RANG-TUS BILDIRUVCHI SO‘ZLARNING SALBIY KONNOTATSIYANI IFODALASHI

Аннотация

Mazkur maqolada rang-tus bildiruvchi so‘zlarning salbiy konnotatsiyani ifodalashi, rang-tus bildiruvchi so‘zlar turli pragmatik maqsadlarda qo‘llanishi natijasida salbiy ma’no ifodalab, nutqda konnotativ ma’no bildirishi hususida ayrim fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek maqolada, rang-tus bildiruvchi so‘zlar salbiy konnotatsiyani ifodalashi turli misollar yordamida tahlil etib berilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Тохтасинова O. ., & Хрожиддинова M. . (2025). RANG-TUS BILDIRUVCHI SO‘ZLARNING SALBIY KONNOTATSIYANI IFODALASHI. Interpretation and Researches, (11(57). извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/international-scientific/article/view/121332
Одинахон Тохтасинова , Qdu
O‘zbek tili kafedrasi dotsenti
Муаттар Хрожиддинова , Qdu
o‘qituvchisi, f.f.b.f.d (PhD)
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada rang-tus bildiruvchi so‘zlarning salbiy konnotatsiyani ifodalashi, rang-tus bildiruvchi so‘zlar turli pragmatik maqsadlarda qo‘llanishi natijasida salbiy ma’no ifodalab, nutqda konnotativ ma’no bildirishi hususida ayrim fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek maqolada, rang-tus bildiruvchi so‘zlar salbiy konnotatsiyani ifodalashi turli misollar yordamida tahlil etib berilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

77

RANG-TUS BILDIRUVCHI SO‘ZLARNING SALBIY KONNOTATSIYANI

IFODALASHI

To‘xtasinova Odinaxon Yusupovna

Qdu O‘zbek tili kafedrasi dotsenti

Xrojiddinova Muattar Mansurovna

Qdu o‘qituvchisi, f.f.b.f.d (PhD)


Annotatsiya.

Mazkur maqolada rang-tus bildiruvchi so‘zlarning salbiy

konnotatsiyani ifodalashi, rang-tus bildiruvchi so‘zlar turli pragmatik maqsadlarda
qo‘llanishi natijasida salbiy ma’no ifodalab, nutqda konnotativ ma’no bildirishi
hususida ayrim fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek maqolada, rang-tus
bildiruvchi so‘zlar salbiy konnotatsiyani ifodalashi turli misollar yordamida tahlil etib
berilgan.

Абстрактный.

В данной статье высказаны некоторые мнения об

отрицательной окраске слов-цветов, использовании слов-цветов в различных
прагматических целях, выражении отрицательного значения и передаче
коннотативного значения в речи. Также в статье на различных примерах
анализируется негативный оттенок слов, выражающих цвет.

Annotation.

This article presents some thoughts on the negative connotation of

iconic words, the negative meaning of iconic words as a result of their use for various
pragmatic purposes, and the connotative meaning in speech. The article also analyzes
the negative connotation of iconic words using various examples.

Kalit so‘zlar.

Rang-tus bildiruvchi so‘zlar, nutq, salbiy konnotatsiya, idiomatik

birlik, og‘zaki, yozma hamda poetik nutq.

Ключевые слова.

Цветовые слова, речь, отрицательный оттенок,

идиоматическое единство, устная, письменная и поэтическая речь.

Keywords.

Iconic words, speech, negative connotation, idiomatic unit, oral,

written and poetic speech.

Kirish.

Rang-tus bildiruvchi so‘zlar nutqda keng istifoda etilar ekan, ularning

salbiy konnotatsi gapda leksemalar qurshovida voqelanadi. Rang-tus bildiruvchi
so‘zlar turli pragmatik maqsadlarda qo‘llanishi natijasida salbiy ma’no ifodalab,
nutqda konnotativ ma’no bildirishga o‘tadi. Ularning salbiy ma’nosi o‘xshatishli,
metaforik, idiomatik birliklar qurshovida yuzaga keladi.

Shuni alohida ko‘rsatish lozimki, salbiy konnotatsiyali rang-tus bildiruvchi

leksemalarning pragmatik semalari xuddi ijobiy konnotatsiyali pragmatik semalar
singari ko‘proq oq va qora semalari doirasida oppozitsiya hosil qilib, og‘zaki, yozma
hamda poetik nutqda ishlatiladi. Ular ko‘proq o‘xshatishli, epitet, metaforik hamda


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

78

idiomatik ko‘chimlar qurshovida keladi. Bunday hodisalar nutqqa ekspressivlik,
emotsionallik va baholash ottenkalarini berish bilan bir qatorda subyektlarning shaxs
sifatidagi fe’l-atvorini belgilashga, ular xarakteridagi nuqsonlarni to‘laqonli ochib
berishga xizmat qiladi. H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida
quyidagi satr keltirilgan:

Men bir qaro kunda tug‘ildim,
Tug‘ildim-u shu on bo‘g‘ildim…

Bu o‘rinda “

qaro kun”

epitet birikuvi salbiy konnotatsiya hosil qilib, ichki

mazmunida o‘xshatish ma’nosi ifodalanayotganini sezish qiyin emas. Bu birikma,
ya’ni “

qaro kun”

birikmasi Abdulla Qodiriy aytganidek,

“yaqin o‘tmishning eng kir,

qora, zulm-u nifoqqa to‘la kunlari”

degan pragmatik ma’no kishining shuuriga

o‘rnashadi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya.

Bu epitetning ichki qurilishida o‘xshatish

va metaforaning bir-biriga singib ketishi borligi birikuv shakli va u anglatayotgan
ma’nodan ham sezilib turadi. Kezi kelganda A.A.Potebnyaning yuqorida keltirilgan
“Metafora – qisqargan o‘xshatishdir”, degan fikridan kelib chiqqan holda, o‘xshatish
va metafora o‘rtasidagi juz’iy farqlar haqida to‘xtab o‘tish zaruriyati tug‘iladi.

Tilshunoslar M.Qurbonova, M.Yo‘ldoshevning qayd etishlaricha, “o‘xshatishlar

eng qadimiy tasviriy vositalardan biri sifatida nutqimizda, ayniqsa, badiiy adabiyot
tilini bezashda, tasvirning aniqligi va obrazliligini ta’minlashda foydalanib kelinadi.
Adabiyotlarda har qanday o‘xshatish munosabati tilda ifodalanar ekan, albatta, to‘rt
unsur nazarda tutiladi, ya’ni:

1) o‘xshatish subyekti;
2) o‘xshatish etaloni;
3) o‘xshatish asosi;
4) o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichlari.
Masalan,

Alisher tulkiday ayyor bola

. Bunda Alisher – o‘xshatish subyekti; tulki

– o‘xshatish etaloni; ayyor – o‘xshatish asosi; -day – o‘xshatishning shakliy
ko‘rinishi hisoblanadi”.[1.B.75] Olimlar yana davom etib qayd qiladilarki, badiiy
matndagi o‘xshatishli qurilmalar tekshirilganda, ularni an’anaviy va xususiy muallif
o‘xshatishlari sifatida tasniflash kerak bo‘ladi. An’anaviy o‘xshatishlar og‘zaki
nutqda ko‘p ishlatiladigan, shu sababdan ta’sirchanligini yo‘qotgan o‘xshatishlardir.
Masalan:

tulkiday ayyor, toshday qattiq, yuzlari oydek, ko‘zlari charosdek, qo‘yday

yuvosh, otning qashqasidek ma’lum

kabilar... Xususiy muallif o‘xshatishlari

yozuvchining o‘z nigohi, kuzatuvchanligi, badiiy taxayyuli, anologiya quvvati
asosida xalq tilidan foydalangan holda yaratgan o‘xshatishlardir. Bunday
o‘xshatishlarda originallik, obrazlilik va ekspressivlik hamisha yorqin ifodalangan
bo‘ladi”.[1.B.76]


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

79

Tahlil va natijalar.

Shu o‘rinda qayd qilishni istardikki, yuqorida iqtibos

qilingan fikrlardagi an’anaviy o‘xshatishlar haqidagi qarashlarga to‘la qo‘shilib
bo‘lmaydi. Chunki an’anaviy o‘xshatishlarda ham qaysidir ma’noda ta’sirchanlik,
ekspressivlik, baholash holatlari bilinib turadi. Buni olimlarning o‘zlari ham
sezadilar, shekilli, fikrlarini yakunlash jarayonida ushbuni qayd etadi: “Har qanday
o‘xshatishdan maqsad tasavvur qilinishi qiyin bo‘lgan tushunchalarni
konkretlashtirish, mavhum tushunchalarni aniqlashtirish, narsa, hodisa, harakat
holatlarning eng nozik jihatlarini kitobxon ko‘zi o‘ngida go‘zal bo‘yoqlarda
gavdalantirishdan iborat bo‘lmog‘i lozim”. O‘xshatishlar ijobiy konnotatsiyali
bo‘ladimi, salbiy konnotatsiyali bo‘ladimi, baribir emotsionallik va baholash
vazifasini saqlab qoladi. Bu, ayniqsa, sifat o‘xshatishning, rang-tus sifatlari bilan
hosil qilingan o‘xshatishli birikmalar aniq sezilib turadi:

Mavzuni yaqin

o‘tmishimizning eng kir, qora kunlaridan oldim.

(A.Qodiriy).

Bu leksik qurshovdagi “kir kunlari” yozuvchining xususiy o‘xshatishi, “

qora

kunlari

” esa an’anaviy o‘xshatish. Har ikki o‘xshatishda, tabiiyki, butun bir

kontekstda ta’sirchanlik saqlanib qolgan. Tilga olingan manbada ushbu mikromatn
keltiriladi:

Burungi so‘fidan, yaqindagina kelib bir hafta yotib ketgan so‘fidan asar

yo‘q. Uning rangi machitning jaydari shamidek sap-sariq... go‘yoki kasaldan
yaqindagina bosh ko‘targan.

Keltirilgan misolda so‘fining, ruhoniy kishining

so‘ngan, sarg‘aygan rangi masjidning jaydari shamiga o‘xshatilgan. Ta’kidlash
lozimki, yozuvchi (bu o‘rinda Cho‘lpon va uning “Kecha va kunduz” romanidagi
Razzoq so‘fi hayotining so‘nggi kunlari nazarda tutilmoqda. – M.X.) tasviridagi
holat, qahramon – ruhoniy, sham masjidniki, qahramon g‘arib, dardman, sham
jaydari, arzonbaho, qahramon tuganmas dard bilan adoyi tamom bo‘lib bormoqda,
sham – yonib tugashning ham ramziy ifodachisi.

Sap-sariq

sifati bilan ifodalangan

o‘xshatish asosidagi belgi benihoya quyuqlashib katta bir dard shaklini
olgan.[2.B.76]

Fikrimizning dalili sifatida ayrim misollarga murojaat qilamiz.
1)

Ro‘ziqul shu qadar ko‘p gunoh ishlar qildiki, qariganda yuzlari kuya singari

qop-qora tus oldi, yoshligida chaqnab turgan ko‘zlaridan nur so‘ndi, qip-qizil yuzlari
avvaliga sarg‘imtir tus oldi, keyin ana shunday holga tushdi.Ha, uni o‘zi badnom
etgan qizlarning qarg‘ishi tutdi.

[3.B.212] Mikromatnda ishtirok etgan rang-tus

sifatlari ushbu o‘rinlarda o‘xshatishli birikmada kelib, konnotatsiyani hosil qilgan. Bu
degani subyektning yuzi tamoman qorayib, zangi tusini olgan, degani emas, balki
uning amali bilan tashqi ko‘rinishi orasidagi uzviylik tufayli, adib uning qilmishlarini
bo‘rttirish uchun ana shunday tasvir yaratgan;

2)

Uyatdan qizning yuzi lavlagidek qizil tus oldi

gapida ijobiy konnotatsiya

salbiy konnotatsiyaga aylangan;


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

80

3)

Uning nazarida hayoti yangi qazilgan go‘rdek qora edi

gapida ham hayoti

barbod bo‘lgan, dard-u alami dunyoga sig‘mayotgan, gunohlari bisyor odamning
holati tasvirlangan;

4)

Yigit qirq yil chekdi; barmoqlarining orasi yuvilmagan buyum singari qora-

sariq tusga kirdi. Tishlari chirigan makkajo‘xori kabi qoramtir sariq rang oldi

gapida ham o‘xshatishli birikmalar salbiy konnotatsiya hosil qilgan;

5)

Daydining

ko‘ylagi avvaliga qizil bo‘lgan, shekilli, yuvilib-

dazmollanmaganidan g‘ijimlangan, kasallangan olma gulidek nafarmon tus olgan
edi

gapida ijobiy konnotatsiya salbiy konnotatsiyaga o‘sib chiqqan;

6)

Ukkining ko‘zlaridek dumaloq, ko‘kimtir ko‘zlariga qon to‘ldi, ko‘zlarining

atrofi qizardi

gapida ham salbiy ma’no va u tufayli paydo bo‘lgan pragmatik holat

yaqqol namoyon bo‘lgan;

7)

Kasaldan endigina turgan, to‘ridan go‘ri yaqin bu yaramasning yuzlari

xazon yaprog‘idek sap-sariq, so‘lg‘in, kishini qo‘rqitadigan darajada ichiga botgan
edi

gapidagi konnotativ ma’no salbiy ottenka ifodalayotganin sezish qiyin emas.

Lingvistikaga oid ko‘pgina adabiyotlarda, jumladan, yuqorida ko‘rsatilgan

kitobda ham metaforaning ikki turi – lingvistik va xususiy muallif metaforalari ustida
gap boradi. Bu masalalarda barcha tilshunoslar yakdil. Biroq, bizningcha, metaforalar
ko‘chimga olib kelar ekan, ularda ta’sirchanlikning miqdori haqida gap borishi lozim
xolos – an’anaviy o‘xshatishda emotsionallik bo‘lmaydi, xususiy muallif
o‘xshatishida ta’sirchanlik bo‘ladi, deb emas. Bu borada M.Mamadaliyeva masalaga
yaqin boradi. U quyidagilarni yozadi: “Metafora orqali ma’no ko‘chishida konnotativ
ma’no yorqinroq aks etadi”.[4.B.12] Modomiki shunday ekan, o‘xshatishda ham
konnotativ ma’no shu darajaga yaqin bo‘ladi. Zero, o‘xshatish bilan metafora
o‘rtasidagi tafovutlar qisman ma’noda, ko‘proq shaklda namoyon bo‘ladi. Ya’ni:

a) o‘xshatishda so‘zlar o‘z ma’nosi bilan ishtirok etadi;
b) o‘xshatishda ikki komponent – o‘xshatiluvchi obyekt va o‘xshovchi obraz

qiyoslanadi;

с) o‘xshatishlarda kengayish imkoniyati ko‘p, bir gap hatto abzas darajasigacha

kengayishi mumkin. Metaforalar so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘ladi;

d) o‘xshatishlarda maxsus ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Metaforalarda bunday

ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi. Biz oldingi faslda aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni ushbu faslda
aytib o‘tishimizning bir sababi borki, bu ham bo‘lsa, aytilmoqchi bo‘lgan fikrlar
rang-tus sifatlarining ijobiy konnotatsiyasiga qaraganda, salbiy konnotatsiya hosil
qilishi va pragmatik semalar sifatida namoyon bo‘lishidagi o‘rniga borib taqaladi.
Agar

“Qilmishlari tufayli bu insonning yuzi el orasida ko‘mirdek qop-qora edi”

yoki

“Ichaverganidan Piyonovning burni sabzidek qip-qizil bo‘ldi”

gaplarida o‘z ma’no

bilan ko‘chma ma’no uyg‘unlashib, salbiy konnotativ ma’no sodir qilmoqda va uning
pragmatikasi, ya’ni birinchisida,

“aybi ko‘p”,

gunohi kabira”,“qilmishlari


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

81

kechirilmas”

kabi ma’nolarni ifodalayotgan bo‘lsa, ikkinchisida o‘z ma’no

(burunning qip-qizarib qolishi)

va ko‘chma

(ichkilikboz, piyonista, uyatsiz, gunohkor

singari)

pragmatik ma’nolarga ishora qilib turibdi

Ayrim misollarga murojaat qilamiz:
A.Suyunning “Oq va qora” sarlavhali she’rida

“Oq tog‘larni izladim, qora

tog‘lar duch keldi”

satri mavjud. Bu metaforik mazmundagi jumlani har qanday

o‘quvchi darrov tushunib yetadi. Chunki shoir bu o‘rinda tom ma’nodagi tog‘larni
emas, balki yaxshi kishilarni izlagan holda yomonlarga duch kelgan lirik
qahramonning shikoyatini keltirmoqda, uning dardini bermoqda. Agar she’rni to‘liq
keltirsak, misralar shaklidagi alliteratsiya va ma’nolaridagi antitezalar orqali ijobiy
ottenka emas, afsuski, salbiy baholash sodir bo‘layotgani, “

yomonlar

” ma’nosidagi

pragmatik birlik yuzaga kelayotganini tushunish mumkin. Ayniqsa, she’rning so‘nggi
ikki misrasida salbiy konnotatsiya bo‘rtib ko‘rinadi:

“Oq shomlar tugab, do‘stlar,

Qora shomlar quchguncha”.

Agar “

oqshomlar

” metaforasi ijobiy konnotatsiyaga

egaligini sezsak, lirik qahramonning butun bir hayotini qora shomlar quchganiga
ishonamiz.

Oq buloqni izladim,
Qora buloq duch keldi.
Qora buloq suvidan ichdim, yoronlar,
Oq buloqqa yetguncha.
Oq daryoni izladim,
Qora daryo duch keldi.
Qora daryo bag‘rida cho‘mildim, do‘stlar,
Oq daryoga o‘tguncha.

Oq tog‘larni izladim
Qora tog‘lar duch keldi.
Qora tog‘lar quchog‘ini kezdim, yoronlar,
Oq tog‘larga yetguncha.

Oq va qora dunyoni
Chappor urib aylandim.
Oq shomlar tugab, do‘stlar,
Qora shomlar quchguncha.

[5.B.73]


Rang-tus bildiruvchi so‘zlar orqali salbiy konnotatsiyaning ifodalanishi epitet,

metonimiya, sinekdoxa singari ko‘chimlar doirasida ham kuzatiladi. M.Yusuf bir
dostonini “

Qora quyosh”

deb atagan. Bu konnotativ birlik o‘z ma’nosida kelmay,

ko‘chma ma’noda – o‘tgan asrda qatag‘onlarga yo‘l qo‘yib bergan va o‘zi uning


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

82

rahnamosiga aylangan I.V.Stalinga berilgan nom ekanligini ilg‘ash qiyin emas. Yoki
“Otello” tragediyasida bosh qahramonning iztiroblari ayni rang-tus sifati bo‘lgan

qora”

leksemasi orqali ifodalanadi:

“Qoramanmi men? Qoramanmi?!”

Va yana:

“Uning niyati qora”, “Qip-qizil tentak”, “Tishlari sap-sariq”, “Qizilini ichadi”,
“Oqini xush ko‘radi”, “Qip-qizil ahmoq”, “Qilmishi qora”, “Ko‘k kiygur”, “Fe’li
qora”, “O‘tmishiga qora chaplangan”, “Hayot daftari qora rangda”

va yana

ko‘pgina birliklarda metafora salbiy konnotatsiya paydo qilib, turli aspektlarda salbiy
pragmatikani yuzaga keltirgan.

Bu tanbehlardan Kimsanning qalin, qip-qizil lablari

do‘rdaydi

gapidagi konnotativ ma’no, Kimsanning fe’l-atvoridagi noqislikni

ko‘rsatuvchi pragmatikani yuzaga keltirgan.

Xulosa.

Xullas, o‘xshatishli qurilmalar, metaforik hamda idiomatik birliklarda

salbiy konnotatsiya hosil qilinishi o‘zbek tilining tabiatida xos. Bu konnotatsiya turli
pragmatik maydonda o‘zining o‘rniga ega bo‘lib, nutqda emotsionallik, ekspressivlik
hamda baholash mezonlarini bo‘rttirish bilan birga, o‘zbek tilining lug‘at tarkibida
faol unsurlardan biri sifatida tilimiz taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Қурбонова М., Йўлдошев М. Матн тилшунослиги. – Тошкент:

Университет, 2014. – Б. 75.

2. Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили. – Тошкент:

Фан, 2007. – Б.76.

3. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг қисқача фразеологик луғати. –

Тошкент: Фан, 1964. – Б. 212.

4. Мамадалиева М. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг коннотатив

аспекти: Филол. фан. номз.... дисс. автореф. – Тошкент. 1997. – Б.12.

5. Азим Суюн. Сайланма. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-

матбаа ижодий уйи, 2019. – Б.73.

Библиографические ссылки

Қурбонова М., Йўлдошев М. Матн тилшунослиги. – Тошкент: Университет, 2014. – Б. 75.

Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили. – Тошкент: Фан, 2007. – Б.76.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг қисқача фразеологик луғати. – Тошкент: Фан, 1964. – Б. 212.

Мамадалиева М. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг коннотатив аспекти: Филол. фан. номз.... дисс. автореф. – Тошкент. 1997. – Б.12.

Азим Суюн. Сайланма. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2019. – Б.73.