ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
6
INTELLEKTUAL-FALSAFIY ROMAN – TARIXIY ROMAN MODIFIKATSIYASI
SIFATIDA
Qurbonova Feruza Ilhomovna
v/b. Dotsent f.f.f.d.
Qarshi davlat texnika universiteti
“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi
e-mail:
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqola badiiy asar kayfiyatining inson ruhiyatiga bevosita va
bilvosita ta’siri badiiy mushohada teranligi hamda badiiy estetik salohiyatining ichki qonuniyati
bir butunlikda uyg‘unlashib talqin etilishi yozuvchining yutug‘i hisoblanadi. Adib qahramon
ruhiyatini tahlil qilar ekan, har bir personaj yashashdan maqsad va ma’no qidiradi. Olloh
tomonidan buyurilgan farz va amallarni ikki dunyo mezonidan kelib chiqib baholaydi va baholi
qudrat bajaradi, shunga ko‘ra romanda psixologik, falsafiy va ilohiy tushunchalar badiiy
umumlashma mazmun kasb etadi.
Kalit so‘z:
ezgulik, psixologik, inson ruhiyati, fe’l-atvor, xarakter.
ANNOTATSIYA:
Статья является достижением писателя, который интерпретирует
прямое и косвенное воздействие настроения художественного произведения на психику
человека, глубину художественного наблюдения и внутренний закон художественно-
эстетического потенциала в едином целом. Анализируя психику героя, писатель ищет
цель и смысл жизни. Он оценивает обязанности и деяния, заповеданные Богом, исходя из
критериев двух миров и осуществляет власть оценки, соответственно, психологические,
философские и божественные концепции приобретают в романе художественное
обобщение.
Ключевые слова:
доброта, психология, человеческий дух, характер, расположение духа.
ANNOTATION:
This article is an achievement of the writer, who interprets the direct and
indirect impact of the mood of a work of art on the human psyche, the depth of artistic
observation, and the internal law of artistic aesthetic potential in a unified whole. While
analyzing the psyche of the hero, the writer seeks a purpose and meaning in life. He evaluates
the duties and deeds commanded by God based on the criteria of two worlds and performs the
power of evaluation, accordingly, psychological, philosophical and divine concepts acquire
artistic generalization in the novel.
Key word:
goodness, psychological, human spirit, character, disposition.
Chorak asr davomida tarix va inson munosabatlarini idrok va ifoda etish tamoyillari
tamomila o‘zgardi. Badiiy haqiqat ijtimoiy-siyosiy hayot tasviridan ustun qo‘yilib, Arastu
davridayoq tasdig‘ini topgan mavqeini egalladi. Endilikda, personaj aksariyat sho‘ro
romanlarida kuzatilganidek, voqelikka ilova emas, balki o‘z o‘y-xayol va xatti-harakati bilan
tirik inson sifatida xolis tasvirlana boshladi.
Boshqacha aytganda, alohida shaxs borlig‘i ijtimoiy voqelikdan ko‘ra murakkabroq
hodisa va uni tushunish va izohlash muhim ekani poetik idrok etila boshladi. Globallashuv davri
shiddati ta’sirida o‘z milliy qiyofasidan ayrilib qolmaslikka intilayotgan kishilar ruhiy
intellektual olami, tuyg‘ular dunyosini ko‘rsatishga ehtiyoj ortdi. Nuqul kitobxonga o‘rnak
bo‘lish va unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish missiyasini tashuvchi, ammo o‘z shaxsiy hayoti, insoniy
tuyg‘u-kechinmalaridan mahrum trafaret adabiy qahramonlar inkor etildi.
“Boqiy darbadar” romani kompozitsiyasining uchinchi qismi “BOENG 787 DREAMLINER.
Bo‘rondan yarim soat avval”, “Mutafakkirning vido maktubi”, “Bo‘rondan o‘n besh daqiqa
avval”, “BOENG 787 DREAMLINER. Bo‘rondan o‘n daqiqa avval”, “Mezonul-avzon”,
“Bo‘ron” shaklida sarlavhalangan olti bo‘lim-epizodni o‘z ichiga oladi. Ko‘rinib turibdiki, bu
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
7
qism yarim soatlik zamon voqeligini tasvirlashga qaratilgan. Shuningdek, bu qism voqealari
markazida dunyoni ostin-ustun qilgan global bo‘ron hodisasi turadi.
Ushbu epizodlar tizmasida, asosan, ikki qahramon haqida gap ketadi. Biri professor
Ziyo, ikkinchisi jahondagi harbiy birlashmalar tomonidan o‘limga hukm qilingan klon-odam
obrazlari. Bu qismda ham ikkinchi qismdagidek ikki zamon uyg‘unlashtirilib tasvirlanadi.
Axborot-kommunikatsiya vositalari orqali joriy zamon, professor Ziyo assotsiativ xayollari
orqali o‘tmish zamoni.
Yozuvchi “BOENG 787 DREAMLINER. Bo‘rondan yarim soat avval” deb sarlavha
qo‘yilgan epizodda Reyter axborot agentligining internet saytida berilgan axborotlarni roman
voqealariga postmodernistik usulda payvandlaydi. Bundan o‘quvchi yangi asr dunyosida
jahonda ro‘y bergan, hatto real hayotda ham axborot sifatida mavjud bo‘lgan o‘n uchta global
axborot bilan tanishadi. Yozuvchining mahorati shundaki, internet uslubida berilgan turli
axborotlarni professor Ziyo nigohida o‘qitishi bilan ularni romanning markaziy voqealari,
badiiy-falsafiy konsepsiyasiga bog‘lay oladi. Masalan: “...dunyoning turli mintaqalarida
sohillar kengayib bormoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Sahroi Kabir keyingi o‘n yil
ichida o‘ttiz kilometrga kengaygan...”; “...Misrda qoyalarni yo‘nib ishlangan uylardan topilgan
anjomlar u yerda yashagan kishilarning, darhaqiqat, bahaybat gavdali, kuchli kishilar
bo‘lganini tasdiqladi. Rivoyatlarga ko‘ra, ularni kuchli shamol halok qilgan...”; “...butunjahon
Ovchilar Jamiyati barcha ovchilarni Xitoydan kelgan qora chumchuqlarni qirib tashlashga
chaqirdi... Oddiy va odatiy sarg‘ish chumchuqlardan farq qilib, ular na don-dun terishadi, na
sayrashadi, qop-qora ko‘zlarini jovdiratgancha
nimanidir
sabr-toqat bilan kutishadi...”; “...Yer
yuzida eng sho‘r dengiz – Qizil dengizning Arabiston yarim oroli sohillariga yaqin yerida, suv
ostida chuchuk suvli ulkan buloqlar borligi aniqlandi. Bundan ikki ming yil avval paydo
bo‘lgani taxmin qilinayotgan mazkur buloqlarning suvi g‘oyat toza va shifobaxsh bo‘lib,
dengizning sho‘r suviga aralashib ketmasdan to sohilga qadar oqib boradi... (Barcha kursivlar
muallifga tegishli) va h.k. Ko‘rinib turibdiki, bu internet axborotlari qaysidir ko‘rinmas
rishtalar orqali roman voqealariga bog‘lanadi, yozuvchi badiiy g‘oyasini yorqinroq ochishga
xizmat qiladi. Sahroi Kabirga oid axborot global halokat haqidagi tadqiqotlardan, Misrga oid
axborot Od qavmi haqidagi Qur’oniy haqiqatdan, qora chumchuqlar haqidagi axborot
romanning boshida Etikdo‘z munosabati bilan tasvirlangan “Yevangliya” matnidan, Qizil
dengizga tegishli axborot Qur’ondagi Allohning sho‘r va chuchuk suv o‘rtasiga ko‘rinmas
parda tortib qo‘ygani haqidagi keyinchalik kapitan Kusto kashf etgan oyat haqiqatidan olingan.
Bir qarashda quruq axborotdek bo‘lib tuyuladigan ushbu payvandlangan jajji epizodlar
romandagi kompozitsiya mazmunining ezgulik va yovuzlik haqidagi falsafasi bilan izchil
bog‘lanib ketadi.
Uchinchi qismdagi “Mezonul-avzon” deb sarlavhalangan bo‘lim romanni o‘zbek
xalqining mumtoz o‘tmishi bilan bog‘lashi jihatidan xarakterlidir. Bunda professor Ziyo
ulug‘ o‘zbek shoirlari Navoiy va Mashrabni eslaydi. Bo‘ron, o‘lim talvasasi oldidan yashagan
hayotining falsafiy mohiyatini ularning g‘azallari orqali yechimini topishga urinadi. Bunda ham
yozuvchi X.Borxesga xos postmodernistik payvandlash usulini qo‘llaydi. Ya’ni Navoiy va
Mashrab g‘azallaridan iborat mumtoz matnni roman kompozitsiyasiga singdirib yuboradi.
Yo Rab, ushbu turfa sho‘xi dilfirib,
Kim oning vaslin manga qilding nasib... deb boshlanuvchi Mashrab g‘azalining
roman mazmuni bilan bog‘liq shunday sharhini beradi:
“Yo Rab, bu zarbulmasalning turli sho‘x va dilga firib beruvchi ma’nolari vaslini menga
nasib aylading”. Zarbulmasalning ma’nosi inson ruhining abadiy hayotiga zarbulmasal qilingan
(qo‘shilgan) dunyo hayoti. Zero, yolg‘onchi dunyo insonni aldash, unga o‘zini chiroyli
ko‘rsatish bilan firib beradi, to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itadi. Ammo Mashrab singari murshid va
komil shaxslar bunday firib beruvchi dunyo ma’nosini anglagan insonlardir. Professor Ziyo
ham shu silsilaning bir bo‘lagi sifatida shunday maqomga aloqador. Shu bois unga yaqinlashib
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
8
kelayotgan bo‘ron dahshati, o‘lim vahimasi boshqalarda bo‘lganidek qo‘rqinchli emas. Kiritma
matndan kelib chiqadigan mana shunday ma’rifiy ma’no uni professor Ziyo orqali roman
kompozitsiyasi va falsafiy mazmuniga dahldor qiladi.
I.Sultonning “Ozod” romani o‘zining qator kompozitsion qurilishga xos belgilari, ayniqsa,
syujet tarkibining tuzilishi bilan XX asrning ikkinchi yarimlarida yevropada vujudga kelgan
postmodernizm adabiyoti namunalariga yaqin keladi. Shuning bilan birgalikda, bu
postmodernistik asar milliy-ma’naviy tafakkurimiz, ming yillik mumtoz adabiyotimiz,
sharqona etikamiz negiziga qurilganini ham e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Исажон Султон. Асарлар. II жилд. – Тошкент: Ғ. Ғулом. 2017.-Б. 197.
2. Исажон Султон. Боқий дарбадар. – Тошкент: Ғ. Ғулом. 2011.-Б. 87.
3. Норматов У. Умидбахш тамойиллар. -Т.: Маънавият, 2000.-Б. 109.
4. Собиров О. Ўзбек реалистик прозаси ва фольклор. -Т.: Фан, 1979.-Б. 199.
5. Султон И. Адабиёт назарияси. -Т.: Ўқитувчи, 1986. -Б. 408.
6. Тоғаев. О. Адиблар ва жанрлар. .-Т.: Адабиёт ва саньат нашриёти.1976. –Б. 352.
