International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
83
O‘ZBEK VA NEMIS TILLARIDA QO‘SHMA SO‘ZLAR SEMANTIKASI,
O‘ZARO MA’NO MUNOSABATLARI
Qilicheva Shahlo
UrDU o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘zbek tilimizda qo‘shma so‘zlar semantikasi,
o‘zaro ma’no munosabatlari nemis tilidagi qo‘shma so‘zlar bilan qiyoslangan holda
yoritilgan.
Аннотация.
В данной статье рассматривается семантика и семантические
связи сложных слов в узбекском языке, сравнивая их со сложными словами в
немецком языке.
Abstract.
This article examines the semantics and semantic relationships of
compound words in the Uzbek language, comparing them with compound words in
the German language.
Kalit so‘zlar.
Qo‘shma so‘z, aniqlovchi,
qisman asoslangan, to‘liq asoslangan,
asoslanmagan.
Ключевые слова:
Сложное слово, детерминант, частично основанный,
полностью основанный, неоснованный.
Keywords:
Key words: Slojnoe slovo, determinant, chastichno osnovannyy,
polnostyu osnovannyy, neosnovannyy.
Ma’lumki, barcha tillarda qo‘shma so‘zlarning tasnifida ularning semantik
xususiyatlari – ya’ni ma’no munosabatlari asosida turlarga ajratilishi muhim
lingvistik ahamiyatga ega. Ilmiy ishimizning nazariy qismida biz nemis tilidagi
qo‘shma so‘zlarning semantik tasnifiga e’tibor qaratdik. Endilikda esa tadqiqotimiz
doirasida o‘zbek tilidagi qo‘shma so‘zlarning semantik xususiyatlariga ko‘ra
tasniflanishini tahlil qilish lozim deb hisoblaymiz.
Ma’no munosabatiga ko`ra qo`shma so`zlar quyidagi turlarga bo`linadi:
[3:28,29]
a)
To`liq asoslangan
b)
Qisman asoslangan
c)
Asoslanmagan
Qo‘shma so‘zlar semantik asoslanish darajasiga ko‘ra uch asosiy turga
bo‘linadi: to‘liq asoslangan, qisman asoslangan va asoslanmagan qo‘shma so‘zlar.
A) To‘liq asoslangan qo‘shma so‘zlar
– bu turdagi qo‘shma so‘zlarda tarkibiy
qismlarning leksik ma’nolari to‘liq muvofiqlashgan bo‘ladi. Bunday so‘zlar
tuzilishida har bir komponent mustaqil semantik birlik sifatida qatnashib, umumiy
so‘z ma’nosini aniqlashda faol rol o‘ynaydi. Gapiruvchi bu kabi qo‘shma so‘zlarda
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
84
leksik birliklar o‘rtasidagi semantik bog‘liqlik va o‘zaro moslashuvni aniq anglay
oladi. Shuningdek, bu tipdagi qo‘shma so‘zlarda har bir komponent asl leksik
ma’nosini saqlagan holda ishtirok etadi va ko‘chma ma’no yuklamaydi. Masalan,
qo‘lyozma
(qo‘l + yozma) yoki
suvilon
(suv + ilon) kabi so‘zlar bu guruhga kiradi.
B) Qisman asoslangan qo‘shma so‘zlar
– bunday holatda qo‘shma so‘z
tarkibidagi komponentlardan biri o‘zining to‘liq ma’nosini yo‘qotgan bo‘lsa-da,
umumiy semantik mazmun hali ham aniq saqlanib qoladi. Bu turdagi so‘zlarda ma’no,
asosan, ikkinchi komponent orqali aniqlanadi, birinchi komponent esa semantik
jihatdan nofaollashgan bo‘lishi mumkin. Masalan,
baqatera
(terak turi) so‘zida “baqa”
komponenti semantik jihatdan nofaol bo‘lsa-da, umumiy ma’no terakka oidligini
bildiradi. Yoki
xomsemiz
(juda semiz) so‘zida “xom” komponenti o‘zining to‘liq
ma’nosida ishlatilmaydi, biroq umumiy ma’no tushunarli bo‘lib qoladi.
C) Asoslanmagan qo‘shma so‘zlar
– bu toifaga kiruvchi qo‘shma so‘zlar
tarkibidagi morfemalar orasida hech qanday semantik bog‘liqlik mavjud emas.
Ularning leksik ma’nosini tarkibiy qismlar asosida anglash yoki taxmin qilishning
iloji yo‘q. Bunday qo‘shma so‘zlarda hosil bo‘lgan yangi ma’no tarkibiy qismlarning
asl ma’nolari bilan hech qanday bog‘liqlikka ega emas. Masalan,
suyuqoyoq
(yomon
yo‘lga kirgan qiz),
sho‘rtumshuq
(jiddiy yoki arazchi odam),
sovuqqon
(muomalasi
sovuq, yoqimsiz odam) kabi misollar ushbu turga kiradi. Bu so‘zlarda komponentlar
o‘rtasidagi semantik aloqa uzilgan va ular ko‘chma, ko‘pincha frazeologik tusdagi
birliklar hisoblanadi.
Har ikkala tilda ham qo`shma so`zlar o`rganilar ekan, ularni aynan har bir tilga
mos ravishda yuqoridagi turlarga ajratib o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi. Biroq,
bundan avval biz ushbu taqqoslanayotgan tillardagi turlarning o`zini o`xshash
tomonlarini aniqlashga harakat qildik. Nemis tilidagi qo`shma so`zlar ma’no
munosabatiga ko`ra 4 guruhga bo`lib o`rganilgan edi:
1.
Attributive Zusammensetzungen (Attributiv qo`shma so‘zlar)
2.
Kopulative Zusammensetzungen(Kopulativ qo`shma so‘zlar) M.:
taubstumm, Strumpfhose
3.
Zusammenrückungen (Butun bir gapni jipslashuvidan hosil bo‘lgan
qo‘shma so‘zlar ) M.: Habenichts, Taugenichts, Vergissmeinnicht.
4.
Zusammenbildungen (Qo‘shma yasama so‘zlar) M.: Holzfäller, (-er) ot
yasovchi suffix [5:17,20]
- Attributiv qo‘shma so‘zlar(attributive Zusammensetzungen). Ushbu qo‘shma
so‘zlarda ikkinchi o‘rinda kelgan bosh so‘z (das Grudwort) birinchi o‘rinda kelgan
aniqlovchi (das Bestimmungswort) so‘z orqali konkretlashtiriladi. Bunday so‘zlar ot
va sifat so‘z turkumlaridan tashkil topadi. М.: blau rang belgisi birinchi komponent
orqali ma’nosi ochiladi. М.: hellblau, dunkelblau, himmelblau; yoki Schwarzbrot,
Tischlampe, Sonnenstrahl
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
85
- Kopulativ qo‘shma so‘zlar (kopulative Zusammensetzungen). Alohida qismlari
qo‘shilib, yangi butunlikni hosil qiluvchi kopulativ kompositsiyalar. M.: taubstumm,
Dampfschiff
- Zusammenrückung- Butun bir gapni jipslashuvidan hosil bo‘lgan qo‘shma
so‘zlar M.: Habenichts, Taugenichts, Vergissmeinnicht. Qo‘shma so‘zning bunday
turi o‘zbek tilida uchramaydi.
Zusammenbildung – Qoshma yasam so‘zlar. Nemis tilida qo‘shma so‘zga so‘z
yasovchi qo‘shimcha(lar) qo‘shilishi orqali yangi so‘z yasash.
M.: Holzfäller (Holz+fäll+er) bu yardagi -er ot so‘z turkumini yasovchi
qo‘shimcha hisoblanadi.
O`zbek tilida esa aytib o`tilganidek ular 3 ta: [3:28,29]
A)
to`liq asoslangan;
B)
qisman asoslangan;
C)
asoslanmagan.
Ba’zi tilshunoslar milliy tilimizda qo‘shma so‘zlarni ma’no munosabatiga ko`ra
yuqoridagi 3 guruhga bo‘lib o‘rgangan, biroq bu haligacha to‘la yechimini topmagan.
Xo`sh, yuqoridagi taqqoslanayotgan tillardagi qo`shma so`zlarning ma`no
munosabatiga ko`ra turlari orasida bog`liqlik, o`xshashlik bormi, yoki ular ikki tilda
bir-biridan farq qiladimi. Biz ilmiy ishimiz davomida anashu masalaga oydinlik
kiritishga harakat qildik. Quyidagi jadvalda siz nemis hamda o`zbek tillaridagi
qo`shma so`zlarning ma`no munosabatiga ko`ra turlarining o‘zaro o‘xshash va farqli
tomonlarini ko`rishingiz mumkin:
№
Nemis tili
Misol
O`zbek tili
Misol
1
Attributive
Zusammensetzungen
(Attributiv qo`shma
so‘zlar)
Schwarzbrot
Qisman
asoslangan
Xomsemiz
2
Kopulative
Zusammensetzungen
(Kopulativ qo`shma
so‘zlar)
taubstumm,
Strumpfhose
To`liq
asoslangan
qo`lyozma
3
______
______
Asoslanmagan
suyuqoyoq
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
86
Quyidagi nemis tilidagi qo‘shma so‘z guruhlarining o‘zbek tilida ekvivalenti
yo‘q.
1
Zusammenrückung-
Butun
bir
gapni
jipslashuvi(qo‘shiluvi)
dan
hosil
bo‘lgan
qo‘shma so‘zlar
M.: Habenichts, Taugenichts, Vergissmeinnicht
2
Zusammenbildungen
(Qo‘shma
yasama
so‘zlar)
M.: Holzfäller, (-er) ot yasovchi suffix
Maqolamiz uchun material tayyorlash jarayonida nemis va o‘zbek tillaridan har
biridan 140 tadan ortiq qo‘shma so‘zlar tanlab olinib, ularning tuzilishi va semantik
xususiyatlari tahlil qilindi. Tanlangan leksik birliklar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
semantik guruhlarga ajratildi hamda har ikkala til doirasida qaysi turdagi qo‘shma
so‘zlar ko‘proq uchrashi aniqlanishiga alohida e’tibor qaratildi.
To`liq
aoslangan:
avtonazorat,
avtopoyga,
avtoreferat,
avtosalon,
agrobiologiya, agrosanoat, bezorijon, bekzod, bechorahol, beshbarg, beshkokil,
biokimyo, biolaboratoriya, bobomeros, garovxona, ro`zg`orxalta, ruxsatnoma,
oltiburchak, orabuzar, oromkursi, otboqar, otxona, oxirzamon, kamsoqol, kamgap,
kaltadum, yo`lto`sar, jonfido, yigitboshi, ishyoqmas, yebto`ymas, duotalab, dilpora,
dilozor, gultuvak, toshbaqa, toshbo`ron, belbog`, radiostansiya, olmaqoqi, ko`zoynak,
suvilon, cho`lyalpiz, achchiqtosh, olaqarg`a, muzyorar, xushfe’l, asalari, oqqush,
choyxona, molxona, oshxona, ishxona, yurtboshi, tinchliksevar, ma’lumotnoma,
salomxona, samovarxona, sariqqamish, safboshi, erksevar, ermaktalab, kinoaktyor,
kinokomediya, ko‘kqarg‘a, pandnoma, choychaqa, davlatboshi, damtovoq,
damqisma, kallalesar, kaltadum, kamgap, kamgo`sht, kamdaromad, kamdiydor,
kammahsul, kamsut, kamtashvish…
Qisman asoslangan: beshbattar, beshiktervatar, beshkashta, beshurug`,
bigiztumshuq, binafshagul, birdam, bitko`z, bobochinor, bodomqovoq, bozorboshi,
onaboshi, onaxotin, osono`par, otashnafas, otashqalb, oshko`k, oshqovoq, kaltafahm,
ikkiqat, jo`jaxo`roz, do`ngpeshona, diloro, devqomat, devyurak, devsifat,
darveshsifat, gulchehra, vatangado, arzonqo`l, toshbag`ir, toshko`mir, mingoshi,
ko`zmunchoq, nosqovoq, mingoyoq, tuyaqush, oybolta, sallagul, sallaqovoq, erkako`t,
nayzabarg, nonxo`rak, nosqovoq, choypoya...
Asoslanmagan: beshbarmoq, beshurug`, boshqorong`i, oltingugurt, otquloq,
ofatijon, jonkuyar, gulrux, gulbadan, oshqozon, qo`ziqorin, otquloq, ko`lbuqa,
devzira, kampirchopon...
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
87
Endi esa yuqorida keltirilgan qo`shma so`zlarning bir nechtasini semantik
jihatdan chuqurroq tahlil qilib o`tsak:
“AVTONAZORAT”
— Avtomobil nazorati; avtomobillarning, umuman,
avtotransportning harakati, yoʻl harakati qoidalariga amal qilinishi, mashinalarning
holati ustidan nazorat.
"Avtonazorat" qo‘shma so‘zini semantik va grammatik jihatdan tahlil qiladigan
bo‘lsak, u attributiv (aniqlovchi) munosabat asosida yuzaga kelgan qo‘shma so‘z
hisoblanadi. Uning tarkibida ikkita komponent mavjud bo‘lib, birinchi komponent —
avto
aniqlovchi, ikkinchisi —
nazorat
esa aniqlanmish vazifasida kelmoqda.
Etymologik nuqtayi nazardan qaralganda, “avto” komponenti aslida yunon
tilidagi
“autos”
so‘ziga borib taqaladi va “o‘zi” degan ma’noni bildiradi. “Nazorat”
esa arabcha
“nazara”
fe’lidan kelib chiqqan bo‘lib, “ko‘rmoq”, “kuzatmoq”,
“ko‘rikdan o‘tkazmoq” ma’nolarini anglatadi. Shunday ekan, bu so‘zning
komponentlarini to‘liq etimologik ma’noda talqin qiladigan bo‘lsak, “avtonazorat”
atamasi “o‘zini-o‘zi nazorat qilish” degan mazmunga ega bo‘lishi kerak.
Biroq amaldagi izohli lug‘atlarda bu so‘z “avtomobillarning harakati, ularning
texnik holati va yo‘l harakati qoidalariga amal qilinishi ustidan olib boriladigan
nazorat” degan ma’noda izohlanadi. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, “avto” komponenti bu
yerda o‘zining asl – etimologik ma’nosida emas, balki zamonaviy “avtomobil”
so‘zining qisqartirilgan shakli sifatida qo‘llanilmoqda.
Demak, ushbu qo‘shma so‘z so‘z birikmasining qisqarishi (ya’ni
avtomobil
nazorati
→
avtonazorat
) natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, bu esa qo‘shma so‘z
yasashda qisqarma shakllar asosida ham yangi leksik birliklar hosil bo‘lishi
mumkinligini ko‘rsatadi. Bu holat tilshunoslikda qo‘shma so‘zlarning hosil bo‘lishida
morfologik vositalar bilan bir qatorda qisqarish jarayonining ham muhim rol
o‘ynashini tasdiqlaydi.
“Avtopoyga” qo‘shma so‘zi ham attributiv (aniqlovchili) qo‘shma so‘zlar
guruhiga mansub bo‘lib, uning tarkibida birinchi komponent —
avto
ikkinchi
komponent —
poyga
ni aniqlab kelmoqda. Bu yerda “avto” komponenti o‘zining asl,
etimologik ma’nosida emas, balki zamonaviy “avtomobil” so‘zining qisqartirilgan
shakli sifatida qo‘llanilgan. “Poyga” esa fors tiliga oid
“poy”
(oyoq) so‘zidan kelib
chiqqan bo‘lib, o‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda “kim o‘zadi” mazmunidagi
musobaqa shaklida izohlanadi.
Tadqiqotimizning avvalgi bosqichlarida bir necha bor ta’kidlanganidek,
birikmalarni tahlil qilishda ularning yozilish shakliga e’tibor qaratish muhimdir.
Ya’ni ajratib yozilgan bo‘lsa – bu so‘z birikmasi, qo‘shib yozilgan taqdirda esa – bu
qo‘shma so‘z sifatida baholanadi. Shu jihatdan, quyidagi savol yuzaga keladi: nega
ushbu so‘zlar “avtomobilnazorati” yoki “avtomobilpoygasi” tarzida yozilmagan?
Nega ular qisqartirilgan shaklda, ya’ni “avto” komponenti orqali ifodalangan?
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
88
Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin: yuqorida keltirilgan shakllarda
(masalan,
avtomobilnazorati
) qo‘shma so‘z sifatida emas, balki qaratqich-qaralmish
munosabatidagi so‘z birikmasi shaklida yuzaga keladi. Bunday sintaktik birliklar esa
morfologik jihatdan qo‘shma so‘zlarga kirmaydi. Shuning uchun, qisqartma
komponent asosida shakllangan “avtonazorat”, “avtopoyga” kabi birliklar morfologik
jihatdan qo‘shma so‘zlar sirasiga kiradi.
Uchinchi misol —
“avtoreferat”
ham semantik tahlil nuqtayi nazaridan alohida
e’tiborga loyiq. Bu so‘z ham ikki komponentdan tashkil topgan bo‘lib, birinchi
komponent —
avto
bu yerda qisqartma shaklida emas, balki to‘liq leksik birlik
sifatida qo‘llanilgan va o‘zining tub ma’nosi — “o‘zi” degan ma’noni saqlab qolgan.
Ikkinchi komponent —
referat
esa ilmiy asarning yoki adabiy manbaning qisqacha
yozma bayoni sifatida lug‘aviy mustaqillikka ega.
Dastlabki qarashda ushbu qo‘shma so‘z qisman asoslangan qo‘shma so‘z
sifatida ko‘rinsa-da, komponentlarning etimologik ildiziga chuqurroq e’tibor
qaratilganda, “avto” elementi bu yerda asl semantik yuklamasini yo‘qotmaganligi
ma’lum bo‘ladi. Ya’ni bu so‘z “muallif tomonidan yozilgan referat” ma’nosini
anglatadi va shunday holatda, har ikkala komponent o‘zining leksik ma’nosini
saqlagan holda qatnashgani uchun
avtoreferat
to‘liq asoslangan qo‘shma so‘zlar
sirasiga kiritiladi.
Endi nemis tilidagi qo`shma so`zlarning semantik tahliliga e’tibor qaratsak. Biz
yuqorida nemis tilidagi qo`shma so`zlarning ma’no munosabatiga ko`ra turlari haqida
ma’lumot berib, ularning har biriga bir qancha misollar keltirib o`tdik. Endi anashu
misollarni alohida tahlil qilgan holda o`zbek tili bilan solishtiramiz. Avvalo quyida
har bir tur uchun bir qancha misollar keltirib o`tsak.
- Attributive Zusammensetzungen (Attributiv qo`shma so‘zlar).
- Kopulative Zusammensetzungen (Kopulativ qo`shma so‘zlar) M.: taubstumm,
Strumpfhose
- Zusammenrückungen (Butun bir gapni jipslashuvidan hosil bo‘lgan qo‘shma
so‘zlar) M.: Habenichts, Taugenichts, Vergissmeinnicht.
- Zusammenbildungen (Qo‘shma yasama so‘zlar) M.: Holzfäller, (-er) ot
yasovchi suffix
- Attributiv qo‘shma so‘zlar(attributive Zusammensetzungen). Ushbu qo‘shma
so‘zlarda ikkinchi o‘rinda kelgan bosh so‘z (das Grudwort) birinchi o‘rinda kelgan
aniqlovchi (das Bestimmungswort) so‘z orqali konkretlashtiriladi. Bunday so‘zlar ot
va sifat so‘z turkumlaridan tashkil topadi.
М.: blau rang belgisi birinchi komponent orqali ma’nosi ochiladi.
М.: hellblau, dunkelblau, himmelblau; yoki Schwarzbrot, Tischlampe,
Sonnenstrahl
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
89
- Kopulativ qo‘shma so‘zlar (kopulative Zusammensetzungen). Alohida qismlari
qo‘shilib, yangi butunlikni hosil qiluvchi kopulativ kompositsiyalar. Bunday qo‘shma
so‘zlar
M.: taubstumm, Dampfschiff
- Zusammenrückung- Butun bir gapni jipslashuvidan (qo‘shilib) hosil bo‘lgan
qo‘shma so‘zlar M.: Habenichts, Taugenichts, Vergissmeinnicht. Qo‘shma so‘zning
bunday turi o‘zbek tilida uchramaydi.
Zusammenbildung – Qoshma yasam so‘zlar. Nemis tilida qo‘shma so‘zga so‘z
yasovchi qo‘shimcha(lar) qo‘shilishi orqali yangi so‘z yasash.
M.: Holzfäller (Holz+fäll+er) bu yerdagi -er ot so‘z turkumini yasovchi
qo‘shimcha hisoblanadi. [20:136]
Bunday qo‘shma so‘zlarning ikkinchi komponenti mustaqil ma’noga ega emas,
Shuning uchun alohida qo‘llanila olmaydi.
Endi quyida nemis tilidagi ba’zi qo‘shma so‘zlarni ma’no munosabatiga ko‘ra
tahlil qilamiz:
Schwarzbrot – qora non
mazkur til birligi orqali nonning turi nomlanadi va so`zlovchi hamda tinglovchi
tasavvurida bir xil anglashiladi.
Schwarzwald – bu so‘z Germaniyada joylashgan bir o‘rmonning nomi
hisoblanadi va o‘zbekchaga Qora o‘rmon shaklida tarjima qilinadi, chunki bu yerda
daraxtlar zich joylashgan va yaproqlari qalin bo‘lganligi va doimo soya bo‘lib,
quyosh nuri tushmagani uchun qorong‘udir va shunday nom olgan.
Schwarzfahrer - Bu so‘z yo‘lovchining transport vositalaridan bilet sotib
olmasdan foydalanishiga aytiladi.
Schwarzarbeit – noqonuniy yo‘l bilan qilinadigan qing‘ir ish, bu so‘zda qora
so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llanilgan
Schwarzärgern – biron bir narsa yoki hodisani yomonga, noto‘g‘ri tomonga
yo‘yib asabiylashmoq. Bu yerda qora so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llanilgan
Schwarzwild – (ovchilar tili) ovlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvon. Ruxsat
berilmagan narsani o‘g‘rincha qilish
Weißwurst – buzoq go‘shtidan oqartirib tayyorlangan qalbasaning nomi (Oq
sasiska)
Rotfuchs – 1. Qizil junli tulki, 2. Qizil sochli odam
Adabiyotlar/Литература/References:
O‘zbek tili adabiyotlari
1.
I.
A.
Karimov,
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”,
ToshkentMa’naviyat- 2008. 83,87b.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
90
2.
E. Qilichev, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili: o‘zbek filologiyasi bakalavr
ixtisosligi uchun qo‘llanma – Buxoro, 2005. – 136b.
3.
I. Hotamova, “Ingliz va o`zbek tillarida qo`shma so`zlarning badiiy
adabiyotlardagi kosnitiv xususiyatlari”. Toshkent – 2017. 30-31b
4.
N. Erkaboyeva, “O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami”, Toshkent:
“Akademnashr”- 2015. 133,199b.
Nemis tillari adabiyotlari
5.
A.Iskos, A. Lenkowa, “Deutsche Lexikologie”, Leningrad- 1970. 91
6.
X. A. Lewkowskaya, “Lexikologie der deutschen Gegenwartssprache”
7.
Duden „Deutsches Universal Wörterbuch“ Berlin. 2015, 8.Auflage
