ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
150
O‘ZBEKISTONNING YEVROSIYO IQTISODIY ITTIFOQI BILAN IQTISODIY
ALOQALARI: IMKONIYATLAR VA QIYINCHILIKLAR
Yusufjonov Bahrom Yo‘ldoshovich
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti
Xalqaro munosabatlar ta’lim yo‘nalishi
2-bosqich talabasi.
ANNOTATSIYA:
Maqola O‘zbekistonning Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilishi
masalasini tahlil qiladi va bu qarorning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jihatlarini ko‘rib chiqadi.
YEOIIga qo‘shilishning ijobiy va salbiy tomonlari, shu jumladan, savdo aloqalari, investitsiyalar,
transport, energetika, innovatsiyalar va sanoat sohalaridagi o‘zgarishlar muhokama qilinadi.
Maqolada O‘zbekistonning YEOII bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning ahamiyati,
shuningdek, bu tashkilotga qo‘shilish uchun zarur tayyorgarliklar haqida so‘z boradi.
O‘zbekistonning YEOIIga qo‘shilishi mamlakat iqtisodiyotining global integratsiyasini
kuchaytirishga yordam berishi mumkinligi yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Iqtisodiy aloqalar, savdo, investitsiyalar, transport, energetika, innovatsiyalar,
sanoat, mehnat resurslari, integratsiya.
ABSTRACT:
The article analyzes the issue of Uzbekistan joining the Eurasian Economic Union
and considers the economic, political and social aspects of this decision. The pros and cons of
joining the EU will be discussed, including changes in trade, investment, transport, energy,
innovation and industry. The article talks about the importance of developing economic relations
of Uzbekistan with the EUII, as well as the necessary preparations for joining this organization.
Uzbekistan's accession to YEOII can help strengthen the global integration of the country's
economy
Key words:
Economic relations, trade, investments, transport, energy, innovations, industry,
labor resources, integration.
АННОТАЦИЯ:
В статье анализируется вопрос вступления Узбекистана в Евразийский
экономический союз и рассматриваются экономические, политические и социальные
аспекты этого решения. Будут обсуждаться плюсы и минусы вступления в ЕС, включая
изменения в торговле, инвестициях, транспорте, энергетике, инновациях и
промышленности. В статье говорится о важности развития экономических отношений
Узбекистана с ЕСИИ, а также о необходимой подготовке к вступлению в эту организацию.
Присоединение Узбекистана к YEOII может способствовать усилению глобальной
интеграции экономики страны
Ключевые слова:
Экономические отношения, торговля, инвестиции, транспорт,
энергетика, инновации, промышленность, трудовые ресурсы, интеграция.
KIRISH
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
151
Soʻnggi kunlarda mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ga kirishi yo
kirmasligi haqida qizgʻin muhokama va munozaralar boʻlmoqda. Fikr-mulohazalar esa turlicha.
Keling, ularga xulosa yasashga shoshilmay, Oʻzbekistonning mazkur tashkilotga qoʻshilishining
ijobiy hamda salbiy jihatlari haqida fikrlashsak.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
2014-yil 29-mayda Ostona shahrida imzolangan “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi haqida”gi
Shartnomaning 4-moddasida uni tuzishning asosiy maqsadlari sifatida aʼzo-davlatlar aholisining
turmush darajasini oshirish maqsadida ular iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish uchun sharoitlar
yaratish, tashkilot doirasida tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat resurslarining yagona bozorini
shakllantirishga intilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarni har taraflama
modernizatsiya, kooperatsiya qilish va ular raqobatbardoshligini oshirish kabilar belgilangan.
Demak, bu Oʻzbekistonning yangi iqtisodiy siyosatining asoslarini belgilab bergan Harakatlar
strategiyasi maqsadlariga mos keladi.
Ayni paytda YEOII
aʼzolari
— Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston,
Qirgʻiziston va Armaniston davlatlarining umumiy maydoni 20,3 million kvadrat kilometrni
tashkil etadi, aholisi 186 million kishi, YAIM hajmi 1,9 trillion AQSH dollariga teng. Koʻrinib
turibdiki, YEOII — hajmi jihatidan juda katta bozor va bu bozorning teng huquqli aʼzosi boʻlish
Oʻzbekistonga ulkan imkoniyatlar yaratib beradi
.
Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti asrlar mobaynida turli omillar taʼsiri ostida biri-birini
toʻldirib turadigan yagona hududiy kompleks holida shakllangan. SSSR parchalangunga qadar
Markaziy Osiyo davlatlari yagona hududiy kompleks sifatida saqlanib turgan.
1992 — 2016-yillar mobaynida beshta davlatning iqtisodiy aloqalari susaydi, oʻrtada sunʼiy
toʻsiqlar paydo boʻldi. Bu davlatlarning hammasiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev tashabbusi bilan tashqi siyosat butkul oʻzgartirilib, hamma davlatlar, ayniqsa,
qoʻshni mamlakatlar bilan aloqalar kengaytirilgani mintaqa davlatlari iqtisodiyotiga sezilarli
darajada ijobiy taʼsir koʻrsata boshladi. Xususan, 2016 — 2019-yillarda YEOII davlatlari bilan
hamkorlikning kuchayishi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klasterlar,
sanoat va savdo zonalarini tashkil etishda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatini
yanada kengaytiradi, tuman hamda shaharlarni industrial rivojlantirish maqsadida hududlarga
chet el investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatini oshiradi.
Ittifoq doirasida tovarlarning boj toʻlovlarisiz olib oʻtilishi, davlatlarning ichki bozorlariga
mahalliy tovarlarning hech qanday toʻsiqlarsiz kirib borishi, bojxona idoralari faoliyatini tartibga
solishning umumiy va mukammal tizimini yaratish, kapital harakati erkinligini taʼminlash
imkoniyatlarini yaxshilaydi.
Bu iqtisodiy aloqalar kuchayishining ijobiy tomonlari edi. Shu bilan birga, uning ayrim salbiy
jihatlari ham mavjud. Bular — mamlakatimizda mahsulotlari yuqori narxga ega boʻlgan
korxonalar faoliyatiga salbiy taʼsirlar boʻlishi, ichki bozorda import mahsulotlari hajmining
koʻpayishi, ayrim tovarlar bozorida raqobatning ortishi, hozir turlicha boʻlgan texnik tartibga
1
About Eurasian Economic Union. Url: http://www.eaeunion.org/?lang=en
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
152
solish va standartlarni bir xil qilish bilan bogʻliq muammolar paydo boʻlishi, tayyor sanoat
tovarlarini ishlab chiqarish boʻyicha tumanlararo tafovut ortishi kabi ehtimollar.
YEOII doirasida yagona elektr energiyasi bozorini yaratish va shu yoʻl orqali barcha aʼzo
davlatlarni nisbatan arzon elektr energiyasi bilan taʼminlash, suv resurslaridan oqilona
foydalanishda bir yechimga kelish mumkin. Bular iqtisodiy oʻsishga ijobiy taʼsir qiladi.
Oʻzbekiston ittifoqqa aʼzo mamlakatlar ichida mehnat resurslari soni boʻyicha Rossiyadan keyin
2-oʻrinni egallaydi. Bu esa Oʻzbekistonning mehnat resurslariga boyligini, mehnat salohiyati
yuqoriligini koʻrsatadi. Masalaga shu jihatdan yondashilsa, ittifoqqa aʼzo boʻlish mehnat
munosabatlari masalasida koʻplab ijobiy natijalarni beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev
taʼkidlaganidek, 1992 — 2016-yillar mobaynida Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini
yaratish bilan shugʻullanmadi, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga oʻtishni taʼminlay olmadi. Bozor
iqtisodiyotiga oʻtishda xususiylashtirishni oʻtkazish va xususiy mulk xavfsizligini taʼminlash
kerak.
Bunga qoʻshimcha qilib aytish mumkinki, siyosiy va iqtisodiy islohotlar, bozor iqtisodiyoti,
iqtisodiy faoliyatni tashkil etish, xususiylashtirish konsepsiyalari hamda dasturlarini yaratish va
ularni amaliyotga joriy etishda YEOII davlatlari bizdan ancha oldinga oʻtib ketgan. Shu bois
mazkur tuzilmaga aʼzo boʻlib kirsak, biz ularning bu boradagi tajribasidan ham samarali
foydalanishimiz mumkin.
Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi masalasi haqida internet sahifalarida xorijiy va mahalliy
ekspertlar fikrlari bilan tanishib chiqarkanmiz, aytish joizki, ular bir-birlaridan keskin farq qiladi.
Ittifoqqa aʼzo boʻlishni ijobiy baholagan fikrlar koʻproq. Lekin ular ichida oʻta sayoz, chuqur
oʻylanmagan, ortiqcha hayajonga berilgan, yetarli asoslanmagan, hatto mutlaqo haqiqatga toʻgʻri
kelmaydigan mulohazalar ham uchraydi. Ularga yirik siyosatshunos va iqtisodchi olim,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S.
Safoyev
yaqinda
boʻlib oʻtgan bir anjumanda qatʼiy taʼkidlagan quyidagi gapni aytish kifoya: “Oʻzbekiston milliy
manfaatlarga raxna soluvchi hech qanday shartnomaga qoʻl qoʻymaydi!”
Mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishining ayrim salbiy tomonlari mavjud
boʻlsa-da, ijobiy jihatlari koʻp va salmoqli hamda ular Oʻzbekistonning manfaatlariga mos keladi.
Hamma gap ushbu tashkilotga kirish uchun puxta tayyorgarlik koʻrishga bogʻliq. Ana shunda bu
tadbir xalqimizning
2022-yildagi iqtisodiy hamkorlik natijalari va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) doirasida savdo
aloqasi tahlil qilindi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
xabar berishicha
O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan yanvar—oktabr oylarida
tashqi savdo aylanmasi 12,6 mlrd dollarni yoki 24,6 foizni tashkil etdi.Shundan eksport hajmi
4,5 mlrd dollar, import hajmi esa 8,1 mlrd dollarga yetgan.O‘zbekistonning umumiy tashqi
savdo aylanmasida YOII davlatlarining ulushi 31,4 foizni, jami eksport — 29,1 foizni, jami
2
Embassy of the Republic of Uzbekistan in the Kingdom of Belgium. Url: belg@uzbekistan.be
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
153
import — 32,9 foizni tashkil etdi
.O‘zbekiston 2020-yilning dekabrida Yevrosiyo iqtisodiy
ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi.Aynan shu uyushma bilan eng yaqin savdo-iqtisodiy
aloqalar yo‘lga qo‘yilib, YOII bilan yanada integratsiyalashuv ularni yanada mustahkamlash
imkonini beradi.Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining 2020-yilda O‘zbekiston bilan
savdo aylanmasi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etdi. YOII mamlakatlarining ulushi
O‘zbekiston umumiy tovar eksportining 30-31 foizini tashkil etadi
‘zbekistoning Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan iqtisodiy aloqalarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak,
O‘zbekistonning Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YEII) bilan iqtisodiy aloqalari so‘nggi yillarda
sezilarli darajada rivojlanib bormoqda. YEII, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va
Armanistonni o‘z ichiga olgan iqtisodiy tashkilot bo‘lib, u mintaqaviy savdo, investitsiyalar,
transport va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. O‘zbekistonning YEII
bilan aloqalari ayniqsa, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda
.
Savdo va Investitsiyalar albatta ikki tomon o‘rtasidagi asosiy faoliyat maydoni hisoblanadi.
O‘zbekistonning YEII bilan eng asosiy iqtisodiy aloqalaridan biri – savdo va investitsiya
sohasida rivojlanmoqda. YEII a’zolari, xususan Rossiya, O‘zbekistonning eng yirik savdo
hamkorlaridan biridir. O‘zbekistonning eksportida Rossiyaning ulushi katta bo‘lib, ayniqsa,
paxta, meva-sabzavotlar, tekstil mahsulotlari, kimyo va metallurgiya sanoatlari keng tarqalgan.
O‘zbekistonga YEII a’zolaridan, ayniqsa, Qozog‘iston va Rossiyadan katta miqdorda
investitsiyalar jalb qilinmoqda. Bu investitsiyalar asosan ishlab chiqarish, infratuzilma va
energetika sohalariga yo‘naltirilgan.
Transport va Logistika sohasining rivoji ham iqtisodiyotni rivojlantirish uchun muhim
omillardan hisoblanadi. O‘zbekistonning geografik joylashuvi YEII doirasida transport va
logistika tarmoqlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. YEII mamlakatlari o‘rtasida yuk
tashish va tranzit sohalaridagi hamkorlik mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston orqali o‘tuvchi
tranzit yo‘llari va transport kommunikatsiyalari, ayniqsa, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, savdo
hajmining oshishiga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston o‘zining transport infratuzilmasini
rivojlantirib, YEII mamlakatlari bilan logistika hamkorligini mustahkamlashga intilmoqda. Bu,
o‘z navbatida, mintaqaviy savdo va iqtisodiy integratsiyaga katta turtki beradi.
3
Торговые отношения Узбекистана с ЕАЭС за 2022 год
.
Review.uz. Url:
https://review.uz/post/infografika-torgove-otnosheniya-uzbekistana-s-eaes-za-yanvar-dekabr-
2022-goda
4
Евразийская
Открытая
Модель
Информационной
Интеграции.
Url:
https://eomi.eaeunion.org/
5
“O’zbekiston prezidentining barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda keng ko’lamli
xalqaro hamkorlik” ,Xalq so’zi gazetasi, 2022- B.2-3
.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
154
Energetika va Tabiiy Resurslarga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston bu borada juda katta
salohiyatga egadir. O‘zbekiston YEII bilan energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirishda ham
faoliyat olib bormoqda. Energetika resurslari, xususan, tabiiy gaz va neft sohalarida o‘zaro
aloqalar yanada kuchaymoqda. Rossiya va Qozog‘iston bilan energetika sohasidagi
hamkorlikning o‘sishi, O‘zbekistonning gaz eksporti va energetika resurslarini YEII davlatlariga
yetkazib berishda muhim rol o‘ynamoqda. Shuningdek, YEII a’zolaridan olingan texnologiyalar
va investitsiyalar O‘zbekistonning energetika sektorining modernizatsiyasini tezlashtiradi.
Texnologiya va Innovatsiyalarni rivojlantirishdagi hamkorlik bugungi kunda juda ham muhim
ahamiyat kasb etmoqda va bu borada yurtimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Texnologiya
va innovatsiyalar sohasida YEII mamlakatlari bilan hamkorlik o‘sib bormoqda. O‘zbekiston
raqamli iqtisodiyot va yuqori texnologiyalar sohasida YEII mamlakatlarining tajribasidan
foydalanishga intilmoqda. Ayniqsa, sanoat 4.0 va raqamli transformatsiya sohasidagi hamkorlik,
O‘zbekistonda yangi texnologiyalarni joriy etishda yordam beradi. YEII davlatlari bilan ilmiy-
texnikaviy aloqalarni kuchaytirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish O‘zbekiston
iqtisodiyotining zamonaviylashtirilishiga turtki bo‘ladi.
O‘zbekistonning sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida ham YEII bilan hamkorlik aloqalari
rivojlanmoqda. O‘zbekiston paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida YEII
mamlakatlariga katta ulushga ega. Rossiya va Qozog‘iston bilan o‘zaro savdo O‘zbekistonga
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda katta imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, sanoat
sohasida ham YEII mamlakatlari bilan ishlab chiqarish tarmoqlarining integratsiyasi o‘smoqda.
Bu esa O‘zbekistonning sanoat ishlab chiqarish hajmini oshiradi va yangi ish o‘rinlarini yaratadi.
XULOSA
O‘zbekistonning Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan iqtisodiy aloqalari so‘nggi yillarda kuchayib
bormoqda. YEII a’zolaridan kelayotgan investitsiyalar, savdo hajmining oshishi, transport va
energetika sohalaridagi hamkorlik, innovatsiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda aloqalar
mustahkamlanmoqda. Bu hamkorlik O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, yangi ish
o‘rinlarini yaratish va mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Boshqacha aytganda, O‘zbekiston uchun YEII bilan hamkorlik mintaqaviy iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy taraqqiyotga erishishning muhim vositasidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Embassy of the Republic of Uzbekistan in the Kingdom of Belgium. Url: belg@uzbekistan.be
2.
Торговые отношения Узбекистана с ЕАЭС за 2022 год
.
Review.uz. Url:
https://review.uz/post/infografika-torgove-otnosheniya-uzbekistana-s-eaes-za-yanvar-dekabr-
2022-goda
3. “O’zbekiston prezidentining barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda keng ko’lamli
xalqaro hamkorlik” ,Xalq so’zi gazetasi, 2022- B.2-3.
4. About Eurasian Economic Union. Url: http://www.eaeunion.org/?lang=en
5.
Евразийская
Открытая
Модель
Информационной
Интеграции.
Url:
https://eomi.eaeunion.org/
