TARBIYANING VAZIFALARI VA TARBIYALILIK KO‘RSATKICHLARI
“Tarbiya” arabcha “parvarish qilish”, “ta’lim berish”, “o‘rgatish”, “odob o‘rgatish”, “navozish, mehribonlik ko‘rsatish”, “ko‘z-quloq bo‘lish”, “himoya qilish”, “rahbarlik qilish”, “boshchilik qilish”, “yo‘naltirish” ma’nolarini anglatadi. “Tarbiyachi” so‘zi esa shu ko‘p qirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchidir. Globallashuv jarayonlari tezlashib borayotgan xozirgi davrda o‘quvchi-yoshlarning tarbiyasiga zamonaviy talablar asosida e’tibor qaratish, ularni milliy ruxda tarbiyalash muhim vazifalardan biridir.[1]