitishda
interfaol darslar, ayniqsa, o‗quvchilar uchun murakkab yoki ko‗plab amaliy ko‗nikmalarni
o‗zlashtirishni talab qiladigan mavzularda samaraliroq bo‗lishi mumkin.
Asosiy tushunchalarni bilish
:
Interfaol mashg‗ulotni samarali o‗tkazish uchun o‗quvchilarning
mavzu bo‗yicha dastlabki bilimlari zarur. Shuning uchun, yangi mashg‗ulotdan oldin,
o‗quvchilarni asosiy tushunchalar va ilgari o‗rganilgan materiallar bilan tanishtirish muhimdir.
Vaqtni boshqarish
:
Interfaol mashg‗ulotlarda o‗quvchilarni faollashtirish uchun ko‗proq vaqt
sarflanadi, chunki ular o‗rganayotgan materialga oid muhokama, tahlil, va ijodiy vazifalarni
bajarishga jalb qilinadi. Biroq, bu holat, o‗quvchilarni an‘anaviy metodlardan ko‗ra ko‗proq bilim
olishga va uni chuqurroq o‗zlashtirishga yordam beradi.
Interfaol ta‘lim usulining samaradorligi, o‗qituvchining pedagogik kompetensiyasiga, mavjud
resurslarga va sharoitlarga bog‗liq. Jismoniy tarbiya o‗qituvchisi o‗quvchilarning individual
xususiyatlarini, shu jumladan, ularning bilim darajasi va o‗rganish ehtiyojlarini inobatga olib,
ta‘lim jarayonini boshqarishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarida interfaol metodlar, masalan, guruh
ishlarini, muhokamalarni, ijodiy topshiriqlarni va boshqa aktiv o‗quv faoliyatlarini qo‗llash orqali
o‗quvchilarning faolligini oshiradi, ularning mustaqil fikrlash va muammolarni yechish
ko‗nikmalarini rivojlantiradi.
Jismoniy tarbiya va sport darslarida interfaol metodlardan foydalanishning afzalliklari:
Mavzularni chuqur o‘zlashtirish
:
O‗quvchilar faollik bilan ishtirok etgan holda, mavzuni nafaqat
yodlash, balki uni amaliyotda qo‗llashga ham o‗rganadilar.
O‘qituvchi nazoratining samaradorligi
:
O‗qituvchi o‗quvchilarning o‗zaro faoliyatini kuzatib,
ularning bilim va ko‗nikmalarini baholashda tez va samarali nazorat qilish imkoniyatiga ega
bo‗ladi.
Ko‘proq ma’lumot olish
:
Interfaol mashg‗ulotlar o‗quvchilarga qisqa vaqt ichida ko‗proq va sifatli
ma‘lumot olish imkoniyatini yaratadi, bu esa bilimlarni tezroq va samarali o‗zlashtirishga yordam
beradi.
Ko‘nikmalarni rivojlantirish
:
O‗quvchilar turli usullar orqali ko‗nikmalarni rivojlantiradilar, bu
esa ularning umumiy kompetensiyasini oshiradi.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
104
XULOSA:
Interfaol ta‘lim metodologiyasi ta‘lim jarayonini faqat o‗qituvchi tomonidan
boshqariladigan jarayondan farqli o‗laroq, o‗quvchilarning faol ishtirokini ta‘minlaydi. Bu
yondashuv nafaqat bilimlarni o‗zlashtirishni osonlashtiradi, balki o‗quvchilarning muloqot qilish,
ijodiy fikrlash va muammolarni hal etish ko‗nikmalarini rivojlantiradi. Interfaol ta‘limning eng
katta afzalligi shundaki, o‗quvchilar nafaqat passiv tinglovchilar, balki ta‘lim jarayonining faol
ishtirokchilari sifatida o‗zlarini namoyon etadilar. Bu usul, o‗quvchilar orasida jamoaviy ish,
o‗zaro fikr almashish va emotsional aloqalarni o‗rnatishga yordam beradi, shu bilan birga,
o‗quvchilarning ijtimoiy va axloqiy rivojlanishiga ham katta hissa qo‗shadi. Shu bilan birga,
interfaol ta‘lim usullari o‗quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga, ular orasida o‗zaro
fikr almashish va jamoada ishlash ko‗nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. Bu
metodologiyaning ta‘lim tizimiga kiritilishi, nafaqat bilimlarning o‗zlashtirilishini ta‘minlash, balki
yosh avlodning kamolotiga, ijtimoiy mas‘uliyatga, va yuqori darajadagi kompetensiyalarni
shakllantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun, jismoniy tarbiya va sport darslarida interfaol ta‘lim
usullarini qo‗llash, o‗quvchilarni nafaqat fizikal faollikka, balki mantiqiy fikrlashga, ijodkorlikka,
va ijtimoiy javobgarlikka ham o‗rgatadi. Bularning barchasi o‗z navbatida, milliy ta‘lim tizimining
yanada rivojlanishiga va mamlakatning kelajakdagi ilmiy va sport salohiyatining oshishiga olib
keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1.
Piraxunova F.N., Nazirov A.X. O‗qitishning yangi pedagogik texnologiyalari. Uslubiy
qo‗llanma. –T.: ―IQTISOD-MOLIYA‖. 2008, 3-48 bet.
2.
O‗zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. ―O‗zbekiston‖, Toshkent, 1997
yil.
3.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi ―Oliy va o‗rta
maxsus ta‘lim davlat standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi qarori.
4.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng
muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan majlisi materiallaridan ―O‗zbekiston ovozi‖
gazetasi, 2007 y 12 fevral.
5.
Бордовская Н.В. Диалектика педагогического Исследова-ния. –М.; 2001.
Селевко Г. Современные образовательные технологии: Учеб. пособ. –М. 1998 год
6.
Кузнецова. Н. Формирование систем понятий в современном обучении. –Л. 1985 год.
7.
Левина М. Технологии профессионального педагогического образования. – М., 2001 г.
Материалы
Республиканской
научно-практической
конфе-ренции
«Проблемы
формирования и совершенствования содер-жания содержания среднего специального,
профессионального образования» Ташкент. 2001 г.
