“OTAMDAN QOLGAN DALALAR” ROMANIDA TARIXIY VA IJTIMOIY HAYOTNING SOTSIOLOGIK METOD ASOSIDA YORITILISHI

Аннотация

Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida tasvirlangan tarixiy va ijtimoiy muhit keng miqiyosda tahlil qilinadi. Asarda XX asrning ikkinchi yarmi O‘zbekiston qishlog‘idagi hayot, kolxoz tuzumining ta’siri, insonlar ongidagi o‘zgarishlar, ma’naviy va moddiy qadriyatlar,ruhiy zo‘riqishlar to‘qnashuvi badiiy yoritiladi. Maqola IMRAD tuzilishiga asoslangan holda, roman orqali tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarning qanday kechganligini ko‘rsatadi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Суюмова U. (2025). “OTAMDAN QOLGAN DALALAR” ROMANIDA TARIXIY VA IJTIMOIY HAYOTNING SOTSIOLOGIK METOD ASOSIDA YORITILISHI. Interpretation and Researches, (12(58). извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/international-scientific/article/view/121416
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida tasvirlangan tarixiy va ijtimoiy muhit keng miqiyosda tahlil qilinadi. Asarda XX asrning ikkinchi yarmi O‘zbekiston qishlog‘idagi hayot, kolxoz tuzumining ta’siri, insonlar ongidagi o‘zgarishlar, ma’naviy va moddiy qadriyatlar,ruhiy zo‘riqishlar to‘qnashuvi badiiy yoritiladi. Maqola IMRAD tuzilishiga asoslangan holda, roman orqali tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarning qanday kechganligini ko‘rsatadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

122

OTAMDAN QOLGAN DALALAR” ROMANIDA TARIXIY VA IJTIMOIY

HAYOTNING SOTSIOLOGIK METOD ASOSIDA YORITILISHI

Suyumova Umrixon

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”

romanida tasvirlangan tarixiy va ijtimoiy muhit keng miqiyosda tahlil qilinadi.
Asarda XX asrning ikkinchi yarmi O‘zbekiston qishlog‘idagi hayot, kolxoz
tuzumining ta’siri, insonlar ongidagi o‘zgarishlar, ma’naviy va moddiy
qadriyatlar,ruhiy zo‘riqishlar to‘qnashuvi badiiy yoritiladi. Maqola IMRAD
tuzilishiga asoslangan holda, roman orqali tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarning
qanday kechganligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar

: tarixiy davr, kolxoz, sotsiologik metod, sovet hukumati,

mustamlakachilik, ijtimoiy hayot, totalitar tuzum, qizil imperiya

Annotation:

This article provides a comprehensive analysis of the historical and

social environment depicted in Togay Murad’s novel "Otamdan qolgan dalalar"
("The Fields Inherited from My Father"). The novel artistically portrays the life of an
Uzbek village in the second half of the 20th century, the influence of the kolkhoz
(collective farm) system, changes in people’s consciousness, conflicts between
spiritual and material values, and psychological tensions. Based on the IMRAD
structure, this article examines how historical periods and social processes are
reflected through the novel.

Keywords:

historical period, kolkhoz, sociological method, Soviet government,

colonialism, social life, totalitarian regime, Red Empire.


1. KIRISH (INTRODUCTION)

Adabiyot xalq ma’naviyatining ko‘zgusidir. Har bir davr adabiyoti o‘z

zamonasining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy,madaniy hayotini o‘zida aks ettiradi. XX
asrning ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyotida, xususan nasrda, qishloq hayoti,
dehqonlarning og‘ir hayotiy kurashlari, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ayovsiz
ziddiyatlar keng yoritilgan. Tog‘ay Murod – o‘z ijodida xalq ruhiyatini,orzu
umidlarini chuqur aks ettira olgan yozuvchilardan biridir. Uning “Otamdan qolgan
dalalar” romani orqali o‘zbek qishloq hayotining o‘tmishi, ijtimoiy muammolari,
meros va zamonaviylik o‘rtasidagi ziddiyatlar batafsil tasvirlanadi. Ushbu
maqolaning maqsadi – asarda tarixiy va ijtimoiy muhit qay tarzda yoritilganini tahlil
qilish.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

123

2. USLUBIYOT (METHODS)
Maqolani yozishda adabiy-tahliliy, tarixiy-komparativ va kontekstual usullardan

va sotsiologik metoddan foydalanildi. Asarda qahramonlar obrazlari, ularning
jamiyatga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlar, syujet rivoji va
muallif uslubi keng tahlil qilindi. Shuningdek, zamonaviy adabiy tanqid nuqtayi
nazaridan roman voqealari baholandi va kerakli xulosalar chiqarildi.

3. NATIJALAR (RESULTS)
Asarda yoritilgan tarixiy va ijtimoiy muhit quyidagicha ko‘rsatiladi:

1. Sovet davridagi kolxoz tuzumining xalq hayotiga ta’siri chuqur ochib berilgan.
Dehqonlarning o‘z yeri ustidan egalik huquqini yo‘qotishi, majburiy mehnat, hisobot
uchun bajariladigan ishlar, haqiqatdan yiroq statistika,oilasidan ham ko‘ra dala va
paxtaga bog‘lanib qolishi – bularning barchasi haqiqiy ijtimoiy muammolar sifatida
ko‘zga tashlanadi.

2. Asarda ikki avlod – ota va farzand o‘rtasidagi ijtimoiy holat ko‘rsatiladi.

Otaning dala bilan bog‘liq qadriyatlari,ulug‘vorligi o‘g‘ilning esa zamonaviylikka
intilishi jamiyatdagi o‘zgarishlarni ifodalaydi.Ular orqli o‘zbek xalqining 130 yil
mustamlakachilik ostida kechgan hayoti badiiiy mahorat bilan o‘quvchiga
yetkazilgan.

3. Dala obrazi – bu nafaqat yer, balki tarix, milliylik, o‘zlikni anglash va hayot

ma’nosining badiiy timsolidir. Otaning o‘z dalasini asrab qolishga bo‘lgan intilishi
orqali inson va yer orasidagi ajralmas bog‘liqlik aks ettiriladi.Asar qahramonlari ona
zaminni,zilol suvni yaratganning tuhfasi deya suyib ardoqlagan, uni bolasiday mehr
berib ezozlaydi

4. Asardagi qahramonlar (ota, o‘g‘il, qishloq aholisi, kolxoz rahbarlari,sovet

hukumati vakillari) – turli ijtimoiy qatlam vakillari bo‘lib, ular orqali davrning
murakkab ijtimoiy tarkibi, ko‘rsatiladi.Yozuvchi qalamga olgan har bir voqea,obraz
orqasida millat taqdiri oddiy xalq qiyofasi jonlanadi.

5. Muallif til uslubi, badiiy vositalar, simvol va ramzlar orqali ijtimoiy muhitni

jonli, ta’sirchan tarzda yoritadi.Bunday ramziy obrazlardan biri Dehqonqul. U totlitar
tuzum, qizil imperiya siyosati tarbiyalab yetishtirgan ’’mehnat kishisi‘‘timsoli,
mustabid hokimyat chirkin mafkurasining tirik qurboni.

4. MUHOKAMA (DISCUSSION)
Tog‘ay Murod o‘z asarida ijtimoiy muhitni bo‘rttirmasdan, real voqelikni

ko‘rsatishga harakat qiladi. Asarda kolxozlashtirish tizimi ostida ezilgan insonlarning
ruhiy kechinmalari, ularning jamiyatga bo‘lgan ishonchi, qadriyat va an’analar uchun
kurashi katta badiiy mahorat bilan ochib berilgan. Qahramonlarning ichki iztirobi,
ularning o‘ziga va jamiyatga bo‘lgan munosabati orqali adib davr ijtimoiy holatini
yorqin namoyon qiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

124

Bunga misol Dehqonqulning “paxta ishi” sababli qamalishi va shundagina uning

ko‘zi ochilib shuncha yil qul bo‘lganligini anglab yetgani asar bugungi kitobxon
uchun ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Undagi qadriyatlar, o‘zlikni anglash, tarixga
bo‘lgan,ona zaminga,tabiat ne’matlariga bo‘lgan hurmat hozirgi avlod uchun ham
ibrat bo‘la oladi. Shu boisdan bu asar faqat badiiy emas, balki ma’naviy va
sotsiologik ahamiyatga ham molik bo‘lgan asardir.

XULOSA
“Otamdan qolgan dalalar” romani orqali Tog‘ay Murod o‘zbek xalqining XX

asrdagi ijtimoiy va tarixiy hayotini badiiy haqiqat bilan aks ettirgan. Asarda tarixiy
voqealar, ijtimoiy munosabatlar, qishloq hayoti, inson va yer inson va hukumat
orasidagi munosabat chuqur tahlil etilgan. Yozuvchi o‘z ijodida xalqning dardu
hasratini, umid va orzularini, azaliy qadriyatlarni ruhiy holatini yuksak darajada
ifodalagan. Asar bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va zamonaviy kitobxon
uchun muhim manba bo‘lib qolmoqda.Asarni o‘qish orqali o‘quvchida vatanparvarlik
tuyg‘usi yanada shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar. – Toshkent: G‘. G‘ulom nomidagi

Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987.

2. Qo‘chqorov A. O‘zbek romanchiligi taraqqiyoti. – Toshkent: O‘qituvchi,

2001.

3. Karimov U. Adabiyot va haqiqat. – Toshkent: Fan, 1996.
4. Sharipov N. Ijodiy tahlil asoslari. – Samarqand: SamDU, 2010.
5. Mamajonov M. O‘zbek adabiyotida realizm an’analari. – Toshkent: Fan,

2003.

6. G‘aniyeva H. O‘zbek adabiyotida qishloq hayoti tasviri. – Toshkent: Yangi

asr avlodi, 2014.

7.https://doi.org/10.5281/zenodo.6602515
8.Tog ‘ay Murod “Otamdan qolgan dalalar”. ‘‘Fan”.Toshkent.2001 y.

Библиографические ссылки

Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar. – Toshkent: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987.

Qo‘chqorov A. O‘zbek romanchiligi taraqqiyoti. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001.

Karimov U. Adabiyot va haqiqat. – Toshkent: Fan, 1996.

Sharipov N. Ijodiy tahlil asoslari. – Samarqand: SamDU, 2010.

Mamajonov M. O‘zbek adabiyotida realizm an’analari. – Toshkent: Fan, 2003.

G‘aniyeva H. O‘zbek adabiyotida qishloq hayoti tasviri. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2014.

https://doi.org/10.5281/zenodo.6602515

Tog ‘ay Murod “Otamdan qolgan dalalar”. ‘‘Fan”.Toshkent.2001 y.