Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Specific features of aphorisms and proverbs
Dildora BARATOVA
1
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
15 November 2024
The article analyses the role of aphorisms and proverbs in
paremiology. Aphorisms and proverbs features are described
with clear examples. Differences and similarities of aphorisms
and proverbs are analyzed in this article.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp68-72
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
aphorism,
proverbs,
pecularity,
linguistics.
Aforizm va maqollarning o‘ziga xos xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
aforizm,
maqol,
xususiyat,
tilshunoslik.
Maqolada
aforizm va maqollarning paremiologiyadagi o‘rni
tahlil qilinadi. Aforizm va maqollarning xususiyatlari aniq
misollar bilan bayon etilgan. Ushbu maqolada aforizmlar va
maqollarning farqlari va o'xshashliklari tahlil qilinadi.
Особенности афоризмов и пословиц
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
афоризм,
пословицы,
своеобразие,
языкознание
.
В статье анализируется роль афоризмов и пословиц в
паремиологии. Особенности афоризмов и пословиц
описаны на наглядных примерах. В статье анализируются
различия и сходства афоризмов и пословиц.
KIRISH
Til kishilar o‘rtasida muloqot vositasi sanaladi va unda turli til birliklarini namoyon
etish uchun foydalaniladi. Tilda ishlatiladigan har bir birliklar o‘zining muhim ro‘liga
egadir. Tilimizda maqol, aforizm, matal, topishmoq
va shunga o‘xshash bir qancha til
birliklaridan foydalanamiz, ularning har biri o‘zining xususiyatlariga ko‘ra bir biridan
farqlanadi. Ushbu til birliklari tilshunoslikning paremiologiya sohasida o‘rganiladi.
1
PhD Student, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek. E-mail: dildorabaratova93@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
6 (2024) / ISSN 2181-3701
69
ADABIYOTLAR TAHLILI
Paremiologiyan
ing yangi soha ekanligi ko‘pgina olimlar tomonidan qator ilmiy
izlanishlar olib borilishiga turtki bo‘lgan. Jahon tilshunosligida ham, o‘zbek tilshunosligida
ham paremiologiyaga qator olimlar o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Xususan, V.
Mider,
N. Norrik, P. Grizberg va V. Jesenshek [1; 28-44] va boshqa paremiolog olimlar ilmiy
izlanishlar olib borishgan. Paremiologiya terminiga jahon hamda ko‘plab tilshunoslar
olimlar turlicha ta’riflar berishgan. Shu o‘rinda P.
Durkoning ta’rifi alohida ahamiyatga
egaligi b
ilan ajralib turadi, “Paremiology is researching the origin, development and the
existence of paremias I.e. proverbs, folk and weather sayings and riddles”. Ushbu ta’rifdan
ko‘rinib turadi
-
ki, paremiologiya bir qator birliklarni tadqiqot etishni o‘z ichiga
oladi.
Aforizm va maqollar paremiologik birliklar ichida xususiaytlari va nutqda foydalanishiga
ko‘ra bir biriga eng yaqin va o‘xshash birliklar sanaladi. Maqol va aforizmni bir
-biridan
farqlash uchun avvalo bu terminlar nima ekanligi va olimlarning fikrlariga yuzlanamiz. Shu
o‘rinda belgiyalik aforist Jores de Bryunning ham ta’rifi juda ajoyib keltirilgan: “Aforizm –
raqs tushayotgan fikr” dir deb ta’kidlab o‘tgan.
Epshteyn ta’rifiga ko‘ra “aforizm” –
hayot
tajribasini qisqacha shaklda va ma’nosini umumla
shtirib aks ettiruvchi bayonotdir deb
ta’kidlab o‘tilgan. Haqiqatan, ushbu ta’riflar aforizmning qanchalik ajib xususiyatga ega
bo‘lgan til birligi ekanligiga guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Aforizmlar turlicha fikrlarni yoritib berganligi bois, har bir aforist turlicha
yondoshib fikrlaydi va uni izohlaydi. Ba’zan ularda o‘tkir zaxarxanda fikrni yoritilsa, bazan
shirinsuxan fikrlar yoritiladi, bu esa aforizmlarning eng noyob jihatlaridan biri desak
to‘g‘ri bo‘ladi. Aforizmga berilgan olimlar tomonidan ta’riflar
ichida Elzod Sultonovning
fikrlari o‘quvchiga mukammal tushuntirib berish desak to‘g‘ri bo‘ladi. Muallifning aforizm
haqidagi fikrlari quyidagicha “aforizm bu biror fikrning kutilmagan
va ifodalashda
tutilmagan, yangicha tarzda, ya’ni odatdagidan boshqacha, tabir joiz bo‘lsa, oyog‘ini
osmondan keltirgan holda, juda ixcham va siqiq shaklda ifoda etishdir”.
“Aforizm atamasining kelib chiqish tarixi qadimgi yunon faylasufi va fizigi
Gippokratga borib taqaladi va bu miloddan avvalgi V
–IV asrlarni o‘z ichiga ol
adi. Demak,
ushbu terminning fanga kirib kelishi uzoq tarixga egadir.
Aforizmlarga berilgan ta’riflarning ko‘pligi kabi maqollar ustida ham ko‘pgina ilmiy
izlanishlar, turli ta’riflar berilgan. B.
Jo‘rayeva o‘zining doktorlik dissertatsiyasida “maqol
ibora singari tayyor til birligi emas, omma tomonidan yaratilgan kichik janrli badiiy
asardir” deya ta’rif keltrilgan. Olima N.E.
Abdullayevaning maqolni tasvirlashdagi quyidagi
izohlari ham ahamiyatga molikdir: “Maqollar nutqda biror bir holatni tushuntirish,
biror
kimsani tanqid qilish, maqtash, kinoya qilish yoki yomonlash kabi turli maqsadlarda
ishlatiladi. Maqollardan
nutqda to‘g‘ri qo‘llay bilish nutqni mazmunli, baxsning jonli
chiqishiga zamin bo‘ladi, hamda maqollarni o‘z nutqida to‘g‘ri va samarali ish
lata olgan
so‘zlovchi yaxshi notiq hisoblanadi [2; 56].
Maqol va aforizm ikkisi ham, tarbiyaviy pand-
nasihat o‘gitida bo‘lsa
-da, aforizm
yakka muallif tomonidan yaratilib, muallif doim keltirib o‘tiladi, biroq maqol avloddan
avlodga o‘tuvchi muallifi aniq bo‘lmagan birlikdir. Dastlab maqol ham aforizm kabi bir
kishi tomonidan yaratiladi va keng omma tomonidan qo‘llanadi va bora bora uning muallifi
nazarda tutilmay butun xalq tomonidan ishlatiladi.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Aforizm maqoldagidek biror narsani isbotlamaydi, asoslamaydi, ammo kishi ongiga
o‘zining betakror ifodaliligi bilan ta’sir ko‘rsatadi. Aforizmning ifodaliligi tarkibidagi
so‘zlarning miqdoran kamayishi bilan kuchayadi. Aforizm jozibadorligining sir
-asrori
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
6 (2024) / ISSN 2181-3701
70
uning bevosita aytilgan fikridan ham ko‘proq fikr bildirishidadir. Uning haqiqiy ma’nosi
tahlil orqali ochiladi. Aforizmning maqoldan farqi aniq muallifga egaligi, muqarrar
ravishda voqe bo‘ladigan betakror hukmidadir.[3; 366]. Darhaqiqat barcha birliklarning
bir biriga o‘xshash hamda farqli jihatlari mavjud lekin, ularda mavjud bo‘lgan o‘git, na
sihat
xususiyati aforizmchalik tinglovchiga kuchli ta’sir eta olmaydi.
Quyida aforizm va maqollar
misollariga etibor beramiz va tahlil qilamiz.
East or west, home is best
O‘z uying
–
o‘lan to‘shaging.
Ushbu bir biriga ma’no jihatdan o‘xshash maqollar ikki xil tilda, ikki o‘xshatish
usulidan foydalinilgan. Ingliz tilidagi keltirilgan maqolda uyni bamisoli dunyo tomonlariga
qiyoslansa, o‘zbek tilidagi ekvivalentida esa, uyni yotoq jihoziga tengdek qiyos etilgan
ya’niki har qanday holatda bo‘lsa ham, o‘z uyingga teng keladigan makon yo‘qdek
tasvirlangan.
Home is a place where we rest from the efforts of being polite to others
(U. Gezlitt)
U. Gezlitt tomonidan keltirilgan ushbu aforizm ham uyni boshqalarga xushmuomila
bo‘lishdan dam olib, erkin yashash
makoni sifatida tasvirlangan. Ushbu uyni tasvirlagan
maqolda ham, aforizmda ham tasvir bevosita uy haqida bo‘lsa ham, aforizmning qat’iy
hukmi maqoldagidan ko‘ra kuchliroqdir. Maqolda tugal fikr berilmagan lekin aforizmda bu
jihat hukm tarzda keltirilgan.
Maqol hamda aforizmning xususiyatlarini solishtiradigan bo‘lsak, aforizmning
ko‘pgina xususiyatlari o‘xhshashdir.
Permyakovning ilmiy tadqiqotlaridan kelib chiqib
maqol va aforizmning quyidagi funksiyalarini keltirib o‘tishimiz mumkin:
1.
Modellashtirish funksiyasi;
2.
Nasihat yoki o‘rgatish;
3.
Bashorot qilish;
4.
Magik funksiyasi (afsun);
5.
Negativ-kommunikativ funksiya;
6.
Qiziqtirish funksiyasi;
7.
Bezak qo‘shish funksiyasi;
Ushbu keltrilgan funksiyalar deyarli ko‘pgina aforizm va maqollarda uchraydi va
ularni nutqda yanada chiroyli ifodalanishiga yordam beradi.
Молодость
–
это время упущенных возможностей.
(
Сирил Конолли)
Ushbu aforizmda yoshlikning bebaxo davr ekanligi tasvirlangan. Yoshlik davrini
qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar davriligi aytilgan. Ushbu aforizmda yuq
orida
ta’kidlangan funksiyalardan deyarli barchasi mujasamlashgan, afsun hamda bashorot
funksiyalari esa ta’kidlanmagan.
Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topiladi
Keltirilgan ushbu maqolda esa bashorot funksiyasi yetakchi o‘rin egallaydi va sog‘lik
insonda tengsiz boylik sifatida tasvirlangan. Bundan tashqari bezak berish funksiyasi
sifatida milliylik qadriyatimizni anglatuvchi do‘ppidan foydalanilgan.
Maqol va aforizmlarning uslubiy vazifalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, maqollar
ko‘p hollarda publistitikada, i
lmiy-ommabop matnlarda va ayniqsa badiiy asarlarda keng
qo‘llaniladi. Maqollarning “uslubiy vazifalari xilma
-xil va rang barangdir, ularning
ayrimlari “tabiiy” bo‘lib, maqollarning ichki tabiatidan kelib chiqadi. Qolganlari esa
individual xarakterga ega bo
‘lib, u yoki bu so‘z san’atkorining estetik maqsadi, xoxish
-
irodasi, til vositalaridan foydalanishdagi maxorati bilan aloqadordir. Shulardan
birinchisini maqollarning lisoniy (uzual)uslubiy vazifalari deb, keyingilarini esa nutqiy
(okkozional) uslubiy vazifalar deb nomlash mumkin [8; 80].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
6 (2024) / ISSN 2181-3701
71
Maqollarning uslubiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Predikativ vazifa
2.
Nutqni ixchamlashtirish vazifasi
3.
Obrazli ifodalash vazifasi
4.
Baxolash vazifasi
5.
Emotsional vazifa [7; 85-91].
Yuqorida keltirilgan uslubiy
vazifalariga batafsil to‘xtalganda ularning predikativ
vazifasi qanday vazifa ekanligi, qanday ma’no anglatishi har bir o‘quvchini diqqat e’tiborini
tortishi tabiiydir.
Maqollar asosan turmush tajribalarini kuzatuvi natijasida hosil bo‘lgan
birlik deyilsa,
ular ko‘pgina hollarda majozga tayanib yaratiladi. Masalan, “Ko‘r ko‘rni
qorong‘ida topadi”. Bu maqoldan ko‘rinadiki “ Kishi o‘zi tabiatan qanday xislatga ega bo‘lsa,
shu xislatlariga mos va o‘zi bilan bemalol til topishib keta oladigan insonni o‘ziga she
rik
qilib tanlab oladi” degan mazmun anglashiladi.
Maqollarning keyingi funksiyasi ya’ni nutqni ixchamlashtirish bo‘lib, ular hayot
tajribasini kuzatish orqali qisqa va lo‘nda bayon etish demakdir. Ulardagi voqea yoki
hodisalar shunchaki bayon etilmaydi b
alki ularni o‘quvchiga qay usulda bo‘lsada har bir
voqeani chiroyli tasvirlashga qaratiladi. Masalan, “Oy chiqsa ham, boyga chiqsin, Kun
chiqsa ham, boyga chiqsin”. Nima bo‘sa ham amaldor, boylar har narsada ustun bo‘lsin,
pulning kuchi orqali istagan nars
asi muhayyo bo‘lsin qabilidagi ushbu maqolda ham
mazmunida keng ma’no yorqin ifodasini topgan. Yoki keyingi misolga e’tibor berilsa,
“Qing‘ir ishning qiyig‘i” har qanday yovuz niyatda amalga oshirilgan ish albatta kun kelib
fosh bo‘lishi va bu narsa ko‘pchilikka oshkora bo‘lishi haqida yoritilgan.
Ushbu vazifasiga ko‘ra aforizmlar ham, maqollar kabi kuzatuv tajribalarini qisqa,
ixcham tasvirlashga qaratiladi lekin maqolda ko‘p hollarda misralar aforizmga nisbatan
qisqaroq shaklda bayon etiladi. Masalan, Varren Buffet tomonidan keltrilgan misralarga
e’tibor beramiz:
Atrofingdagi insonlar seni yaxshiroq bo‘lishingga undovchilar bo‘lsin. Hech qanaqa
drammatik yoki salbiy ta’sir qiladiganlar kerak emas. Rashkchilar ham yomon ko‘ruvchilar
ham kerak emas. Shuncha
ki vaqtni birga yaxshi o‘tqiza oladiganlar insonlar bo‘lsin.
Maqsadingga yetishga ruhlantiruvchi insonlar bo‘lsin.
Yuqoridagi aforizm fikrni qanchalik qisqa ifodalashga qaratilmasin, maqoldagi
fikrni ixchamlashtirish vazifasi aforizmga nisbatan ustunroq turadi, sababi unda
ifodalanayotgan fikrlar ketma ketligi ba’zida sheriy ritmik tarzda qolipga solingandek
tasvirlanadi. Aforizmda esa qisqartirib ifodalash vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi,
biroq maqol bilan solishtirilganda aforizmda tajribalarni ifodalashda individual
yondoshilganligi sezilib turadi.
Obrazli ifodalash vazifasi ham aforizmda, ham maqolda uchrab turishi tabiiy, lekin
maqollarni tasvirlashda obrazlilik yetakchi o‘rinda turishi bu albatta tabiiydir.
Tasviriylikni turli obrazlar orqali namoyon eta olishi bilan maqollar paremiyalar ichida
alohida ahamiyatga egadir. Masalan, “Ola qarg‘a qag‘ etadi, o‘z vaqtini chog‘ etadi”. Ushbu
maqolda ham “qarg‘a” maqolni tasvirlashda yanada uning mazmun mohiyatini obrazli
qilib ifodashga ximat qilgan.
Ko‘ngil ishqni topgan bo‘lsa,
Qurigan botqoq ham gullayveradi.
(J. Rumiy)
Rumiy tomonidan keltirilgan aforizmda ishq insonni qay darajada o‘zgartirib
yuborishi obrazli ifoda etishiga misol bo‘la oladi. Baholash vazifasi maqolda ham,
aforizmda ham mavjud bo‘lib
, ushbu vazifa maqollarda bir muncha boshqacharoqdir. Ular
ikki turli bo‘ladi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
6 (2024) / ISSN 2181-3701
72
1)
Baholash xususiyati mavjud maqollar
2)
Baholash uchun qo‘llanadigan maqollar
“Shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi” maqoli o‘zida baholash xususiyati
mavjud bo‘lgan maqollar qatoriga kiradi, chunki aytilayotgan gaplarda oz bo‘lsada haqiqat
mavjud zamiridagi ma’no aks ettirilgan. Keyingi maqolga e’tibor beramiz: “Nima eksang,
shuni o‘rasan” Hozir nima ish qilayotgan bo‘lsang kelajakda ham shu narsa senga ham
nasib etadi, u xo
h ijobiy bo‘lsin, xoh salbiy holat bo‘lsin. Paremiyalar ichida aforizmlar
maqolga yaqin bo‘lgan birliklardan bo‘lganligi tufayli ularda ham huddi maqoldagi ushbu
ikki baholashni o‘zida mujassam etgan aforizmlarni uchratishimiz mumkin.
XULOSA
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, maqol ham, aforizm ham nutqimizning
ko‘rki ekanligi, qadriyatlarimizni yorituvchi birliklar ekanligi va hamisha pand
-nasihat
tarzda namoyon bo‘lishi, ularning boshqa birliklardan ajralib turishiga yordsam beradi. Bu
xusu
siyatlari bilan aforizm va maqollar inson ruhiyatiga ma’naviy ozuqa sifatida singib
boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Mieder W. (2014), Origin of proverbs. Introduction to paremiology. A
comprehensive guide to proverb studies.
–
Warsaw/Berlin: De Gryuter open
2.
Abdullayeva N.E. (2019), Ingliz va o‘zbek maqollarida graduonomik
munosabatlarning lingvopragmatik xususiyatlari. F.f.n. diss.
–
Toshkent
3.
Краткая литературная энциклопедия. Т.I. –
M.,1962.
–
C.366
4.
Пермяков Г.Л. (1988), От поговорки до сказки. Москва
. 136
с
5.
Иванов
. E.E., (2019), Aspects of empirical understanding of aphorism, RUDN
Journal of language of studies, Semiotics and semantics.
6.
Серебренникова
Б
.A., (1972), General linguistics: the internal structure of
language, Moscow.
7.
Jo‘rayeva B.M. (2002), Maqollarning lisoniy mavqeyi va ma’noviy uslubiy
qo‘llanilishi
8.
Yo‘ldoshev B. (1998) Frazeologik uslubiyat asoslari
9.
Abdurahimov M. O‘zbekcha
-
ruscha aforizmlar lug‘ati, 1986. Toshkent
10.
Berdiyorov X, Rasulov R. O‘zbek tilining paremiologik lug‘ati. 1984. Toshkent.
