INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
153
ZAMONAVIY TANKGA QARSHI QUROLLARDAN HIMOYALANISH VOSITALARI
Abdullayev Umarbek Ibragimovich
podpolkovnik, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti Qurollanish va otish
kafedrasi boshlig‘ining o‘rinbosari-sikl boshlig‘i, podpolkovnik
Annotatsiya.
Ushbu maqolada muallif zamonaviy tanklarda mavjud bo‘lgan tankka qarshi
qurollardan himoyalanish vositalari va ularning qo‘llanilishi hamda rivojlanish istiqbollari
to‘g‘risida ma’lumotlar bergan.
Kalit so‘zlar:
Tank, himoya, infraqizil, radiolokatsion, faol ximoya, zirh, dinamik himoya,
tankka qarshi boshqariluvchi raketa.
Аннотация.
В данной статье автор дает информацию о средствах защиты от
противотанковых средств, которые присутствуют в современных танках и перспективах
их применения и развития.
Ключевые слова:
танк, защита, инфракрасное излучение, радиолокационный, активная
защита, броня, динамическая защита, противотанковые управляемые ракеты.
Abstract.
In this article, the author provides information about the means of protection against
anti-tank weapons that are present in modern tanks and the prospects for their use and
development.
Key words:
tank, protection, infrared radiation, radar, active protection, armor, explosive
armor, anti-tank guided missiles.
Hozirgi davrdagi qurolli to‘qnashuvlar tez o‘zgaruvchan, murakkab dinamik xarakterga
ega ekanligi va u yerda jangovar mashinalar va ularning ekipajlarini tankga qarshi qurollardan
himoyalash bo‘linmalarning jangovar qudrati va ruhiy barqarorligini saqlab qolishning bitta
omili sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tanklarga muayyan tarixiy bosqichda qo‘yiladigan talablar Quruqliqdagi Qo‘shinlar va
butun Qurolli Kuchlarning tuzilishi va uni qo‘llanilish usuliga ko‘ra doimiy o‘zgarib turadi.
Bu muammo, ayniqsa, hozirgi davrda juda dolzarb bo‘lib, tanklarning jang maydonidagi
roli va vazifalarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tanklar va jangovar mashinalarining yashovchanligini, aksariyat mutaxassislar
quyidagicha ta’riflaydi:
-o‘zini fosh etilishidan himoyalanish,
-zabt etilishdan himoyalanish;
- zirhni yorib kirishidan himoyalanish;
-jangovar mashina va ekipajning fojiali talofatidan himoyalanish.
Ko‘rib turganimizdek, omon qolish bu nafaqat kuchli zirh, balki tankga qarshi
qurollarga boy bo‘lgan zamonaviy jang maydonida tank va uning ekipajining yashovchanligini
ta’minlaydigan yechimlar majmuidir.
FOSH ETILISHIDAN HIMOYA
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
154
Birinchi muammo, ya’ni o‘zini fosh etilishidan himoyalanish, asosan mashina
siluetining, ko‘rinadigan tekislikda ham, infraqizil zonasida va radiolokatsion chastota spektrida
ham umumiy ko‘rinishi va sezilishi bilan bog‘liq.
Ko‘rinadigan spektrda maxsus deformatsiyalanadigan bo‘yoq, maska qoplamasi,
kuchlanish bo‘limi ust qoplamasi va yurish qismidan chiqayotgan issiqliq darajasini
kamaytirish ekranlari qo‘llaniladi.
Ushbu chora-tadbirlar infraqizil nurlari orqali ko‘rish bo‘yicha va radiolokatsion
aniqlashga nisbatan qoniqarli natijalar berishga qodir va shunga monand, razvedka va
yo‘naltirish vositalari va yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilarning o‘zi boshqariluvchi kallaklariga
tankni ko‘rinish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.
ZABT ETILISHDAN HIMOYA
Zabt etilishdan himoyalanish asosan, mashinaning fizik o‘lchamlari va uning yuqori
harakatchanligi funksiyasidir. Tankni yakson etishga to‘sqinlik qiluvchi tizimlarga optik-
elektron qarshi harakat kompleksi (OEQHK), lazer masofa o‘lchash va nishon ko‘rsatishga
to‘sqinlik qiluvchi tizim va faol ximoya komplekslari (KAZ) kiradi.
Bundan tashqari, texnikalarning niqoblanishi va harakati uchun joy relyefidan
foydalanish taktikasi ham zabt etilishdan saqlanishga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
ZIRHNI YORIB KIRISHIDAN HIMOYA
Zirhni yorib kirmasligini ta’minlash uchun hozirda juda ko‘p turli xil zirh aralashmalari
mavjud. Shuningdek, tank qo‘shimcha himoyasining yuqori darajasini dinamik himoya
komplekslsari bilan ta’minlanadi. Biroq, old zirhning maksimal himoyalangan joylarida ham
tankni zirhini yorib kirmasligini to‘liq kafolatlab bo‘lmaydi. Har qanday tankni zirhlashtirish
mavjud klassik komponovkadan kelib chiqib, maksimal himoya zonalari bilan bir qatorda
zaiflashgan zonalarning juda katta qismini o‘z ichiga oladi.
An’anaga ko‘ra, asosiy tanklar, + 30° kurs burchagi diapazonida maksimal himoyaga
ega hisoblanadi.
So‘nggi o‘n yilliklarda past intensivlikdagi, tinchlikparvar operatsiyalarning
tez-tez to‘qnashuvi sababli asosiy tanklarning ularga xos bo‘lmagan sharoitlardagi (shahar,
tog‘li hudud va b.) jangovar qo‘llanilish taktikasi sezilarli darajada o‘zgardi.
Bu holatlar tankning eng kam himoyalangan joylari - yon tomonlari, ort va yuqori
qismiga tankka qarshi vositalarni qo‘llash bilan tavsiflanadi. Biroq, ushbu hududlarni keng
1-rasm.
Tanklarning niqoblanishi,
a
-tabiiy joydagi niqoblanish,
b
- issiqliq darajasini kamaytirish ekrani
a
b
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
155
tarqalgan tankka qarshi vositalardan himoya qilish juda murakkab vazifa bo‘lib, u tankning
og‘irligi va hajmini sezilarli darajada oshirishni nazarda tutadi. Shuning uchun, zamonaviy jang
maydonida tankning yashovchanligini ta’minlaydigan eng muhim komponenti bu faol (KAZ)
va dinamik himoya (DX) vositalarini kompleks tarzda qo‘llashni taqozo etadi.
OPTOELEKTRON QARSHI KURASH KOMPLEKSLARI (KOEP)
“Shtora-1”
Birinchi marta jahon tank ishlab chiqaruvchilari
ichida seriyali ishlab chiqarilgan T-80UK (1987)
va T-90 tanklariga KOEP “Shtora-1” o‘rnatilgan.
“Shtora” kompleksi ekipajga 0,7-2,5 mkm spektral
diapazonda tankning lazer nurlanishi to‘g‘risida
ogohlantirish beradi va infraqizil koordinatorlari
bilan faol to‘siq qo‘yish orqali TQBR dan (“Tow”,
“Milan”, “Xot”, “Drakon” va b.), shuningdek lazer
nurlarini yutuvchi ko‘p spektrli aerozol pardalarini
o‘rnatish orqali passiv o‘zi boshqariluvchi lazer
kallakli komplekslar, yani boshqariluvchi snaryad
“Koperxed” KUV “Laxat”, TQBR “Xellfayr” va b. himoya qilishni ta’minlaydi.
Kompleks, aerozol bilan passiv himoya qilishdan tashqari hujum qilayotgan TQV ni o‘z
qurollaridan olov bilan talofat yetkazish uchun tezkor qidirishga imkon beradi. Lazer nurlatgich
yo‘nalishi aniqlagandan so‘ng, kompleks operatorga ogohlantirish beradi. Biroq, hozirda bu
kompleks vazifalarni bajarish imkoniyati cheklangan, chunki ayni vaqtda masofa
o‘lchagichlarda qo‘llaniladigan to‘lqinlar uzunligi spektral diapazoni 0,63-10,6 m.
FAOL HIMOYA QILISH KOMPLEKSI (KAZ)
Hozirgi vaqtda dunyoning yetakchi davlatlari mutaxassislari faol himoya qilish
usullariga juda katta umid bog‘lamoqda, bunda qurolni tankning zirhlari bilan to‘qnashishidan
oldin aniqlash va yo‘q qilish prinsipi amal qiladi. “Drozd” faol himoya kompleksi 1983-yilda
modernizatsiya qilingan T-55AD tanklariga o‘rnatilgan.
KAZ “Drozd” quyidagicha ishlaydi – RLS
qabul qilib uzatgich moduli yaqin atrofdagi joyga
to‘xtovsiz ravishda elektromagnit to‘lqinlarni
chiqaradi. RLS 330 m masofada hujumkor tankga
qarshi o‘q-dorilarni aniqlaydi. Agar o‘q-dorilar
tankning konturiga uchsa,
u holda taxminan 130 m masofa atrofida kuzatuv
rejimiga o‘tadi. Bu rejimda EHT (Elektron
hisoblash tizimi) nishondan aks etgan signalni qayta
ishlaydi, shu bilan birga o‘q-dorilarning tezligini,
tankka uchish burchagini aniqlaydi.
Signalni qayta ishlashdan so‘ng, EHT o‘q-dori tushadigan sektorni, o‘q otish mortirini
aniqlashtiradi va hujum qilayotgan o‘q-dori va faol himoya kompleksining himoya zaryadini
uchrashish nuqtasini hisoblab chiqadi.
2-rasm.
“Shtora-1” kompleksi
3-rasm.
“Drozd” kompleksi
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
156
Zarur vaqtda himoya zaryadi otiladi va mortir kesimidan 6,7 m masofada hujumkor o‘q-
doriga parchalanish maydoni bilan talofat yetkazadi. (KAZ “Drozd” o‘q-dorilarining tezligi
120 m/s).
1980-yillarning oxirida yana bir boshqacharoq prinsipda ishlaydigan sovet “Arena” faol
himoya kompleksi paydo bo‘ldi.
U quyidagicha ishlaydi - RLS yaqin atrofdagi hududga toʻxtovsiz elektromagnit
toʻlqinlarni chiqaradi. Bir necha oʻn metr masofada RLS hujum qilayotgan TQVni aniqlaydi.
Agar o‘q-dorilar tank yo‘nalishida uchsa, kompleks hujum qilayotgan TQV parametrlarini aniq
belgilaydi, hujum qilayotgan TQVni uchish sektorini aniqlaydi, shaxta raqamini himoya o‘q-
dorisi bilan tanlaydi, hujum qilayotgan TQV va himoya o‘q-dorini talofat yetkazuvchi
elementlarining uchrashish nuqtasini hisoblaydi, kerakli paytda himoya o‘q-dorini otadi va
himoya o‘q-dorining portlovchi moddasini portlatadi. Talofat yetkazuvchi elementlar hujum
qilayotgan TQVni portlatgichini, yoki kumulyativ voronkasiga talofat yetkazadi yoki hujum
qilayotgan TQVni tankdan uzoqda o‘z trayektoriyasida portlatadi.
DINAMIK HIMOYA
Hozirgi kunda dinamik himoya vositalarini shartli
ravishda to‘rtta avlodi ma’lum:
-birinchi avlod dinamik himoyasi (Kontakt-1 (Sovet
ittifoki) va Blazer (Isroil)) konstruktiv jihatdan tankning
korpusi va bashnyasiga o‘rnatiladigan bo‘lib,
yechib olinadigan konteyner ko‘rinishida tayyorlandi.
Ko‘pincha tankni faqat kumulyativ snaryadlardan
himoya qilgan. Taktik va texnik talablar kinetik harakatli
zirh teshar snaryadlardan himoyalanishni ko‘zda tutmadi. Konstruktiv jihatdan oddiyligi va
ishlatiladigan materiallarning mavjudligi bilan ajralib turardi. 1982-yildagi tajribalar
ma’lumotiga ko‘ra, “Kontakt” dinamik himoyasi o‘rnatilgan tanklarning kumulyativ o‘q-
dorilaridan talofat ko‘rishi
T-55A va T-62 tanklarida 4-4,3 marta, T-80B, T-72A va T-64B tanklarida
1,8-2 martaga kamaygan;
ikkinchi avlod dinamik himoyasi 1980-yillarning ikkinchi yarmida yaratildi va kalibr
osti zirhteshar snaryadlarga qarshi samarali himoyani ta’minlashga erishildi. Ikkinchi avlod
komplekslaridan bizga ko‘prok sovet ittifokining “Kontakt-5” tizimi ma’lum;
dinamik himoyaning uchinchi avlodiga 2006-yilda yaratilgan Rossiyaning “Relikt”
tizimi mansubdir. Ushbu himoya tizimi takomillashgan T-72B tanklariga o‘rnatilgan. Dinamik
himoyaning mazkur variantlari ham zirhteshar kalibrosti va kumulyativ o‘q-dorilaridan
samarali himoya qilishni ta’minlaydi;
dinamik himoyaning to‘rtinchi avlodiga Rossiyaning o‘rnatilgan modulli “Malaxit”
kompleksi kiradi. Ushbu kompleks “Armata” (T-14 tanki, BMPT-15) oilasiga mansub jangovar
mashinalarida jihozlangan. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra Malaxit o‘rnatilgan dinamik
himoya modulini “Afganit” faol himoya kompleksi bilan integratsiyalashgan holda
portlatishning elektron boshqaruvi mavjud. Ekspertlar fikricha Afganitning radari o‘rnatilgan
dinamik himoya moduliga oldindan detonatsiyaga kirishishga komanda beradi, bu esa yirik
tandem jangovar kallakli TQBR larga qarshi samarasini oshiradi. Shuningdek, T-14 tankining
dinamik himoyasi Javelin kabi kuchli jangovar qismga ega TQBR ga 60 gradusgacha uchish
burchagida qarshi turishga qodir hisoblanadi.
4-rasm.
“Kontakt-1” dinamik
ximoyasi
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
157
KUMULYATIV O‘Q-DORILARGA QARSHI KOZEROG
Javelin tankka qarshi boshqariluvchi raketaning tankning yuqori, ya’ni zaif nuqtasiga
zarba ta’sirini kamaytirish maqsadida Rossiya o‘z tanklarini (T-72B3M va T-72B3) kumulyativ
o‘q-dorilarga qarshi kozerog bilan qayta jihozlagan. Rossiya qo‘mondonligi bu bilan o‘z
tankchilarini Javelin ushbu qurilma ustida portlashini va tank kam miqdorda talofat ko‘rib,
ekipajga zarar yetmasligiga ishontirgan.
Maxsus tajriba markazida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu kozerog Javelinning
jangovar qudratini kamaytirishga qodir emas. Bu tank ekipajlari tomonidan o‘zlarini Javelin uni
zabt etmasligiga ishontirish uchun bo‘lgan ruhiy qurol hisoblanadi.
Ekspertlarning fikricha hozirgi kungacha na amerikaliklar, va na ularning dushmanlari,
Javelinga qarshi samarali himoya vositalarini yarata olmagan.
Javelinga qarshi barcha imkoniyatlar ishga solindi, optoelektron datchiklar, tutun
to‘siqlari va boshqa narsalar qo‘yildi, bu bilan Javelinning nishonga urish samarasi juda
kichkina miqdorda kamaydi, lekin bu qurol o‘ta xavfliligicha qolmoqda.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, zamonaviy, tankka qarshi vositalarga boy jang
maydonlarida jangovar mashinlarni kompleks himoya qilishga samaraliroq yondashuvni
ko‘rinishni kamaytirish vositalarini, optik-elektron qarshi ta’sir komplekslarini, shuningdek faol
va dinamik himoya komplekslaridan iborat ko‘p darajali himoyani qo‘llash orqali erishish
mumkin.
Aynan ushbu kombinatsiya orqali zamonaviy tahdid hisoblangan tandem kumulyativ,
zirhteshar kalibr osti, yuqoridan va uchib o‘tish vaqtida hujumga o‘tuvchi o‘q-dorilarning
barcha turlarini ta’siri davomida asosiy tanklarning yashovchanligini oshirish uddasidan chiqish
mumkin.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
Хлопотов А. Т-72Б «Рогатка» // Техника и вооружение вчера, сегодня, завтра:
журнал. 2007. Август (№ 08). С. 16-25.
2.
Raximov A.M. T-72A tankining tuzilishi va foydalanish bo‘yicha: o‘quv qo‘llanma: /
A.M.Raximov.-Т.: ЎР МВ, 2012. –Б. 171-178.
3.
Davletov B.X. Tank mo‘ljalga olish moslamalariga texnik xizmat ko‘rsatish. O‘quv
qo‘llanma. / B.X. Davletov. -T.: Chirchiq OTQMBY, 2010. B. 5-36.
4. 4. Дорошкевич О. “Бронетанковая техника от первой мировой войны до наших дней”.
М.:АСТ-Минск. Харвест. 2002 г.
5. 5. Танки и самоходные установки. М. АСТ. 2001г.
6. 6. Шунков, В.Н. Бронетехника/Худ.обл. М.В. Драко.-Мн.: ООО “Поппури”, 2004.-
752 с.: ил. С.6-7.
