Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rganish jarayonida o‘zbek tibbiyot talabalari duch kelayotgan fonologik qiyinchiliklar — talaffuz, urg‘u va intonatsiya masalalari tahlil qilinadi. O‘quv jarayonini kuzatish asosida tibbiy terminlar va umumiy so‘zlarning noto‘g‘ri talaffuzi, unli tovushlar va diftonglarning aralashib ketishi, urg‘uning noto‘g‘ri qo‘yilishi, shuningdek, intonatsiya va so’zlashuvdagi nutq bilan bog‘liq muammolar aniqlangan. Ushbu xatoliklar, odatda, ona tilining (o‘zbek tilining) ta’siri hamda fonologik jihatdan tizimli ta’limning yetishmasligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalari ingliz tilini kasbiy maqsadlarda o‘qitish (ESP) kurslariga aniq yo‘naltirilgan talaffuz mashg‘ulotlarini kiritish zarurligini ko‘rsatadi, ayniqsa, tibbiy sohada aniq va tushunarli muloqot muhim ahamiyatga ega. Ilgari olib borilgan ilmiy ishlar va o‘qitish metodlari tahlil qilinib, tibbiyot talabalari fonologik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali yondashuvlar taklif etilgan. Tadqiqot xulosalari shuni ko‘rsatadiki, kontekstga moslashtirilgan va aniq mo‘ljallangan fonologik ta’lim tibbiyot sohasi vakillarining ingliz tilida ishonchli va aniq so‘zlashuv malakasini oshirishda muhim omildir.
Koʻrishlar
Yuklashlar
hh-index
Iqtibos
inLibrary — ochiq fan (Open Science) paradigmasi asosida qurilgan ilmiy elektron kutubxona boʻlib, uning asosiy vazifalari ilm-fan va ilmiy faoliyatni ommalashtirish, ilmiy nashrlar sifatini jamoatchilik nazorati, fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy ilmiy tadqiqot instituti hisoblanadi. qayta koʻrib chiqish, oʻzbek ilm-fanining iqtiboslarini oshirish va bilim infratuzilmasini shakllantirish.
Aloqalar:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Parkent ko‘chasi 51-uy, 2-qavat