ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI BOSHLANG’ICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISH

Аннотация

Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni, ularning ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar, AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari), interfaol usullar va STEAM yondashuvlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini shakllantirish yoritilgan. Empirik kuzatuvlar asosida texnologik yondashuvlarning o‘quv motivatsiyasiga ijobiy ta’siri ko‘rsatib berilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
626-629
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Rajabova Noila Maxmadmuso qizi. (2025). ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI BOSHLANG’ICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISH. Международный журнал научных исследователей, 11(2), 626–629. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/130316
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni, ularning ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar, AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari), interfaol usullar va STEAM yondashuvlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini shakllantirish yoritilgan. Empirik kuzatuvlar asosida texnologik yondashuvlarning o‘quv motivatsiyasiga ijobiy ta’siri ko‘rsatib berilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

626

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI BOSHLANG’ICH

TA’LIM SIFATINI OSHIRISH

Rajabova Noila Maxmadmuso qizi

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Boshlangʻich ta'lim yo'nalishi talabasi

Annotatsiya.

Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni,

ularning ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida

qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar, AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari),

interfaol usullar va STEAM yondashuvlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim,

ko‘nikma va kompetensiyalarini shakllantirish yoritilgan. Empirik kuzatuvlar asosida

texnologik yondashuvlarning o‘quv motivatsiyasiga ijobiy ta’siri ko‘rsatib berilgan.

Kalit so‘zlar:

pedagogik texnologiyalar, boshlang‘ich ta’lim, interfaol metod, AKT, STEAM,

ta’lim sifati, innovatsion yondashuv, o‘quv motivatsiyasi.

Annotation:

This article analyzes the role of modern pedagogical technologies in primary

education and their contribution to improving the quality and effectiveness of the learning

process. It highlights the use of innovative methods, ICT (Information and Communication

Technologies), interactive approaches, and the STEAM model in developing students'

knowledge, skills, and competencies. The article also presents empirical observations

demonstrating the positive impact of technology-driven approaches on student motivation.

Keywords:

pedagogical technologies, primary education, interactive methods, ICT, STEAM,

quality of education, innovative approach, student motivation

Introduction.

Ta’lim maqsadi o’quv-biluv jarayoni, uning mohiyati, mazmunini, usul va vositalari,

o’qituvchi-o’quvchi munosabatlari, shuningdek, mazkur tizimning samaradorligi qanday shaxs

yoki mutaxassisini sharklantirishni ham belgilaydi. Ta’lim maqsadining ijtimoiy buyurtma

asosida ifodalanishi shaxs, davlat, jamiyat, fan-texnika hamda ishlab chiqarishning umumiy

taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Demak, ta’lim maqsadi jamiyat ehtiyojlarini ifodalaydi va

uning taraqiyotini belgilaydi. Butun ta’lim jarayoni-o’quv materialidan boshlab, ta’lim

natijasigacha ta’lim maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ta’lim maqsadi oldida turgan

asosiy masala bugungi kun va istiqbolda jamiyat ravnaqi uchun qanday shaxs, mutaxassis

tayyorlash kerakligi bilan xarakterlanadi.

Ta’lim jarayoni doimiy takomillashuvda bo‘lib, yangi texnologiyalar uni samarali, sifatli va

qamrovli qilishda muhim rol o‘ynaydi. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik

texnologiyalarning joriy qilinishi o‘quvchining erkin fikrlash, izlanish, mustaqil qaror qabul

qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. An’anaviy dars yondashuvlaridan

zamonaviy, o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuvlarga o‘tish – global ta’lim tizimining muhim

trendlaridan biridir.

Main part

.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston xalqiga yo’llagan murojaatnomasida “Ta’lim

sifatini oshirish - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”, - deya

ta’kidladi. Boshlang`ich ta’lim maqsadi ro`yobini ta’minlashda zamonaviy ta’lim


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

627

texnologiyalar muhim ahamiyatga egadir. Taraqqiyotimizning yuksalishi, yosh avlodga sifatli

ta’lim-tarbiya berishdan boshlanadi. Kelajagi buyuk farzandlargina vatan ravnaqini yuksaklarga

ko`tara oladilar. Ta’lim sifatini oshirish bilimli avlod vakillarini yetishtirish maqsadida

mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasida to`rtinchi ustuvor yo`nalish aynan ta’lim soxasini inson

kapitalini rivojlantirishga qaratilgandi va 2023-yilni - «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili», –

deb nomlanishi ta’limga bo`lgan e’tiborning yaqqol namunasidir. Ta’lim sifatini oshirish yosh

avlodni fanga qiziqtirishning eng muhim omili bu yangi darslik va zamonaviy dars o‘tish

uslublaridir.

Ma’lumki O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida’’gi Qonun va Kadrlar tayyorlash

milliy dasturining qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi asosi yaratildi. Pedagogik

texnologiyalarni dars jarayonida qo`llash asosida o`quvchilarni ijodkorligi va faoligini oshirish

har bir davr uchun muhim ahamiyatga egadir. Bu esa “Ta’lim to`g`risidagi Qonunning 26-

moddasida hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida o`qitish jarayoniga ilg’or, zamonaviy

pedagogik texnologiyalarnini keng ko`lamda tadbiq etish barcha turdagi ta’lim muassasalarida

oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi. Har bir o`qituvchi shuni yaxshi

bilishi dars o`quv tarbiya jarayonining asosiy shaklidir. Shuning uchun o`qituvchi, avvalo, dars

o`tish va darsni takomillashtirib borish haqida o`ylaydi, izlanadi.

Boshlang’ich ta’lim jarayoni o’qituvchilari zamon talabiga mos dars o’tishlari uchun AKT

sohasida salohiyatga ega bo’lishlari zarur. Bu hozirgi davrda uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb

vazifalaridan biridir. Umumiy ma’noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi

salohiyati tushunchasida insonning AKT savodxonligi, ya’ni kundalik hayotida ham, kasbiy

faoliyatida ham undan to’g’ri foydalana olish qobiliyati nazarda tutiladi. Pedagogning AKT

sohasidagi bilimlari salohiyati ularning ushbu sohada malaka oshirishlari orqali amalga

oshiriladi. Boshlang’ich sinflar o’qituvchilari muntazam ravishda, AKT bo’yicha malaka

oshirishlari, shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimi talablariga muvofiq bo’lish uchun mustaqil

ta’lim orqali ham o’z bilimlarini oshirishlari zarur. Bundan tashqari, o’qituvchilar internet

vositasida turli ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar materiallaridan foydalanishlari,

hamkorlar bilan tajriba almashish maqsadida hozirgi davrda kengayib borayotgan o’qituvchilar

forumlaridan foydalanishlari ham foydadan holi bo’lmaydi. Pedagogik texnologiyalar asosida

tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o’tkazish metodlariga ko’ra o’quvchi ehtiyojiga mos

tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo’ladi. O’quvchilarning o’quv

materiallarini o’zlashtirishga bo’lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo’zg’otish asosida

maqsadga erishish motivatsiya bo’lib, bu o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro ichki

yaqinlashuvidir. Boshlang’ich sinfda ta`lim jarayonida o’quvchilarning o’qish motivini

rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o’quvchilarni ta`lim jarayoniga qiziqtiradi,

darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o’qish motivini

rivojlantirishga katta yordam beradi.

1. Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning mohiyati

Pedagogik texnologiya – bu ta’lim jarayonini loyihalashtirish, tashkil qilish va boshqarishga

qaratilgan ilmiy asoslangan faoliyat tizimidir. U quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi:

- maqsadni aniq belgilash;

- o‘quvchi faoliyatini faollashtirish;

- natijani o‘lchash va tahlil qilish;

- refleksiya va takomillashtirish.

2. Boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar

a) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)

AKT yordamida o‘quvchilarning ko‘rish, eshitish, sensor idrok faoliyati faollashadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

628

Masalan, Interaktiv doskalar orqali vizual tushuntirish, Google Classroom, Zoom, Quizizz

orqali darslar, videoroliklar, animatsiyalar orqali ko‘rgazmali o‘qitish, tadqiqotlarga ko‘ra,

AKT qo‘llanilgan sinflarda darsga qiziqish 30-40% ga ortadi.

b) Interfaol usullar

O‘quvchilarning darsdagi ishtirokini, fikrlash faoliyatini kuchaytiradi.

Metodlar:

- “Aqliy hujum”

- “Insert” jadvali

- “Savol-javob zanjiri”

- “2+2=4” jamoaviy fikrlash

Bu metodlar darsning faolligini oshirib, o‘quvchini passiv qabul qiluvchidan faol ishtirokchiga

aylantiradi.

c) STEAM yondashuvi (Science, Technology, Engineering, Arts, Math)

STEAM texnologiyasi integratsiyalashgan ta’limni ifodalaydi. Bu o‘quvchining ilmiy-

tasavvuriy, estetik va ijodiy salohiyatini birgalikda rivojlantiradi.

Masalan, “Oddiy materiallardan parashyut yasash” – fizika, dizayn, matematika bilimlarini

birlashtirgan loyiha ishlanmasi.

d) Loyihaviy metod (Project-Based Learning

)

O‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, muammoni hal qilish va guruhda ishlash ko‘nikmasini

rivojlantiradi.

Masalan, “Mening ekologik maktabim” loyihasi – o‘quvchilar maktabni ekologik toza holda

qanday qurish haqida loyiha ishlab chiqadi.

3. Empirik kuzatuv va natijalarda esa 15 ta boshlang‘ich sinfda kuzatuv o‘tkazildi. Joriy etilgan

texnologiyalar asosida:

- O‘quvchilar faolligi – 78% ga oshgan

- O‘zlashtirish darajasi – 82%

- O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot – kuchaygan

- O‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalari – 60% ga oshgan

4. Zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishda muhim omillar:

- O‘qituvchining texnologik savodxonligi

- Metodik qo‘llanmalar mavjudligi

- Texnik baza (kompyuter, proyektor, interaktiv doska)

- O‘quvchilar uchun mos yondashuv (qiziqish, yosh, daraja)

Conclusion.

Ta’limda yukori samaradorlikka erishish uchun o`qitishning noan’anaviy metodlaridan ya’ni

zamonaviy pedagogik texnologiyaning turli metodlaridan dars mavzusiga mos ravishda

foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo’lib,

o`qituvchining mashaqqatli mehnati bilan bosqichma-bosqich mahorat pillapoyalarini egallab,

uning yuksak pedagogik darajasiga ko’tarilishidir. Yukori ko`rsatkichga erishishni maqsad

qilgan har bir o`qituvchi, avvalo, har bir darsga ijodiy yondashishi, dars jarayonida ko’zda

tutilgan barcha bosqichlarni erkin amalga oshira oladigan kasbiy mahoratga ega bo`lishi kerak

va tinimsiz o`z ustida ishlashi lozim. Kasbiy mahorat esa o`qituvchi shaxsidagi tabiiy

imkoniyatlar, pedagogic-psixologik iqtidor, o`z ishiga mas’uliyat bilan qarash, o`quvchidagi

o`zgarishlarni o`z vaqtida sezish, bola shaxsi o`quvchilar jamoasiga to`g’ri ta’sir qila olishining

amaliy namoyon bo`la olishidir. Bundan tashqari o`qituvchi ilg’or zamonaviy ish tajribalarini

darsga qo`llash bilan cheklanib qolmay uni boshqa kasbdoshlari bilan ham ommalashtirish

platformasi orqali hamfikr bo`lib baholanishi mumkin.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

629

Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish – ta’lim sifati,

o‘quvchilarning bilim olish sur’ati va o‘zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshiradi.

Texnologiyalar faqat vosita emas, balki ta’limning yangi falsafasini shakllantiruvchi kuchdir.

Har bir o‘qituvchi o‘z darslarini texnologiyalarga tayangan holda loyihalashtirishi – zamonaviy

ta’limning muhim talabidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi XTV. (2022). Pedagogik texnologiyalar va zamonaviy dars –

metodik qo‘llanma.

2. Bozorova N, “Boshlang’ich ta’lim darslarida zamonaviy pedagogic texnologiyalarni

qo’llash va kreativ yondashuv” RESEARCH FOCUS, Uzbekistan 84-86 b

3. Kozlov, N. (2020). Innovatsion pedagogika. Ta’lim va innovatsiyalar jurnali, 4(7), 55–62.

4. Xolmatov M,E “Boshlang’ich sinflarda ta’lim sifatini oshirish” "Oriental Art and Culture"

Scientific-Methodical Journal, 631-634 b.

5. Mamatqulov, O. (2021). Boshlang‘ich ta’limda AKTdan samarali foydalanish. O‘qituvchi

jurnali, 2(9), 22–27.

6. Karimova, D. (2023). Boshlang‘ich ta’limda STEAM yondashuvi. Pedagogik

innovatsiyalar, 1(3), 44–51.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi XTV. (2022). Pedagogik texnologiyalar va zamonaviy dars – metodik qo‘llanma.

Bozorova N, “Boshlang’ich ta’lim darslarida zamonaviy pedagogic texnologiyalarni qo’llash va kreativ yondashuv” RESEARCH FOCUS, Uzbekistan 84-86 b

Kozlov, N. (2020). Innovatsion pedagogika. Ta’lim va innovatsiyalar jurnali, 4(7), 55–62.

Xolmatov M,E “Boshlang’ich sinflarda ta’lim sifatini oshirish” "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal, 631-634 b.

Mamatqulov, O. (2021). Boshlang‘ich ta’limda AKTdan samarali foydalanish. O‘qituvchi jurnali, 2(9), 22–27.

Karimova, D. (2023). Boshlang‘ich ta’limda STEAM yondashuvi. Pedagogik innovatsiyalar, 1(3), 44–51.