INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
495
OLIGOFRENIYANING RIVOJLANISHINI O'RGANISHNING
ZAMONAVIY BOSQICHI
Tosheva Kamola Yusuf qizi
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Defektologiya Maxsus pedagogika yo'nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada aqli zaif bolalar bilan zamonaviy yondashuvlar olib borilishi
ko'zda tutilgan . Oligofreniyani o'rganishning zamonaviy bosqichi uni faqat kasallik,
emas ,balki shaxsning qo'llab quvvatlash zarur bo'lgan holat sifatida baholaydi . Bu esa
jamiyatda munosib o'rin egallashiga sharoit yaratdi.
Kalit so'zlar:
Debil, Imbetsil, Idiot, pedagogik, psixologik, logopedik, deminsiya , patologik,
individual., infeksion, va boshqalar.
Zamonaviy bosqichda aqli zaif bolalarning differensiasiyasi bilan bog'liq bo'lgan turkum
muammolarni hal qilish , o'rganish davom ettirildi ,aqli zaiflikni asosiy ikki shakli :
oligofreniya va demensiyaga tushuntirishlar kiritildi. Aqli zaif asosan 3 turga bo'linadi . 1
Yengil darajadagi aqli zaiflik (debil) bu eng yengil shakli bo'lib , bunday bolalar oddiy
kundalik ishlarini bajara oladi , lekin murakkab vazifalarni bajarishada qiynaladi . Ular maxsus
ta'lim bilan o'rta darajada mustaqil hayot kechira olishadi . 2 . O'rta darajadagi aqli zaiflik
(imbetsil) bu darajadagilar oddiy nutqni tushinadi ,lekin mustaqil yashashi qiyin bo'ladi . Ularga
doimiy nazorat va yordam kerak bo'ladi 3 Og'ir darajadagi aqli zaiflik (idiot) bu eng og'ir
shakli bo'lib ,bunday bolalar odatda o'zini-o'zi boshqara olmaydi , gapirishda , yurishda ,yoki
ovqatlanishda ham yordamga muhtoj bo'lishadi . Aqli zaiflik ruhiy nuqsonlarni bir shakli
ekanligi oldindan ma'lum . Qadimgi olim va filosoflar , Platon, Gippokrat, Aristotel ,Pifagor ,
ishlarida aqli zaiflikning sabablari va profilaktikasini o'rganishga harakat qilganlar . Ilgari
oligofreniyaning shakllari miyaning erta zararlanishida kuzatiladi deb yuritilgan . Buning
natijasida kasallik jarayonni tugaydi va keyinchalik bolaning ruhiy sohasi rivojlanishi miya
nuqsonni asosida hosil bo'ladi. Bu jarayon aqli zaiflikning demensiya shakli uchun xos deb
hisoblangan. Lekin aqli zaiflikning patogenezini tadqiq qilish natijasida yangi ma'lumotlar
olinadi. Bolalar aqli zaifligi haqidagi birinchi ma'lumotlarini stulsiya (tug'ma , aqli zaiflik)
temini bilan F. Platter kitoblarida ko'rish mumkin . N. A. Ozerskiyning fikricha bolalarda
psixozlar bo'lishi mumkin emas , uning fikricha psixozlar faqatgina hayot davomida ruhiy
zo'riqish natijasida kattalarda rivojlanishi mumkin shunga ko'ra bolalar miyasining
rivojlanishining oddiy ekanligi natijasida ularning ruhiy kasaliklar bilan kasallanishi mumkin
emas. Shular ma'lum bo'ldiki oligofreniyaning ayrim shakllari nasliy moddalar almashinuvining
buzilishi natijasida kelib chiqadi.
Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki , oxirgi yillarda neyroinfeksiyalardan keyinggi asoratlar
bolalardagi ruhiy soha nuqsonlarini bir muncha yengillashdi. Buning sababi samarali davolash
vositalarini qo'llashdadir . Infeksion etiologiyali, organik aqli zaiflik bilan bir qatorda
intellektual faoliyati sust bolalar soni ko'paydi . Intellektual faoliyati sust bolalar jismoniy
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
496
tomondan ham sustlar. Tez-tez kasal bo'ladilar. Ommaviy maktabda fanlarni yaxshi o'zlashtira
olmaydilar. Bu bolalarning aqli zaif bolalarda farqi shuki , ularning ruhiy zaiflashuvi
vaqtinchalik va o'tib ketadi. Shuning uchun ularni ''vaqtinchalik ruhiy rivojlanishi sustlashgan ''
bolalar qatoriga kiritishadi. Ular normaga tenglashishi mumkin. Lekin bu fikrga oid boshqa
nuqtai nazarlar mavjud . Chet el olimlari oligofrenlar guruhiga ijtimoiy adaptasiyasi zaiflashgan
bolalarni kiritishgan . Bunday noto'g'ri yondashish aqli zaif bolalarni vaqtinchalik ruhiy
rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan , jismoniy zaiflashgan , ijtimoiy va pedagogik qarovsiz
bolalar bilan birlashtirishdir. Fanning zamonaviy rivojlanishi bosqichi ruhiy asab buzilishilari
va ularni davolashda yangi vazifalarni belgilaydi . Ular hozir bolalar nerv patologiyasi
psixologiyasi maxsus pedagogika sohalari bu vazifalarni o'rganib chiqmoqda . Bolalarning nerv
sistemasining erta rivojlanish qonuniyatlarini mukammal o'rganish haqida gap ketmoqda. Ular
miyaning morfologik va funksional hosil bo'lishni o'rganadi. Lekin oligofreniyaning ijtimoiy
sabablarini qayta baholash keyinchalik bu savolni bir tomonlama yoritishga olib keldi.
Oligofreniyani keltirib chiqaruvchi nasliy sabablardan ota-onadan bolaga o'tuvchi patologik
belgilarni hisobga olishimiz kerak. Lekin shuni hisobga olishimiz kerakki, avlodan-avlodga
o'tuvchi irsiy kasalliklar hamma vaqt ham birinchi avlodda namoyon bo'lavermaydi. Ular
keyingi avlodlarda (sakrovchi irsiyat)yoki umuman namoyon bo'lmaydi . Zamonaviy
tadqiqotlarnng ko'rsatilishicha, nasliy omillarga patologik ta'sir moddalar almashuvining
buzilishi shaklida aniqlanib,
moddalar almashinuvining buzilishi hujayralardagi genlar
almashuvi jarayonlarini boshqarish buzilishi va xromasomalar to'plami miqdori va buzilishdagi
o'zgarishlar natijasidir.
Xulosa
Oligofreniyani o'rganishning zamonaviy bosqichi ilm-fan va texnologiyalarning jadal
rivojlanishi bialn bog'liq xolda tubdan o'zgarib bormoqda . Endilikda aqli zaiflik , xususan
oligofreniya, faqatgina patologik yoki klinik muammo sifatida emas , balki rivojlanishining
murakkab va ko'p qirrali bizilishi sifatida qaralmoqda . Aqli zaif bolalarda inklyuziv yondashuv
asosan oligofrenik bolalar uchun maxsus emas ,balki umumiy ta'lim muassalarida ham tahsil
olish imkoniyati yaratilmoqda . Bu yondashuv ularni jamiyatga integratsiya qilish , o'ziga
bo'lgan ishonchni oshirishga xizmat qilmoqda . Har bir bolaning imkoniyatlariga qarab
individual rivojlantirish dasturlari tuzilmoqda . Bu dasturlar tibbiy , psixologik, pedagogik , va
logopedik yordamni birlashtiradi . Shu orqali aqli zaif bolalarning kundalik hayotida mustaqil
harakat qilish ko'nikmalari rivojlantiriladi. Aqli zaif bolalarda jamiyatdagi ijobiy o'zgarishalar .
Oligofrenik shaxslarni to'liq huquqli inson sifatida qabul qilish, ularning mehnat va ta'lim olish
huquqlarini qo'llab-quvvatlash bugungi kunning muhim ijtimoiy vazifalaridandir. Nogironlik
bilan yashovchilarga nisbatan stereotiplarning kamayishi ularning hayot sifatini yaxshilashga
yordam bermoqda. Oligofreniyaning rivojlanishining zamonaviy bosqichi uni faqat kasallik
emas, balki shaxsning rivojlanishini qo'llab quvvatlash zarur bo'lgan holati sifatida baholaydi .
Ilg'or ilmiy tadqiqotlar ,pedagogik innovatsiyalar va ijtimoiy integratsiya choralari orqali bu
shaxslarning hayot sifatida ancha yaxshilanmoqda . Bu esa ularning jamiyatda munosib o'rin
egallashiga sharoit yaratdi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
497
Foydalangan adabiyotlar:
1. Vlasova . T. A, Pevzner . M . S . Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar haqida o'qtuvchi-
M ,1980
2. Ayupova. M. Logopediya-T faylasuflari milliy jamiyat nashiriyoti"2007
3. Shoumarov. G'. B. Aqli zaif bolalar psixologiyasi T O'qituvchi ,1994.
