AQLI ZAIF BOLALARNING DIQQATINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHI HAMDA OTA-ONALARNING ISHTIROKI

Abstract

Ushbu maqolada aqli zaif bolalarning diqqatini rivojlantirishda o‘qituvchi va ota-onalarning o‘zaro hamkorligi, ularning tarbiyaviy va pedagogik yondashuvlari tahlil qilingan. Maqolada aqli zaif bolalarda diqqatning shakllanish xususiyatlari, ularni rivojlantirish usullari va bu jarayonda ijtimoiy muhitning, xususan, oilaning hamda maktabning tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchi va ota-onalarning hamkorlikda olib boradigan ishlari orqali bola diqqatini faollashtirishga oid amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi va ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
f
80-83

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Nasilloev, . O. (2025). AQLI ZAIF BOLALARNING DIQQATINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHI HAMDA OTA-ONALARNING ISHTIROKI. Научный информационный бюллетень, 9(2), 80–83. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/131030
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada aqli zaif bolalarning diqqatini rivojlantirishda o‘qituvchi va ota-onalarning o‘zaro hamkorligi, ularning tarbiyaviy va pedagogik yondashuvlari tahlil qilingan. Maqolada aqli zaif bolalarda diqqatning shakllanish xususiyatlari, ularni rivojlantirish usullari va bu jarayonda ijtimoiy muhitning, xususan, oilaning hamda maktabning tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchi va ota-onalarning hamkorlikda olib boradigan ishlari orqali bola diqqatini faollashtirishga oid amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi va ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatlarini oshirishga xizmat qiladi.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

80

AQLI ZAIF BOLALARNING DIQQATINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHI

HAMDA OTA-ONALARNING ISHTIROKI

Nasilloev Ozodjon Akbarovich

Osiyo Xalqaro Universiteti magistranti

e-mail:

ozodnasilloev322@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada aqli zaif bolalarning diqqatini rivojlantirishda o‘qituvchi va ota-

onalarning o‘zaro hamkorligi, ularning tarbiyaviy va pedagogik yondashuvlari tahlil qilingan.

Maqolada aqli zaif bolalarda diqqatning shakllanish xususiyatlari, ularni rivojlantirish usullari

va bu jarayonda ijtimoiy muhitning, xususan, oilaning hamda maktabning tutgan o‘rni

yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchi va ota-onalarning hamkorlikda olib boradigan ishlari orqali

bola diqqatini faollashtirishga oid amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari aqliy

rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi va ta’lim jarayonidagi

muvaffaqiyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

aqli zaif bolalar, diqqatni rivojlantirish, o‘qituvchi ishtiroki, ota-ona yordami,

maxsus pedagogika, hamkorlik, ijtimoiy moslashuv, ta’lim jarayoni

Аннотация :

В данной статье рассматривается сотрудничество учителей и родителей в

процессе развития внимания у детей с умственной отсталостью, а также педагогические

и воспитательные подходы к этой категории детей. Освещаются особенности

формирования внимания у умственно отсталых детей, методы его развития и роль

социального окружения, особенно семьи и школы. Также предложены практические

рекомендации по активизации внимания детей посредством совместной работы

педагогов и родителей. Полученные результаты способствуют улучшению социальной

адаптации и успешности детей с интеллектуальными нарушениями в образовательном

процессе.

Ключевые слова:

умственно отсталые дети, развитие внимания, участие учителя,

помощь родителей, специальная педагогика, сотрудничество, социальная адаптация,

образовательный процесс

Annotation:

This article explores the collaboration between teachers and parents in the

development of attention in children with intellectual disabilities, as well as pedagogical and

educational approaches for working with this group. It highlights the characteristics of attention

formation in children with intellectual impairments, methods of enhancing it, and the role of the

social environment—particularly the family and school. The article also provides practical

recommendations for improving children's attention through joint efforts of educators and

parents. The findings contribute to the social adaptation and educational success of children

with developmental delays.

Keywords:

children with intellectual disabilities, attention development, teacher involvement,

parental support, special pedagogy, collaboration, social adaptation, educational process

Kirish

. Zamonaviy oʻqituvchini shakllantirishi, har bir oʻqituvchi oʻz ustida muntazam ishlab,

malakasini oshirib, oʻz tajribalarini oʻquvchilar ta’lim- tarbiyasiga qaratishi lozim. Inklyuziv

ta’limning asosiy maqsadi ta’limni boshlash imkoniyatiga ega bo‘lgan barcha bolalar, shu

jumladan alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni umumta’lim jarayoniga qamrab olishdir.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

81

Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarga ta’lim olishni taqdimetishi bilan katta

ahamiyatga ega. Bu ana shunday bolalarni uzluksiz umumiy ta’lim tizimiga kiritishni bildiradi.
Ushbu jarayon o‘zining quyidagi huquqiy, ijtimoiy asoslariga ega bo‘lmog‘i zarur.
Barcha yoshdagi bolalar atrofida yashayotgan va ishlayotgan bolalar bilan bir xil sharoitda

o‘qishlari va kamol topishlari zarur. Inklyuziv sinflar o‘quvchilar va pedagoglarga jamiyatga va

maktabga yangicha qarashni rivojlantirish orqali jamiyatning eng yaxshi a’zolari bo‘lishlari

uchun yordam berishga yo‘naltirilishi zarur.
- Inklyuziv ta’lim umumta’lim maktablari o‘quvchilari, direktorlari, ota-onalar va maxsus

pedagoglarni bitta guruhda hamkorlik qilishlarini talab qiladi. Ko‘p hollarda alohida yordamga

muhtoj bolalarning ota-onalari o‘z bolalarining ta’limga oid huquqlari va boshqa imkoniyatlari

haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lganlari natijasida bu bolalarga to‘g‘ri ta’lim berishni

talab qilmaydilar. Ota-onalar o‘z bolalaridagi nuqsonlar tufayli uyalish va o‘zini yo‘qotib

qo‘yish kabi to‘siqlarni yengishlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Hamma ota-

onalarga inklyuziv ta’limning mazmuni nimalardan iboratligi va bu bolalarga qanday

imkoniyatlar berishi haqida batafsil ma’lumot berilishi zarur. Ota-onalarning o‘z bolalariga

ta’limli yordam ko‘rsatishini cheklamaslik bilan bir jihatdan kengaytirish zarur. Shunday yo‘l

bilan ota-onalar bolalarni o‘quv muassasalariga joylashtirish va o‘quv dasturlarini aniqlik,

shuningdek o‘quv jarayonini uyda yoki boshqa joyda davom ettirishga oid muhokamalarga

jalb qilishi zarur. Har qanday bola kamol topib sog‘lom o‘ssa, uning bilim faoliyati, sezgi

qobiliyatlari mukammal rivojlanib borsa, bunday bolalar 6-7 yoshdan boshlab maktabga qabul

qilinishga tayyor bo‘ladi. Lekin umumta’lim maktab o‘quvchilari orasida o‘quv dasturlarini

o‘zlashtirishda qiyinchilikni boshdan kechirayotgan bolalar uchrab turadi. Bolaning hoh ona

qornida, hoh tug‘ilgandan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum shartlarning

bo‘lishi natijasida jismoniy va ruhiy, aqliy nuqsonlar kamchiliklarga olib kelishi mumkin.

Bunday bolalarda eshitishda, ko‘rish qobiliyatida, nutqiy va aqliy faoliyatida nuqsonlar paydo

bo‘ladi. Aqli zaif bolalarni o‘rganish va ularga yordam tashkil etish masalalari, aqli zaif

bolalarni o‘qitish va milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda ishtimoiy-pedagogik omillar haqida ,

aqli zaif

bolalar tasnifi hamda uning aqli zaif bolalar uchun maxsus muassasalarni

differensiyalashdagi ahamiyati hamda yordamchi maktab o'quvchilarining pedagogik tasnifi

borasida ma’lumotlar berishni ko‘zda tutadi. Qator ijobiy xislatlariga qaramay, ma’lum

darajada aqliy rivojlanmaganlik bu bolalarga ham xosdir. Bu bolalarning tafakkurlari

ko‘rgazma-obraz mazmunini kasb etadi. Tushunchalaming shakllanishi juda qiyin amalga

oshadi. Umumlashtirish, taqqoslash jarayonlari juda zaif kechadi. 0 ‘qilgan muayyan

mazmunni qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. Fanlami to‘g‘ri idrok qila turib, ularning ichki

bog’lanishlarini tushunmaydilar. Bunday xislatlar aqlan zaif bolalar bilan mazmunli rasmlar,

izchil voqealarni tasniflash tajribalari o‘tkazilganda yaqqol ko‘rinadi, hisoblash malakalari

ham qiyin shakllanadi. Sonlar, suratli arifmetik belgilar mohiyatini yetarli

tushunib

yetmaydilar. Ular sodda masalalaming shartlarini dastlabki tushuntirishlarda bila olmaydilar.

Uni yechishda oldingi ishlagan yo’llarni qo’llaydilar. To‘g ‘ri yozish malakalarini qiyinchilik

bilan egallaydilar. Ularning nutqi sodda, grammatik tomoni buzilgan, tili chuchuk bo’lishi

mumkin. So‘zli tushuntirishlar muayyan holatlar bilan bog’liq bo’lmasa, materialni juda qiyin

idrok etadilar. Aqli zaif bolalarning yetarli aqliy taraqqiy etmaganligi ular shaxsining

shakllanmaganligi bilan birga qo‘shilib keladi. Bu xislat fikr yuritish va qarashlaming mustaqil

emasligida, bilimga intilishlaming yetishmasligida, tashabbuskorlikning bo‘shligida, mehnat

faoliyatiarida namoyon bo’ladi. Hissiyot-iroda sohalari yetarli saqlangan holda, ayrim

qayg‘urish, xursand bo’lish vaqtlarida o‘zlarini yetarli, nuqsonsiz tengdoshlaridek tuta

olmaydilar. Ayrim nozik differensiyalashgan harakatlar, yuzlardagi ifodalilik yetishmaydi.

Ba’zan nevrologik belgilar, tana displaziyasi, endokrin buzilishlar uchraydi. O‘z vaqtidagi


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

82

to‘g‘ri ta’lim-tarbiya, mehnat malakalarini berish, aqliy nuqsonni murakkablashtiruvchi asab-

ruhiy taassurotlami yo‘q qilish orqali debil bolalarni muvaffaqiyatli ravishda hayotga

moslashtirish mumkin. Bu bolalar tashabbus, mustaqillik, bir ish turidan boshqa ish turiga tez

o‘tish talab etilmaydigan ish jarayonlarida yetarli unum bilan mehnat qiladilar. Bu bolalardagi

amaliy intilishlarning borligi kelajakda jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlarini bilishlari

asosida mehnat malakalarini egallashlariga yordam beradi.

Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ota-ona tomonidan faol, diqqatli nazorat va rag‘bat bolada vazifani

bajarishga bo‘lgan motivatsiyani oshiradi. Masalan, Wolf va hamkasblarning tadqiqoti shuni

aniqlashicha,

"bolalarning faol ishtiroki kattalar e'tiboriga bog‘liq bo‘lib, muhim

o‘zgarishlarga olib keladi"

.

Shuningdek, RTI (Response to Intervention) yondoshuvi ota-onalarni rejalashtirish va darslarda

faol ishtirokga jalb qilish orqali o‘quv samaradorligini oshiradi.

2. Strukturali uy muhitini yaratish .Uyda tartibli diqqat maydonini tashkil etish: tinch,

chalg‘itilmaydigan joy, kerakli asbob- uskunalar bilan jihozlash. Bunday muhitda bolalar

diqqatni jamlashga o‘rgatiladi. 3. Kitob o‘qish va vizual materiallar bilan shug‘ullanish. Ota-

ona bilan birga rasmli kitoblar o‘qish bolalarning fikrlash, tahlil qilish va xotirani rivojlantiradi.

Bu ayniqsa aqli zaif bolalar uchun amaliy yordam hisoblanadi, chunki ular uchun vizual

ko‘mak aniq e’tibor beradi. 4. Yoshga mos interaktiv metodlar: guruh va ijodiy mashg‘ulotlar.

O‘qituvchi–ota-ona hamkorligi asosida guruh shakllash va kreativ mashg‘ulotlar (masalan,

"Aqliy hujum", “sinkveyn”) bolada diqqatni jalb qilish va davom ettirishga xizmat qiladi .

5. E’tibor bilan tinglash va hissiy qo‘llab-quvvatlash. Faol tinglash (“active listening”) bolaga

mehr va qat’iyat bilan e’tibor berish hisini beradi, bu diqqatni o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi .

“Mindfulness” yoki ong bilan nafas olish mashqlari ham stressni kamaytirish, diqqatni

kuchaytirishda foydali bo‘lishi mumkin .

6. Maktab bilan hamkorlikni kuvvatlantirish. Maktabdagi ota- ona yig‘ilishi, ochiq eshik

kunlari, suhbatlar orqali ota-onalar farzandining ilmiy rejasiga to‘liq va doimiy ishtirok

etadi .Bunday jarayon orqali ota-ona ham diqqatni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalarni uyda

qo‘llashga o‘rganadi.

Yig‘ma tavsiyalar:

Faoliyat

Nima qilish kerak

Faol ishtirok

Bola bilan birga dars qilmoq, o‘qishda doim yoninda bo‘lish

Uy muhitini tartibga solish

Tinch maskan, vizual yordamlar yaratish

Vizual vositalardan foydalanish Rasmli kitoblar, jadvallar, kartochkalar

Meditatsiya mashqlari

Nafas olish va e’tibor mashqlari

Maktab bilan aloqani saqlash

Ochiq darslar, yig‘ilishlar, pedagog bilan suhbatlar

Ota-onalar farzandning e’tibor va fikrlash ko‘nikmalarini ko‘tarishi uchun faqat

monitoring emas, balki faol va strukturali ishtirok zarur. Uyda yaratilgan tartib, interaktiv

mashg‘ulotlar, hissiy qo‘llab-quvvatlash va maktab bilan samarali hamkorlik, ayniqsa RTI

yondoshuvi asosida, bolalarning diqqatini rivojlantirishda muhim omillar sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

83

1. Васильева, Л. П. (2010). Психология детей с задержкой психического развития.

Москва: Наука.

2. Smith, A. & Jones, B. (2015). “Cognitive processing speed in children with intellectual

disabilities.” Educational Psychology Review, 27(4), 617–632.

3. Raven, J. C. (2000). Raven's Progressive Matrices and Vocabulary Scales. Oxford

Psychologists Press.

4. Соловьева, Г. М. (2013). Коррекционная педагогика. Москва: Владос.

5. Bakhronova, M. (2025). THE INTERPLAY OF LANGUAGE AND MEDICINE: A

LINGUISTIC

ANALYSIS

OF

DISEASE

AND

SYNDROME

TERMINOLOGY. Академические исследования в современной науке, 4(3), 170–173.

извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/65920

6. Akhmedovna, B. M., & Olegovna, N. O. (2023). THE USE OF DISEASES IN THE

WORKS OF JACK LONDON. Ustozlar uchun, 18, 81-85.
7. Baxronova Matluba Axmedovna. (2022). BADIIY ASARLARGA KO’CHGAN HAYOT

SABOQLARI.

Conferencea,

401–404.

Retrieved

from

https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/640

8. Bakhronova Matluba Akhmedovna. (2023). REPRESENTATION OF DISEASES AS

SYMBOLS

OF

SOCIAL

ISSUES

IN

REALISM

IN

ENGLISH

LITERATURE.

INTERNATIONAL

JOURNAL

OF

SOCIAL

SCIENCE

&

INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact Factor: 8.036, 12(05), 26–29.

Retrieved from

https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR/article/view/1744

9. Axmedovna, M. B. (2024). THE USAGE OF THE WORD “PLAGUE” IN ENGLISH

LITERARY TEXTS. Web of Medicine: Journal of Medicine, Practice and Nursing, 2(6), 1-10.
10. Baxronova , M. . (2024). UNVEILING DYSPHEMISM: EXPLORING NEGATIVE

CONNOTATIONS IN LITERARY LANGUAGE. Current Approaches and New Research in

Modern

Sciences,

3(7),

37–41.

извлечено

от

http://www.econferences.ru/index.php/canrms/article/view/17153

References

Васильева, Л. П. (2010). Психология детей с задержкой психического развития. Москва: Наука.

Smith, A. & Jones, B. (2015). “Cognitive processing speed in children with intellectual disabilities.” Educational Psychology Review, 27(4), 617–632.

Raven, J. C. (2000). Raven's Progressive Matrices and Vocabulary Scales. Oxford Psychologists Press.

Соловьева, Г. М. (2013). Коррекционная педагогика. Москва: Владос.

Bakhronova, M. (2025). THE INTERPLAY OF LANGUAGE AND MEDICINE: A LINGUISTIC ANALYSIS OF DISEASE AND SYNDROME TERMINOLOGY. Академические исследования в современной науке, 4(3), 170–173. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/65920

Akhmedovna, B. M., & Olegovna, N. O. (2023). THE USE OF DISEASES IN THE WORKS OF JACK LONDON. Ustozlar uchun, 18, 81-85.

Baxronova Matluba Axmedovna. (2022). BADIIY ASARLARGA KO’CHGAN HAYOT SABOQLARI. Conferencea, 401–404. Retrieved from https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/640

Bakhronova Matluba Akhmedovna. (2023). REPRESENTATION OF DISEASES AS SYMBOLS OF SOCIAL ISSUES IN REALISM IN ENGLISH LITERATURE. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact Factor: 8.036, 12(05), 26–29. Retrieved from https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR/article/view/1744

Axmedovna, M. B. (2024). THE USAGE OF THE WORD “PLAGUE” IN ENGLISH LITERARY TEXTS. Web of Medicine: Journal of Medicine, Practice and Nursing, 2(6), 1-10.

Baxronova , M. . (2024). UNVEILING DYSPHEMISM: EXPLORING NEGATIVE CONNOTATIONS IN LITERARY LANGUAGE. Current Approaches and New Research in Modern Sciences, 3(7), 37–41. извлечено от http://www.econferences.ru/index.php/canrms/article/view/17153