INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARDA GRAMMATIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Abstract

O`yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo`lish, jasur, qat`iyatli bo`lish, qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam beradi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
f
96-98
42

Downloads

Download data is not yet available.
To share
O‘rozboyev, P. (2024). INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARDA GRAMMATIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH. International Journal of Recently Scientific researcher’s Theory, 2(11), 96–98. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ijrs/article/view/61514
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

O`yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo`lish, jasur, qat`iyatli bo`lish, qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam beradi.


background image





96

7.1

2

11

INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARDA GRAMMATIK O‘YINLARDAN

FOYDALANISH

Po‘lat O‘rozboyev

Nukus

davlat

pedagogika

instituti

O’zbek tili kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya:

O`yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo`lish, jasur, qat`iyatli

bo`lish, qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam beradi.

Kalit so’zlar:

o’yinlar, integratsiyalar, Grammatik o’yinlar, o’qituvchi.

Respublikamiz xalq ta`limi oldida turgan asosiy vazifa har tomonlama kamol

topgan sog`lom, qobiliyatli, o`z Vatani va xalqiga sodiq insonlarni tarbiyalash va
ularni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu ulug` maqsadni ro`yobga chiqarish xalq
ta`limi tizimiga qarashli barcha xodimlar va keng o`qituvchilar ommasidan o`z
ishiga ijodiy yondashish, har bir ishda yuksak samaradorlikka erishish xilma-xil
metodik usullarni o`ylab topish hamda uni maktab hayotiga tadbiq etishni talab
qiladi. Bugun maktablarda ta`lim olayotgan o`quvchilar ilm-fan, texnika taraqqiyoti
erishgan bir qator yutuqlardan bahramand bo`lgan ma`lum darajada bilimli
kishilardir.

O`quvchiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli

mashg`ulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Ruhshunoslarning
aniqlashicha bolalar o`qituvchining oddiy tushuntirishi orqali egallab olgan
ma`lumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali o`zlari mulohaza yuritib
mustaqil bajargan ishlari vositasida o`zlashtirilgan bilimlarini uzoq esda saqlab
qoladilar. Chunki o`quvchi mustaqil mashqlarni bajarishda faoliyat ko`rsatib, ilgari
olgan bilimlariga tayangan holda ko`plab o`quv materiallarini hayolidan o`tkazadi.
O`xshash hodisalarni taqqoslaydi. O`zicha mulohaza yuritib mustaqil hukm
chiqaradi. O`qituvchilarning tayyor holda bergan ma`lumotida esa o`quvchi fikrlash
faoliyati to`la ishga kirishmasdan to`g`ri javobni o`zlashtirib oladi. O`xshash
hodisalarga duch kelishi bilan o`qituvchi bergan bilimni amaliyotga taqbiq qilishda
qiynalib qoladi. Davlat ta`lim standarti va amaldagi maktab dasturlarida o`quvchi
egallashi lozim bo`lgan materiallar ancha murakkab bo`lib, bolalarning bu bilimlarni
bosqichma-bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini
taqozo etadi.

Bugungi Davlat ta`lim standarti va ta`lim tizimi o`qituvchilar oldiga o`ta

mas`uliyatli vazifalar yuklamoqda. Muallim har bir o`tilayotgan darsga ijodiy
yondashishi, mashg`ulotlarni ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida qurishi,
darsning har bir minutidan unumli foydalanishi zarur. Mashg`ulotlarni shunday


background image





97

7.1

2

11

tashkil etish kerakki, o`quvchi har bir dars davomida egallashi lozim bo`lgan bilimlar
hajmini, o`zida hosil qiladigan ko`nikma va malakalarni oldindan belgilab olishi
lozim. Bu o`z navbatida o`quvchining mashg`ulotlarga aniq maqsad bilan
qatnashishini taqozo qiladi. Chunki o`quvchi darsning oxirida belgilangan maqsadga
erishganligini bilish imkoniyatiga ega bo`lishi zarur.

Bola dunyoga kelishi bilan ota-ona va qarindosh-urug`lari kundan-kun o`sib

borayotgan yosh inson faoliyatida odamlarga xos har xil harakatlarni ko`rgisi keladi
va tez orada bu orzularining ro`yobga chiqayotganligining guvohi bo`ladi. Dastlabki
davrlardan boshlab ona o`z bolasining qo`l-oyoq va gavda harakatlarini o`yin sifatida
shakllantiradi. Keyinchalik bolaning butun faoliyati o`yin bilan bog`liq bo`ladi. Asta-
sekin o`yin yosh bola hayotining asosiy mashg`ulotiga aylanadi. O`yin bolani aqliy,
axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash vositalaridan biridir. Bolalar o`yinlari yosh
avlodni har tomonlama kamol toptirishiga samarali ta`sir ko`rsatadi. O`yin vaqtida
bolaning sezgi va idroki, tafakkur va xayoli, xotira va diqqati, iroda va hissiyoti kabi
ruhiy jarayonlari ishtirok etadi.

O`yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo`lish, jasur, qat`iyatli

bo`lish, qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam
beradi.Bola kattalarning kundalik hayotiy faoliyatidagi yumushlarni o`yin orqali
bajarishga intiladi. Garchi bolalar o`yinlari mazmunan kattalar faoliyatining bir
ko`rishi bo`lsa-da, uning o`ziga xos jihatlari bor. Birinchidan, bola o`yinni o`z
xohishi bilan erkin va ijodiy bajaradi. Bu o`yinlar emotsional bo`lib, bolani o`ziga
rom qilib oladi. Bola o`yinga qiziqib ketadi, zavqlanadi, o`rtoqlik hissi kuchayadi.
Bolalar o`yinlari mazmuniga ko`ra o`yinchoqli, harakatli va didaktik turlarga
bo`linadi. Bu o`yinlarning barchasi bolalarni faoliyat yuritishga chorlaydi. Didaktik
o`yinlar esa bolaga ta`lim berishga qaratilganligi bilan ajralib turad.
Didaktik o`yinlar maktab o`qituvchilari tomonidan ijod qilingan. Bu o`yinlar
katta maktab o`quvchilariga mo`ljallanadi.O`yin orqali bola jamoani tushunadi. O`zi
bajarayotgan mashg`ulotga nisbatan ongli munosabatda bo`ladi. Har bir mashg`ulot
jarayonida ixtiyoriy diqqatini ishga soladi. O`yinda ilg`orlikka, g`alaba qozonishga
intiladi. Maktab bola hayotida juda muhim o`rin turadi. Shu davrda u atrof-muhit,
jamiyat va kishilar mehnati, maktab-maorif haqidagi bilimlarni egallaydi. Kecha
o`yin bilan band bo`lib, erkin faoliyat ko`rsatib yurgan bolaning birdan maktabning
ichki qonun-qoidalariga moslashishi, belgilangan tartib asosida mashg`ulotlarga o`z
vaqtida qatnashishi oson kechmaydi. Shu tufayli kichik maktab yoshidagi bolalar
o`yin bilan bog`liq darslarda juda faol qatnashadi. Biz o`qituvchilar buni hisobga


background image





98

7.1

2

11

olib, darslarga o`yin elementlarini kiritishimiz va undan ta`lim-tarbiyaviy
maqsadlarda samarali foydalanishimiz lozim.

Grammatik o`yinlarni o`tkazish usullari xilma-xil bo`lib, uni maktab

o`qituvchilari mukammal egallab olishlari va o`quvchilarning o`zini shunga o`rgatish
zarur. Grammatik o`yinlar til materiallarini o`rgatishdagi qiyinchiliklarni bartaraf
etishga yordam beradi. Bu o`yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan
holda amalga oshiriladi. Grammatik o`yinlar bolalarda mustaqillikni tarbiyalaydi.
O`quvchilarni tez o`ylashga, mustaqil fikrlab javob berishga, zehnli bo`lishga, har bir
ishda tashabbus ko`rsatishga undaydi. Faoliyat ko`rsatishga chorlaydi. Bu
mashg`ulotlar bolalarning diqqatini bir yerga to`playdi. O`quvchilarda sog`lom
musobaqa ruhini tug`diradi. Bunday didaktik o`yinlar va ularda berilgan
topshiriqlarni bajarish jarayonida o`quvchilarda jamoa bilan ishlash, o`ziga va o`z
jamoasiga hamda o`zgalarga hurmat-e`tiborda bo`lish xislatlari shaklanadi. O`yin
jarayonida ularning muomala madaniyatida ijobiy munosabatlar tarkib topadi. Bu
o`yinlar o`quvchilarni faollik ko`rsatish, topqirlik, fahm-farosatli bo`lishga, dars
jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotga taqbiq eta olishni talab qiladi.

Reference:

1.

Y.Abdullaev, R.Safarova,A.Sayfullaev,R.Yo‘ldashev. Ona tili ta’limining maqsad
va vazifalari.Davlat ta’lim standartiga sharh.(DTS 48-54 –betlar.)

2.

Qo‘ldashev B.Ona tili va adabioyt darslarining o‘zaro integratsiyalashuvi.Andijon.
2006.

3.

Norov, I., Yo’ldoshev, J., & Yo’ldoshev, S. (2023). ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA DARS TASHKIL QILISH. INTERNATIONAL
JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY, 1(4), 40-47.

4.

Yusupov, S. (2023). Use of Zonynyms in Works. International Journal of Trend in
Scientific Research and Development (IJTSRD).

5.

Shukhratovich, Y. S. (2022). STUDY OF NECRONYMS IN THE TERRITORY OF
KARAKALPAKSTAN. Gospodarka i Innowacje., 21, 101-104.

6.

Uldawlet, D. (2021). PSYCHOLOGICAL MECHANISMS THAT INCREASE THE
EFFECTIVENESS OF THE EDUCATIONAL PROCESS. Open Access Repository,
1(02), 52-53.

7.

Norov, I. (2020). New Technologies in the Education System of the New Century.
International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR).

8.

Halima, U. (2020). The importance of the PISA program in the primary grades.
INTERNATIONAL

JOURNAL

OF

DISCOURSE

ON

INNOVATION,

INTEGRATION AND EDUCATION, 1(4), 78-80.

9.

Norov, I. (2020). THE IMPORTANCE OF THE PISA PROGRAM IN THE
PRIMARY GRADES. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON
INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION.

References

Y.Abdullaev, R.Safarova,A.Sayfullaev,R.Yo‘ldashev. Ona tili ta’limining maqsad va vazifalari.Davlat ta’lim standartiga sharh.(DTS 48-54 –betlar.)

Qo‘ldashev B.Ona tili va adabioyt darslarining o‘zaro integratsiyalashuvi.Andijon. 2006.

Norov, I., Yo’ldoshev, J., & Yo’ldoshev, S. (2023). ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA DARS TASHKIL QILISH. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY, 1(4), 40-47.

Yusupov, S. (2023). Use of Zonynyms in Works. International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD).

Shukhratovich, Y. S. (2022). STUDY OF NECRONYMS IN THE TERRITORY OF KARAKALPAKSTAN. Gospodarka i Innowacje., 21, 101-104.

Uldawlet, D. (2021). PSYCHOLOGICAL MECHANISMS THAT INCREASE THE EFFECTIVENESS OF THE EDUCATIONAL PROCESS. Open Access Repository, 1(02), 52-53.

Norov, I. (2020). New Technologies in the Education System of the New Century. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR).

Halima, U. (2020). The importance of the PISA program in the primary grades. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(4), 78-80.

Norov, I. (2020). THE IMPORTANCE OF THE PISA PROGRAM IN THE PRIMARY GRADES. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION.