Хорижий филология
№2, 2019 йил
21
QADIMGI HIND TILSHUNOSLIGI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR
Turobov Abdurayim Malikovich,
SamDCHTI dotsenti
Kalit so„z va iboralar:
Veda, prakrit, brahman, grammatik jins, sanskritolog, Ashtadxyai, sof
empirik, fuzey, tezey, ichki fleksiya, urg‗u, ohang, polisemiya, onomatopediya.
Tilshunoslik
tarixining
ayrim
mutaxassislari, jumladan, N.A.Kondrashov
qadimgi Hindistonni til haqidagi fanning
beshigi
sifatida
baholaydi
[N.A.Kondrashov.1984. 12].
―Qadimgi
Hindistonda‖
til
bilan
shug‗ullanish dastlab sof amaliy ahamiyatga
ega bo‗lgan: davr o‗tishi bilan qadimgi yozma
yodgorliklarning turli o‗zgarishlarga uchragan
unsurlarini (so‗z va qo‗shimchalarini) qayta
tiklash, izohlash lozim bo‗lgan. Buning uchun
hind olimlari eramizdan 15 asr ilgari (ba‘zi
tadqiqotchilarning fikricha; 45-25 asr ilgari,)
yozilgan Vedalarni (o‗n kitobdan iborat
bo‗lgan diniy madhiyalar) – gimnlar, diniy
qo‗shiqlar va afsonalar to‗plamini), eramizdan
ilgarigi birinchi ming yillarda yozilgan
sanskrit yodnomalarini o‗rganganlar va tahlil
qilganlar.
Ular
Vedalardagi
ma‘nosi
tushunarli
bo‗lmagan
so‗zlarga
izoh
beradigan lug‗atlar tuzganlar, matnlarni
diqqat bilan fonetik va morfologik jihatdan
tahlil qilganlar. Bunday tayyorgarlik ishi
o‗sha yodgorliklarning unutilgan, buzilgan,
shuningdek, jonli til (prakrit) ta‘sirida
o‗zgarib ketgan o‗rinlarini qaytadan tiklash
imkonini berdi. Ana Shunday maqsadda hind
olimlari qadimgi adabiy til bo‗lgan veda va
sanskritda yozilgan matnlardagi so‗zlarning,
to‗g‗rirog‗i, so‗z shakllarining o‗xshash
shakllariga va o‗xshash ma‘nolariga e‘tibor
berib, bir so‗zning bir necha shaklini aniqlab,
so‗ngra ana shu shakllarni bir-biriga qiyoslab,
ularning o‗xshash va noo‗xshash qismlarini
ajratar edilar. Natijada, bir tomondan, so‗z
shakllari uchun umumiy bo‗lgan qism-o‗zak
va
negiz-ikkinchi
tomondan,
o‗zgarib
turadigan qismlar-affikslar aniqlanardi. Shu
tariqa so‗z yoki so‗z shakllari amalda
birlamchi unsurlarga, hozirgi termin bilan
ataganda, morfemalarga ajratilgan. Shuning
uchun
ham
qadimgi
hind
olimlari
grammatikani vyakarana, ya‘ni ajratish
(tahlil) deb ataganlar [S.Usmonov. 1972.10].
Dastlabki muqaddas hind qo‗shiqlari
eramizdan 1500 yillar oldin paydo bo‗lgan
deb taxmin qilinadi. Sanskrit eramizdan oldin
V asrdayoq jamiyatning kundalik aloqa
vositasi vazifasini yo‗qotib, o‗lik tilga
aylangan bo‗lsa ham, diniy va madaniy
an‘analarni o‗zida saqlovchi mumtoz til
sifatida saqlanib keldi. Qadimgi vedalar tilini
sharhlash, so‗zlarning to‗g‗ri talaffuzini
saqlab qolish ehtiyoji tilshunoslik fanining
paydo bo‗lishiga olib keldi [A.Nurmonov.
2012.5].
Qadimgi
Hindistonda
dastlab
tilshunoslik bilan ruhoniylar shug‗ullangan.
Taniqli nazariyotchi olim, professor
R.Rasulov bu haqda Shunday
yozadi.
Vedalardagi ma‘nosi tushunarli bo‘lmagan
so‘zlarni
aniqlab,
ularning
ma‘nosini
izohladilar, sharhladilar. Vedalar tiliga oid
maxsus izohli lug‘atlar tuzdilar, matnni
fonetik va grammatik jihatdan tahlil qildilar.
Xullas, Vedalar tilidagi so‘z va jumlalar
ma‘nosini, ularning aniq talaffuzini, shaklini
saqlab qolishga bo‘lgan qat‘iy intilish
qadimgi Hindistonda tilshunoslikning yuzaga
kelishiga asosiy sabab bo‘ldi [Rasulov R.
2017.10].
―Ruhoniylar (brahmanlar) tomonidan
yozilgan dastlabki grammatik asarlarda to‗g‗ri
talaffuz masalalari ustida so‗z yuritiladi.
Eramizdan ilgarigi ming yillik boshlarida
lug‗atlar tuzilgan. Shunday lug‗atlardan
beshtasi qadimgi Hindistonning mashhur
tilshunosi Yaski (eramizdan oldingi V asr)
nomi
bilan
bog‗liq.
Yaski
so‗zning
morfologik tarkibini, Shuningdek, so‗z
ma‘nosi masalasini ham to‗g‗ri tasavvur
qilgan. Uningcha, so‗z narsani bevosita aks
ettirmaydi. Uning tovush tomoni bilan narsa
o‗rtasida turuvchi ma‘no bor. Shu ma‘no
Хорижий филология
№2, 2019 йил
22
tufayli so‗z narsani nomlash imkoniyatiga ega
bo‗ladi‖ [S.Usmonov. 1972.13].
A.V.Paribokning
qayd
qilishicha,
bizgacha
etib
kelgan
birinchi
lug‗at
eramizgacha V asrda buddist Amarasimxa
tomonidan yaratilgan va u ―Amarakosha‖,
ya‘ni Amarasimxa xazinasi deb atalgan.
Lug‗atlarda juda ko‗p ishlatiladigan
so‗zlarga izoh berilmagan. Nisbatan maxsus
ma‘noli
so‗zlar
Evropa
lug‗atlaridek
grammatik jinsni ko‗rsatish bilan izohlangan
[A.V.Paribok.1981.172].
Eramizning V asrida esa Amara
sankritning Shunday lug‗atini tuzgan. Undan
evropalik
sanskritologlar
hozir
ham
foydalanmoqdalar.Qadimgi hind tilshunoslari
marfologiya sohasida juda muhim yutuqlarga
erishganlar.
Ular
marfologiyaning
uch
bo‗limdan iborat ekanligini ko‗rsatganlar:
1.So‗z turkumlarining tasnifi.
2.So‗z
yasalishi. (O‗tgan asrning
birinchi
yarmida
so‗z
yasalishi
tilshunoslikning mustaqil sohasi darajasiga
ko‗tarildi.)
3.So‗zlarning grammatik shakl jihatidan
o‗zgarishi. ―So‗zlarni turkumlarga ajratish‖
masalasida yagona fikr yo‗q edi. To‗rtta so‗z
turkumini ajratish fikri ko‗proq e‘tirof
qilingan. Ular ot, fe‘l, old ko‗makchi va
Yuklama.
Ot-predmetlik g‗oyasini bildiruvchi, fe‘l
esa harakatni ifodalovchi so‗z sifatida
ta‘riflanadi. Otlar fe‘l o‗zaklaridan yasaladi,
ular birlik, juftlik va ko‗plik shakllariga
egadir. Old ko‗makchilar otlarning va
fe‘llarning ma‘nolarini ko‗rsatib beruvchi
so‗zlar deb baholangan. Yuklamalarga
kelganda, qadimgi hind olimlari ularni
ma‘nolariga ko‗ra uch guruhga ajratganlar:1)
qiyoslash
Yuklamalari,
2)
bog‗lovchi
Yuklamalar, 3) she‘rlarda shakl unsuri
sifatida ishlatiladigan Yuklamalar.
Olmoshlar va sifatlar alohida so‗z
turkumlariga
ajratilmay,
ot
va
fel
turkumlariga qo‗shib yuborilgan.
Hindlar yettita kelishikni ajratganlar.
Bular: 1) bosh kelishik, 2) tushum kelishigi,
3) qurol kelishigi, 4) jo‗nalish kelishigi, 5)
ajratish (ya‘ni chiqish) kelishigi, 6) qaratqich
kelishigi, 7) o‗rin kelishigi.
Biroq hind grammatiklari yuqoridagi
kabi alohida nomlar bilan atamagan. Ular
birinchi, ikkinchi, uchinchi va hakozo deb
kelishiklarni
bir-biridan
raqam
bilan
farqlaganlar.
Hind tilshunoslari qo‗shma so‗zlarning
o‗ttizga yaqin turini farqlaganlar. Ular
qo‗shma so‗zlarning tuzilishida komponentlar
orasidagi munosabatlarga e‘tibor berganlar.
Masalan: ot+ot // fe‘l; sifat//sifatdosh//
ravish+ot //sifat//fe‘l; son+ot va boshqalar
[R.Rasulov. 2017. 11].
Hind
olimlari
fe‘l
turkumining
morfologik
kategoriyalarini
mukammal
ishlagan edilar. Ular fe‘lning uch zamonga
birlashadigan etti xil zamon shaklini: Hozirgi
zamon, o‗tgan zamonning tugallangan,
tugallanmagan va uzoq o‗tgan zamon
turlarini, kelasi zamonning odatdagi kelasi
zamon va juda kam qo‗llanadigan shart fe‘li
shakllarini ajratganlar.
U davrlarda ham fe‘lning to‗rtta mayli-
xabar,
istak,
buyruq,
shart
mayllarini
bilganlar. Fe‘lning aniq, o‗rta va majhul
nisbatlari
ajratilib,
har
biri
alohida
ta‘riflangan. Chunki aniq nisbat boshqa shaxs
foydasi
uchun
bajariladigan
harakatini
ifodalovchi so‗z deb ta‘riflangan.
Sanskrit tilida fe‘lning uch shaxs va
uchta son (birlik, juftlik, ko‗plik)ga ko‗ra
tuslanishi
ko‗rsatilgan‖
[S.Usmonov.
1972.11-12]. ―Yetarli darajada ishlangan
qadimgi hind grammatik an‘analarining
mahsuli sifatida mashhur tilshunos Paninining
―Ashtadxyai‖ (grammatik qoidalarning sakkiz
bo‗limi)‖ asari maydonga keldi. Panini
eramizdan ilgarigi XV asrning ikkinchi
yarmida yashagan deb taxmin qilinadi.
Paninining grammatikasi sof empirik va
tasviriy xarakterdagi darslik bo‗lib, unda
sanskrit (qisman veda) tilining fonetik,
morfologik, so‗z yasalish va sintaktik
sistemasiga oid 3996 ta qoida jamlangan.
Qoidalar
bolalarning
yodlashlariga
mo‗ljallanib, juda ixcham shaklda, she‘r bilan
aytilgan.
Panini Veda prozaik asarlar tilini
qonunlashtirdi, grammatik qoidalar asosida
bir me‘yorga keltirdi. Chunki ungacha
Vedalar turli dialektlarda yozilgan edi. Panini
va uning izdoshlari sanskrit adabiy tilining
Хорижий филология
№2, 2019 йил
23
ortiqcha
soddalashib
ketish
jarayonini
to‗xtatdilar. Natijada sanskrit bilan jonli til,
prakrit orasida farq paydo bo‗ldi.
Panini o‗z grammatikasida tilga tarixiy
yo‗sinda yondoshmagan edi. Shu bilan birga,
unda falsafiy baza, umumlashtirishlar yo‗q
edi.
Shunga
qaramay,
bu
grammatika
Hindistonda qariyb 2 ming yil davomida eng
ishonarli va obro‗li qo‗llanma bo‗lib keldi.
[S.Usmonov. 1972.14].
Hindshunos A.P.Barannikovning qayd
qilishicha, Panini sanskrit va veda tilini bir-
biri bilan qiyoslash natijasida qiyosiy metod
namunasini yaratgan. U nihoyatda oddiy
bo‗lgan.
Buning
ustiga,
Panini
grammatikasida tilning tarixiy taraqqiyoti
tushunchasi bo‗lmagan.
R.Rasulov
qayd
qilishicha,
ushbu
tadqiqot tili – undagi qoidalarni nihoyatda
ixcham va qisqa bo‘lganligi, asar tili o‘ziga
xos terminologiyaga egaligi sababli Panini
tadqiqoti uzoq vaqtgacha ovrupolik olimlarga
tushunarli bo‘lmadi. Birinchi bo‘lib, asar
mazmunini, undagi g‘oyani rus tilshunos
olimi O.Byotling izohlab berdi.
Panini o‘z davrida yoq tilni sistema
sifatida tushundi, so‘z turkumlarini farqladi,
so‘z tarkibini o‘rgandi, o‘zak, qo‘shimcha,
urg‘u, intonatsiya va boshqa hodisalar haqida
ma‘lumot berdi [R.Rasulov. 2017.12].
Bulardan qat‘iy nazar, Ya.V.Loyaning
qayd qilishicha, Panini mumtoz sanskrit
grammatikasining
mukammal,
to‗liq
sistemasini bayon qilgan [Ya.V.Loya. 1968.
58].
Demak, Panini o‗sha davrdayoq tilni
o‗ziga xos sistema sifatida tasavvur qilgan
deyish mumkin.
Panini tilshunoslikka nol morfema
tushunchasini
kiritgan,
ichki
fleksiyani,
urg‗uni, ohangni aniq farqlagan.
Panini tilshunoslikka Varuchi Katyana
(eramizgacha
III
asr)
va
Patanjali
(eramizgacha
II
asr)
kabi
mashhur
sharhlovchilariga
ega
bo‗lgan
va
mutaxassislar qariyb 2 ming davomida yuqori
baholanib kelmoqda.
Chunki uzoq yillar davomida ham
sanskritning
Paninikidek
mukammal
grammatikasi yaratilmagan. Ya.V.Loya va
S.Usmonovning ko‗rsatishicha, eramizning
XII
asridagina,
A.V.Paribokning
ko‗rsatishicha esa, eramizning XIV asridagina
yirik hind tilshunosi Vopadeva sanskritning
yangi, qimmatbaho grammatikasini yaratgan.
Hindistonda
grammatik
ta‘limot
eramizning
I asri o‗rtalarida ayniqsa
rivojlangan.
Bunda,
Ya.V.Loya
va
F.M.Berezinning ko‗rsatishicha, eramizning I
asrida, A.V.Paribokning ko‗rsatishicha esa,
XI asrida
yashagan faylasuf tilshunos
Bxartxarining ilmiy faoliyati alohida o‗rin
tutgan. U ham, boshqa grammatiklar kabi,
gapni tilning asosiy birligi sifatida talqin
qilgan.
Ko‗rinadiki, qadimgi hind tilshunoslari,
sintaksis sohasida jiddiy ishlar qilmagan
bo‗lsalar-da, gapga yuqori baho berganlar.
Jumladan, Bxartxari ―Gap va so‗z haqida
asar‖ nomli monografiyasida grammatikaga
quyidagicha baho bergan:
―U (ya‘ni grammatika) mangulik
darvozasidir, nutqni ifloslanishdan saqlovchi
dorivordir, barcha bilimlarni yorituvchidir. U
har bir bilimda yarqirab nur sochib turadi‖
[A.V.Paribok 1981.155].
Hind tilshunoslari til birligi sifatida
gapni tan olganlar, Chunki faqat gap orqali
fikr ifodalanadi, deb tushunganlar. So‗zni til
birligi deb hisoblamaganlar. Ularcha, so‗z
shakl
va
mazmun
nuqtai
nazaridan
mustaqillikka ega emas [B.O‗rinboyev 1999.
8].
XI asrda yashagan faylasuf tilshunos
Bxartxarining ilmiy faoliyati alohida o‗rin
tutgan. U ham, boshqa grammatiklar kabi,
gapni tilning asosiy birligi sifatida talqin
qilgan.
Ko‗rinadiki, qadimgi hind tilshunoslari,
sintaksis sohasida jiddiy ishlar qilmagan
bo‗lsalarda, gapga yuqori baho berganlar.
Jumladan, Bxartxari ―Gap va so‗z haqida
asar‖ nomli monografiyasida grammatikaga
quyidagicha baho bergan:
XI asrning yirik olimi Anandavardxana
poetikaga bag‗ishlangan ―Dxvana olami‖
nomli mashhur asarida Bxartxarini quvvatlab,
shunday deydi:
―Olimlarning
birinchisi
grammatiklardir, chunki grammatika barcha
fanlarning
poydevoridir‖
[A.V.Paribok.1981.155].
Хорижий филология
№2, 2019 йил
24
F.M.Berezinning
ta‘kidlashicha,
qadimgi hind tilshunoslari Panini, Katyana va
Bxartxaridan keyin yangi tadqiqotlar olib
bormaganlar.
Ular
o‗zlaridan
keyin
o‗tgan
tilshunoslarning qarashlarini umumlashtirish
va
ularning
asarlarini
sharhlash
bilan
shug‗ullanganlar.
Umuman olganda esa, qadimgi hind
tilshunoslari o‗z davrlari e‘tibori bilan til
haqidagi
fan
taraqqiyotining
yuqori
cho‗qqisiga
ko‗tarila
olganlar,
jahon
tilshunosligi taraqqiyotiga katta hissa qo‗sha
olganlar,
ko‗plab
mamlakatlarning
tilshunoslariga kuchli ta‘sir ko‗rsatganlar.
Adabiyotlar:
1.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik.-Toshkent: Fan va texnologiya, 2017 yil, 312 b.
2.Nurmonov A. Tanlangan asarlar 2-jild. Lingvistik ta‘limotlar tarixi –Toshkent: 2012 yil,
232 b.
3.O‗rinboyev B. O‗zbek tilshunosligi tarixi. -Samarqand: SamDU, 1999. -80 b.
4.Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent: ―O‗qituvchi‖, 1972. 208 b.
5. Я.В.Лоя. История лингвистических учений.-М.:Высшая школа, 1968.-308 с.
6.Ф.М.Березин. История лингвистических учений.-М. 1984.-319 с.
7.Н.А.Кондрашов. История лингвистических учений.-М.:Просвещение,1979.-224 с.
8.А.В.Парибок. Методологической основаниях индийской лингвистики // История
лингвистический учений.Средневековый Восток.-Ленинград: Наука,1981. 214 с.
9.Лингвистический энциклопедический словарь/ гл. ред. В.Н. Ярцева. – 2-е изд., доп. –
М. : Большая рос. энцикл., 2002. – 709 с.
Tуробов А. Некоторые размышления о древнеиндийском языкознании.
В данной
статье анализируется развитие языка, лингвистической практики, труды учѐных древней
Индии, а также развитие практического языкознания на основе грамматических правил
языка.
Turobov A. Some discussions on the linguistics of ancient India.
This article analyzes the
discussion of language development, linguistic practice and works of scholars of ancient India as
well as development of practicallinguistics on the basis of grammar rules.
