ABDULLA ORIPOV POETIKASINING O‘ZIGA XOSLIGI

Аннотация

She’r – ko‘ngil mulki. Shoir o‘zining nafis qalami bilan yurakdan bitilmish qog‘ozi yonida yolg‘iz qolar ekan, albatta, ilhom qanotida parvoz qiladi. Bilaks, bu holat sodir bo‘lmas ekan, uning asari o‘rtamiyona asardan nariga qanchalik urinsa ham, o‘ta olmaydi. Modomiki shunday ekan,ijodkor she’r yozayotganda uni ich-ichidan his qilib, har bir so‘zni zanjirdek tizib yozmog‘i, unga bor-buduni bermog‘i lozim. Zero, atoqli adib Asqad Muxtor: “Ijod dardi yo‘l azobidir” – deya bejiz aytmagan. Yo‘l azobi qanchalik qiyin, mashaqqatli bo‘lsa, ijod dardi ham xuddi shunchalik zahmatlidir.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
58-62
26

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Axmedova Muxlisa, Quranboyeva Nozima, & Satmuratova Xurmo. (2023). ABDULLA ORIPOV POETIKASINING O‘ZIGA XOSLIGI. Международный журнал теории новейших научных исследований, 1(1), 58–62. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ijrs/article/view/71391
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

She’r – ko‘ngil mulki. Shoir o‘zining nafis qalami bilan yurakdan bitilmish qog‘ozi yonida yolg‘iz qolar ekan, albatta, ilhom qanotida parvoz qiladi. Bilaks, bu holat sodir bo‘lmas ekan, uning asari o‘rtamiyona asardan nariga qanchalik urinsa ham, o‘ta olmaydi. Modomiki shunday ekan,ijodkor she’r yozayotganda uni ich-ichidan his qilib, har bir so‘zni zanjirdek tizib yozmog‘i, unga bor-buduni bermog‘i lozim. Zero, atoqli adib Asqad Muxtor: “Ijod dardi yo‘l azobidir” – deya bejiz aytmagan. Yo‘l azobi qanchalik qiyin, mashaqqatli bo‘lsa, ijod dardi ham xuddi shunchalik zahmatlidir.


background image





58

ABDULLA ORIPOV POETIKASINING O‘ZIGA XOSLIGI

Axmedova Muxlisa, Quranboyeva Nozima,
Satmuratova Xurmo

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti
talabalari


Annotatsiya.

She’r – ko‘ngil mulki. Shoir o‘zining nafis qalami bilan yurakdan bitilmish

qog‘ozi yonida yolg‘iz qolar ekan, albatta, ilhom qanotida parvoz qiladi. Bilaks, bu holat sodir
bo‘lmas ekan, uning asari o‘rtamiyona asardan nariga qanchalik urinsa ham, o‘ta olmaydi.
Modomiki shunday ekan,ijodkor she’r yozayotganda uni ich-ichidan his qilib, har bir so‘zni
zanjirdek tizib yozmog‘i, unga bor-buduni bermog‘i lozim. Zero, atoqli adib Asqad Muxtor:
“Ijod dardi yo‘l azobidir” – deya bejiz aytmagan. Yo‘l azobi qanchalik qiyin, mashaqqatli
bo‘lsa, ijod dardi ham xuddi shunchalik zahmatlidir.

Kalit

so‘z:

she`r,she`riyat,motiv,ijod,

“Tilla

baliqcha”,

tasvir,poetik

did,

xalqchillik,ilhom, “Qo‘riqxona”she`ri, didaktik qarash.


Abdulla Oripovda mana shu xususiyat, mana shu jihat, mana shu teranlik

oliy nuqtaga yetgan. Umuman olib qaraganda shoir she’r yozar ekan, mana shu
lirikasi orqali nima demoqchi bo‘lgani, kimni maqtab, kimdan alamini
olmoqchiligi, insoniyatga daxldor bo‘lgan didaktik g‘oyalarni kitobxonning ongi-
shuuriga so‘zning nozik jihatlaridan foydalanib yetkazishga tirishadi. Yozuvchi
poetikasini o‘qir ekansiz, biror bir so‘zni noo‘rin qo‘llanililmaganiga guvoh
bo‘lasiz. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, uning she’rlarida, ayniqsa, falsafiy
g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan she’rlarida fikr yalang‘och tasvirlanmaydi. Ayniqsa,
fikrimizning yorqin dalili “Tilla baliqcha” she’ri orqali yanada ravshanlashishi
mumkinligini ko‘rishimiz mumkin:

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni
Xor-xas xazonlar ustin yopdilar.
Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va gavjum tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni.

Ushbu to‘rtlikni talqin qilishdan avval she’r yozilgan davrga diqqat qilish
maqsadga muvofiqdir. Tasavvur qiling: o‘tgan asrning oltmishinchi yillari, ayni
shu davrda butun SSSRda, shu jumladan, bizning yurtimizda ham “sovet
xalqlarining manfaati bitta” degan soxta shior bong urgan, barcha rahbarlar “biz


background image





59

eng qudratli davlatda yashayapmiz, biz eng baxtiyor avlodmiz” – deya jarangdor
so‘zlar bilan butun xalqni, eng avalo, o‘zlarini aldash avj nuqtaga yetgan davr edi.
Holbuki, mamlakat iqtisodiyoti yildan-yilga pasayib, kommunizm qurish
(kommunizm – sotsializmning yuqori bosqichi, u sotsializmning yuksak tarixiy
taraqqiyoti natijasida paydo bo‘ladi deb uqtirilgan) har bir rahbar davrida ortga
surilayotgani kundek ravshan edi. Abdulla Oripov mana shunday qaltis davrda
tilning ko‘chma ma’nolaridan mohirona foydalanib, ushbu she’rni shoirona
mahorat ila qog‘ozga bitgan edi. Poetik didi va saviyasi yuqori, lirikani tahlil qilish
ko‘nikma-malakasiga ega bo‘lgan kitobxon “loyqa hovuz” asar yozilgan muhitdagi
jamiyat, tuxumdan chiqqan “tilla baliqcha” o‘sha davrdagi odamlar, “tashlandiq
ushoq” esa ana shu insonlarga berilgan soxta mafkura ekanligini tezda fahmlagan
bo‘lsa kerak. She’r so‘ngida shoir “Menga alam qilar tilla baliqcha, Bir ko‘lmak
deb bilar butun dunyoni” deyishi orqali mana shu turmushdan boshqa yaxshisi
yo‘q deb bong urayotganlarning ahvoliga achinishi yaqqol sezilib turibdi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, adib bu yerda lingvistikaning nozik
qirralaridan unumli foydalanib, fikrni metoforik usullar yordamida kitobxonga
ta’sirchan tarzda yetkazishning samarali yo‘lida foydalangan. Bundan tashqari
fikrni ochiq tarzda bayon etish, birinchidan, ijodkor yashagan muhitda shoirni bir
qadar xavf ostiga qo‘ysa, ikkinchidan, she’rning badiiy qimmatini yo‘qqa
chiqarishi, natijada she’r bugungi kundagi ahamiyatini yo‘qtishi hech gap emasdi.
Shularni hisobga olgan holda shoir kitobxonga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni
yuqorida zikr etganimizdek, haminqadar ko‘chma ma’nolar orqali bayon etgan,
nazdimizda. Shoir she’rlarini o‘qir ekansiz, bevosita yurak jiz etmasdan qolmaydi.
Lirikasi xalqchil, soddda, ravon, Qofiya tartibining ham, ko‘pincha, a-b-a-b
tarzida, barmoq vaznining asosan yetti, to‘qqiz, o‘n bir bo‘g‘inlardan foydalanishi
asarni o‘qishni qilishda benihoya katta vazifani bajargan.
Adib asarlarining aksariyati qo‘shiq bo‘lib kuylanishining ham asosiy
sababi mana shunda omilda bo‘lsa ne ajab.Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek,
adibning aksar she’rlarida o‘zbekona dard bor. Abdulla Oripov she’rni hech
qachon shunchaki yozmaydi, go‘yoki Halima Xudoyberdiyevaning: “Shunchaki
yozmoqlik – shoirga o‘lim” tamoiliga qattiq amal qiladi. Asarlarini sharqqa xos
donolik, vazminlik, zukkolik nilan sug‘oradi. Bu jarayonda unga sharq mumtoz
lirikasining katta bilimdoni ekanligi nihoyat darajada qo‘l keladi, asqatadi. Shu
sababli ham ijodkor bejizga: “Sharqqa she’riyatni o‘rgatib bo‘lmaydi”, – deya
aytib o‘tgan edi.


background image





60

Adabiyotshunoslik ilmidan ma’lumki, Sharq mumtoz poetikasi ko‘proq
falsafiy, axloqiy, didaktik qarashlarga suyanadi, aksar asarlar mana shu g‘oyaviy
birlik asosida yozilganligi hech kimga sir emas. Mumtoz asarlarimizning nodir
durdonalari qatoridan o‘rin olgan “Qutadg‘u bilig”, “Hibbat ul-haqoyiq” kabi
asarlarni sanab o‘tishning o‘ziyoq fikrimizning naqadar o‘rinli ekanligini ko‘rsatib
turibdi. Abdulla Oripov Sharq mumtoz poetikasining o‘tkir bilimdoni ekanligini
hisobga olsak, yuqorida sanab o‘tilgan asarlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyuatlarini
o‘z she’riga singdirib yuborishi, singdirib yuborganda ham tatimli, yoqimli tarzda
singdirib yuborishi, birinchidan, yuksak shoirlik iste’dodidan, ikkinchidan esa,
Sharq she’riyatining ulkan bilimdoni ekanligidan dalolatdir. Mumtoz poetikamiz
o‘ziga xos an’analarga boy. Bu boy an’analar Abdulla Oripov tomonidan
o‘rganildi,sayqallashtirildi, takomilashtirildi, rivoylantirildi. Faqat unga yangicha
yondashish, talqin qilish, kezi kelganda o‘rni bilan tayanish muhimdir. Ammo
unutmaslik kerakki, me’yoridan ortiq tayanish, ko‘pincha, taqlidga olib kelishi
mumkin. Mana shu insoniylik, ezgulik, yaxshilik, odamiylik singari tuyg‘ular
Abdulla Oripov she’riyatining asosiy mezonlaridan biri edi.
Adibning “Qo‘riqxona” she’ri, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Ma’lumki,
qo‘riqxonada tabiatda kamyob bo‘lgan turfa xil gullar, o‘simliklar, hayvonlar va
shu tipdagi narsalar saqlanadi. Sezganingizdek, she’rning daslabki bandlarida
mana shu jihatlar qalamga olingan. Keyingi misralarda mana shu jihatlar
alqovlangan:

Munis mavjudotga mehr-u shafqat bu
Bu inson qalbida balqqan hamiyat.

She’r davomida esa “Sof qalbni uchrsatsangiz, atrofini darhol o‘rab oling”,
“Insofni yuzsizlik xarob etmasdan o‘rab oling”, “Ezgulik dunyoda tojdor turna
kabi kamyob bo‘lmasidan avval o‘rab olish darkor”, “Otashga duch kelgan
polapon misoli kuymasdan hayoni asrang” singari ma’nolarni yuklashi she’rning
qiymatini anchayin oshirgan. Bizga ma’lumki, lirika badiiy va hayotiy haqiqat
uyg‘unlashganda uning qimmati ortadi, kitobxonni ta’sirlantiradi, uni o‘yga
toldiradi. Endi she’rdagi jumlalarga e’tibor qaratsak, biz hayotiy va badiiy haqiqat
naqadar uyg‘unlashib, she’r jozibasiga joziba qo‘shgan. E’tibor qilsak, “tojdor
turna kabi kamyob bo‘lmasdan avval ezgulikni asrash kerak” mazmunidagi
fikrning ishlatilishi o‘quvchini beixtiyor o‘yga toldiradi, mushohadaga chorlaydi,
uni bevosita badiiyat ummoniga tortib ketadi. Endi tasavvur qilaylik: “agar shoir
shunchaki ezgulikni asrang” deb yozgani qanday ta’sir qiladi-yu, yuqoridagi tarzda


background image





61

so‘zlarni marjondek tizib xitob qilsa, qay holda ta’sir qiladi. Albatta, shoirona,
falsafiylik bilan sug‘orilgan, badiiyatga hayotiy haqiqat uyg‘unlashgan holda
tasvirlash birinchi aytilgandagi variantga qaraganda ancha sezilarli darajada ta’sir
qiladi. O‘quvchi bevosita tojdor turnaning kamayganligiga e’tibor qaratadi va
ezgulikni shu holatga tushib qolishdan saqlashga tirishadi. She’rning badiiy
qimmat ham aslida mana shunda. Agar shu holat sodir bo‘lsa, ijodkor albatta o‘z
maqsadiga erishgan bo‘ladi, yanada ilhom olib, mukammal asarlar yaratadi.
O‘zbek mumtoz adabiyoti Alisher Navoiy davrida cho‘qqiga yetdi. Modomiki
shunday ekan, Navoiyning ijodi Abdulla Oripov she’riyatiga juda kata ta’sir
ko‘rsatganligi tabiiy. Shu sababli ham Navoiyga bag‘ishlab bir qancha she’rlar
yaratdi, uning asarlariga muxammaslar bog‘ladi, Hattoki shoirlar ijodidagi
umumlashma mavzu hisoblanadigan ona timsoli haqida she’r yozayotganida ham
Abdulla Oripov Navoiy timsolidan foydalanishni o‘ziga xos tarzda amalga oshirdi.
Shu sababli ham “Navoiyning onasi-da, Alisherning onasi”, degan misralari
dunyoga keldi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Abdulla Oripov zamoviy she’riyatga
murojaat qilsa ham, mumtoz poetikaga murojaat qilsa ham o‘z ishiga shoirona
yondashdi. Shunday asarlar bitdiki, uning nomini bugungi kunda ham dunyoga
tarannum etmoqda. Abdulla Oripov vafot etgan bo‘lsa ham, muhtaram
Prezidentimiz

Shavkat

Mirziyoyev

tashabbuslari

bilan

shoir

nomini

abadiylashtirish uchun bir qancha madaniyat muassasalariga, istirohat bog‘lariga,
maktab va litseylarga adib nomi berildi. Ulug‘ bobokalonimiz Zahiriddin
Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida: “ Ismning yodga olinishini hakimlar
ikkinchi umr deb ataganlar”, – jumlasi bejiz qo‘llanmagan. Demak, Abdulla
Oripovning ikkinchi umri ijodkorlar, yozuvchilar,kitobxonlar, umuman, ilm
ahlining qalbida mangu yashamoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Atakhanovna, Y. G. (2020). ON THE CREATION OF EDUCATIONAL
CONTENT

AND

THE

PECULIARITY

OF

ITS

USE

FOR

MISCELLANEOUS LEARNING IN THE LESSONS OF THE UZBEK
LANGUAGE. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for
English Language and American Studies, 9(2), 58-65.

2.

Kabulova, Z. A. (2022). Development of spiritual and formal-methodological
studies in modern Uzbek and Karakalpak poetry. Asian Journal of Research in
Social Sciences and Humanities, 12(5), 56-59.


background image





62

3.

Abdurakhimova, D. K. (2014). PREREQUISITES FOR THE TRANSITION
OF TRADITIONAL BANKS TO DIGITAL BANKING. The Way of Science,
23.

4.

Iriskulov, A., Aslanov, A., & Subhonova, A. (2021). WHY DO WE NEED A
GLOBAL LANGUAGE?. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

5.

Subxanovich, A. A. (2023). Communication Features of a Qualified Doctor
with Different Patients.

6.

Kdirbaeva, G., & Usenova, V. (2021). Challenges In Teaching And Learning
Efl At Karakalpak Schools (On The Example Of Nukus Public Schools).
Ilkogretim Online-Elementary Education Online, 20(3), 1606-1616.

7.

Allambergenovich, K. G. (2021). Use of the kazakh language in
karakalpakstan. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research
Journal, 11(5), 279-284.

8.

Gulmurza, K. (2021). Synonymy in Uzbek and Karakalpak Phrases with the
Concept of" Speech". American Journal of Social and Humanitarian Research,
2(6), 98-103.

9.

Khodjaniyazov, E., Xudayarova, M. T., Yuldasheva, S. S., Buranova, S. M., &
Kabulova, D. S. (2020). HISTORICAL BACKGROUND OF FOOD NAMES
IN UZBEK DIALECT IN KARAKALPAKSTAN REGION.

Journal of

Critical Reviews

,

7

(18), 3564-3570.





Библиографические ссылки

Atakhanovna, Y. G. (2020). ON THE CREATION OF EDUCATIONAL CONTENT AND THE PECULIARITY OF ITS USE FOR MISCELLANEOUS LEARNING IN THE LESSONS OF THE UZBEK LANGUAGE. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 9(2), 58-65.

Kabulova, Z. A. (2022). Development of spiritual and formal-methodological studies in modern Uzbek and Karakalpak poetry. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5), 56-59.

Abdurakhimova, D. K. (2014). PREREQUISITES FOR THE TRANSITION OF TRADITIONAL BANKS TO DIGITAL BANKING. The Way of Science, 23.

Iriskulov, A., Aslanov, A., & Subhonova, A. (2021). WHY DO WE NEED A GLOBAL LANGUAGE?. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Subxanovich, A. A. (2023). Communication Features of a Qualified Doctor with Different Patients.

Kdirbaeva, G., & Usenova, V. (2021). Challenges In Teaching And Learning Efl At Karakalpak Schools (On The Example Of Nukus Public Schools). Ilkogretim Online-Elementary Education Online, 20(3), 1606-1616.

Allambergenovich, K. G. (2021). Use of the kazakh language in karakalpakstan. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 279-284.

Gulmurza, K. (2021). Synonymy in Uzbek and Karakalpak Phrases with the Concept of" Speech". American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(6), 98-103.

Khodjaniyazov, E., Xudayarova, M. T., Yuldasheva, S. S., Buranova, S. M., & Kabulova, D. S. (2020). HISTORICAL BACKGROUND OF FOOD NAMES IN UZBEK DIALECT IN KARAKALPAKSTAN REGION. Journal of Critical Reviews, 7(18), 3564-3570.