ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
189
GERIATRIYADA ANTIGIPERTENZIV DORILARNI TANLASH VA
DOZALASHNING UZIGA XOS TOMONLARI
Siddiqov Olim Abdullayevich
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Annotatsiya:
Geriatriya amaliyotida arterial gipertoniya keng tarqalgan muammolardan biri
bo‘lib, uni davolashda antigipertenziv dorilarni tanlash va individual dozalash katta ahamiyatga
ega. Yoshga bog‘liq farmakokinetik va farmakodinamik o‘zgarishlar, polimorbidlik va
polipragmaziya xavfi bu guruh bemorlarda muolajani murakkablashtiradi. Mazkur maqolada
keksalarda qon bosimini nazorat qilishdagi zamonaviy yondashuvlar, dori tanlash mezonlari,
dozalash prinsiplari va xavfsizlik choralari tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar:
geriatriya, antigipertenziv terapiya, dozalash, farmakokinetika, polimorbidlik,
polipragmaziya
Abstract:
Arterial hypertension is one of the most common problems in geriatric practice, and
the selection and individualized dosing of antihypertensive drugs play a critical role in its
management. Age-related pharmacokinetic and pharmacodynamic changes, along with the high
risk of polymorbidity and polypharmacy, complicate treatment in this patient population. This
article analyzes modern approaches to blood pressure control in the elderly, including drug
selection criteria, dosing principles, and safety measures.
Keywords
: geriatrics, antihypertensive therapy, dosing, pharmacokinetics, polymorbidity,
polypharmacy.
Mavzuning dolzarbligi.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida aholi qarishi tendensiyasi keskin
ortgan bo‘lib, geriatrik bemorlar soni barqaror ravishda o‘smoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra,
2050 yilga kelib 60 yoshdan katta shaxslar umumiy aholining 20–25%ini tashkil etishi
kutilmoqda. Yosh bilan bog‘liq bo‘lgan patologiyalar ichida arterial gipertenziya eng ko‘p
uchraydigan va jiddiy asoratlarga olib keluvchi kasalliklardan biridir.
Geriatriyada arterial gipertenziya nafaqat yurak-qon tomir tizimiga, balki miya, buyrak, ko‘z va
boshqa a’zolarga ham zarar yetkazadi. U insult, miokard infarkti, yurak yetishmovchiligi va
demensiya xavfini bir necha marta oshiradi. Shu sababli, qariyalarda qon bosimini samarali va
xavfsiz nazorat qilish farmakoterapiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Bundan tashqari,
keksalarda farmakokinetika va farmakodinamika xususiyatlarining o‘zgarishi, polimorbidlik,
ya’ni bir vaqtda bir necha kasallikning mavjudligi, va polipragmaziya – ko‘p sonli dorilarni
qabul qilish muammosi antigipertenziv terapiyani tanlashda qiyinchilik tug‘diradi.
Zamonaviy klinik farmakologiyada geriatrik bemorlar uchun individual dozalash, preparatlar
o‘zaro ta’sirini hisobga olish, keksa organizmning adaptatsiya qobiliyatini inobatga olish dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan, geriatriyada arterial gipertenziyaning
farmakoterapiyasiga zamonaviy, shaxsiylashtirilgan yondashuvni ishlab chiqish va amaliyotga
tatbiq etish ushbu mavzining ilmiy va amaliy ahamiyatini yanada oshiradi.
Asosiy qism.
Qarilik davrida arterial gipertoniya uchrash chastotasi 60 yoshdan keyin 65–75%
gacha yetadi. Bu holat ko‘pincha boshqa somatik patologiyalar bilan birgalikda kechadi: qandli
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
190
diabet, ishemik yurak kasalligi, buyrak yetishmovchiligi va boshqalar. Bunday bemorlarda
antigipertenziv vositalarni noto‘g‘ri tanlash yoki dozalash yo‘l qo‘yib bo‘lmas asoratlarga olib
kelishi mumkin.
Geriatriyada farmakokinetik o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, qarilik bilan bog‘liq
farmakokinetik o‘zgarishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: absorbsiya: me’da kislotaliligi
kamayishi va motorika sustligi preparatlarni so‘rilishini sekinlashtiradi; taqsimlanish: tananing
suvli qismi kamayib, yog‘ miqdori ortib ketadi; bu lipofilik preparatlarning ta’sirini uzaytirishi
mumkin; metabolizm: jigar ferment faoliyatining pasayishi ayrim preparatlarning metabolizmga
uchrashini sekinlashtiradi; ekskresiya: buyrak funksiyasining yoshga bog‘liq pasayishi kreatinin
klirensining kamayishiga olib keladi va dozalashda hisobga olinishi lozim.
Antigipertenziv dorilarni tanlashdagi asosiy mezonlar quyidagilardan iborat:
1. Kalsiy kanal blokatorlari - amaliy ahamiyati: diuretik va β-blokatorlarga qaraganda keksalarda
yurak va insult asoratlarini kamaytiradi. Ta’siri: periferik vazodilatatsiya, yurak yurish
chastotasini ozgina oshiradi. Namunalar: amlodipin, nifedipin (uzoq ta’sir etuvchi shaklda).
2. IAPF va ARA II - afzalliklari: diabetik nefropatiya, jүrәk ishemiyasi bilan kechadigan
bemorlarda qo‘llash maqsadga muvofiq. E’tiborga olinadigan jihat: giperkalemiya va buyrak
funksiyasi nazorati zarur. Namunalar: lizinopril, perindopril, lozartan, valsartan.
3. Tiazid va tiazid-o‘xshash diuretiklar - kam dozada foydalanilsa, samarali va xavfsiz. Elektrolit
balansni kuzatish muhim. Namunalar: indapamid, gidroxlortiazid.
4. β-blokatorlar - qo‘llash ko‘rsatmasi: yurak yetmasligi, aritmiya, ishemik kasallik. Cheklovlar:
bronxospazm, depressiya, AV-blokada xavfi. Namunalar: bisoprolol, nebivolol.
Dozalashning o‘ziga xos tomonlari
Preparat
Boshlang‘ich
doza
(keksalar uchun)
Izoh
Amlodipin
2.5 mg/k.
Tasir surunkali va barqaror
Lizinopril
2.5–5 mg/k.
Buyrak funksiyasi kuzatiladi
Lozartan
25–50 mg/k.
Giperkalemiya xavfi tekshiriladi
Indapamid
1.25 mg/k.
Giponatriemiya xavfi bor
Bisoprolol
2.5 mg/k.
Yurak ritmi nazorati talab etiladi
Polimorbidlik va polipragmaziya muammosi
Geriatriyada bir vaqtda 5 va undan ortiq dori qabul qilish holatlari keng tarqalgan. Bu holda:
dori-derivativ o‘zaro ta’sir xavfi ortadi. Nojo‘ya ta’sirlar (postural gipotenziya, elektrolit
buzilishlar) ko‘payishi mumkin. Farmakogenetik individuallik ham e’tiborda bo‘lishi lozim
Xulosa.
Geriatriya amaliyotida antigipertenziv terapiyani olib borishda shaxsiy yondashuv,
dozalashda ehtiyotkorlik va monitoring katta ahamiyatga ega. Zamonaviy preparatlarning uzoq
ta’sir etuvchi, fraksiyali va xavfsiz shakllari keksalar uchun afzalroq. Polimorbidlik va
polipragmaziya xavfini minimallashtirish uchun interdissiplinar yondashuv muhim.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
191
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Aronow WS. Treatment of hypertension in older persons. J Gerontol A Biol Sci Med Sci.
2020;75(6):1147–1153.
2. Whelton PK et al. 2017 ACC/AHA Guideline for the Prevention, Detection, Evaluation, and
Management of High Blood Pressure. Hypertension. 2018;71(6):e13–e115.
3. O'Mahony D et al. STOPP/START criteria for potentially inappropriate prescribing in older
people. Age Ageing. 2015;44(2):213–218.
4. Фурса Т.В. Гипотензивная терапия у лиц пожилого возраста. Клиническая
фармакология и терапия, 2021;30(4):56–61.
5. Қодиров Ш.Т., Юнусова Н.А. Полипрагмазия ва унинг гериатриядаги клиник
аҳамияти. Тиббиётда янги кун, 2023;2(45):34–38.
6. Whelton P.K., Carey R.M., Aronow W.S., et al. (2018). 2017 ACC/AHA Guideline for the
Prevention, Detection, Evaluation, and Management of High Blood Pressure in Adults.
Hypertension, 71(6), e13–e115.
7. Aronow W.S. (2020). Treatment of hypertension in older persons. Journal of Gerontology:
Medical Sciences, 75(6), 1147–1153.
8. O’Mahony D., O’Sullivan D., Byrne S., et al. (2015). STOPP/START criteria for potentially
inappropriate prescribing in older people: version 2. Age and Ageing, 44(2), 213–218.
9. Mancia G., Fagard R., Narkiewicz K., et al. (2013). 2013 ESH/ESC Guidelines for the
management of arterial hypertension. Journal of Hypertension, 31(7), 1281–1357.
10. Williams B., Mancia G., Spiering W., et al. (2018). 2018 ESC/ESH Guidelines for the
management of arterial hypertension. European Heart Journal, 39(33), 3021–3104.
11. Фурса Т.В. (2021). Гипотензивная терапия у лиц пожилого возраста. Клиническая
фармакология и терапия, 30(4), 56–61.
12. Мартынов А.И., Лазебник Л.Б. (2019). Артериальная гипертензия у пожилых:
особенности течения и лечения. Лечащий врач, №7, 22–26.
13. Чухрий В.И., Цымбалюк С.Ю. (2020). Гериатрическая фармакотерапия: современные
подходы к лечению гипертонии. Український терапевтичний журнал, №2, 15–19.
14. Қодиров Ш.Т., Юнусова Н.А. (2023). Полипрагмазия ва унинг гериатриядаги клиник
аҳамияти. Тиббиётда Янги Кун, 2(45), 34–38.
15. Ахмедов Ш.М., Аюпов Ф.А. (2022). Кексаларда артериал гипертензияни даволашда
дори воситаларини танлаш мезонлари. Самарқанд тиббиёт журнали, №4, 55–59.
16. Begnaeva, M., & Olim, S. (2024). IMPORTANCE OF ANTIAGGREGANT DRUGS IN
CARDIOVASCULAR DISEASES. Modern Science and Research, 3(1), 28–32. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28898
17. Ураков А.Л., Тюрин А.В., Щекин В.С., Сиддиков О.А., Абдурахмонов И.Р.,
Габдрахимова Р.А., Самородов А.В. Убиквитилирование в развитии соматических
заболеваний: механизм клеточной регуляции и новая терапевтическая мишень // Обзоры
по клинической фармакологии и лекарственной терапии. - 2024. - Т. 22. - №4. - C. 339-349.
doi: 10.17816/RCF631847
18. Сиддиков Олим Абдуллаевич, Нуралиева Рано Матьякубовна РАЦИОНАЛЬНОЕ
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ И ОПТИМАЛЬНОЕ ДОЗИРОВАНИЕ АНТИБАКТЕРИАЛЬНЫХ
ПРЕПАРАТОВ ПРИ ЛЕЧЕНИИ ВНЕБОЛЬНИЧНОЙ ПНЕВМОНИИ // Вопросы науки и
образования. 2021. №9 (134). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ratsionalnoe-ispolzovanie-
i-optimalnoe-dozirovanie-antibakterialnyh-preparatov-pri-lechenii-vnebolnichnoy-pnevmonii
(дата обращения: 10.07.2025).
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
192
19. Muxammadievich, H. M., et al. "BURN SHOCK IN PEDIATRIC AFTER THERMAL
INJURY AND MULTIPLE ORGAN FAILURE SYNDROMES." World Bulletin of Public
Health 8 (2022): 140-142.
20. Siddikov O. et al. OPTIMIZATION OF THE USE OF ANTIBACTERIAL DRUGS
DURING THE EXACERBATION OF CHRONIC OBSTRUCTIVE PULMONARY DISEASE
//Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation. – Т. 32. – №. 2.
