To‘plam O‘zbekiston Respublikasi olimlari, mutaxassislari va xalqaro ekspertlarning kooperatsiyalarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyatini yoritishga, ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflarni o‘z ichiga olgan ilmiy maqolalar va tezislardan iborat. Jumladan, mualliflar tomonidan qishloq xo‘jaligida kooperatsiyalarni rivojlantirish: bugungi holat va istiqboldagi rejalar, hududlarning investitsion jozibadorligini oshirishda kooperatsiyalar faoliyati tahlili, aholi bandligiga ko‘maklashishda kooperativlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari o‘rganib chiqiladi. To‘plam davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlari, ilmiy xodimlar, o‘qituvchi va professorlar, ilmiy izlanuvchilar, tadbirkorlar, talabalar va ushbu mavzu bilan qiziquvchi boshqa shaxslar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu to‘plamga kiritilgan maqolalar muallliflari bildirilgan qarashlar va fikrlar uchun javobgar shaxs hisoblanadi.