INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH ORQALI IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH

Аннотация

Maqolada iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotni rivojlantirishga investitsiyalarni moliyalashtirish haqidagi fikrlari yoritilgan. Shuningdek, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va ularning xususiyatlari

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
f
179-181

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Расулова Z., & Джабборов D. (2025). INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH ORQALI IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH. Научный информационный бюллетень, 9(2), 179–181. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/131081
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotni rivojlantirishga investitsiyalarni moliyalashtirish haqidagi fikrlari yoritilgan. Shuningdek, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va ularning xususiyatlari


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

179

INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH ORQALI IQTISODIYOTNI

MODERNIZATSIYALASH

D.Jabborov

Jizzax politexnika instituti katta o‘qituvchisi

Z.Rasulova

Kibersport fakulteti 531-22 guruh talabasi

Annotatsiya:

Maqolada iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotni rivojlantirishga investitsiyalarni

moliyalashtirish haqidagi fikrlari yoritilgan. Shuningdek, investitsiya loyihalarini

moliyalashtirish manbalari va ularning xususiyatlari o‘rganildi.

Kalit so‘zlar:

Iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiya, moliyalashtirish, kredit.

Investitsiyalarni moliyalashtirishning iqtisodiy mohiyatini o‘rganishda bir qator iqtisodchi

olimlarning qarashlarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Rossiyalik iqtisodchi olim

I.Mazurning “Loyihalarni boshqarish” kitobida: “loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsion

loyihalarni amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni kredit ko‘rinishida taqdim

etishdir”, deb ta’rif berilgan. Bu yerda , kredit qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz,

cheklangan yoki to‘liq regressli bo‘lishi mumkin, deb yozilgan. D.Morozov asarlarida esa

“loyihaviy moliyalashtirish – bu loyihani turli shakllarda kreditlashdir, bunda kreditlarning

qaytarilishi ta’minoti loyihadan keladigan daromadlardir”, degan fikr ilgari surilgan.

O‘zbekistonlik iqtisodchi olim D.G‘ozibekovning mulohazalariga ko‘ra, “loyihaviy

moliyalashtirish o‘zining murakkab moliyaviy munosabatlari bilan kreditorga moddiy

kafolatlar berish, loyihalar evaziga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha uzoq

muddatli shartnomalar asosida moliyalashtirishdir”. Bundan tashqari, D.G‘ozibekov asarlarida

loyihaga kiritilgan qarz mablag‘larining qoplanishi manbai loyiha ishga tushganidan so‘ng

olinadigan daromadlar hisoblanishi ta’kidlab o‘tilgan.

Haqiqatdan ham investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish – moliyalashtirishning eng taraqqiy

etgan zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bois ham u boy mazmunga ega.

Aytish joizki, loyihaviy moliyalashtirish – loyiha bo‘yicha asosiy vositalarni sotib olishni,

tashkil etishni yoki qurilishni moliyalashtirish bo‘lib, unda kreditor asosan quyidagilarga

e’tibor beradi:

kreditni qaytarish manbai sifatida, loyihani tatbiq etish natijasi bo‘yicha olinadigan sof pul

oqimiga;

loyihani moliyalashtirish uchun berilgan kreditning xavfsiz qaytishini ta’minlaydigan

manbasiga, ya’ni mijozning qobiliyatiga garov, kafolat va boshqa ta’minotlarga. Loyihaviy

moliyalashtirish mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining

yo‘riqnomalarida quyidagicha izohlanadi: “loyihaviy moliyalashtirish – bu bank tomonidan

kreditni berish, baholash va monitoringini olib boorish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab

chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash

yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni

tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo‘naltiriladi”.

Loyihani amalga oshirish orqali ko‘rilgan qo‘shimcha daromad kreditni qaytarishning asosiy

manbai bo‘lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga oshirish orqali qo‘shimcha daromad

olinmasa yoki loyiha bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali iqtisodga

erishilmasa, bunday moliyalashtirishni loyihaviy moliyalashtirish deb bo‘lmaydi, u biznes-reja

asosida amalga oshiriladigan moliyalashtirish hisoblanadi.

Loyihaviy moliyalashtirish

– bu regressiz (talab, huquq) yoki qarzdorga bo‘lgan kreditning

chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun maqsadli

kreditlash bo‘lib, bunda qarz oluvchining to‘lov majburiyatlarini ta’minoti sifatida, investitsiya


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

180

faoliyati davomida to‘plangan pul mablag‘lari hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda

kreditni qaytarishning manbai bo‘lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan daromad

hisoblanadi.

Tijorat yoki investitsiya kreditida esa kreditning qaytarish manbasi bo‘lib, qarzdorning umumiy

faoliyatidan olgan daromadi bo‘lishi mumkin. Kreditni qaytarishning asosiy manbai loyihani

hayotga tatbiq etishdan olingan sof foyda va pul oqimlari hisoblanadi. Loyihaviy

moliyalashtirishda aniq bir sof ta’minotning o‘zi bo‘lmaydi. Ammo bu loyihaviy

moliyalashtirishda kredit bo‘yicha ta’minot talab etilmaydi, degani emas. Loyihaviy

moliyalashtirishda aniq bir garovning bo‘lmasligi loyihalarni yirik miqdorda mablag‘ jalb etishi

kerakli kafolat yoki garovni yig‘ish imkoniyatini bermaydi. Loyihaviy moliyalashtirish - bu

bank tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib boorish jarayoni bo‘lib, bunda

kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta

ta’mirlash yoki asbob-uskunani sotib olish uchun yo‘naltiriladi deb e’tirof etilgan.

Umuman olganda, loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsiya loyihalarini kreditlashtirishning

bir turi bo‘lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarni qisman yoki to‘liq

o‘z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida , eng avvalo, qarzdorning

kreditga qobiliyatliligini o‘rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, barqarorligini,

shuningdek, garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa,

loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi. Xullas, loyihaviy

moliyalashtirish – bu yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir qancha bank

resurslarining birlashishi va risklarning loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishini anglatadi.

Iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda

investitsion loyihalarning ko‘plab xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari

quyidagilardan iborat bo‘ladi:

qiymati yuqori bo‘ladi;

loyiha ishtirokchilarini ko‘pligi;

ko‘pincha risklarni barcha turlari uchraydi;

kapital talabi – bu kabi loyihalar moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talab juda katta bo‘lib,

unga aralash moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi;

loyihalashtirish va qurilish ishlariga mehnat talabi katta bo‘ladi;

ishga tushish muddati 5-7 yil va undan uzoq muddatlarda beriladi;

loyiha ishga tushadigan joylarini ajratilishi va shu sababli infratuzilmani rivojlantirish

maqsadida qo‘shimcha xarajatlarning kiritilishi;

davlat yoki mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga ta’siri.

Yirik loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan quyidagi bir qator omillarni hisobga olish kerak

bo‘ladi:

loyihaning faoliyatini sifatli tekshirib turish maqsadida uni har xil bo‘limlarga bo‘lib

o‘rganishni;

loyiha amalga oshirilayotgan mintaqaning ijtimoiy – iqtisodiy holatini to‘liq tahlildan

o‘tkazishni;

loyihaning fazalarini mustaqil ravishda ishlab chiqishni;

rejani loyihalashtirish davomida doimiy yangilanishlarni tatbiq etib borishni.

Ushbu omillar va ular bilan bog‘liq risklarni ko‘pligi yirik loyihalarni amalga oshirishda bir

qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Risklarni ko‘p bo‘lishiga asosiy sabablardan

yana biri bu loyihaning ishtirokchilarining ko‘pligidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi qonuni. 2015-

yil 6-avgust // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2015.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni 2017-yil 7-fevral.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

181

3.

Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv

qo‘llanma. – T.: Moliya, 2010. 328 b.

4.

Van Xorn Dj. Osnovi upravleniya finansami. Per. S angl. – M.: Finansi I statistika, 2001.

– S.231.

5.

Kayumov R.I. Organizatsiya i finansirovaniya investitsiy. Uchebnik. – T.: Fan va

texnologiya, 2012. – 367 s.

6.

Mamatov B.S., Xo‘jamqulov D.Yu., Nurbekov O.Sh. Investitsiyalarni tashkil etish va

moliyalashtirish . Darslik. Toshkent moliya instituti. – T.: IQTISOD – MOLIYA, 2014. – 608 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi qonuni. 2015-yil 6-avgust // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2015.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni 2017-yil 7-fevral.

Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: Moliya, 2010. 328 b.

Van Xorn Dj. Osnovi upravleniya finansami. Per. S angl. – M.: Finansi I statistika, 2001. – S.231.

Kayumov R.I. Organizatsiya i finansirovaniya investitsiy. Uchebnik. – T.: Fan va texnologiya, 2012. – 367 s.

Mamatov B.S., Xo‘jamqulov D.Yu., Nurbekov O.Sh. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish . Darslik. Toshkent moliya instituti. – T.: IQTISOD – MOLIYA, 2014. – 608 b.