ZIYONLI BOLALAR KONTENTLARINI NAZORAT QILISH USULLARI HAMDA MEXANIZMLARI

Аннотация

ushbu maqola media madaniyati va bolalar uchun media kontentining O'zbekistondagi holati, rivojlanishi va media madaniyatining jamiyatga ta'siri, amalga oshirilayotgan loyihalar va xalqaro tashkilotlarning roli yoritilgan. Maqolada bolalar media kontentining turlari, uni yaratishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar batafsil bayon etilib, shuningdek, bolalar jurnalistikasining ahamiyati tushuntirilgan.

Maqolaning asosiy qismi bolalar uchun zararli bo'lgan axborot turlari va ularni nazorat qilish usullari va mexanizmlariga bag'ishlangan bo’lib, bu borada ota-onalar nazorati, pedagoglar va ta'lim muassasalari, davlat organlari va qonunchilik, media platformalari va kontent yaratuvchilar, shuningdek, jamiyat va nodavlat tashkilotlarning roli atroflicha ko'rib chiqilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Бобохонова F. . (2025). ZIYONLI BOLALAR KONTENTLARINI NAZORAT QILISH USULLARI HAMDA MEXANIZMLARI. Interpretation and Researches, (12(58). извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/international-scientific/article/view/121427
Феруза Бобохонова , BuxDU,
O’zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi o’qituvchisi
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

ushbu maqola media madaniyati va bolalar uchun media kontentining O'zbekistondagi holati, rivojlanishi va media madaniyatining jamiyatga ta'siri, amalga oshirilayotgan loyihalar va xalqaro tashkilotlarning roli yoritilgan. Maqolada bolalar media kontentining turlari, uni yaratishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar batafsil bayon etilib, shuningdek, bolalar jurnalistikasining ahamiyati tushuntirilgan.

Maqolaning asosiy qismi bolalar uchun zararli bo'lgan axborot turlari va ularni nazorat qilish usullari va mexanizmlariga bag'ishlangan bo’lib, bu borada ota-onalar nazorati, pedagoglar va ta'lim muassasalari, davlat organlari va qonunchilik, media platformalari va kontent yaratuvchilar, shuningdek, jamiyat va nodavlat tashkilotlarning roli atroflicha ko'rib chiqilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

144

ZIYONLI BOLALAR KONTENTLARINI NAZORAT QILISH USULLARI

HAMDA MEXANIZMLARI

Boboxonova Feruza Muhiddinovna,

BuxDU, O’zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi o’qituvchisi

e-mail: feruza231191@gmail.com


Annotatsiya:

ushbu maqola media madaniyati va bolalar uchun media

kontentining O'zbekistondagi holati, rivojlanishi va media madaniyatining jamiyatga
ta'siri, amalga oshirilayotgan loyihalar va xalqaro tashkilotlarning roli yoritilgan.
Maqolada bolalar media kontentining turlari, uni yaratishda e'tibor qaratilishi lozim
bo'lgan jihatlar batafsil bayon etilib, shuningdek, bolalar jurnalistikasining ahamiyati
tushuntirilgan.

Maqolaning asosiy qismi bolalar uchun zararli bo'lgan axborot turlari va ularni

nazorat qilish usullari va mexanizmlariga bag'ishlangan bo’lib, bu borada ota-onalar
nazorati, pedagoglar va ta'lim muassasalari, davlat organlari va qonunchilik, media
platformalari va kontent yaratuvchilar, shuningdek, jamiyat va nodavlat
tashkilotlarning roli atroflicha ko'rib chiqilgan.

Kalit so’zlar:

bolalar, kontent, yosh, madaniyat, internet, milliy, zamonaviy

materiallar, xavfsizlik, nazorat, axborot vositasi.

METHODS AND MECHANISMS FOR CONTROLLING HARMFUL

CHILDREN'S CONTENT

Abstract:

This article discusses the state of media culture and media content for

children in Uzbekistan, its development, and the impact of media culture on society,
ongoing projects, and the role of international organizations. The article describes in
detail the types of children's media content, the aspects that should be paid attention
to when creating it, and also explains the importance of children's journalism.

The main part of the article is devoted to the types of information that are

harmful to children and the methods and mechanisms for controlling them. In this
regard, the role of parental control, educators and educational institutions,
government bodies and legislation, media platforms and content creators, as well as
society and non-governmental organizations, is examined in detail.

Keywords:

children, content, age, culture, internet, national, modern materials,

security, control, media.

МЕТОДЫ И МЕХАНИЗМЫ КОНТРОЛЯ ВРЕДНОГО ДЕТСКОГО

КОНТЕНТА


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

145

Аннотация:

В данной статье рассматривается состояние медиакультуры и

медиаконтента для детей в Узбекистане, его развитие, влияние медиакультуры
на общество, реализуемые проекты, роль международных организаций. В
статье подробно описываются виды детского медиаконтента, аспекты, на
которые следует обращать внимание при его создании, а также объясняется
важность детской журналистики.

Основная часть статьи посвящена видам информации, наносящей вред

детям, методам и механизмам контроля над ними. В этой связи подробно
рассматривается роль родительского контроля, педагогов и образовательных
учреждений, государственных органов и законодательства, медиаплатформ и
создателей контента, а также общества и неправительственных организаций.

Ключевые слова:

дети, контент, возраст, культура, интернет,

национальный, современные материалы, безопасность, контроль, медиа.


Kirish.

Asosan ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta, internet

va boshqalar) orqali tarqaladigan madaniyat "media madaniyati" deb ataladi. Bu
tushuncha ommaviy axborot vositalarining jamiyatning fikri, didi va qadriyatlariga
ta'sirini anglatadi.

O'zbekistonda media madaniyati rivojlanish bosqichida. Televideniye eng

ommabop axborot vositasi bo'lib, davlatga qarashli va xususiy telekanallar faoliyat
yuritadi. Internet ham aholi, ayniqsa yoshlar orasida tobora ommalashib bormoqda,
biroq ayrim tanqidiy veb-saytlar bloklangan.

O'zbekistonda media madaniyatining rivojlanishiga qaratilgan bir qator loyihalar

amalga oshirilmoqda. UNESCO kabi xalqaro tashkilotlar jurnalistlarning
xavfsizligini ta'minlash, axborotga erishish huquqini kengaytirish va media
savodxonligini

oshirishga

qaratilgan

dasturlarni

qo'llab-quvvatlamoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-may kuni maktab ta’limi yuzasidan
yig‘ilish o‘tkazib: “To’g’ri bugungi kunda yoshlar ma’naviyati bilan hamma
shug’ullanyapti, lekin zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish,
ularni targ’iboti, ijodkorlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha professional tashkilot hali
yo’q”, deya fikr bildirdi va aynan president tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirligi qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi.
Ularning asosiy vazifasi zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent
yaratish, ularni targ‘iboti, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.[1]

Bolalar media kontenti – bu bolalarga atalgan videolarni o'z ichiga olgan bo’lib,

bu kontent ayniqsa milliy ruhdagi zamonaviy materiallar yaratmoqchi bo’lgan
ijodkorlar uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Tadqiqotchilarning aytishicha, bolalar
media muhitiga ega bo'lish huquqiga ega va kattalar bu muhitda muhim rol o'ynaydi.
Bolalarning o'zlari ham kontentda ishtirok etishadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

146

Ijodkorning yana bir betakror qirrasi bolalar ruhiyatini ruhshunoslarga xos

bolalar tilida tadqiq etishida ko’zga tashlanadi.[2] Bolalar uchun media kontent
bolalarning yoshiga, qiziqishlariga va rivojlanish bosqichlariga moslashtirilgan
bo’ladi. Bu kontent bolalarni o'qitish, ko'ngil ochish yoki ularning ijtimoiy va hissiy
rivojlanishiga yordam berish maqsadida yaratiladi.

Bolalar uchun media kontentning turlari juda xilma-xil bo'lishi mumkin,

masalan:

Televizion ko'rsatuvlar va filmlar: multfilmlar, bolalar uchun seriallar, ta'limiy

ko'rsatuvlar va bolalar filmlari.

Videoo'yinlar va mobil ilovalar: bolalar uchun mo'ljallangan o'yinlar, ta'limiy

ilovalar va interaktiv hikoyalar.

Kitoblar va audio kitoblar: rasmli kitoblar, ertaklar, she'rlar va bolalar uchun

romanlar.

Musiqa va qo'shiqlar: bolalar uchun yaratilgan qo'shiqlar va musiqiy hikoyalar.

Internet kontenti: bolalar uchun mo'ljallangan veb-saytlar, YouTube kanallari

va boshqa onlayn platformalardagi videolar.

Podkastlar: bolalar uchun mo'ljallangan audio hikoyalar va ta'limiy podkastlar.

Bolalar uchun media kontentni yaratishda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratish

muhim:

Yoshga moslik: kontent bolaning yoshiga mos bo'lishi, uning tushunish

darajasi va qiziqishlariga javob berishi kerak.

Ta'limiy qiymat: kontent bolalarga yangi narsalarni o'rgatishi, ularning

bilimlarini kengaytirishi va ijodiy fikrlashni rag'batlantirishi mumkin.

Ko'ngilochar bo'lish: kontent bolalarni zeriktirmasligi, ularning e'tiborini jalb

qilishi va quvonch bag'ishlashi kerak.

Ijtimoiy va hissiy rivojlanish: kontent bolalarga do'stlik, hamkorlik, empatiya

va boshqa ijobiy fazilatlarni o'rgatishi mumkin.

Xavfsizlik: onlayn kontent bolalar uchun xavfsiz bo'lishi, ularni zararli yoki

nomaqbul materiallardan himoya qilishi kerak. Ota-onalar va tarbiyachilar bolalar
uchun media kontentni tanlashda ehtiyotkor bo'lishlari, bolalarning yoshiga mos va
foydali kontentni tanlashlari, shuningdek, ularning media iste'molini nazorat qilishlari
muhimdir.

Bolalar jurnalistikasi bolalar va o'smirlar uchun mo'ljallangan, ular tomonidan

yaratilgan yoki ular haqida ma'lumot beradigan jurnalistika sohasi hisoblanadi. Uning
maqsadi yosh auditoriyani qiziqtirish, ularga ta'lim berish, ularning fikrlarini ifoda
etishga yordam berish va ularni fuqarolik jamiyatida faol ishtirok etishga undashdir.

Bolalar uchun ziyonli bo'lgan axborotni nazorat qilish ota-onalar, pedagoglar,

davlat organlari va media platformalarining birgalikdagi sa'y-harakatlarini talab


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

147

qiladigan muhim vazifadir. Bu bolalarning jismoniy, ruhiy va axloqiy rivojlanishini
himoya qilishning ajralmas qismi hisoblanadi. Ziyonli axborotning bir necha turlari
mavjud. Ular

:

Zo'ravonlik va tajovuzni targ'ib qiluvchi kontent: Bu real hayotdagi zo'ravonlik

sahnalari, jangari o'yinlar, tajovuzkor xatti-harakatlarni madh etuvchi materiallar
bo'lishi mumkin.

Qo'rqinchli va vahimali kontent: Bolalarning psixikasiga salbiy ta'sir

ko'rsatadigan, ularda qo'rquv, vahima va nevrozlarni keltirib chiqaradigan materiallar
(masalan, juda qo'rqinchli filmlar, hikoyalar).

Axloqsiz va pornografik kontent: Bolalar uchun mo'ljallanmagan, jinsiy

aloqalarni tasvirlovchi yoki shunga ishora qiluvchi materiallar.

Bunga misol, ko’pchiligimizga ma’lum Youtube platformasida bolalar sevib

tomosha qiladigan Cocomelon kontenti mavjud, aynan noyabr oyida boshlangan
birinchi mavsumning 8-qismida shunday tasvirlar bor. Niko ismli bola o'zining
oilaviy surati uchun nima kiyishni tanlashda qiynalayotgan paytida ikkita gey juftlik:
“Qaysi jinsni tanlashing o’zingga bog’liq, hammasi ixtiyoringda, biz seni qo’llab-
quvvatlaymiz!” degan mazmunda qo'shiq kuylaydi.

Cocomelonni yaqinda Disney

kompaniyasining bosh direktori Bob
Igerga yaqin bo'lgan ikkita sobiq
menejerini sotib oldi. Kevin Mayer
va Tom Staggs CoComelon-dan
sotib olgan Candle Mediaga asos
solgan

Disney

kompaniyasining

yuqori lavozimli rahbarlari edi.

Kevin Mayer 2000 yilda Playboy va 2020 yilda TikTok bosh direktori etib
tayinlangan. U Disney+ ni yaratishda ham faol ishtirok etgan va Disney
kompaniyasida maslahatchi hisoblanadi. Bu shaxslarni yaqindan tanigan kishi, bu
ma’lumotlar ko'p narsani anglatishi mumkinligini tushunib yetadi.

Italiyalik jurnalist Karina Mishel Cocomelonning aynan shu qismiga nisbatan

o’zining Twitter sahifasida shunday yozadi: “Biz polaponlarimiz gey yoki
transseksual bo'lishga "tayyorlanayotgan"ligini qanday bilishimiz mumkin. Amerika
fuqarolik erkinliklari ittifoqi (ACLU) hozirda Yevropa Ittifoqidagi 500 dan ortiq
LGBTQga qarshi loyihalarni kuzatib konservatorlar "uyg'ongan" madaniyat aks etgan
turli filmlar ishlashmoqda. Oldinlari bu atama qora tanli jamoalarda qo'llanilgan va
ijtimoiy adolatsizlik va irqiy tenglik haqida ma'lumotga ega bo'lgan kishiga nisbatan
ishlatilgan. Hozir bu ibora konservatorlar tomonidan progressiv qadriyatlarga qarshi
to‘ntarish sifatida ishlatiladi. Aytmoqchimanki, eng muhimi an'anaviy oila tarkibini
butunlay chiqarib tashlagan holda, yangi avlodning miyasini yuvish holatini boshdan


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

148

kechirayotganimizni tushunishimiz kerak. Bolalarimizni qo'riqlaylik, ularni qattiq
himoya qilaylik, chunki yomon odamlar uxlamaydi”[3] deb qayg’u bilan yozgan.

Zararli odatlarni targ'ib qiluvchi kontent: Narkotik moddalar, alkogol, tamaki

kabi zararli vositalarni iste'mol qilishni madh etuvchi materiallar.

Kamsituvchi va haqoratlovchi kontent: Irqiy, etnik, diniy yoki boshqa

belgilariga ko'ra kamsitish, haqoratlash yoki tahqirlashni o'z ichiga olgan materiallar.

Noto'g'ri va yolg'on axborot: Bolalarning dunyoqarashini buzishi, ularni

chalg'itishi yoki noto'g'ri xulosalarga olib kelishi mumkin bo'lgan materiallar
(masalan, soxta yangiliklar, ishonchsiz ilmiy ma'lumotlar).

Onlayn ta'qib va kiberbulling: Bolalarga nisbatan onlayn tazyiq o'tkazish,

qo'rqitish, haqoratlash yoki sharmanda qilish holatlari.

Nazorat qilish usullari va mexanizmlari nimalardan iborat bo’lishini ko’rib

chiqamiz.

1. Ota-onalar nazorati:

Ochiq muloqot:

Bolalar bilan internet va media kontent haqida ochiq va

ishonchli muloqot o'rnatish. Ularga qanday axborot xavfli bo'lishi mumkinligini
tushuntirish.

Ekran vaqtini cheklash:

Bolalarning media qurilmalaridan foydalanish

vaqtini belgilash va unga rioya qilish.

Kontentni birgalikda ko'rish:

Bolalar bilan birga ko'rsatuvlar, filmlar yoki

videolar tomosha qilish va muhokama qilish.

Filtrlash va bloklash dasturlari:

Kompyuterlar, smartfonlar va boshqa

qurilmalarda yoshga mos bo'lmagan kontentni filtrlash va bloklash uchun maxsus
dasturlardan foydalanish.

Qurilma sozlamalari:

Operatsion tizimlar va ilovalarning yoshga mos

kontentni cheklash bo'yicha sozlamalaridan foydalanish (masalan, YouTube Kids,
SafeSearch).

Onlayn faoliyatni kuzatish:

Bolalarning internetda qanday saytlarga

kirayotgani, qanday ilovalardan foydalanayotganini kuzatib borish.

Maxfiylik

sozlamalarini

tushuntirish:

Bolalarga

onlayn

shaxsiy

ma'lumotlarini himoya qilish qoidalari va maxfiylik sozlamalari haqida tushuncha
berish.

2. Pedagoglar va ta'lim muassasalari:

Media savodxonligi bo'yicha darslar:

O'quvchilarga media kontentni

tanqidiy baholash, yolg'on axborotni aniqlash va xavfsiz onlayn xulq-atvor
qoidalarini o'rgatish.

Maktab internetini filtrlash:

Ta'lim muassasalarida bolalar uchun zararli

bo'lgan veb-saytlarni bloklash.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

149

Ota-onalar bilan hamkorlik:

Ota-onalarni bolalarning media iste'moli va

onlayn xavfsizligi bo'yicha xabardor qilish va ularga maslahatlar berish.

3. Davlat organlari va qonunchilik:

Ziyonli kontentga qarshi qonunlar:

Bolalar uchun zararli bo'lgan kontentni

ishlab chiqarish, tarqatish va iste'mol qilishga qarshi qonuniy choralar ko'rish.

Nazorat qiluvchi organlar:

Bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

bo'yicha davlat organlarining faoliyatini kuchaytirish.

Internet provayderlari bilan hamkorlik:

Ziyonli veb-saytlarni bloklash va

filtrlash bo'yicha internet provayderlari bilan hamkorlik qilish.

Xalqaro hamkorlik:

Bolalarga qarshi onlayn jinoyatlarga qarshi kurashish

bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

4. Media platformalari va kontent yaratuvchilar:

O'z-o'zini tartibga solish:

Media platformalarining bolalar uchun

mo'ljallangan kontentga nisbatan qat'iy qoidalar o'rnatishi va ularga rioya qilishi.

Yoshga mos reyting tizimlari:

Kontentni yoshga mosligiga qarab belgilash va

foydalanuvchilarni ogohlantirish (albatta +0, +6, +12 belgilari bo’lishi kerak).

Foydalanuvchi shikoyatlarini ko'rib chiqish:

Ziyonli kontent haqidagi

shikoyatlarni tezkorlik bilan ko'rib chiqish va tegishli choralar ko'rish.

Mas'uliyatli kontent yaratish:

Bolalar uchun ijobiy, ta'limiy va

rivojlantiruvchi kontent yaratishga e'tibor qaratish.

5. Jamiyat va nodavlat tashkilotlar:

Axborot kampaniyalari:

Bolalar va ota-onalarni onlayn xavfsizlik va ziyonli

kontentning xavfi haqida xabardor qilish bo'yicha kampaniyalar o'tkazish.

Nodavlat tashkilotlarning faoliyati:

Bolalar huquqlarini himoya qilish,

onlayn xavfsizlikni ta'minlash va ziyonli kontentga qarshi kurashish bo'yicha
loyihalar amalga oshirish.

Maqolamizda bolalarga bag’ishlangan kontentlarni har jihatdan birma-bir ko’rib

chiqdik. Endi yuqorida aytib o’tilgan muammoli vaziyatlarga qanday yechim berish
mumkin. Bizning har bir muammoga nisbatan alohida yechim takliflarimiz bor.

Internetning chegarasizligi:

Internetdagi kontentni to'liq nazorat qilish qiyin.

Bu borada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarur.

Texnologiyalarning tezkor rivojlanishi:

Ziyonli kontentning yangi shakllari

tezda paydo bo'lishi mumkin. Nazorat mexanizmlari ham doimiy ravishda
takomillashib borishi kerak.

Ota-onalarning bandligi va xabardorligining yetarli emasligi:

Ota-onalarni

onlayn xavfsizlik bo'yicha o'qitish va ularga amaliy yordam ko'rsatish muhim.

Bolalarning qiziquvchanligi va cheklovlarni chetlab o'tishga urinishi:

Bolalar bilan ishonchli munosabatlar o'rnatish va ularga xavfsizlik qoidalarini
tushuntirish muhim.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

150

Bolalar uchun ziyonli bo'lgan axborotni nazorat qilish – bu uzluksiz jarayon

bo'lib, barcha manfaatdor tomonlarning faol ishtirokini talab qiladi. Faqatgina
birgalikdagi sa'y-harakatlar orqali bolalarimizni zararli ta'sirlardan himoya qilish va
ularning sog'lom rivojlanishini ta'minlash mumkin.

Xulosa.

Media kontentni bolalar uchun xavfsiz qilish uchun quyidagi asosiy

choralarni ko‘rish muhim:

1.

Kontentni nazorat qilish:

Yaratilgan yoki ko‘riladigan materiallarni

qat’iyan tekshirish, bolalar uchun xavfli yoki noo‘rin bo‘ladigan qismlarni olib
tashlash.

2.

Yoshi mosligi:

Bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan platformalar va

dasturlarni tanlash. Yoshi mosroq bo‘lgan kontentni tanlash va "kechiktirilgan
ko‘rish" yoki maxfiylik sozlamalarini o‘rnatish.

3.

Interaktivlikni nazorat qilish:

Bolalar bilan birga ekran oldida bo‘ling,

ularning qanday kontentni ko‘rayotgani va qaysi joylarni ko‘rishni davom
ettirayotganini nazorat qiling.

4.

Shaxsiy

ma’lumotlarni himoya qilish:

Bolalarning

shaxsiy

ma’lumotlarini tarqatmaslik va ularga qanday qilib internetda xavfsiz bo‘lishni
o‘rgatish.

5.

Qoidalar va chegaralar:

Ekran vaqtini cheklash, vaqti-vaqti bilan

ularga boshqa faoliyatlarni taklif qilish, ehtiyotkorlik bilan muhokama qilish.

6.

Yaxshi va salbiy misollarni ajratish:

Bolalarga qanday kontent zararli

yoki salbiy bo‘lishi mumkinligini tushuntirish va yaxshi namunalarga e’tibor
qaratishni o‘rgatish.

Xulosa qilib aytganda, bolalarimizni zararli ta’sirlardan himoya qilish va

ularning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash — bu doimiy va uzluksiz jarayon bo‘lib,
barcha manfaatdor tomonlarning faol ishtiroki va mas’uliyatini talab qiladi.
Texnologiyalar rivojlanishi bilan birga nazorat mexanizmlari ham doimiy
takomillashib borishi shart. Faqatgina birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali bolalarimiz
uchun xavfsiz va foydali media muhitini yaratish mumkin.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

O.Safarov, B. Jamilova. Bolalalik – boqiylik timsoli yoxud

muxbirlikning olis yo’llari T., 2011.

2.

https://x.com/karinamichelin/status/1737819630876369270?t=nFuuSwvi

LOTe7ImNGUb0MQ&s=09

3.

https://www.kun.uz/news/2025/05/15/bolalar-kontentini-rivojlantirish-

markazi-tashkil-qilindi

Библиографические ссылки