ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
172
UDK 633.854.54;631.52
LALMIKORLIKDA MOYLI ZIG‘IRNING YАNGI NAVINI YАRATIShDA
SELEKSIYАNING MUXUM YO‘NALIShLARI
Аманов Фаррух Бахтиёрович
Лалмикор деҳқончилик илмий тадқиқот институти,
мустақил тадқиқотчи
Annotatsiya:
Maqolada moyli zig‘ir nav va namunalarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlari
xaqida qisqacha ma’lumot keltirib o‘tilgan. 2019-2021 yillarda olib borilgan tajriba natijalari
asos qilib olingan.
Kalit so‘zlar:
zig‘ir, avlod, oila, hosil, hosildorilik.
Аннотaция:
В статье дан краткий обзор урожайности сортов и образцов масличного
льна. По результатам экспериментов, проведенных в 2019-2021 гг.
Ключевые слова:
лен, поколение, семья, урожай, урожайность.
Annotation.
The article gives a brief overview of the yield of varieties and samples of oil flax.
According to the results of experiments conducted in 2019-2021.
Key words:
flax, generation, family, harvest, productivity.
Kirish.
Moy inson uchun eng zarur va xech narsa bilan almashib bo‘lmaydigan oziq-ovqatlar
sirasiga kiradi. Oziq-ovqat uchun don ekinlari mahsulotlaridan keyin iste’mol moyi ko‘p
ishlatiladi. Moyli ekinlardan faqatgina moy olish bilangina qanoatlanilmaydi. Moy ajratib
olingandan so‘ng ularning kunjarasi chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa, qayta ishlash sanoati
uchun zarur hom ashyo xisoblanadi.
Respublikamiz aholi sonining uzluksiz oshib borishi, o‘simlik moyiga bo‘lgan talabning ham
mutta’sil yuqorilashiga sabab bo‘lmoqda.
Ayni vaqtda moyli ekinlarining tashqi muhitning noqulay iqlim sharoitlariga mos, abiotik va
biotik omillariga chidamli, hosildorligi yuqori bo‘lgan navlarini tanlash va yaratish hamda
ularning birlamchi urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan
biridir.
M.K.Lukovning 2012 yil ta’kidlashicha moyli ekinlar seleksiyasining maqsadi yuqori hosilli,
yuqori moyli, ko‘p ko‘sak hosil qiladigan, yirik urug‘li navlar yaratishdir. Odatda yirik
urug‘larning tarkibida moy miqdori ko‘p bo‘ladi. Mexanizatsiyaga mos bo‘lishi uchun urug‘i
to‘kilmaydigan, ko‘saklari balandroq
joylashadigan navlarni yaratish maqsadga muvofiqdir [1].
Ilmiy tadqiqotning maqsadi.
Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutiga
O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutidan keltirilgan, kelib chiqishi jihatidan
turli mamlakatlarga mansub bo‘lgan moyli zig‘ir namunalarini Lalmikor dehqonchilik ilmiy
tadqiqot instituti lalmikor tajriba maydonlarida ekib o‘rganish va
qimmatli belgi va
xususiyatlarga ega bo‘lgan namunalarni tanlab olish xisoblanadi.
Materiallar va metodlar
. Ilmiy tadqiqotlar 2019-2021 yillari Lalmikor dehqonchilik ilmiy
tadqiqot instituti lalmikor tajriba maydonlarida olib borildi. Tajribalarni joylashtirish, hisob va
tahlillar O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti uslubi bo‘yicha, biometrik
taxlillar va fenologik kuzatuv ishlari Qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat nav sinash
komissiyasining (1985, 1989) uslubi hamda Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti
tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan (2004) uslubiy qo‘llanmalar asosida olib borildi.
Zig‘irning namunalar maydonida 2019-2021 yillari 118 ta nav namunalari sinaldi.
Andoza naviga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan nav namunalari tanlab olindi.
Hosildorlik bo‘yicha andoza nav Bahorikorga nisbatan 0,1-0,9 s/ga, o‘suv davri bo‘yicha 2-3
kun, ertapisharligi bo‘yicha 1-3 kun, bir o‘simlikda shoxlar soni bo‘yicha 2-4 taga, bir shoxda
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
173
savatlar soni bo‘yicha 2-4 taga, bir savatda don hosil qilish bo‘yicha 4-6 taga va don tarkibidan
yog‘ chiqishi bo‘yicha – 2-2,4% ga andoza naviga nisbatan ustunligi aniqlandi. Ilmiy
tajribaning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari jadvalda keltirilgan.
Tajriba qo‘yilgan yillarda ob-havo haroratining (mart, aprel va may oyida) asosan moyli
ekinlarning shoxlashi, gullashi va savatlar hosil bo‘lib, don va yog‘ sintezlash paytida 3 oy
muddat ichida o‘rtacha 15,3 millimetr yog‘in-sochin bo‘lishi va havo-haroratining 32-36
darajaga ko‘tarilib ketishi zig‘ir o‘simligining don hosil qilish, donda yog‘ sintezlashiga salbiy
tasiri kuzatildi.
Bu borada akademik G.I.Shpota 1971 yil o‘z tajribalaridan kelib chiqib quidagicha
izohlaydi, agarda moyli ekinlarning hosil paydo bo‘lishida me’yoridan ortiq harorat bo‘lsa,
qurg‘oqchilik kelgan yillari lalmikor maydonlarda moyli ekinlar don tarkibida oqsil miqdori
ko‘p to‘planib, yog‘ chiqishining kamayishiga olib keladi [2].
Мойли зиғир нав намуналарининг маҳсулдорлик кўрсаткичлари
(Ғаллаорол 2020-2021 йй.)
Raqobat nav sinash maydonida 10 ta nav namunalari 4 qaytariqda ekilib asosan
ertapisharlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuzatishlar olib borildi. Kuzatishlar natijasida 4 ta
namuna andoza Bahorikor naviga nisbatan 2-5 kun ertapisharligi aniqlandi.
Raqobat nav sinov ko`chatzorida moyli zig‘ir nav va namunalarining ertapisharlik va
mahsuldorlik ko‘rsatkichlari,
G‘allaorol 2019-2021 yillar.
№
Nomi
Vegetatsiya
davri, kun
O‘simlik bo‘yi,
sm
1000
ta
urug‘ vazni,
g
1
Bahorikor (an)
91
48
4,3
2
32159
93
51
4,4
3
33220
95
55
4,6
4
338/1
89
46
4,3
№ Nav
va
namunalar nomi
Yillar
bo‘yicha
hosildorlik, s/ga
O
‘r
ta
ch
a
ho
sil
do
rl
ik
,s
/g
a
o‘
sim
lik
da
gi
sh
ox
la
r
so
ni
1
sh
ox
da
sa
va
tla
r
so
ni
,d
on
a
1
sa
va
td
ag
i
do
n
so
ni
,d
on
a
2019 2020 2021
1
Bahorikor (an)
5,5
7,8
4,9
6,1
3,9
18,2
7,8
2
K-31032
5,2
8,3
5,0
6,2
4,1
18,6
8,2
3
K-30920
6,1
8,0
5,3
6,5
4,2
19,1
8,0
4
K-30875
6,7
8,7
5,6
7,0
3,9
21,7
8,4
5
K-31029
6,2
7,9
4,9
6,3
4,7
20,3
7,9
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
174
5
47721
97
48
4,1
6
2018/8 (Lalmikor)
86
51
4,7
7
33242
95
48
4,4
8
30114
94
47
4,6
9
1988/03
86
56
4,6
10
33104
88
50
4,5
Xulosa.
Tajriba natijalaridan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki moyli ekinlar
yuqori hosildorlikka ega bo‘lishi va shu bilan bir qatorda moy sifat ko‘rsatkichlari xam Davlat
andoza talablariga javob berishi lozim. Olib borilgan tajribalar natijasida o‘suv davri,
ertapisharligi, hosildorligi bo‘yicha andoza navga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan
namunalar tanlab olindi. Bu namunalar kelgusida yuqori hosildorlikka va sifatli moy chiqishiga
ega bo‘lgan navlarni yaratishga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.K Lukov Moyli ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi (Leksiyalar kursi)
2012. 87-bet
2. G.I.Shpota “Maxsar”
Moskva. Xabarnoma.
