ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ
ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ
68
2023 йил 6 декабрь
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING FUQAROLARNI O‘ZINI O‘ZI
BOSHQARISH ORGANLARI RAISLARI BILAN HAMKORLIK
FAOLIYATIGA TO‘SQINLIK QILAYOTGAN ASOSIY KAMCHILIKLAR
Sadinov Samandar Hoshimjon o‘g‘li,
O‘zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi kunduzgi ta ’lim kursanti
Bugungi kunda respublikamizda ichki ishlar organlari faoliyatining
samaradorligini oshirish, uni yangi bosqichga ko‘tarish, zamon talablariga mutlaqo
mos keluvchi tizimga aylantirish, soha xodimlarining har qanday vaziyatda aholi
bilan hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev raisligida 2020-yil 12-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektorda ko‘plab
dolzarb masalalar qatorida huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurash mavzusi ham
ko‘tarilib,
mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni
mustahkamlash, mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning huquqlari,
erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish masalalari
bo‘yicha bir qator yangi takliflar va tashabbuslar ilgari surildi.
Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni
to‘laqonli bajarish uchun har bir xodim keng dunyoqarashli, yuksak ma’naviyat
sohibi bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda profilaktika inspektorlari ham ichki ishlar
organlarining keng dunyoqarashli, yuksak ma’naviyatli xodimi sifatida mahalla va
oila masalalari bo‘yicha haqiqiy vakili bo‘lishi zarur. Bugungi kunda profilaktika
inspektori zimmasiga yuklatilgan barcha funksiyalarni samarali bajarish har
tomonlama hududda kriminogen vaziyatni o‘rganishni, tahlil qilib borishni talab
qiladi. Shuningdek, fuqarolar profilaktika inspektorlari qiyofasida o‘zlarining
huquqlarini, erkinliklarini himoyalovchi, qonuniy manfaatlarini muhofaza qiluvchi
ichki ishlar organining vakilini ko‘rmog‘i lozim. Buning uchun, eng avvalo,
profilaktika inspektorlari har tomonlama bilimli, malakali, dunyoqarashi keng
ko‘lamli va ichki ishlar organlariga mos kadr bo‘lishi kerak. Ushbu masalada, avvalo,
Prezidentimizning 2021-yil 30-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari profilaktika
inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori xususida to‘xtalib o‘tish joiz. Unga asosan, 2022-
2023 o'quv yilidan boshlab ichki ishlar organlarida uch yildan ortiq ish stajiga ega
bo‘lgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlarini Jamoat
xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya
sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat oliy ta’lim
muassasalariga kirish imtihonlarisiz sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish tartibi
joriy etiladi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bundan
mustasno. Q‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda
kontrakt mablag‘lari respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan Ichki ishlar vazirligi
orqali to‘lab beriladi.
ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ
ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ
69
2023 йил 6 декабрь
Ushbu qarorga asosan, profilaktika inspektorlarining hududda, xususan, shahar
va qishloq sharoitida faoliyat yuritishi bo‘yicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi
“shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellarini amaliyotga joriy etish
choralarini ko‘rish va ular bo‘yicha o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish ham ko‘zda
tutilgan.
Bularning barchasi profilaktika inspektorlari - ichki ishlar organlarining
mahalla va oila masalalari bo‘yicha haqiqiy vakili sifatida xalq manfaatlariga xizmat
qilishi uchun joriy etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat
xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 2021-yilning 29-noyabr kunidagi farmoniga muvofiq, mahallada
jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari profilaktika
inspektorlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar maqbullashtirish va ularning yagona
ro‘yxati ushbu farmonning 4-ilovasida belgilab qo‘yildi. Shuningdek, hujjatda
profilaktika inspektorlarini ularning vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq
bo‘lmagan tadbirlarga jalb qilish hamda faoliyatiga asossiz aralashish taqiqlab
qo‘yildi. Shu o‘rinda, joriy yilning 12 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektorda ham
fuqarolar yig‘inlarining faoliyatiga xos bo‘lmagan 50 dan ortiq vazifa bekor qilinishi,
profilaktika inspektorlariga yuklatilgan ortiqcha topshiriqlar ham keskin
qisqartirilishi belgilandi.
Ayni paytda, profilaktika inspektorlari bilan bir qatorda fuqarolarni o‘zini- o‘zi
boshqarish organi raislariga ham keng vakolatlar belgilanmoqda. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni
sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-
qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmoniga muvofiq, mahalla raislarining vakolatlarida ahamiyatga molik o‘zgarishlar
kiritilganligini ko‘rishimiz mumkin. Hujjatda belgilanishicha, fuqarolar yig‘ini
raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajarish
profilaktika katta inspektori, ushbu lavozim mavjud bo‘lmagan taqdirda profilaktika
inspektori zimmasiga yuklatilganligining guvohi bo‘lamiz. Bu esa, o‘z o‘rnida,
mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, mahalla hududida istiqomad
qiluvchi fuqarolarning huquqlari, erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilikning
barvaqt oldini olish masalalarida profilaktika inspektorlari va mahalla raislarining
o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishini belgilab beradi.
Profilaktika inspektorlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
raislarining o‘zaro hamkorligi mahallaning har tomonlama yuksalishi uchun, sodir
etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldi olinishi uchun, hududda
istiqomad qiluvchi aholi qatlamining huquqlari, erkinliklari, osoyishtaligi uchun va
eng muhimi mamlakatimiz rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi desak,
mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo, afsuski, bugungi kunda mahallalarda profilaktika
inspektorlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari raislari o‘rtasida
hamkorlik faoliyatida qator kamchiliklar va to‘siqlarni ko‘rishimiz mumkin.
Jumladan: 1) mahallalarda saylanayotgan raislarning o‘z faoliyatiga to‘liq kirishib
keta olmasligi; 2) mahalla raisligiga saylanayotganlarning yosh jihatdan ancha
ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ
ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ
70
2023 йил 6 декабрь
yoshligi va buning natijasida hayot masalalarida yetarli tajribaga ega emasligi; 3)
mahalla raislarining fuqarolarni tinglash va ularning masalalarini to‘liq hal etishda
sovuqqonlik bilan harakat qilishi; 4) mahalla raislarining fuqarolar yoxud profilaktika
inspektorlari bilan o‘zaro ziddiyatga borishi; 5) profilaktika inspektor- larining
huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosar
sifatida mahalla raislariga
bo‘ysunmasligi; 6) profilaktika inspektorlari va mahalla raislarining o‘zaro
hamkorligiga uchinchi shaxslarning aralashuvi; 7) profilaktika inspektorlarining
yetarli bilimga ega emasligi va axloq-odob normalariga yetarli darajada amal
qilmasligi; 8) mahalla raislari yoki profilaktika inspektorlarining o‘z hududida uzoq
vaqt ishlamasligi holati va bu shu mahallaning aholisi, ularning muammolari, notinch
oilalar, huquqbuzarliklar keltirib chiqaruvchi omillarni to‘liq o‘rganib, ularni bartaraf
etish chora-tadbirlarini ko‘rishda asosiy to‘siqqa aylanayotgani; 9) shu bilan bir
qatorda, profilaktika inspektorlarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari bilan
hamkorlikdagi faoliyatida faollar, ko‘pni ko‘rgan oqsoqollar, tajribali nuroniylarning
fikriga unchalik ham ahamiyat qaratmayotganligi; 10) yana bir salbiy jihatlardan biri
bu ushbu hamkorlik faoliyatida “latent jinoyatchilik”ka yo‘l qo‘yayotganligi ham
profilaktika inspektorining, ham fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi
raisining faoliyatida asosiy ko‘zga ko‘rinayotgan kamchiliklar va to‘siqlar deb
qarasak bo‘ladi. Ushbu yuqoridagi profilaktika inspektorlari va fuqarolarning o‘zini-
o‘zi boshqarish organi raislari hamkorlik faoliyatida yaqqol namoyon bo‘luvchi
kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmas ekan mamla- katimizning rivoji
uchun ko‘zlangan maqsadlarga erishishimizda qator to‘siqlarga duch kelishimiz
mumkin.
Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish uchun 12-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘i-
lishdagi yurtboshimizning fuqarolar yig‘inlarining faoliyatiga xos bo‘lmagan 50 dan
ortiq vazifa bekor qilinishi va profilaktika inspektorlariga yuklatilgan ortiqcha
topshiriqlar keskin qisqartirilishi yuzasidan bildirgan fikrlari ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Avvalo, profilaktika inspektorlari o‘z sohasining ustasi bo‘lib, vakolat-
lari doirasidagi har bir ishga jiddiy yondashishi lozim. Shuningdek, profilaktika
inspektorlari fuqarolar bilan ishlashda nafaqat xodim balki, yaxshi inson sifatida
faoliyat yuritishi maqsadga muvofiqdir. Shu jumladan, mahalla raislari ham
profilaktika inspektori bilan hamkorlik o‘rnatayotgan chog‘da o‘zaro hurmatga
alohida ahamiyat qaratishi darkor. Shundagina, fuqarolar huquqlari, erkinliklari,
qonuniy manfaatlari, jamoat xavfsizligi, yurt osoyishtaligi va muhimi mahalla
rivojiga erishishi mumkin.
Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligini tashkil etish haqida taklifi mutasaddi tashkilotlarning «bir
yoqadan bosh chiqarib», yagona maqsad yo‘lida faoliyat ko‘rsatishlarini ta'min- lash,
bir so‘z bilan aytganda, joylarda muammolarni hal qilishning yaxlit va ta'sirchan
vertikal tizim sifatida «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan yangi
tizimni joriy etish, ushbu noyob tuzilmaga hurmat tuyg‘usini shakllan- tiradigan
sahna asarlari va badiiy filmlar yaratish yuzasidan bergan ko‘rsatmalari chuqur va
puxta o‘ylab qabul qilgan qarori bo‘ldi.
Prezident matbuot xizmati xabarida «Xususan, mahallalarda 18 mingdan ortiq
ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ
ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ
71
2023 йил 6 декабрь
xodim faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa-da, ularning ishi samarali tashkil
etilmagan. Oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi
holatlarning oldini olish bo‘yicha tizim yo‘lga qo‘yilmagan. Oqibatda ayrim
mahallalarda notinch oilalar, huquqbuzarliklar ko‘paygan. Shuningdek, xotin- qizlar
va voyaga yetmaganlar orasida o‘z joniga suiqasd qilish holatlari uchrayot- gani juda
achinarli. «Oila - muqaddas» degan azaliy va ezgu g‘oya qadrsizlanib, ming yillik
milliy qadriyatlarimiz zavol topar ekan, bu kabi og‘riqli holatlarni kamaytirib
bo‘lmaydi. Buning uchun mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqishi
kerak. Chunki faollar, ko‘pni ko‘rgan oqsoqollar, tajribali nuroniylarimiz, agar istasa,
jamoatchilik bilan birgalikda har qanday muammoni hal qilishga, xato qilgan
yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solishga qodir», deya alohida ta’kidlab keltirilgan fikrlarning
barchasi bugungi kunda eng asosiy ish profilaktika inspektorlari va mahalla
raislarining o‘zaro hamkorligini to‘g‘ri tashkil etishga borib taqaladi.
Yuqoridagi kamchiliklar va yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni inobatga olib, quyidagi
takliflarni aytib o‘tish joiz deb topdik. Xususan, mahalla raislari bilan profilaktika
inspektorlari o‘zaro hamkorlik o‘rnatayotgan vaqtda o‘zaro hurmatga, kasbiga
sadoqatli bo‘lishga, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini har narsadan ustun
ko‘rishga va asosiysi, odamiylik chegarasidan chetga chiqmaslikka alohida e’tibor
qaratishi lozim. Shuningdek, o‘z hududlarida sodir etilayotgan huquq- buzarliklar,
ayniqsa, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar masalalariga jiddiy yondashuvni yo‘lga
qo‘yishi darkor. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, mahallada sodir etilgan har bir
jinoyat favqulodda holat deb hisoblanishi kerak.
Takliflarimizning asosiylaridan yana biri bu profilaktika inspektorlarining
vakolatlarini yanada kengaytirish masalasidir. profilaktika inspektorlarining
ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksdagi o‘z vakolat doirasiga kiradigan
moddalar sonining oshirilishi, huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan mahalla-
ning o‘zida profilaktika inspektori tomonidan chora ko‘rilishi, jazoning
muqarrarligini ta'minlaydi, qonun ustuvorligini namoyon etadi. Shuningdek,
fuqarolarimizning qonunlarga rioya etishlarini ta'minlaydi hamda qog‘ozbozlikni,
ortiqcha sarf-xarajatlarni, sarsongarchiliklarni kamayishiga olib keladi. Har bir
mahallada profilaktika inspektori lavozimi jamlanishi hamda uning mahalla raisi-
ning o‘rinbosari bo‘lib xizmat qilishi, hududdagi kriminogen vaziyatni barqaror-
lashtirishda, eng muhimi ichki ishlar idoralarining mahalladagi vakili sifatida emas,
aksincha mahallaning ichki ishlar idoralaridagi vakili sifatida faoliyat yuri- tishini
ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mahallani obodonlashtirishda,
fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlashda, hududda sodir etilayotgan huquq-
buzarliklarga qarshi kurashda, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, xotin-qizlar
jinoyatchiligiga qarshi choralar ko‘rishda, oila-turmush masalalarida bir so‘z bilan
aytganda, yurt tinchligi va rivoji, fuqarolar osoyishtaligi uchun profilaktika
inspektorlari o‘z faoliyatlari davomida mahalla raislari bilan o‘zaro hamkorlikni
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi bu juda ham muhim masala hisoblanadi. Zero, yurtbo-
shimizning Shavkat Miromonovich Mirziyoyev: “Biz profilaktika inspektori
tekshiruvchi yoki nazoratchi emas balki, barcha hayotiy masalalarda mahalla ahliga
ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИКНИ ОЛДИНИ
ОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ
72
2023 йил 6 декабрь
ko‘mak beradigan, chinakam yelkadosh, yonma-yon turadigan kuch bo‘lishini vazifa
qilib qo‘ydik” degan fikrlari bosqichma-bosqich o‘z tasdig‘ini topmog‘i lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
2021 yil 30 noyabr “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining
yuridik yc‘nalishdagi bilimlarini oshirish bc‘yicha qc‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarori
2.
“O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va
uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27
3.
“Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini
yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi
darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5938-son
4.
“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish haqida”gi O‘RQ-351-son
5.
www.kun.uz\Profilaktika inspektorlari faoliyatida qanday o‘zgarishlar
kutilyapti?
6.
Югай,
Л.
Ю.
"КРИМИНАЛИСТИЧЕСКИЕ
АСПЕКТЫ
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БИОМЕТРИЧЕСКИХ ДАННЫХ, СОДЕРЖАЩИХСЯ В
СОЦИАЛЬНЫХ
СЕТЯХ." А437
Актуальные
проблемы
борьбы
с
преступлениями и иными правонарушениями: материалы двадцатой
международной научно-практической конференции/под ред.. 2022.
7.
Yugay, L. Y. "Biometrics as a means of monitoring migration processes."
(2022).
8.
9.
Югай, Людмила Юрьевна. "БИОМЕТРИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ
КАК ИНСТРУМЕНТ В БОРЬБЕ С ТЕРРОРИЗМОМ И ЭКСТРЕМИЗМОМ
BIOMETRIC TECHNOLOGIES AS A TOOL IN THE FIGHT AGAINST
TERRORISM AND EXTREMISM." ЭКСТРЕМИЗМ–НОВЫЕ ВЫЗОВЫ
РЕГИОНАЛЬНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ (2022): 81.
10.
Югай, Л. Ю. "Негосударственная судебно-экспертная деятельность в
Республике Узбекистан: становление и развитие." Актуальные проблемы
борьбы с преступлениями и иными правонарушениями 20-1 (2020): 74-76.
11.
Yugay, Lyudmila. "Biometric identification as an innovation in
criminalistics." Society and innovations, Special 7 (2022): 289.
