Linguocultural analysis of phraseologisms used in Kashkadarya folk epics

Abstract

This article presents a linguocultural analysis of the phraseological units used in the folk epics of Qashqadaryo, specifically "Nurali va Semurug", "Kelinoy or Norguloy", "Jorkhun maston", and "Turkman dakhosi or Makhtumquli". The research explores how these epics reflect the national values, traditions, customs, and peculiarities of daily life, as well as the national mentality, beliefs, attitudes toward nature and society, historical records, and, in general, the cultural heritage of the people. The study focuses on several phraseological expressions such as "boshiga qora kunni solmoq", "kallasi shishmoq", "boshi osmon(oy)ga yetmoq", "bosh ko‘tarolmay qolmoq", "ko‘zi to‘rt bo‘lmoq", "ko‘z qirini tashlamoq", "ko‘ziga cho‘p suqmoq", "ko‘ngliga kelmoq", "ko‘ngli to‘lmoq", "ko‘nglidagidek bo‘lmoq", "quloq solmoq", and "quloq tutmoq". These phraseological units are analyzed from a linguocultural perspective, with an emphasis on the methods of comparison, metaphor, and analogy used to represent the world. The article concludes with final remarks and suggestions.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
CC BY f
98-105

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abatov, D. (2025). Linguocultural analysis of phraseologisms used in Kashkadarya folk epics. Foreign Linguistics and Lingvodidactics, 3(6/S), 98–105. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/133942
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article presents a linguocultural analysis of the phraseological units used in the folk epics of Qashqadaryo, specifically "Nurali va Semurug", "Kelinoy or Norguloy", "Jorkhun maston", and "Turkman dakhosi or Makhtumquli". The research explores how these epics reflect the national values, traditions, customs, and peculiarities of daily life, as well as the national mentality, beliefs, attitudes toward nature and society, historical records, and, in general, the cultural heritage of the people. The study focuses on several phraseological expressions such as "boshiga qora kunni solmoq", "kallasi shishmoq", "boshi osmon(oy)ga yetmoq", "bosh ko‘tarolmay qolmoq", "ko‘zi to‘rt bo‘lmoq", "ko‘z qirini tashlamoq", "ko‘ziga cho‘p suqmoq", "ko‘ngliga kelmoq", "ko‘ngli to‘lmoq", "ko‘nglidagidek bo‘lmoq", "quloq solmoq", and "quloq tutmoq". These phraseological units are analyzed from a linguocultural perspective, with an emphasis on the methods of comparison, metaphor, and analogy used to represent the world. The article concludes with final remarks and suggestions.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Linguocultural analysis of phraseologisms used in
Kashkadarya folk epics

Doston ABATOV

1


Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

10 April 2025
Accepted 2 May 2025
Available online

25 June 2025

This article presents a linguocultural analysis of the

phraseological units used in the folk epics of Qashqadaryo,

specifically "Nurali va Semurug", "Kelinoy or Norguloy",

"Jorkhun maston", and "Turkman dakhosi or Makhtumquli".
The research explores how these epics reflect the national

values, traditions, customs, and peculiarities of daily life, as well

as the national mentality, beliefs, attitudes toward nature and

society, historical records, and, in general, the cultural heritage
of the people. The study focuses on several phraseological

expressions such as "boshiga qora kunni solmoq", "kallasi

shishmoq", "boshi osmon(oy)ga yetmoq", "bosh ko‘tarolmay

qolmoq", "ko‘zi to‘rt bo‘lmoq", "ko‘z qirini tashlamoq", "ko‘ziga

cho‘p suqmoq", "ko‘ngliga kelmoq", "ko‘ngli to‘lmoq",
"ko‘nglidagidek bo‘lmoq", "quloq solmoq", and "quloq tutmoq".

These phraseological units are analyzed from a linguocultural

perspective, with an emphasis on the methods of comparison,

metaphor, and analogy used to represent the world. The article
concludes with final remarks and suggestions.

2181-3701

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss6

/S

-pp98-105

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Folk Epic,

Linguoculturology,
Phraseology,

Phraseological Units with
"Eye" as a Body Part,

Phraseological Units with
"Head" as a Body Part,
Phraseological Units with

"Heart" as a Body Part,
Phraseological Units with
"Tongue" as a Body Part,

Culture,

Cultural Sema,

Cultural Code.

Qashqadaryo xalq dostonlarida qo‘llangan frazeologizmlarning

lingvokulturologik tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

xalq dostoni,

lingvokulturologiya,

frazema,

“ko‘z” uzvli frazeologizmlar,

“bosh” uzvli frazeologizmlar,

“ko‘ngil” uzvli

Mazkur maqolada xalqning milliy qadriyat, an’ana va

urf-

odatlarini, maishiy hayotidagi o‘ziga xosliklarini, milliy

mentalitetini,

e’tiqodini,

tabiat

va

jamiyatga

bo‘lgan

munosabatini, o‘zi mansub xalqqa tegishli tarixiy qaydlarni,

umuman olganda, xalq madaniyatini o‘zida saqlagan “Nurali va

Semurug‘”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Jorxun maston” hamda

1

PhD, Teacher, Karshi State University. E-mail: dostonabatov1997@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

99

frazeologizmlar,

“til” uzvli frazeologizmlar,

madaniyat,

madaniy sema,

madaniy kod.

“Turkman dahosi yoki Maxtumquli” kabi Qashqadaryo xalq

dostonlarida qo‘llangan “boshiga qora kunni solmoq”, “kallasi

shishmoq”, “boshi osmon(oy)ga yetmoq”, “bosh ko‘tarolmay

qolmoq”, “ko‘zi to‘rt bo‘lmoq”, “ko‘z qirini tashlamoq”, “ko‘ziga

cho‘p suqmoq”, “ko‘ngliga kelmoq”, “ko‘ngli to‘lmoq”,

“ko‘nglidagidek bo‘lmoq”, “quloq solmoq”, “quloq tutmoq” kabi

bir qancha frazemalar lingvokulturologik aspektda tahlilga

tortilgan bo‘lib, mazkur frazeologik birliklarda olamni

bilishning

o‘xshatish, metafora, qiyoslash kabi usullari namoyon bo‘lishi

ta’kidlangan. Maqola so‘ngida xulosa va takliflar bayon etilgan.

Лингвокультурологический анализ фразеологизмов,

используемых в народных эпосах Кашкадарьи

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Народный эпос,

лингвокультурология,

фразеология,

фразеологизмы с «глазом»

как органом,

фразеологизмы с

«головой»

как органом,

фразеологизмы с

«сердцем»

как органом,

фразеологизмы с

«языком»

как органом,

культура,

культурная сема,

культурный код.

В статье представлен лингвокультурологический анализ

фразеологизмов, используемых в народных эпосах

Кашкадарьи, таких как «Нурали и Семург», «Келинои или

Норгулой», «Джорхун мастон» и «Туркман дахи или

Махтумкули». Исследование направлено на выявление того,

как эти эпосы отражают национальные ценности, традиции,

обычаи, особенности повседневной жизни, национальную

ментальность, верования, отношение к природе и обществу,

исторические записи и, в целом, культурное наследие

народа.

В

статье

рассматриваются

несколько

фразеологических выражений, таких как «бошига қора

кунни солмоқ», «калласи шишмоқ», «боши осмон(ой)га

етмоқ», «бош кўтаролмай қолмоқ», «кўзи тўрт бўлмоқ», «кўз

қирини ташламоқ», «кўзига чўп суқмоқ», «кўнглига келмоқ»,

«кўнгли тўлмоқ», «кўнглидагидек бўлмоқ», «қулоқ солмоқ»

и «қулоқ тутмоқ». Эти фразеологизмы анализируются с

лингвокультурологической точки зрения с акцентом на

использование таких методов, как сравнение, метафора и

аналогия для представления мира. В заключении

приведены выводы и предложения.

KIRISH

Frazeologik birliklar o‘zi mansub bo‘lgan millat mentaliteti, turmush tarzi, urf

-

odatlari, rasm-

rusumlari, umuman olganda, madaniyati haqidagi ma’lumotlarning

qimmatli manbasi hisoblanadi.

“Frazeologizmlar tilda madaniy axborotlarni, xalq milliy tafakkur tarzini o‘zida aks

ettirgan inson kommunikativ-situativ jarayonining eng muhim birliklaridan biri

hisoblanib”, [2, 22] ular xalq og‘zaki ijodi namunalari hisoblangan xalq dostonlarida

o‘zgar

may saqlanib kelmoqda.

Rus tilshunosi B.A.

Larin: “Tongda yorug‘lik shudring tomchilarida qanday aks etsa,

iboralar xalq dunyoqarashi, ijtimoiy tuzum, o‘z davri mafkurasini shunday aks ettiradi”,

deb yozgan edi. Shu bois ham xalqning ijtimoiy hayoti, ruhi

y va ma’naviy dunyosini ochib

berishga xizmat qiladigan frazeologizmlarni Qashqadaryo xalq dostonlari misolida

lingvokulturologik aspektda tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

100

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Frazeologizmlar ham xuddi boshqa paremiologik birliklar singari nutqqa tayyor

holda olib kiriladi, shuningdek, frazeologizmlarning ijodkori ham bevosita xalq

hisoblanadi. Frazeologizmlar vositasida xalqning turmush tarzi, rasm-rusumlari, ruhiyati

va madaniyati haqida aniq xulosalar chiqarish mumkin,

shu bois ham ko‘plab tilshunos

olimlarni frazeologizmlar tadqiqi doimo qiziqtirib kelgan.

O‘zbek tilshunosligida Sh.

Rahmatullayev, B.

Yo‘ldoshev, Sh.

Usmonova, A. Mamatov,

Sh. Almamatova, Sh. Ganiyeva, G. Hakimova kabi tilshunos olimlarning tadqiqotlarida

frazeologizmlarning o‘ziga xos belgilari, taraqqiyoti, uslubiy jihatlari, etimologik xususiyatlari,

ayrim tillar frazeologizmlari bilan qiyoslanishi, frazeologizmlarni modellashtirish muammolari,

strukturaviy va semantik xususiyatlariga oid masalalar o‘r

ganilgan [1, 105].

Ko‘plab tilshunos olimlar keyingi yillarda frazeologik birliklarni lingvokulturologik

aspektda o‘rganishga alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, L.

Xolmurodova ingliz va

fransuz tillaridagi obrazli va motivlashgan frazeologizmlarning tematik-ideografik

talqinini, A.

Nosirov fransuz, o‘zbek va rus tilidagi proverbal frazeologizmlarning

semantik-stilistik va milliy-

madaniy xususiyatlarini, G‘.

Ismoilov olamning frazeologik

manzarasida “inson” konseptini, G.

Jumanazarova xalq dostonlari tilidagi iboralar

semantikasini, A.

Isayev o‘zbek tilidagi somatik frazeologizmlarni, N.

Turopova somatik

frazeologizmlarning lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rgangan [1, 106].

Biz o‘z tadqiqotimizda asosiy e’tiborni

“Nurali va Semurg‘”, “Jorxun maston”,

“Kelinoy yoki Norguloy” hamda “Turkman dahosi yoki Maxtumquli” kabi Qashqadaryo

xalq dostonlaridagi frazeologizmlarning lingvokulturologik tahliliga qaratamiz.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Frazeologizmlar asosida metafora va turg‘un o‘xshatishlarning mushtarak

qorishmasi yotganligi bois dastlab somatik xarakterdagi iboralarni tahlilga tortamiz. Ular

“jonli so‘zlashuv nutqida katta miqdorni tashkil qiladi, kishilarning ruhiy, emotsional

holatlari va xarakterlarini ifoda etishga xizmat qiladi”, xalq dostonlari mat

nida ham keng

uchrab [7, 80], makon, vaqtga doir madaniy kod vazifasini bajaradi.

Yuqoridagi fikrlarni “Nurali va Semurg‘”, “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki Norguloy”

hamda “Turkman dahosi yoki Maxtumquli” kabi Qashqadaryo xalq dostonlarida

ishlatilgan ayrim frazeologik birliklar misolida ham ko‘rish mumkin.

“Bosh”

uzvli

frazemalar.

D.

Ashurovning

“Alpomish”

dostonining

lingvokulturologik xususiyatlariga bag‘ishlangan dissertatsiyasida tana a’zolari bilan

bog‘liq frazeologik birliklarda olamni bilishning o‘xshatish, metafora, qiyoslash kabi

usullari namoyon bo‘lishi ta’kidlangan.

“Alpomish” dostoni frazeologizmlarining ta’biri” lug‘atida

boshlari aylanib, boshiga

balo bo‘lmoq, bosh olib ketmoq, boshiga yetmoq, boshiga savdo solmoq, boshi bo‘sh

, boshini

aylantirib, bosh olib ketmoq

singari frazeologik birliklar tasniflangan [9, 40].

Sh.

Ganiyevaning “O‘zbek frazeologizmlarining struktur tadqiqi” deb nomlangan

monografiyasida bosh uzvli frazeologizmlarning “insonning ma’lum ruhiy holati”, “oilavi

y

holati”, “jismoniy holati”, “yo‘nalish”, “biror harakatga aralashish, ergashish, inkor etish”,

“tilak” kabi maqsad uchun ekspressiv ifodaga egaligi qayd etilgan [10, 73

-75].

Bosh qotirmoq

frazemasi “bo‘lar

-

bo‘lmas ish, harakat, gap va sh.k. bilan joniga

tegmoq, bezor qilmoq” yoki “uzoq va jiddiy o‘ylamoq; tashvish chekmoq” [11, 600]

ma’nolarini ifodalashga xizmat qiladi. Biz tahlilga tortgan dostonlar matnida ham

bosh

qotirmoq

frazeologik birligi uchraydi va

“aql bilan ish ko‘rish”, “miyani ishlatish”, “t

afakkur

qilish”

semalarini yuzaga chiqarishga xizmat qilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

101

Mazkur frazemalarning paydo bo‘lishida

bosh

leksemasining tanlanishi bejizga

emas, chunki insonning fikrlash qobiliyati bevosita miya bilan bog‘liq bo‘lib, uning

joylashgan o‘rni esa aynan bosh chanog‘i hisoblanadi.

Masalan,

Nurali: “Bular bilan adi

-

badi aytishib

boshni qotirib o‘tiramanmi

?” –

deb otni bir qimtib qamchi chotdi [3, 40].

Yurakdoshim mullalardan ayrildim, // Madrasadan

maktabimdan ayrildim, // Ilm

olgan boshim holda naylayin, // Ta’lim bergan ustozimdan ayrildim, //

Boshim qotib

armon qoldi, xudoyim [5, 71].

“Alpomish” dostonining lingvokulturologik xususiyatlari tadqiqiga bag‘ishlangan

ishda

bosh

leksemasi ibora tarkibida boshqa birliklar bilan

taqdir, ishora, xabar, aql-hush,

qaror, oila, g‘urur, yetakchi, halok qilmoq

kabi semalarni ifodalab kelgan bo‘lsa, biz

o‘rganayotgan

“Nurali va Semurg‘”, “Kelinoy yoki Norguloy”,

“Jorxun maston” hamda

“Turkman dahosi yoki Maxtumquli” dostonlarida

bosh

leksemasi frazeologizmlar

tarkibida boshqa birliklar bilan quyidagi semalarni ifodalashga xizmat qilgan:

1.

Qahr-

g‘azab, nafrat, intiqom:

Chiningni aytmasang boshingni dorga ilaman, go‘

shingni ombur bilan nimtalab

yulaman, bilganimday qilaman,

boshingga qora kunni solaman

[3, 61].

2.

O‘ylov:

Kallasi shishib boradi

, // Ertaroq yetkaz G‘irot deb, // Qimtiydi shoshib boradi [3,

27]. Yoki Yurak toshib boradi, //

Kalla shishib boradi

, // Sevgan

yorni ko‘ray deb, //

Nurxon shoshib boradi [3, 74].

3.

Xursandchilik, kinoya:

O‘n sakkizdan oshar mening yoshlarim, // El

-

ulusga loyiq bo‘ldi ishlarim, //

Otalarcha mehr qildi shoh sulton, // Sal bo‘lmasa

oyga yetdi boshlarim

[6, 45].

4.

Uyat, nomus:

Bu

gapdan so‘ng barcha beklar yerga qarab,

bosh ko‘tarolmay qoldi

[6, 187].

“Ko‘z” uzvli frazemalar.

O‘zbek xalqida ko‘zga so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan

his-

tuyg‘ular ifodachisi sifatida

qaraladi va sezgi organlarimiz ichida aldanishga eng

moyili ko‘z hisoblanadi, shuning uchun ham mumtoz adabiyotimizda ko‘z ishqning

dastlabki manzili sanalgan.

“Nurali va Semurg‘”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Jorxun maston” hamda “Turkman

dahosi yoki Maxtum

quli” dostonlarida

ko‘z

uzvli frazemalar ko‘plab ishtirok etgan,

quyida ular ifodalagan umumiy semalarni ko‘rib chiqamiz:

Intizorlik bilan kutish, kuchli sog‘inch, emotsional

-ekspressiv holat:

Bobo, eshitgin so‘zimdi, //

To‘rt qilding ikki ko‘zimdi

, // Qo‘ldagi o‘rdak g‘ozimdi,

// Mendan so‘rading bobojon, // Javob bermog‘im lozimdi [3, 32].

Chiqdim tog‘larning beliga, //

Ko‘zim to‘rt torning yo‘liga

, // Har ovuldan chiqqan

qizlar, // Suv quyolmaydi qo‘liga [4, 44].

O‘chmasin

-da bosgan izim, //

Yo‘liga to‘rt bo‘lar ko‘zim

, //Orqa tovim Nurxon

qo‘zim, // Shunga sulton yurar bo‘ldi [5, 101].

Yuqoridagi misollarda keltirilgan

“ko‘zi to‘rt bo‘lmoq”

iborasi tarkibidagi to‘rt

raqamining qo‘llanishi bejizga emas. M.Jo‘rayevning “ “Sehrli” raqamlar siri” kitobida to‘rt

raqami haqida: “Xalq tasavvurida dunyoning to‘rt tomoni, to‘rt farishta, to‘rt kitob yoki

chor kitob, chor yor yoki to‘rt yor, to‘rt mucha, to‘rt fasl kabi to‘rtliklar mavjud” [12, 66

-

71],

deb yozilgan. Mazkur iborada

intizorlik”, “intiqlik”

semal

ari mavjud bo‘lib,

kutayotgan odamning ruhiy holatini ifodalash uchun ikki ko‘zning kamlik qilishi,

shu bois ham boshqa a’zolarning ham ko‘zga aylanganligini ta’kidlash maqsadida ko‘z

“ikkilantirilgan”.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

102

Dastlabki hukm, to‘satdan ko‘rib qolish:

Qubbonoy ham tushida ko‘rgan yigitga

ko‘z tushib

, yuragi jo‘shib, aqli shoshib,

behol bo‘ldi [3, 73].

Tezlik, jadallik bilan yuz beradigan harakat:

Ayrilgan izlar tirini, // Merganlar ovlar bo‘rini, //

Tashlading ko‘zing qirini

, //

Qalandar, eshit so‘zimni

, // Aytgin qalpoq sirini [3, 132].

Xiyonat, sotqinlik:

Sipohida, og‘a, do‘stlik ko‘p bo‘lar, // Poylab

-poylab

ikki ko‘zga cho‘p sug‘ar

, //

Sipohi bo‘lolmas, bo‘lmasa zargar, // Chertib

-

chertib do‘st bo‘lsang

-

chi, bek og‘a [5,48].

“Quloq”

uzvli

frazemalar.

D.Ashurovning

“Alpomish”

dostonining

lingvokulturologik tadqiqiga bag‘ishlangan dissertatsiyasida

“quloq”

uzvli frazemalarning

“ishonmoq”, “ergashmoq”, “amal qilmoq”

kabi semalarni ifodalashi haqida fikr bildirilgan.

Biz o‘rganayotgan Qashqadaryo xalq dos

tonlari matnida esa

“quloq”

uzvli frazemalar

ko‘proq quloqning eshitish funksiyasi bilan bog‘liq semalarni yuzaga chiqargan.

Bulbul kelib quchar bog‘ning gulini, // Shu tomonga solgandayda yo‘lini, //

Zehn berib

quloq solgin

, begijon, // Ko‘char ko‘rning

bugun aytgan tilini [3, 39].

Bu parchada

quloq solmoq

frazemasi

“tinglamoq”

semasini ifodalagan.

Yuz ming askar bayrog‘ini pirillatib, churragini churullatib, yer

-

u ko‘kni zirillatib,

karnayini varillatib, shahardan chiqib Nuralining izidan ketabersin, tinglovchilar Nuraliga

nima bo‘lganini bilmoqchi bo‘lsa, baxshiga

quloq tutabersin

[3, 148]. Bu parchada

qo‘llangan

quloq tutmoq

frazemasi,

quloq solmoq, quloq osmoq, quloq bermoq

frazemalari

bilan ma’nodosh bo‘lib,

“eshitmoq”, “tinglamoq”

semalarini ifodalagan.

Qonlar selday bo‘b oqdi, // Nechovlardi ob ketdi, // O‘ldimlashgan tovushga, //

Quloqlar bitib ketdi

[5, 113]. Ushbu parchada quloqning eshitish funksiyasini yo‘qotishi

aks ettirilgan bo‘lib,

“eshitmaslik”, “eshitish qobiliyatini yo‘qotmoq”

semalari ifodalangan.

“Til” uzvli frazemalar.

Til, ya’ni nutq so‘zlash odobining shakllanishi juda qadimga

borib taqaladi, chunki til insonlar o‘rtasidagi aloqa almashish quroli hisoblanadi.

Tili gapga kelmay qoldi

frazemasi

“g‘azablanganidan o‘zini yo‘qotib qo‘ymoq”, “ruhiy

tushkunlikka tushib qolmoq”, “noqulay vaziyatga tushib qolmoq”

semalarini ifodalash bilan

bilan birgalikda vaqt va o‘rin

-joyga oid madaniy kodni ham yuzaga chiqarishga xizmat

qiladi. Go‘ro‘g‘li Ahmadning nomini eshitgan zamon tepa sochi tikka bo‘ldi, sergaklandi

hakka bo‘ldi, u yoq

-

bu yoqqa ag‘darilib olchi

-

chikka bo‘ldi. Muriti qimirlab ketdi, badani

jimirlab ketdi, birov tayoq bilan tuyganday bo‘ldi, qabog‘ini uyganday bo‘ldi,

tili gapga

kelmay qoldi

[3,17].

Bu poyonsiz cho‘lda ko‘ringan qora bir o‘tinchi chol edi, yuzi sepkilli xol edi,

tili

shirin

, juda bol edi, o‘tin ko‘taraverib alif qomati dol edi, qo‘lidagi tayog‘i xaridan ham

yo‘g‘on tol edi, bir marta uxlab yotganida ko‘rbidim kallasi kal edi, ko‘targan o‘tini mo‘l edi,

mo‘lligi mayli ho‘l edi, o‘zi o‘lasi go‘l edi, yurar yeri yo‘l edi, ko‘rgan kuni shul edi [3, 29].

Qizlarning

tili chuchukdi

, // Ko‘ngli bahorday ochiqdi, // Ta’zim bilan uzatdi, //

Baxmaldan bo‘lgan so

chiqdi [ 3, 77].

Yuqoridagi misollarda o‘zaro ma’nodoshlik hosil qiladigan frazemalar qatnashgan

bo‘lib, xalqimizning nutq so‘zlash odobi, har qanday vaziyatda ham inson qalbiga ozor

bermaydigan tarzda so‘zlashi, umuman olganda, nutq madaniyati haqida axbo

rot

tashishga xizmat qilgan.

“Ko‘ngil”

uzvli frazemalar.

Bunday frazemalar Qashqadaryo xalq dostonlari

matnida ko‘p miqdorda uchraydi. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining “Malika ayyor” dostoni

leksikasiga bag‘ishlangan ishida

ko‘ngil (ko‘ngli)

leksemasi frazeologik birliklar tarkibida

turli ma’nolarda kelganligi haqida so‘z boradi [13].


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

103

G.Jumanazarova dostonlar matnida

“ko‘ngil”

uzvli iboralar

sevish hissi, fe’l

-atvor,

xarakter, xulq,

shuningdek,

xohish-istakka mos tushadigan ish

yoki harakat bilan o‘ziga

moyil qilishlik

kabi semantik ma’nolarni ifodalashga xizmat qilishini aytadi [7, 81].

“Alpomish”

dostonining

lingvokulturologik

xususiyatlarini

o‘rganishga

bag‘ishlangan dissertatsiyada [1, 119

-121]

“ko‘ngil”

uzvli frazemalarning

xursand qilmoq,

xursand bo‘lmoq, xafa bo‘lmoq, o‘ylamoq, g‘am yemoq, qoniqmoq, orzu, niyat, fe’l

-atvor,

zerikish, hafsalasi bo‘lmaslik, hol

-

ahvol so‘ramoq, xotirjamlik

kabi ma’nolarni ifodalashga

xizmat qilishi qayd etilgan bo‘lsa, tadqiqot obyekti hisoblangan Qashqadaryo xalq

dostonlarida

“ko‘ngil”

uzvli frazemalar quyidagi ma’nolarni ifodalagan:

1.

Sevmoq, oshiq bo‘lmoq:

Saharlab bugun turdim-

da, // Ko‘chani bo‘ylab yurdim

-

da, // Sayil bog‘larga

bordim-

da, // Hamma qizlarni ko‘rdim

-da, // Qizlarga

ko‘ngil berdim

-da

[3, 15].

Hamma cho‘ponlar kulishib: “Ha bachchag‘ar, bobomizning ham

ko‘ngli bor ekan

-

a

? Suluv xolani tashlab ketasizmi Norguloy ko‘nsa”, –

deb edi [4, 55].

2.

Xabardor qilmoq, aytmoq:

Surishtirdingiz zotini, //

Ochayin ko‘ngil xitini

, // Yozayin yurak qatini, // Silayin

qushning patina, // Guloyim deydi otimni [3, 17].

3.

Anglolmaslik, tushunmaslik:

Qushlar quvolmas otingni, //

Bilmadim ko‘ngil xitingni,

// Kim deydi sening

otingni, // Yakkalab uchgan qaldirg‘och, // Bayon aylagin otingni [3, 30].

4.

Xotirjam bo‘lmoq, o‘ziga ishonmoq:

Nurali o‘rtadan nasiyasi naq bo‘lib, dumog‘i juda choq bo‘lib, o‘ziga

ko‘ngli to‘q

bo‘lib

, sevinganidan o‘zida yo‘q bo‘lib, u

ylariga kelib shu kecha uxlamay yotdi, ertalab

tong otdi, onasidan oldin turib kiyinib uydan chiqib ketdi, ana-mana deguncha, ikki

kampir bir shaftolini yeguncha, Xannozning tozisiday jalonglab sayil bog‘ning yo‘liga

yetdi [3, 7].

Otning terini qotirib, be

lini qayta tortib, xo‘rjin

-

to‘rvasini ortib, aslahalarini sozlab,

ko‘nglini to‘q qilib

, beliga minib, tulporini o‘ynatib, Sunduz tovdan tashlab ketdi [3, 23].

5.

Xafa bo‘lmoq:

Go‘ro‘g‘li Nuralining gapiga miyig‘ida kulib, bir qiz yuragidan urganin bilib,

kuchingiz yetmasa degan gapni

ko‘ngliga qattiq olib

: “Qani Nuralibek, bizning kuchimiz

yetmaydigan qiz kimning qizi ekan bilaylik, shunga qarab ish qilaylik”, –

dedi. Nurali:

“Aytgan qizingni hamisha olib beraman deb so‘z bersangiz, aytaman, bo‘lmasa, bu
shartimdan qaytaman”, –

dedi [3, 16].

6.

Xursand bo‘lmoq:

Mardning ishiga qoyildi, // Qizlar kutadi sayildi, // Nurxonning

ko‘ngli yoyildi

, //

Otning beliga tashladi, // Yetti qulochli ayildi [3, 20].

Nurxon

ko‘ngli xush bo‘ldi

, // Qilgan ishi pesh bo‘ldi, // Kun yoyilib chiqmasdan, //

Darvozaga dush bo‘ldi [3, 74].

7.

Ko‘rolmaslik, hasadgo‘ylik:

Qayga borsang senga bo‘lsin omonlik, //

Ko‘ngli qora

yursa yo‘li tumanlik,

// Bir

jonzotga aga

r qilsang yaxshilik, // Bu jahonda ko‘rmagaysan yomonlik, // Borgin, bolam,

Mustafoga topshirdim [3, 22].

8.

Qasd qilmoq, jazm qilmoq, maqsad qilmoq:

Kampir qabog‘ini uydi,

ko‘ngliga bir gapni tuydi

[3, 45].

9.

O‘zicha o‘ylamoq:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

104

Vazir: “Olampanoh, mening

ko‘ngli

mga bir gap keldi

. Agar o‘z maxzabi, dinidan

kechib bizning maxzabimizga kirsa, butun bir mamlakatni qo‘riydigan simmati bor ekan,
qo‘shin boshlig‘i qilib qo‘ysangiz”, –

dedi [3, 61].

10.

Tozalik, ezgulik, yomonliklardan forig‘ bo‘lmoq:

Jong‘ilning nasiya puli naqd bo‘lib, dumog‘i haddan ziyod choq bo‘lib, ko‘ngli to‘q

bo‘lib, g‘azabi tamom yo‘q bo‘lib, sevinganidan

ko‘ngli oq bo‘lib

: “Senda ota

-

ona yo‘q

bo‘lsa, menda farzand bo‘lmasa, ikki yorti bir butun bo‘lib ona

-

bola bo‘lsak, lekin b

itta

shart bor. Shart shuki, haftaning har yakshanba kuni hech kimga ko‘rinmay bekinib

yotasan, chunki Qubbonoy har yakshanba bog‘ga kelib sayil qilib ketadi”, –

dedi [3, 72].

11.

Amalga oshmaslik:

Jorxun mastonning

ko‘nglidagi bo‘lmadi

[5, 61].

12.

Tushkunlik:

…bachcha emasmi, ko‘zidan yoshi tizilib,

ko‘ngli buzilib

, yurak-

bag‘ri ezilib, o‘z

holiga o‘zi yig‘lab turdi [5,70].

Yaldillaydi yashinday, // Qilich ko‘rinib ketdi. // Avaz

shunqor ko‘rindi, //

Ko‘nglim buzilib ketdi

[5, 87].

13.

Xavotirlanmoq:

Nima bo‘lsa ham, G‘ir bilan Nuraliga bir balo bo‘ldi,

ko‘nglim xijil bo‘lib turibdi

[5, 75].

14.

Yig‘lash darajasiga yetmoq:

Go‘ro‘g‘li buni ko‘rib Shashti qaytib, qilichini tushirib, Soqi qochib ketmas deb

Gulinorni ko‘rib

ko‘ngli bo‘shashdi

[5, 94].

15. Pok, toza, g‘irromni bilmaydigan:

Qizlarning tili chuchukdi, //

Ko‘ngli bahorday ochiqdi,

// Ta’zim bilan uzatdi, //

Baxmaldan b

o‘lgan sochiqdi [ 3, 77].

Xulosa

sifatida

aytish mumkinki, til boyligini o‘zida saqlagan frazemalarni

lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish, xalq tili bilan qiyosiy o‘rganish orqali

til

egalarining milliy mentaliteti, rasm-rusumlari, qadriyatlari, tasavvurlari, ijtimoiy,

iqtisodiy, ruhiy holati, tasavvurlari, bir so‘z bilan aytganda, madaniyati haqida qimmatli

ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Qashqadaryo

xalq

dostonlarida qo‘llangan frazeologik birliklar etimologik, pragmatik, lingvostilistik,

sotsiopragmatik aspektlarda tadqiq qilinmagan, bu esa mavzuning keng qamrovli va o‘z

tadqiqotchilarini kutib turganligiga dalolat beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Ашуров Д. “Алпомиш” достонининг лингвокультурологик хусусиятлари:

Филол. фан. бўйича фалс. докт. (PhD) ... дисс. –

Наманган, 2021. –

155 б.

2.

Исломов Ғ. Оламнинг фразеологик манзарасида “инсон” концепти // Ўзбек

тили ва адабиёти. –

Тошкент, 2015. –

№ 6. –

Б. 22.

3.

Қора

бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. –

Қарши, 2016. –

160 б.

4.

Қодир

бахши Раҳимов. Келиной ёки Норгулой. –

Қарши давлат

университети нашриёти, 2011. –

101 б.

5.

Қодир

бахши Раҳимов. Жорхун мастон // www. Ziyouz. com кутубхонаси. –

112 б.

6.

Қаҳҳор

бахши Рахимов. Туркман даҳоси ёки Махтумқули. Қўлёзма.

7.

Жуманазарова Г.У. Халқ достонлари тилидаги иборалар семантикаси //

Ўзбек тили ва адабиёти. –

Тошкент, 2015. –

№ 6. –

Б. 80.

8.

Жуманазарова Г.У. Фозил Йўлдош ўғли достонлари тилининг

лингвопоэтикаси (лексик

-

семантик, лингвостилистик ва лингвостатистик

таҳлил): Филол. фан. док. (DSc) дис

.

Тошкент, 2017. –

214 б.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2025) / ISSN 2181-3701

105

9.

Ўринбоев Б., Бозорбоев К. “Алпомиш”достони фразеологизмларининг

таъбири. –

Самарқанд: СамДУ, 1998. –

40 б.

10.

Ганиева Ш. Ўзбек фразеологизмларининг структура тадқиқи. –

Тошкент:

Фан, 2013. –

Б. 73

-75.

11.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. 1

-jild.

T.: G‘afur G‘ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.

964 b.

12.

Жўраев М. “Сеҳрли” рақамлар сири. –

Тошкент: Ўзбекистон, 1990. –

Б. 66

-71.

13.

Умаров И.А. Фозил Йўлдош ўғлининг “Малика аийор” достони лексикаси

(тарихий

-

этимологик, функционал

-

семантик ва стилистик таҳлил): филол. фан.

бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. –

Фарғона, 2020. –

Б. 141.

14.

Худойберганова Д. Лингвокультурология терминларининг қисқача

изоҳли луғати. –

Тошкент: Турон Замин зиё, 2015. –

41 б.

15.

Ҳожиев

Ю. “Алпомиш” достонидаги шахс маънавий сифатларини ифода

этувчи атов бирликларнинг семантик

-

структур, концептуал ва лексикографик

хусусиятлари:

Филол. фан. бўйича фалс. докт. (PhD) ... дисс. автореф. –

Тошкент,

2020.

56 б.

References

Ашуров Д. “Алпомиш” достонининг лингвокультурологик хусусиятлари: Филол. фан. бўйича фалс. докт. (PhD) ... дисс. – Наманган, 2021. – 155 б.

Исломов Ғ. Оламнинг фразеологик манзарасида “инсон” концепти // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2015. – № 6. – Б. 22.

Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. – Қарши, 2016. – 160 б.

Қодир бахши Раҳимов. Келиной ёки Норгулой. – Қарши давлат университети нашриёти, 2011. – 101 б.

Қодир бахши Раҳимов. Жорхун мастон // www. Ziyouz. com кутубхонаси. – 112 б.

Қаҳҳор бахши Рахимов. Туркман даҳоси ёки Махтумқули. Қўлёзма.

Жуманазарова Г.У. Халқ достонлари тилидаги иборалар семантикаси // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2015. – № 6. – Б. 80.

Жуманазарова Г.У. Фозил Йўлдош ўғли достонлари тилининг лингвопоэтикаси (лексик-семантик, лингвостилистик ва лингвостатистик таҳлил): Филол. фан. док. (DSc) дис. – Тошкент, 2017. – 214 б.

Ўринбоев Б., Бозорбоев К. “Алпомиш”достони фразеологизмларининг таъбири. – Самарқанд: СамДУ, 1998. – 40 б.

Ганиева Ш. Ўзбек фразеологизмларининг структура тадқиқи. – Тошкент: Фан, 2013. – Б. 73-75.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. 1-jild. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. – 964 b.

Жўраев М. “Сеҳрли” рақамлар сири. – Тошкент: Ўзбекистон, 1990. – Б. 66-71.

Умаров И.А. Фозил Йўлдош ўғлининг “Малика аийор” достони лексикаси (тарихий-этимологик, функционал-семантик ва стилистик таҳлил): филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. – Фарғона, 2020. – Б. 141.

Худойберганова Д. Лингвокультурология терминларининг қисқача изоҳли луғати. – Тошкент: Турон Замин зиё, 2015. – 41 б.

Ҳожиев Ю. “Алпомиш” достонидаги шахс маънавий сифатларини ифода этувчи атов бирликларнинг семантик-структур, концептуал ва лексикографик хусусиятлари: Филол. фан. бўйича фалс. докт. (PhD) ... дисс. автореф. – Тошкент, 2020. – 56 б.