133
2025/№ 3
PEDAGOGIKA
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MA’NAVIY- MA’RIFIY
QIYOFASINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
NIYOZOVA MAFTUNA NORMAXMAT QIZI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi
E-mail:
Tel: +998 99 673-46-48
UDK: 372.3/4
https://orcid.org/0009-0004-4903-580X
Kalit so‘zlar:
maktabgacha yosh,
ma’naviyat,
ma’rifat, tarbiya,
qadriyatlar,
tarbiyachi,
oila, pedagogika.
Annotatsiya:
Bugungi globallashuv, texnologik taraqqiyot
va axborot oqimining tezlashuvi davrida yosh avlodni milliy
qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularning ma’naviy-ma’rifiy
dunyoqarashini shakllantirish masalasi tobora dolzarb bo‘lib
bormoqda. Ayniqsa, shaxs kamolotining ilk bosqichi
hisoblangan maktabgacha yosh davrida bolalarga milliy
g‘oya, axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik, hurmat, odob kabi
qadriyatlarni singdirish orqali kelajak avlod tarbiyasiga
mustahkam
poydevor
yaratiladi.
Ushbu
maqolada
maktabgacha
yoshdagi
bolalarning
ma’naviy-ma’rifiy
qiyofasini shakllantirish jarayonining o‘ziga xos jihatlari tahlil
qilinadi. Bolalarning ruhiy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan kamol
topishida oila, tarbiyachi va ta’lim muassasalarining o‘rni
atroflicha yoritiladi. Pedagogik kuzatuv, suhbat, tahlil va
eksperiment
usullaridan
foydalangan
holda
dolzarb
muammolarni aniqlandi hamda samarali yechimlar taklif
etildi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi va milliy qadriyatlar
asosida tarbiyaviy faoliyatni takomillashtirish zarurligi
asoslab beriladi.
134
2025/№ 3
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОСОБЕННОСТЕЙ ФОРМИРОВАНИЯ
ДУХОВНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬНОГО ОБРАЗА ДЕТЕЙ
ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА
Ключевые слова:
дошкольный
возраст,
духовность,
просвещение,
воспитание,
ценности,
воспитатель,
семья,
педагогика.
Аннотация:
В современную эпоху глобализации,
технологического прогресса и ускорения потока
информации вопрос воспитания молодого поколения на
основе национальных ценностей, формирования их
духовно-просветительского мировоззрения становится
все более актуальным. Особенно в дошкольном возрасте,
который считается первым этапом развития личности,
закладывается прочный фундамент для воспитания
будущего поколения путем привития детям таких
ценностей, как национальная идея, нравственные
качества, патриотизм, уважение, хорошие манеры. В
данной статье анализируются особенности процесса
формирования духовно-просветительского облика детей
дошкольного возраста. Подробно освещается роль семьи,
воспитателя и образовательных учреждений в духовном,
нравственном и социальном развитии детей. С помощью
методов педагогического наблюдения, беседы, анализа и
эксперимента были выявлены актуальные проблемы и
предложены
эффективные
решения.
Также
обосновывается
необходимость
совершенствования
воспитательной деятельности на основе устного
народного творчества и национальных ценностей.
IMPROVEMENT OF THE SPECIFICS OF THE FORMATION OF
THE SPIRITUAL AND EDUCATIONAL IMAGE OF
PRESCHOOL CHILDREN
Keywords:
preschool age,
spirituality,
enlightenment,
upbringing,
values, educator,
Abstract:
In today’s era of globalization, technological
progress, and the acceleration of information flows, the issue
of educating the younger generation based on national values
and forming their spiritual and educational worldview is
becoming increasingly relevant. Especially during the
preschool period, which is considered the first stage of
135
2025/№ 3
family, pedagogy.
personality development, a solid foundation is created for the
upbringing of the next generation by instilling in children
such values as national idea, moral qualities, patriotism,
respect, and manners. This article analyzes the specific
aspects of the process of forming the spiritual and educational
image of preschool children. The role of the family, educator,
and educational institutions in the spiritual, moral, and social
development of children is comprehensively covered. Using
the methods of pedagogical observation, conversation,
analysis, and experiment, topical problems were identified
and effective solutions were proposed. The necessity of
improving educational activities based on folklore and
national values is also substantiated.
KIRISH
Ma’naviy va ma’rifiy qadriyatlar har qanday jamiyat taraqqiyotining asosi
hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, bolalik davridan boshlab shaxsda yuksak axloqiy
fazilatlar, milliy g‘urur, Vatanga sadoqat, ezgulik kabi tushunchalarni shakllantirish
davlatimizning ustuvor vazifalaridan biridir. Maktabgacha yosh esa shaxs
kamolotining boshlang‘ich va eng nozik bosqichi bo‘lib, bu davrda bola ongiga
singdirilgan tushuncha va qadriyatlar uning butun hayotiga ta’sir etadi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangi
tarbiya” g‘oyasi ilg‘or tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiya
qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Bu jarayonda bolalarning ma’naviy-ma’rifiy
qiyofasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim [1, 4].
Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar
bolalarning ruhiy-axloqiy olamiga, ularda vatanparvarlik, odob, hurmat, mehr-oqibat,
halollik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu
jarayon oila, tarbiyachi va ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik asosida amalga
oshirilgandagina samarali bo‘ladi [2, 6].
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy-ma’rifiy
qiyofasini shakllantirish jarayonining mazmuni, dolzarbligi, asosiy tamoyillari va
uslublari tahlil qilinadi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyati,
tarbiyachilarning kasbiy-ma’naviy saviyasi va ota-onalar bilan hamkorlikda olib
boriladigan ishlarning natijadorligini oshirish yo‘llari yoritiladi.
METODLAR
Tadqiqot davomida ilmiy-pedagogik metodlardan quyidagilar qo‘llanildi:
136
2025/№ 3
–
Ilmiy tahlil:
maktabgacha ta’limga oid dasturlar, qonun hujjatlari va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari o‘rganildi;
–
Pedagogik
kuzatuv:
bolalarning
kundalik
faoliyati
va
tarbiyaviy
mashg‘ulotlardagi ishtiroki baholandi;
–
Suhbat:
tarbiyachilar, psixologlar va ota-onalar bilan muloqotlar o‘tkazilib,
ularning fikr-mulohazalari tahlil qilindi;
–
Eksperiment:
bolalarda ma’naviy-axloqiy tushunchalarni singdirishga
qaratilgan tajribaviy mashg‘ulotlar tashkil etilib, natijalari o‘rganildi.
NATIJALAR
Farzand dunyoga kelganidan boshlab, eng avvalo, oilada, ayniqsa, ota-ona
mehriga, ularning e’tibori va tarbiyasiga muhtoj bo‘ladi. Aynan ana shu muhabbat va
tarbiya orqali bolaning ichki dunyosi, dunyoqarashi, axloqiy qarashlari hamda
ijtimoiy qadriyatlarga bo‘lgan munosabati shakllanadi.
Ota-onaning mehribonligi, e’tiborli va sabrli bo‘lishi bolaning qalbida ishonch,
samimiylik va mehr-oqibat tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ular farzand uchun nafaqat
moddiy, balki ma’naviy tayanch bo‘lishi zarur. Har bir so‘zda, har bir harakatda mehr
va ezgulik mujassam bo‘lsa, bu bola tarbiyasida albatta o‘z aksini topadi.
Bola tarbiyasida ota-onaning shaxsiy namunasi eng kuchli saboq hisoblanadi.
Farzand ota-onaning so‘zidan ko‘ra ularning amaliy harakatlari, muomalasi va odob-
axloqidan saboq oladi. Shu sababli ota-ona avvalo o‘zini tarbiyalashi, farzandiga har
tomonlama ibrat bo‘lishi lozim. Bolaning barkamol shaxs sifatida shakllanishida ota-
onaning mehr-muhabbati hamda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi beqiyos o‘rin tutadi [3,
67].
Bola o‘z atrofidagilardan, ayniqsa, unga yaqin bo‘lgan tarbiyachi va ustozlardan
namuna oladi. Ularning harakati, nutqi, muomalasi, kiyinish madaniyati va
muammolarga bo‘lgan munosabati – bularning barchasi bolaning ongida aks etadi
hamda uning shaxsiyati shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Tarbiyachi nafaqat bilim beruvchi, balki bolaning ma’naviy ustozidir. U qanday
so‘zlasa, qanday munosabat bildirsa – bola aynan shunday bo‘lishga intiladi. Shu
sababli tarbiyachining har bir harakati, hatto mayda-ko‘rinadigan xatti-harakatlari
ham tarbiyaning kuchli vositasidir.
Agar tarbiyachi halol, mehnatkash, xushmuomala va adolatli bo‘lsa, bu sifatlar
bolalarga ham singadi. Aksincha, beparvolik, e’tiborsizlik yoki salbiy xatti-harakatlar
bolalar shaxsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [4, 82]. Shu bois tarbiyachining o‘zi, eng
avvalo, ma’naviy barkamol, sabrli, bag‘rikeng va o‘z kasbini sidqidildan sevuvchi
inson bo‘lishi zarur. Chunki bola og‘zaki nasihatdan ko‘ra ko‘proq amaliy
137
2025/№ 3
namunadan o‘rnak oladi.
Tadqiqot jarayonida quyidagi asosiy natijalarga erishildi:
–
Bolalarda ma’naviy-ma’rifiy qiyofaning shakllanishiga ota-onaning mehr-
muhabbati va tarbiyasi bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
–
Tarbiyachining shaxsiy namunasi – bu bolalar uchun eng kuchli va ta’sirchan
tarbiya vositasidir.
–
Xalq og‘zaki ijodi – jumladan ertaklar, maqollar, topishmoqlar va hikmatli
so‘zlar – bolalarning dunyoqarashini shakllantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat
qiladi.
–
Milliy urf-odatlar, bayramlar, teatr sahnalashtirishlari va rolli o‘yinlar orqali
bolalarga axloqiy fazilatlar chuqur singdiriladi.
–
O‘yinlar va ijodiy mashg‘ulotlar bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish
hamda axloqiy qarashlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
–
Tarbiyachining shaxsiy namunasi – bu bolalarning qalbida ezgulik urug‘larini
qadash, ularni komil inson etib tarbiyalashda eng muhim va samarali omil
hisoblanadi.
MUHOKAMALAR
Bolalarning ma’naviy-ma’rifiy kamolotida integratsiyalashgan yondashuv eng
muhim omillardan biri hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning
har tomonlama rivojlanishini ta’minlash hamda ularni komil inson etib voyaga
yetkazish dolzarb vazifalardan sanaladi. Ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya sohasi
keng ko‘lamli va tizimli yondashuvni talab qiladi. Shu nuqtayi nazardan,
integratsiyalashgan yondashuv – ya’ni oilaviy, pedagogik, milliy va ijtimoiy
omillarning uzviy bog‘liqligi asosida olib boriladigan tarbiya samarali natijalarga olib
keladi.
Tarbiyaviy faoliyatga ota-onalarni jalb etish alohida ahamiyatga ega. Farzand
tarbiyasida eng yaqin ijtimoiy muhit bo‘lgan oila hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu bois
ota-onalar bilan muntazam muloqot qilish, ularning pedagogik va psixologik
bilimlarini oshirish orqali oila hamda bog‘cha hamkorligini mustahkamlash lozim. Bu
esa tarbiya jarayonini yaxlit tizimga aylantirishga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim dasturlariga milliy ma’naviyat asoslari, urf-odatlar va
qadriyatlar haqidagi maxsus bo‘limlar kiritilishi zarur [5, 69]. Bu esa bolalarda o‘z
millatiga hurmat, tarixiy xotiraga sadoqat, vatanparvarlik, ezgulik va odob-axloq
tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, xalq ertaklari, maqollar, milliy
bayramlar va rasm-rusumlar orqali ushbu qadriyatlarni bolaga yoshlikdan boshlab
singdirish maqsadga muvofiqdir.
138
2025/№ 3
Tarbiyachilarni tayyorlash jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlar —
treninglar, interfaol mashg‘ulotlar, kreativ metodikalar asosiy o‘rin tutishi lozim.
Chunki bugungi bola axborotga boy muhitda ulg‘aymoqda va u bilan ishlash uchun
tarbiyachilar doimiy yangilanishga, kasbiy o‘sishga intilishi zarur.
Bolalarning ma’naviy-ma’rifiy kamolotida integratsiyalashgan yondashuv –
ya’ni tarbiya jarayonida barcha ishtirokchilarning yagona maqsad sari harakat qilishi
muhimdir [6, 2]. Bu yondashuv bolalarning ichki dunyosini boyitib, ularni kelajakda
ma’naviy yetuk, vatanparvar, ezgulik va insonparvarlik ruhida tarbiyalangan shaxslar
etib voyaga yetkazishga xizmat qiladi.
Olingan natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bolalarning ma’naviy-ma’rifiy
kamolotida integratsiyalashgan yondashuv eng muhim omil hisoblanadi. Jumladan:
a) tarbiyaviy faoliyatga ota-onalarni jalb qilish, ularning bilimini oshirish kerak;
b) maktabgacha ta’lim dasturlariga milliy ma’naviyat asoslari, milliy urf-odatlar
va qadriyatlar haqida maxsus bloklar kiritilishi lozim;
c) tarbiyachilarni tayyorlashda zamonaviy metodlar – trening, interfaol
mashg‘ulotlar, kreativ metodikalar asosiy o‘rin tutishi kerak;
d) o‘zbek xalqining madaniy boyligi, urf-odatlari, odob-axloq mezonlari yosh
bolalarga oson, sodda va obrazli shaklda yetkazilishi zarur.
O‘zbek xalqining madaniy boyligi, urf-odatlari, odob-axloq mezonlarini yosh
avlodga sodda, tushunarli va obrazli shakllarda yetkazish kerak. Bolalar uchun
ertaklar, sahna ko‘rinishlari, milliy o‘yinlar va musiqalar bu maqsadga xizmat
qiladigan eng samarali vositalardir.
XULOSA
Maktabgacha yoshdagi bolalar – bu hayotga, dunyoqarashga va axloqiy
qadriyatlarga ilk qadamlarini qo‘yadigan yosh guruhidir. Shu bois ularning ma’naviy-
ma’rifiy qiyofasini shakllantirish, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim
jarayonida bolalarning ichki dunyosini rivojlantirish, axloqiy-psixologik me’yorlarni
o‘rgatish va milliy qadriyatlarni singdirish muhim vazifadir.
Bundan tashqari, bolalar tarbiyasida oila, jamiyat va ta’lim muassasalarining
o‘zaro integratsiyalashgan faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalarning tarbiyaviy
faoliyatga jalb qilinishi, maktabgacha ta’lim dasturlarida milliy ma’naviyat
asoslarining kiritilishi, tarbiyachilarning zamonaviy metodik yondashuvlarga
asoslangan ta’lim usullarini qo‘llashi – bularning barchasi bolalarning ma’naviy-
ma’rifiy shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi.
Ma’naviy-ma’rifiy qiyofa shakllanishidagi asosiy tamoyillar, shuningdek,
bolalar uchun ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni sodda va tushunarli shaklda yetkazish,
139
2025/№ 3
milliy urf-odatlar va an’analarga hurmatni yoshligidan shakllantirish hamda zamon
bilan hamohang ta’lim metodlaridan foydalanishni taqozo etadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy
tarbiyani yangi bosqichga olib chiqish uchun quyidagi choralarni ko‘rish zarur:
–
tarbiyachilar uchun metodik qo‘llanmalar yaratish;
–
bolalar bog‘chalarida teatr to‘garaklari, “ertalabki suhbatlar”, ertak aytish
mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish;
–
ota-onalar bilan hamkorlikda “Milliy qadriyat haftaligi” kabi tadbirlarni
o‘tkazish;
–
har bir mashg‘ulotda axloqiy tushuncha va fazilatlarni uyg‘un tarzda singdirish.
Shu sababli bolalarni ma’naviy va madaniy jihatdan boy, barkamol shaxslar etib
tarbiyalash uchun yuqoridagi tamoyillarni takomillashtirish va ularni amaliyotda
samarali qo‘llash zarur. Bunday tizimli yondashuv nafaqat bolalarning ma’naviy
dunyosini rivojlantirishga, balki ular hayotining har jihatida to‘g‘ri yo‘nalishda
ulg‘ayishiga ham xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Ma’naviyatni
yuksaltirish va ma’rifat targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-5040-sonli qarori. 2021.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi. Maktabgacha ta’limda
tarbiyaviy ishlar dasturi. – Toshkent, 2022.
3.
Jo‘rayev Q. Bolalar psixologiyasi va axloqiy tarbiya asoslari. – Toshkent: Fan,
2020. – B. 200.
4.
To‘rayev N. Milliy qadriyatlar asosida tarbiya. – Samarqand, 2021. – B. 150.
5.
Abdurahmonova Sh. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash metodikasi. –
Toshkent, 2019. – B. 180.
6.
UNESCO. UNESCO materials on early childhood education. URL:
