Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 54 ~
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR RIVOJLANISHINING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Sh.P.Quatbeva
Qoraqalpog‘iston
Respubliksi
Xo‘jayli
tumani MMTB
bo‘limiga
qarashli 22-sonli
umumta’lim
maktabi psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarning
psixologik va ijtimoiy rivojlanishiga oid muhim jihatlar tahlil qilingan.
O‘quvchilarning
motivatsiyasi, his-
tuyg‘ulari,
iroda va ixtiyoriyligi, shuningdek,
ularning
o‘zaro
munosabatlari va
o‘qituvchi
bilan aloqalari
o‘rganilgan.
Maqola
o‘quv
faoliyatining psixologik mexanizmlarining shakllanishi va shaxsning ichki
dunyosining rivojlanishidagi rolini ochib beradi. Shu bilan birga,
o‘quvchilarni
mustaqil fikrlashga va
o‘z
-
o‘zini
baholashga
yo‘naltirish,
ijtimoiy
ko‘nikmalarini
mustahkamlashning ahamiyati
ta’kidlangan.
Kalt
so‘zlar:
Kichik maktab yoshi,
o‘quv
faoliyati, motivatsiya, his-
tuyg‘ular,
iroda, ixtiyoriylik,
o‘z
-
o‘zini
baholash,
o‘quvchilar
o‘zaro
munosabatlari, shaxs
psixologiyasi, maktab jamoasi.
PSYCHOLOGICAL FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF PRIMARY
SCHOOLCHILDREN
Abstract:
This article analyzes important aspects of the psychological and social
development of primary school-aged students. It examines students' motivation,
emotions, willpower and volition, as well as their interpersonal relationships and
interactions with teachers. The article reveals the role of psychological mechanisms in
learning activities and the development of the inner world of the individual.
Additionally, it emphasizes the importance of guiding students towards independent
thinking, self-assessment, and strengthening social skills.
Key words:
primary school age, learning activity, motivation, emotions,
willpower, volition, self-assessment, peer relationships, personality psychology,
school community.
Kichik maktab yoshi bolaning maktabga ilk bor kelgan vaqti bilan belgilanadi. Bu
davrda pubertetgacha
bo‘lgan
barqaror jismoniy rivojlanish jarayoni davom etadi.
Bolalarda nafaqat
bo‘y
o‘sishi
va vazn ortishi kuzatiladi, balki bu tashqi
o‘zgarishlar
ichki organik
o‘zgarishlar
bilan birgalikda kechadi. Skelet suyaklarining
o‘sishi
va
yetilishi davom etadi, biroq bu jarayonlarning
sur’ati
bolalar orasida farqlanishi
mumkin. Mushaklar yiriklashadi va kuchliroq
bo‘ladi.
Shunga mos ravishda jismoniy
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 55 ~
kuch va chidamlilik ham ortadi. Bosh miyaning tafakkur va ong jarayonlarini
boshqaruvchi peshona
bo‘laklari
faolroq ishlay boshlaydi. Bu esa bolaning murakkab
harakatlar va yuqori darajadagi koordinatsiyani talab qiladigan faoliyatlarga
qo‘shilishiga
imkon yaratadi.
Kichik maktab yoshidagi bolaning yetakchi faoliyati
o‘quv
faoliyati
bo‘lganligi
sababli, u maktabga kelgan paytdan boshlab bu faoliyat uning barcha munosabatlar
tizimiga vositachilik qila boshlaydi. D.B. Elkoninning fikricha, bu faoliyatning roli
muhim, chunki, birinchidan, bolaning jamiyat bilan asosiy munosabatlari aynan shu
faoliyat orqali shakllanadi; ikkinchidan, unda maktab yoshidagi bola shaxsining asosiy
fazilatlari va alohida psixik jarayonlari rivojlanadi [10, 246-b].
L.V. Obuxovaning
ta’kidlashicha,
agar bola
o‘z
psixik jarayonlari va xulq-
atvorini boshqarishga
o‘rgangan
bo‘lsa,
u holda
o‘quv
faoliyatini muvaffaqiyatli
amalga oshira oladi. Bu esa bolaning bevosita "xohlayman"ini
o‘qituvchi
va maktab
intizomi talab qilgan "kerak"ka
bo‘ysundirishiga
yordam beradi hamda
ixtiyoriylikning psixik jarayonlarning yangi sifati sifatida shakllanishiga zamin
yaratadi. Bu holat bola tomonidan harakat maqsadini ongli belgilash, qiyinchilik va
to‘siqlarni
yengib
o‘tishda
ataylab vositalarni izlash va topishda yaqqol namoyon
bo‘ladi.
Nazorat va
o‘z
-
o‘zini
nazorat qilish zarurati,
og‘zaki
hisobot va baholash talablari
boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarida
harakatlarni ichki rejada rejalashtirish va bajarish
qobiliyatining shakllanishiga xizmat qiladi. Mulohaza namunalarini farqlash va ularni
mustaqil tuzishga intilish,
o‘quvchilarda
o‘z
fikr va harakatlarini
go‘yo
chetdan turib
tahlil qilish va baholash
ko‘nikmasining
rivojlanishini
ta’minlaydi.
Bu
ko‘nikma
shaxsning
o‘z
fikr va xatti-harakatlarini faoliyat sharoitlariga muvofiqlik nuqtayi
nazaridan xolisona tahlil qilishiga imkon beruvchi refleksiya sifatida namoyon
bo‘ladi.
Ixtiyoriylik, ichki harakat rejasi va refleksiya
—
bu kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilar
tomonidan
o‘quv
faoliyati jarayonida shakllanadigan asosiy psixologik
yangiliklardir.
O‘quv
faoliyati mazmuni, tuzilishi va bajarilish shakli jihatidan murakkab
bo‘lib,
o‘quvchida
darhol shakllanmaydi. Maktab hayotining aynan dastlabki yillarida
o‘qish
ko‘nikmasiga
asos solinadi. Shuning uchun
o‘qituvchi
rahbarligida olib boriladigan
tizimli ishlar orqali
o‘quvchining
o‘rganishga
oid
ko‘nikmalari
asta-sekin rivojlanadi
[7, 310-b].
D.B. Elkonin
ta’kidlaganidek,
o‘quv
faoliyati bir necha
o‘zaro
bog‘liq
tarkibiy
qismlardan iborat
bo‘lgan
ma’lum
tuzilishga ega:
•
O‘quv
vazifasi
—
o‘quvchi
egallashi kerak
bo‘lgan
harakat usulining mazmuni.
•
O‘quv
harakatlari
—
bu harakat usulining tasavvurini shakllantirish va amalda
qo‘llash
jarayonlari.
•
Nazorat
—
bajarilgan harakatni namuna bilan solishtirish.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 56 ~
•
Baholash
—
natijani aniqlash va
o‘zgarish
darajasini baholash.
V.S. Muxina
ta’kidlaganidek,
o‘quv
faoliyatining mazkur tuzilmasi
kengaytirilgan va yetuk shaklda taqdim etilgan
bo‘lsa
-da, u darhol bunday holatga
erishmaydi. Bu tuzilma
o‘quvchilarda
bosqichma-bosqich shakllanadi va
boshlang‘ich
maktab
o‘quvchisining
o‘quv
faoliyati hali bu darajadan ancha uzoqda
bo‘ladi.
Chunki
o‘quv
faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini yetarli darajada egallamaslik
maktabdagi
ko‘plab
qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga sabab
bo‘lishi
mumkin [6,
361-b].
O‘quv
vazifasining asosiy xususiyati shundaki, u
o‘quvchining
turli amaliy
masalalarni nazariy jihatdan umumlashtirilgan usulda hal qilish qobiliyatini
shakllantirishga xizmat qiladi.
O‘quv
vazifasini
o‘quvchiga
qo‘yish
—
uni turli
vaziyatlarda masalani hal qilishning umumiy usulini izlashga
yo‘naltiradi.
O‘quv
faoliyati jarayonida bolalar turli xil harakat turlarini bajaradilar. Ular
orasida
o‘quv
harakatlari alohida ahamiyatga ega. Bu harakatlar orqali
o‘quvchilar
masalalarni yechish usullarini va ularni
qo‘llash
shartlarini tushunadilar va
o‘zlashtiradilar.
O‘quv
harakatlari ham predmetli, ham aqliy shaklda bajarilishi
mumkin. Ushbu harakatlar sistemasini egallamasdan turib, bola
o‘quv
materialini ongli
ravishda
o‘zlashtira
olmaydi. Shu sababli
o‘qituvchining
vazifasi
—
o‘quv
harakatlari
va ularni tashkil etuvchi operatsiyalar sistemasini maxsus yondashuv va sabr-toqat
bilan shakllantirishdir.
O‘quv
vaziyatlarida samarali ishlash uchun taqqoslash, tashqi namunaga
asoslangan solishtirish va
o‘z
-
o‘zini
nazorat qilish kabi nazorat harakatlarini bajarish
zarur
bo‘ladi.
Nazorat esa,
o‘z
navbatida, bolaning faoliyatining turli bosqichlarida uni
tartibga solish va baholash funksiyalari bilan uzviy
bog‘liqdir.
Boshlang‘ich
sinflarda
eng
ko‘p
uchraydigan baholash turlari
—
bu retrospektiv baholash va
o‘z
-
o‘zini
baholash
bo‘lib,
ular erishilgan natijalarning tahliliga asoslanadi. Boshqa bir shakl
—
bu bolaning
o‘z
imkoniyatlarini baholashga asoslangan prognostik
o‘z
-
o‘zini
baholashdir. Aynan shu bosqichda bola vazifa shartlarini
o‘z
tajribasi bilan
bog‘laydi,
shu sababli
o‘z
-
o‘zini
baholash refleksiyaga tayanadi.
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarida
yetakchi faoliyatning
o‘zgarishi
natijasida
motivlarning nisbatan barqaror strukturasi shakllanadi va unda
o‘quv
faoliyati bilan
bog‘liq
motivlar yetakchi
o‘rinni
egallaydi. Bu motivlarning bir qismi
ta’lim
jarayonida shakllanib,
o‘quv
faoliyatining mazmuni va shakllari bilan
bog‘liq
bo‘ladi;
qolganlari esa
o‘quv
jarayonidan tashqarida shakllanadi [4, 124-b].
A.N. Leontev motivlarni bir necha mezonlarga
ko‘ra
tasniflaydi: anglangan va
anglanmagan, faoliyatni real ravishda
rag‘batlantiruvchi
yoki nofaol, shuningdek,
yetakchi va ikkinchi darajali motivlar. Ushbu motivlarning barchasi kichik maktab
yoshidagi
o‘quvchilarning
faoliyatida mavjud
bo‘lib,
o‘quv
faoliyati bilan
bog‘liqdir.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 57 ~
Biroq bu yosh davrida ular har doim ham yetakchi motivlar sifatida namoyon
bo‘lmaydi.
Bu yoshdagi bolalarda quyidagi uch asosiy guruh motivlar ustunlik qiladi:
1.
keng ijtimoiy motivlar;
2.
tor shaxsiy motivlar;
3.
o‘quv
-bilish motivlari.
Kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarning
keng ijtimoiy motivlari, odatda,
o‘z
-
o‘zini
takomillashtirish (masalan, madaniyatli va bilimli inson
bo‘lish)
hamda
o‘z
taqdirini mustaqil belgilash (maktabdan keyingi
ta’limni
davom ettirish yoki kasb
tanlab, mehnat faoliyatiga kirishish) istagi orqali namoyon
bo‘ladi.
Bolaning
ta’limning
ijtimoiy ahamiyatini anglab yetishi
—
ijtimoiy ustanovkalar
ta’siri
natijasida shakllanib, maktabga nisbatan shaxsiy tayyorgarlik va undan ijobiy
kutishlarning paydo
bo‘lishiga
sabab
bo‘ladi.
Bu motivlar odatda mazmunan anglash
mumkin
bo‘lgan
va kechiktirilgan,
ya’ni
uzoq muddatli maqsadlar bilan
bog‘liq
bo‘ladi.
Ular tarkibida burch va
mas’uliyat
hissi ham shakllanadi. Garchi bu hissiyotlar
dastlab bolalar tomonidan
to‘liq
anglanmasa-da,
o‘qituvchining
topshiriqlarini
vijdonan bajarish, uning talablariga javob berishga intilish shaklida amaliy ifodasini
topadi [7, 261-b.].
Tor shaxsiy motivlar esa, qanday
bo‘lmasin
yaxshi baho olish,
o‘qituvchining
maqtoviga sazovor
bo‘lish,
ota-onaning roziligini qozonish, jazodan qochish yoki
mukofotga erishish (bu farovonlik motivlariga kiradi) kabi holatlarda namoyon
bo‘ladi.
Shuningdek, tengdoshlari orasida ajralib turish, sinfda
ma’lum
bir mavqega
ega
bo‘lish
kabi istaklar ham
(obro‘li
motivlar) ushbu turkumga kiradi.
O‘quv
-bilish motivlari
o‘quv
faoliyatining
o‘zida
mujassamlashgan
bo‘lib,
ta’lim
mazmuni va jarayoni, eng avvalo, faoliyat usulini egallash bilan
bog‘liqdir.
Ular bilish
qiziqishlarida, bilish jarayonidagi qiyinchiliklarni yengishga intilishda va intellektual
faollikni namoyon qilishda
o‘z
ifodasini topadi. Ushbu guruh motivlarining
rivojlanishi bolaning maktabga bilish ehtiyoji bilan kelish darajasiga hamda
o‘quv
jarayonining mazmuni va tashkil etilish darajasiga
bog‘liqdir.
Aynan
ta’lim
mazmuni va jarayoni bilan
bog‘liq
motivatsiya asosida bilish
ehtiyoji shakllanadi. Har bir bolada bilish ehtiyojining rivojlanish darajasi turlicha
bo‘lib,
ba’zilarda
u aniq va "nazariy"
yo‘nalishga
ega
bo‘lsa,
boshqalarida amaliy
yo‘nalish
ustunlik qiladi, yana uchinchi guruhda esa bu ehtiyoj juda zaif ifodalanadi.
O‘quv
faoliyati kichik maktab yoshidagi
o‘quvchining
hissiy-irodaviy sohasini
ham tubdan
o‘zgartiradi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning his-
tuyg‘ulari
onglilik
va vazminlik
yo‘nalishida
o‘sadi,
ular his-
tuyg‘ular
va harakatlarning barqarorligi
bilan ajralib turadi. Maktabga kelgach, maksimal hissiy reaksiyalar
o‘yin
va
muloqotdan
ko‘ra,
faoliyat jarayoni va uning natijalariga, shuningdek, atrofdagilarning
bahosi va yaxshi munosabatiga
bo‘lgan
ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 58 ~
P.M. Yakobsonning tadqiqotlariga
ko‘ra,
boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarida
o‘z
his-
tuyg‘ularini
anglash va shunga mos ravishda boshqalarning his-
tuyg‘ularini
tushunish hali
to‘liq
rivojlanmagan. Ular
ko‘pincha
turli his-
tuyg‘ularni
ifodalovchi
yuz mimikasini
to‘g‘ri
idrok eta olmaydi, atrofdagilarning hissiyotlarini
noto‘g‘ri
talqin qilishlari esa bolaning noadekvat javob reaksiyalariga olib keladi.
O‘quv
faoliyati jarayonida kundalik maktab majburiyatlari,
o‘qituvchining
talab va qoidalari
hamda jamoaviylik kichik maktab
o‘quvchisini
o‘zini
tobora vazminroq tutishga
majbur qiladi va shu bilan birga u
o‘z
xatti-harakatlarini nazorat qilishni
o‘rganadi
[3,
220-221 b].
Kichik maktab yoshidagi bolalarda axloqiy, intellektual va estetik his-
tuyg‘ularning
rivojlanishida sezilarli farqlanishlar yuzaga keladi. Shu bilan birga,
o‘quv
faoliyati jarayonida duch kelinadigan qiyinchiliklar, erishilgan muvaffaqiyatlar
va ularning yetishmovchiliklarini yengish faol bilish qiziquvchanligi va yangilikni his
qilish kabi intellektual his-
tuyg‘ularni
shakllantirishga yordam beradi. Maktab
tajribasidan
ma’lumki,
o‘quvchilarning
intellektual his-
tuyg‘ulari
ta’lim
jarayonini
to‘g‘ri
tashkil etishda ular uchun muhim ehtiyojga aylanadi [4, 129-b.].
Kichik maktab yoshidagi his-
tuyg‘ular
iroda bilan chambarchas
bog‘liq
holda
rivojlanadi. Iroda tashqi yoki ichki
to‘siqlarni
yengib, harakatlarni amalga oshirish
yoki ularni davom ettirish qobiliyatida, shuningdek, zaif motivatsiyalangan faoliyatga
qo‘shimcha
motiv-stimullarni shakllantirishda namoyon
bo‘ladi.
Ta’lim
jarayonida harakatlarning ixtiyoriyligi shakllanadi, bu esa kichik maktab
yoshining yangi psixik hosilasidir. Biroq, ixtiyoriylikning, ayniqsa tashqi yoki ichki
to‘siqlarni
yengishni talab qiladigan irodaviy harakatlarning shakllanishi uzoq va
murakkab jarayon hisoblanadi. Bilim,
ko‘nikma
va malakalarni
o‘zlashtirish
davomida
kichik yoshdagi
o‘quvchida
nafaqat irodaviy akt takomillashadi, balki shaxsning
irodaviy sifatlari ham shakllanadi. Shu sababli, ushbu yoshda mustaqillik,
qat’iyatlilik,
chidamlilik va
o‘z
kuchiga ishonch kabi irodaviy sifatlar paydo
bo‘lishi
mumkin. Bola
o‘zlashtirayotgan
o‘quv
faoliyati bunday sifatlarni rivojlantirish uchun katta imkoniyat
yaratadi. Tengdoshlari va kattalar bilan muloqot ham bu jarayonga sezilarli hissa
qo‘shadi.
Ma’lumki,
o‘quvchi
yoshroq
bo‘lsa,
u shunchalik mustaqil harakat qila olmaydi.
Agar kattalar bolaning harakatlariga ishonib, uning erkinlik chegaralarini ruxsat etilgan
doirada kengaytirsalar,
o‘quvchi
mustaqil harakat qilishga va
o‘z
kuchiga ishonishga
tezroq
o‘rgangan
bo‘ladi.
Maktab
o‘quvchilarining
adekvat xulq-atvorini shakllantirishda rahbarlik roli
ayniqsa kattalarga, xususan,
o‘qituvchilarga
tegishlidir. Chunki kichik maktab
yoshidagi
o‘quvchilar
ko‘pincha
kattalarning talablariga bajarib,
bo‘ysunishga
moyil
bo‘ladilar.
Maktab
ta’limining
boshida bolalar
ko‘pincha
xulq-atvor qoidalarini
buzadilar, ammo bu
ko‘pincha
ongli emas, balki impulsiv xatti-harakatlardan kelib
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 59 ~
chiqadi. Impulsivlik esa bu yoshdagi yuqori emotsionallik natijasi sifatida, bolani
yorqin va kutilmagan
qo‘zg‘atuvchilarga,
yangiliklarga tezda
e’tiborini
qaratishga
undaydi. Uchinchi sinfga kelib bu impulsivlik kamroq
ko‘zga
tashlanadi, biroq
ba’zi
hollarda u bolaning individual xususiyatiga aylanib qoladi [8; 11-12 b].
Qat’iyatlilik
—
xarakterning eng muhim irodaviy xislati
bo‘lib,
u uchinchi sinfga
kelib rivojlanadi va
o‘quvchilarga
katta qiyinchiliklarga qaramay,
o‘qishda
muvaffaqiyatga erishish imkonini beradi. Ammo
qat’iyatlilikni
qaysarlikdan ajratib
ko‘rish
zarur, chunki
qat’iyatlilik
ijtimoiy
ma’qullangan
yoki bola uchun qimmatli
bo‘lgan
maqsadga erishish motivatsiyasiga
bog‘liq
bo‘lsa,
qaysarlik esa shaxsiy
ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan
bo‘lib,
maqsad uning qiymati va zaruriyatidan
qat’iy
nazar, unga erishishning
o‘zidandir.
L.F.Obuxova kichik maktab yoshidagi
o‘jarlikni
himoya reaksiyasi sifatida
namoyon
bo‘lishi
mumkinligini
ta’kidlaydi,
ayniqsa,
o‘qituvchi
o‘z
baholari va
fikrlarini zaif asoslaganda, bolaning yutuqlari va ijobiy fazilatlariga emas, balki uning
muvaffaqiyatsizliklari, xatolari va salbiy xarakter xususiyatlariga
urg‘u
bersa [7, 268-
b.].
Yuqorida aytilganidek, aynan yetakchi
o‘quv
faoliyati orqali kichik yoshdagi
o‘quvchining
muloqotga
bo‘lgan
ehtiyoji qondiriladi, bu esa uning kattalar va
tengdoshlari bilan munosabatlarini shakllantiradi. Tengdoshlari bilan
do‘stona
munosabatlarni
o‘rnatish
uchun bolada mustaqillik,
o‘ziga
ishonch va tashabbuskorlik
kabi fazilatlar muhim ahamiyatga ega
bo‘lib,
ularning asosi
o‘zini
ijobiy baholashdir.
I.V.Dubrovinaning
ta’kidlashicha,
kichik maktab yoshida bolada, odatda,
o‘zining
o‘quv
qobiliyatlari va umumiy imkoniyatlariga nisbatan muayyan
o‘zini
o‘zi
baholash
shakllanadi. Albatta, eng maqbul holat
—
bu
o‘z
-
o‘zini
baholashning yetarlicha yuqori
va real
bo‘lishidir.
Buning sharti
—
bolaning
o‘z
qobiliyatlarini
to‘liq
anglab, ularni
amalga oshirish imkoniyatiga ega
bo‘lishidir
[5, 430-b.].
E.Erikson
“Bolalik
va
jamiyat”
asarida
boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilari
uchun
o‘z
qobiliyatlarini eng yaxshi darajada namoyish eta olish prinsipial ahamiyatga ega
ekanligini
ta’kidlaydi.
Chunki aynan shu yosh davri bola turli
ko‘nikmalarni
egallashga
intilishi bilan xarakterlanadi. Muvaffaqiyatga erishgan taqdirda bola
o‘z
mahorati,
malakasi va
to‘liqligi
haqidagi ijobiy tasavvurni shakllantiradi, aks holda esa
o‘zini
to‘liq
va yetarli his qilmaslik hissi rivojlanadi [11].
Har bir bola
o‘zining
qadr-qimmati va betakrorligini his qilishi muhimdir, chunki
vaqt
o‘tishi
bilan bolalar
o‘zlarida
o‘qish
bilan bevosita
bog‘liq
bo‘lmagan,
ammo
shunday
bo‘lsa
-da qadrlanadigan fazilatlarni
ko‘ra
boshlaydilar. Shuning uchun
kattalarning vazifasi
—
har bir bolaga uning potensial imkoniyatlarini yuzaga
chiqarishda yordam berish va har bir
o‘quvchi
hamda uning sinfdoshlari uchun turli
ko‘nikmalarning
qadrini ochib berishdir.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 60 ~
Kichik maktab yoshidagi bola uchun eng avvalo
o‘qituvchining
shaxsi muhim
ahamiyatga ega
bo‘ladi.
Uning fikrlari va istaklari
o‘quvchi
tomonidan katta
e’tibor
va
tayyorgarlik bilan qabul qilinadi. Bolalar
o‘qituvchiga
turli sabablar bilan murojaat
qilishadi
—
oddiy va kichik sabablaridan tortib, chuqur va shaxsiy sabablargacha.
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilari
ta’limning
dastlabki bosqichida sinfdoshlarini
"o‘qituvchi
orqali" idrok etadilar,
ya’ni
dars jarayonida
o‘qituvchining
bahosi,
yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizliklari
ta’kidlangan
paytda ularga
e’tibor
qaratadilar.
Buning sababi shundaki, birinchi sinf
o‘quvchilarida
o‘z
o‘rtoqlariga
nisbatan axloqiy
baho berish hali shakllanmagan, haqiqiy shaxslararo munosabatlar va jamoaviy
aloqalar mavjud emas.
Ta’limning
ikkinchi va uchinchi yillarida esa
o‘qituvchining
shaxsi kamroq
ahamiyatga ega
bo‘ladi,
buning
o‘rniga
bolalar
o‘rtoqlari
va sinfdoshlari bilan yaqinroq
aloqalar
o‘rnatadi.
Ular birgalikda bilimlarni
o‘zlashtiradi,
o‘yinlarda,
musobaqalarda
va sayohatlar kabi ijtimoiy hayot jarayonlarida ishtirok etadilar [4; 126-b].
Boshqa bolalar bilan
o‘zaro
munosabatlar
o‘rnatilishi
bilan har bir
o‘quvchi
o‘zining
haqiqiy individual xususiyatlarini kashf etadi. A. V. Petrovskiy kichik
yoshdagi
o‘quvchilarning
o‘zaro
munosabatlariga xos
bo‘lgan
xususiyatlarni
quyidagicha
ta’kidlagan:
do‘stlik
odatda tashqi hayotiy sharoitlar va tasodifiy
qiziqishlarning umumiyligiga asoslanadi (masalan, bolalar bir partada
o‘tirishi,
bir
mahallada yashashi, sarguzasht adabiyotga qiziqishi va hokazo). Kichik yoshdagi
o‘quvchilarning
ongi hali
do‘stlarni
shaxsning muhim sifatlari asosida tanlash
darajasiga yetmaydi, lekin ikkinchi-uchinchi sinflarda ular shaxs va xarakterning ayrim
sifatlarini chuqurroq anglay boshlaydilar. Uchinchi sinfda birgalikdagi faoliyat uchun
sinfdoshlarni tanlash zarurati
tug‘ilganda,
o‘quvchilarning
taxminan 75 foizi boshqa
bolalarning
ma’lum
axloqiy fazilatlariga asoslanib tanlov qiladi [2].
Kichik sinflardan boshlab sinf norasmiy gruppalarga
bo‘linishi
kuzatiladi. Bu
gruppalar
ba’zan
maktabdagi rasmiy birlashmalardan (masalan, zvenolar, yulduzchalar
va boshqalar)
ko‘ra
ko‘proq
ahamiyatga ega
bo‘ladi.
Ularda
ko‘p
jihatdan yetakchining
ta’siri
ostida
o‘z
xulq-atvor
me’yorlari,
qadriyatlar va manfaatlar shakllanadi.
L.I. Bojovich fikricha, kichik yoshdagi
o‘quvchi
shaxsining rivojlanishi uchun
muhim
bo‘lgan
narsa muloqotning alohida shakllari emas, balki maktab jamoasining
o‘zi
hisoblanadi [1, 27-bet].
L.F. Obuxova esa
boshlang‘ich
sinf
o‘quvchisida
o‘quv
faoliyatida asosiy yosh
xususiyatlari
–
intellektual refleksiya, ixtiyoriylik va harakatlarning ichki rejasining
shakllanishi
–
yuzaga kelishini
ta’kidlaydi.
Shunga
ko‘ra,
o‘quv
faoliyatini egallash
jarayonida ushbu yoshdagi bolalarda barcha psixik jarayonlar qayta qurilib,
takomillashadi. Shu sababli, kichik maktab yoshi psixologik mexanizmlarning amalda
shakllanish davri hisoblanadi, ular birgalikda sifat jihatidan yangi, subyektning oliy
birligini
–
shaxs birligini,
ya’ni
“Men
-
konsepsiya”ning
paydo
bo‘lishini
ta’minlaydi.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 61 ~
Bola xulq-atvorida, qiziqishlarida, qadriyatlarida va shaxsiy xususiyatlarida yanada
ko‘proq
individuallik namoyon
bo‘ladi.
Kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarning
psixologik va ijtimoiy rivojlanishi
o‘qituvchining
shaxsi, tengdoshlar bilan munosabatlar va
o‘quv
faoliyati jarayonidagi
motivatsiyalar bilan chambarchas
bog‘liq.
Ushbu yoshda
o‘quvchilarda
keng ijtimoiy,
tor shaxsiy va
o‘quv
-bilish motivlari shakllanadi, ular
o‘z
-
o‘zini
takomillashtirish,
ijtimoiy qabul qilinish va bilim olishga
bo‘lgan
ehtiyojlarni
o‘z
ichiga oladi.
Shuningdek, his-
tuyg‘ularni
anglash va nazorat qilish, irodaviy sifatlarning rivojlanishi
ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quv
jarayoni va muloqot bolalarning
qat’iyatlilik,
mustaqillik,
o‘ziga
ishonch kabi irodaviy fazilatlari shakllanishida yordam beradi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun sinfdagi ijtimoiy muhit va sinfdoshlar bilan
munosabatlar shaxsning ijtimoiy va psixologik rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi.
Shu bois,
o‘qituvchilar
va kattalar bolaning
o‘zini
anglash,
o‘z
qobiliyatlarini
rivojlantirish va ijtimoiylashish jarayonlariga faol yordam
ko‘rsatishi
lozim. Bu
yoshdagi
o‘quvchilarning
muvaffaqiyatli rivojlanishi ularning shaxsiy va ijtimoiy
salohiyatining rivojlanishi uchun muhim poydevor
bo‘lib
xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro
‘
yxati:
1.
Божович
Л.Ф.
Проблемы
формирования
личности:
Избранные
психологические
труды.
-
М:
МПСИ,
Воронеж:
НПО
«МОДЭК»,2001.
2.
Возрастная
и
педагогическая
психология
/
Под
ред.
А.В.Петровского.
-
М.:
Просвещение
,1973.
3.
Гамезо
М.В.,
Герасимова
В.С.,
Орлова
Л.М.
Младший
школьник.
Психодиагностика
и
коррекция
развития.
–
М.,
1995.
4.
Гамезо
М.В.,
Петрова
Е.А.,
Орлова
Л.М.
Возрастная
и
педагогическая
психология.
–
М.:
Педагогическое
общество
России,
2003.
5.
Дубровина
И.В.
Психология.
-
М.:
Издательский
центр
«Академия»,
2003.
6.
Мухина
В.С.
Психология
детства
и
отрочества.
-
М.:
Институт
практической
психологии,
1998.
7.
Обухова
Л.Ф.
Детская
психология:
теории,
факты,
проблемы.
-
М.:
Тривола,
1995.
8.
Познавательные
процессы
и
способности
в
обучении.
-
М.,
1990.
10.
Эльконин
Д.Б.
Психическое
развитие
в
детских
возрастах.
–
М.:
МПСИ;
Воронеж:
Издательство
НПО
«МОДЭК»,
2001.
11.
Эриксон
Э.
Детство
и
общество.
–
СПб.:
Ленато,
АСТ,
Фонд
«Университетская
книга»,
1996.
12. Nishonova Z.T., Kamilova N.G., Abdullayeva D.U., Xolinazarova M.X.
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.
–
T.:
Oʻzbekiston
faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti, 2018.
