QASHQADARYO LYOSS VA LYOSSIMON JINSLARINING HOSIL BO‘LISHIDA ULARNING TARKIBI HAMDA XOSSALARINING FAZOVIY O‘ZGARUVCHANLIGINING SHAKLLANISHI TO‘G‘RISIDA

Аннотация

Togʻ jinslari xossalarining fazoviy oʻzgaruvchanligini, ularning geneziyasini (hosil boʻlish), shuningdek, ularning geologik rivojlanish tarixida togʻ jinslarining oʻzgarish jarayonlarini batafsil geologik tahlil qilmasdan oʻrganib boʻlmaydi. Ushbu nuqtai nazar togʻ jinslarining xususiyatlari va ularning litogenezi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi umumiy qabul qilingan g‘oyadan kelib chiqadi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
225-229
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Isomatov Yusuf Pulatovich ,Аxmedov Muxammadjaxongir Kidirbaevich. (2025). QASHQADARYO LYOSS VA LYOSSIMON JINSLARINING HOSIL BO‘LISHIDA ULARNING TARKIBI HAMDA XOSSALARINING FAZOVIY O‘ZGARUVCHANLIGINING SHAKLLANISHI TO‘G‘RISIDA. Международный журнал научных исследователей, 12(1), 225–229. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/130445
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Togʻ jinslari xossalarining fazoviy oʻzgaruvchanligini, ularning geneziyasini (hosil boʻlish), shuningdek, ularning geologik rivojlanish tarixida togʻ jinslarining oʻzgarish jarayonlarini batafsil geologik tahlil qilmasdan oʻrganib boʻlmaydi. Ushbu nuqtai nazar togʻ jinslarining xususiyatlari va ularning litogenezi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi umumiy qabul qilingan g‘oyadan kelib chiqadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

225

QASHQADARYO LYOSS VA LYOSSIMON JINSLARINING HOSIL BO‘LISHIDA

ULARNING TARKIBI HAMDA XOSSALARINING FAZOVIY O‘ZGARUVCHANLIGINING

SHAKLLANISHI TO‘G‘RISIDA

Isomatov Yusuf Pulatovich

dotsent,Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

Аxmedov Muxammadjaxongir Kidirbaevich

katta o‘qituvchi, muhammadjahongir1983@mail.ru

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

Togʻ jinslari xossalarining fazoviy oʻzgaruvchanligini, ularning geneziyasini (hosil

boʻlish), shuningdek, ularning geologik rivojlanish tarixida togʻ jinslarining oʻzgarish

jarayonlarini batafsil geologik tahlil qilmasdan oʻrganib boʻlmaydi. Ushbu nuqtai nazar togʻ

jinslarining xususiyatlari va ularning litogenezi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi umumiy qabul

qilingan g‘oyadan kelib chiqadi.

Tog‘ jinslari xususiyatlarining fazoviy o‘zgaruvchanligi nazariyasiga ko‘ra [1], geologik

jismlarning fazoviy litologik tarqalishini, jumladan qatlam qalinligi, struktura, teksturaviy

tuzilishi, tarkibi va fizik-mexanik xususiyatlarining o‘zgaruvchanligi qonuniyatlarini

tushuntiruvchi geostatistik aniq ma’lumotlarni olishga erishish kerak. Bu nazariya o‘z navbatida

tog‘ jinsning litogeneziga asoslangan. Nazariyani talqin qilishda tarixiy va geologik

tushunchalardan va zamonaviy fizik-geografik vaziyatning xususiyatlaridan kelib chiqish kerak,

bu bizga yer bag‘rida tog‘ jinslari holati va xususiyatlarini fazoviy tarqalishi bo‘yicha ularni

baholash natijalarini geologik nuqtai nazardan yanada tushuntirishga imkon beradi.

Qashqadaryoning lyoss va lyossimon jinslaridan Karnab (PLQ

2

kr) hamda Sho‘rquduq

(PLQ

2

sh) prolyuvial geologo-genetik yotqiziqlarining

oʻzgaruvchanlik yoʻnalishi

boʻyicha

prolyuvial lyoss jinslarining qalinligi, litologik tuzilishi, tarkibi va xossalarining ayrim

koʻrsatkichlaridagi oʻzgarishlarni tahlil qildik. Ushbu tahlil mavjud tabiiy qonuniyatini aniqlash

uchun zarur edi. Shu munosabat bilan lyoss tarqalgan maydonda 68 ta shurflar va quduqlar

ma’lumotlari o‘rganildi va bir nechta yo‘nalishlar boʻyicha lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan

maydonda izlanishlar olib borildi. Tahlil natijalari quyidagilarni koʻrsatdi: sharqdan g‘arb

tomon yo‘nalishi boʻyicha prolyuvial lyoss jinslarini qalinligi oʻzgarib boradi; g‘arb tomon

yo‘nalishda qalinlikning oshishida umumiy tendentsiya kuzatiladi, bu bizga lyoss hosil bo‘lishi

uchun asosiy materialni prolyuvial tabiati haqida fikr bildirish imkonini beradi. Qalinligining

oshib borishi (oʻzgarishi) sharqdan – tog‘li mintaqadan absalyut balandligi kichik bo‘lgan

hududlar oraligʻida sodir bo‘ladi. Oʻrganilayotgan lyosslarning qalinligini oʻzgarishi yo‘nalishi

chizig‘i bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatadiki, prolyuvial yotqiziqlarning markaziy qismida qalinlik

biroz kamaygan. Xuddi shu Qoʻngʻurtogʻ hududida prolyuvial yotqiziqlarning oxirgi qismida

qalinligi 98 m ekanligi aniqlandi. Yotqiziqlarning bunday notekis joylashishi, shuningdek,

uning umumiy joylashishidan sezilarli o‘zgarishi, ehtimol, neotektonik kuchlarning prolyuvial

lyoss yotqiziqlarning shakllanishiga ta’siri bilan izohlash mumkin. Buning dalili - bu yerda

joylashgan Qoʻngʻurtogʻ, Kasantog‘ va Maymanak tog‘lar yosh antiklinal strukturalarni

o‘rganish bo‘yicha olib borilgan geotektonik va geomorfologik izlanishlar shuni koʻrsatdiki,

oʻrganilayotgan hudud prolyuvial yotqiziqlar hosil boʻlishiga denudatsiya va akkumulyatsiya

jarayonlari sodir boʻlgan [2]. Mualliflarning (Movlonov va boshqalar) ta’kidlashicha, maksimal

qalinlikdagi lyosslar oʻrta to‘rtlamchi davrning birinchi yarmida maydonning markaziy chuqur

qismida to‘plangan, shimoliy va janubiy yo‘nalishlarda esa ularni qalinligi nisbatan ancha kam

yotqizilgan.Tadqiq qilingan hududning markaziy qismida asosan prolyuvial akkumulyatsiya

yotqiziqlari shakllangan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

226

Oʻrta toʻrtlamchi davr oxirida Gʻuzordaryo, Tanxazdaryo va boshqa daryolarning quyi

oqimida (Qashqadaryoning chap qirgʻogʻidagi irmoqlari) lyoss yotqiziqlari maksimal qalinlikda

qayd etilgan. Bu hududlarda lyoss yotqiziqlarini litologik tuzilishida qalinligi 2 dan 30 m gacha

bo‘lgan shag‘al qo‘shilgan qum qatlamlari mavjud. Ko‘pgina hollarda ular 70-80 m chuqurlikda

va tog‘ oldi hududlarda 5 m dan 10 m gacha chuqurlikda ushbu qatlamlar qayd etilgan.

Umuman olganda, prolyuvial yotqiziqlarning ustki qatlami qalin tuzilishga ega bo‘lgan

qoʻngʻir-kulrang rangga ega boʻlgan bir jinsli lyossimon jinslardan tashkil topgan boʻlib, ular

supes va suglinoklar bilan ifodalanadi. Xuddi shu yo‘nalishda lyossga o‘xshash jinslar sarg‘ish-

kulrang rangda, makrog‘ovakli hamda ko‘proq chang zarrachalaridan tashkil topgan.

Ikkinchi yo‘nalish prolyuvial yotqiziqlarni hosil qilgan materialni taxminiy tashlash

yo‘nalishi bo‘yicha

shimoliy-shimoli-sharqdan janubi-janubiy-g‘arbga

yo‘naltiril-gan.

Tuzilgan geologik kesmalardan xulosa qilish mumkinki, bu yo‘nalishda prolyuvial yotqiziqlar

qalinligining ortishi kuzatiladi (1-rasm).

Tog‘lardan hozirgi Qashqadaryo vodiysigacha bo‘lgan yo‘nalishdagi litologik kesimda

dag‘al donali materiallar mayda donalilar bilan almashgan. Qum daryoning yuqori qismida

konussimon shakldagi qalinligi 5 m dan 30 m gacha bo‘lgan mayda graviy aralashgan qum

qatlamchalari kuzatiladi. Vodiyning tekislik qismida 40-130 m chuqurlikkacha prolyuvial

yotqiziqlarning ustki qatlami lyoss va lyosssimon jinslarning qatlami bilan ifodalangan. Hozirgi

Qashqadaryo vodiysida joylashgan lyoss jinslari sezilarli darajada yirikg‘ovakli, kamroq

zichlangan va asosan chang zarralaridan iborat (2-rasm).

Shuni ta’kidlash o‘rinliki ushbu hududning yotqiziqlari prolyuvial kelib chiqishga

(genezisi) xosdir. Ular, ehtimol, Qumdaryo prolyuvial oqimlari natijasida hosil bo‘lgan, ayniqsa,

yuqori qismida konussimon shaklda chiqarilgan turli xil yirik donali materiallar bilan oʻzaro

qoʻshilishi hozirgi Qashqadaryo vodiysi boʻylab mintaqaviy xarakterdagi prolyuvial

oqimlarning taʼsiridan dalolat beradi.

Shimoldan janub tomonga

yo‘nalishda prolyuvial yotqiziqlar tuzilishi qalinligi va

xossalari sezilarli darajada o‘zgaradi. Muhim tektonik harakatlar, ya’ni ko‘tarilish va pasayish

ko‘rinishidagi tebranishlar oqim kuchini oshishi va shu bilan birga pasayishi (bukilishi)

kuzatilgan. Bu jarayonlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu hudud dastlabki to‘rtlamchi davrdan

boshlab ham mintaqaviy, ham hududiy tektonik ko‘tarilishlarga duchor bo‘lgan, natijada esa

prolyuvial yotqiziqlar yotqizilgan Alpik tektonik harakatlar neogen davri cho‘kindilarining

notekis yuzasining paydo bo‘lishiga olib kelgan va shundan ko‘rinib turibdiki, o‘zgaruvchan

fizik-geografik va geologik-tektonik sharoitlar tufayli prolyuvial yotqiziqlarning maydonlari

boshqacha tuzilishga ega.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

227

1-rasm. Tog‘li hududdan pasttekislik yo‘nalishi bo‘yicha zarrachalarning o‘zgarishi

Masalan: qum va tuproq (lyossimon) qatlamlarining rang-barang o‘zgarishi bilan

tavsiflanadi. Bu qatlamlar mahalliy prolyuvial oqimlar natijasida hosil bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Shunday qilib, neogen yotqiziqlarining qayta notekis shakllanishi, hududning tektonik harakati

bilan bog‘liq. Prolyuvial yotqiziqqlarning qalinligini litologik tarkibida farqlarni mavjudligi

notekis mintaqaviy va mahalliy tektonik o‘zgarishlar bilan belgilanadi.

Bizning tadqiqotlarimiz natijalari prolyuvial yotqiziqlarni hosil qiluvchi materiallarni

keltirilishi shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga ikki xil prolyuvial oqim orqali sodir bo‘lgan degan

xulosaga kelishimizga imkon beradi. Ulardan biri mintaqaviy xususiyatga ega boʻlib,

Qashqadaryo yo‘nalishi boʻylab oʻtgan boʻlsa, ikkinchisi mahalliy xususiyatga ega boʻlib,


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

228

janubi-gʻarbiy yoʻnalishda Qumdarayo konussimon yotqiziqlaridan hosil boʻlgan.

Yotqiziqlarning qalinligi, qatlamlarning tuzilishi va boshqa xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.

1-rasm. Yer yuzasidan chuqurlik yo‘nalishi bo‘yicha zarrachalar miqdorining o‘zgarishi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

229

Bunday farqning mavjudligi Kasantog‘, Qo‘ng‘urtog‘ kabi yosh ko‘tarilgan strukturalarni

Qoratyuba tog‘ tizmasi bilan bog‘laydigan tizma mavjudligi bilan bog‘liq. Dastlabki

ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, tog‘lardan uzoqlashib daryo havzasi tekisliklariga o‘tgan sayin

yotqiziqlari tarkibida chang zarrachalarini (fraksiyalari) ko‘payishi kuzatiladi. Masalan,

prolyuvial lyoss qatlamlarning yuqori tog‘larga yaqin qismida chang zarrachalarining

(fraksiyalari) o‘rtacha arifmetik qiymati 76,0%, o‘rta qismida 79%, oxirgi qismida 90% gacha

oshadi.

Gil fraksiyalari (zarrachalari) tarkibining ortishi ham tog‘lardan tekislikka bo‘lgan

masofaga qarab o‘zgaradi va tog‘larga yaqinroq bo‘lgan joylarda qum fraksiyasining tarkibi

tekislik qismiga qaraganda ko‘proq aniqlangan.

Karnab (Q

2

kr) kompleksi prolyuvial yotqiziqlarininh g‘ovaklik xususiyatlarining qiymat

ko‘satkichlari tog‘ zonasi yo‘nalishi bo‘yicha yuqori va tog‘ o‘lkanlardan uzoqlashgan sari

kamayishi kuzatiladi. Ularning o‘ziga xos hajmiy zichlik qiymatlari 1,55 dan 1,43 g/sm

3

gacha

va shunga mos ravishda g‘vakligi 55 dan 46% gacha.

Shuningdek ularning boshqa fizikaviy mexanik xususiyatlari ko‘rsatkichlari qiymatlari

ham o‘zgaradi, bu esa o‘z navbatida yer bag‘rida fazoviy o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini

baholash uchun zarur geostatistik qonuniyatlarni yaratishga imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bondarik G.K. Tog‘ jinslarining muhandislik-geologik xossalarining o‘zgaruvchanligi

nazariyasi asoslari. M . Nedra. 1971 yil.

2. Movlonov G‘.O., Pulatov K.P., Qasimov s.M., Irgashev Yu.I., Isomatov Yu.P. Injenerno-

geologicheskie usloviya Karshinskoy stepi. Tashkent. Izd-vo “Fan”. 1974. 14s.

3. Achilov M.F., Po‘latov K.K. Carnab kompleksining prolyuvial lyoss jinslarining

granulometrik tarkibining chuqurlik bo‘yicha o‘zgaruvchanligi to‘g‘risida // Yosh

geologlarning ilmiy-nazariy konferentsiyasi ma’ruza tezislari. – Toshkent, 1982.

4. Pulatov K.P., Irgashev Yu.I., Isomatov Yu.P. Ob osnovnix faktorax tochnosti prognoza

prosadki lyossovix parod dolin Surxandari i Kashkadari v svyazi s ix irrigasionnim

osvoeniem. Vestnik TashGTU. Tashkent.2004, №3.S.52

5. Irgashev Yu.I., Isomatov Yu.P., Ахmеdоv М.К. Underground waters of Kashkadarya and

surkhandarya oil and gas-bearingartesian pools. “International Engineering Journal for

Resarch Development” www.iejrd.com, Vol. 5, Issue 5, June 2020. Pp. 1-5.

https://doi.org/10.17605/OSF.IO/NH5RC

6. Irgashev Yu.I., Isomatov Yu.P., Ахmеdоv М.К. Influence of technogenic impact on

changes in engineering-geologiacal and hydrogeological conditions of the Kashkadarya

depress and its assessment. Academicia: An International Multidisciplinary Research

Journal https:// saarj.com Vol 10, Issuye 10, October 2020. Page 409-416 Article

https://doi.org/10.5958/2249-7137.2020.01116.7

7. Isomatov Yu.P., Ахmеdоv М.К. Study of properties indicators loess soils of Kashkadarya

by method of mathematical statistics. Arxitektura, muhandislik va zamonaviy

texnologiyalar jurnali ISSN:2181-3469 Jild:02 Nashr:11 2023y 18-21b.

8. Isomatov Yu.P., Ахmеdоv М.К. Qashqadaryo lyoss jinslarining ayrim xossalari

ko‘rsatkichlarini o‘rganishda matematik statistika uslublarini qo‘llash. Navoiy kon-

metallurgiya kombinatining 65 yilligiga bag‘ishlangan Zarafshon vohasini kompleks

innovatsion rivojlantirish yutuqlari, muommolari va istiqbollari IV xalqaro ilmiy-amaliy

anjuman materiallari. 16-17-noyabr 2023-yil 84-bet.

Библиографические ссылки

Bondarik G.K. Tog‘ jinslarining muhandislik-geologik xossalarining o‘zgaruvchanligi nazariyasi asoslari. M . Nedra. 1971 yil.

Movlonov G‘.O., Pulatov K.P., Qasimov s.M., Irgashev Yu.I., Isomatov Yu.P. Injenerno-geologicheskie usloviya Karshinskoy stepi. Tashkent. Izd-vo “Fan”. 1974. 14s.

Achilov M.F., Po‘latov K.K. Carnab kompleksining prolyuvial lyoss jinslarining granulometrik tarkibining chuqurlik bo‘yicha o‘zgaruvchanligi to‘g‘risida // Yosh geologlarning ilmiy-nazariy konferentsiyasi ma’ruza tezislari. – Toshkent, 1982.

Pulatov K.P., Irgashev Yu.I., Isomatov Yu.P. Ob osnovnix faktorax tochnosti prognoza prosadki lyossovix parod dolin Surxandari i Kashkadari v svyazi s ix irrigasionnim osvoeniem. Vestnik TashGTU. Tashkent.2004, №3.S.52

Irgashev Yu.I., Isomatov Yu.P., Ахmеdоv М.К. Underground waters of Kashkadarya and surkhandarya oil and gas-bearingartesian pools. “International Engineering Journal for Resarch Development” www.iejrd.com, Vol. 5, Issue 5, June 2020. Pp. 1-5. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/NH5RC

Irgashev Yu.I., Isomatov Yu.P., Ахmеdоv М.К. Influence of technogenic impact on changes in engineering-geologiacal and hydrogeological conditions of the Kashkadarya depress and its assessment. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal https:// saarj.com Vol 10, Issuye 10, October 2020. Page 409-416 Article https://doi.org/10.5958/2249-7137.2020.01116.7

Isomatov Yu.P., Ахmеdоv М.К. Study of properties indicators loess soils of Kashkadarya by method of mathematical statistics. Arxitektura, muhandislik va zamonaviy texnologiyalar jurnali ISSN:2181-3469 Jild:02 Nashr:11 2023y 18-21b.

Isomatov Yu.P., Ахmеdоv М.К. Qashqadaryo lyoss jinslarining ayrim xossalari ko‘rsatkichlarini o‘rganishda matematik statistika uslublarini qo‘llash. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 65 yilligiga bag‘ishlangan Zarafshon vohasini kompleks innovatsion rivojlantirish yutuqlari, muommolari va istiqbollari IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 16-17-noyabr 2023-yil 84-bet.