JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Saitxonov Ilyosxon Axmat o‘g‘li
“Temiryo‘lkargo” AJ Mehnat va ish haqi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi
El.pochta:
Sherzodova Xulkar Sherzod qizi
El.pochta:
TRANZIT YUKLAR BILAN ISHLASHDA SAMARADORLIKNI OSHIRISH
IMKONIYATLARI
(“Temiryo‘lkargo” AJ tajribasida)
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yuklar oqimini
samarali boshqarish masalalari tahlil qilingan. Mamlakatning geostrategik joylashuvi,
“Temiryo‘lkargo” AJ korxonasining amaliy tajribasi asosida tranzit yuk tashishda mavjud
muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida korxona
faoliyatining statistik tahlili olib borildi, samaradorlikni oshirish bo‘yicha bir qator taklif va
tavsiyalar ishlab chiqildi. Maqolada zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy etish, tarif
siyosatini qayta ko‘rib chiqish hamda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish orqali tranzit yuk
tashish jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan.
Abstract:
This article analyzes the issues of effective management of transit cargo flows through
the territory of the Republic of Uzbekistan. Based on the practical experience of
"Temiryo‘lkargo" JSC, the paper examines existing challenges in transit freight transportation
and proposes solutions to address them. A statistical analysis of the company's performance was
conducted, and several recommendations were developed to enhance efficiency. The study
highlights opportunities for improving the transit cargo process through the implementation of
modern management technologies, revision of tariff policies, and expansion of regional
cooperation.
Аннотация:
В данной статье проанализированы вопросы эффективного управления
транзитными грузопотоками через территорию Республики Узбекистан. На основе
практического опыта АО «Темирйўлкарго» рассмотрены существующие проблемы в
сфере транзитных перевозок и предложены пути их решения. Проведен статистический
анализ деятельности предприятия, разработаны рекомендации по повышению
эффективности. В статье освещены возможности совершенствования процесса
транзитных перевозок за счет внедрения современных управленческих технологий,
пересмотра тарифной политики и расширения регионального сотрудничества.
Kalit so‘zlar:
tranzit yuklar, logistika, temiryo‘l transporti, “Temiryo‘lkargo” AJ, samaradorlik,
tarif siyosati, raqamlashtirish.
Ayni globallashuv sharoitida xalqaro savdo aloqalarining kengayishi transport va logistika
tizimlarining rivojlanishini talab qiladi. Ayniqsa, strategik jihatdan muhim geografik joylashuvga
ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi uchun tranzit yuk tashish imkoniyatlaridan samarali
foydalanish iqtisodiy o‘sish va mintaqaviy integratsiyani kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi.
So‘nggi yillarda Respublikamizda transport-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish,
tranzit salohiyatini oshirish hamda xalqaro yuk tashish bozorida raqobatbardosh pozitsiyani
mustahkamlash yo‘lida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda “O‘zbekiston
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Temiryo‘lkargo” AJ muhim rol o‘ynaydi. Mazkur korxona
temiryo‘l orqali yuk tashish, xususan, tranzit yuklar oqimini tashkil etish va boshqarish bilan
shug‘ullanadi.
Shu boisdan, tranzit yuk tashishda samaradorlikni oshirish – nafaqat transport tizimi rivoji, balki
iqtisodiy xavfsizlik va xalqaro logistika zanjirlarining uzluksizligini ta’minlashda ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada aynan “Temiryo‘lkargo” AJ faoliyati misolida tranzit
yuklar bilan ishlashning mavjud holati, dolzarb muammolari va ularni hal etish yo‘llari tahlil
qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – tranzit yuk tashish jarayonida samaradorlikni oshirishga
xizmat qiluvchi amaliy va nazariy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Tranzit yuk tashish masalasi hozirgi kunda ko‘plab olimlar va mutaxassislarning ilmiy
izlanishlarida markaziy o‘rinni egallamoqda. Jahon miqyosida tranzit logistika tizimning
ajralmas qismi sifatida qaraladi va iqtisodiy samaradorlikni oshirish, transport xarajatlarini
kamaytirish hamda mintaqaviy integratsiyani kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi.
BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro
tashkilotlar O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha tranzit salohiyati,
infratuzilma holati va tartibga solish tizimlari haqida bir qator tahliliy hisobotlarni e’lon qilgan.
Jumladan, Jahon bankining
2023-yilgi "
(LPI) hisobotida
O‘zbekistonning tranzit salohiyati, bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish bo‘yicha ijobiy
o‘zgarishlar qayd etilgan.
Xalqaro tajriba esa shuni ko‘rsatadiki, tranzit yuk oqimini samarali boshqarish uchun zamonaviy
texnologiyalar – elektron deklaratsiya tizimlari, “
Yagona bojxona oynasi
” (single window),
raqamli kuzatuv (tracking) tizimlari kabi vositalar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek,
Xitoyning “
Bir kamar – bir yo‘l
” tashabbusi doirasidagi multimodal logistika yondashuvi,
Rossiya va Qozog‘iston tajribalari O‘zbekiston uchun amaliy model bo‘lib xizmat qilishi
mumkin. Shu sababli, “Temiryo‘lkargo” AJ faoliyati misolida yuqoridagi yondashuvlar va
texnologiyalarni qaysi jihatlari bilan joriy etish mumkinligini aniqlash yo‘llarini tadqiqot
davomida birma bir ko‘rib chiqamiz.
Ushbu tadqiqotda tranzit yuklar bilan ishlash samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash
va tahlil qilish uchun
“Temiryo‘lkargo” AJ
faoliyati asosiy tadqiqot obyekti sifatida tanlandi.
Tadqiqot metodlari sifatida quyidagilar qo‘llandi:
Hujjatlar va statistik ma’lumotlarni tahlil qilish.
(Korxonaning yillik hisobotlari, yuk aylanmasi, tranzit oqimlari bo‘yicha ma’lumotlar o‘rganildi)
Suhbat va so‘rovnomalar.
(Temir yo‘l sohasi mutaxassislari bilan suhbat va intervyular o‘tkazildi)
Solishtirma tahlil.
(Tranzit yuklar bilan ishlashda amaldagi jarayonlar va xalqaro tajribalar taqqoslandi)
Case-study yondashuvi.
(“Temiryo‘lkargo” AJ tajribasi asosida samaradorlikni oshirish yo‘llari aniqlandi)
Tadqiqot natijalari asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha amaliyotga tadbiq qilish maqsadida
nazariy tavsiyalar ishlab chiqildi.
1-jadval
№
Tavsiyalar
Amalga
oshirish
mexanizmi
1
Raqamlashtirishni kengaytirish
Elektron
deklaratsiya
tizimlari, yuklarni kuzatish
(tracking)
va
avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimlarini joriy
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
etish orqali jarayonlarni
tezlashtirish va xatoliklarni
kamaytirish.
2
Yagona bojxona oynasi tizimini rivojlantirish
Turli
davlatlar
bojxona
organlari
bilan
axborot
almashinuvini
soddalashtirish
uchun
yagona raqamli platformani
takomillashtirish va joriy
qilish
3
Multimodal logistika yondashuvini kuchaytirish
Temir
yo‘l,
avtomobil,
dengiz
va
havo
transportining
integratsiyasini
oshirish
orqali
yuk
tashish
samaradorligini oshirish
4
Xodimlarning malakasini oshirish
Zamonaviy texnologiyalar
va
logistika
boshqaruvi
bo‘yicha doimiy treninglar
va
malaka
oshirish
kurslarini tashkil etish
5
Logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish
Temir yo‘l terminal va
omborxonalarning
zamonaviy uskunalar bilan
jihozlanishi va transport
infratuzilmasining
yaxshilanishi
6
Yuk tashish jarayonlarini monitoring qilish
Rejalashtirilgan
va
real
vaqtda
yuk
oqimlarini
kuzatish tizimini joriy etish,
transportdagi kechikishlarni
minimallashtirish
7
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish
Qo‘shni
davlatlar
bilan
tranzit
yo‘llarni
optimallashtirish
bo‘yicha
kelishuvlar va hamkorlikni
kuchaytirish
“Tеmiryo‘lkargo” AJda olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tranzit yuklarni
boshqarishda mavjud jarayonlarda raqamlashtirish darajasi pastligi va axborot almashinuvi
samaradorligining cheklanganligi muhim muammolardan biridir. Shu sababli, yuklarni tez va
aniq boshqarish qiyinlashadi va transport oqimlarida kechikishlar yuzaga keladi.
Bundan tashqari, bojxona jarayonlarining murakkabligi va tartibga solishdagi muammolar tranzit
yuklar oqimini sekinlashtiradi. Shuningdek, logistika uskunalarining to‘laqonli yangilanib
ulgurmaganligi yuklarni samarali tashishda ma’lumlicha to‘siq bo‘lmoqda.
Tadqiqot davomida olingan intervyular va so‘rovnomalar xodimlar orasida raqamli
texnologiyalarni kengroq joriy etish zarurligi haqidagi fikrlarni tasdiqladi. Shu bilan birga
xalqaro tajriba va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, tranzit yuklar bilan ishlash
jarayonlarini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni
joriy etishning muhimligi aniqlandi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ushbu tadqiqot davomida “Temiryo‘lkargo” AJda tranzit yuklar bilan ishlash jarayonlari batafsil
tahlil qilindi. Tahlil natijalari ko‘rsatdiki, samaradorlikni oshirishda raqamlashtirish va bojxona
jarayonlarini soddalashtirish eng muhim omillardir. Xodimlarning malakasini oshirish va xalqaro
hamkorlikni kuchaytirish tranzit faoliyatining sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish orqali yuk oqimlarini nazorat qilish va boshqarish samaradorligi
oshadi, natijada tranzit yuklar tez va ishonchli yetkazib beriladi. Yuqoridagi tavsiyalar amalga
oshirilishi natijasida “Temiryo‘lkargo” AJ tranzit yuklar bilan ishlash samaradorligini sezilarli
darajada oshirilishiga erishish mumkin bo‘ladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 17, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. World Bank. (2023). Logistics Performance Index 2023. Retrieved from
2. United Nations Economic Commission for Europe (UNECE). (2023). Transport and Transit
Facilitation in Central Asia. Retrieved from
https://unece.org/trans/main/transit.html
3. Asian Development Bank. (2022). Central Asia Regional Economic Cooperation: Transport
and Trade Facilitation. Retrieved from
https://www.adb.org/where-we-work/central-and-west-
4. Government of Uzbekistan. (2022). Transport Sector Development Strategy 2022-2030.
Retrieved from
https://gov.uz/en/documents/transport-strategy
5. China Belt and Road Initiative. (2023). Multimodal Logistics in Eurasia. Retrieved from
6. Egorov, V., & Ivanov, D. (2020). Railway Transit Potential in Central Asia: Challenges and
Opportunities.
Journal
of
Transport
Geography,
85,
102683.
