PROFESSIONAL TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI

Abstract

Mazkur maqolada professional ta’lim tizimida o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishga doir zamonaviy yondashuvlar va metodlar tahlil qilinadi. Xususan, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, amaliy mashg‘ulotlar sifatini oshirish, malakali ustozlar ishtirokini ta’minlash va ish beruvchilar bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar yoritiladi. Shuningdek, kompetent yondashuv asosida o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili asosida mahalliy professional ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
345-350
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xolmurzayev Ubaydulla Mamarasul o‘g‘li. (2025). PROFESSIONAL TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI. Научный информационный бюллетень, 8(2), 345–350. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/129448
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada professional ta’lim tizimida o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishga doir zamonaviy yondashuvlar va metodlar tahlil qilinadi. Xususan, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, amaliy mashg‘ulotlar sifatini oshirish, malakali ustozlar ishtirokini ta’minlash va ish beruvchilar bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar yoritiladi. Shuningdek, kompetent yondashuv asosida o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili asosida mahalliy professional ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

345

PROFESSIONAL TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI

TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI

Xolmurzayev Ubaydulla Mamarasul o‘g‘li

Professional taʼlim: iqtisodiyot yo‘nalishi 3-kurs talabasi

xolmurzayevubaydulla@gmail.com

+998934830215

Annotatsiya:

Mazkur maqolada professional ta’lim tizimida o‘quvchilarning kasbiy

kompetentligini takomillashtirishga doir zamonaviy yondashuvlar va metodlar tahlil qilinadi.

Xususan, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, amaliy mashg‘ulotlar sifatini

oshirish, malakali ustozlar ishtirokini ta’minlash va ish beruvchilar bilan hamkorlikda o‘quv

dasturlarini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar yoritiladi. Shuningdek, kompetent yondashuv

asosida o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi.

Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili asosida mahalliy professional ta’limni modernizatsiya

qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

professional ta’lim, kasbiy kompetentlik, innovatsion yondashuv, amaliy

ko‘nikma, o‘quv dasturi, ish beruvchilar bilan hamkorlik, kompetent yondashuv.

Annotation:

This article analyzes modern approaches and methods aimed at improving students'

professional competence in vocational education. In particular, it discusses the implementation

of innovative technologies in the learning process, enhancing the quality of practical training,

ensuring the involvement of qualified instructors, and improving curricula in cooperation with

employers. The article also examines effective strategies for developing practical skills based on

the competency-based approach. Furthermore, recommendations are provided for modernizing

the national vocational education system through the analysis of advanced international practices.

Key words:

vocational education, professional competence, innovative approach, practical skills,

curriculum, cooperation with employers, competency-based approach.

KIRISH

Hozirgi globallashuv va texnologik taraqqiyot davrida jamiyatning barcha sohalarida kasbiy

bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash zaruriyati ortib

bormoqda. Ayniqsa, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va zamonaviy iqtisodiyotning boshqa

real sektorlarida yuqori malakali kadrlar bozor talablariga mos ravishda yetishtirilishi dolzarb

masalaga aylangan. Bu esa professional ta’lim muassasalariga katta mas’uliyat yuklaydi.

Professional ta’lim tizimi bugungi kunda nafaqat nazariy bilim berishga, balki o‘quvchilarning

kasbiy kompetentligini – ya’ni mustaqil ishlash, muammoni hal qilish, amaliy ko‘nikmalarni

egallash va innovatsion fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga ham qaratilgan bo‘lishi kerak.

Kasbiy kompetentlikni shakllantirishda zamonaviy yondashuvlar, innovatsion pedagogik

texnologiyalar, dual ta’lim tizimi va ilg‘or xorijiy tajribalarni mahalliy sharoitga moslashtirish

kabi omillar muhim o‘rin tutadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

346

Mazkur maqolada aynan professional ta’limda o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini

takomillashtirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘rganiladi. Shu jumladan, ta’lim sifatini oshirish,

amaliyotga yo‘naltirilgan darslar, malaka oshirish tizimini rivojlantirish va ish beruvchilar bilan

samarali hamkorlik masalalari yoritiladi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Kasbiy kompetentligini shakllantirish va takomillashtirish masalasi so‘nggi yillarda ko‘plab

mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan atroflicha o‘rganilgan.

Mamlakatimizda professional ta’limi tizimini rivojlantirishga N.A.Muslimov, A.R.Xodjabaev,

M.M.Xolmuhammedov, Sh.S.Sharipov, S.Yu.Ashurova, N.F.Abdunazarova, O.A.Abduqudusov,

N.Alimov, G.M.Anorqulova, L.V.Golish, U.I.Inoyatov, Z.K.Ismailova, P.Z.Ishanov,

K.J.Mirsaidov, N.N.Musaeva, B.Nuridinov, X.F.Rashidov, D.Razzoqov, N.I.Taylakov,

O‘.Q.Tolipov, O.To‘raqulov, D.M.Fayzullaeva, R.Q.Choriyev, J.A.Hamidov va boshqalar o‘z

hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Mahalliy mualliflardan A.Xamidov (2020) o‘z tadqiqotida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash,

kasbiy muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda amaliy

mashg‘ulotlarning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, Z.Salimova (2021) tomonidan

professional ta’limda integratsiyalashgan yondashuv asosida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish

mexanizmlari tahlil qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-oktabrdagi “Professional ta’lim tizimini

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ–5268-son qarorida ham

malakali kadrlar tayyorlashda zamonaviy kasb-hunar kollejlari va texnikumlar oldiga yangi

vazifalar qo‘yilgan. Ushbu hujjatlar, shuningdek, raqamli texnologiyalar, modulli o‘quv dasturlar

va mehnat bozori talablariga mos keladigan kompetensiyalarni rivojlantirishni ta’lim

strategiyasining muhim yo‘nalishlari sifatida belgilagan.

MDH davlatlarida E.F.Zeer, V.V.Serikov, I.S.Yakimanskaya, F.T.Fomenko, V.A.Skakun,

S.Ya.Batishev, V.A.Slastyonin, K.Angelovskiy, G.K.Selevko, M.V.Klarin, M.S.Burgin,

L.S.Podimova kabi olimlar tamonidan professional ta’limda pedagogik innovatsiyalarni joriy

etish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.

Xorijiy mamlakatlar olimlari Lixiang Yan, Roberto Martinez, C.Paulus, Aroma Dabas,

Annalena Felber Allais, G.Bereiter, C.Scardamalia, M.Fullan va boshqalarning ishlarida ta’lim

natijalariga doir nazariy va amaliy tahlillar o‘z ifodasini topgan.

Mazkur mavzu bo‘yicha izlanishlar va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, professional ta’limga

kompetentsiyaviy yondashuvni joriy qilish bo‘yicha ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan

bo‘lsada, kompetentsiyaviy yondashuv asosida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini

kasbiy faoliyatga tayyorlash metodik tizimini takomillashtirish masalasi dolzarb muammo bo‘lib

qolmoqda.

Professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, turli yoshdagi

ta’lim oluvchilarda mehnat bozoriga yo‘naltirilgan bilim ko‘nikma va kompetentsiyalarini

shakllantirish orqali ularni iqtisodiyot tarmoqlarida munosib ish o‘rinlarini topish imkoniyatlarini

kengaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

347

Bugungi kunda professional ta’limning yangi ko‘rinishini kompetentsiyalar atamalarida

ifodalangan o‘quv natijalari tashkil etadi. Asosiy e’tibor o‘quv jarayonining o‘ziga emas, balki

ta’lim oluvchilar tomonidan ko‘rsatiladigan kompetentsiyalarda ifodalangan natijalarni

baholashga qaratiladi.

Ta’lim natijalarini aniqlash ta’lim dasturini ishlab chiqishdagi birinchi qadamdir. Shu bilan

birga, ta’lim natijalarini aniqlash barcha keyingi bosqichlar uchun asosiy jarayon bo‘lib xizmat

qiladi. Ta’lim natijalarining aniq ta’rifisiz ta’lim mazmunini aniqlash imkonsizdir.

Shundan kelib chiqib tadqiqotimizda natijaga yo‘naltirilgan ta’lim tushunchasiga ishchi ta’rif

berdik va tadqiqotlarimizda ushbu ta’rifga tayandik. Natijaga yo‘naltirilgan ta’lim – bu o‘quv

jarayonini aniq, oldindan belgilangan maqsad va natijalarga erishishga qaratilgan pedagogik

yondashuv bo‘lib, uning asosiy maqsadi o‘quvchilarda zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va

kompetentsiyalarni shakllantirishdir. Bu ta’lim turida o‘quv jarayoni va metodlari shu tarzda

tashkil etiladiki, o‘quvchilar olgan bilimlarini hayotiy va kasbiy vaziyatlarda samarali qo‘llay

olish imkoniga ega bo‘ladilar. Ushbu yondashuv ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faol

ishtirokiga, mustaqil fikrlashga va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga undaydi, shuningdek,

ularda mustaqillik va innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Mutaxassisning mehnat vazifalaridan kelib chiqib, ta’lim natijalarini aniqlash zarur bo‘ladi.

Bundan tashqari, zamonaviy ta’lim dasturlarida o‘quv natijalari kompetentsiya (malaka) sifatida

ta’riflangan.

Shuni ta’kidlash kerakki, “kompetentlik” atamasining bir nechta ta’riflari mavjud bo‘lib,

masalan, Xalqaro Mehnat Tashkiloti “kompetentlik” deganda, mutaxassisning biror vazifani

sifatli bajarishi uchun zarur bo‘lgan mahorat, bilim, ko‘nikma hamda mutaxassisning munosabati

tushuniladi. Ta’lim dasturini ishlab chiqishda “kompetentlik” atamasini qo‘llashning kamida

ikkita afzalligi mavjud. Birinchidan, bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni farqlashning hojati yo‘q.

Ikkinchidan, har qanday hayotiy vaziyatni, shu jumladan, kasbiy vazifalarni sifatli bajarishni hal

qilish uchun ko‘nikma, bilim, qobiliyat va munosabatlarning butun majmuasi zarurdir. Aynan

mana shu kompleks “kompetentlik” atamasini ifodalaydi.

Kasbiy kompetentsiyalar professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va

mutaxassisliklar klassifikatoridagi kasb va u bo‘yicha beriladigan kvalifikatsiyalar malaka

darajasi ushbu kasb bo‘yicha ishlab chiqilgan kasbiy standartdagi belgilangan malaka darajasi

o‘zaro mos bo‘lishi kerak.

Kasbiy standartdagi mehnat funksiyalari va ushbu mehnat fuksiyalarini bajarish uchun zarur

mehnat harakatlari kasbiy kompetentsiyalar sifatida aks etadi.

Ta’lim dasturlarida kasbiy kompetentsiyani shakllantirish uchun o‘qitish natijalari va

baholash mezonlarini o‘z ichiga olgan professional modul aniqlanadi. Kasbiy standartlarda

mehnat funksiyasi mehnat natijasiga erishishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq mehnat harakatlari

majmuasi sifatidir.

Kasbiy kompetentsiya – bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlariga asoslangan holda

mutaxassisga kasbiy faoliyatini samarali amalga oshirishimkoniyatini beradigan mehnat

vazifalari majmuasini hal qilish qobiliyatidir.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

348

METODOLOGIYA

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qo‘llanilgan yondashuv, usullar va nazariy

ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari

samaradorligining matematik-statistika metodlari vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va

tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan

tasdiqlangani bilan izohlanadi.

Ta’lim natijalariga o‘tish dunyodagi deyarli barcha rivojlanishga yo‘naltirilgan kasbiy ta’lim va

o‘qitish tizimlarini tavsiflovchi asosiy printsipial o‘zgarishdir. Pedagogika fani rivojining borishi

shuni ko‘rsatadiki, agar o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ta’minlash tizimli bo‘lsa va bu tizim o‘qitish

hamda tarbiyalash jarayonlarining barcha jihatlarini va bevosita ifodalanishini qamrab olgan

bo‘lsa, kadrlar tayyorlash va uni og‘ishmay takomillashtirishni boshqarishning samarali quroli

bo‘ladi. U shunday bo‘lishi uchun uning tavsifida loyihalanayotgan metodik tizimning barcha

elementlarini aks ettirish zarur. Bo‘lg‘usi metodik tizimning tavsifi turli xil pedagogik hujjatlar:

rejalar, dasturlar, o‘quv qo‘llanmalar va h.k.lar shaklida amalga oshiriladi.

MUHOKAMALAR VA NATIJALAR

Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati natijaga yo‘naltirilgan ta’lim asosida professional

ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari

aniqlanganligi, kompetentsiyaga asoslangan professional ta’lim dasturlarini ishlab chiqishning

tashkiliy didaktik modelini takomillashtirilganligi hamda kompetentsiyaga asoslangan

professional ta’lim dasturlarini ishlab chiqish metodikasi ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi.

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati tadqiqot natijalari asosida kompetentsiyaga asoslangan

professional ta’lim dasturlari yaratilganligi, professional ta’lim jarayonini takomillashtirish

bo‘yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlar va chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi, professional

ta’limning kompetentsiyaga asoslangan metodik ta’minotini yaratish texnologiyasi ishlab

chiqilganligi va amaliyotga tatbiq etilganligi bilan izohlanadi.

Professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda

quyidagi vazifalar bajarilsa, amaliy natijalarga erishish mumkin:

natijaga yo‘naltirilgan ta’lim asosida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy

faoliyatga tayyorlash metodik tizimini takomillashtirishning zamonaviy pedagogik shart-

sharoitlarini ishlab chiqish;

natijaga yo‘naltirilgan ta’lim asosida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy

faoliyatga tayyorlash modelini takomillashtirish;

professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini

natijaga yo‘naltirilgan ta’lim samaradorligini ta’minlovchi simulyatsion ta’lim texnologiyasi

asosida takomillashtirish;

natijaga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining

kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini baholash metodikasini takomillashtirish.

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik

shart-sharoitlari kasbga

o‘qitish natijalari

va

o‘qitish

natijasida

shakllanadigan


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

349

kompetentsiyalarni uyg‘unlashtirish, kasbga o‘qitish va mehnat bozorining malakalarga

ehtiyojlari orasida o‘zaro aloqadorlikning mustahkam tizimini shakllantirish hamda kasbga

o‘qitish va mehnat tajribasi natijalarining malaka talablariga va kasb standartlariga mosligini

ta’minlash asosida takomillashtirilgan.

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli o‘quv

maqsadlarini aniq belgilab olish va natijaga erishishni ta’minlashning metodik tizimi elementlari

o‘rtasidagi aloqalarni va funktsional yuklanishni ta’lim natijasiga yo‘naltirish asosida

takomillashtirilgan.

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi

maqsadga yo‘naltirilganlikni ta’minlash va ta’lim natijalari (Learning Outcomes)ni aniq

belgilash hamda debrifing orqali o‘quvchilarning refleksiv fikrlashini faollashtirish asosida

takomillashtirilgan; professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga

tayyorgarlik darajasini baholash metodikasi o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini xolis va

haqqoniy baholash

(objective assessment)ni kasbiy standartlarda talab etilgan kasbiy tayyorgarlik darajasiga

muvofiqligini ta’minlovchi demo-imtihonlar asosida takomillashtirilgan.

Professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish

maqsadida quyidagi amaliy ishlar bajarilgan:

“Kompetentsiyaga

asoslangan

ta’lim dasturlarini

ishlab chiqish”

deb

nomlangan metodik qo‘llanma yaratilgan;

“Kasb standartlari asosida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha metodik tavsiyanoma”

yaratilgan;

“Kompetentsiyaga asoslangan dual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy

tavsiyanoma” yaratilgan;

“O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida kasb standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha

metodik yo‘riqnoma” yaratilgan.

XULOSA

Shunday qilib, mutaxassisning mehnat vazifalari majmuasini hal qilish qobiliyati kasbiy

kompetentsiyadir, ya’ni kasbiy kompetentsiya mehnat funktsiyasini bajarish sifatida belgilanadi.

Kasbiy modul – bu o‘quv dasturining mustaqil va to‘liq bo‘limi bo‘lib, talabalarning

kompetentsiyalar asosida kasbiy vazifalar to‘plamini hal qilish qobiliyatini egallashiga qaratilgan.

Odatda kasbiy standartning mehnat funktsiyalariga keltirilgan ma’lumotlar asosida

o‘quvchilarning ta’lim jarayonida egallashi kerak bo‘lgan kasbiy kompetentsiyalari

shakllantiriladi. Lekin ko‘p hollarda mehnat funktsiyalarini kasbiy kompetentsiyalar sifatida

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib qo‘yib bo‘lmaydi. Kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish uchun

har bir umumlashtirilgan mehnat funktsiyasi doirasidagi mehnat funktsiyalari va mehnat harakati

mantiqiy tahlil qilinib, ma’lumotlarni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Tahlil qilish


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

350

jarayonida shunga ahamiyat berish kerakki, ta’lim dasturi qaysi ta’lim darajasiga ishlab

chiqilayotgan bo‘lsa, kasbiy standartning o‘sha malaka darajalariga tegishli toifalarni

talablaridan foydalanish lozim.

Mehnat harakatlari asosida kasbiy kompetentsiyani aniqlab olgandan keyin kasbiy standartdan

mehnat harakati, ya’ni kompetentsiyani bajarish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalar

ajratib olinadi. Mazkur bilim va ko‘nikmalar o‘qitish natijasida sifatida aks etadi. Demak, kasbiy

kompetentsiyani bajara olish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalar o‘qitishning natijasi

hisoblanadi. Bitta kasbiy kompetentsiyada bir yoki bir nechta o‘qitish natijasi bo‘lishi mumkin.

Bitta kompetentsiya doirasida shakllanadigan o‘qitish natijalarining miqdori ko‘p bo‘lmasligi

tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Mo‘mindjanova N.A. Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy kompetentligini

takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari. Экономика и социум №12(127)-2 2024. 577-

583 b.

Muslimov N.A. Kasb-hunar ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish

texnologiyasi. Monografiya. -T.: Fan va texnologiyalar, 2013.3.

Mo‘mindjanova N.A. “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasini o „qitish va raqamlashtirish

scientific aspects and trends in the field of scientific research

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni

“Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

Tadjibayeva U.T. Kasbiy ta’lim psixologiyasi. – T.: O‘qituvchi, 2021.

Qodirova N.A. Kasbiy kompetentlik va uni shakllantirishning metodologik asoslari. – T.:

Innovatsiya, 2020.

UNESCO. Technical and Vocational Education and Training (TVET) strategy2022–2029.

References

Mo‘mindjanova N.A. Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari. Экономика и социум №12(127)-2 2024. 577-583 b.

Muslimov N.A. Kasb-hunar ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Monografiya. -T.: Fan va texnologiyalar, 2013.3.

Mo‘mindjanova N.A. “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasini o „qitish va raqamlashtirish scientific aspects and trends in the field of scientific research

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

Tadjibayeva U.T. Kasbiy ta’lim psixologiyasi. – T.: O‘qituvchi, 2021.

Qodirova N.A. Kasbiy kompetentlik va uni shakllantirishning metodologik asoslari. – T.: Innovatsiya, 2020.

UNESCO. Technical and Vocational Education and Training (TVET) strategy2022–2029.