Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Analysis of cultural-specific items encountered in the
English translation of "Khorezmnoma"
Shokhista MATKARIMOVA
1
Urgench State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
10 April 2025
Accepted 2 May 2025
Available online
25 June 2025
This article presents an analysis of culture-specific terms
(realia) encountered during the translation of O. Masharipov's
"Khorezmnoma" from Uzbek into English. Additionally,
this article explores various types of realia and provides
information about them.
2181-3701
/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss6
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
reality,
toponyms,
anthroponyms,
transliteration,
copying,
transcription.
“Xorazmnoma” asarining ingliz tiliga tarjimasida uchragan
realialar tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
realiya,
toponimlar,
antroponimlar,
transliteratsiya,
kalkalash,
transkripsiya.
Ushbu maqola O.
Masharipovning “Xorazmnoma” asarining
o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimasi jarayonida uchragan
realialar tahlilini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari bu maqolada
realialar turlari va ular haqidagi ma’lumotlar ham yoritib
berilgan.
1
Doctoral Student, Urgench State University.
E-mail: matkarimovashohista076@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
248
Анализ
реалий,
встречающихся в английском
переводе произведения «Хорезмнома»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
действительность,
топонимы,
антропонимы,
транслитерация,
копирование,
транскрипция.
Данная статья включает в себя анализ реалий,
встречающихся в процессе перевода произведения О.
Машарипова «Хорезмнома» с узбекского языка на
английский. Кроме того, в этой статье освещаются виды
реалий и информация о них.
Tarjima jarayonida tarjimonga eng katta qiyinchiliklar keltiradigan omillardan biri,
asl asarning milliy xususiyatlarini boshqa bir madaniyatga o
‘
tkazishdir. Endi esa biz
milliylikning kichik bir ifodasi bo
‘
lgan realiya haqidagi masalani ko
‘
rib chiqamiz.
Bolgariyalik tarjimashunos olimlar S. Vlaxov va S. Florin realiya atamasini, turli
madaniyat va hududga xos bo
‘
lgan narsalar, tushunchalar, voqealar, geografik
xususiyatlar, ijtimoiy va tarixiy yirik elementlar kabi xalqlar, millatlar yoki qabilalarning
turmush tarzini ifodalovchi xalq tilidagi so
‘
zlar va ifodalar deya ta
’
riflaydilar. Bunday
so
‘
zlar, shuningdek, geografiya, etnografiya, folklor va mifologiya bilan bog
‘
liq bo
‘
lib,
tarixiy va ijtimoiy hayotning o
‘
ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Biz bularni asosan
“
xos so
‘
zlar
”
deb ataymiz.
Badiiy asarda xos so
‘
zlar asar muayyan milliy adabiyotga mansub ekanligini va
badiiy voqelikning muayyan etnik guruhda sodir bo
‘
layotganini ko
‘
rsatadi. Realiya yoki
xos so‘zlar ko‘pincha tarjimaga mos
kelmaydigan ekzotik leksika sifatida ifodalanadi. Bu
esa, milliy rangni yoki davrni aks ettirish maqsadida asl so‘zlarni tarjima qilmaslik kerak
degani emas. Aksincha, agar tarjima asarida asl tilning so‘zlari ko‘p uchraydigan bo‘lsa,
bu tarjima sifatiga s
albiy ta'sir ko‘rsatib, kitobxonni asar bilan bog‘lanishdan chetlatishi
yoki asar mazmunini yaxshi anglab yetmasligi mumkin. Tarjimada realiyalar ko‘p bo‘lsa,
bu, Rosselsning ta’kidlashicha, o‘quvchida xotiraga noxush to‘siqlarni keltirib chiqaradi,
xuddi
tushunarsiz chiziqlar kabi o‘sha xotirada qolib ketadi.
Tarjimon milliy adabiy asarni o‘z tili va badiiy muhiti bilan uyg‘unlashtirishga
intilayotganida, asli asar muallifining niyatini boshqa tilda ham aynan ifodalashni maqsad
qiladi. Har bir so‘z yoki ibora asar matniga shunchaki “qog‘ozni qoraytirish” uchun
kiritilmaydi, balki ular kitobxonlarda aniq bir his-
tuyg‘u uyg‘otish uchun faol ishlatiladi.
Har bir so‘zda nafaqat tasviriy iyerogliflar, balki katta hayot nafasini sezish mumkin.
Bunday yondashuv tarjimonga katta mas'uliyat yuklaydi, chunki har bir milliy tilda faqat
o‘sha tilda mavjud bo‘lgan o‘ziga xos so‘zlar bo‘lishi mumkin, va ba'zan bu so‘zlar boshqa
tillarda umuman boshqa ma'no yoki ibora shaklida uchrashi mumkin. Tarjimonning
mas'uliyati ayna
n shunda bu ma’nolarni to‘g‘ri saralay bilishda.
Misol tariqasida Xorazmnoma asarining o‘zbek tilidagi variantidan ingliz tiliga
tarjimasida bir nechta geografik, etnografik, folklor, ijtimoiy va tarixiy xususiyatlarga oid
xos so‘zlarni tarjimasiz qoldiril
gan. Shunga qaramay, bu realiyalar tarjima matnida
begona va moslashmagan narsadek ajralib turmaydi.
Xorazmnoma asarida uchragan realialardan biri bu
pir
degan so‘z bo‘lib, bu
so‘z
O‘zbek tilining izohli lug‘
atida
diniy mazxab boshli
g‘
i, diniy rahbar
ma’no
si sifatida
berilgan bo‘lib, uni tarjimada teacher deb bermoqchi bo‘linsa, bu so‘zning ma’nosi pir
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
249
so‘zini o‘rnini bosa olmaydi.
Shuning uchun biz bu so‘zni o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi
uchun pir deb berib uning ma’nosini esa qavs ichida (a religious lea
der) deb izoh orqali
yoritib ketdik. Jumla quyidagicha berilgan:
Bo‘lg‘usi Sohibqiron o‘zining keyinchalik qo‘lga kiritgan zafarlarini piri va ustozi
Amir Shayx Mir Shamsutdin nomi bilan bo
g‘
lagan edi.
Ingliz tilidagi tarjimasi esa quyidagicha bo‘ldi:
The future Sakhibkiran attributed his later victories to his pir (a religious leader) and
mentor, Amir Sheikh Mir Shamsutdin.
Xorazmnomaning qahramonlari
–
Sakhibkiran Amir Temur, Genghis Khan,
Jaloliddin Manguberdi, Iskandar Zulkarnay, Yusuf Sufi, Tukhtamish, Bayezid va boshqa
antroponimlar, shuningdek Khorezm, Mawarannahr, Syr Darya, Urgench, Khiva, Amu
Darya kabi toponimlarni o‘zbek tili va madaniyatining ajralmas qismi sifatida ingliz tilida
ham o‘zgarmas holda qoldirdik.
Estetik did va yuqori saviyada
bajarilgan tarjima asarini o‘qish kitobxon uchun
zavq va rohat manbai bo‘ladi. Agar bunday asarni o‘qiyotganingizda, notanish so‘zlar
chiqishi haddan oshib ketsa va ular izoh bilan pastki yoki oxirgi qismda berilsa, bu
kitobxonni bir muncha bezovta qiladi.
Bunda izohlarni davomiy o‘qish jarayonida ularni
birma-
bir topishga to‘g‘ri kelish, diqqatni chalg‘itish, zavqni esa azobga aylantirishi
mumkin. Biroq, bunday izohlar faqat zarur bo‘lganda, ya’ni o‘quvchiga notanish so‘zning
ma’nosini tushunishga yordam berish uchun qo‘llanilishi kerak. Bu kabi tushuntirishlar
kiritib, o‘quvchining qiziqishini va o‘qish tempini saqlab qolishga harakat qilgan
jumlalarimiz ham bir nechta. Bu usul o‘quvchining qiziqishini saqlashga yordam beradi,
ammo barcha realiyalar uchun
bu metodni qo‘llash mumkin emas
.
Masalan quyidagi jumlada
clan
so‘zini o‘zbek tilidagi
ulus
so‘zini tarjimasi sifatida
qo‘lladik lekin ulus so‘zi O‘zbek tilining izohli lug‘atida quyidagicha ta’riflangan: Ulus
-1.
tar. XI
–XII asrlarda moʻgʻullar davlatida maʼlum bir noʻyonga (moʻgʻul aslzodasiga)
qarashli yerlarda unga tobe holda koʻchmanchilik bilan hayot kechiruvchi katta
-kichik
oilalar, urugʻlar guruhi
2. tar.
Moʻgʻullar istilosi davrida bosib olingan hududlardan Chingizxon
farzandlariga boʻlib
berilgan mulklar, keyinchalik mustaqil davlatlarning nomi.
Chigʻatoy ulusi. Joʻji ulusi.
Xorazmnoma kitobidagi ulus so‘zi ishtirok etgan bu gapni misol qiladigan bo‘lsak, u
quyidagicha berilgan:
Bu davrda, ya’ni XIV asrning 60
-yillarida bir vaqtlar metindek intizomi va kuch-
qudrati bilan tanilgan mo‘g‘ul davlatida Chingizxon avlodlari o‘rtasida toju
-taxt, davlat va
mol-
dunyo uchun ichki kurash shu darajada kuchayib ketgan ediki, bu holat mo‘g‘
ul
davlatining bir bo‘lagi bo‘lgan Chig‘
atoy ulusini xam chetlab
o‘tmadi.
Biz yuqoridagi jumlani quyidagicha tarjima qildik:
In the Mongol state which was very famous with its strong discipline, in the 14th
century in the 1960s, the internal struggle for the throne, and wealth among the
descendants of Genghis Khan in the Mongol state intensified, such situation influenced to
Chigatoi clan also, which was one of the parts of the Mongol state.
Bu jumlada keltirib o‘tgan
clan
so‘zimiz o‘zbek tiliga
ulus
so‘ziga juda yaqin
ya’ni
urug
‘
, urug
‘
jamoasi
kabi tarjima qilinganligi bois bu so‘zni inglizcha variantini berishga
qaror qildik.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
250
Agar milliy koloritni ifodalovchi so‘zlarni tarjima qilmasdan qoldirsak, matn juda
milliylashib ketadi, va kitobxon asl mazmunni yaxshi tushuna olmasligi mumkin. Shuning
uchun, bu kabi so‘zlar kontekst ichida joylashishi, ularning ma'nosini tushunishga
yordam beradigan tarzda ishlatilishi lozim.
Lekin biz tarjima qilgan quyidagi jumlada esa biz realiani o‘z xolicha qoldirishni
avfzal ko‘rdik:
Tara
g‘ay o‘zi e'tiqod qilgan piri Mir Kulolga o‘g‘lini olib borib, unga pir bo‘lishga
qo‘l oldiradi. Rivoyat qilishlaricha, Temur Mir Kulol xuzuriga borganida u bo‘lg‘
usi
Sohibqironga yettita non va bir qism holvani berib:
“
Mana shu yettita nonni yegin. Shunda
sen yerning yetti iqlimiga hokim bo‘lasan deydi”
.
“
Men nonlarni ehtiyot qildim, bu menga
Alloh ato etgan barakotning boshlanishi edi deydi Temur
”
.
Bu jumlada bizning milliy shirinliklarimizdan biri hisoblanmish
holva
so‘zi
ishlatilgan va biz uni kalkalash yo‘li bilan tarjima qildik. Chunki inglizlarda aynan bizni
un, shakar va yogʻdan, baʼzan kunjut,
magʻiz qoʻshib tayyorlanadigan shirinligimizning
o‘zi yo‘q. Tarjima quyidagicha shaklga ega bo‘ldi:
Taragay brought his son to his pir Mir Kulol, whom he believed. According to the
legend, when Temur went to see Mir Kulol, he gave seven loaves of bread and a piece of
kholwa and said, “Here are these seven loaves of bread that you should eat, and then you
will rule the seven corners of the earth, he says.
”
I took care of the bread; it was the
beginning of the blessing that
Allah gave me, says Temur.”
Shuningdek, tarjima jarayonida har qanday asarda sof realiyalardan tashqari soxta
realiyalar ham uchraydi. Ularni tarjima qilish nisbatan osonroq bo‘lsa ham, ko‘pincha
tarjimonlar asl shaklida saqlab qoladilar. Pen’kovskiy, masalan, to‘y, to‘yxona, qamchi,
shayt
on, piyola, aravakash kabi so‘zlarni o‘zgartirmasdan keltirgan. Tarjimon o‘zining
izohida shunday deb yozgan: “Oktyabr inqilobidan keyingi yillarda rus tili boshqa
qardosh tillardan kirib kelgan so‘zlar hisobiga boyidi. Misol uchun, qishloq, dehqon, boy
va
boshqa so‘zlar rus tiliga kirib kelgan va ayrimlari badiiy adabiyot yoki gazeta orqali
tilimizga kirgan.” Shuning uchun, tarjimon ba'zan o‘zining so‘zlarni tanlashda rus tiliga
keyinchalik kirib kelishi mumkin bo‘lgan elementlarni ishlatishga harakat qilg
an.
Tarjima jarayonida muqobili yo‘q so‘zlarni tarjima qilishning bir necha
metodologik yondoshuvlari mavjud. Ularning eng sodda va tezkor usuli
–
so‘zlarni
transliteratsiya qilishdir. Bu jarayonda so‘zlarning talaffuzini saqlab qolish muhim
hisoblanadi. Transliteratsiya kishi ismlari, joy nomlari, geografik atamalar, davriy
nashrlar, shuningdek, korxona va tashkilotlarning nomlarini o‘z ichiga oladi. Tarjima
nazariyasiga ko‘ra, transliteratsiyaning afzalliklari shundaki, u asl so‘zning talaffuzini
aniq aks
ettiradi. Masalan, Xorazm so‘zi ingliz tiliga
Khuwarzam
yoki “Khorezm” shaklida
tarjima qilinishi mumkin; bu erda ikkinchi usul inglizcha talaffuzga yaqinroqdir.
Shuningdek, ayrim ismlar bir necha usulda berilishi mumkin. Masalan, “Jaloluddin
Manguberdi” ismini biz tarjimada Jaloliddin Manguberdi tarzida bergan bo‘lsak Bekzod
Abdirimovning “Sulton Jaloliddin Pokistonda”, tarixiy asarining ingliz tiliga tarjimasida
esa “
Jaloliddin Mingburnu
” va xuddi o‘sha kitobning ba’zi joylarida esa “
Jalaluddin
Manguberdi”
deb tarjima qilib ketilgan. Tarjimon asarning uslubi va janriga e'tibor
berishi zarur, chunki bular tarjimani aniqlik va to‘g‘
rilik bilan boyitadi.
Muqobili yo‘q so‘zlarni tarjima qilishda beshta asosiy usulni
1) transliteratsiya, 2) sarlav
ha osti izohlari, 3) kalkalash, 4) o‘xshash so‘zlar bilan
tarjima qilish 5) tasviriy tarjima
guruhlari asosida o‘rganishimiz mumkin.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
251
Har bir usulning o‘ziga xos kamchiliklari mavjud bo‘lsa
-da, ularning oqilona
qo‘llanishi tarjimaning sifatini oshirishga va
ma'lumotni to‘liqroq saqlab qolishga yordam
beradi. Tarjima usulini tanlashda matnning uslubi va janr xususiyatlarini hisobga olish
zarur, shuningdek, har bir tilning so‘z birikmalarini hosil qilish imkoniyatlariga alohida
e’tibor berilishi kerak.
Xos so‘zlar ma’lum bir xalqlar turmush tushunchalarini anglatadigan lisoniy
birliklar hisoblanadi. Muayyan bir xalq, millat va elatga xos tushuncha, narsa va
hodisalarni aks ettiradigan lisoniy vositalar har qanday asarning milliy xususiyatini
belgilaydigan asosiy vositalardan hisoblanadi. Demak, har qanday badiiy-
g‘
oyaviy
barkamol asar o‘zida birday ham baynalmilallikni, ham milliylikni mujassam etishi bilan
ajralib turadi. Baynalmilallik asarning mazmuni va
g‘
oyasida, milliylik esa uning shaklida
namoyon bo‘ladi
. Badiiy asarning shakli qator jixatlari bilan birga uning tilini, xususan
lu
g‘at tarkibini o‘z ichiga oladi: asarning milliy xususiyati asosan leksik va frazeologik
birliklar yordamida yaratiladi. Baynalmilallik bilan bir qatorda milliylik xususiyatini ham
o‘zida mujassam etgan tilning lug‘at tarkibi o‘zi mansub bo‘lgan til jamoasining moddiy
-
ijtimoiy hayotini, chunonchi, milliy urf-
odat va an’analarini, geografik tasavvurini,
ma’naviyati va dunyoqarashini, diniy e’tiqodini, axloqiy me’yorlarini, tafakkur
yo‘nalishini moddiy aks ettiradi. Tillar orasidagi tafovut esa odatda bir xalq moddiy
hayotida mavjud muayyan tushunchalar, voqea-hodisalar, urf-odatlarning ikkinchi xalq
turmush tarzida uchramasligi, shu tufayli ular nomlarining ham ayni xalq tilida tabiiy
ravishda yo‘qligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, lug‘
aviy ekvivalentlik munosabatida
bo‘lgan ayrim ikki til juftliklari bir
-
birlaridan biror xususiyatlari bilan o‘ziga xos ravishda
farq qilishlari mumkin. Bu xol til birliklarining milliy xususiyatini belgilash barobarida,
ularning tarjimada o‘zaro almashinuvlariga to‘sqinlik qiladi.
Asliyatning o‘ziga xosligi asosan uning tarkibidagi lisoniy vositalarning milliy
xususiyati bilan belgilanar ekan, asliyatning badiiy-
g‘
oyaviy zaminini asliy monand
tikla
sh asarning milliy bo‘yog‘
ini qayta yaratish bilan bo
g‘
liqdir. Shuning uchun ham
tarjimada milliy xususiyatni tiklash masalasi keyingi paytlarda tarjimonlarning ham,
tarjimashunoslarning ham e’tiborini o‘ziga borgan sari ko‘proq tortib kelmoqda. Chunki
tar
jimaviy nuqsonlarning ko‘pchiligi milliy xususiyatni aks ettiradigan til vositalari
ulushiga to‘g‘
ri kelmoqda.
Kitobimizda bir necha barobar uchratganimiz Oltin O‘rda joy nomini tarjima
qilishda ham o‘zini transliteratsiya usulida qoldirdik. O‘rda so‘zi O‘
zbek tilining izohli
lu
g‘
atida quyidagicha yoritib berilgan:
1. Turkiy va moʻgʻul xalqlarida hukmdor, xon qarorgohi, qalʼa.
Yusufbek hoji boshliq yer-
u koʻkka sigʻmagan muzaffar xalq oʻrda tevaragini
qurshab tushdi. A.
Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Mullajon yoshligida Qoʻqon xoni oʻrdasi oldidagi kazarma maydonida otda mashq
qilayotgan soldatlarni koʻrib, soldat boʻlishni orzu qilardi. A.
Rahmat, Ellik bir bahodir
2. Qoʻshin qarorgohi, lashkargoh.
Harbiy harakatlar vaqtida oʻrda atrofi xandaq bilan oʻ
ralgan.
Biz uchratgan jumlalardan birisini misol tariqasida oladigan bo‘lsak:
The Oltin Orda language was formed under the strong influence of Khorezm language.
Zero, tarjima amaliyotida xanuzgacha yo‘l qo‘yib kelinayotgan xato va
kamchiliklarning ko‘pch
iligi tarjimada milliy xususiyatni tiklash bilan bo
g‘liq bo‘lib,
bu masala hanuzgacha nazariy jixatdan ham, amaliy xususdan ham qoniqarli darajada hal
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
252
qilingan emas. Ilmiy adabiyotda xalqlar turmush tushunchalarini ifoda etadigan leksik
birliklarni qaysi paytlarda tarjima amaliyotining qanday sinalgan usullari vositasida
talqin etish lozimligi haqida yagona fikr uchramaydi. Tarjimaning ijodiy jarayonligi
tufayli, bunday fikrning uchrashi ham amri mahol. Biroq bayon etilgan ilmiy-tanqidiy
fikr-muloxazalar t
arjimonning muayyan xolatda qanday yo‘l tutishi lozimligi haqidagi
tasavvurini boyitadi, uning amalda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan turli
-tuman tasodifiy
tugunlarni yechishiga ko‘maklashadi, unda amaliy mushkulotlarni moxirona yengish
malakasini hosil qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tarjima jarayonida vazifaviy moslikni ta’minlash,
asliyatdagi ifoda vositalarining hajmi, vazni, sifati va vazifasini qayta tiklashni talab
qiladi. Bu nafaqat tarjima qilinayotgan matnni keng kitobxonlarga tushunarli qilib taqdim
etish imkoniyatini yaratadi, balki tarjima tilida mazmunning to‘liq va aniq aks ettirilishini
ham ta’minlaydi. Xos so‘zlarni boshqa tilga o‘girishda, ularning ma’lum kontekstdagi
axboriy va uslubiy vazifalarini aniqlash, so‘ngra tarjima tilida
shularga mos keladigan,
lekin shu bilan birga o‘sha tilning me’yorlariga mos lisoniy vositalarni tanlash zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. Сб. «Мастерство
перевода». _М., 1970, с. 438.
2.
Росселс Вл. Перевод и национальное своеобразие подлинника. Сб,
«Вопросы художественного перевода». М., 1955, с. 169.
3.
Salomov F. Til va tarjima. Toshkent, 1966, 165-bet.
4.
K. Jo‘rayev “Tarjima san’ati” 49
- bet.
5.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” Izoh.uz
