Mazkur maqolada xalqning milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarini, maishiy hayotidagi o‘ziga xosliklarini, milliy mentalitetini, e’tiqodini, tabiat va jamiyatga bo‘lgan munosabatini, o‘zi mansub xalqqa tegishli tarixiy qaydlarni, umuman olganda, xalq madaniyatini o‘zida saqlagan “Nurali va Semurug‘”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Jorxun maston” hamda “Turkman dahosi yoki Maxtumquli” kabi Qashqadaryo xalq dostonlarida qo‘llangan “boshiga qora kunni solmoq”, “kallasi shishmoq”, “boshi osmon(oy)ga yetmoq”, “bosh ko‘tarolmay qolmoq”, “ko‘zi to‘rt bo‘lmoq”, “ko‘z qirini tashlamoq”, “ko‘ziga cho‘p suqmoq”, “ko‘ngliga kelmoq”, “ko‘ngli to‘lmoq”, “ko‘nglidagidek bo‘lmoq”, “quloq solmoq”, “quloq tutmoq” kabi bir qancha frazemalar lingvokulturologik aspektda tahlilga tortilgan bo‘lib, mazkur frazeologik birliklarda olamni bilishning o‘xshatish, metafora, qiyoslash kabi usullari namoyon bo‘lishi ta’kidlangan. Maqola so‘ngida xulosa va takliflar bayon etilgan.
Koʻrishlar
Yuklashlar
hh-index
Iqtibos
inLibrary — ochiq fan (Open Science) paradigmasi asosida qurilgan ilmiy elektron kutubxona boʻlib, uning asosiy vazifalari ilm-fan va ilmiy faoliyatni ommalashtirish, ilmiy nashrlar sifatini jamoatchilik nazorati, fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy ilmiy tadqiqot instituti hisoblanadi. qayta koʻrib chiqish, oʻzbek ilm-fanining iqtiboslarini oshirish va bilim infratuzilmasini shakllantirish.
Aloqalar:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Parkent ko‘chasi 51-uy, 2-qavat