ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
279
SAKKIZ SOATLIK ISH KUNI, UNING AHAMIYATI HAMDA YANGI LOYIHALAR
TASNIFI
Abdurofiyeva Nodirabonu Avaz qizi
Tojjidinov Muhammadbobur Bahrom o`g`li
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari :
Annotatsiya:
Fuqarolik jamiyatida ko`pchilik insonlar o`z qobiliyat , salohiyat va erkin
tanlagan kasbiy tanlovlaridan kelib chiqqan holda muayyan muassasa va tashkilotlarda mehnat
faoliyatlarini amalga oshiradilar va ular mehnat shartnomasida belgilab qo`yilgan ish
soatlarida o`zlariga yuklangan vazifalarni bajaradilar. Biroq belgilangan ish soatlari
xodimlarning ishchanlik qobiliyatiga va ishga bo`lgan ijobiy munosabatlariga putur
yetkazmoqda, bu esa xodim faoliyat olib borayotgan muassasaning faoliyatiga o`z ta`sirini
o`tkazmay qolmaydi.
Ushbu maqolada mehnat faoliyatining tashkil topishi ,sakkiz soatlik ish kunining kelib chiqish
tarixi, sakkiz soatlik ish kuning salbiy oqibatlarining sabablari, jahon tajribasi va ish soatlarini
qisqartirish mehnat samaradorligini oshirish uchun yechim ekanligiga oid islohotlar keng
yoritilgan.
Kalit so`zlar:
Ish vaqti, mehnat huquqi, xodim, mehnat shartnomasi , Qirol Ordenan de Felipe
farmoni, “yarim professionallar”, “texnik xodimlar”,ish haqqi, “Karroshi” atamasi , sprintlar
tizimi, dam olish vaqti ,mahsuldorlik chegarasi .
Inson bor ekan , jamiyatda o`z o`rniga ega bo`lish, muayyan sohaning yetuk kadri bo`lish
uchun harakat qiladi va o`z sohasiga doir bo`lgan bilim va ko`nikmalarimi oshirib boradi. Zero
har bir shaxs rivojlangan fuqarolik jamiyatini qurishda o`z mehnati bilan hissa qo`shishga
xohishmanddir. O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiyasining 42-
moddasida mehnat qilishga oid huquq va erkinliklar norma shaklida qayd etib qo`yilgan .
Unga ko`ra :
“Har kim munosib mehnat qilish , kasb va faoliyat turini erkin tanlash , xavfsizlik va gigiyena
talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash , mehnat uchun hech qanday
kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to`lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam
bo`lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda
himoyalanish huquqiga ega…”
Shaxs biror muassasa yoki tashkilotda belgilangan vaqtda o`z mehnat faoliyatini amalga
oshiradi. Xo`sh, ish vaqtining o`zi nima degan savolga javob topish uchun
mehnat
qonunchiligiga murojaat qilamiz.Mehnat kodeksining 114-moddasiga ko`ra:
Ish vaqti - bu xodim ish tartibi va grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o`z
mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo`lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi. Mamlakatimiz
qonunchiligiga ko`ra ish vaqti uch turga bo`linadi. Bular:
1. To`liq ish vaqti ;
1
2
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
280
2. Qisqartirilgan ish vaqti.;
3. To`liqsiz ish vaqtlaridir.
To`liq ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. Biroq qonunchiligimizda belgilangan
yosh toifadagi va muayyan zararli va xavfli sharoitda ishlaydigan shaxslar uchun imtiyozlar
mavjud. Bunga ko`ra ular qisqartirilgan ish vaqti rejimida ishlaydilar. Bu ish stajiga hamda va
boshqa huquqlarga o`z ta`sirini o`tkazmaydi. Mehnat qonunchiligining 118-moddasiga asosan
quyidagi shaxslar ish soatlari aniq qilib qo`yilgan qisqartirilgan ish vaqtida ishlaydilar :
⦁
16 yoshgacha bo`lganlar uchun haftasiga 24 soat;
⦁
16 yoshdan 18 yoshgacha bo`lganlar uchun haftasiga 36 soat;
⦁
Zararli va xavfli sharoitda ishlaydigan lar uchun ham qisqartirilgan ish vaqtilari belgilangan.
Bugungi kundagi qulay ish soatlarining kelib chiqish tarixi hech birimizni qiziqtirmay
qolmaydi. Odatda 8 soatlik ish kuni ba`zi xodimlar uchun juda uzoq ish vaqti sifatida qabul
qilinishi mumkin , biroq 8 soatlik ish vaqtiga erishish uchun uzoq yillar avval odamlar tish-
tirnog`i bilan kurashishgan. Xususan sanoat jihatdan rivojlangan davlatlardan biri Buyuk
Britaniya mamlakatida bu vaziyat juda qiyin kechgan. Fabrika mehnatining ommalashishi
natijasida ishchi xodimlar bundan aziyat chekmay qolishmadi.Bolalar mehnatidan foydalanish,
xavfli ish sharoiti va haftasiga 6 kun davomida ular eng kamida 10 soat ishlashgan. Odatiy ish
soatlari esa 16 soatni tashkil etgan. 18-asr oxirlarida
bu vaziyat nafaqat Buyuk
Britaniyada ,balki ko`p mamlakatlarda ish kuni 16-17 soatni , 1- jahon urush arafasida esa 10-
12 soatni tashkil etgan.
Ishchilar uzoq vaqt davomida bu holatga ko`z yumib kelishgan va o`z
huquqlarini ilg`ay boshlashgan ishchilar tomonidan ishdan bosh tortish, g`alayonlar ko`tarish,
namoyishlar kabi harakatlar boshlangan. Bunday vaziyatni ko`rgan ish beruvchilar ishchilar
uchun qulayliklar yaratilmasa, sanoati inqirozga yuz tutishini anglab yetishdi. Shunday
islohotlarni Shotlandiyaning Nyu-Lanark shahridagi tegirmon egasi Robert Ouen boshlab berdi.
U ilk marta 1810 yilda o`z ishchilariga 10 soatlik ish kunini taklif qildi .Bu taklifni tegirmon
ishchilari ta`tildek qabul qilishdi. Hozirgi davrda biz insonlar 10 soat ishlaydigan bo`lsak ,
o`zimizni uzoq davom etgan smenadan chiqqandek his etamiz.10 soatlik ish kunini ham ko`p
deb hisoblagan Robert Ouen keyinchalik 8 soatlik ish kuni uchun kurash olib bordi. Robert
Ouen 8 soatlik ish kuni talabi bilan chiqqanida, u shu so`zlarni o`z shioriga aylantirib olgan
edi :”8 soatlik ish kuni, 8 soatlik dam olish vaqti va 8 soatlik uyqu”. Robert Ouenning
g`oyalaridan ilhomlangan ish beruvchilar Buyuk Britaniyada ayollar va bolalar uchun ish
soatlari 10 soat etib belgilandi. Biroq Fransiyada esa uzoq yillik kurashlar natijasida faqatgina
1848-yilga kelib12 soatlik ish kuniga erishishdi . Islohotlar tobora avj olib 1840-1850 yillarda
Yangi Zellandiya va bir qator mamlakatlarning malakali ishchilari 8 soatlik ish kuniga ishlay
boshlashdi.
18-asrda AQSHda 10 soatlik ish kuniga erishish uchun juda qattiq kurashlar olib borildi, unga
ko`ra 1835-yilda Filadelfiyada Shimoliy Amerikadagi birinchi yirik ish tashlash o`tkazildi. Bu
vaziyat ish beruvchilarni sarosimaga tushirib qo`ydi.
1864-yilga kelib bu talab 8 soatlik ish kuni talabiga almashdi . Va nihoyat 1868 yilda iyunida
Kongress “ 8 soatlik ish kuni to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun birinchilardan
bo`lib Prezident Endryu Jyeksonning vetosiga duchor bo`ldi, biroq qonunchilik prezidentning
vetosini qabul qilmadi. Ushbu qonunga javoban ish beruvchilar xodimlarning oylik ish
haqining 20 foiz miqdorini bermaslikka qaror qildi. 1869-yilda president Ulis Grant “Xodimlar
maoshini qisqartirmaslik to`g`risida”gi qonun loyihasini e`lon qildi. Uzoq yillik kurashlardan
3
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
281
so`ng AQSHning ilg`or ishchilari 8 soatlik ish kuniga ega bo`lishdi.
Statistik ma`lumotlarga ko`ra Amerikada 40 soatlik ish kunining joriy etilish tartibini Henri
Ford nomi bilan bog`liqdir. U keng ommani 40 soatlik ish haftasi ish samarodorligini
oshirishiga ishontirgan.
Henri Fordning o`z davrida o`z ishchilari uchun qilgan islohotlari tahsinga loyiqdir. Gap
shundaki u 1914 yilning 5-yanvaridan ish vaqtini 9 soatdan 8 soatga qisqatiribgina qolmay ,
kunlik maoshni rag`batlantirish sifatida 5 dollarga ham oshirdi. O`z davri uchun bu islohot
haqiqiy svilizatsiya edi. Va nihoyat 1950- yilga kelib Amerikaning barcha shtatlarida 8 soatlik
ish kuni umumiy standart sifatida qabul qilindi.
Ilg`or mamlakatlardan biri hisoblanadigan Germaniya mamlakatida 20-asrga kelib 8 soatlik ish
kuni islohoti joriy etildi.
Fransiyada esa 1836-yilda 40 soatlik ish haftasiga doir ilk qonun hujjati qabul qilindi.
Rossiya Federatsiyasida esa bu islohot faqatgina 1917-yildagi oktabr inqilobidan keyin joriy
etilgan.
Hozirgi kunda jahon miqiyosida 40 soatlik ish haftasi standart ish vaqti hisoblanadi. Biroq
shunga qaramasdan ish samaradorligini oshirish maqsadida rivojlangan mamlakatlar ish
soatlarini kamaytarishga doir islohotlarni amalga oshirishda ilg`orlikni qo`ldan berishni
xohlashmayapti.
Har yili ilg`or mamlakatlarning ish soatlarini ko`paytirganliklari
yoki ish soatlarini
qisqartirganliklariga doir ma`lumotlar olinib dunyo statistikasi tuziladi.
Statistik ma`lumotlarga ko`ra xodimlari eng kam ish soatlarida ishlaydigan mamlakatlar top 4
taligiga Vanuatu mamlakati haftasiga 24.7 soat bilan birinchi o`rinni egallamoqda.
Bundan tashqari 2024-yilda ish vaqti eng past va eng yuqori bo`lgan 10 ta davlatlar aniqlandi.
4
https://top10sense.com/top-10-countries-with-the-lowest-and-highest-working-hours-in-2024/
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
282
Xodim qanchalik kam soat ishlasa , ish samaradorligi shuncha oshadi. Bunga misol tariqasida
Avtomobil ishlab chiqaradigan kompaniyaning asoschisi Henri Ford misolida ko`rishimiz
mumkin. Biroq bu o`sha mamlakatning yalpi ichki mahsulotiga ham bog`liqdir.
Eng kam ish
vaqtiga ega 5 ta davlat:
Niderlandiya
Niderlandiya eng qisqa ish soatlariga ega. U erdagi ishchilar odatda haftasiga 29-30 soat
ishlashadi. Bu ish va hayot o'rtasidagi yaxshi muvozanatni ta'minlaydi. Niderlandiya
mamlakatida ayyollar haftasiga 25 soat ishlashadi , erkaklar esa 34 soat ishlashadi va bu
samaralidir.
Germaniya
Germaniya samarali va qisqa ish haftasiga ega ekanligi bilan mashhur. U erda ishchilar
haftasiga o'rtacha 34 soat ishlaydi. Ular, shuningdek, ko'p ta'til vaqti va kuchli himoyaga ega
bo'lib, yuqori mahsuldorlikka olib keladi.
Daniya
Daniya ishchilari dunyodagi eng qisqa ish haftalaridan biriga ega, ya'ni 32-33 soat. Mamlakat
moslashuvchanlikni qadrlaydi, bu esa ishchilarga ortiqcha ishlamasdan yaxshiroq hayot sifatiga
ega bo'lish imkonini beradi.
Norvegiya
Norvegiya haftasiga o'rtacha 34 ish soati bilan ish va hayot muvozanatiga e'tibor qaratadi. U
oilaviy vaqt va bo'sh vaqtni birinchi o'ringa qo'yadi, stressni kamaytiradi va baxtni oshiradi.
Shvetsiya
Shvetsiya haftasiga o'rtacha 35 soatdan qisqaroq soatlarni maqsad qilib qo'ygan. Shuningdek, u
moslashuvchan ish va ko'plab ota-ona ta'tillarini taklif qiladi, bu esa xodimlar uchun ajoyib
qiladi.
Eng ko'p ish vaqtiga ega 5 ta davlat
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
283
Meksika
Meksika eng uzun ish soatlariga ega, xodimlar haftasiga 48 soat ishlaydi. Cheklangan haq
to'lanadigan ta'til va ko'p qo'shimcha ish bu uzoq soatlarga hissa qo'shadi.
Janubiy Koreya
Janubiy Koreyada ishchilar ish soatlarini qisqartirish harakatlariga qaramay, haftasiga 44-46
soat ishlamoqda. Kuchli ish madaniyati va jamiyatning umidlari uzoq kunlarga olib keladi.
Gretsiya
Gretsiyada ishchilar haftasiga o'rtacha 42-44 soat ishlaydi. Iqtisodiy qiyinchiliklar va ish bilan
ta'minlanmaganlik, odamlar ish talablarini qondirishga harakat qilganda, uzoqroq soatlarga olib
keladi.
Chililik
chililik ishchilar haftasiga o'rtacha 44 soat ishlaydi, bu esa eng uzun soatlardan biriga aylanadi.
Mehnat islohotlari muvozanatni yaxshilashga qaratilgan, ammo uzoq vaqt ishlash madaniyati
saqlanib qolgan.
Hindiston
Hindistonda ishchilar haftasiga 45-48 soat ishlashadi. Rivojlanayotgan iqtisodiyot va
raqobatbardosh mehnat bozori uzoq kunlarga olib keladi, ayniqsa shaharlarda, IT va ishlab
chiqarishda.
Ish soatini qisqartirish zarur , chunki bu zaruriy islotdir.Ish soatini qisqatirishning samarali ko`p.
Bular:
Diqqatning oshishi;
Xodimning ishchan bo`lishi;
Ish sifatining oshishi;
Vaqtni samarali tashkil etish kabi foydali jihatlari mavjutdir.
Ish soatini ko`paytirish bir qator salbiy oqibatlarni olib kelishi mumkin. Yaponiya mamlakatida
"Karoshi" (ortiqcha ishlashdan o‘lim) tushunchasi mavjud bo`lib , bu uzoq ish soatlarining
jiddiy oqibatlarini ko‘rsatadi.
Ish soatini ko`payishining salbiy oqibatlari:
1.Stress va charchoq: Doimiy stress yurak-qon tomir kasalliklari, yuqori qon
bosimi va
diabet xavfini oshiradi.
2.Uyqu buzilishlari: Uzoq ishlash uyquga yetarli vaqt ajratilmasligiga olib keladi, bu esa
kognitiv faoliyat va immunitetni pasaytiradi.
3."Karoshi" va boshqa o‘lim holatlari: Ish bilan bog‘liq ortiqcha yuklanish nafaqat jismoniy,
balki ruhiy salomatlikka ham zarar yetkazadi.
5.Oila bilan vaqt yetishmovchiligi: Ish vaqti uzoq bo‘lgani sababli oilaviy munosabatlar
zaiflashadi.
7.Ijtimoiy izolyatsiya: Ko‘p ishlash natijasida odamlar do‘stlari va ijtimoiy hayotdan uzilib
qoladi.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
284
8. Ishlash sifatining pasayishi: Haddan tashqari uzoq ishlash xodimning unumdorligini
tushiradi va xatolar sonini oshiradi.
9.Burnout (charchoq sindromi): Ishdan ruhiy holdan toyish xodimning samaradorligini
yo‘qotishiga olib keladi.
10.Ishchi kuchining barqarorligi pasayishi: Xodimlar ortiqcha yuk sababli ko‘p hollarda ishdan
bo‘shashga qaror qiladi.
11.Davlat sog‘liqni saqlash xarajatlarining oshishi: Stress va mehnat bilan bog‘liq kasalliklar
davlat sog‘liqni saqlash tizimiga bosimni oshiradi.
Odatda ko`p soat ish faoliyati bilan shug`ullanish emas , kam soatlarda hamda tirishqoqlik bilan
bajarilgan ish samaralidir.
1930-yillarda kuchli jahon iqtisodchilaridan biri bo`lgan Jon Meynard Keynes dunyo 2030
yilga kelib , texnologik taraqqiyot tufayli 15 soatlik ish haftasiga o`tadi , deya bashorat qilgan.
Bu bejizga emas, chunki hozirgi davr-texnologiyalar davridir !
Xulosa:
Ish soatlarining qisqartirish bu samarali usul hisoblanadi . Bunga qo`shimcha tarzida 1
smenalik 8 soatlik ish kunini 2 smenalik 4 soatdan bo`lib unga bir xodim ishlaydigan ish
o`rnini ikki xodimga berilsa , ish samaradorligi ham o`z ijobiy ta`sirini ko`rsatadi hamda bir
vaqtning o`zida ishsizlik darajasini kamaytirishda sezilarli natija ko`rsatadi. Biroq oylik maosh
pasaytirilmasa maqsadga muvofiq bo`lgan bo`lardi. Bu loyiha xususiy fabrika, muassalarda
foydalanilsa o`z natijasini ko`rsatish ehtimoli yuqoridir.Biroq davlat organlarida bu usuldan
foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi.
2. O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.
3.
https://top10sense.com/top-10-countries-with-the-lowest-and-highest-working-hours-in-
4 .
5.
6
