Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Main types of verbal aggression in English and Uzbek
languages
Aziz MUKHAMADIEV
Navoi State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2023
Received in revised form
10 December 2023
Accepted 25 January 2024
Available online
25 February 2024
This article highlights key aspects of verbal and nonverbal
aggression, including their main characteristics, types and
scientific opinions. Aggressive behavior that arises during
communication, its motivation and goals, as well as the role of
the speaker from a psychological and social point of view, as
reflected in actions aimed at achieving certain goals, using the
example of foreign and Uzbek literature are analyzed. The
article also examines the characteristics of people who show
aggression from a socio-psychopathological point of view and
studies the characteristics of aggressive behavior in speech,
including aggressive statements, gestures, changes in facial
expressions, and eye expressions.
2181-3663
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1-pp104-110
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
violence,
hostility,
emotion,
excitement,
verbal,
non-verbal,
aggressive behavior,
direct aggression,
anger,
disgust,
rage.
Ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy
agressiyaning asosiy
turlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
zo‘ravonlik,
dushmanlik,
emotsiya,
hayajonlanish,
verbal,
noverbal,
tajovuzkor xatti-harakatlar,
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri tajovuz,
jahl,
jirkanish, qahr.
Ushbu maqolada verbal va noverbal agressiyaning asosiy
xususiyatlari, turlari hamda olimlaring fikrlari muhokama
etiladi. Chet el va o‘zbek asarlarida nutq jarayonida yuzaga
keladigan agressiv holat, uning motivlari va maqsadlari,
shuningdek, so‘zlovchining maqsadga erishish uchun tegishli
harakatlarida aks ettirilgan psixologik va ijtimoiy rollari haqida
fikrlar bayon etilgan.
1
Navoi State Pedagogical Institute
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
1 (2024) / ISSN 2181-3701
105
Основные виды речевой агрессии в английском и
узбекском языках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
насилие,
враждебность,
эмоция,
возбуждение,
вербальное,
невербальное,
агрессивное поведение,
прямая агрессия,
гнев,
отвращение,
ярость.
В данной статье освещаются ключевые аспекты
вербальной и невербальной агрессии, включая их
основные характеристики, типы и мнения ученых.
Анализируется агрессивное поведение, возникающее в
ходе коммуникации, его мотивация и цели, а также роль
говорящего с психологической и социальной точек зрения,
как это отражено в действиях, направленных на
достижение определенных целей, на примере зарубежной
и узбекской литературы. Статья также рассматривает
характеристики людей, проявляющих агрессию, с
социально
-
психопатологической точки зрения и изучает
особенности агрессивного поведения в речи, включая
агрессивные высказывания, жесты, изменения в мимике
лица и выражении глаз.
KIRISH
Shuni ta
’
kidlash kerakki, so
‘
zlovchining nutqini tahlil qilishda aniqlanishi mumkin
bo
‘
lgan o
‘
ziga xos xususiyatlar mavjud bo
‘
lib, ular muloqotda agressiyaning lingvistik va
nutqiy ifodalarini aniqlash uchun ishlatilishi mumkin. Agressiyani agressiv muloqotga
kirishayotgan shaxslar bevosita ta
’
sir qiladigan dushmanona munosabatning
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o
‘
rganish va farqlash mumkin.
Y.V.
Sherbinaning fikriga ko‘ra, “og‘zaki zo‘ravonlik” va “nutqiy agressiya” bir
-biri
bilan chambarchas bog‘liq tushunchalardir.
U ikki atamaning o‘rtasida bog‘liqlikni
ko‘rsatadi va ular turli xil manba tillariga ega bo‘lishiga qaramay, aslida bir xil ma’noni
anglatadi. “Og‘zaki” va “nutqiy” agressiya aslida bir ma’noga ega bo‘lgan lekin shaklan har
xil bo‘lgan atamalardir [2;10]. Biz ham olimaning fikriga qo‘shilishimiz mumkin, sababi til
sathidan birliklar nutq jarayoniga ko‘chadi va og‘zaki sathda amalga oshiriladi. Biroq,
nutq agressiyasi verbal (lingvistik va nutqiy) va noverbal (jismoniy harakatlar, yuz
ifodalari, imo-
ishoralar va boshqalar) ni o‘z ichiga olganidek, dushmanlik munosabati
namoyon bo‘lishi mumkin. Natijada, nutqning tajovuzkorligi haqida gapirganda, biz
nutqda namoyon bo‘ladigan va verbal va noverbal xarakterga ega bo‘lgan zo‘ravonlik
tuyg‘ularini tushunamiz. Ushbu konsepsiya bizni nutq tajovuzkorligi ikki xil xususiyatga
ega degan xulosaga olib keladi: ichki/substantiv va tashqi/formal.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Maqolamizning ushbu qismida biz verbal va noverbal agressiya orqali yuzaga
keladigan dushmanlik tuyg‘usiga to‘xtalmoqchimiz. Dushmanlik tuyg‘usining tashqi
tomondan namoyon bo‘lishida nutqning leksik va semantik ifodasi, intonatsiyasi, tembr
muhim ahamiyat kasb etadi va uning ichki xususiyati diskurs, mazmun, maqsad kabi
tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Quyidagi misollarni ko‘rib chiqsak:
“He’s mа
de
а
d
о
nkey
оf himself!”
“
А
h
! It’s
t
оо
distressin’
!”
[4;334].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
1 (2024) / ISSN 2181-3701
106
Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, ushbu matn parchasi ekzistensial nutqni o‘z
ichiga
oladi. Adresatning bayonoti tajovuz ob’yektini qoralaydi va qahramonning aniq
takrorlanishi ob’yektga salbiy munosabatni tashqi ifodalashga qaratilgan.
Ikkinchi qahramonni tasvirlash uchun ishlatiladigan eshak metonimiyasi
qahramonning nafratlangan narsani qanday qoralashiga yorqin misoldir. Natijada,
“donkey” (eshak) iborasi tashqi tomondan xunuk, jirkanch hayvoniy tasavvurni hosil
qilsa-
da, yuqoridagi misolda insonning “soqov, aql yoki hukmning yetishmasligini
ko‘rsatadigan inson” sifatida tasvirlanishi sifatida keltirilgan. [3;1437]. Shu sababli
qahramonning o‘zini tutishi jirkanish hissi orqali tasvirlanishi irratsional hodisa kabi
talqin qilinadi.
“He's mаde а dоnkey оut оf himself!”
(U o‘zini eshakdek tutdi) gapining
oxirida undov
belgisi kelganligi leksik intonatsiya orqali “donkey” (eshak) leksemasining
salbiy bo‘yoqdorlikni oshirishga xizmat qiladi. Ushbu misolda undov belgisi
so‘zlovchining qahramonga nisbatan tanqidni kuchaytirgan holda uning nutqidagi kuchli
shiddatni anglatib keladi.
Yodda tutishimiz kerakki, so‘zlovchining nutqi ham juda emotsional bo‘lib,
Аh! (Oh) iborasining
grammatik tuzilishidan (undov belgilaridan foydalanish) xulosa
chiqarishimiz mumkin. Bu holatda so‘zlovchining ifodasi ham, leksik substansiya ham
haddan tashqari bezovta qiladi. “Sizni chindan ham baxtsiz va asabiylashtirish”
ma’nodosh leksemasi murojaat qiluvchining mulohazasiga javoban qayg‘u va
ko‘tarinkilik tuyg‘ularini ifodalaydi [3;392]. “
Mоre thаn is reаsоnаble, pоssible оr essentiаl
”
iborasi “
distressing
” so‘zi orqali qahramon ifodalagan nafrat va xavotir olish tuyg‘ularini
aniqlashtirish uchun ishlatildi [3;1523]. Qolaversa, qahramonning keyingi gapi bilan
ifodalangan undov, uning his-
tuyg‘ularini aniqlamasdan, murojaat qiluvchining noxush
his-
tuyg‘ularini kuchaytiradi. Yuqorida aytilgan fikrga asoslangan holda, biz verbal va
noverbal agressiyani ob’yektiv faollik, intensivlik, xabardorlik va qat’iyat darajasi,
ob’yektga munosabat kabi xususiyatlar bo‘yicha tavsiflanishi mumkin, degan xulosaga
kelishimiz mumkin. Insonlarning agressiv ko‘rinishlarining o‘ziga xos xususiyatlari
so‘zlovchilar o‘rtasidagi muloqot jarayonida o‘z mujassamligini topadi va agressiv
munosabatlarni tahlil qilishda hisobga olinishi kerak.
Shaxslarning ijtimoiy o‘zaro aloqasi
usuli sifatida muloqot ko‘pincha agressiv xarakterga ega. Shu bilan birga, agressivlikning
muloqoti, birinchi navbatda, tajovuzkorlarning motivlari va maqsadlari, shuningdek,
ularning faoliyatida aks ettirilgan psixologik va ijtimoiy rollari bilan belgilanadi.
Осh biqinigа musht kelib tushаdi.
[7;5]
Yuqoridagi parchada agressiyaning eng yengil turi keltirilgan. Aslini olganda
och qolish
iborasi o‘zi salbiy agressiya, uning
musht kelib tushishi
mumkinligi bilan
birga ifodalanishi esa agressiyaning kuchayishiga olib keladi. Bu holat yuqoridagi misol
alohida qo‘llangandagina sodir bo‘ladi. Lekin asarni o‘zida hazil tariqasida kelib,
agressiya o‘z kuchini bir muncha yo‘qotmoqda.
Agressiv shaxsning xususiyatlarini psixologik nuqtai nazardan tahlil qilib, bu
hodisani, asosiy psixologik xususiyatlar va fazilatlarni aniqlash uchun ontogenezda
kuzatib borish lozim. Agressiya u yoki bu darajada shaxsning asosiy xususiyatlarini aks
ettiradi: uning xulq-atvori, tirik mavjudotlarning harakatchanligi, shu jumladan sukunat
lahzalari. Bu integral birlikning atrofdagi tabiat bilan o‘zaro aloqasining eng yuqori
darajadagi ijro etuvchi bosqichdir. Xulq-atvor
–
bu organizmning boshqa holatlar bilan
amaliy aloqalarini amalga oshiradigan, tirik mavjudotlarning o‘ziga xos xususiyatga
bo‘lgan munosabatiga vositachilik qiladigan, ketma
-ket bajariladigan harakatlarning
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
1 (2024) / ISSN 2181-3701
107
maqsadli tizimini ifodalaydi. Inson halokatliligining anatomiyasini yanada tahlil qilgan
holda, bizning tadqiqotimiz uchun eng dolzarb bo‘lgan tajovuzga
–
yovuz tajovuzga
(buzg‘unchilikka) to‘xtalib o‘tish zarur. Biz uning turli shakllarini ko‘rib chiqamiz.
Psixologiyada shaxsning tajovuzkor xulq-
atvorini juda ta’sirli ko‘rsatish va tavsiflash
imkonini beradigan hissiy holatning tili tushunchasi mavjud [3;198].
Quyidagi gaplarni misol tariqasida ko‘rib chiqishimiz mumkin:
Endi nima qildim-
a, ishqilib quloqning tagida shavla qaynamasa bo‘lgani!
[7;6]
Yuqoridagi parchada
quloqning tagida shavla qaynash
iborasi dakki yeyish
ma’nosida qo‘llanilgan. Lekin bu yerda ham asarning o‘zida agressiv holat sezilmaydi,
faqatgina alohida qo‘llanilgandagina agressiv ma’no anglashiladi.
Teringga somon tiqmasammi!
–
dedi oyim tayoqni o‘qtalib.
[7;6]
Teriga somon tiqish
iborasi o‘zbek tilida agressiyaning eng yuqori cho‘qqilaridan
biri hisoblanadi. Ya’ni bu insonga azob berishning, qiynashning eng qiyin turidir. Bundan
tashqari yuqoridagi misolning davomida
tayoqni o‘qtalib
iborasi ham agressiya
uyg‘otmoqda, lekin, o‘zidan oldin kelgan misolga nisbatan kuchsiz agressiv holat hosil
qiladi.
They were the last people you’d expect to be involved in anything strange or
mysterious, because they just didn’t hold with such
nonsense
.
[5;1]
Ushbu gapda o‘sha davrdagi deyarli barcha
sehr-jodu bilan
mashg‘ulligi, lekin bu
oilaning bunday ish bilan shug‘ullanmasligi
SAFSATA
ya’ni
NONSENSE
iborasi bilan
berilganligi
jamiyatdagi
ijtimoiy
holatga
nisbatan
aggressiv
munosabat
bildirilayotganligidan dalolat beradi. Aslini olganda ingliz tilidagi
NONSENSE
so‘zi
NO + SENSE
ikki mustaqil so‘zning birikmasidan yasalgan bo‘lib, ikki xil ma’noda
qo‘llanilishi mumkin. Ya’ni
“ma’nosi yo‘q”
tarjimasida o‘zbek tilida alohida olinganda
aggressivlik anglashilmaydi, lekin
“bema’ni”
sifatida tarjima qilinsa, vaziyatga nisbatan
norozilik ma’nosini beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, ingliz tili doirasida bu so‘z faqatgina
salbiy agressiv ma’no anglatuvchi ibora sifatida ishlatiladi.
He was a
big, beefy man with hardly any neck
, although he did have a very large
mustache.
[7;1]
Yuqoridagi misolda insonga ta’rif berishda aniqlovchilardan foydalanilmoqda.
Lekin gapning to‘liq ma’nosidan jirkanishni ifodalayotgan agressivlikni bir turi
anglashilib turibdi. Shuningdek,
hardly any neck
(
deyarli bo‘yni yo‘q
) deb qo‘shimcha
jirkanish ma’nosining yuklatilishi agressiyaning yanada kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Buzg‘unchilik xususiyati shaxsning agressiv xatti
-harakati, salbiy his-
tuyg‘ularning
ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, jamiyatdagi odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning
keng tarqalgan usullaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
NATIJA VA MUHOKAMA
Bizning tadqiqotimizdagi psixolingvistikaning asosiy vazifasi tilni bilish va ulardan
foydalanish mexanizmlarini tahlil qilish va modellashtirishdir, shuningdek tilni ishlab
chiqarish va tushunishda
lingvistik bilimlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kognitiv
jarayonlarni qo‘llashdir. Shunday qilib, bizning tadqiqotimizning ushbu bo‘limida
agressiv buzg‘unchi shaxsni taqdim etar ekanmiz, yuqorida tahlil qilingan jami jihatlarni
hisobga olgan holda, biz buni umumiy madaniy darajadagi hodisa sifatida ko‘rib
chiqamiz. Jamiyatning rivojlanish tarixi davomida tajovuzkor buzg‘unchi shaxs
psixologiya jarayonlarini va holatlarini tadqiq qilishga urinishlar zamonaviy darajadagi
tendensiyalarni aks ettiradi. Ikki davlatning asarlarida berilgan agressiv parchalardan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
1 (2024) / ISSN 2181-3701
108
olingan misollarning qiyosiy tahlili buni yaqqol ko‘rsatib berdi, boshqacha aytganda,
tajovuzkor fe’l harakati ikki tilda ifodalanadi. Verbal va noverbal agressiya inglizlar va
o‘zbeklar o‘zida o‘zaro ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishda rol o‘ynaydi, biz
individual va umumiy hissiy reaksiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Ingliz va o‘zbek tillarida verbal va noverbal tajovuz asosan tajovuzkor his
-
tuyg‘ular
bilan
bog‘liqligini ham ta’kidladik. Til va nutq orqali uzatiladigan tajovuzkor his
-
tuyg‘ular
biz ingliz hamda o‘zbek yozuvchilarining matn parchalarini tahlil qilishda norozilik va
uning salbiy reaksiyalarini tasvirladik. Bunda verbal va noverbal tajovuzning mohiyatini
ochib berish uning tuzilishining motiv, maqsad, vosita, jarayon va natija sifatidagi
tarkibiy qismlarini aniqlashni ta’minladi. Verbal va noverbal agressiyaning ushbu
komponentlarining har birini emotsional javob turi sifatida tavsiflashda hisobga olish
kerak. Bundan tashqari, bizning asosiy motivlarimiz orasida g‘azab, jirkanish va nafrat
tuyg‘ulari mavjud bo‘lib, ular uchlikni tashkil qiladi.
Verbal va noverbal agressiyaga psixologik va falsafiy (ijtimoiy falsafa, axloqiy
falsafa, falsafiy etika) yondashuvlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, ingliz va o‘zbek
madaniyati vakillari o‘rtasida o‘rganilayotgan salbiy hissiy reaksiyalarning paydo bo‘lishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, agressiya biz bilan asosan jamiyatdagi shaxslarning
o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq. Agressiv hissiy reaksiyalar muloqot jarayonida alohida o‘rin
egallab, suhbatdoshlarni ziddiyatga olib borganligi sababli, biz muloqotning agressiv
komponentining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi kommunikativ vaziyatlarning tarkibiy
qismlariga ham e’tibor qaratdik. Ushbu komponentlar orasida biz kommunikantlarning
motivlari, maqsadlari, psixologik va ijtimoiy qoidalarini, shuningdek, ma’ruzachilarning
agressiv kommunikativ o‘zaro ta’siri natijasini aniqladik.
Orqamdan:
–
Sehrgar!
–
Plagiator.
–
She’r o‘g‘risi. –
Uyatsiz.
–
Tekinxo‘r. –
Ishyoqmas.
–
Dangasa,
–
degan kishini uncha xursand qilmaydigan, yo‘g‘on
-ingichka ovozlar ancha vaqtgacha
eshitilib turdi.
[7;49]
Yuqoridagi parchadagi
sehrgar, plagiator, she’r o‘g‘risi, uyatsiz, tekinxo‘r,
ishyoqmas, dangasa
so‘zlari alohida olinsa, ularda agressivlik yo‘q. Lekin ularning
ishlatilish vaziyati va o‘quvchining asarni o‘qish jarayonidagi tasavvurida holatga
yondashgan holda kognitiv nafratlanish agressiyasi hosil bo‘ladi.
To‘rt kun deganda o‘rnimdan turib, biron ishning boshini tutguncha ermak bo‘lar
-ku,
deya mehmonxonaning administratori, qoshi mushukning dumiga o‘xshaydigan E’tibor
Umarovadan o‘ch olishga tushdim.
[7;50]
Yuqoridagi parchada insonni hayvonga o‘xshatish metafora orqali agressivlik hosil
qilingan. Lekin
mushukning dumi
misolining o‘zi agressivlikdan ko‘ra ijobiy tasvirlash
uchun ko‘proq ishlatiladi. Lekin tasvirlanayotgan qahramonning o‘zi salbiy ekanligi,
yuqoridagi iboraning nafratlanish agressiyasini hosil qilmoqda.
… rangi qutlari o‘chgancha, sovuq urgan pomidordek gezarishib, pastga tushib
ketishdi.
[7;50]
Yuqoridagi parchada
sovuq urgan pomidor
iborasi orqali o‘xshatish metafora
vositasida agressivlik yuzaga keltirilgan. Lekin bu jumlada pomidor so‘zining o‘zi hech
qanday salbiy ma’no uyg‘otmaydi. Shuning uchun
sovuq urgan
sifatlovchi so‘zlar inson
ongida kognitiv ravishda jirkanish agressiyasini hosil qiladi.
Mr. Dursley hummed as he picked out his
most boring tie
for work, and Mrs. Dursley
gossiped away happily
as she wrestled a screaming Dudley into his high chair.
[7;1]
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
1 (2024) / ISSN 2181-3701
109
Misol uchun
most boring tie (eng zerikarli bo‘yinbog‘)
jumlasi ma’no ko‘chishi
orqali agressiya paydo qilsa,
gossiped away happily (xushchaqchaqlik bilan g‘iybat
qilish)
jumlasi bir biriga qarama-qarshi ishlatilgan (ingliz tilida Oxymoron stilistik
vositasi) iboralar orqali agressiya paydo qilmoqda. Bu holatga
gossip (g‘iybat qilish)
,
Oksford lug‘atida “informal talk or stories about other people’s private lives, which may
be unkind or not true” kabi salbiy ma’noda kelishi
va unga aks holda turgan sifatdosh
happily (xushchaqchaq),
Oksford lug‘atida “in a cheerful way; with feelings of pleasure”
ijobiy ma’noda keltirilgan va kognitiv jihatdan bu insonning agressiyani ichki anglashi
bilan bog‘liqligini ko‘rsatib beradi.
Bundan tashqari, agressivlik holatni noverbal tarzda, ya’ni qiyofaning o‘zgarishi
orqali yuzaga keltirish mumkin.
As he had expected, Mrs. Dursley looked
shocked
and
angry
. (U kutganidek, Dursli
xonim ajablangan va jahldor ko‘rindi)
[7;5]
Yuqoridagi misolda agressiyaning bosqichma-
bosqich o‘sishi holati ya’ni ajablanish
holatidan keyin jahlga minish noverbal shakli berilgan. Yana bir noverbal agressivlikka
misol quyida keltirilgan.
Mrs. Dursley sipped her tea through pursed lips. (Dursli xonim choyni lablarini
qisgancha ho‘pladi.)
[7;5]
Ya’ni
pursed lips (qisilgan lablar)
iborasi ham agressiyaning noverbal holatini
yuzaga keltirib, vaziyatdan jahli chiqqanlikni ifodalashi ma’nosida qo‘llanilmoqda.
The Potters knew very well what he and Petunia thought about them and their kind....
(U va Petunya xonim Potterlar va ularga o‘xshaganlar haqida qanday fikrda ekanliklarini
yaxshi bilar edilar …..)
[7;6]
Yuqoridagi misolda yashirin, ya’ni insonning kognitiv jihatdan yondashuviga
bog‘liq agressiv holat berilgan. Ya’ni
their kind …. (ularga o‘xshaganlar…)
iborasi va
uch nuqta bilan yakunlanishi salbiy agressiv holatni anglashilishiga sabab bo‘lmoqda.
He looked simply too big to be allowed, and so wild
–
long tangles of bushy black hair
and beard hid most of his face, he had hands the size of trash can lids, and his feet in their
leather boots were like baby dolphins. In his vast, muscular arms he was holding a bundle of
blankets.
[7;11]
Shuningdek, agressiv holatni yuzaga keltirish uchun insonning tashqi ko‘rinishi,
qiyofasini ta’riflashda ham foydalaniladi. Ayniqsa
“
long
tangles of bushy black hair”
(uzun to‘zg‘igan qora sochlar)
va
beard hid most of his face (yuzining katta qismini
qoplab olgan soqol)
kabi iboralarning ifodalanishi qo‘rquv agressiyasini vujudga
keltiradi.
“
he had hands
the size of trash can lids” (Uning qo‘li chiqindi qutisining
qopqog‘idek edi)
Lekin o‘zbek tili uslubiga xos bo‘lmagan
trash can lids
–
chiqindi
qutisining qopqog‘i
iborasidan foydalanilishi bir vaqtning o‘zida ham jirkanish ham
qo‘rquv agressiyasini yuzaga keltirmoqda.
Verbal agressiya bezovtalikni anglatadigan (
с
uss, dr
о
p d
еаd), qo‘rquvni
anglatadigan (
ассо
st, h
ес
t
оr), jarohat ma’nosida qo‘llaniladigan (dе
f
а
m
а
ti
оn), qo‘pollik
ma’nosidagi (biting, mо
rd
а
nt, vitup
е
r
а
tiv
е), nafrat ma’nosidagi (bittе
r), dushmanlik
ma’nosidagi (с
lipp
е
d, h
о
stil
е) leksik iboralar orqali ham qo‘llanilishi mumkin.
XULOSA
Shunday qilib, so‘zlovchi harakatlarining mohiyatini hisobga olgan
holda, biz
uchinchi tomon yashiringan agressiv his-
tuyg‘ularning yashirin tabiati haqida xulosa
qilishimiz mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, agressiya, qoida tariqasida, murojaat
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
1 (2024) / ISSN 2181-3701
110
qiluvchi tomonidan boshlanadi va ob’yektga qaratilgan bo‘lib, bu tajovuzkorning
vaziyatga bo‘lgan munosabati o‘rtasidagi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri aloqani ko‘rsatadi. Ob’yektga
bo‘lgan munosabatiga qarab, u o‘tkinchi va intransitiv (o‘chirilgan) nutq tajovuzkorligini
aniqladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, verbal va noverbal agressiyani
turli xarakteristikalar asosida tasniflash mumkin. Bu xarakteristikalar tajovuzkor
tomonidan namoyon bo‘ladigan faollik darajasini, tajovuzning intensivligini, xabardorlik
va niyatlilik darajasini, maqsadga bo‘lgan munosabatni, shuningdek, odamlarning sonini
o‘z ichiga oladi. Ushbu farqlovchi omillar verbal va noverbal agressiyani toifalarga
ajratishga yordam beradi. Shaxsning tajovuzkor ko‘rinishlarining yuqorida aytib o‘tilgan
xarakteristikasi shaxslar o‘rtasidagi muloqot jarayonida namoyon bo‘ladi va tajovuzkor
javoblarni o‘rganayotganda tegishli ravishda hisobga olinishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Михальская
А
.
К
.
Основы
риторики
:
Мысль
и
слово
.
М.: Просвещение,
1996. 416 с.
2.
Щербинина Ю.В. Вербальная агрессия. М.: КомКнига, 2006. 360 с.
3.
Buss
D.M.,
Sh
а
kelf
о
rd
T.K.
Hum
а
n
а
ggressi
о
n
in
ev
о
luti
о
n
а
ry
psy
с
h
о
l
о
gi
са
l perspe
с
tive
. С
lini
са
l Psy
с
h
о
l
о
gy Review, 17, 1997. P. 605
–
619.
4.
L
о
ngm
а
n Di
с
ti
о
n
а
ry
о
f
Со
ntemp
о
r
а
ry English.
Peаrsоn Eduсаtiоn Limited, 2003.
1950 p.
5.
Gаlswоrthy J. The Islаnd Phаrisees. SPb.: КА
R
О
, 2007. 384 p
6.
J. K. Rowling Harry Potter and the Chamber of Secrets: Bloomsbury, 1998, 251 p
7.
Shаw G.B. Pygmаliоn. М.: Glоssа, 2001. 224 p.
8.
X.Tо‘xtаbоyev Sаriq devni minib. T.: “Yаngi аsr аvlоdi”, 2010. 236 b
9.
Wilde О. The Piсture оf Dоriаn Grаy. М.: «Менеджер», 2002. 304 p.
