XORIJIY ISLOM BANKI TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA ISLOM BANKCHILIGINI JORIY ETISH AMALIYOTI TAHLILI

Аннотация

Ushbu maqolada xorijiy islomiy banklar, xususan, Saudiya Arabistonining “Al Rajhi” islom banki tajribasi asosida O‘zbekistonda islom bankchiligini joriy etish imkoniyatlari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Islom moliya tizimi, ayniqsa islom bankchiligi, foiz (ribo)dan voz kechish, foyda va zararni adolatli taqsimlash, shariat qoidalariga rioya qilish kabi tamoyillari bilan moliyaviy risklarni kamaytirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda Al Rajhi bankining asosiy moliyaviy xizmatlari, institutsional tuzilmasi, bank mahsulotlari va ular orqali aholiga taqdim etilayotgan shariatga mos xizmatlar tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu tajribaning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanishi natijasida, islom bankchiligi O‘zbekiston moliya bozorida an’anaviy banklarga muqobil sifatida joriy etilishi aholi ishonchini oshirish va moliyaviy inkluzivlikni kengaytirishda muhim omil bo‘lishi mumkinligi asoslab berilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2021
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
7-15
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sa’dullayeva , G. . (2025). XORIJIY ISLOM BANKI TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA ISLOM BANKCHILIGINI JORIY ETISH AMALIYOTI TAHLILI. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 5(7), 7–15. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ejlfas/article/view/128682
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada xorijiy islomiy banklar, xususan, Saudiya Arabistonining “Al Rajhi” islom banki tajribasi asosida O‘zbekistonda islom bankchiligini joriy etish imkoniyatlari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Islom moliya tizimi, ayniqsa islom bankchiligi, foiz (ribo)dan voz kechish, foyda va zararni adolatli taqsimlash, shariat qoidalariga rioya qilish kabi tamoyillari bilan moliyaviy risklarni kamaytirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda Al Rajhi bankining asosiy moliyaviy xizmatlari, institutsional tuzilmasi, bank mahsulotlari va ular orqali aholiga taqdim etilayotgan shariatga mos xizmatlar tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu tajribaning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanishi natijasida, islom bankchiligi O‘zbekiston moliya bozorida an’anaviy banklarga muqobil sifatida joriy etilishi aholi ishonchini oshirish va moliyaviy inkluzivlikni kengaytirishda muhim omil bo‘lishi mumkinligi asoslab berilgan.


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853

Page 7

ANALYSIS OF THE PRACTICE OF IMPLEMENTING

ISLAMIC BANKING IN UZBEKISTAN BASED ON THE

EXPERIENCE OF FOREIGN ISLAMIC BANKS

Sa’dullayeva Gulnoza Usmonovna

Tashkent State University of Economics,

Teacher of the Department of “International Finance”

https://doi.org/10.5281/zenodo.15827063

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 28

th

June 2025

Accepted: 04

th

July 2025

Online: 05

th

July 2025

This article analyzes the possibilities and practical mechanisms for
introducing Islamic banking in Uzbekistan based on the experience
of foreign Islamic banks, in particular, the Al Rajhi Islamic Bank of
Saudi Arabia. The Islamic financial system, especially Islamic
banking, plays an important role in reducing financial risks and
ensuring economic stability with its principles of renunciation of
interest (riba), fair distribution of profits and losses, and
compliance with Sharia rules. The study analyzes the main
financial services, institutional structure, banking products, and
Sharia-compliant services provided to the population through Al
Rajhi Bank. It is also substantiated that, as a result of the
application of this experience in the conditions of Uzbekistan, the
introduction of Islamic banking as an alternative to traditional
banks in the financial market of Uzbekistan can be an important
factor in increasing public confidence and expanding financial
inclusion.

KEYWORDS

Islamic finance, Islamic
banking, Al Rajhi Bank,
Sharia

principles,

interest-free

finance,

financial stability, risk
sharing,

alternative

finance, takaful, sukuk,
mudarabah, musharaka,
Islamic

microfinance,

Sharia-compliant finance,
financial inclusion.

АНАЛИЗ ПРАКТИКИ ВНЕДРЕНИЯ ИСЛАМСКОГО БАНКА В УЗБЕКИСТАНЕ

НА ОСНОВЕ ОПЫТА ЗАРУБЕЖНЫХ ИСЛАМСКИХ БАНКОВ

Саъдуллаева Гульноза Усмоновна

Ташкентский государственный экономический университет,

Преподаватель кафедры «Международные финансы»

https://doi.org/10.5281/zenodo.15827063

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 28

th

June 2025

Accepted: 04

th

July 2025

Online: 05

th

July 2025



В данной статье анализируются возможности и
практические механизмы внедрения исламского банкинга в
Узбекистане на основе опыта зарубежных исламских банков,
в частности, Al Rajhi Islamic Bank Саудовской Аравии.
Исламская финансовая система, в особенности исламский
банкинг, играет важную роль в снижении финансовых рисков
и обеспечении экономической стабильности благодаря своим
принципам отказа от процентов (риба), справедливого
распределения прибылей и убытков, соблюдения норм
шариата. В исследовании анализируются основные
финансовые

услуги,

институциональная

структура,

банковские продукты и соответствующие шариату услуги,


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853

Page 8

KEYWORDS

предоставляемые населению через Al Rajhi Bank. Также
обосновывается, что в результате применения данного
опыта в условиях Узбекистана внедрение исламского
банкинга как альтернативы традиционным банкам на
финансовом рынке Узбекистана может стать важным
фактором повышения доверия населения и расширения
финансовой инклюзивности.

Исламское
финансирование,
исламский

банкинг,

банк Al Rajhi, принципы
шариата,
беспроцентное
финансирование,
финансовая
стабильность,
распределение рисков,
альтернативное
финансирование,
такафул,

сукук,

мудараба,

мушарака,

исламское
микрофинансирование,
финансирование,
соответствующее
шариату, финансовая
инклюзивность.

XORIJIY ISLOM BANKI TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA ISLOM

BANKCHILIGINI JORIY ETISH AMALIYOTI TAHLILI

Sa’dullayeva Gulnoza Usmonovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “Xalqaro moliya” kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15827063

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 28

th

June 2025

Accepted: 04

th

July 2025

Online: 05

th

July 2025

Ushbu maqolada xorijiy islomiy banklar, xususan, Saudiya
Arabistonining “Al Rajhi” islom banki tajribasi asosida
O‘zbekistonda islom bankchiligini joriy etish imkoniyatlari va
amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Islom moliya tizimi, ayniqsa
islom bankchiligi, foiz (ribo)dan voz kechish, foyda va zararni
adolatli taqsimlash, shariat qoidalariga rioya qilish kabi
tamoyillari bilan moliyaviy risklarni kamaytirish, iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda Al
Rajhi bankining asosiy moliyaviy xizmatlari, institutsional
tuzilmasi, bank mahsulotlari va ular orqali aholiga taqdim
etilayotgan shariatga mos xizmatlar tahlil qilingan. Shuningdek,
ushbu tajribaning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanishi natijasida,
islom bankchiligi O‘zbekiston moliya bozorida an’anaviy
banklarga muqobil sifatida joriy etilishi aholi ishonchini oshirish
va moliyaviy inkluzivlikni kengaytirishda muhim omil bo‘lishi
mumkinligi asoslab berilgan.

KEYWORDS

Islom moliyasi, islom
bankchiligi,

Al

Rajhi

banki, shariat tamoyillari,
foizsiz moliya, moliyaviy
barqarorlik,

risklarni

taqsimlash,

muqobil

moliya, takafful, suquq,
mudoraba, mushoraka,
islomiy

mikromoliya,

shariatga

muvofiq

moliya,

moliyaviy

inklyuziya.


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853

Page 9

Kirish.

Islom moliyasi dunyo bo‘yicha barqaror o‘sib borayotgan yo‘nalish bo‘lib o‘z ichiga: islom

bankchiliga, islom qimmatli qog‘ozlari(suquq), islom sug‘urtasi (takafful), islom fondlari va
boshqa islomiy moliya institutlarni o‘z ichiga oladi. Islom bankchiligi eng rivojlangan islom
moliyasi segmenti hisoblanib, O‘rta Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida yaxshi
rivojlangan. Saudiya Arabistoning “Al-Rajhi” Islom banki dunyo bo‘yicha eng yaxshi rivojlangan
va kapital aylanmasi katta bo‘lgan bank bo‘lib, quyida aynan shu bank misolida mamlakatimiz
islom bankchiligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.

Globallashuv sharoitida barqaror iqtisodiyotga erishish uchun xalqaro va O‘zbekiston

islom moliyasining joriy etish va u bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalar, uning zamonaviy
tendensiyalari, islom moliyasining joriy etishdagi muammolar va kamchiliklar, ularni bartaraf
etishdagi samarali yo‘llar va o‘ziga xos xususiyatlari sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan
xorijlik va yurtimiz tadqiqotchi olimlarning ishlari ma’lum darajada o‘rganilgan. Jumlada, islom
moliyasi tizimi va uning tashkil topish asoslari xorijlik iqtisodchi olimlardan R.F. Bekkin [1],
V.V. Pavlov [2], E. Baydauletov [3], Muhammad Ayub [4] kabilarning ilmiy ishlarida o‘z aksini
topgan.

Mamlakatimiz iqtisodchilaridan esa, А.Vаhоbоv, U. Burxаnоv, N. Jumаyеv [11], N. X.

Erjigitov [12], D.K. Abdurahimova, D.F. Muxitdinova [13], F. Xudoynazarov [14] hаmdа
G.Abduvosidova [15] kаbilаrning ilmiy ishlаridа islom moliyasi faoliyatining ayrim maslalalari
tadqiq qilingan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqola ishidagi muammoni o‘rganish uchun tizimli tahlil, ilmiy mushohada, analiz va

sintez, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Islom moliyasi nafaqat musulmon bo‘lgan davlatlar, balki musulmon bo‘lmagan davlatlar

(Buyuk Britaniya, Italiya)da ham rivojlanib iqtisodiyotga sezilarli darajada ijobiy ta’sir
qilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston, Qozog‘iston kabi iqtisodiyoti rivojlanayotgan
mamlakatlarda islom moliyasi, islom bankchiligini rivojlantirish moliyaviy risklilik darajasi
past bo‘lganligi uchun yaxshi hisoblanadi.

Global islom moliya bozori 3,98 trillion AQSh dollariga teng bo‘lgan 2022-yil, 2027-yilga

borib esa, 5,6 trillion AQSh dollariga teng deb taxmin qilingan. O‘tgan asrda hali yaxshi
rivojlanmagan islom moliyasi oxirgi 10 yil ichida qasholikni kamytirish, mamlakat yashash
farovonligini oshirish, iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir qildi. Foyda va zararni to‘g‘ri
taqsimlashnishi orqali xatto 2008-yil global iqtisodiy inqirozda va COVID-19 pandemiyasi
davrida deyarli zararsiz o‘tti. Aynan shu sabab ham ko‘plab musulmon bo‘lmagan mamlakatlar
ham islom moliyasiga o‘z qiziqishini uyg‘otti. Hozirda 136 ta davlatda 1679 ta islom moliya
institutlari mavjud bo‘lib, dunyo bo‘yicha islom moliya kapitali 17 foizga 2021-yildan 2022-
yilga nisbatan oshgan. Yetakchi mamlakatlar bo‘lib, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Eron kiradi
(1-rasm).


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853

Page 10

1-rasm. Islom moliyasidagi kapitalning mamlakatlar kesimidagi ulushi (2022-yil,

milliard AQSh dollarda) [11]

Yuqoridagi jadvaldan shuni ko‘rsak bo‘ladiki, islom moliyasining deyarlik 4 dan 1 qism

kapitali Eron davlatiga tegishli bo‘lib, Saudiya Arabiston, Malayziya ikkinchi va uchunchi
o‘rinda (606 va 262 milliard AQSh dollari).

Islom bankchiligi islom moliyasida eng ko‘p qo‘llaniladigan va eng katta kapital

aylanmaga ega sektor hisoblanadi. Islom banchiligining shariat qonun qoidalariga asoslangan
bank faoliyat. Islom bankchiligida foyda va zarar adolatli taqsimlanadi va foiz stavkasi bo‘yicha
kreditlar ajratmaydi va omonatga pul qabul qilmaydi. Aynan shular ananaviy banklardan asosiy
farqlari hisoblanadi. Ananaviy bank tomonidan berilgan pul qaytarilinayotganida albatta
ma’lum bir miqdorda foiz stavkasi bilan qaytarilinadi.

Dunyo bo‘yicha umumiy kapital islom banchiligida 2,765 trillion dollarga teng bo‘lib,

islom moliyasining 70 foizni tashkil etadi va 566 ta islom moliya banklariga ega. Quyida 2.2.2-
ramda 4 xil islom banklari ko‘rsatilgan. Son jihatdan eng ko‘p tijorat banki hisoblanib, 456 taga
2022-yil yetibdi. Islomiy investitsiya banki esa, 64 ta bo‘lib, ulgurchi va ixtisoslashgan
banklarning soni deyarlik bir xil 25 va 21 tadan to‘g‘ri kelayapti.

2-rasm. Banklar turlari [6]

1039

606

262

192

134

0

200

400

600

800

1000

1200

Eron

Saudia Arabiston

Malayziya

Birlashgan Arab Amirligi

Quvayt

456

64

25

21

Tijorat banklari

Investitsiya banklari

Ulgurchi banklar

Ixtisoslashgan banklar


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853

Page 11

Islom tijorat banklari asosan aholi bilan ishlagani uchun son jihattan ko‘pdir. Buning

asosiy sababi, Islom bankchiligining barcha xizmatlari shariat qonun qoidalariga asosan ish
tutushidadir va foyda va zararni ham bank ham mijoz teng taqsimlashidadir. Mudoraba,
mushoraka, ijara va vadia islom bankchiligida keng qo‘llaniladigan moliya instrumentlaridir.
Shu sababdan, eng rivojlangan islom banki misolida, uning tajribalari, xizmatlari, moliya
bozoridagi o‘rnini ko‘rib chiqib, mamlakatimiz moliya bozoriga olib kirish yo‘llarini sanab
o‘tamiz. Islom bankchiligini mamlakatimizda mavjud bo‘lgan an’anaviy banklarga muqobil
variant sifatida rivojlantirishimiz, aholi uchun turli moliya mahsulotlarini taklif qilishimiz eng
ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Eng rivojlangan islom banklari Yaqin Sharqda, asosan, Saudiya
Arabistoni, Birlashgan Arab amirligi, Qatarda joylashgan bo‘lib, quyidagi jadval orqali ko‘rib
chiqamiz.

1-jadval
Eng rivojlangan islom banklari reytingi (million AQSh dollarda) [11]

Bank nomi

Mamlakat

Kapital

Sof daromadi

1.

Al Rajhi Bank

Saudiya Arabiston

97.298

12.943

2.

Dubai Islamic Bank

BAA

60.899

8.566

3.

Kuwait Finance House

Quvayt

58.515

6.236

4.

Maybank Islamic

Malaysiya

54.459

2.534

5.

Qatar Islamic Bank

Qatar

42.088

5.334

6.

Abu Dhabi Islamic Bank

BAA

34.085

4.826

7.

Alinma Bank

Saudiya Arabiston

32.398

5.677

8.

Parsian Bank

Eran

31.024

394

9.

Masraf Al Rayan

Qatar

26.723

3.647

10.

Bank Rakyat

Malaysiya

25.846

4.322


Saudiya Arabistoni. Birlashgan Araba Amirlgi va Quvayt islom banklari ham kapital, ham

sof daromadi bo‘yicha kuchli 3 ta bankka ega mamlakatlar hisoblanib, Malayziya, Qatar, Eron
mamlakatlaridagi banklar top 10 ta kapitali ko‘p bo‘lgan islom banklari ekan. 97 milliard 298
million AQSh dollarlik kapitalga ega bo‘lgan Al-Rajhi banki eng yirik banklardan hisoblanadi.
Al-Rajhi banki umumiy ma’lumotlari va bank ko‘rsatadigan xizmatlarini qisqacha yoritib berish
[10].

1957-yilda tashkil topilgan Al-Rajhi banki Yaqin Sharq va Saudiya Arabistonidagi eng

yirik islom banki hisoblanib, umumiy aktivlari 710 mlrd Saudiya Arabistoni riyoli (SAR deb
o‘qilsin) va ularning soni 9300 tadan ko‘pdir. Bank va savdo faoliyatida 60 yildan ortiq tajribaga
ega bo‘lgan Al Rajhi nomidagi turli xil individual muassasalar 1978-yilda Al Rajhi trading and
exchange corporation birlashadi va 1988-yilda bank “Saudiya Arabistoni aktsiyadorlik
jamiyati” sifatida tashkil etildi. Keyinchalik esa, 2006-yilda “Al Rajhi bank” deb nomlandi.
Islomiy bank tamoyillariga chuqur ildiz otgan, shariatga mos keladigan bank guruhi zamonaviy
moliyaviy talablar va shariatning ichki qadriyatlari o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishda
muhim rol o‘ynaydi, shu bilan birga ko‘plab sanoat standartlari va rivojlanishiga rahbarlik
qiladi [9].


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853

Page 12

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan bazasi bilan Al Rajhi bank 515

dan ortiq filiallari, 4 824 dan ortiq bankomatlari, savdogarlar bilan o‘rnatilgan 547 507 POS-
terminallari va 205 pul o‘tkazma markazlaridan tashqari, Qirollikdagi istalgan bankning eng
yirik mijozlar bazasiga egadir [8].

Bank o‘z missiyasini quyidagicha ta’riflaydi: Mahalliy va xalqaro miqyosda o‘zining

innovatsion xizmatlari, odamlari, texnologiyasi va shariatga muvofiq mahsulotlari bilan
hayratga tushgan eng muvaffaqiyatli bank bo‘lish. Al-Rajhi banki Direktorlar Kengashiga ega va
Bank Direktorlar Kengashi har uch yilda bir marta Bosh Assambleya tomonidan saylanadigan
a'zolar yig‘indisini ifodalaydi. A'zolar Kapital bozori organining korporativ boshqaruv
qoidalarida ko‘rsatilgan ta'riflarga muvofiq tasniflanadi. Bundan tashqari Shariat guruhi
mavjud bo‘lib, Al Rajhi operatsiyalarining asosiy ustuni hisoblanadi. Guruh yetakchi islom banki
bo‘lish maqsadini amalga oshirish uchun birgalikda ishlaydigan bir qator integratsiyalashgan
bo‘limlardan iborat. Ushbu maqsadga barcha Al Rajhi bank operatsiyalari shariat qonunlari
tamoyillariga mos kelishini ta'minlaydigan zarur rejalar va siyosatlarni kiritish orqali erishiladi.

Islom banklarida jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar va ularning tavfsi:
- Hassad hisob varag‘i - bu mudorabaga asoslangan omonat hisobvarag‘idir. Bu islom

shariati qoidalariga mos keladi, bunda bank mijozga ushbu hisobvaraqdan pul yechib olish va
omonatga qoʻyish hamda boshqa bank xizmatlarini koʻrsatish shartlariga muvofiq amalga
oshirishda moslashuvchanlik imkonini beradi. Avzalliklari shundaki, hisobvaraq Al Rajhi bank
ilovasi orqali ochiladi, hisobvaraqni ochish va yopish to‘lovlari yo‘q, har oy dividentlar shariat
qonun qoidalariga mos ravishda taqsimlanadi. Kutilayotgan foyda stavkasi quyidagicha: 10000
SAR- 299999 SAR oralig‘idagi pul mablag‘lari uchun yiliga 2.40 foiz, 300000 SAR- 999999 SAR
oralig‘idagi pul mablag‘lari uchun yiliga 2.75 foiz, 1000 000 SAR va undan yuqori pul
mablag‘lari uchun yiliga 3.00 foiz. Yillik ekvivalent stavka yuqoridagi misollardagi turli vaqt
davrlariga qarab farq qilishi mumkin va qaytishi qat'iy emas va o‘zgarishi mumkin. Bu haqda
bankning elektron kanallari orqali mijozlarga vaqti-vaqti bilan e’lon qilinadi.,

- Kelajakdagi hisob varag‘i - islom shariatiga muvofiq jamg‘arma rejasi bo‘lib, mijozning

joriy hisobvarag‘idan avtomatik ravishda oylik summani o‘rnatadi va tizim jamg‘arma
muddatidan kelib chiqib kutilayotgan foydani hisoblab chiqadi. Al Rajhi bank ilovasi orqali
ochilib, avtomatik tarzda necha summa qaysi vaqtgacha ochilishi belgilanadi. Shu orqali oylik
va yillik qo‘shib borilinadigan pul hisoblab chiqiladi. Ilova orqali ochilgan hisob varaqqa
mukofaa, ya’ni mukofot beriladi 1000 ball. Bu ballarning yig‘indisini ma’lum bir xizmat uchun
ishlatilinsa bo‘ladi. Masalan, 12 oy uchun hisob varaq ochilsa, oyiga 1500 SAR ni avtomatik
tarzda yechiladi va yillik ekvivalent stavkasi 2.03 foizdan bo‘ladi. Kutilayotgan foyda oxirgi
muddatta 197 SARga teng bo‘ladi. Yillik ekvivalent stavka fikserlanmagan bo‘lib, o‘zgarishi ham
mumkin. O‘zgarishlar bankning saytida ko‘rsatilinadi.

- Mukofaa ballari - bank xizmatlari va maxsulotlarini sotib olishdan beriladigan ballar

hisoblanadi. Mukofaa ballari orqali mijoz bankning hamkor kompaniyalarining tovar va
xizmatlarni foydalanishi mumkin. Restoran, dorixona, sayohatlar, haridlar, mehmonxonalar va
ko‘plab vaucherlar orqali mukofaa ballarini ishlatsa bo‘ladi.

-Avtomobil lizingi - mijozlarga avtomobillarni shariat asosida lizing asosida sotib olish

imkonini beradi. Birlamchi va ikkilamchi bozordagi mashinalarni xarid qilsa bo‘ladi. Lizing
obyektini boshqa mijozga o‘tkazish mumkin. Al Rajhi ilovasi orqali avtomobil olishni


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853

Page 13

rejalashtirgan mijozlarga 50 000 mukofaa bali ham beriladi. Agar mijoz vafot etsa yoki nogiron
bo‘lib qolsa, lizingi to‘lashdan ozod etiladi. Agar mijoz maoshidan to‘g‘ridan to‘g‘ri lizing
to‘lovini otkazsa lizingga beriladigan summasi nisbatan kam bo‘ladi. Chunki, maoshidan
to‘g‘ridan to‘g‘ri pul o‘tkazadigan mijozlarning yillik stavkasi 7.04 foiz bo‘lsa, maoshdan
o‘tkazmaydigan mijozlar uchun foiz 7.97 foiz. Daromadi 1900 SAR dan boshlanishi lozim va
bank o‘z xizmatini 1 oy ichida ko‘rsatadi [11].

-Takafful (sug‘urta) - takaffulning omonat va himoy dasturi o‘z mablag‘larini omonatta

saqlash va investitsiya qilish chuniladi. Oyiga 300 SAR dan boshlanadigan takafful sug‘urtasi
uzoq muddatli investitsiya hisoblanadi va agar mijoz vafot etsa yoki nogironllik holatiga tushib
qolsa, kompaniya kelishilga himoya miqdorini yoki inestitsiya miqdorini to‘laydi. Mijoz vafot
etsa, shariat qonun qoidalariga asosan uning merosxo‘rlari kompaniyadan badal oladi. Kamida
10 yil muddatga shartnoma kelishiladi.

Yuqorida keltirilgan xizmatlardan tashqari bank mijozlarga tadbirkorlikni rivojlantirish

uchun islomiy moliya shartnomasi tuzadi, tadbirkorlar uchun alohida takafful shartnomalarni
taklif qiladi va savdo jarayonida halol kompaniyalar va mijozlar o‘rtasida brokerlik xizmatlarini
ham olib boradi. Bundan tashqari Al Rajhi bankining boshqa davlatlarda ham filiallari mavjud.
Masalan, Al Rajhi Iordaniya, Al Rajhi Quvayt, Al Rajhi Malayziya, Tahweel Al Rajhi. Har bir
mamlakatdagi bank o‘z mamlakatining qonun qoidalari va iqtisodiga asosan islomiy bank
xizmatlarini taklif qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi “Islom taraqqiyot banki

guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan sheriklikni yanada kengaytirish
va chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasi bank sektoriga islomiy moliyalashtirish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida
Xususiy Sektorni Rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasining maslahat yordamini jalb
qilish belgilangan. Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-maydagi “Islom taraqqiyot
banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ham Islom taraqqiyot banki guruhi va
Arab muvofiqlashtirish guruhi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga urg‘u
berilgan.

Yuqoridagi qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 22-avgust kuni “Trastbank”

xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy Sektorni Rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasi
o‘rtasida “Maslahat yordami to‘g‘risida”gi shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, bank tizimiga
“Islom darchasi” xizmatlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, hamkorlik va
shariat shartlari asosida kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishga xizmat qiladi [5].

Xulosa va takliflar.

Islom moliyasi, ayniqsa islom bankchiligi, hozirgi kunda jahon moliya tizimida barqaror

o‘sib borayotgan va tobora kengayib borayotgan yo‘nalishlardan biridir. Ushbu tizim shariat
qonun-qoidalari asosida faoliyat yuritib, adolat, halollik, risklarni teng taqsimlash, foyda va
zararni sheriklik tamoyiliga asoslanadi. Aynan ana shu jihatlar uni global moliyaviy inqirozlar
va pandemiyalarga bardoshli tizim sifatida ajratib turadi. Islom banklari odatiy banklardan
farqli o‘laroq, foiz (ribo) asosida operatsiyalarni amalga oshirmaydi, bu esa musulmon jamoalar
orasida katta ishonch va barqarorlikni ta’minlaydi.


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853

Page 14

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi eng yirik islomiy moliya institutlaridan biri bo‘lgan

Saudiya Arabistonidagi Al Rajhi banki o‘zining shariatga asoslangan innovatsion xizmatlari,
keng tarmoqli infratuzilmasi va mijozlarga taklif qilinayotgan mahsulotlarning xilma-xilligi
bilan islom moliyasining rivojlanishida ilg‘or o‘rinda turadi. Bank tomonidan taqdim
etilayotgan Hassad hisob varag‘i, kelajak jamg‘arma tizimi, takafful sug‘urtasi, avtomobil lizingi
kabi xizmatlar nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta'minlaydi, balki aholining ijtimoiy himoyasini
kuchaytirishga ham xizmat qiladi.

O‘zbekiston sharoitida islom bankchiligini rivojlantirish istiqbollari yuqori

baholanmoqda. Chunki mamlakatda aholining aksariyati musulmonlar bo‘lib, foizdan holi
moliyaviy xizmatlarga talab mavjud. Shu sababli, Al Rajhi banki kabi ilg‘or islom banklari
tajribasidan foydalanib, O‘zbekistonda islom banklarini tashkil etish va mavjud banklar
tarkibida shariatga muvofiq bo‘linmalar yaratish, islom moliyasi bozorini rivojlantirishning
muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bu esa, bir tomondan, moliya tizimida raqobatni oshiradi,
ikkinchi tomondan, aholining ehtiyojlariga muvofiq xizmatlarni kengaytirishga imkon yaratadi.

References:

1.

Bekkin R. F. Musulmon va nomusulmon mamlakatlarda islomiy moliyaviy muassasalar va

instrumentlar: xususiyati va rivojlanish istiqbollari: iqt. fan. doktori ilmiy darajasini olish uchun
yozilgan disser-ya. – Moskva: Rossiya Fanlar akademiyasiAfrika instituti, 2019.
2.

Pavlov V.V. Islomiy bank kapitali xalqaro bozori: paydo bo‘lishi va rivojlanish istiqbollari.

Iqt. fan. doktori ilmiy darajasini olish uchun disser-ya. – Moskva: RFA Afrika instituti ijtimoiy
fanlar bo‘limi, 2021
3.

Baydauletov E.“Islom moliya asoslari” H. Hasanov yahriri ostida. Toshkent “ O‘zbekiston”

nashriyoti 2019-yil.
4.

Muhammad Ayub “Understanding Islamic Finance”, John Wiley & Sons Ltd., 2022

5.

New York: United Nations Capital Development Fund; Khan, A. A. (2008). Islamic

Microfinance;
6.

“Microfinance is dead! Long live microfinance. Critical reflections on two decades of

microfinance policy and practice”. Published in Centre for Development Studies, University of
Bath, UK;
7.

Halima Begum, Ferdous Alam, Aslam Mia, Faruk Bhuiyan, Ahmad Bashawir Abdul Ghani,

(2018) “Development of Islamic microfinance: a sustainable poverty reduction approach”,
Journal of Economic and Administrative Sciences;
8.

Ines Ben Abdelkader, Islamic vs Conventional Microfinance Institutions: Performance

analysis in MENA countries, International Journal of Business and Social Research (IJBSR),
Volume -3, No.-5, May, 2013

9.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 2021. “Bozor va unga aloqador masalalar”

Nashriyot: «Hilol-Nashr» publishing house

10.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.2016. “Qarz va unga aloqador masalalar”

Publisher: HILOL NASHR

11.

А.Vаhоbоv, U. Burxаnоv, N. Jumаyеv “Xаlqаrо mоliyа munоsаbаtlаri”, Tоshkent mоliyа

instituti, T: 2013,433b


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853

Page 15

12.

N. X. Erjigitov “O’zbekistonda islom bankini joriy etish masalalari,

Oriental renaissance:

“Innovative, educational, natural and social sciences

jurnali, Vol. 2 No. 4,2022-yil.

13.

D.K. Abdurahimova, D.F. Muxitdinova “O’zbekistonda islom moliyasi, islom banklarining

rivojlanishi va islomiy sug’urta asoslari”, International conference on learning and teaching,
Vol.1 No.8,2022-yil.
14.

F. Xudoynazarov “Islom moliyasi-muammolar va yechimlar”, Iqtisodiy taraqqiyot va

tahlili, Jild 1 No.8, 2023-yil.
15.

Abduvosidova Gulandom Abdurashid qizi.2024. “O‘zbekistonda islom moliyasi mezon va

tartiblarini joriy etish istiqbollari” Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasini olish
uchun yozgan (Doctor of Philosophy) dissertasiyasi Toshkent;
16.

Tursunov Anvar Sultonovich.2023. “Islomiy mikromoliyalashda “vaqf” xayriya jamoat

fondining faoliyatini rivojlantirish yo‘llari” Iqtisodiyot fanlari doktori darajasini olish uchun
yozgan (Doctor of Science) dissertasiyasi Toshkent;
17.

https://www.worldvision.org

18.

http://worldbank.org/table/2.1

19.

https://www.isdb.org/

20.

https://www.itfc-idb.org

Библиографические ссылки

Bekkin R. F. Musulmon va nomusulmon mamlakatlarda islomiy moliyaviy muassasalar va instrumentlar: xususiyati va rivojlanish istiqbollari: iqt. fan. doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan disser-ya. – Moskva: Rossiya Fanlar akademiyasiAfrika instituti, 2019.

Pavlov V.V. Islomiy bank kapitali xalqaro bozori: paydo bo‘lishi va rivojlanish istiqbollari. Iqt. fan. doktori ilmiy darajasini olish uchun disser-ya. – Moskva: RFA Afrika instituti ijtimoiy fanlar bo‘limi, 2021

Baydauletov E.“Islom moliya asoslari” H. Hasanov yahriri ostida. Toshkent “ O‘zbekiston” nashriyoti 2019-yil.

Muhammad Ayub “Understanding Islamic Finance”, John Wiley & Sons Ltd., 2022

New York: United Nations Capital Development Fund; Khan, A. A. (2008). Islamic Microfinance;

“Microfinance is dead! Long live microfinance. Critical reflections on two decades of microfinance policy and practice”. Published in Centre for Development Studies, University of Bath, UK;

Halima Begum, Ferdous Alam, Aslam Mia, Faruk Bhuiyan, Ahmad Bashawir Abdul Ghani, (2018) “Development of Islamic microfinance: a sustainable poverty reduction approach”, Journal of Economic and Administrative Sciences;

Ines Ben Abdelkader, Islamic vs Conventional Microfinance Institutions: Performance analysis in MENA countries, International Journal of Business and Social Research (IJBSR), Volume -3, No.-5, May, 2013

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 2021. “Bozor va unga aloqador masalalar” Nashriyot: «Hilol-Nashr» publishing house

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.2016. “Qarz va unga aloqador masalalar” Publisher: HILOL NASHR

А.Vаhоbоv, U. Burxаnоv, N. Jumаyеv “Xаlqаrо mоliyа munоsаbаtlаri”, Tоshkent mоliyа instituti, T: 2013,433b

N. X. Erjigitov “O’zbekistonda islom bankini joriy etish masalalari, Oriental renaissance: “Innovative, educational, natural and social sciences” jurnali, Vol. 2 No. 4,2022-yil.

D.K. Abdurahimova, D.F. Muxitdinova “O’zbekistonda islom moliyasi, islom banklarining rivojlanishi va islomiy sug’urta asoslari”, International conference on learning and teaching, Vol.1 No.8,2022-yil.

F. Xudoynazarov “Islom moliyasi-muammolar va yechimlar”, Iqtisodiy taraqqiyot va tahlili, Jild 1 No.8, 2023-yil.

Abduvosidova Gulandom Abdurashid qizi.2024. “O‘zbekistonda islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish istiqbollari” Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasini olish uchun yozgan (Doctor of Philosophy) dissertasiyasi Toshkent;

Tursunov Anvar Sultonovich.2023. “Islomiy mikromoliyalashda “vaqf” xayriya jamoat fondining faoliyatini rivojlantirish yo‘llari” Iqtisodiyot fanlari doktori darajasini olish uchun yozgan (Doctor of Science) dissertasiyasi Toshkent;

https://www.worldvision.org

http://worldbank.org/table/2.1

https://www.isdb.org/

https://www.itfc-idb.org