JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti
Davolash ishi yo'nalishit talabasi
Otaboyeva Marvarid Sodiqovna
Qo'ziboyeva Shahzoda Isomiddin qizi
Alfraganus universiteti Tibbiyot kafedrasi katta òqituvchisi
Xayrullayeva Maftuna Ibodullayevna
INSON ORGANIZMIDA GAMEOSTAZNING AHAMIYATI
Annotatsiya.
Ushbu maqolada inson organizmida homeostazning ahamiyati tahlil qilinadi.
Gomeostaz bu organizmning ichki muhitini barqaror saqlash jarayoni bo'lib, u turli xil fiziologik
jarayonlar orqali amalga oshiriladi. Maqolada homeostazning asosiy komponentlari, masalan,
issiqlik, suyuqlik, elektrolitlar va pH darajasining nazorati ko'rib chiqiladi. Shuningdek,
homeostazni saqlashda nerv va endokrin tizimlarning roli, shuningdek, stress va muhit
o'zgarishlariga javob berish mexanizmlari haqida ma'lumot beriladi. Homeostazning buzilishi
turli kasalliklar va patologik holatlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkinligi ta'kidlanadi.
Maqola, shuningdek, homeostazni saqlashning ahamiyatini tushunish orqali sog'liqni saqlash va
kasalliklarni oldini olishda qanday yondashuvlar qo'llanilishi mumkinligini ko'rsatadi.
Kalit so‘zlar :
Gomeostaz, tashqi muhit , ichki muhit , Salbiy aloqa , ijobiy aloqa, boshqaruv
mecanizmlar, , oragnizm bir butunligi,, sensor tizim , gipotalamus, motor tizim , asab sistemasi,
endokrin sistemasi.
Annotation.
This article analyzes the importance of homeostasis in the human div.
Homeostasis is the process by which the internal environment of the organism is maintained in a
stable state through various physiological mechanisms. The article examines the key components
of homeostasis, such as the regulation of temperature, fluids, electrolytes, and pH levels. It also
discusses the roles of the nervous and endocrine systems in maintaining homeostasis, as well as
the mechanisms for responding to stress and environmental changes. The article emphasizes that
the disruption of homeostasis can lead to the development of various diseases and pathological
conditions. Additionally, it illustrates how understanding the significance of homeostasis can
inform approaches to health maintenance and disease prevention.
Keywords:
Homeostasis, external environment, internal environment, negative feedback,
positive feedback, control mechanisms, integrity of the organism, sensory system, hypothalamus,
motor system, nervous system, endocrine system.
Aннотация.
В данной статье анализируется важность гомеостаза в человеческом
организме. Гомеостаз — это процесс, с помощью которого внутреннее окружение
организма поддерживается в стабильном состоянии через различные физиологические
механизмы. В статье рассматриваются ключевые компоненты гомеостаза, такие как
регуляция температуры, жидкости, электролитов и уровня pH. Также обсуждаются роли
нервной и эндокринной систем в поддержании гомеостаза, а также механизмы
реагирования на стресс и изменения окружающей среды. Подчеркивается, что нарушение
гомеостаза может привести к развитию различных заболеваний и патологических
состояний. Кроме того, иллюстрируется, как понимание значимости гомеостаза может
помочь в разработке подходов к поддержанию здоровья и профилактике заболеваний.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ключевые слова:
Гомеостаз, внешняя среда, внутренняя среда, отрицательная обратная
связь, положительная обратная связь, механизмы управления, целостность организма,
сенсорная система, гипоталамус, моторная система, нервная система, эндокринная
система.
Kirish.
Inson organizmi , murakkab va ozaro boglangan tizimlardan tashkil topgan. Bu tizimlar
doimo muvozanatda ishlashi kerak, aks holda hayotiy funksiyalar buziladi. Ushbu ichki
muvozanat gomeostaz deb ataladi. Gomeostaz bu organizm ichki muhitining doimiyligini bir
butun holda saqlab turuvchi fiziologik jarayonlar yigindisidir. Tana harorati, qondagi glyukoza
darajasi, suv va tuz balansi, qon bosimi bularning barchasi Gomeostaz orqali nazorat qilinadi.
Gomeostaz organizmni bir butunligini saqlab , barqarorligini ta’minlash uchun turli xil
mexanizmlar asosida faoliyat yuritadi. Gomeostazning asosiy mexnazimlariga Gomeostaz
komponentlari , aloqa tizimlari va uning organizm ichki muhitidagi ko’rsatkichlari muhim rol
o’ynaydi. Gomeostaz asosan uchta asosiy komponentlar orqali boshqariladi:1)Retseptorlar
(sensorlar): tashqi va ichki muhitdagi ozgarishlarni aniqlab beradi;2)Koordinatsion markaz
(miya): axborotni qayta ishlab beradi;3)Effektorlar (javob beruvchi organlar): zarur javobni
amalga oshiradi. Retseptor - bu maxsus hujayra yoki nerv oxiri bo‘lib, organizmdagi
o‘zgarishlarni
aniqlaydi.
Masalan:
teridagi
termoreseptorlar
harorat
o‘zgarishini
sezadi.Integratsion markaz (Koordinatsion markaz)- bu asosan bosh miya yoki orqa miya bo‘lib,
kelgan axborotni tahlil qiladi.U muvofiq javobni belgilaydi va effector (ishchi) organlarga signal
yuboradi.Masalan : gipotalamus tana harorati yoki suv muvozanatini nazorat qilib muvozanatda
ushlab turadi Effektor (Ijrochi organ)- bu organ yoki to‘qima koordinatsion markazdan kelgan
buyruq asosida javob reaksiya hosil qiladi. Masalan: ter bezlari — sovutish uchun ter ajratadi,
yoki mushaklar — qaltirash orqali issiqlik hosil qiladi. Gomeostazning ushbu uchta
komponentlari bir- biri bilan bogliq holda ish yuritadi. Gomeostaz barqaror holatda kechishi
uchun uning yuqoridagi uchta komponentlari Gomeostaz aloqa tizimlari orqali kechadi.
Jarayonning aloqa tizimlariga a) Salbiy aloqa (Negative Feedback) — Asosiy mexanizm; b)
İjobiy aloqa (Positive Feedback) – Noyob aloqa; c) Qòshimcha aloqalar kiradi. Salbiy aloqa
(Negative Feedback) — Asosiy mexanizm hisoblanib - gomeostazda eng ko‘p ishlatiladigan va
muvozanatni tiklashga qaratilgan mexanizm. Bu sistemada jarayon ortib ketmasligi uchun
“tormozlovchi” reaksiya yuzaga keladi. Misol: Tana harorati ko‘tariladi → Termoreseptorlar
sezadi → Gipotalamusga signal yuboriladi → Ter bezlari ishga tushadi → Tana soviydi →
Harorat normaga qaytadi. Salbiy aloqa mexanizmi, eng keng tarqalgan bo‘lib, organizm ichki
parametrlarini ma’lum chegaralarda ushlab turish uchun ishlaydi Ushbu tizimda, agar biror
o‘zgarish sodir bo‘lsa, undan keyin javob sifatida shu o‘zgarishni teskari yo‘nalishda bartaraf
etuvchi mexanizm ishga tushadi. Masalan, tana haroratining oshishi holatida termoreseptorlar
harorat o‘zgarishini sezadi, bu haqda gipotalamusga xabar beradi va natijada ter bezlari ishga
tushib, terlash orqali tana sovishi ta’minlanadi.Salbiy aloqaning òz bosqichlari bor bularga
Sensorlik- Tashqi yoki ichki muhitda o‘zgarishlarni aniqlovchi retseptorlar faoliyati kiradi.
Integratsiya- Miya yoki gipotalamus kabi markazlarga kelgan axborotni tahlil qiladi va kerakli
javobni belgilaydi.Effektiv javob: Signalga binoan organlar (masalan, ter bezlari, qon tomirlari,
mushaklar) mos ravishda faoliyatini o‘zgartiradi. Bularni Termoregulyatsiya jarayonida ya’ni
Tana harorati belgilangan chegaralarda ushlab turilganda , Glyukoza nazoratida ya’ni Qondagi
glyukoza darajasi oshishi yoki pasayishi insulin va glyukagon gormonlarining ajralishi orqali
boshqarilishida korishimiz mumkin . Ijobiy aloqa (Positive Feedback) — Noyob holatlarda
uchraydi. Odatda qisqa muddatli jarayonlar uchun ishlatiladi.Misol: Tug‘ruq paytida bachadonda
kuchli qisqarish → Oksitotsin gormoni ajraladi → Qisqarishlar kuchayadi → Bola tug‘ilgunga
qadar davom etadi. Ijobiy aloqa mexanizmi o‘zgarishni kuchaytiruvchi va tezlashtiruvchi javobni
shakllantiradi. İjobiy aloqa qisqa vaqt davom etuvchi, ammo muhim vaziyatlarda (masalan,
tug‘ruq jarayoni) qo‘llaniladi.Ushbu mexanizmda boshlang‘ich o‘zgarish kuchaytiriladi, ya’ni
javob natijasi o‘zining boshlang‘ich kuchini oshiradi. Ikki tizimning o‘zaro ta’siri Organizmning
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
gomeostatik javoblari nafaqat yuqorida tilga olingan aloqa mexanizmlari orqali amalga oshiriladi,
balki ular bir-biri bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Asab va endokrin tizimlarining o‘zaro ta’siri
orqali quyidagi jarayonlar ta’minlanadi . Asab tizimi (Nerv tizimi): Tezkor javoblar uchun
javobgar bo‘lib, qisqa muddatli, lekin aniqlik bilan boshqaradi. Endokrin tizimi: Gormonlar
orqali uzoq muddatli muvozanatni nazorat qiladi. Masalan, qondagi glyukoza darajasini
boshqarish yoki suyuqlik balansini saqlash.Bu tizimlar birgalikda ishlash orqali organizm ichki
parametrlarini optimal darajada ushlab turish uchun zarur bo‘lgan feedback mexanizmlarini
shakllantiradi.Qo‘shimcha alqolarga ham bir Qator Muhim jarayonlar kiradi . Bularga , endokrin
tizim kiradi . Endokrin sistema orqali boshqaruv-Gormonlar yordamida uzoq muddatli, barqaror
muvozanat ta’minlanadi. Masalan: insulin va glyukagon orqali qondagi glyukoza darajasi
nazorat qilinadi. Asab tizimi orqali boshqaruv- Tezkor javoblar uchun kerak. Masalan: yurak
urishining tezlashuvi, qon bosimining pasayishi . Gameostazning aloqa mexanizmlari — bu
inson organizmida ichki muhit muvozanatini saqlash uchun ishlaydigan asosiy tizimlardir. Salbiy
aloqa, tezkor va barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynasa, ijobiy aloqa esa muayyan
vaziyatlarda o‘zgarishni kuchaytirib, jarayonlarni tezlashtiradi. Shu asosda aytiladiki, retseptorlar,
integratsiya markazlari va effektorlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqalar organizmning
sog‘lom va barqaror faoliyatini kafolatlaydi. Bu mexanizmlar – tibbiyot va biologiya fanlarining
markaziy mavzusi bo‘lib, ularni chuqurroq o‘rganish inson salomatligini yaxshilashda katta
ahamiyat kasb etadi. Gomeostaz deganda, bir-biriga muvofiqlashgan va ichki muhit barqarorligi
saqlanishini yoki tiklanishini ta‘minlovchi reaksiyalaar majmuasi tishuniladi.Qon, limfa va
boshqa ichki muhit suyuqliklarining kimyoviy va fizikaviy-kimyoviy holatining barqaror
ko‘rsatkichlari (glyukoza miqdori, pH, osmotik bosim, elektrolitlarmiqdori va boshqalar)
gomeostaz ifodasidir. Tabiiyki, bu ko'rsatkichlarning barqarorligi doimiy emas. Ular tashqi yoki
ichki sabablarga ko‘ra ma‘lum darajada o‘zgarib turishimumkin.
Gomeostatik
ko‘rsatkichlarning uzoq vaqt izdan chiqishi organizm faoliyatiga putur yetkazadi, hatto
halokatiga olib keladi. Muhim gomeostatik kòrsatsatkichlardan Tana harorati odatda 36.537.5C
oraliği orasida boladi . Tana harorati metabolik jarayonlar tezligini belgilash va fiziologik
reaksiyalarni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi.Termoregulyator markazlari (masalan,
gipotalamus) orqali, salbiy aloqa mexanizmi yordamida tashkil etiladi.Tana haroratining
ahamiyati Normadan chetga chiqish (gipertermiya yoki gipotermiya) ko‘plab kasalliklar,
jumladan, infeksion jarayonlar va immun tizimi buzilishlariga olib keladi.JJumladan qon bosimi
ham yurak-qon tomir tizimining samarali ishlashini ta’minlayd, organ va hujayralarni yetarli
qon oqimi bilan ta’minlaydi. Qon bosimining normal holatini Asab tizimi (baroreseptorlar
orqali) va endokrin tizim (gormonlar, masalan, renin–angiotensin tizimi) hamda buyraklar
ta’minlab beradi. Qon bosimining me’yordan chiqishi gipertoniya yoki gipotoniya kabi
holatlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu esa yurak kasalliklari va insult xavfini
oshiradi.Gomeostazning muhim ko’rtaskichlari hisoblangan Glukoza miqdori yani organizmda
uning darajasi asosiy energiya manbai bo‘lib asab va mushak to‘qimalarning faoliyati uchun
zarur. Insulin va glyukagon gormonlari yordamida qon shakarining miqdori nazorat qilinadi.
Glyukoza darajasining normadan chetga chiqishi diabet, gipoglikemiya yoki giperglikemiya kabi
kasalliklarning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xavf omillarini keltirib chiqaradi . Xususan
gameostazda qondagi pH darajasi: Qonning kislota-oshqozon muvozanatini belgilaydi, bu esa
fermentlarning faoliyati, hujayra metabolizmi va kimyoviy jarayonlar uchun zarur.: Bufer
tizimlar (masalan, bikarbonat buferlari), nafas olish va buyraklar faoliyati orqali
barqarorlashtiriladi. pH darajasining noaniqligi metabolik yoki respirator kasalliklar, masalan,
aksidoz yoki alkaloz kabi sharoitlarga olib kelishi mumkin.
Ushbu ko‘rsatkichlar organizmning normal faoliyatini va ichki muhitdagi optimal sharoitlarni
ta’minlashga xizmat qiladi. Ularning doimiy monitoringi, ayniqsa patologik holatlarning
boshlanishi, kasalliklarning rivojlanishi yoki davolash samaradorligini baholashda katta
ahamiyatga ega. Bu ko’satkichlarning hatto kichik ogishi ham sog’liqqa salbiy ta’sir ko’rsatishi
mumkin
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Xulosa:
Gomeostaz— inson organizmining murakkab ichki tizimining barqarorligini ta’minlovchi asosiy
mexanizm bo‘lib, uning buzilishi hayotiy faoliyati uchun zarar keltirishi mumkin. Organizmning
retseptorlar, integratsion markazlar va effektorlardan iborat bo‘lgan mukammal aloqa tizimi
orqali doimiy muvozanat saqlanadi. Salbiy aloqa mexanizmlari yordamida tana harorati,
glyukoza darajasi, qon bosimi va boshqa ko‘rsatkichlar optimal darajada ushlab boriladi, ijobiy
aloqa esa qisqa muddatli vaziyatlarda jarayonlarni kuchaytirib, muhim jarayonlarni tezlashtiradi.
Umuman olganda, gomeostazni to‘liq va muvaffaqiyatli saqlash nafaqat inson organizmining
sog‘lom faoliyatini kafolatlaydi, balki kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning
oldini olishda ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu bois, gomeostatik ko‘rsatkichlarni chuqur tahlil
qilish va ularning zarur monitoringini amalga oshirish hozirgi kunda tibbiyot va biologiya
fanlarining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Guyton and Hall Textbook of Medical Physiology, Arthur C. Guyton va John E. Hall, 1–3
(Homeostazga kirish), 6–7 (Issiqlik regulyatsiyasi), 832–833 (Gormonlar va endokrin tizim)
2.
OpenStax.
(2016).
Anatomy
and
Physiology
2e.
OpenStax
CNX.
https://openstax.org/books/anatomy-and-physiology-2e/pages/1-5-homeostasis
3.Human Physiology: From Cells to Systems, Lauralee Sherwood, 1-bob – “Homeostaz va
fiziologik nazorat tizimlari” , 5–9 (Homeostazga kirish), 16–20 (Fiziologik regulyatsiya
mexanizmlari)
4. Principles of Neural Scienc, : Eric R. Kandel, James H. Schwartz, 1015–1020 (Homeostaz va
neyron nazorat)
5. Chapter 2. Homeostasis – Human Anatomy and Physiology , Louis Pressbooks, : 2 –
Homeostasis
6. Modell, H., Cliff, W., Michael, J., McFarland, J., & Wenderoth, M. P. (2015). A
Physiologist’s View of Homeostasis. Advances in Physiology Education, 39(4), 259–266.
https://journals.physiology.org/doi/full/10.1152/advan.00107.2015
7. Billman, G. E. (2020). Homeostasis: The Underappreciated and Far Too Often Misunderstood
Central Organizing Principle of Physiology. Frontiers in Physiology, 11, 200.
https://www.frontiersin.org/articles/10.3389/fphys.2020.00200/full
8.
StatPearls.
(2022).
Physiology,
Homeostasis.
StatPearls
Publishing.
https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK559138/
