INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
269
TURLI JANRDA YOZILGAN VERTUOZ PYESA VA ZAMONAVIY ASARLAR
Yo‘ldosheva Sevara Qo‘ldosh qizi
QarDU San’atshunoslik fakulteti
Musiqa ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada turli janrlarda yozilgan vertuoz pyesalar va zamonaviy
asarlarning badiiy xususiyatlari hamda ijrochilik imkoniyatlari o‘rganiladi. Avvalo, vertuoz
pyesalarning tarixiy rivojlanish jarayoni, ijrochilardan talab qilinadigan texnik mahorat darajasi
va ularning ijobiy ifoda doirasi tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy asarlarning
kompozitsion yechimlari, musiqiy ifoda vositalari va tomoshabinga ko‘rsatadigan estetik ta’siri
haqida so‘z yuritiladi. Ish davomida an’anaviy pyesa bilan hozirgi zamon ijodiy
yo‘nalishlarining o‘zaro bog‘liqligi, musiqiy merosni boyitishdagi o‘rni va ijro amalyotida
yuzaga keladigan yangiliklar ham ko‘rib chiqiladi. Xususan zamonaviy asarlarning janrlar aro
uyg‘unlashuvi, ijrochilik texnikasi va ifoda erkinligini kengaytirishdagi rolini yoritib beriladi.
Natijada, bunday asarlarni tahlil qilish orqali milliy va jahon musiqasining turli qatlamlari
o‘rtasidagi uzviy aloqalar, ularning kelajakdagi rivojlanish istiqbollari hamda ijrochilar uchun
yaratadigan ijodiy imkoniyatlari haqida xulosa chiqariladi.
Kalit so‘zlar
: virtuoz pyesa, dramaturgiya, zamonaviy teatr, absurd teatr, epik drama, tragediya
va komediya, chuqur xarakter tahlili.
Turli janrlarda yozilgan Virtuoz pyesalar uzi nima deganda; Dramaturgiya san’ati tarixiy
jarayonda turli shakl va mazmun o‘zgarishlarini boshdan kechirgan. Vertuoz pyesalar esa
o‘ziga xos dramatik tuzilishi, murakkab dialoglari va sahnaviy kuchi bilan ajralib turadi1. Ular
turli janrda yaratilgan bo‘lib, tragediya, kamediya dramatic realizm, absurt teatr, epik drama
kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Ushbu maqolada klassik va zamonaviy dramaturgiyadagi
virtuoz pyesalar va zamonaviy asarlar haqida ma’lumot beriladi. Vertuoz pyesalarning
xususiyatlari bular; Murakkab syujet va tuzilma - klassik uch birlik qoidalariga yoki innavatsion
yondashuvlarga asoslanadi. Murakkab syujet va tuzilma adabiyot va dramaturgiyaning eng
muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Bunday syujetlar o‘quvchi yoki tomashabinni jalb qilish,
ularni fikrlashga undash hamda asarni badiiy qiymatini oshirish uchun hizmat qiladi. Chuqur
xarakter tahlili personajlarning ruhiy holati va psixologik ziddiyatlari yoritiladi. Dramaturgiya
va adabiyotda chuqur xarakter tahlili asarning badiiy qimmatini oshiruvchi eng muhim
omillardan biri hisoblanadi. Xarakter tahlili inson pisixologiyasining chuqur qatlamlarini ochib
berib, qahramonlarning ichki ziddiyatlari, motivlari, qaror qabul qilish jarayoni va ruhiy
evolutsiyasini namoyon qiladi.
Ichki kechinmalar va psixologik murakkablik qahramonlar bir yoqlama emas, ko‘p
qirrali bo‘lishi lozim. Motivatsiyaning tafsiloti tasviri harakatlar sabablari chuqur asoslangan
bo‘lishi kerak. Ichki va tashqi konfliktlarning uyg‘unligi- qahramon ichki kechinmalar bilan
kurashar ekan, tashqi dunyoda ham qiyinchiliklarga duch kelishi kerak. Murakkab rivojlanish
yo‘nalishi xarakterlar tajribadan o‘tib, o‘zgarish yoki ruhiy inqirozga uchraydi. Dialog va ichki
monologlar – asarda qahramon ruhiy olami ko‘proq bevosita so‘zlar orqali emas, balki
monologlar, subtekslar va imo-ishoralar orqali beriladi. Ijodiy eksperimentlar - zamonaviy
dramaturgiyada vaqt va makon tushunchalari bilan o‘ynash, ochiq final va syujetning
1
Brecht, B.
Epik teatr nazariyasi.
Moskva: Iskusstvo, 1964
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
270
dekonstruksiyasi kuzatiladi. Ijodiy eksperimentlar — bu yozuvchi yoki dramaturgning
an’anaviy usullarni buzib, yangi badiiy shakl va ifoda vositalarini yaratishga urinishidir2.
Bunday eksperimentlar asosan syujet, tuzilma, til, vaqt xarakter va o‘quvchi va
tomoshabinga ta’sir qilish usullari bilan bog‘liq bo‘lib, ular adabiyot va teatrda innovatsion
yondashuvlarni rivojlantirgan. Sahnaviy samaradorlikda sahna imkoniyatlaridan maksimal
darajada foydalaniladi. Sahnaviy samaradorlik teatr san’atining eng muhim jihatlaridan biri
bo‘lib, u tomoshabinni jalb qilish, his-tuyg‘ularini uygo‘tish va dramatik asarning asosiy
g‘oyasini yetkazishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu tushuncha dramaturgiya, aktyorlik san’ati,
sahna jihozlari, yoritish, musiqa va boshqa teatr elementlar orqali namoyon bo‘ladi. Asosiy
omillari Pyesaning syujet strukturasining ravshanligi va dinamikasi tomoshabinni jalb
qilishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Sahnaviy samaradorlikni oshirish uchun
dramaturglar asosan quydagi texnikalardan foydalanadilar: Tension (keskinlik) dramatik
voqealar orasidagi ziddiyatni oshirish. Foreshadowing (bashorat) kelajakdagi voqealarni
syezdirib qo‘yish. Kulish orasidagi hodisalar- tomoshabinni qiziqtirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ko‘rsatilmaydigan voqealar. Aktyorlar san’ati tana harakati va plastika aktiyorning sahnadagi
holati uning qahramon xarakteri ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Ovoz va nutq sahnaviy
samaradorlikni oshirish uchun aktyorlar ovoz diapazoni, tempo va urg‘ulardan foydalangan
holda tomoshabin e’tiborini tortadilar. Emotsional ekspressilik – sahnaviy ifoda orqali
qahramon his-tuyg‘ularini yetkazish. Musiqa va ovoziy effektlar: Jonli yoki fon musiqasi
tomoshabin hissiyotlariga bevosita ta’sir qiladi. Efektlar (tovushlar) masalan, chaqmoq ovozi
yoki qadam tovushlari muayyan kayfiyat yaratadi. Sahna harakati va rejissuar: Rejissuar
aktyorlarning joylashuvi, harakatlar sinxronligi va sahna dinamikasini boshqarish orqali
sahnaviy samaradorlikka erishish. Kinetik teatr aktyorlarning harakati asosiy ifoda vositasi
bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, Jerzy Grotovskiy teatrida minimal dialog bilan harakatlar
dramatik kuchga ega bo‘lgan. Tragediya janridagi virtuoz pyesalar: Uilyam Shekspir “Hamlet”
(1601) Shekspirning “Hamlet” tragediyasi dramaturgiya tarixidagi eng mukammal asarlardan
biri hisoblanadi. Asar insoniy shubha-gumon, taqdiri va qasos mavzularini qamrab oladi.
Hamlet obrazi inson ruhiyatidagi ichki ziddiyatlarning yorqin namunasi hisoblanadi. Sofokl –
“Shoh Edip” (429 mil.av.) Antik yunon dramaturgi Sofokl tomonidan yozilgan “Shoh Edip”
tragediyasi klassik fojiaviy pyesalarning eng mashhurlaridan biri bo‘lib, inson taqdiri va qochib
bo‘lmaydigan qismat go‘yasini o‘rganadi. Absurd teatr janridagi virtuoz pyesalar: Samsuel
Bekket – “Godotni kutib” (1953) absurd teatrning eng muhim pyesalaridan biri bo‘lib, inson
hayotining ma’nosizligi va taqdirning noma’lumligi haqida falsafiy o‘ylashga undaydi3. Ejen
Lonesko “Nosorog” (1959) Bu pyesa totalitarizm va omma ongining manipulyatsiyasi
mavzusiga bag‘ishgangan bo‘lib, absurd teatr tamoyillariga asoslangan. Epik drama janridagi
virtuoz pyesalar: Bertolt Brext – “Uch tiyinga teng opera” (1928) Brext epik teatrning asoschisi
bo‘lib, uning “Uch tiyinga teng opera” pyesasi kapitalizm tanqidiga asoslangan. Asar epizodik
struktura va musiqiy elementlar bilan bajralib turadi. Zamonaviy dramaturgiyadagi virtuoz
pyesalar: Harold Pinter “Xoin” (1978) Pinter bu asarida vaqtni teskari tartibda taqdim etish
orqali yangi narrative eksperiment yaratgan. Pyesa xiyonat va insoniy munosabatlardagi
yolg‘on mavzularni o‘rganadi. Sarah Kane – “4.48 Psixoz” (2000) Sarah Kane zamonaviy
dramaturgiyaning radikal vakillaridan bo‘lib, ushbu pyesada depressiya va ruhiy tushkunlik
2
Nazarova, M. (2020).
Zamonaviy dramaturgiyada psixologizm va eksperimentallik tamoyillari
. Toshkent: Ilm-
Ziyo.
3 Bekket, S.
Godotni kutib.
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
271
mavzulari yoritiladi. Ushbu pyesalar va ma’lumotlardan kelib chiqqan holda xulosa shuki:
Virtuoz pyesalar turli janrlarda yozilgan bo‘lib, ularning barchasi dramaturgiyaning
rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Antik tragediyalardan tortib, absurd teatr va zamonaviy
eksperimental asarlargacha bo‘lgan pyesalar badiiy jihatdan yuksak darajada yozilgan bo‘lib,
sahnaviy ijroda ham kata ta’sirga ega. Zamonaviy adabiyot, ayniqsa dramaturgiya janri, XXI
asr ijtimoiy-siyosiy, madaniy va axloqiy muhitning o‘zgarishlari bilan uyg‘unlashgan holda
yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugungi pyesalar endi klassik an’analar doirasida qolmay – ular
jamiyatni tanqidiy tahlil qilish, murakkab insoniy kechinmalar ochish, estetik eksperimentlar
orqali auditoryani fikrlashga undashga qaratilgan. Shakl, mazmun va g‘oya borasidagi tub
o‘zgarishlar zamonaviy dramaturgiyani nafaqat teatr sahnasining asosiy quroli, balki ijtimoiy-
falsafiy aks sado sifatida ham namoyon qilmoqda. XXI asr dramaturgiyasi ko‘p jihatdan
“chegarasiz dramaturgiya” deb ataladi4. Bu atama dramaturgiyada janrlar, shakllar va
mavzulardagi qat’iy chegaralarning buzilganini, erkinlik va tajriba ruhi ustuvor bo‘lganini
bildiradi. Zamonaviy pyesalar endilikda odatiy dramatik tuzilmalarni rad etmoqda. Zamonaviy
dramaturglar texnologiya insoniyatga xizmat qiladimi yoki uni yo‘q qiladimi, degan savolni
ko‘ndalang qo‘yishadi. Jordan Harrision, Marjorie Prime xotiralarni sun’iy intellekt orqali qayta
tiklash, o‘tmishni yashash istagining xavfli oqibatlari. Gender tengligi va feministik qarashlar.
O‘zbek dramaturgiyasi kontekstida zamonaviy o‘zbek dramaturgiyasida ham bu
tendensiyalar asta-asta paydo bo‘lmoqda. Yangi dramaturglar va yosh rejissorlar, ssenariydan
realistik uslubni afzal ko‘rmoqda, jamiyatdagi ziddiyatlarni ochib berishga intilmoqda,
eksperimental sahnalashtirishga harakat qilmoqda. Hamid Ismoilovning “Hayot” romanidan
ilhomlangan sahnalashtirishlar, Shukrullo Rahmatullayevning ijtioiy-tanqidiy pyesalari, yosh
sahna ustalari masalan, “Ilhom”, Art-kvadrat”, “Yosh tomoshabinlar teatri” eksperimentga
ochiq bo‘lmoqda. Zamonaviy pyesa bu – zamon ruhi bilan nafas olayotgan, shakli va mazmuni
orqali auditoriyani hayajonlantiradigan va tafakkurga undaydigan badiiy fenomen. U endi faqat
hikoya emas, balki ijtimoiy, falsafiy, psixologik izlanishlar maydonidir. Sahnadagi so‘z,
harakar, jimlik yoki multimedia - bularning har biri zamonaviy dramaturgiyaning bir bo‘lagidir.
Zamonaviy pyesa nafaqat aktyor, balki tomoshabin uchun ham mahorat sinovidir. Vertuoz
pyesalar – bu san’atning sinov maydonidir. Janrlar xilma-xilligi, g‘oya va uslublarning boyligi
har bir asarga o‘ziga xoslik baxsh etadi. Zamonaviylik esa ularni doimiy harakatda,
yangilanishda ushlab turadi. San’at - bu doimiy izlanishdir. Virtuoz pyesa va zamonaviy asarlar
esa bu izlanishning eng chiroyli namunalaridan biri.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Brecht, B. Epik teatr nazariyasi. Moskva: Iskusstvo, 1964.
2. Nazarova, M. (2020). Zamonaviy dramaturgiyada psixologizm va eksperimentallik
tamoyillari. Toshkent: Ilm-Ziyo.
3. Bekket, S. Godotni kutib. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000.
4. Kane, S. 4.48 Psixoz. London: Methuen Drama, 2001.
5. Pinter, H. Xoin. London: Faber & Faber, 1978.
6. Churchill, C. Top Girls. London: Methuen, 1982.
7. Harrison, J. Marjorie Prime. New York: Theatre Communications Group, 2015.
4
Islomov, S. (2019).
Zamonaviy o‘zbek dramaturgiyasi taraqqiyot bosqichlari
. Toshkent: “Fan va turmush”
nashriyoti.
