PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
37
TALABALARDA JISMONIY CHIDAMLILIKNI RIVOJLANTIRISHNING
DOLZARBLIGI
OMONOV Jahongir Orzumurod o‘g‘li
Termiz davlat pedagogika instituti
Jismoniy madaniyat fakulteti,
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi
2-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA:
Chidamlilik — inson organizmining uzoq muddat davomida jismoniy
faoliyatni samarali bajara olish qobiliyatidir. Bu sifatni shakllantirish murakkab jarayon bo‘lib,
uni yo‘qotish esa oson kechadi. Chidamlilikni rivojlantirish jarayonida markaziy asab tizimi,
mushaklar faoliyati va energiya almashinuv mexanizmlari muhim rol o‘ynaydi. Ushbu sifat ikki
asosiy shaklda namoyon bo‘ladi: umumiy va maxsus chidamlilik. Umumiy chidamlilik — har
qanday jismoniy faollik davomida charchoqqa bardosh berish qobiliyatidir. Maxsus chidamlilik
esa sport turi yoki jismoniy mashqning o‘ziga xos harakatlari jarayonida toliqishga qarshi
kurashish salohiyatini ifodalaydi.
Kalit so‘zlar
: tarbiya, chidamlilik, umumiy chidamlilik, maxsus chidamlilik, sport, vaqt, mashq,
jismoniy sifat, harakat, energiya, faoliyat.
ANNOTATION :
Endurance is the human div's ability to perform physical activities
effectively over an extended period of time. Developing this quality is a complex process, while
losing it can happen quite easily. The central nervous system, muscular function, and energy
exchange mechanisms play a significant role in developing endurance. This quality is manifested
in two main forms: general and specific endurance. General endurance refers to the ability to
resist fatigue during any physical activity, while specific endurance relates to the capacity to
withstand fatigue during movements particular to a certain sport or exercise.
Keywords
: training, endurance, general endurance, specific endurance, sport, time, exercise,
physical quality, movement, energy, activity.
АННОТАЦИЯ :
Выносливость — это способность организма человека эффективно
выполнять физическую деятельность в течение длительного времени. Формирование этого
качества представляет собой сложный процесс, тогда как его утрата происходит легко. В
развитии выносливости важную роль играют центральная нервная система, работа мышц и
механизмы энергообмена. Данное качество проявляется в двух основных формах: общей и
специальной выносливости. Общая выносливость — это способность сопротивляться
усталости при любой физической активности. Специальная выносливость — это
способность противостоять утомлению в процессе выполнения специфических движений,
характерных для определённого вида спорта или упражнения.
Ключевые слова
: воспитание, выносливость, общая выносливость, специальная
выносливость, спорт, время, упражнение, физическое качество, движение, энергия,
деятельность.
Kirish
Talabalik davri — bu nafaqat ilmiy bilimlar egallanadigan, balki shaxsiy jismoniy va psixologik
sifatlar shakllanadigan muhim bosqichdir. Ushbu jarayonda
chidamkorlik
(ya’ni, uzoq davom
etuvchi jismoniy va ruhiy zo‘riqishga bardosh bera olish qobiliyati)ning rivojlanishi alohida o‘rin
tutadi. Chidamkorlik talabaning o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish, sport va jamoaviy faoliyatda muvaffaqiyatga erishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Zamonaviy jamiyatda yuqori intellektual salohiyat bilan bir qatorda, kuchli irodaviy va jismoniy
tayyorgarlikka ega bo‘lgan yoshlar yetishtirish dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan oliy
ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari orqali talabalar orasida chidamkorlik
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
38
sifatini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli yondashuv zarur hisoblanadi. Bu sifat nafaqat sportda,
balki kasbiy faoliyat, stressga qarshilik va mustahkam sog‘liq uchun ham muhim omildir.
Tarbiyalash — bu organizmning charchoqqa bardosh berish qobiliyatini shakllantiruvchi jismoniy
faoliyat turi hisoblanadi. Bu jarayon markaziy asab tizimi xususiyatlari hamda energetik
almashinuv darajasiga chambarchas bog‘liqdir. Chidamlilik shunday fazilatki, uni shakllantirish
qiyin, biroq yo‘qotish juda oson. Organizm chidamlilikni rivojlantirayotganda bir nechta
fiziologik jarayonlar sodir bo‘ladi.
Chidamlilik — jismoniy sifat bo‘lib, inson organizmining uzoq muddat davomida mushak
faoliyatini samarali bajara olish va toliqishga qarshi turish qobiliyatidir. Bu sifat ikki asosiy turga
bo‘linadi: umumiy va maxsus chidamlilik.
Umumiy chidamlilik — bu organizmning uzoq vaqt davomida har qanday mushak faoliyatini
bajarishda charchoqqa bardosh berish qobiliyatidir.
Maxsus chidamlilik esa — muayyan sport turi yoki jismoniy mashqlarga xos mushak guruhlari
tomonidan uzoq vaqt mobaynida bajarilgan ishda charchoqni yengib o‘tish qobiliyatini bildiradi.
Maxsus chidamlilik umumiy chidamlilik asosida shakllanib, kuch, tezlik va chidamlilikka oid
mashqlarni aniq va sifatli bajarish orqali rivojlanadi.
Chidamlilikni shakllantirish darajasi, eng avvalo, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining,
mushak hamda asab faoliyatining samaradorligi, buyraklarda glikogenning tez va foydali
parchalanishi hamda organizmning funksional imkoniyatlarining oshishi orqali namoyon bo‘ladi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi
:
Organizmning yuqori funksional holatga erishishi uchun chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan
barcha mashqlardan kompleks tarzda foydalanish zarur. Sportchining jismoniy tayyorgarlik
darajasi va hajmini baholashda energiya almashinuvi ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, uning funksional holatini aniqlashga xizmat qiladi. Bu jarayonda asosiy hamda qo‘shimcha
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
g) Aerob bardoshlilikning asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: o‘pkaning maksimal havo
almashinuvi, qonning kislorod bilan to‘yinish darajasi, qonning bir daqiqalik hajmi hamda
kislorod bo‘yicha arterial va venoz qon orasidagi farq.
d) Anaerob chidamlilikning asosiy ko‘rsatkichi — bu organizmni maksimal darajada kislorod
bilan ta'minlash qobiliyatidir. Ya'ni, og‘ir jismoniy mashqlardan so‘ng hosil bo‘ladigan moddalar
almashinuvining barcha mahsulotlarini to‘liq oksidlab, zarur bo‘lgan yuqori darajadagi miqdorda
organizmdan chiqarib yuborish imkoniyatidir.
Kislorod bilan to‘yinish vazifasining bir bo‘lagi, ya’ni anaerob glikogen parchalanishining asosiy
mahsuli — sut kislotasining oksidlanishiga sarflanadigan qismi “laktat fraksiyaning maksimal
kislorod vazifasi” deb nomlanadi.
Anaerob chidamlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlariga esa quyidagilar kiradi: fermentativ
tizimlarning faollik darajasi, adenozintrifosfat (ATP) ni anaerob yo‘l bilan tiklashda ishlatiladigan
moddalar zaxirasi, hamda turli to‘qimalar va a'zolarda yuzaga keluvchi moslashuvchanlik va
kompensasion o‘zgarishlar darajasi.
e) Jismoniy tayyorgarlik turlari o‘zining parametrlariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Bunga
mushak hajmi, kuchlanish turi, mashqning tuzilishi hamda quvvati kiradi. Har bir tayyorgarlik
parametri muayyan mushak faoliyati turi bilan mos keladi. Masalan, shunday jismoniy mashqni
tanlash mumkinki, unda mushak faoliyati mahalliy, ushlab turuvchi yoki maksimal darajada
bo‘lishi mumkin. Aerob va anaerob rejimdagi chidamlilikning rivojlanishi ma’lum mushak ish
turini bajarish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda organizmda fiziologik va biokimyoviy
almashinuvlar faollashadi. Bu o‘zgaruvchanlik hajmi, mashq turining organizmning tayyorgarlik
darajasiga qanchalik mos kelishini nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, organizmdagi
o‘zgaruvchanliklarni qanday boshqarish va tartibga solish — insonning muvaffaqiyati hamda
chidamlilik darajasini baholashda muhim mezon bo‘lib xizmat qiladi. Chidamlilikni
shakllantirishda to‘g‘ri metodni tanlash alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, bir xil ritmdagi
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
39
yoki o‘rtacha quvvatdagi mashqlar asosida qurilgan uslub, ayniqsa anaerob jarayonlarni
rivojlantirish va takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu uslubdan boshlang‘ich
bosqichlarda va tayyorgarlik davrida foydalanish tavsiya etiladi. Eng oddiy va samarali metod
sifatida, u ayniqsa yangi boshlovchi sportchilar uchun muhim hisoblanadi.
Qaytarish uslubi
— yuklanishlarning uchta asosiy parametri bilan tavsiflanadi: davomiylik,
tezlik (yoki shiddat) hamda takrorlash oralig‘ining qisqaligi. Dam olish esa ikki parametr —
davomiyligi va intensivligi bilan belgilanadi.
Masalan, sprinter 100 metrga yugurishni 10 marotaba yuqori tezlikda bajaradi, dam olish oralig‘i
esa 10 daqiqani tashkil etadi va bu dam olish nisbatan sust tarzda kechadi. Bu uslub ko‘proq
yuqori malakali sportchilar tomonidan, xususan, asosiy musobaqalar oldidan yakuniy tayyorgarlik
jarayonida qo‘llaniladi.
Almashinuv uslubi
esa zo‘riqishning uchta komponenti — davomiylik, shiddat va takrorlash
oralig‘ining qisqaligi hamda bitta dam olish ko‘rsatkichi — davomiylik orqali ifodalanadi.
Masalan, 2000 metr masofaga yugurish almashinuv uslubida amalga oshiriladi: bunda 50 metr tez,
so‘nggi 50 metr sekin sur’atda yuguriladi. Bu uslubda har bir keyingi tez yugurish bosqichi o‘pka
to‘liq tiklanmagan holatda bajariladi. Mazkur metod yosh sportchilar hamda razryadli sportchilar
tomonidan keng qo‘llaniladi.
Tez yugurish va sekin yugurish qismlarining uzunligini o‘zgartirish orqali mashqning
murakkabligi hamda yuklamaning ta’sir kuchi tartibga solinadi. Bu usul erishilgan natijalarni
saqlab qolishda ham, ularni takomillashtirishda ham samarali hisoblanadi.
Interval qaytarish usuli
esa yuklamani murakkablashtirish imkonini beruvchi to‘rtta asosiy
parametrga ega:
1.
Davomiylik (seriyalar soni va har bir seriyaning takrorlanish soni);
2.
Dam olishning to‘rtta turi: seriya ichidagi dam olish oraliqlari, seriyalar orasidagi dam
olish oraliqlari, ularning davomiyligi va xarakteri.
Masalan: sportchi 4 ta seriyadan iborat yugurishni bajaradi (har biri 50x60 m), harakat kuchi ¾
darajada bo‘ladi. Seriyalar orasidagi dam olish vaqti — 5 daqiqa, har bir seriyadan keyin 1
daqiqalik dam olinadi. Seriyalar ichidagi dam olish — sust, seriyalar orasidagi dam olish esa
aralash: birinchi daqiqada sust, keyingi 3 daqiqada tez-sekin yuguriladi, oxirgi daqiqa yana sust
rejimda bo‘ladi.
Interval qaytarish uslubi ko‘plab variantlarda bajarilishi mumkinligi bois, u chidamlilikni
shakllantirishda asosiy metodlardan biri sifatida e’tirof etiladi.
a)
Maksimal kuch sarflash uslubi
— bu uslubda shug‘ullanuvchiga imkon qadar og‘ir yuklama
beriladi yoki nihoyatda murakkab mashq bajarilishi talab etiladi. Mashqlar odatda kam
takrorlanadi — ko‘pi bilan 1–2 marta. Agar vaqt o‘tishi bilan sportchi mashqlarni belgilanganidan
ko‘proq bajara olish darajasiga yetsa, uslubning samaradorligini saqlab qolish uchun yuklamaning
og‘irligini oshirish yoki mashqni murakkablashtirish zarur bo‘ladi.
b) Qayta urinish usuli
— bu uslubda ilgari bajarilgan mashqlarga nisbatan nisbatan engilroq
yoki 30–60% darajadagi yuklamali mashqlar qo‘llaniladi. Ular imkon qadar ko‘proq marotaba
takrorlanadi. Bu uslub kuchni qayta tiklash va mustahkamlashga xizmat qiladi.
v) Interval-qaytarish usuli
— bu uslub uncha og‘ir bo‘lmagan yuklamalar bilan yoki faqat tana
og‘irligidan foydalanilgan mashqlar orqali seriyalab bajariladi. Unda quyidagi parametrlarga
qat’iy amal qilinadi:
– har bir mashqning bajarilish vaqti;
– takroriy mashqlar va seriyalar orasidagi dam olish oralig‘i;
– tayyorgarlik mashg‘ulotida seriyalarning umumiy soni;
– har bir mashqni bajarish tezligi qat’iy belgilangan bo‘ladi.
Keyinchalik ushbu interval-qaytarish usulidan “doiraviy tayyorgarlik” (cirkulyar trenirovka)
tushunchasi rivojlandi. Bu metod bugungi kungacha organizmda kuch sifatini rivojlantirishda
asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
40
Chaqqonlik (tezlik) sifatini rivojlantirish uslublariga kelganda, ular chidamlilikni rivojlantirish
metodlariga o‘xshash bo‘lsa-da, quyidagi alohida shartlarga asoslanadi.
a)
Har qanday mashq yoki uning takroriy bajarilishi maksimal tezlikda amalga oshirilishi lozim.
b)
Mashqlarni bajarish davomida harakat intensivligi organizm to‘xtash holatiga yetib
bormaguncha yuqori darajada saqlanishi kerak.
v)
Takroriy mashqlar orasidagi dam olish oraliqlari organizmga to‘liq tiklanish imkonini
beradigan darajada bo‘lishi zarur.
g)
Dam olish vaqti sportchining malaka darajasi va tayyorgarlik bosqichlariga bog‘liq holda
belgilanadi.
Jismoniy sifatlar haqida aytish joizki, sportchida hech qachon faqat bitta sifat emas, balki bir
necha jismoniy sifatlar kompleks ravishda shakllanadi.
Masalan, 25 metrli basseynda quyidagi interval-qaytarish uslubidagi mashqlar bajariladi:
– 2 marotaba suzish (shiddatlilik 75 soniya);
– seriya ichida dam olish — 45 soniya;
– takrorlashlar orasida dam olish — 3 daqiqa.
Bunda quyidagi jismoniy sifatlar rivojlanadi:
a)
Tezlik — qisqa masofalarga suzishda;
b)
Chidamlilik — mashqlarni seriyali takrorlashda;
v)
Kuch — masofani suzib o‘tishda;
g)
Egiluvchanlik — har qanday harakatlarda;
d)
Chaqqonlik — burilishlar bajarishda.
Barcha jismoniy sifatlarning rivojlanishi ayniqsa davriy mashqlar jarayonida aniq namoyon
bo‘ladi.
Sport tayyorgarligini rejalashtirish
Sport tayyorgarlik mashqlarini samarali rejalashtirishdan oldin, ularning vazifalari va
maqsadlarini aniqlab olish zarur. Sport tayyorgarligining asosiy maqsadi — yuqori malakali,
professional sportchilarni tayyorlashdan iborat. Bu sportchilar nafaqat yuksak natijalar
ko‘rsatishga, balki Vatanini himoya qilishga ham tayyor bo‘lishlari lozim.
Ushbu asosiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish uchun o‘quv-tayyorgarlik jarayonida quyidagilarga
alohida e’tibor qaratish lozim:
1.
Tarbiyaviy masala.
Sportchining tarbiyalanishi quyidagi bosqichlardan iborat:
a)
Axloqiy tarbiya — sportchining dunyoqarashi, qiziqishlari, o‘ziga, atrofdagilarga va mehnatga
nisbatan ijobiy munosabatini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
b)
Intellektual tarbiya — shaxsning ijodiy salohiyati va bilimdonlik qobiliyatini rivojlantirishga
xizmat qiladi.
v)
Estetik tarbiya — atrof-muhit va sport faoliyatida mavjud go‘zallikni anglash va qadrlash
ko‘nikmasini shakllantiradi.
g)
Iroda tarbiyasi — sportchida oldiga maqsad qo‘yish va unga erishish yo‘lida qat’iyat bilan
harakat qilish, o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
2. Sogʻlomlashtirish vazifasi.
Shaxsning har tomonlama jismoniy rivojlanishini ta’minlash orqali
sogʻlomlashtirish vazifasi amalga oshiriladi. Bu jarayonda jismoniy sifatlarning shakllanishi va
tana tuzilishining o‘zgarishini oldindan baholash imkoniyati bo‘lishi lozim. Sog‘lom hayot tarzini
shakllantirish — jismoniy takomillashuv bilan uzviy bog‘liqdir.
3. Ta’limiy vazifa.
Bu — sportchining texnik, taktik va nazariy tayyorgarligi orqali ro‘yobga
chiqadigan pedagogik jarayondir. Sport tayyorgarligi mashqlari maxsus maqsad va vazifalarga
ega bo‘lgan, turli davrlarga mo‘ljallangan tarbiyaviy tayyorgarlik jarayonlari asosida
rejalashtiriladi.
Eng keng tarqalgan rejalashtirish turlari quyidagilar:
1. Uzoq muddatli (istiqbolli) rejalashtirish
— odatda 4 yillik davrni qamrab oladi. Bu davr,
odatda, bir Olimpiadadan ikkinchisigacha yoki bir Spartakiadadan keyingisigacha bo‘lgan vaqt
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
41
oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Mazkur rejalashtirish shakli, ayniqsa oliy o‘quv yurtlarida iqtidorli
sportchilarni Olimpiya o‘yinlariga tayyorlashni bosh maqsad sifatida belgilaydi. Ushbu turdagi
rejalashtirish musobaqalarga puxta, tizimli va izchil tayyorlanish imkonini beradi.
Uzoq muddatli rejalashtirishning asosiy uchta maqsadi quyidagilardan iborat:
– sportchining umumiy va maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirish;
– ularni bosqichma-bosqich sport cho‘qqilariga olib chiqish;
– sport faoliyatida yuqori natijalarga erishishga yo‘naltirilgan uzluksiz tayyorgarlikni tashkil etish.
2. Yillik rejalashtirish.
Ko‘pgina jismoniy tarbiya mutaxassislarining fikriga ko‘ra, sport
tayyorgarligini yillik rejalashtirish eng muhim bosqichlardan biridir. Sportchining bir yilga
mo‘ljallangan vazifa va maqsadlari, shuningdek uning hozirgi tayyorgarlik darajasi yillik rejani
shakllantirishda asosiy mezon hisoblanadi.
Yillik rejalashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a)
Bir davrli rejalashtirish — bu rejalashtirish turi bitta tayyorgarlik davri, bitta musobaqa davri
va yil oxiridagi o‘tish davridan iborat bo‘ladi. Odatda yil davomida 1–2 musobaqada ishtirok
etishni rejalashtirgan sportchilar uchun mo‘ljallanadi. Bunday tayyorgarlik asosan musobaqa
o‘tadigan oyning qisqa muddatidan avvalgi davrda olib boriladi.
Bir davrli rejalashtirishning asosiy afzalligi — tayyorgarlik uchun ajratilgan vaqtning nisbatan
uzunligi tufayli har bir jismoniy sifatni alohida va chuqur rivojlantirish imkoniyatining
mavjudligidir. Har bir sifatni tarbiyalash uchun yetarli vaqt ajratiladi, bu esa mavjud barcha vosita
va metodlarni qo‘llash imkonini beradi.
Bu shakldagi rejalashtirish, ayniqsa, sport bilan endigina shug‘ullana boshlagan sportchilar hamda
iqtidorli, ammo salohiyati uzoq muddatdan so‘ng namoyon bo‘ladigan yosh sportchilar uchun
samarali hisoblanadi. Bu orqali ularning yashirin salohiyatini “boy berib qo‘ymaslik”
kafolatlanadi.
b)
Ikki davrli rejalashtirish va “ikki bosqichli davr”ga asoslangan yondashuv...
Bir davrli va ikki davrli sport tayyorgarligini rejalashtirish orasidagi farq unchalik katta emas. Ikki
davrli rejalashtirishda har bir davrning yakunida o‘tish (restorativ) davri mavjud bo‘ladi.
Bu rejalashtirish turi odatda musobaqalar taqvimiga muvofiq ikki yoki undan ortiq asosiy
musobaqa davri mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Aksincha, bir davrli rejalashtirish yil
davomida faqat bitta asosiy musobaqa davrini ko‘zda tutadi va yilning yakunida o‘tish davri bilan
tugallanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Chidamlilik belgisi va sifati — ko‘plab mashqlarni takror-takror bajarish, mashqlarni uzoq vaqt
davomida amalga oshirishni talab qiladi. Bu sifatni shakllantirishda nafas olish, nafasni ushlab
turish, mushaklar va bo‘g‘inlarning og‘ir-yengil harakatlarga moslashuvi hal qiluvchi ahamiyatga
ega.
Chidamlilik asosan quyidagi faol jismoniy harakatlar orqali namoyon bo‘ladi va aniqlanadi:
1.
Yengil atletikadagi qisqa, o‘rta, ayniqsa uzoq masofalarga (10–20 km va undan ortiq) yugurish
jarayonlarida quyidagi holatlar yuzaga keladi: nafas olishning qiyinlashuvi, oyoq-qo‘llarda
charchoq va holsizlikning yuzaga chiqishi.
Bunday sharoitda qo‘llar, yelka, bel sohasidagi mushaklar faoliyati chidamli bo‘lishi sportchi
harakatining yengil, samarali amalga oshishini ta’minlaydi va og‘irliklarga bardosh berish
imkonini yaratadi.
2.
Suvda suzish, futbol (90 daqiqa davomida yugurish va to‘p bilan harakatlanish) kabi sport
turlarida ham sportchilarda toliqish tabiiy holat hisoblanadi. Bunday holatlarni yengib o‘tish va
ularga bardosh berish uchun har bir shug‘ullanuvchida muntazam va tizimli mashg‘ulotlar olib
borilishi talab etiladi.
O‘quvchi yoshlar va talabalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida (yengil atletika, gimnastika,
kurash va boshqalar) tez-tez charchoq va toliqishga duch kelishadi. Bu holat ularning jismoniy va
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
42
maxsus tayyorgarlik darajasi yetarli emasligi bilan bog‘liq. Shu bois, eng avvalo, jismoniy
rivojlanish va maxsus jismoniy tayyorgarlikni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, ijtimoiy-madaniy hayot tarzi, jismoniy mehnat va sport faoliyatida jismoniy sifatlar
o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Har kundalik faoliyatda qo‘llaniladigan xalqona iboralar —
“chaqqon”, “yengil”, “abjir”, “zo‘r”, “kuchli”, “jasur”, “bardoshli” — o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy
adabiyotlarda “chaqqonlik”, “kuchlilik”, “egiluvchanlik”, “chidamlilik” kabi atamalar bilan
ifodalanadi.
Mazkur jismoniy sifatlar esa o‘z navbatida “jismoniy tayyorgarlik”, “jismoniy rivojlanish”,
“maxsus jismoniy tayyorgarlik”, “sport mahorati” va “sport shakli” kabi tushunchalar bilan
bevosita bog‘liq.
Bu sifatlar ichida
kuchlilik
— jismoniy sifatlarning asosi (go‘yoki “otasi”) hisoblanadi. Chunki u
barcha amaliy harakat faoliyatlarida, barcha sport turlarida turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi
va doimiy zarurat sifatida yuzaga chiqadi.
Sport sohasida
kuchlilik
asosan quyidagi sport turlarida namoyon bo‘ladi: shtanga ko‘tarish,
kurash, boks, qo‘l kuchini sinash va tosh (gir) ko‘tarish. Ushbu faoliyatlarda mushaklarning
tortish, cho‘zish, itarish, zarba berish, saqlab turish kabi harakatlari asosiy rol o‘ynaydi.
Har bir sport turining o‘ziga xos texnik va taktik talablari mavjud bo‘lib, ular bajarilayotgan
harakatlarda
sekizlik (tezlik), kuch
va
tez-kuch
sifatlarining uyg‘unlashuvini talab etadi.
Mushak kuchi (masalan, dinamometriya, stanometriya orqali) hamda harakat tezligi (sekundomer,
kompyuter tizimlari va boshqa vositalar yordamida) aniqlanadi va bu ko‘rsatkichlar tayyorgarlik
darajasini baholashda muhim ahamiyatga ega.
Ko‘plab sport turlarida (masalan, suzish, yugurish, to‘pni urish yoki tepish)
harakat tezligi
kuch
bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, texnik-taktik harakatlar jarayonida ular birgalikda faol
ishtirok etadi. Masalan, darvozaga kuchli zarba bilan to‘p tepish — tezlik, kuch va texnikani
o‘zida mujassamlashtirgan harakatdir.
XULOSA
Turnikda qo‘llar bilan osilib tortilish mashqi kuch va harakat texnikasining o‘zaro bog‘liqligini
yaqqol namoyon etadi. Masalan, elkalarni, bo‘yin va boshni yuqoriga ko‘tarish jarayonida tezlik
muhim rol o‘ynaydi, oyoqlarni to‘g‘ri holatda bir oz oldinga ko‘tarish esa tortilish uchun qo‘llarda
qulaylik va qo‘shimcha kuch hosil qiladi. Demak, kuchli bo‘lish uchun sportchida tezlik sifati
ham shakllangan bo‘lishi zarur.
Ijtimoiy-madaniy hayotimizda ham kuchli jismoniy holat zarurati tez-tez uchraydi. Masalan, 50–
70 kg li to‘la qoplarni hayvonlar (ot, eshak) yoki avtomashinalarga ortish va tushirishda, ayniqsa,
qo‘l, bel va oyoqlarning kuchi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday harakatlarni bajarishda har bir inson o‘ziga qulay texnikani tanlaydi: ba'zilar ikki qo‘lda,
boshqalar esa quchoqlab ko‘tarish texnikasidan foydalanadi. Ayniqsa, qishloq hayotida kurash va
ko‘pkari (uloq) kabi o‘yinlarda “polvon” (kuchli) yoki “chovandoz-polvon” (yengil va kuchli)
kabi atamalar qadimdan faol qo‘llanilib kelinadi.
Ushbu fazilat va jismoniy sifatlarga — ya’ni kuchlilikka ega bo‘lish uchun sportchilar uzoq yillar
davomida mashq qilishadi. Bu jarayonda turli xil vosita va uslublardan samarali foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Венера Айтековна Бабажанова, Аман Кутлымуратович Утепбергенов, Гулбахар
Аймуратовна Баймуратова, Гулзар Джумабаевна Ережепова ИССЛЕДОВАНИЕ
КРЕПОСТИ ТЕЛОСЛОЖЕНИЯ (ИНДЕКС ПИНЬЕ) У ЮНОШЕЙ, ПРОЖИВАЮЩИХ В
РАЗЛИЧНЫХ РАЙОНАХ ПРИАРАЛЬЯ. 13 Инновационные технологии в образовании и
науке, 2014
02. Kutlimurotovich, U. A. (2020). GENERAL PHYSIOLOGICAL PRINCIPLES OF
PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS. European Journal Molecular & Clinical Medicine,
7(9), 2366-2371.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
43
3. Утепбергенов, А. К., Утениязова, Д. К., & Есенбекова, Э. Ж. (2017). Исследование
экологических факторов в изменении антропометрических показателей у юношей в
Республике Каракалпакстан. In Инновационные технологии в образовании и науке (pp. 16-
18).
4. Kutlimurotovich, U. A. (2021). The Concept of The Management of Body Functions and Their
Properties. Organism and environment.
5. Утепбергенов, А., & Кутлымуратов, М. (2016). ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ
НЕКОТОРЫХ КАРАКАЛПАКСКИХ НАРОДНЫХ ИГР. Апробация, (3), 88-90.
6. Kutlimurotovich, U. G. (2020). THE CLASSIFICATION OF NATIONAL MOVEMENT
GAMES THAT TRAIN PHYSICAL QUALITIES AND WAYS TO TEACH THEM.
International Engineering Journal For Research & Development, 5(8), 4-4.
