Some discussions on the linguistics of ancient India

Abstract

This article analyzes the discussion of language development, linguistic practice and works of scholars of ancient India as well as development of practicallinguistics on the basis of grammar rules.

Source type: Journals
Years of coverage from 2016
inLibrary
Google Scholar
HAC
Branch of knowledge
CC BY f
21-24
75

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Turobov А. (2019). Some discussions on the linguistics of ancient India. Foreign Philology: Language, Literature, Education, (2 (71), 21–24. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/924
Abduraim Turobov, Samarkand State Institute of Foreign Languages

assistant professor

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the discussion of language development, linguistic practice and works of scholars of ancient India as well as development of practicallinguistics on the basis of grammar rules.


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

21

 

 

QADIMGI HIND TILSHUNOSLIGI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR 

 

Turobov Abdurayim Malikovich, 

SamDCHTI dotsenti 

 

Kalit so„z va iboralar: 

Veda, prakrit, brahman, grammatik jins, sanskritolog, Ashtadxyai, sof 

empirik, fuzey, tezey, ichki fleksiya, urg‗u, ohang, polisemiya, onomatopediya. 

 
Tilshunoslik 

tarixining 

ayrim 

mutaxassislari,  jumladan,  N.A.Kondrashov 
qadimgi  Hindistonni  til  haqidagi  fanning 
beshigi 

sifatida 

baholaydi 

[N.A.Kondrashov.1984. 12]. 

―Qadimgi 

Hindistonda‖ 

til 

bilan 

shug‗ullanish  dastlab  sof  amaliy  ahamiyatga 
ega bo‗lgan: davr o‗tishi bilan qadimgi yozma 
yodgorliklarning turli o‗zgarishlarga uchragan 
unsurlarini  (so‗z  va  qo‗shimchalarini)  qayta 
tiklash, izohlash lozim bo‗lgan. Buning uchun 
hind  olimlari  eramizdan  15  asr  ilgari  (ba‘zi 
tadqiqotchilarning  fikricha;  45-25  asr  ilgari,) 
yozilgan  Vedalarni  (o‗n  kitobdan  iborat 
bo‗lgan  diniy  madhiyalar)  –  gimnlar,  diniy 
qo‗shiqlar va afsonalar to‗plamini), eramizdan 
ilgarigi  birinchi  ming  yillarda  yozilgan 
sanskrit  yodnomalarini  o‗rganganlar  va  tahlil 
qilganlar. 

Ular 

Vedalardagi 

ma‘nosi 

tushunarli 

bo‗lmagan 

so‗zlarga 

izoh 

beradigan  lug‗atlar  tuzganlar,  matnlarni 
diqqat  bilan  fonetik  va  morfologik  jihatdan 
tahlil  qilganlar.  Bunday  tayyorgarlik  ishi 
o‗sha  yodgorliklarning  unutilgan,  buzilgan, 
shuningdek,  jonli  til  (prakrit)  ta‘sirida 
o‗zgarib  ketgan  o‗rinlarini  qaytadan  tiklash 
imkonini  berdi.  Ana  Shunday  maqsadda  hind 
olimlari  qadimgi  adabiy  til  bo‗lgan  veda  va 
sanskritda  yozilgan  matnlardagi  so‗zlarning, 
to‗g‗rirog‗i,  so‗z  shakllarining  o‗xshash 
shakllariga  va  o‗xshash  ma‘nolariga  e‘tibor 
berib, bir so‗zning bir necha shaklini aniqlab, 
so‗ngra ana shu shakllarni bir-biriga qiyoslab, 
ularning  o‗xshash  va  noo‗xshash  qismlarini 
ajratar  edilar.  Natijada,  bir  tomondan,  so‗z 
shakllari  uchun  umumiy  bo‗lgan  qism-o‗zak 
va 

negiz-ikkinchi 

tomondan, 

o‗zgarib 

turadigan  qismlar-affikslar  aniqlanardi.  Shu 
tariqa  so‗z  yoki  so‗z  shakllari  amalda 
birlamchi  unsurlarga,  hozirgi  termin  bilan 
ataganda,  morfemalarga  ajratilgan.  Shuning 
uchun 

ham 

qadimgi 

hind 

olimlari 

grammatikani  vyakarana,  ya‘ni  ajratish 
(tahlil) deb ataganlar [S.Usmonov. 1972.10]. 

Dastlabki  muqaddas  hind  qo‗shiqlari 

eramizdan  1500  yillar  oldin  paydo  bo‗lgan 
deb taxmin qilinadi. Sanskrit eramizdan oldin 
V  asrdayoq  jamiyatning  kundalik  aloqa 
vositasi  vazifasini  yo‗qotib,  o‗lik  tilga 
aylangan  bo‗lsa  ham,  diniy  va  madaniy 
an‘analarni  o‗zida  saqlovchi  mumtoz  til 
sifatida  saqlanib  keldi.  Qadimgi  vedalar  tilini 
sharhlash,  so‗zlarning  to‗g‗ri  talaffuzini 
saqlab  qolish  ehtiyoji  tilshunoslik  fanining 
paydo  bo‗lishiga  olib  keldi  [A.Nurmonov. 
2012.5]. 

Qadimgi 

Hindistonda 

dastlab 

tilshunoslik bilan ruhoniylar shug‗ullangan. 

Taniqli  nazariyotchi  olim,  professor 

R.Rasulov  bu  haqda  Shunday 

yozadi. 

Vedalardagi  ma‘nosi  tushunarli  bo‘lmagan 
so‘zlarni 

aniqlab, 

ularning 

ma‘nosini 

izohladilar,  sharhladilar.  Vedalar  tiliga  oid 
maxsus  izohli  lug‘atlar  tuzdilar,  matnni 
fonetik  va  grammatik  jihatdan  tahlil  qildilar. 
Xullas,  Vedalar  tilidagi  so‘z  va  jumlalar 
ma‘nosini,  ularning  aniq  talaffuzini,  shaklini 
saqlab  qolishga  bo‘lgan  qat‘iy  intilish 
qadimgi  Hindistonda  tilshunoslikning  yuzaga 
kelishiga  asosiy  sabab  bo‘ldi  [Rasulov  R. 
2017.10]. 

―Ruhoniylar  (brahmanlar)  tomonidan 

yozilgan dastlabki grammatik asarlarda to‗g‗ri 
talaffuz  masalalari  ustida  so‗z  yuritiladi. 
Eramizdan  ilgarigi  ming  yillik  boshlarida 
lug‗atlar  tuzilgan.  Shunday  lug‗atlardan 
beshtasi  qadimgi  Hindistonning  mashhur 
tilshunosi  Yaski  (eramizdan  oldingi  V  asr) 
nomi 

bilan 

bog‗liq. 

Yaski 

so‗zning 

morfologik  tarkibini,  Shuningdek,  so‗z 
ma‘nosi  masalasini  ham  to‗g‗ri  tasavvur 
qilgan.  Uningcha,  so‗z  narsani  bevosita  aks 
ettirmaydi.  Uning  tovush  tomoni  bilan  narsa 
o‗rtasida  turuvchi  ma‘no  bor.  Shu  ma‘no 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

22

 

tufayli so‗z narsani nomlash imkoniyatiga ega 
bo‗ladi‖ [S.Usmonov. 1972.13]. 

A.V.Paribokning 

qayd 

qilishicha, 

bizgacha 

etib 

kelgan 

birinchi 

lug‗at 

eramizgacha  V  asrda  buddist  Amarasimxa 
tomonidan  yaratilgan  va  u  ―Amarakosha‖, 
ya‘ni Amarasimxa xazinasi deb atalgan. 

Lug‗atlarda  juda  ko‗p  ishlatiladigan 

so‗zlarga  izoh  berilmagan.  Nisbatan  maxsus 
ma‘noli 

so‗zlar 

Evropa 

lug‗atlaridek 

grammatik  jinsni  ko‗rsatish  bilan  izohlangan 
[A.V.Paribok.1981.172]. 

Eramizning  V  asrida  esa  Amara 

sankritning  Shunday  lug‗atini  tuzgan.  Undan 
evropalik 

sanskritologlar 

hozir 

ham 

foydalanmoqdalar.Qadimgi  hind  tilshunoslari 
marfologiya  sohasida  juda  muhim  yutuqlarga 
erishganlar. 

Ular 

marfologiyaning 

uch 

bo‗limdan iborat ekanligini ko‗rsatganlar: 

1.So‗z turkumlarining tasnifi. 
2.So‗z 

yasalishi.  (O‗tgan  asrning 

birinchi 

yarmida 

so‗z 

yasalishi 

tilshunoslikning  mustaqil  sohasi  darajasiga 
ko‗tarildi.) 

3.So‗zlarning grammatik shakl jihatidan 

o‗zgarishi.  ―So‗zlarni  turkumlarga  ajratish‖ 
masalasida  yagona fikr  yo‗q edi.  To‗rtta so‗z 
turkumini  ajratish  fikri  ko‗proq  e‘tirof 
qilingan.  Ular  ot,  fe‘l,  old  ko‗makchi  va 
Yuklama. 

Ot-predmetlik g‗oyasini bildiruvchi, fe‘l 

esa  harakatni  ifodalovchi  so‗z  sifatida 
ta‘riflanadi.  Otlar  fe‘l  o‗zaklaridan  yasaladi, 
ular  birlik,  juftlik  va  ko‗plik  shakllariga 
egadir.  Old  ko‗makchilar  otlarning  va 
fe‘llarning  ma‘nolarini  ko‗rsatib  beruvchi 
so‗zlar  deb  baholangan.  Yuklamalarga 
kelganda,  qadimgi  hind  olimlari  ularni 
ma‘nolariga  ko‗ra  uch  guruhga  ajratganlar:1) 
qiyoslash 

Yuklamalari, 

2) 

bog‗lovchi 

Yuklamalar,  3)  she‘rlarda  shakl  unsuri 
sifatida ishlatiladigan Yuklamalar. 

Olmoshlar  va  sifatlar  alohida  so‗z 

turkumlariga 

ajratilmay, 

ot 

va 

fel 

turkumlariga qo‗shib yuborilgan. 

Hindlar  yettita  kelishikni  ajratganlar. 

Bular:  1)  bosh  kelishik,  2)  tushum  kelishigi, 
3)  qurol  kelishigi,  4)  jo‗nalish  kelishigi,  5) 
ajratish (ya‘ni  chiqish) kelishigi,  6) qaratqich 
kelishigi, 7) o‗rin kelishigi. 

Biroq  hind  grammatiklari  yuqoridagi 

kabi  alohida  nomlar  bilan  atamagan.  Ular 
birinchi,  ikkinchi,  uchinchi  va  hakozo  deb 
kelishiklarni 

bir-biridan 

raqam 

bilan 

farqlaganlar. 

Hind  tilshunoslari  qo‗shma  so‗zlarning 

o‗ttizga  yaqin  turini  farqlaganlar.  Ular 
qo‗shma so‗zlarning tuzilishida komponentlar 
orasidagi  munosabatlarga  e‘tibor  berganlar. 
Masalan:  ot+ot  //  fe‘l;  sifat//sifatdosh// 
ravish+ot  //sifat//fe‘l;  son+ot  va  boshqalar 
[R.Rasulov. 2017. 11]. 

Hind 

olimlari 

fe‘l 

turkumining 

morfologik 

kategoriyalarini 

mukammal 

ishlagan  edilar.  Ular  fe‘lning  uch  zamonga 
birlashadigan  etti  xil zamon  shaklini:  Hozirgi 
zamon,  o‗tgan  zamonning  tugallangan, 
tugallanmagan  va  uzoq  o‗tgan  zamon 
turlarini,  kelasi  zamonning  odatdagi  kelasi 
zamon  va  juda  kam  qo‗llanadigan  shart  fe‘li 
shakllarini ajratganlar. 

U davrlarda ham  fe‘lning to‗rtta mayli-

xabar, 

istak, 

buyruq, 

shart 

mayllarini 

bilganlar.  Fe‘lning  aniq,  o‗rta  va  majhul 
nisbatlari 

ajratilib, 

har 

biri 

alohida 

ta‘riflangan. Chunki aniq nisbat boshqa shaxs 
foydasi 

uchun 

bajariladigan 

harakatini 

ifodalovchi so‗z deb ta‘riflangan. 

Sanskrit  tilida  fe‘lning  uch  shaxs  va 

uchta  son  (birlik,  juftlik,  ko‗plik)ga  ko‗ra 
tuslanishi 

ko‗rsatilgan‖ 

[S.Usmonov. 

1972.11-12].  ―Yetarli  darajada  ishlangan 
qadimgi  hind  grammatik  an‘analarining 
mahsuli sifatida mashhur tilshunos Paninining 
―Ashtadxyai‖ (grammatik qoidalarning sakkiz 
bo‗limi)‖  asari  maydonga  keldi.  Panini 
eramizdan  ilgarigi  XV  asrning  ikkinchi 
yarmida yashagan deb taxmin qilinadi. 

Paninining grammatikasi sof empirik va 

tasviriy  xarakterdagi  darslik  bo‗lib,  unda 
sanskrit  (qisman  veda)  tilining  fonetik, 
morfologik,  so‗z  yasalish  va  sintaktik 
sistemasiga oid 3996 ta qoida jamlangan. 

Qoidalar 

bolalarning 

yodlashlariga 

mo‗ljallanib, juda ixcham shaklda, she‘r bilan 
aytilgan. 

Panini  Veda  prozaik  asarlar  tilini 

qonunlashtirdi,  grammatik  qoidalar  asosida 
bir  me‘yorga  keltirdi.  Chunki  ungacha 
Vedalar turli dialektlarda yozilgan edi. Panini 
va  uning  izdoshlari  sanskrit  adabiy  tilining 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

23

 

ortiqcha 

soddalashib 

ketish 

jarayonini 

to‗xtatdilar.  Natijada  sanskrit  bilan  jonli  til, 
prakrit orasida farq paydo bo‗ldi. 

Panini  o‗z  grammatikasida  tilga  tarixiy 

yo‗sinda  yondoshmagan edi. Shu bilan birga, 
unda  falsafiy  baza,  umumlashtirishlar  yo‗q 
edi. 

Shunga 

qaramay, 

bu 

grammatika 

Hindistonda  qariyb  2  ming  yil  davomida  eng 
ishonarli  va  obro‗li  qo‗llanma  bo‗lib  keldi. 
[S.Usmonov. 1972.14]. 

Hindshunos  A.P.Barannikovning  qayd 

qilishicha,  Panini  sanskrit  va  veda  tilini  bir-
biri  bilan  qiyoslash  natijasida  qiyosiy  metod 
namunasini  yaratgan.  U  nihoyatda  oddiy 
bo‗lgan. 

Buning 

ustiga, 

Panini 

grammatikasida  tilning  tarixiy  taraqqiyoti 
tushunchasi bo‗lmagan. 

R.Rasulov 

qayd 

qilishicha, 

ushbu 

tadqiqot  tili  –  undagi  qoidalarni  nihoyatda 
ixcham  va  qisqa  bo‘lganligi,    asar  tili  o‘ziga 
xos  terminologiyaga  egaligi  sababli  Panini 
tadqiqoti uzoq vaqtgacha ovrupolik olimlarga 
tushunarli  bo‘lmadi.  Birinchi  bo‘lib,    asar 
mazmunini,  undagi  g‘oyani  rus  tilshunos 
olimi O.Byotling izohlab berdi. 

Panini  o‘z  davrida  yoq  tilni  sistema 

sifatida  tushundi,  so‘z  turkumlarini  farqladi, 
so‘z  tarkibini  o‘rgandi,  o‘zak,  qo‘shimcha, 
urg‘u, intonatsiya va boshqa hodisalar haqida 
ma‘lumot berdi [R.Rasulov. 2017.12]. 

Bulardan  qat‘iy  nazar,  Ya.V.Loyaning 

qayd  qilishicha,  Panini  mumtoz  sanskrit 
grammatikasining 

mukammal, 

to‗liq 

sistemasini  bayon  qilgan  [Ya.V.Loya.  1968. 
58]. 

Demak,  Panini  o‗sha  davrdayoq  tilni 

o‗ziga  xos  sistema  sifatida  tasavvur  qilgan 
deyish mumkin. 

Panini  tilshunoslikka  nol  morfema 

tushunchasini 

kiritgan, 

ichki 

fleksiyani, 

urg‗uni, ohangni aniq farqlagan. 

Panini  tilshunoslikka  Varuchi  Katyana 

(eramizgacha 

III 

asr) 

va 

Patanjali 

(eramizgacha 

II 

asr) 

kabi 

mashhur 

sharhlovchilariga 

ega 

bo‗lgan 

va 

mutaxassislar qariyb 2 ming davomida yuqori 
baholanib kelmoqda.  

Chunki  uzoq  yillar  davomida  ham 

sanskritning 

Paninikidek 

mukammal 

grammatikasi  yaratilmagan.  Ya.V.Loya  va 
S.Usmonovning  ko‗rsatishicha,  eramizning 

XII 

asridagina, 

A.V.Paribokning 

ko‗rsatishicha esa, eramizning XIV asridagina 
yirik  hind  tilshunosi  Vopadeva  sanskritning 
yangi, qimmatbaho grammatikasini yaratgan. 

Hindistonda 

grammatik 

ta‘limot 

eramizning 

I  asri  o‗rtalarida  ayniqsa 

rivojlangan. 

Bunda, 

Ya.V.Loya 

va 

F.M.Berezinning ko‗rsatishicha, eramizning  I 
asrida,  A.V.Paribokning  ko‗rsatishicha  esa, 
XI  asrida 

yashagan  faylasuf  tilshunos 

Bxartxarining  ilmiy  faoliyati  alohida  o‗rin 
tutgan.  U  ham,  boshqa  grammatiklar  kabi, 
gapni  tilning  asosiy  birligi  sifatida  talqin 
qilgan.  

Ko‗rinadiki, qadimgi  hind tilshunoslari, 

sintaksis  sohasida  jiddiy  ishlar  qilmagan 
bo‗lsalar-da,  gapga  yuqori  baho  berganlar. 
Jumladan,  Bxartxari  ―Gap  va  so‗z  haqida 
asar‖  nomli  monografiyasida  grammatikaga 
quyidagicha baho bergan:  

―U  (ya‘ni  grammatika)  mangulik 

darvozasidir,  nutqni  ifloslanishdan  saqlovchi 
dorivordir,  barcha  bilimlarni  yorituvchidir.  U 
har  bir  bilimda  yarqirab  nur  sochib  turadi‖ 
[A.V.Paribok 1981.155]. 

Hind  tilshunoslari  til  birligi  sifatida 

gapni  tan  olganlar,  Chunki  faqat  gap  orqali 
fikr  ifodalanadi,  deb  tushunganlar.  So‗zni  til 
birligi  deb  hisoblamaganlar.  Ularcha,  so‗z 
shakl 

va 

mazmun 

nuqtai 

nazaridan 

mustaqillikka  ega  emas  [B.O‗rinboyev  1999. 
8].  

XI  asrda  yashagan  faylasuf  tilshunos 

Bxartxarining  ilmiy  faoliyati  alohida  o‗rin 
tutgan.  U  ham,  boshqa  grammatiklar  kabi, 
gapni  tilning  asosiy  birligi  sifatida  talqin 
qilgan. 

Ko‗rinadiki, qadimgi  hind tilshunoslari, 

sintaksis  sohasida  jiddiy  ishlar  qilmagan 
bo‗lsalarda,  gapga  yuqori  baho  berganlar. 
Jumladan,  Bxartxari  ―Gap  va  so‗z  haqida 
asar‖  nomli  monografiyasida  grammatikaga 
quyidagicha baho bergan: 

XI  asrning  yirik  olimi  Anandavardxana 

poetikaga  bag‗ishlangan  ―Dxvana  olami‖ 
nomli mashhur asarida Bxartxarini quvvatlab, 
shunday deydi: 

―Olimlarning 

birinchisi 

grammatiklardir,  chunki  grammatika  barcha 
fanlarning 

poydevoridir‖ 

[A.V.Paribok.1981.155]. 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

24

 

F.M.Berezinning 

ta‘kidlashicha, 

qadimgi hind tilshunoslari Panini, Katyana va 
Bxartxaridan  keyin  yangi  tadqiqotlar  olib 
bormaganlar. 

Ular 

o‗zlaridan 

keyin 

o‗tgan 

tilshunoslarning  qarashlarini  umumlashtirish 
va 

ularning 

asarlarini 

sharhlash 

bilan 

shug‗ullanganlar. 

Umuman  olganda  esa,  qadimgi  hind 

tilshunoslari  o‗z  davrlari  e‘tibori  bilan  til 
haqidagi 

fan 

taraqqiyotining 

yuqori 

cho‗qqisiga 

ko‗tarila 

olganlar, 

jahon 

tilshunosligi  taraqqiyotiga  katta  hissa  qo‗sha 
olganlar, 

ko‗plab 

mamlakatlarning 

tilshunoslariga kuchli ta‘sir ko‗rsatganlar. 

Adabiyotlar: 

1.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik.-Toshkent: Fan va texnologiya, 2017 yil, 312 b. 
2.Nurmonov  A.  Tanlangan  asarlar  2-jild.  Lingvistik  ta‘limotlar  tarixi  –Toshkent:  2012  yil, 

232 b. 

3.O‗rinboyev B. O‗zbek tilshunosligi tarixi. -Samarqand: SamDU, 1999. -80 b. 
4.Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent: ―O‗qituvchi‖, 1972. 208 b. 
5. Я.В.Лоя. История лингвистических учений.-М.:Высшая школа, 1968.-308 с. 
6.Ф.М.Березин. История лингвистических учений.-М. 1984.-319 с. 
7.Н.А.Кондрашов. История лингвистических учений.-М.:Просвещение,1979.-224 с. 
8.А.В.Парибок.  Методологической  основаниях  индийской  лингвистики  //  История 

лингвистический учений.Средневековый Восток.-Ленинград: Наука,1981. 214 с. 

9.Лингвистический энциклопедический словарь/ гл. ред. В.Н. Ярцева. – 2-е изд., доп. – 

М. : Большая рос. энцикл., 2002. – 709 с. 

 

Tуробов  А.  Некоторые  размышления  о  древнеиндийском  языкознании. 

В  данной 

статье  анализируется  развитие  языка,  лингвистической  практики,  труды  учѐных  древней 
Индии,  а  также  развитие  практического  языкознания  на  основе  грамматических  правил 
языка. 

Turobov  A.  Some  discussions  on  the  linguistics  of  ancient  India. 

This  article  analyzes  the 

discussion of  language development,  linguistic practice and works of  scholars  of  ancient India as 
well as development of practicallinguistics on the basis of grammar rules. 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

References

Rasulov R. Umumiy tilshunoslik.-Toshkent: Fan va texnologiya, 2017 yil, 312 b.

Nurmonov A. Tanlangan asarlar 2-jild. Lingvistik ta’limotlar tarixi -Toshkent: 2012 yil, 232 b.

0‘rinboyev B. O‘zbek tilshunosligi tarixi. -Samarqand: SamDU, 1999. -80 b.

Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent: “0‘qituvchi”, 1972. 208 b.

Я.В.Лоя. История лингвистических учений.-М.:Высшая школа, 1968.-308 с.

Ф.М.Березин. История лингвистических учений.-М. 1984.-319 с.

И.А.Кондрашов. История лингвистических учений.-М.:Просвещение, 1979.-224 с.

А.В.Парибок. Методологической основаниях индийской лингвистики // История лингвистический учений.Средневековый Восток.-Ленинград: Наука, 1981. 214 с.

Лингвистический энциклопедический словарь/ гл. ред. В.Н. Ярцева. - 2-е изд., доп. -М. : Большая рос. энцикл., 2002. - 709 с.