PORTAL GIPERTENZIYa SABABLI QON KETIShLARI BO‘LGAN BEMORLARNING ENDOSKOPIK VA XIRURGIK OPERATSIYALARDAN UZOQ MUDDATDAN KEYINGI NATIJALARI

Rustam Qodirov
Tadqiqot usuli bo‘lib, sirroz sabali rivojlangan portal gipertenziya fonida yuzaga kelgan qizilo‘ngach va oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketish sababli shoshilinch ravishda stasionar davo uchun murojaat qilib kelgan, 22-50 yoshdagi 338 nafar bemorlarda SF-36 so‘rovnomaning o‘lchov ko‘rsatkichlarini baholash orqali hayot sifati darajasini aniqlash yotdi. Tadqiqotning barcha qatnashchilari qo‘llanilgan qon ketishni to‘xtatish usullariga ko‘ra 2 guruhga bo‘lindi. Natijalar. 3 oy, 1, 2, 3 yildan keyin endoskopik gemostaz qo‘llanilgan barcha bemorlarda M.D. Pasiora bo‘yicha xirurgik operatsiya o‘tkazgan bemorlarga nisbatan SF-36 ko‘rsatkichlari 11-74% ga balandligi aniqlandi. Xulosa. Turli yosh va jinsdagi, qizilo‘ngach va oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketgan bemorlarda qon ketishni bartaraf qilish maqsadida endoskopik ligatura qo‘yish va/yoki skleroterapiya usulining qo‘llanilishi M.D. Pasiora operatsiyasiga nisbatan uch yildan kam bo‘lmagan muddat ichida ancha yuqori bo‘lgan hayot sifatini ta'minlaydi.
111

Koʻrishlar

17

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos