XITOYNING JANUBIY OSIYO MINTAQASIDAGI GEOSTRATEGIK MANFAATLARI VA YONDASHUVLARI

Annotasiya

 Ushbu maqola Xitoyning Janubiy Osiyo mintaqasidagi geostrategik manfaatlari va mintaqada olib borayotgan siyosiy yondashuvlarini tahlil etadi. Janubiy Osiyo o‘zining strategik joylashuvi, aholisi va iqtisodiy salohiyati bilan global siyosat va iqtisodiy aloqalarning asosiy hududiga aylangani sayin Xitoy bu mintaqani o‘zining kengroq tashqi siyosati va global maqsadlari doirasida tobora ustuvor yo‘nalishga aylantirmoqda. Maqolada Xitoyning Janubiy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy islohotlarning savdo va investitsiya munosabatlarini rivojlantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi, ayniqsa “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining mintaqadagi infratuzilma rivoji va mintaqaviy integratsiyani kuchaytirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada Xitoy-Hindiston munosabatlarining murakkab jihatlari, Janubiy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan strategik hamkorliklari hamda “qarz tuzog‘i” diplomatiyasi atrofidagi bahslar muhokama qilinadi, Xitoyning Hind okeaniga chiqish imkoniyati, harbiy hamkorlik va mintaqadagi xavfsizlik bo‘yicha Xitoyning kuchayib borayotgan pozitsiyasini ham ko‘rib chiqiladi, energiya va tabiiy resurslar xavfsizligini ta’minlash harakatlari, AQShning Hind-Tinch okeani strategiyasi bilan raqobat hamda Xitoyning uzoq muddatli geostrategik maqsadlari ham ushbu tahlil doirasida yoritiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
329-340
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Hamidov Baxtiyor Ilyosovich. (2025). XITOYNING JANUBIY OSIYO MINTAQASIDAGI GEOSTRATEGIK MANFAATLARI VA YONDASHUVLARI. Ilm Fan Xabarnomasi, 8(2), 329–340. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/129450
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

 Ushbu maqola Xitoyning Janubiy Osiyo mintaqasidagi geostrategik manfaatlari va mintaqada olib borayotgan siyosiy yondashuvlarini tahlil etadi. Janubiy Osiyo o‘zining strategik joylashuvi, aholisi va iqtisodiy salohiyati bilan global siyosat va iqtisodiy aloqalarning asosiy hududiga aylangani sayin Xitoy bu mintaqani o‘zining kengroq tashqi siyosati va global maqsadlari doirasida tobora ustuvor yo‘nalishga aylantirmoqda. Maqolada Xitoyning Janubiy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy islohotlarning savdo va investitsiya munosabatlarini rivojlantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi, ayniqsa “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining mintaqadagi infratuzilma rivoji va mintaqaviy integratsiyani kuchaytirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada Xitoy-Hindiston munosabatlarining murakkab jihatlari, Janubiy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan strategik hamkorliklari hamda “qarz tuzog‘i” diplomatiyasi atrofidagi bahslar muhokama qilinadi, Xitoyning Hind okeaniga chiqish imkoniyati, harbiy hamkorlik va mintaqadagi xavfsizlik bo‘yicha Xitoyning kuchayib borayotgan pozitsiyasini ham ko‘rib chiqiladi, energiya va tabiiy resurslar xavfsizligini ta’minlash harakatlari, AQShning Hind-Tinch okeani strategiyasi bilan raqobat hamda Xitoyning uzoq muddatli geostrategik maqsadlari ham ushbu tahlil doirasida yoritiladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

329

XITOYNING JANUBIY OSIYO MINTAQASIDAGI GEOSTRATEGIK

MANFAATLARI VA YONDASHUVLARI

Hamidov Baxtiyor Ilyosovich

IIV Buxoro akademik litseyi tarix fani Bosh o'qituvchisi,

e-mail: baxtiyorilyasovich@gmail.com

tel.:+998933833912

Annotatsiya:

Ushbu maqola Xitoyning Janubiy Osiyo mintaqasidagi geostrategik manfaatlari va

mintaqada olib borayotgan siyosiy yondashuvlarini tahlil etadi. Janubiy Osiyo o‘zining strategik

joylashuvi, aholisi va iqtisodiy salohiyati bilan global siyosat va iqtisodiy aloqalarning asosiy

hududiga aylangani sayin Xitoy bu mintaqani o‘zining kengroq tashqi siyosati va global

maqsadlari doirasida tobora ustuvor yo‘nalishga aylantirmoqda. Maqolada Xitoyning Janubiy

Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy islohotlarning savdo va investitsiya munosabatlarini

rivojlantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi, ayniqsa “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining mintaqadagi

infratuzilma rivoji va mintaqaviy integratsiyani kuchaytirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor

qaratiladi. Maqolada Xitoy-Hindiston munosabatlarining murakkab jihatlari, Janubiy Osiyodagi

boshqa davlatlar bilan strategik hamkorliklari hamda “qarz tuzog‘i” diplomatiyasi atrofidagi

bahslar muhokama qilinadi, Xitoyning Hind okeaniga chiqish imkoniyati, harbiy hamkorlik va

mintaqadagi xavfsizlik bo‘yicha Xitoyning kuchayib borayotgan pozitsiyasini ham ko‘rib

chiqiladi, energiya va tabiiy resurslar xavfsizligini ta’minlash harakatlari, AQShning Hind-Tinch

okeani strategiyasi bilan raqobat hamda Xitoyning uzoq muddatli geostrategik maqsadlari ham

ushbu tahlil doirasida yoritiladi.

Kalit soʻzlar:

Xitoy tashqi siyosati, Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlari, geostrategik manfaatlar,

“Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi, Xitoy-Pokiston Iqtisodiy Koridori, “Marvaridlar zanjiri”

strategiyasi, Bangladesh-Xitoy-Hindiston-Myanma iqtisodiy koridori, AQSh, Hind-Tinch okeani

strategiyasi, To‘rt tomonlama xavfsizlik muloqoti (Quad), Hind-Tinch okeani Iqtisodiy

Platformasi, mintaqaviy xavfsizlik, infratuzilma diplomatiyasi, energiya xavfsizligi, geoiqtisodiy

yondashuv, strategik sheriklik.

ГЕОСТРАТЕГИЧЕСКИЕ ИНТЕРЕСЫ И ПОДХОДЫ КИТАЯ В

ЮЖНОАЗИАТСКОМ РЕГИОНЕ

Аннотация:

В данной статье анализируются геостратегические интересы Китая и его

политические подходы в Южноазиатском регионе. По мере того как Южная Азия всё

больше становится ключевым регионом в глобальной политике и экономических связях

благодаря своему стратегическому положению, численному населению и экономическому

потенциалу, Китай придаёт этому региону всё более важное значение в рамках своей

широкой внешнеполитической стратегии и глобальных амбиций. В статье

рассматривается роль Китая в развитии торговых и инвестиционных отношений с

государствами Южной Азии в контексте экономических реформ, при этом особое

внимание уделяется значению инициативы “Один пояс, один путь” для развития

инфраструктуры и укрепления региональной интеграции. Также обсуждаются сложные

аспекты китайско-индийских отношений, стратегические партнёрства Китая с другими

странами региона и споры, связанные с дипломатией “долговой ловушки”. В статье


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

330

исследуется усиливающееся присутствие Китая в регионе с точки зрения доступа к

Индийскому океану, военного сотрудничества и обеспечения региональной безопасности,

а также предпринимаемые меры по обеспечению энергетической и ресурсной

безопасности, соперничество с Индо-Тихоокеанской стратегией США и долгосрочные

геостратегические цели Китая.

Ключевые слова:

внешняя политика Китая, страны Южной Азии, геостратегические

интересы, инициатива “Один пояс, один путь”, Китайско-пакистанский экономический

коридор, стратегия “Нить жемчугов”, Экономический коридор Бангладеш-Китай-Индия-

Мьянма,

Соединённые

Штаты

Америки,

Индо-Тихоокеанская

стратегия,

Четырёхсторонний диалог по безопасности (QUAD), Индо-Тихоокеанская экономическая

структура, региональная безопасность, дипломатия инфраструктурного развития,

энергетическая безопасность, геоэкономический подход, стратегическое партнёрство.

CHINA’S GEOSTRATEGIC INTERESTS AND APPROACHES IN THE SOUTH ASIAN

REGION

Abstract:

This article analyzes China’s geostrategic interests and political approaches in the

South Asian region. As South Asia increasingly becomes a key area in global politics and

economic relations due to its strategic location, large population, and economic potential, China

is making the region a growing priority within the framework of its broader foreign policy and

global ambitions. The article examines China’s role in developing trade and investment relations

with South Asian countries through economic reforms, with particular attention given to the

significance of the “Belt and Road Initiative” in enhancing infrastructure development and

regional integration. It discusses the complex aspects of China-India relations, China’s strategic

partnerships with other countries in the region, and the debates surrounding “debt-trap”

diplomacy. The article also explores China’s expanding presence in terms of access to the Indian

Ocean, military cooperation, and regional security, as well as efforts to secure energy and natural

resources, its rivalry with the U.S. Indo-Pacific strategy, and China’s long-term geostrategic

objectives.

Keywords:

China’s foreign policy, South Asian countries, geostrategic interests, Belt and Road

Initiative (BRI), China-Pakistan Economic Corridor (CPEC), String of Pearls strategy,

Bangladesh-China-India-Myanmar Economic Corridor (BCIM), the United States of America,

Indo-Pacific Strategy, Quadrilateral Security Dialogue (Quad), Indo-Pacific Economic

Framework (IPEF), regional security, infrastructure diplomacy, energy security, geoeconomic

approach, strategic partnership.

KIRISH/ВВЕДЕНИЕ/INTRODUCTION:

Janubiy Osiyo o‘zining strategik joylashuvi, yirik

sonli aholisi va boy resurslari tufayli global siyosatda muhim geosiyosiy va iqtisodiy ahamiyatga

ega bo‘lgan mintaqadir. Dengiz va quruqlikdagi savdo yo‘llarining kesishgan nuqtasi sifatida u

yirik davlatlar, ayniqsa global kuchlar o‘rtasidagi raqobat maydoniga aylangan. So‘nggi o‘n

yilliklarda Xitoyning Janubiy Osiyodagi geostrategik manfaatlari keskin ortib bordi. Bu esa

uning iqtisodiy ustunlik, energiya resurslari va mintaqaviy ta’sirni qo‘lga kiritish, shuningdek,

raqib kuchlarga qarshi turish istagi bilan bog‘liq. Ushbu maqola Xitoyning mintaqadagi ko‘p

qirrali yondashuvlarini tahlil qiladi va bu yondashuvlarning Janubiy Osiyo siyosiy, iqtisodiy va

xavfsizlik muhitiga ta’sirini ko‘rib chiqadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, u Xitoyning

global superkuch sifatida shakllanishi va uning Janubiy Osiyodagi strategik harakatlarini yoritadi.

Ayniqsa “Bir kamar bir yo‘l” tashabbusi doirasida bu mintaqaning tutgan o‘rni muhim.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

331

Diplomatik aloqalar, iqtisodiy investitsiyalar va harbiy hamkorliklar orqali Xitoy o‘z ta’sirini

chuqurlashtirdi. Maqolada Xitoyning strategik portlar ustidan nazorati, energiya va resurslarga

bo‘lgan ehtiyoji hamda iqtisodiy qaramlik haqidagi bahslarni keltirib chiqargan “qarz tuzog‘i”

diplomatiyasi kabi muhim masalalar muhokama qilinadi. Bundan tashqari, Xitoyning AQShning

Hind-Tinch okeani strategiyasi bilan raqobati va mintaqaviy dinamikani o‘zgartirishga qaratilgan

uzoq muddatli maqsadlari ham tahlil qilinadi.

TADQIQOT USULLARI/МЕТОДЫ/METHODS:

Ushbu ilmiy maqola sifatli va tahliliy

tadqiqot yondashuvlari uyg‘unlashtirildi. Asosiy maqsad Xitoyning Janubiy Osiyodagi

geostrategik manfaatlarini aniqlash, bu manfaatlar asosida amalga oshirilayotgan siyosiy va

iqtisodiy yondashuvlarni tahlil qilish hamda mintaqadagi davlatlar bilan aloqalarning

dinamikasini tushuntirishdan iborat. Ilmiy maqolani yozish davomida siyosatshunos olimlarning

ilmiy kitoblari va maqolalaridan, ilmiy markazlarning tahliliy hujjatlaridan keng foydalanildi.

MUHOKAMA/ОБСУЖДЕНИЕ/DISCUSSION:

Janubiy Osiyoning geosiyosiy ahamiyati

global savdo va energiya oqimlarini ta’minlovchi Hind okeani orqali o‘tuvchi muhim dengiz

yo‘llariga yaqinligi bilan bog‘liq. Ushbu mintaqada 1,9 milliarddan ortiq aholi istiqomat qiladi,

bu esa dunyo aholisining katta qismini tashkil etadi. Mintaqada joylashgan Hindiston rivojlanib

borayotgan iqtisodiy kuch sifatida ajralib turadi. Iqtisodiy jihatdan Janubiy Osiyo barqaror

o‘sishni boshdan kechirmoqda. Jahon bankining 2024-yilgi prognoziga ko‘ra Hindistonning

yalpi ichki mahsuloti 3 trillion AQSh dollaridan oshishi kutilgan, bu esa uni dunyodagi eng tez

o‘sayotgan iqtisodiyotlardan biriga aylantiradi

1

. Bu mintaqaning Yaqin Sharqning mojaroga

moyil hududlarga yaqin joylashuvi va yirik davlatlar o‘rtasidagi “bufer zona” sifatidagi roli uni

global xavfsizlik dinamikasida muhim o‘ringa ega qiladi. Siyosiy jihatdan Janubiy Osiyo turli

boshqaruv tizimlariga ega davlatlar mintaqasi hisoblanadi. Hindiston demokratiya yo‘lini

tanlagan bo‘lsa, Pokiston aralash siyosiy tizimga ega, qolgan kichik davlatlarda esa turli siyosiy

tuzilmalar mavjud. Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi raqobat ularning yadroviy salohiyati va hal

etilmagan hududiy mojarolari (Kashmir masalasi) mintaqaning global siyosatdagi o‘rnini yanada

murakkablashtiradi. Janubiy Osiyo davlatlarining SAARC (Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik

assotsiatsiyasi) kabi global institutlarga integratsiyalashuvi hamda yirik tashqi kuchlar bilan

aloqalarining kengayib borishi mintaqaning diplomatik salmog‘ini oshirmoqda. Yuksalayotgan

kuch sifatida Xitoy Janubiy Osiyoda o‘z ta’sirini kengaytirishga intilmoqda. Bu orqali u o‘zining

iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, Hindistonning mintaqadagi ustunligini muvozanatlash va

Hind-Tinch okeani mintaqasida strategik ustunlikka erishishni maqsad qilgan. “Bir kamar bir

yo‘l” tashabbusi, Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori (CPEC) loyihalari Xitoyning mintaqadagi

iqtisodiy va geosiyosiy ambitsiyalarini yaqqol namoyon etadi

2

.

Xitoyning Janubiy Osiyodagi maqsadlari ko‘p tomonlamali bo‘lib, iqtisodiy, strategik va siyosiy

yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy jihatdan Xitoy Janubiy Osiyodagi bozorlar va

resurslarga kirishni maqsad qilgan hamda Hind okeani orqali o‘tuvchi dengiz yo‘llarining

xavfsizligini ta’minlashni istaydi. 2013-yilda ishga tushirilgan “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi

1

South Asia Development Update, October 2024: Women, Jobs, and Growth (English). South Asia Development

Update

https://documents1.worldbank.org/curated/en/099743510212434785/pdf/IDU-9cf6875c-0bfb-4ce0-a263-

563505302763.pdf

2

Sawaira Rashid, Gulshan Majeed, Muhammad Ikram. (2023). China’s Belt and Road Initiative and its Implications

for South Asian Region. UCP Journal of Humanities & Social Sciences (HEC Recognized-Y Category), 2(1), pp.49-

66.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

332

Xitoyning iqtisodiy strategiyasining asosiy tayanchidir. Ushbu tashabbus doirasida Pokiston,

Shri-Lanka, Bangladesh va Nepalda infratuzilma loyihalariga katta sarmoyalar kiritilgan.

Qiymati 60 milliard dollardan ortiq bo‘lgan Xitoy-Pokiston Iqtisodiy Koridori (CPEC) loyihasi

Xitoyning Shinjon hududini Pokistonning Gvadar porti bilan bog‘lashni nazarda tutadi. Bu

Xitoyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Arab dengiziga chiqish imkonini beradi

3

. Strategik jihatdan Xitoy

Janubiy Osiyodagi o‘zining mintaqaviy raqibi sifatida ko‘radigan Hindiston ta’sirini

muvozanatlashni ko‘zlamoqda. Pokiston, Shri-Lanka va Bangladesh bilan mustahkam aloqalarni

yo‘lga qo‘yish orqali Xitoy Hindistonni strategik jihatdan o‘rab olishga harakat qilmoqda. Bu

yondashuv ko‘pincha “Marvaridlar zanjiri” (String of Pearls) strategiyasi deb ataladi

4

. U

Hindistonni o‘rab turgan davlatlarda portlar va infratuzilmalarni rivojlantirish orqali Xitoyning

dengizdagi manfaatlarini himoya qilish va Hind okeanida oʻz oʻrnini namoyish etish imkonini

beradi. Siyosiy jihatdan esa Xitoy o‘z sarmoyalari xavfsizligini ta’minlash va mintaqaviy

hukumatlarning Xitoyning global geosiyosiy maqsadlariga moslashishini ta’minlash uchun

Janubiy Osiyoda barqarorlikni saqlashni istaydi. Bunga Hindistonga qaramlikni kamaytirish

maqsadida Nepal va Maldiv orollari kabi kichik davlatlarni qo‘llab-quvvatlash va Xitoyning

“yumshoq kuch”ini kuchaytirishga qaratilgan hamkorliklarni rivojlantirish kiradi. Xitoyning

mintaqadagi avtoritar rejimlar yoki aralash tuzumdagi davlatlarni qo‘llab-quvvatlashi esa uning

ichki siyosatga aralashmaslik tamoyiliga asoslangan yondashuviga mos keladi va G‘arbning

yondashuvidan farq qiladi

5

.

Xitoyning iqtisodiy islohotlari uning iqtisodiyotini global bozorga ochishga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri

xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga va eksportga yo‘naltirilgan o‘sishni rag‘batlantirishga

qaratilgan siyosatlar bilan boshlandi. Ushbu islohotlar natijasida Xitoy sanoatlashtirish va

infratuzilmani rivojlantirishga urg‘u bergan holda nominal YaIM bo‘yicha dunyoning ikkinchi

yirik iqtisodiyotiga aylandi. 2000-yillarning boshlariga kelib Xitoy po‘lat va sement tarmoqlarida

ortiqcha ishlab chiqarish muammosiga duch keldi, bu esa uni xorijdagi bozorlar va investitsiyalar

izlashga undadi. “Bir kamar bir yo‘l” tashabbusi ana shu muammolarga yechim sifatida paydo

bo‘lib, ortiqcha kapital va tajribani chet el infratuzilma loyihalariga yo‘naltirish, savdo yo‘llarini

xavfsizlantirish va geosiyosiy ta’sirni oshirish vositasiga aylandi

6

. Xitoyga yaqin joylashgan va

tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga ega bo‘lgan Janubiy Osiyo “Bir kamar bir yo‘l” doirasidagi

asosiy mintaqalardan biriga aylandi. Bu hududning geografik joylashuvi, ya’ni Sharqiy Osiyoni

Hind okeani va undan naridagi hududlarga bogʻlashi Xitoyning dengiz va quruqlikdagi savdo

yo‘llarini xavfsizlantirish maqsadlariga mos keladi. 2023-yilda PLOS One jurnalida chop etilgan

tadqiqotga ko‘ra, Xitoy va Janubiy Osiyodagi iqtisodiy o‘sish, sanoatlashtirish va jamg‘arma

darajasining oshishi “Bir kamar bir yo‘l” doirasidagi savdo hamkorligini sezilarli darajada

kuchaytirgan

7

. Ushbu hamkorlik Xitoyning Janubiy Osiyoni o‘zining global iqtisodiy

3

Hussain E. (2019). CPEC: Governance and security challenges—Implications for the Belt and Road Initiative.

Chinese Political Science Review 4(1), pp.135-147.

4

Kaplan R. D. (2011). Monsoon: The Indian Ocean and the Future of American Power. Random House, p.400.

5

Shambaugh D. (2013). China Goes Global: The Partial Power. Oxford University Press, p.409.

6

Cai

P.

(2017).

Understanding

China’s

Belt

and

Road

Initiative.

Lowy

Institute

https://www.lowyinstitute.org/publications/understanding-china-s-belt-road-initiative

7

Danlu Xu, Qinyi Fu, Yanghai Mao, Ling Zhou. (2023). A study on the Belt and Road Initiative’s trade and its

influencing factors: Evidence of China-South Asia’s panel data. PLOS One, 18(4).


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

333

strategiyasiga integratsiya qilish, mintaqaning salohiyatidan foydalangan holda transport va

savdo aloqalarini kengaytirish maqsadini aks ettiradi. “Bir kamar bir yo‘l” tashabbusi Osiyo,

Afrika va Yevropani infratuzilma, savdo va madaniy almashinuvlar orqali bog‘lashni ko‘zlaydi

8

.

Janubiy Osiyo ushbu strategiyada markaziy o‘rin tutadi, chunki u Sharqiy Osiyo va Hind okeani

o‘rtasidagi “ko‘prik” bo‘lib xizmat qiladi hamda Afrikadagi va Yevropadagi bozorga chiqish

imkonini beradi. Bu mintaqada “Bir kamar bir yo‘l”ning muhim hamkorlari hisoblangan

Pokiston, Shri-Lanka, Nepal, Bangladesh va Maldiv orollari joylashgan bo‘lib, CPEC (Xitoy–

Pokiston iqtisodiy koridori), BCIM (Bangladesh–Xitoy–Hindiston–Myanma iqtisodiy koridori)

va Trans-Himoloy iqtisodiy koridori kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Janubiy Osiyoning roli

faqat iqtisodiy emas, balki geosiyosiy ahamiyatga ham ega. “Bir kamar bir yo‘l” tashabbusi

infratuzilma, raqamli texnologiyalar va madaniy almashinuvlar orqali Xitoyning “yumshoq

kuch”ini kengaytirishga xizmat qilayotgan diplomatik vosita sifatida baholanadi. Biroq bu

tashabbus ba’zi xavotirlarni ham yuzaga keltirgan, xususan Hindiston tomonidan. Hindiston “Bir

kamar bir yo‘l”ni, ayniqsa CPEC loyihasini Xitoyning unga qarshi qo‘shni davlatlar bilan

ittifoqlar orqali uni o‘rab olishga qaratilgan strategik harakati sifatida ko‘radi

9

. Shunga qaramay

2014-2018-yillar oralig‘ida yillik o‘rtacha 7,6% iqtisodiy o‘sishga erishgan Janubiy Osiyo Xitoy

sarmoyalari uchun jozibador mintaqa bo‘lib qolmoqda.

CPEC (Xitoy-Pokiston Iqtisodiy Koridori) 2015-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, “Bir kamar, bir

yo‘l” tashabbusining asosiy loyihasi hisoblanadi. Uning umumiy investitsiya hajmi 62 milliard

AQSh dollariga baholanmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi Xitoyning Shinjon viloyatidagi

Qoshg‘ar shahrini Pokistonning Arab dengizi sohilida joylashgan Gvadar porti bilan avtomobil

yo‘llari, temir yo‘llar, quvurlar va energetika loyihalari tarmog‘i orqali bog‘lashdir

10

. 2015-2020-

yillarni qamrab olgan dastlabki bosqich energiya va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirildi,

bu orqali Pokistondagi uzoq yillik energiya tanqisligi bartaraf etilishi va transport tarmoqlari

modernizatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan edi. 2016-yilda Xitoy yuklari quruqlik orqali Gvadar

portiga yetkazildi, bu esa koridorning qisman ishga tushganini anglatadi. CPEC’ning strategik

ahamiyati shundaki, u Xitoyga Hind okeaniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish yo‘lini taqdim etadi va

Malakka bo‘g‘ozidan o‘tuvchi xavfli yo‘lni aylanib o‘tish imkonini beradi. Pokiston uchun esa

ushbu koridor ish o‘rinlari yaratish, sanoat o‘sishi va transport aloqalarining yaxshilanishi orqali

iqtisodiy transformatsiyani va’da qilmoqda. Rashakai va Dhabiji Maxsus Iqtisodiy Zonalari

Pokistonni mintaqaviy ishlab chiqarish markaziga aylantirish maqsadida barpo etilmoqda

11

.

Biroq Pokistonning 2024-yilga kelib Xitoy oldidagi 29 milliard dollardan ortiq qarzi va

8

World

Economic

Forum.

(2023).

China’s

Belt

and

Road

Initiative

turns

10.

https://www.weforum.org/stories/2023/11/china-belt-road-initiative-trade-bri-silk-road/

9

Pant H.V., & Shivamurthy A.G. (2025). A China-led trilateral nexus as India’s new challenge. The Hindu

https://www.google.com/amp/s/www.thehindu.com/opinion/op-ed/a-china-led-trilateral-nexus-as-indias-new-

challenge/article69745715.ece/amp/

10

David Sacks. (2021). The China-Pakistan Economic Corridor—Hard Reality Greets BRI’s Signature Initiative.

Council on Foreign Relations

https://www.cfr.org/blog/china-pakistan-economic-corridor-hard-reality-greets-bris-signature-initiative

11

Pascal Abb, Filippo Boni, Hasan H. Karrar. (2024). China, Pakistan and the Belt and Road Initiative: The

Experience of an Early Adopter State. Routledge, p.176.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

334

loyihalardagi shaffoflik yetishmasligi tanqidlarni kuchaytirmoqda

12

. 2020-yildan beri CPEC

kengaytirilib, sanoat hamkorligi, qishloq xo‘jaligi va raqamli infratuzilmani rivojlantirish

yo‘nalishlariga qaratildi. Pokiston va Xitoy rasmiylari tomonidan hamraislik qilinadigan

Qo‘shma Hamkorlik Qo‘mitasi (JCC) bu harakatlarni muvofiqlashtiradi. Geosiyosiy ziddiyatlar

va Pokistondagi ichki siyosiy beqarorlikka qaramay CPEC “Bir kamar, bir yo‘l” loyihalari uchun

namuna bo‘lib qolmoqda va Xitoyning mahalliy sharoitlarga moslashgan holda o‘z strategik

maqsadlarini ilgari surish qobiliyatini namoyon etmoqda

13

.

Xitoyning Janubiy Osiyodagi infratuzilma loyihalari faqat Pokiston bilan cheklanmaydi, u Shri-

Lanka, Nepal va Bangladeshda ham sezilarli darajada investitsiya qilgan. Ushbu loyihalar “Bir

kamar, bir yo‘l” tashabbusining “Dengiz Ipak yo‘li” (Maritime Silk Road) tarkibida bo‘lib,

Xitoyning Hind okeaniga kirishini osonlashtiradi va savdo tarmoqlarini mustahkamlaydi. Shri-

Lankaning Hind okeanidagi strategik joylashuvi Xitoy investitsiyalari uchun diqqat markaziga

aylangan. “Bir kamar, bir yo‘l”ning muhim loyihalaridan biri bo‘lgan Gambantota porti 2017-

yilda Shri-Lankaning 1,1 milliard dollarlik qarzini to‘lay olmasligi ortidan 99 yilga Xitoyga

ijaraga berilgan

14

. Bu esa “qarz tuzog‘i diplomatiyasi” ayblovlariga sabab bo‘ldi, Shri-

Lankaning Yaponiya, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot bankiga bo‘lgan qarzlari Xitoy oldidagi

majburiyatlaridan ancha yuqori ekanini koʻp bor yoritilgan. Kolombo Port City loyihalari Shri-

Lankani mintaqaviy moliyaviy markazga aylantirishni maqsad qilgan, biroq ular atrof-muhitga

ta’siri va Xitoy ta’sirining ortib borishi borasida xavotir uyg‘otgan. Nepal esa 2017-yilda “Bir

kamar, bir yo‘l”ga rasman qo‘shilgan bo‘lib, uning doirasidagi Trans-Himolay Iqtisodiy Koridori

loyihasi Himolay tog‘ tizmasi orqali transport aloqalarini yaxshilashga qaratilgan. Loyiha

doirasida avtomobil yo‘llari, gidroelektr stansiyalari va Xitoy bilan temir yo‘l aloqalari qurilishi

ko‘zda tutilgan

15

. Biroq moliyalashtirishdagi kelishmovchiliklar va Hindiston bilan bog‘liq

geosiyosiy xatarlar tufayli loyihalar sekin sur’atda rivojlanmoqda. Nepalning Xitoy va Hindiston

o‘rtasida muvozanat saqlashga intilishi uning “Bir kamar, bir yo‘l” doirasidagi loyihalarga

ehtiyotkorlik bilan yondashayotganini ko‘rsatadi, mamlakat iqtisodiy foydani ustuvor deb biladi,

biroq Xitoy kreditlariga haddan ziyod bog‘lanib qolmaslikka harakat qilmoqda. Bangladesh esa

“Bir kamar, bir yo‘l”ning asosiy hamkorlaridan biriga aylangan bo‘lib, Payra porti va Padma

ko‘prigiga oid loyihalari transport aloqalari va savdoni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 2025-

yilda Bangladesh rasmiy ravishda CPEC (Xitoy-Pokiston Iqtisodiy Koridori) doirasiga qo‘shildi,

bu esa mamlakatning Xitoyning iqtisodiy koridorlariga yanada chuqur integratsiyalashuvini

anglatadi

16

. Ushbu loyihalar Bangladeshning tez sur’atda o‘sayotgan iqtisodiyoti va dengiz orqali

12

Afzal M. (2020). “At all costs”: How Pakistan and China control the narrative on the China-Pakistan Economic

Corridor. Brookings Institution https://www.brookings.edu/articles/at-all-costs-how-pakistan-and-china-control-the-

narrative-on-the-china-pakistan-economic-corridor/

13

Siegfried O. Wolf. (2023). The China-Pakistan Economic Corridor of the Belt and Road Initiative: Concept,

Context, and Assessment. Springer, p.412.

14

Adhe Nuansa Wibisono. (2019). China’s “Belt and Road Initiative” in Sri Lanka : Debt Diplomacy in Hambantota

Port Investment. Jurnal Mandala Jurnal Ilmu Hubungan Internasional 2(2), pp.222-245.

15

Indira Devi Prasain. (2024). The Belt and Road Initiative: Assessing Its Implications for Nepal’s Development.

Interdisciplinary Journal of Management and Social Sciences 5(2), pp.102-113.

16

Yuvraj Tyagi. (2025). China Deepens South Asia Footprint with Trilateral Engagement of Pakistan, Bangladesh

https://www.google.com/amp/s/www.timesnownews.com/world/asia/china-hosts-trilateral-talks-with-neighbours-

excludes-india-from-south-asia-axis-article-152155836/amp


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

335

strategik kirish imkoniyatlaridan foydalanishni maqsad qilgan. Biroq Xitoydan olingan qarz

miqdori rekord darajaga yetgani bois, qarz barqarorligi borasida xavotirlar mavjud

17

.

1978-yildagi Xitoy va 1991-yildagi Hindiston iqtisodiy islohotlari har ikki davlatni global

iqtisodiy kuchlarga aylantirib, ikki tomonlama savdoning sezilarli o‘sishiga zamin yaratdi. 2024-

yilga kelib Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi savdo hajmi 135,9 milliard AQSh dollariga yetdi, bu

bilan Xitoy Hindistonning eng yirik savdo hamkoriga aylanishi natijasida AQShni ortda

qoldirdi

18

. Hindistonning Xitoyga temir rudasi, paxta va organik kimyoviy moddalarni o‘z ichiga

olgan eksporti 16,8 milliard dollarni tashkil etdi, Xitoydan esa asosan elektronika, texnika va

farmatsevtika mahsulotlari importi 118,4 milliard dollarga yetdi, natijada 101,6 milliard dollarlik

savdo salbiy balansi yuzaga keldi. Bu nomutanosiblik Hindistonning ayniqsa elektronika va faol

farmatsevtik ingredientlar sohalarida Xitoy ishlab chiqarishiga bog‘liqligini aks ettiradi; 2023-

yilga kelib Hindistonning faol farmatsevtik ingredientlar importining 70 foizi Xitoydan kelgan.

Iqtisodiy hamkorlik faqat savdo bilan cheklanmay, investitsiya va texnologiya sohalarini ham

qamrab oladi. Xiaomi, Vivo va BYD kabi Xitoy kompaniyalari Hindistonning iste’mol

elektronikasi va avtomobil sanoatiga katta miqdorda sarmoya kiritib, ish o‘rinlari yaratmoqda

hamda “Make in India” tashabbusiga hissa qoʻshmoqda

19

. Shu bilan birga TCS va Infosys kabi

yirik hind axborot texnologiyalari kompaniyalari Xitoyda faoliyat yuritib, u yerdagi raqamli

bozorga xizmat ko‘rsatmoqda. 2022-yilda Xitoy Mintaqaviy keng qamrovli iqtisodiy hamkorlik

(RCEP) kelishuviga qo‘shilgan bo‘lsa-da, Hindiston 2019-yilda ushbu kelishuvdan chiqdi, bu

esa Xitoy bilan iqtisodiy integratsiyaga nisbatan ehtiyotkor yondashuvini aks ettiradi

20

.

Hindiston bozorining Xitoy mahsulotlari bilan haddan ziyod to‘lib ketish xavfi va strategik

zaifliklar bunga sabab bo‘ldi.

Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi 3488 kilometrli nazorat chizig‘i bilan bog‘liq chegara nizosi

barqaror aloqalarga jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Bu nizo mustamlaka davriga oid 1914-yilgi

MakMaxon chizig‘i kelishuvlarga borib taqaladi va Aksay Chin hamda Arunachal Pradesh

hududlaridagi qarama-qarshi hududiy da’volarni o‘z ichiga oladi. 1962-yildagi Xitoy-Hindiston

urushi natijasida Xitoy Aksay Chinni nazoratiga olgan va bu tarixiy ishonchsizlikni

kuchaytirgan

21

. So‘nggi yillarda esa chegarada vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.

Eng jiddiy so‘nggi ziddiyat 2020-yil iyun oyida Galvan vodiysida yuz berdi, bu to‘qnashuvda 20

nafar hind va noma’lum miqdordagi xitoylik askarlar halok bo‘ldi

22

. Bu 1962-yildan buyon eng

qonli nizo bo‘lib, natijada harbiy kuchlar safarbar qilindi, iqtisodiy javob choralar va qisman

17

Mallick S. (2025). China’s Belt and Road Initiative: Impact on South Asia’s Geopolitical Landscape and Regional

Dynamics. Jadavpur Journal of International Relations, 28(1), pp.7-30.

18

China-India Economic Ties: Trade, Investment, and Opportunities https://www.china-briefing.com/news/china-

india-economic-ties-trade-investment-and-opportunities/

19

Sylvia Malinbaum. (2025). India’s Quest for Economic Emancipation from China. Asie. Visions, No.145, Institut

français des relations internationales, p.9-30.

20

Abraham Hugo Pandu Wicaksono. (2021). India’s Withdrawal from Regional Comprehensive Economic

Partnership (RCEP). Nation State Journal of International Studies 4(2), pp.231-246.

21

Karackattu J.T. (2018). India–China Border Dispute: Boundary-Making and Shaping of Material Realities from

the Mid-Nineteenth to Mid-Twentieth Century. Journal of the Royal Asiatic Society, 28(1), pp.135–159.

22

Sharma A. (2020). The recent deadly India–China border clash. New Zealand International Review, 45(5), pp.4–7.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

336

chekinish jarayoni boshlandi. 2024-yil oktabrida har ikki tomon Depsang va Demchok

hududlarida patrullikni tiklashga kelishib oldi, bu ziddiyatlarning yumshayotganini ko‘rsatadi,

biroq nazorat chizig‘ining boshqa qismlarida hal qilinmagan masalalar sababli tanglik saqlanib

qolmoqda. Bu chegara mojarolari infratuzilma rivojlantirish bilan yanada murakkablashmoqda.

Xitoyning “Bir kamar, bir yoʻl” tashabbusi doirasida nazorat chizig‘i yaqinida yo‘llar, uchish-

qo‘nish yo‘lakchalari va qishloqlar qurayotganligi Hindistonni xavotirga solmoqda, bu harakatlar

strategik tajovuz sifatida ko‘rilmoqda Hindiston bunga javoban o‘zining chegara infratuzilmasini

jadallashtirmoqda, Atal tunneli va Arunachal Pradeshdagi yo‘llar harbiy ishtirokni oshirish

maqsadida barpo etilmoqda. Nazorat chizig‘i nizolari faqat hududiy da’volar emas, balki

kengroq geostrategik raqobatni aks ettiradi, bu yerda har ikki davlat harbiy va iqtisodiy

vositalardan foydalangan holda o‘z ta’sir doiralarini kengaytirishga intilmoqda.

Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar tobora ko‘proq geostrategik raqobat bilan

belgilanmoqda. Bu ikki davlat Osiyoda yetakchilik qilish va global tartibni shakllantirish uchun

raqobatga kirishmoqda. Xitoyning 2013-yilda boshlangan “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi uning

global strategiyasining asosi bo‘lib, Osiyo, Afrika va Yevropa bo‘ylab infratuzilma loyihalari

orqali bog‘liqlikni kuchaytirishga qaratilgan. Janubiy Osiyo bu tashabbusning muhim qismidir,

Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori loyihasi ham unga kiradi, Hindiston esa bu loyihaga qarshi,

chunki u Gilgit-Baltiston kabi bahsli hududlardan o‘tadi. Hindiston “Bir kamar , bir yoʻl”

loyihalarini, ayniqsa Shri-Lankadagi Gambantota porti va Bangladeshdagi Payra portini

Xitoyning “Marvaridlar zanjiri” strategiyasining bir qismi deb ko‘radi, bu orqali Xitoy

Hindistonni dengiz va quruqlik orqali o‘rab olmoqchi. Hindiston bunga javoban o‘zining

mintaqaviy tashabbuslarini ilgari surmoqda, “Sharqqa faol siyosat”, Yaponiya bilan birga ishlab

chiqilgan Osiyo-Afrika o‘sish koridori va Rossiya hamda Eron bilan hamkorlikdagi Xalqaro

Shimol-Janub transport yo‘lagi bunga misol boʻla oladi. Bu tashabbuslar Hindistonning Hind-

Tinch okeani va Markaziy Osiyodagi ta’sirini oshirish va Xitoyning ustunligiga qarshi turishga

xizmat qiladi. Hindiston AQSh, Yaponiya va Avstraliya bilan birga “Quad” guruhi doirasida

yetakchilik qilmoqda va G‘arb davlatlari bilan harbiy aloqalarni kuchaytirmoqda, bu esa

Xitoyning o‘sib borayotgan ta’siriga qarshi muvozanat o‘rnatish niyatini ko‘rsatadi

23

.

NATIJALAR/РЕЗУЛЬТАТЫ/RESULTS:

AQSHning Hind-Tinch okeani strategiyasi 2017-

yilda Tramp ma’muriyati tomonidan rasmiylashtirilgan va keyinchalik Bayden ma’muriyati

davrida takomillashtirilgan bo‘lib, “erkin va ochiq Hind-Tinch okeani” (FOIP) tamoyilini saqlab

qolishga qaratilgan. Ushbu strategiya xalqaro huquq-qoidalar asosidagi tartibni, kemalarning

erkin harakatlanishini va ittifoqlarni mustahkamlashni yoritib, Xitoyning tobora ortib borayotgan

ta’siriga qarshi turishni ko‘zda tutadi

24

. 2022-yilgi AQSH Milliy xavfsizlik strategiyasida Xitoy

“xalqaro tartibni o‘zgartirish niyatiga va bunga erishish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy,

diplomatik, harbiy va texnologik kuchga ega yagona raqib” sifatida alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Bu yondashuv AQSH-Xitoy raqobatining Hind-Tinch okeani mintaqasi kelajagini belgilab

berayotganini yaqqol ko‘rsatadi. FOIP strategiyasi uch asosiy tamoyilga tayangan: xavfsizlik,

iqtisodiy hamkorlik va boshqaruv. Xavfsizlik nuqtai nazaridan AQSH Hindiston, Yaponiya,

Avstraliya va ASEAN davlatlari bilan ittifoqlarni chuqurlashtirdi hamda qo‘shma harbiy

23

Darshana M. Baruah. (2018). India’s Answer to the Belt and Road: A Road Map for South Asia. CARNEGIE

INDIA https://carnegieendowment.org/research/2018/08/indias-answer-to-the-belt-and-road-a-road-map-for-south-

asia?lang=en

24

Li C. (2023). An Analysis of the US Indo-Pacific Strategy in US-China Competition. American Journal of

Chinese Studies, 30(1), pp.43-59.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

337

mashg‘ulotlar va mudofaa bitimlari orqali o‘zaro hamkorlikni mustahkamladi. AQSH, Hindiston,

Yaponiya va Avstraliyadan iborat To‘rt tomonlama xavfsizlik muloqoti (Quad) ushbu

strategiyaning asosiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. 2007-yilda oddiy muloqot platformasi

sifatida yaratilgan Quad bugungi kunda harbiy mashg‘ulotlar, vaksina diplomatiyasi, iqlim

o‘zgarishi va 5G hamda sun’iy intellekt kabi muhim texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik

tashabbuslari orqali faoliyat doirasini kengaytirgan

25

. Quad’ning bunday rivojlanishi a’zolar

o‘rtasida Xitoyning dengizdagi tajovuzkor harakatlariga qarshi chiqish va mintaqada huquq-

qoidalarga asoslangan tartibni ilgari surishga nisbatan ortib borayotgan konsensusni aks ettiradi.

Janubiy Osiyoda AQSH Hindistonni asosiy hamkor sifatida tanlab, uni Xitoyga qarshi

muvozanat kuchi deb hisoblamoqda. Hindistonning harbiy salohiyati, jumladan, dengiz kuchlari

va yadroviy arsenalining mavjudligi uni Xitoyga teng raqobatchi sifatida ko‘rsatadi, biroq uning

“strategik avtonomiya” siyosati AQSH bilan to‘liq ittifoqda bo‘lish imkoniyatlarini cheklaydi.

AQSH Shri-Lanka, Bangladesh va Maldiv kabi kichik Janubiy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy va

xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga intilib, ularning strategik tanlovlarini

kengaytirish va Xitoyga bo‘lgan qaramlikni kamaytirishni maqsad qilgan

26

. AQSH tomonidan

Bangladeshdagi rohinja qochqinlarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy diversifikatsiya bo‘yicha

ko‘rsatilayotgan yordam Xitoyning infratuzilmaviy ta’sirini muvozanatlashga qaratilgan.

Shuningdek AQSH 2022-yilda yuqori standartli savdo, ta’minot zanjiri barqarorligi va toza

energiya bo‘yicha hamkorlikni ilgari suruvchi Hind-Tinch okeani Iqtisodiy Platformasini (IPEF)

ishga tushirdi

27

. Biroq IPEF investitsiya emas, balki iqtisodiy standartlarni belgilashga urg‘u

bergani sababli Xitoyning aniq infratuzilma loyihalarini taklif qiluvchi “Bir kamar, bir yo‘l”

tashabbusiga nisbatan jozibadorligi pastroq bo‘lib qolmoqda.

Janubiy Osiyo davlatlari AQSH-Xitoy raqobatida “hedging” (xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiy

manfaatlarni maksimal darajada olish uchun ikkala tomon bilan hamkorlik qilish) strategiyasidan

foydalanadilar. Bu yondashuv davlatlarga ikki yirik kuch bilan bir vaqtda hamkorlik qilish,

iqtisodiy va xavfsizlik foydalarini qo‘lga kiritish hamda katta davlatlar o‘rtasidagi mojarolarga

ortiqcha aralashib qolish xavfini kamaytirish imkonini beradi

28

. Shri-Lanka “Bir kamar, bir yo‘l”

tashabbusi doirasida Xitoy sarmoyalarini infratuzilma loyihalari orqali qabul qilgan bo‘lsa-da,

Pekinning ta’sirini muvozanatlashtirish uchun AQSH va Hindiston ko‘magiga ham intilmoqda.

Bangladesh ham o‘zining strategik geografik joylashuvini Xitoy va AQSHdan investitsiyalar jalb

qilishda foydali vosita sifatida ishlatib, mintaqaviy xavfsizlik masalalarida betaraf pozitsiyani

saqlab qolmoqda. ASEANning yondashuvi bu borada foydali taqqoslash imkonini beradi.

Singapur, Indoneziya va Vetnam kabi ASEAN mamlakatlari “yengil” yoki “o‘rtacha” hedging

strategiyasini qo‘llab, AQSH va Xitoy bilan hamkorlik qilish orqali iqtisodiy va xavfsizlik

foydalarini olishga intiladi, biroq bu ikki kuchdan birortasi bilan ochiqcha ittifoq tuzishdan

25

Emmanuel Selome Fasinu, Beatrice Jesutayo, Titilayo Olaniyan, John Eloche. (2024). Assessing the Politics of

the Quadrilateral Security Dialogue (QUAD) and its Impact on India-United States Relations: Implications for

Security and Trade Cooperation. Journal of Public Administration and Social Welfare Research, 9(3), pp.115-125.

26

Tehseen M. (2017). Sino-US Competition: Implications for South Asia and the Asia-Pacific. Strategic Studies,

37(4), pp.1-17.

27

Wardani R.Y., Cooray N.S., Waruwu A.H., Putri A.N., & Maulani A.A. (2024). The IPEF as a Grand Strategic

Design for the US Economic Gains. Indian Journal of Asian Affairs, 37(1/2), pp.43-56.

28

Haacke J. (2019). The concept of hedging and its application to Southeast Asia: a critique and a proposal for a

modified conceptual and methodological framework. International Relations of the Asia-Pacific, 19(3), pp.375-417.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

338

saqlanadi

29

. Janubiy Osiyoda ham kichik davlatlar shunga o‘xshash bosimlarni boshdan

kechirmoqda, ammo ularning diplomatik imkoniyatlari nisbatan cheklangan. Nepal Xitoyning

gidroenergetika va transport infratuzilmasiga qaratilgan sarmoyalarini Hindiston va AQSH

yordami bilan muvozanatlab, Pekinga haddan ortiq bog‘lanib qolmaslikka harakat qilmoqda.

Maldiv orollari ham Xitoy va Hindistonning ta’siri o‘rtasida muvozanat saqlashga intilib, kichik

davlatlar qanday nozik strategik yondashuvga murojaat qilishlarini ko‘rsatmoqda.

AQSH va Xitoy o‘rtasidagi raqobat Janubiy Osiyodagi barqarorlik uchun chuqur ta’sirlarga ega

bo‘lib, u ham imkoniyatlar, ham xavflarni yuzaga keltirmoqda. Bir tomondan, bu raqobat

mintaqada an’anaviy bo‘lmagan xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirdi, masalan

iqlim o‘zgarishi, dengiz xavfsizligi va jamoat salomatligi kabi sohalarda. COVID-19

pandemiyasi davrida Quad guruhining vaksina diplomatiyasi tashabbuslari va iqlim o‘zgarishiga

qarshi kurashdagi e’tibori umumiy mintaqaviy muammolarga qarshi birgalikda harakat qilishga

intilganini ko‘rsatdi. Bunday hamkorlik mintaqaviy hamjihatlik va chidamlilikni oshirish

imkonini beradi. Boshqa tomondan esa bu raqobat Janubiy Osiyoda mamlakatlarni ikki kuchdan

birini tanlashga majbur qilishi yoki iqtisodiy va xavfsizlik bosimlariga duchor qilishi orqali

mintaqani qutblantirish xavfini tug‘diradi. Singapur bosh vaziri Li Syan Lun 2019-yilda AQSH-

Xitoy keskinliklari “raqib bloklar” vujudga kelishiga va ASEANning markaziy roliga putur

yetkazishiga olib kelishi mumkinligini ogohlantirgan edi

30

. Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi

majburlovchi harakatlari va Hindiston bilan chegara nizolari mintaqadagi tanglikni

kuchaytirmoqda. AQSHning bu vaziyatga Hind-Tinch okeani mintaqasida harbiy ishtirokini

kuchaytirish va Quad ittifoqlarini qo‘llab-quvvatlash orqali javobi Xitoyni tiyish maqsadini

ko‘zlasa-da, mojarolarni yanada kuchaytirish xavfini keltirib chiqaradi. Carnegie

Endowmentning 2024-yildagi hisobotida ogohlantirilishicha, Tayvan atrofida yuz berishi

mumkin bo‘lgan yirik AQSH-Xitoy harbiy to‘qnashuvi yangi “sovuq urush” ssenariysini yuzaga

keltirib, butun Hind-Tinch okeani, jumladan Janubiy Osiyoda barqarorlikni izdan chiqarishi

mumkin

31

.

XULOSA/ЗАКЛЮЧЕНИЕ/CONCLUSION:

Xulosa qilib aytganda, Xitoyning Janubiy

Osiyodagi strategiyasi murakkab, ammo izchil. U mintaqaning iqtisodiy infratuzilmasini

shakllantirish bilan birga siyosiy ta’sir doirasini kengaytirmoqda. Xitoyning Janubiy Osiyodagi

kelajakdagi strategiyasi mintaqaning geosiyosiy manzarasini chuqur o‘zgartirish salohiyatiga ega

bo‘lib, uning uzoq muddatli geostrategik maqsadlariga xizmat qilmoqda. Ushbu strategiya

nafaqat iqtisodiy loyihalar orqali, balki siyosiy va harbiy vositalar bilan ham amalga

oshirilmoqda. Xitoy Janubiy Osiyoni o‘zining tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlari uchun

asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rib, u yerda o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Bu esa “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusiorqali amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari,

portlar va yo‘llar tarmog‘i orqali yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xitoyning uzoq muddatli

29

Peter Brian M. Wang. (2025). US-China Competition and ASEAN Unity: Why Economic Resilience Matters.

AEI Insights An International journal of Asia-Europe relations 10(1), pp.15-30.

30

Charles

Dunst.

(2020).

How

the

US

Can

Win

Back

Southeast

Asia.

TheDiplomat

https://thediplomat.com/2020/09/how-the-us-can-win-back-southeast-asia/

31

Christopher S. Chivvis, Mariano-Florentino (Tino) Cuéllar, and others (2024). U.S.-China Relations for the 2030s:

Toward a Realistic Scenario for Coexistence. Carnegie Endowment for International Peace

https://carnegieendowment.org/research/2024/10/us-china-relations-for-the-2030s-toward-a-realistic-scenario-for-

coexistence?lang=en


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

339

geostrategik maqsadlari xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash, mintaqaviy savdo yo‘llarini nazorat

qilish, energetik resurslarga yaqinlashish va geoiqtisodiy ustunlikka erishishdan iborat. Ayniqsa

Pokiston bilan hamkorlikdagi “Xitoy-Pokiston Iqtisodiy Koridori” va Shri-Lanka, Bangladesh,

Nepaldagi portlar orqali Xitoy Hind okeaniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatini qo‘lga

kiritmoqda. Bu esa unga strategik harakat erkinligini va global dengiz yo‘llaridagi ta’sirini

kengaytirish imkonini beradi. Biroq Janubiy Osiyo davlatlarining Xitoyga nisbatan tobora

kuchayib borayotgan iqtisodiy va infratuzilmaviy qaramligi ularning siyosiy suverenitetiga xavf

solmoqda. Kreditlar, investitsiyalar va infratuzilma loyihalari orqali Xitoy mintaqa davlatlarini

o‘ziga bog‘lab qo‘ymoqda. Natijada ayrim mamlakatlarda “qarz tuzog‘i diplomatiyasi” haqida

xavotirlar paydo bo‘lmoqda. Shu bilan birga bu davlatlar Xitoy bilan yaqin aloqalarda bo‘lish

orqali qisqa muddatli iqtisodiy manfaatlarga erishayotgan bo‘lsalar-da, uzoq muddatli

suverenitet masalalari ochiq qolmoqda. Janubiy Osiyo Xitoy uchun global superkuch sifatidagi

imidjini mustahkamlashda muhim maydon hisoblanadi. Mintaqadagi strategik joylashuv,

Hindiston kabi yirik geosiyosiy raqibning mavjudligi va global dengiz yo‘llarining kesishgan

nuqtasi sifatida Janubiy Osiyo Xitoyning global ambitsiyalari uchun tayanch hududga

aylanmoqda. Xitoy bu mintaqada o‘zini nafaqat iqtisodiy sherik, balki xavfsizlik va siyosiy

barqarorlik kafolatchisi sifatida ham ko‘rsatishga intilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI / СПИСОК ИСТОЧНИКОВ /

REFERENCES:

1.

Abb, Pascal., Boni, Filippo., & Karrar, Hasan H. (2024). China, Pakistan and the Belt and

Road Initiative: The Experience of an Early Adopter State. Routledge, p:176.

2.

Afzal, M. (2020). “At all costs”: How Pakistan and China control the narrative on the

China-Pakistan

Economic

Corridor.

Brookings

Institution.

https://www.brookings.edu/articles/at-all-costs-how-pakistan-and-china-control-the-narrative-

on-the-china-pakistan-economic-corridor/

3.

Baruah, Darshana M. (2018). India’s Answer to the Belt and Road: A Road Map for

South Asia. CARNEGIE INDIA. https://carnegieendowment.org/research/2018/08/indias-

answer-to-the-belt-and-road-a-road-map-for-south-asia?lang=en

4.

Cai, P. (2017). Understanding China’s Belt and Road Initiative. Lowy Institute.

https://www.lowyinstitute.org/publications/understanding-china-s-belt-road-initiative

5.

Chivvis, C. S., Cuéllar, M.-F., Medeiros, E. S., Walt, S. M., Culver, J., Foot, R., Bergsten,

C. F., Campanella, E., Rithmire, M., Fravel, M. T., Heginbotham, E., Perkovich, G., Wong, A.,

& Wertheim, S. (2024). U.S.-China Relations for the 2030s: Toward a Realistic Scenario for

Coexistence.

Carnegie

Endowment

for

International

Peace.

https://carnegieendowment.org/research/2024/10/us-china-relations-for-the-2030s-toward-a-

realistic-scenario-for-coexistence?lang=en

6.

Dunst, C. (2020). How the US Can Win Back Southeast Asia. The Diplomat.

https://thediplomat.com/2020/09/how-the-us-can-win-back-southeast-asia/

7.

Fasinu, E. S., Jesutayo, B., Olaniyan, T., & Eloche, J. (2024). Assessing the Politics of

the Quadrilateral Security Dialogue (QUAD) and its Impact on India-United States Relations:

Implications for Security and Trade Cooperation. Journal of Public Administration and Social

Welfare Research, 9(3), pp:115-125.

8.

Haacke, J. (2019). The concept of hedging and its application to Southeast Asia: a

critique and a proposal for a modified conceptual and methodological framework. International

Relations of the Asia-Pacific, 19(3), pp:375-417.

9.

Hussain, E. (2019). CPEC: Governance and security challenges—Implications for the

Belt and Road Initiative. Chinese Political Science Review, 4(1), pp:135-147.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

340

10.

Kaplan, R. D. (2011). Monsoon: The Indian Ocean and the Future of American Power.

Random House, p:400.

11.

KARACKATTU, J. T. (2018). India–China Border Dispute: Boundary-Making and

Shaping of Material Realities from the Mid-Nineteenth to Mid-Twentieth Century. Journal of the

Royal Asiatic Society, 28(1), pp:135–159.

12.

Li, C. (2023). An Analysis of the US Indo-Pacific Strategy in US-China Competition.

American Journal of Chinese Studies, 30(1), pp:43-59.

13.

Malick, S. (2025). China’s Belt and Road Initiative: Impact on South Asia’s Geopolitical

Landscape and Regional Dynamics. Jadavpur Journal of International Relations, 28(1), pp:7–30.

14.

Malinbaum, S. (2025). India’s Quest for Economic Emancipation from China. Asie.

Visions, No.145, Institut français des relations internationales, p:9-30.

15.

Pant, H. V., & Shivamurthy, A. G. (2025). A China-led trilateral nexus as India’s new

challenge. The Hindu. https://www.google.com/amp/s/www.thehindu.com/opinion/op-ed/a-

china-led-trilateral-nexus-as-indias-new-challenge/article69745715.ece/amp/

16.

Prasain, I. D. (2024). The Belt and Road Initiative: Assessing Its Implications for Nepal’s

Development. Interdisciplinary Journal of Management and Social Sciences, 5(2), pp:102-113.

17.

Rashid, S., Majeed, G., & Ikram, M. (2023). China’s Belt and Road Initiative and its

Implications for South Asian Region. UCP Journal of Humanities & Social Sciences (HEC

Recognized-Y Category), 2(1), pp:49-66.

18.

Sacks, D. (2021). The China-Pakistan Economic Corridor—Hard Reality Greets BRI’s

Signature Initiative. Council on Foreign Relations. https://www.cfr.org/blog/china-pakistan-

economic-corridor-hard-reality-greets-bris-signature-initiative

19.

South Asia Development Update, October 2024 : Women, Jobs, and Growth (English).

South

Asia

Development

Update

https://documents1.worldbank.org/curated/en/099743510212434785/pdf/IDU-9cf6875c-0bfb-

4ce0-a263-563505302763.pdf

20.

Sharma, A. (2020). The recent deadly India–China border clash. New Zealand

International Review, 45(5), pp:4–7.

21.

Shambaugh, D. (2013). China Goes Global: The Partial Power. Oxford University Press,

p:409.

22.

Tehseen, M. (2017). Sino-US Competition: Implications for South Asia and the Asia-

Pacific. Strategic Studies, 37(4), pp:1-17.

23.

Tyagi, Y. (2025). China Deepens South Asia Footprint with Trilateral Engagement of

Pakistan,

Bangladesh.

Times

Now

News.

https://www.google.com/amp/s/www.timesnownews.com/world/asia/china-hosts-trilateral-talks-

with-neighbours-excludes-india-from-south-asia-axis-article-152155836/amp

24.

Wardani, R. Y., Cooray, N. S., Waruwu, A. H., Putri, A. N., & Maulani, A. A. (2024).

The IPEF as a Grand Strategic Design for the US Economic Gains. Indian Journal of Asian

Affairs, 37(1/2), pp:43-56.

25.

Wang, P. B. M. (2025). US-China Competition and ASEAN Unity: Why Economic

Resilience Matters. AEI Insights: An International Journal of Asia-Europe Relations, 10(1),

pp:15–30.

26.

Wibisono, A. N. (2019). China’s “Belt and Road Initiative” in Sri Lanka: Debt

Diplomacy in Hambantota Port Investment. Jurnal Mandala Jurnal Ilmu Hubungan Internasional,

2(2), pp:222–245.

27.

Wolf, S. O. (2023). The China-Pakistan Economic Corridor of the Belt and Road

Initiative: Concept, Context, and Assessment. Springer, p:412.

28.

World Bank. (2024). South Asia Development Update, October 2024: Women, Jobs, and

Growth. South Asia Development Update.

Bibliografik manbalar

Abb, Pascal., Boni, Filippo., & Karrar, Hasan H. (2024). China, Pakistan and the Belt and Road Initiative: The Experience of an Early Adopter State. Routledge, p:176.

Afzal, M. (2020). “At all costs”: How Pakistan and China control the narrative on the China-Pakistan Economic Corridor. Brookings Institution. https://www.brookings.edu/articles/at-all-costs-how-pakistan-and-china-control-the-narrative-on-the-china-pakistan-economic-corridor/

Baruah, Darshana M. (2018). India’s Answer to the Belt and Road: A Road Map for South Asia. CARNEGIE INDIA. https://carnegieendowment.org/research/2018/08/indias-answer-to-the-belt-and-road-a-road-map-for-south-asia?lang=en

Cai, P. (2017). Understanding China’s Belt and Road Initiative. Lowy Institute. https://www.lowyinstitute.org/publications/understanding-china-s-belt-road-initiative

Chivvis, C. S., Cuéllar, M.-F., Medeiros, E. S., Walt, S. M., Culver, J., Foot, R., Bergsten, C. F., Campanella, E., Rithmire, M., Fravel, M. T., Heginbotham, E., Perkovich, G., Wong, A., & Wertheim, S. (2024). U.S.-China Relations for the 2030s: Toward a Realistic Scenario for Coexistence. Carnegie Endowment for International Peace. https://carnegieendowment.org/research/2024/10/us-china-relations-for-the-2030s-toward-a-realistic-scenario-for-coexistence?lang=en

Dunst, C. (2020). How the US Can Win Back Southeast Asia. The Diplomat. https://thediplomat.com/2020/09/how-the-us-can-win-back-southeast-asia/

Fasinu, E. S., Jesutayo, B., Olaniyan, T., & Eloche, J. (2024). Assessing the Politics of the Quadrilateral Security Dialogue (QUAD) and its Impact on India-United States Relations: Implications for Security and Trade Cooperation. Journal of Public Administration and Social Welfare Research, 9(3), pp:115-125.

Haacke, J. (2019). The concept of hedging and its application to Southeast Asia: a critique and a proposal for a modified conceptual and methodological framework. International Relations of the Asia-Pacific, 19(3), pp:375-417.

Hussain, E. (2019). CPEC: Governance and security challenges—Implications for the Belt and Road Initiative. Chinese Political Science Review, 4(1), pp:135-147.

Kaplan, R. D. (2011). Monsoon: The Indian Ocean and the Future of American Power. Random House, p:400.

KARACKATTU, J. T. (2018). India–China Border Dispute: Boundary-Making and Shaping of Material Realities from the Mid-Nineteenth to Mid-Twentieth Century. Journal of the Royal Asiatic Society, 28(1), pp:135–159.

Li, C. (2023). An Analysis of the US Indo-Pacific Strategy in US-China Competition. American Journal of Chinese Studies, 30(1), pp:43-59.

Malick, S. (2025). China’s Belt and Road Initiative: Impact on South Asia’s Geopolitical Landscape and Regional Dynamics. Jadavpur Journal of International Relations, 28(1), pp:7–30.

Malinbaum, S. (2025). India’s Quest for Economic Emancipation from China. Asie. Visions, No.145, Institut français des relations internationales, p:9-30.

Pant, H. V., & Shivamurthy, A. G. (2025). A China-led trilateral nexus as India’s new challenge. The Hindu. https://www.google.com/amp/s/www.thehindu.com/opinion/op-ed/a-china-led-trilateral-nexus-as-indias-new-challenge/article69745715.ece/amp/

Prasain, I. D. (2024). The Belt and Road Initiative: Assessing Its Implications for Nepal’s Development. Interdisciplinary Journal of Management and Social Sciences, 5(2), pp:102-113.

Rashid, S., Majeed, G., & Ikram, M. (2023). China’s Belt and Road Initiative and its Implications for South Asian Region. UCP Journal of Humanities & Social Sciences (HEC Recognized-Y Category), 2(1), pp:49-66.

Sacks, D. (2021). The China-Pakistan Economic Corridor—Hard Reality Greets BRI’s Signature Initiative. Council on Foreign Relations. https://www.cfr.org/blog/china-pakistan-economic-corridor-hard-reality-greets-bris-signature-initiative

South Asia Development Update, October 2024 : Women, Jobs, and Growth (English). South Asia Development Update https://documents1.worldbank.org/curated/en/099743510212434785/pdf/IDU-9cf6875c-0bfb-4ce0-a263-563505302763.pdf

Sharma, A. (2020). The recent deadly India–China border clash. New Zealand International Review, 45(5), pp:4–7.

Shambaugh, D. (2013). China Goes Global: The Partial Power. Oxford University Press, p:409.

Tehseen, M. (2017). Sino-US Competition: Implications for South Asia and the Asia-Pacific. Strategic Studies, 37(4), pp:1-17.

Tyagi, Y. (2025). China Deepens South Asia Footprint with Trilateral Engagement of Pakistan, Bangladesh. Times Now News. https://www.google.com/amp/s/www.timesnownews.com/world/asia/china-hosts-trilateral-talks-with-neighbours-excludes-india-from-south-asia-axis-article-152155836/amp

Wardani, R. Y., Cooray, N. S., Waruwu, A. H., Putri, A. N., & Maulani, A. A. (2024). The IPEF as a Grand Strategic Design for the US Economic Gains. Indian Journal of Asian Affairs, 37(1/2), pp:43-56.

Wang, P. B. M. (2025). US-China Competition and ASEAN Unity: Why Economic Resilience Matters. AEI Insights: An International Journal of Asia-Europe Relations, 10(1), pp:15–30.

Wibisono, A. N. (2019). China’s “Belt and Road Initiative” in Sri Lanka: Debt Diplomacy in Hambantota Port Investment. Jurnal Mandala Jurnal Ilmu Hubungan Internasional, 2(2), pp:222–245.

Wolf, S. O. (2023). The China-Pakistan Economic Corridor of the Belt and Road Initiative: Concept, Context, and Assessment. Springer, p:412.

World Bank. (2024). South Asia Development Update, October 2024: Women, Jobs, and Growth. South Asia Development Update.