POLIMORBID BEMORLARDA POLIPRAGMAZIYA MUAMMOSI VA UNI BARTARAF ETISH USULLARI

Annotasiya

Polimorbid bemorlarda dori vositalarini ko‘p miqdorda qabul qilish (polipragmaziya) holatlari nafaqat samarasiz farmakoterapiyaga, balki nojo‘ya ta’sirlar va dori-dori o‘zaro ta’siri xavfining ortishiga ham sabab bo‘ladi. Ushbu maqolada polimorbidlik va polipragmaziya o‘rtasidagi bog‘liqlik, uning oqibatlari va klinik farmakologiya nuqtai nazaridan muammoni hal qilishdagi yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, dori tarkibini optimallashtirish, klinik farmakolog maslahatlari va elektron retseptlash tizimlarining ahamiyati yoritiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
179-183
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Siddiqov Olim Abdullayevich. (2025). POLIMORBID BEMORLARDA POLIPRAGMAZIYA MUAMMOSI VA UNI BARTARAF ETISH USULLARI. Ilm Fan Xabarnomasi, 8(2), 179–183. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/129426
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Polimorbid bemorlarda dori vositalarini ko‘p miqdorda qabul qilish (polipragmaziya) holatlari nafaqat samarasiz farmakoterapiyaga, balki nojo‘ya ta’sirlar va dori-dori o‘zaro ta’siri xavfining ortishiga ham sabab bo‘ladi. Ushbu maqolada polimorbidlik va polipragmaziya o‘rtasidagi bog‘liqlik, uning oqibatlari va klinik farmakologiya nuqtai nazaridan muammoni hal qilishdagi yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, dori tarkibini optimallashtirish, klinik farmakolog maslahatlari va elektron retseptlash tizimlarining ahamiyati yoritiladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

179

POLIMORBID BEMORLARDA POLIPRAGMAZIYA MUAMMOSI VA UNI

BARTARAF ETISH USULLARI

Siddiqov Olim Abdullayevich

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Annotatsiya:

Polimorbid bemorlarda dori vositalarini ko‘p miqdorda qabul qilish

(polipragmaziya) holatlari nafaqat samarasiz farmakoterapiyaga, balki nojo‘ya ta’sirlar va dori-

dori o‘zaro ta’siri xavfining ortishiga ham sabab bo‘ladi. Ushbu maqolada polimorbidlik va

polipragmaziya o‘rtasidagi bog‘liqlik, uning oqibatlari va klinik farmakologiya nuqtai nazaridan

muammoni hal qilishdagi yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, dori tarkibini

optimallashtirish, klinik farmakolog maslahatlari va elektron retseptlash tizimlarining ahamiyati

yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

polimorbidlik, polipragmaziya, dori terapiyasini optimallashtirish, nojo‘ya

ta’sirlar, klinik farmakologiya.

Abstract:

In patients with polymorbidity, the excessive use of multiple medications

(polypharmacy) leads not only to ineffective pharmacotherapy but also increases the risk of

adverse drug reactions and drug–drug interactions. This article analyzes the relationship between

polymorbidity and polypharmacy, the clinical consequences of this issue, and clinical

pharmacological approaches to its management. Particular attention is given to optimizing drug

regimens, the importance of clinical pharmacologist consultations, and the role of electronic

prescription systems.

Keywords:

polymorbidity, polypharmacy, optimization of drug therapy, adverse effects, clinical

pharmacology.

Mavzuning dolzarbligi.

So‘nggi yillarda aholining qarishi, hayot tarzi va salomatlik darajasi

o‘zgarishi tufayli polimorbid bemorlar soni keskin ortdi. Polimorbidlik — bir shaxsda bir vaqtda

ikki yoki undan ortiq surunkali kasallik mavjud bo‘lishi — klinik amaliyotda katta muammolarni

keltirib chiqarmoqda. Bu holat dori vositalarini ko‘p miqdorda buyurish zaruratini yuzaga

keltiradi. Ayni paytda, polipragmaziya — ya’ni bemorga keragidan ortiq miqdorda dori tayinlash

— xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

So‘nggi yillarda tibbiyot amaliyotida polipragmaziya — ya’ni bemorga bir vaqtda bir nechta dori

vositalarini tayinlash holatlari keng tarqalgan. Bu holat ayniqsa polimorbid, ya’ni bir nechta

surunkali kasallikka ega bo‘lgan bemorlarda ko‘proq uchraydi. Zamonaviy shifokorlar

amaliyotida har bir simptom yoki kasallik uchun alohida dori vositasi tayinlash tendensiyasi

mavjud. Ammo bunday yondashuv ko‘pincha kutilgan natijani bermasdan, aksincha, bemor

holatini yomonlashtirishi, nojo‘ya ta’sirlar sonini oshirishi mumkin. Polipragmaziya nafaqat

klinik, balki ijtimoiy, iqtisodiy va axloqiy muammo sifatida ham qaralishi lozim. Bir tarafdan,

dori vositalarining noto‘g‘ri va ortiqcha tayinlanishi davlat va bemor mablag‘larining samarasiz

sarflanishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan, bemor hayoti uchun xavf soluvchi nojo‘ya ta’sirlar,

dori-dori o‘zaro ta’sirlari, farmakokinetik ziddiyatlar, dozalash muammolari va komplaensning

pasayishi kabi salbiy oqibatlar yuzaga keladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

180

Polipragmaziyaning dolzarbligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri — aholidagi qarilik

darajasining oshib borishi hisoblanadi. Qariyalar odatda bir nechta surunkali kasalliklar

(gipertoniya, qandli diabet, yurak yetishmovchiligi, osteoartrit va h.k.) bilan bir vaqtda

yashashadi. Ushbu holat ularga bir vaqtda 5–10 ta va undan ortiq dori vositalarini tayinlash

ehtiyojini keltirib chiqaradi. Ammo qariyalarda jigar va buyrak faoliyatidagi o‘zgarishlar,

to‘qimalarning farmakokinetik xususiyatlari, ferment faolligining pasayishi dori metabolizmini

ham o‘zgartiradi. Shuning uchun polipragmaziya qariyalarda yanada ko‘proq xavf tug‘diradi.

Shu bilan birga, tibbiy xizmat ko‘rsatishning yuqori darajali ixtisoslashgan bo‘lishi ham

polipragmaziyani kuchaytirishi mumkin. Masalan, bir bemor terapevt, kardiolog, endokrinolog

va nevrolog tomonidan bir vaqtda ko‘riladi. Har bir mutaxassis o‘z sohasiga oid dori tayinlashi

natijasida bemorda 8–10 ta dori vositasi yig‘ilib qoladi. Bu dori-dori o‘zaro ta’siri, funksional

organlar yukining oshib ketishi va nojo‘ya ta’sirlar xavfini oshiradi. Shifokorlar o‘rtasidagi

muvofiqlashtirish yetishmasligi, yagona klinik strategiyaning mavjud emasligi shunday holatlar

yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biridir.

Polipragmaziyani dolzarb muammoga aylantiruvchi yana bir omil — dori vositalarining

ommaviy reklama qilinishi, internet orqali bemorlarning o‘zini-o‘zi davolash holatlari va dori

vositalarini ixtiyoriy ravishda qabul qilish tendensiyasining oshishi. Ayniqsa biologik aktiv

qo‘shimchalar (BAQ) va “tabiiy vositalar” ni ortiqcha ishlatish bunda katta rol o‘ynaydi. Ba’zi

hollarda shifokorning tavsiyasisiz qabul qilingan dori vositalari juda jiddiy nojo‘ya oqibatlarga

olib kelishi mumkin. Muammoni yanada dolzarblashtiruvchi jihat — polipragmaziyaning

kamroq tadqiq qilinganligi va umumiy protokollar bilan yetarlicha tartibga solinmaganligidir.

Hozirda jahon tibbiyotida “Deprescribing” deb nomlangan strategik yondashuv shakllana

boshlagan bo‘lib, u ortiqcha dori vositalarini kamaytirishga, ularni qayta ko‘rib chiqishga va har

bir tayinlangan dori uchun klinik zaruratni asoslashga qaratilgan. Ushbu yondashuv O‘zbekiston

kabi mamlakatlarda ham joriy etilishi dolzarb masaladir. Polipragmaziya nafaqat individual

bemor, balki butun sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham jiddiy yuk hisoblanadi. Dori

vositalarining ortiqcha iste’moli sog‘liqni saqlash budjetida xarajatlarni ko‘paytirishi, nojo‘ya

ta’sirlar tufayli qo‘shimcha kasallanish va gospitalizatsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shuning uchun ushbu muammoga qarshi samarali choralar ko‘rish, klinik farmakologlarning

rolini kuchaytirish, elektron retseptlash tizimlarini joriy etish, dori tarkibini doimiy ravishda

qayta ko‘rib chiqish kabi yondashuvlar muhim hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda,

polipragmaziya bugungi kunda nafaqat klinik amaliyotda, balki umumiy tibbiy siyosat darajasida

hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolardan biridir. Uning profilaktikasi va samarali

boshqarilishi polimorbid bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, nojo‘ya ta’sirlar sonini

kamaytirish va umumiy farmakoterapevtik natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi. Bu borada

klinik farmakologlar, umumiy amaliyot shifokorlari, tibbiyot muassasalari va davlat

organlarining o‘zaro hamkorligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Asosiy kism.

Polimorbidlik va polipragmaziya o‘rtasidagi bog‘liqlik

Polimorbid bemorlarga kamida 5-6 ta turli dori vositalari tayinlanishi amalda kuzatiladi. Masalan,

qandli diabet, arterial gipertoniya, ishemik yurak xastaligi va osteoartroz bilan birgalikda

yashovchi bemor bir vaqtda gipoglikemik vositalar, AGQ preparatlari, antiagregantlar, statinlar,

analgetiklar va boshqa preparatlarni qabul qilishi mumkin.

Polipragmaziya ushbu holatda shunchaki ko‘p dori qabul qilish emas, balki:

keraksiz yoki takroriy preparatlarni buyurish;


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

181

farmakokinetik va farmakodinamik o‘zaro ta’sirlarni hisobga olmaslik;

nojo‘ya ta’sirlar xavfini ko‘paytirishni anglatadi.

Polipragmaziyaning xavfli oqibatlari shundan iboratki, polipragmaziya faqat samarasiz

farmakoterapiya emas, balki bemor hayoti uchun jiddiy xavflar bilan bog‘liq. Bular quyidagilar:

Advers reaksiyalar (nojo‘ya ta’sirlar), ayniqsa qariyalarda; Gospitalizatsiyalar sonining

ko‘payishi; Dori-dori o‘zaro ta’sirlari, ayniqsa antikoagulyantlar va psixotrop vositalar bilan;

Terapevtik noaniqlik — qaysi dori foyda, qaysi ziyon keltirayotganini aniqlash mushkul;

Bemorning rejimga rioya qilmasligi (komplaens) — ko‘p dori qabul qilish bemorni charchatadi

va u davolashni to‘xtatishi mumkin.

Polipragmaziya sabablari asosan quyidagilardan iborat, ya’ni bemorda ko‘plab kasalliklar

mavjudligi; turli mutaxassislar tomonidan dori buyurilishi va muvofiqlashtirish yo‘qligi; "Har bir

simptomga alohida dori" prinsipi; tiklash yoki saqlash maqsadida "profilaktik" dori qo‘shish

holatlari; takroriy tayinlash.

Muammoni bartaraf etishdagi klinik farmakologik yondashuvlar quyidagilardan iborat:

1. Depreskraybing (Deprescribing) strategiyasi - klinik farmakolog va shifokorlar tomonidan

dori ro‘yxatini tahlil qilib, keraksiz, samarasiz yoki xavfli dorilarni tugatish bo‘yicha qaror qabul

qilish. Bu jarayonni quyidagi qadamlarda amalga oshirish mumkin: har bir dori vositasi

maqsadini aniqlash; uning samaradorligi va xavflarini baholash; zarur bo‘lsa, dozani pasaytirish

yoki to‘xtatish.

2. Farmakokinetik va farmakodinamik monitoring - yosh, jins, buyrak va jigar faoliyatiga qarab

dozalarni to‘g‘rilash. Misol uchun: glomerulyar filtratsiya tezligi past bo‘lganda kreatinin

klirensini hisoblab dozani kamaytirish; qariya bemorlarda preparatning to‘planib qolish xavfini

hisobga olish.

3. Elektron retseptlash va dori ma’lumotlar bazalari - elektron tizimlar orqali dori-dori o‘zaro

ta’sirlari, dublyaj va tavsiya etiladigan dozalar bo‘yicha avtomatik ogohlantirishlar — klinik

qarorni qabul qilishda katta yordamchi hisoblanadi.

4. Mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlik - klinik farmakolog, terapevt, endokrinolog, kardiolog va

boshqa mutaxassislar o‘rtasida: birlamchi va davomiy farmakoterapiyani muvofiqlashtirish;

davolashning umumiy strategiyasini kelishib olish.

5. Bemorni o‘qitish va ishtirokini ta’minlash - bemorga tayinlangan har bir dori haqida

tushuntirish berish, uning savollariga javob berish va davolashga nisbatan ijobiy munosabatni

shakllantirish polipragmaziyani kamaytirishga yordam beradi. Misol – amaliyotdan holat 75

yoshli erkak bemorda arterial gipertoniya, 2-tur diabet, xiperlipidemiya, osteoartrit va yotoq

rejimida bo‘lgan holat kuzatilgan. Unga 9 turdagi dori tayinlangan: perindopril, amlodipin,

metformin, simvastatin, parasetamol, omeprazol, aspirin, furosemid, omega-3.

Klinik farmakolog tomonidan tahlil qilingach - omeprazol va omega-3 kerak emasligi;

simvastatin dozasi kamaytirilishi; furosemidni haftalik nazorat bilan berish kerakligi aniqlandi.

Natijada dori soni 9 tadan 6 taga tushirildi va nojo‘ya ta’sirlar kamaydi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

182

Xulosa.

Polimorbid bemorlarda polipragmaziya — klinik amaliyotda juda dolzarb muammo. Bu

nafaqat bemorning hayot sifatiga, balki uning xavfsizligiga ham ta’sir qiladi. Ushbu muammoni

bartaraf etish uchun klinik farmakologik yondashuvlarni qo‘llash — dorilarni qayta ko‘rib

chiqish, optimallashtirish, dori o‘zaro ta’sirini baholash va depreskraybing strategiyalarini joriy

qilish zarur. Shunga qo‘shimcha ravishda, elektron tibbiy axborot tizimlari va mutaxassislar

o‘rtasidagi hamkorlik ham muhim rol o‘ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Maher, R. L., Hanlon, J., & Hajjar, E. R. (2014). Clinical consequences of polypharmacy in

elderly.

Expert

opinion

on

drug

safety

,

13(1),

57–65.

https://doi.org/10.1517/14740338.2013.827660

2. Fried, T. R., O’Leary, J., Towle, V., Goldstein, M. K., & Trentalange, M. (2014). Health

outcomes associated with polypharmacy in community-dwelling older adults: A systematic

review.

Journal

of

the

American

Geriatrics

Society

,

62(12),

2261–2272.

https://doi.org/10.1111/jgs.13153

3. Воробьёва, О. В., & Куликова, Ye. И. (2020). Полипрагмазия в геронтологической

практике: риски и стратегия рационализации фармакотерапии.

Клиническая геронтология

,

26(2), 98–104. https://doi.org/10.26442/2079-0619_2020.2.98-104

4. Spinewine, A., Schmader, K. E., Barber, N., Hughes, C., Lapane, K. L., Swine, C., & Hanlon,

J. T. (2007). Appropriate prescribing in elderly people: how well can it be measured and

optimized?

The Lancet

, 370(9582), 173–184. https://doi.org/10.1016/S0140-6736(07)61091-5

5. Ожегова, А. А., & Трифонова, Е. А. (2021). Клиническая фармакология полипрагмазии

у пациентов с полиморбидной патологией.

Рациональная фармакотерапия в кардиологии

,

17(1), 67–74. https://doi.org/10.20996/1819-6446-2021-17-1-67-74

6. Scott, I. A., Hilmer, S. N., Reeve, E., et al. (2015). Reducing inappropriate polypharmacy: the

process

of

deprescribing.

JAMA

Internal

Medicine

,

175(5),

827–834.

https://doi.org/10.1001/jamainternmed.2015.0324

7. Sallevelt, B. T., van den Bemt, P. M., Egberts, T. C., et al. (2013). The association between

potentially inappropriate prescribing and medication-related hospital admissions in older patients.

Drugs & Aging

, 30(3), 219–227. https://doi.org/10.1007/s40266-013-0058-5

8. Турсунов, Ш. Ш., & Раҳимов, С. Ш. (2022). Полиморбидлик ва полипрагмазия:

фармакотерапиядаги муаммолар ва ечимлар.

Ўзбекистонда тиббиёт ва фармация илмий

амалиёт журнали

, №1(87), 44–50.

9. Reeve, E., Gnjidic, D., Long, J., & Hilmer, S. (2015). A systematic review of the emerging

definition of ‘deprescribing’ with network analysis: implications for future research and clinical

practice.

British

Journal

of

Clinical

Pharmacology

,

80(6),

1254–1268.

https://doi.org/10.1111/bcp.12732

10.

Pazan, F., Wehling, M., & The FORTA authors/expert panel. (2016). The FORTA (Fit

fOR The Aged) List 2015: Update of a valid list of potentially inappropriate drugs for older

people in Europe.

Drugs & Aging

, 33(6), 447–449. https://doi.org/10.1007/s40266-016-0377-9

11. Сайилов U., Турсункулов A., Ибадова D., & Сиддиков O. (2011). Dori vositalarining

salbiy

ta’sirlar!.

Журнал

вестник

врача,

1(2),

22–24.

извлечено

от

https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/11910

12. Сиддиков

О.

А.

Нуралиева

Рано

Матьякубовна

РАЦИОНАЛЬНОЕ

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ И ОПТИМАЛЬНОЕ ДОЗИРОВАНИЕ АНТИБАКТЕРИАЛЬНЫХ

ПРЕПАРАТОВ ПРИ ЛЕЧЕНИИ ВНЕБОЛЬНИЧНОЙ ПНЕВМОНИИ //Вопросы науки и

образования. – 2021. – Т. 9. – С. 134.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

183

13. Muxammadievich H. M. et al. BURN SHOCK IN PEDIATRIC AFTER THERMAL

INJURY AND MULTIPLE ORGAN FAILURE SYNDROMES //World Bulletin of Public

Health. – 2022. – Т. 8. – С. 140-142.

14. Нуралиева Рано Матьякубовна, Тураев Хикматулло Негматович, Сиддиков Олим

Абдуллаевич

ЭФФЕКТИВНОСТЬ

ПРИМЕНЕНИЯ

ЛАНТОРОЛА

В

ТРЕХКОМПОНЕНТНОЙ

АНТИХЕЛИКОБАКТЕРНОЙ

ТЕРАПИИ

С

ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ПРОПОЛИСА // Вопросы науки и образования. 2020. №37 (121).

URL: https://cyberleninka.ru/article/n/effektivnost-primeneniya-lantorola-v-trehkomponentnoy-

antihelikobakternoy-terapii-s-ispolzovaniem-propolisa.

Bibliografik manbalar

Maher, R. L., Hanlon, J., & Hajjar, E. R. (2014). Clinical consequences of polypharmacy in elderly. Expert opinion on drug safety, 13(1), 57–65. https://doi.org/10.1517/14740338.2013.827660

Fried, T. R., O’Leary, J., Towle, V., Goldstein, M. K., & Trentalange, M. (2014). Health outcomes associated with polypharmacy in community-dwelling older adults: A systematic review. Journal of the American Geriatrics Society, 62(12), 2261–2272. https://doi.org/10.1111/jgs.13153

Воробьёва, О. В., & Куликова, Ye. И. (2020). Полипрагмазия в геронтологической практике: риски и стратегия рационализации фармакотерапии. Клиническая геронтология, 26(2), 98–104. https://doi.org/10.26442/2079-0619_2020.2.98-104

Spinewine, A., Schmader, K. E., Barber, N., Hughes, C., Lapane, K. L., Swine, C., & Hanlon, J. T. (2007). Appropriate prescribing in elderly people: how well can it be measured and optimized? The Lancet, 370(9582), 173–184. https://doi.org/10.1016/S0140-6736(07)61091-5

Ожегова, А. А., & Трифонова, Е. А. (2021). Клиническая фармакология полипрагмазии у пациентов с полиморбидной патологией. Рациональная фармакотерапия в кардиологии, 17(1), 67–74. https://doi.org/10.20996/1819-6446-2021-17-1-67-74

Scott, I. A., Hilmer, S. N., Reeve, E., et al. (2015). Reducing inappropriate polypharmacy: the process of deprescribing. JAMA Internal Medicine, 175(5), 827–834. https://doi.org/10.1001/jamainternmed.2015.0324

Sallevelt, B. T., van den Bemt, P. M., Egberts, T. C., et al. (2013). The association between potentially inappropriate prescribing and medication-related hospital admissions in older patients. Drugs & Aging, 30(3), 219–227. https://doi.org/10.1007/s40266-013-0058-5

Турсунов, Ш. Ш., & Раҳимов, С. Ш. (2022). Полиморбидлик ва полипрагмазия: фармакотерапиядаги муаммолар ва ечимлар. Ўзбекистонда тиббиёт ва фармация илмий амалиёт журнали, №1(87), 44–50.

Reeve, E., Gnjidic, D., Long, J., & Hilmer, S. (2015). A systematic review of the emerging definition of ‘deprescribing’ with network analysis: implications for future research and clinical practice. British Journal of Clinical Pharmacology, 80(6), 1254–1268. https://doi.org/10.1111/bcp.12732

Pazan, F., Wehling, M., & The FORTA authors/expert panel. (2016). The FORTA (Fit fOR The Aged) List 2015: Update of a valid list of potentially inappropriate drugs for older people in Europe. Drugs & Aging, 33(6), 447–449. https://doi.org/10.1007/s40266-016-0377-9

Сайилов U., Турсункулов A., Ибадова D., & Сиддиков O. (2011). Dori vositalarining salbiy ta’sirlar!. Журнал вестник врача, 1(2), 22–24. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/11910

Сиддиков О. А. Нуралиева Рано Матьякубовна РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ И ОПТИМАЛЬНОЕ ДОЗИРОВАНИЕ АНТИБАКТЕРИАЛЬНЫХ ПРЕПАРАТОВ ПРИ ЛЕЧЕНИИ ВНЕБОЛЬНИЧНОЙ ПНЕВМОНИИ //Вопросы науки и образования. – 2021. – Т. 9. – С. 134.

Muxammadievich H. M. et al. BURN SHOCK IN PEDIATRIC AFTER THERMAL INJURY AND MULTIPLE ORGAN FAILURE SYNDROMES //World Bulletin of Public Health. – 2022. – Т. 8. – С. 140-142.

Нуралиева Рано Матьякубовна, Тураев Хикматулло Негматович, Сиддиков Олим Абдуллаевич ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРИМЕНЕНИЯ ЛАНТОРОЛА В ТРЕХКОМПОНЕНТНОЙ АНТИХЕЛИКОБАКТЕРНОЙ ТЕРАПИИ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ПРОПОЛИСА // Вопросы науки и образования. 2020. №37 (121). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/effektivnost-primeneniya-lantorola-v-trehkomponentnoy-antihelikobakternoy-terapii-s-ispolzovaniem-propolisa.