EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 45
THE ROLE OF STEPPE PASTURES IN AGRICULTURE AND
THE PRIORITY ASPECTS OF INTRODUCING RESOURCE-
SAVING TECHNOLOGIES IN ADAPTING THEIR
VEGETATION COVER TO THE CONDITIONS OF GLOBAL
CLIMATE CHANGE
Kazakov Najmiddin Isomiddinovich
Independent researcher (PhD)
Senior Researcher, Bukhara desert pasture forage crops seed
production scientific production the center.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16728735
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 25
th
July 2025
Accepted: 30
th
July 2025
Online: 31
st
July 2025
This article presents information on the role of desert pastures in
the agricultural sector of the Republic of Uzbekistan, traditional
methods used to adapt desert pasture plants to the conditions of
global climate change, their shortcomings, resource-saving
technology created on the basis of scientific approaches proposed
to eliminate the shortcomings, the results obtained through its
application, and its economic efficiency.
KEYWORDS
Specialization,
productivity,
degradation,
desert
pasture,
climate,
adaptation,
seed
production,
Karakul
farming,
resource,
aggregate.
РОЛЬ ПУСТЫННЫХ ПАСТБИЩ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ И
ПРИОРИТЕТНЫЕ АСПЕКТЫ ВНЕДРЕНИЯ РЕСУРСОСБЕРЕГАЮЩИХ
ТЕХНОЛОГИЙ В АДАПТАЦИИ ИХ РАСТИТЕЛЬНОГО ПОКРОВА К
УСЛОВИЯМ ГЛОБАЛЬНОГО ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА
Казаков Наджмиддин Исомиддинович
Сомостоятельний исследователь (PhD), Старший научный сотрудник Бухарского
научно-производственного центра семеноводства степных и пастбищных кормовых
растений.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16728735
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 25
th
July 2025
Accepted: 30
th
July 2025
Online: 31
st
July 2025
В статье представлена информация о роли пустынных
пастбищ в аграрном секторе Республики Узбекистан,
традиционных методах адаптации растений пустынных
пастбищ к условиям глобального изменения климата, их
недостатках, созданной на основе научных подходов
ресурсосберегающей
технологии,
предложенной
для
устранения недостатков, результатах, полученных при ее
применении, и ее экономической эффективности.
KEYWORDS
Специализация,
продуктивность,
деградация, пустынные
пастбища,
климат,
адаптация,
семеноводство,
каракулеводство,
ресурс, совокупность.
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 46
CHO’L YAYLOVLARINI QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA TUTGAN O’RNI VA
ULARDAGI O’SIMLIK QOPLAMINI GLOBAL IQLIM O’ZGARISHI
SHAROITLARIGA MOSLASHTIRISHDA RESURS TEJAMKOR
TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISHNING USTUVOR JIHATLARI
Qozoqov Najmiddin Isomiddinovich
Mustaqil tadqiqotchi (PhD), Buxoro cho’l yaylov ozuqabop o’simliklar urug’chiligi ilmiy ishlab
chiqarish markazi katta ilmiy xodimi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16728735
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 25
th
July 2025
Accepted: 30
th
July 2025
Online: 31
st
July 2025
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi cho’l yaylovlarining
qishloq xo’jaligi sohasida tutgan o’rni, cho’l yaylovlari
o’simliklarini global iqlim o’zgarishi sharoitlariga moslashtirishda
qo’llanilayotgan ananaviy metodlar va ularning kamchiligi,
kamchiliklarni bartaraf qilishga qarata taklif etilayotgan ilmiy
yondashuvlar asosida yaratilgan resusr tejamkor texnologiya va
uni qo’llash orqali qo’lga kiritilayot natijalar hamda uning
iqtisodiy samadorligi borasida ma’lumotlar keltirilgan.
KEYWORDS
Ixtisoslashtirish,
samadorlik, degradatsiya,
cho’l
yaylov,
iqlim,
moslashtirish, urug’chilik,
qorako’lchilik,
resurs,
agregat.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi sohasi juda katta ahamiyatga ega.
2025-yil 1-chorak yakuniy statistik ma’lumotlariga ko’ra respublikamiz aholisining qariyib
50% ga yaqini qishloq joylarida istiqomat qiladi
1
. Demak, bundan ko’rinadiki, deyarli yarim
aholimizning turmush farovonligi, ularning daromadlari ushbu sohaning rivoji bilan bevosita
bog’liqdir. Ushbu soha, barcha aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, hamda ayrim sanoat
korxonalarini xom-ashyoga bo’lgan talabini ham qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Vaqt
o’tishi bilan aholi sonining ortishi natijasida tabiiy ravishda ularning ushbu sohada
yetishtiriladigan mahsulot va xom-ashyoga bo’lgan ehtiyoji ham ortib bormoqda. Shunday
ekan, bugungi kunda global iqlim o’zgarishi sharoitida ushbu sohani rivojlantirish va uning
samaradorligini oshirish mazkur sohada faoliyat yurituvchi barcha dehqon va fermer
xo’jaliklaridan katta mas’uliyat talab etadi.
Qishloq xo’jaligida chorvachilik yirik tarmoq bo’lib, u tarmoqdagi hayvonlarning turiga va
yetishtiriladigan mahsulotlarning xususiyatidan kelib chiqib turli xil tarmoqlarga:
qoramolchilik, qo’ychilik (qorako’lchilik), mo’ynachilik, parandachilik va boshqalarga bo’linadi.
Shulardan, qo’ychilik tarmog’i asosan, Buxoro qorako‘li tarixan ushbu mintaqada
chorvachilikning va bu sohadagi seleksiya ishlarining uzoq vaqt davomiyligi va tabiatning ham
o‘ziga xosligi bilan ahamiyatli. Qadimda ajdodlarimiz chorvachilik ayniqsa, qorako’lchilikni
yetti xazinaning biri sifatida ulug‘lagan.
Ushbu sohaga oid tarixiy manbalarga qaraydigan bo’lsak, qariib 10 asrlik tarixga ega,
respublikamiz chorvachiligining muhim tarmog’i Buxoro qorako’li qo’ylari va ulardan
olinadigan mahsulot (qorako’l teri) milliy iftixorimiz bo’lib hisoblanadi.
1
Stat.uz
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 47
O’rganishlarimiz va ilmiy izlanishlarimiz natijasida O’rta Osiyo va Yevropa mintaqasida
mazkur sohada yetishtirilgan mahsulot (qorako’l teri) o’z davrida ravnaq topishi, mahsulotning
sifat jihatidan oliy o’rinda turgani hamda, unga bo’lgan talab yuqori darajada bo’lishiga asosiy
sabablardan biri mintaqamizdagi cho’l va adir yaylovlarimizning tabiati, ozuqaviy birligi yuqori
darajada bo’lgan cho’l ozuqabop o’simliklar dunyosi, ularning mahsuldorligi bilan bevosita
bog’ligiga yana bir bora amin bo’ldik.
Sohada yetishtirilayotgan mahsulot (qorako’l teri) ga bo’lgan talab hozirgi kunda
anchagina pasayib ketganligining asosiy sabablari, ko’p yillar mobaynida tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish normalarining buzilishi, ularni muhofaza qilishda, tabiat va jamiyat
o’rtasidagi o’zaro aloqalarga rioya qilinmasligi, tabiatning tabiiy qayta tiklanish dinamikasining
qo’pol ravishda buzilishi, yaylovlardan foydalanish normalariga amal qilinmasligi hamda daryo
va suv o’zanlaridan cheksiz foydalanish ortidan yuzaga kelib qolgan iqlim o’zgarishi natijasida
hozirda 50% ga yaqin cho’l yaylovlarimiz inqirozga yuz tutgan. Foydalanishda bo’lgan cho’l
yaylovlarimiz ham, ushbu sohani ravnaq topgan davrlarga nisbatan solishtirsak ancha darajada
kambag’allashib qolgan.
Respublikamiz qishloq xo’jaligi sohasidagi chorvachilik tarmog’i aholini oziq-ovqat
mahsulotlari asosan go’sht mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirsa, cho’l yaylovlar undagi
o’simlik va tuproq qatlami bir vaqtning o’zida chorvachilik sohasini yem-xashak
mahsulotlarining zaxirasiga bo’lgan talabini hamda, insonlar hayoti uchun atmosferada zarur
bo’lgan toza ekologik muhitga bo’lgan talablarini qondiradi. Shu bois, yaylovlarni muhofaza
qilish, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash hamda cho’l yaylov o’simliklari urug’chiligini
barpo qilish, qurg’oqchil va sho’rga chiqamli o’simliklarning yangi-duragay navlarini yaratish,
ozuqa birligi yuqori bo’lgan madaniy yaylovlar barpo qilish, ularda resurs tejovchi
texnologiyalarni keng qo’llash bo’yicha so’ngi 10 yilda hukumatimiz tomonidan bir qancha
qaror, farmonlar ishlab chiqilgan.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi “Qorako’lchilik
sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-3603-son
Buxoro cho’l yaylov ozuqabop o’simliklar urug’chiligi ilmiy ishlab-chiqarish markazi tashkil
qilindi.
Barchamizga ma’lumki, yillar davomida mintaqamizdagi daryo o’zanlaridan tartibsiz
foydalanish ortidan suv miqdorining kamayishi, Orol tubining ochilishi bilan mintaqamiz
hududlarida noqulay ob-havoning yuzaga kelishi, ayniqsa yog’ingarchilik miqdorining
me’yoridan kam miqdorda bo’lishi, yoz faslida temperaturaning me’yoridan ortib ketishi
oqibatida, hamda antropogen omillar ta’sirida cho’l yaylov hududlaridagi o’simliklarning ko’p
miqdorda nobud bo’lishiga olib kelmoqda. Natijada, degradatsiyaga uchragan maydonlar
kengayib, shamollar yordamida qum va chang bo’ronlari yuzaga kelib, tabiatga turli xil
miqdorda tuz va qumlarning ko’tarilishi oqibatida ekologik muhit ifloslanib borayapti, buning
ortidan aholi orasida turli xil kasalliklarning ko’payishi, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan
yerlarning unumdorlik darajasi pasayib sho’rlanish darajasi yildan-yilga ortib bormoqda.
Davlat soliq qo’mitasining statistik malumotlariga qaraydigan bo’lsak ham, tabiiy
resurslardan foydalanish qonunlarining buzilishi ortidan hududlarda turli xil darajada yuzaga
kelib qolgan tuproq-iqlim muammolardan qishloq xo’jaligida yerdan foydalanuvchi dehqon va
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 48
fermer xo’jaliklarining yillik xarajatlarining katta qismi yer unumdorligini oshirishga, umumiy
aholi daromadlarining sezilarda darajadagi qismi esa o’z sog’liklarini tiklashga sarflanayapti.
Yuqoridagi muammolarni o’z vaqtida bartaraf qilish choralari ko’rilmasa, holat yildan-
yilga murakkablashib borishi hech kimga sir emas. Shu bois, respublikamiz qishloq xo’jaligini
asosan, cho’l yaylovlarimiz ixtisoslashuvini global iqlim o’zgarishi sharoitlariga moslashtirish
orqali cho’l yaylov hududlarida yashil makon barpo qilish va ekologik muhitni yaxshilashga
hamda, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga erishish mumkin.
Mamlakatimizda qorakoʻlchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish orqali,
sifatli qorakoʻl teri yetishtirish hamda sohani o’tgan davrlardagi mavqeini qayta tiklash
maqsadida degradatsiyaga uchragan cho’l yalovlarda sho’rga va suvsizlikka chiqamli choʻl
yaylov ozuqabop ekinlarini mazkur maydonlarning tabiiy-iqlim sharoitiga moslashtirish, ularni
urug’chiligini kengaytirish va cho’l yaylovlar hosildorligini oshirish borasida koʻplab ijobiy
ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Buxoro cho’l yaylov ozuqabop o’simliklar urug’chiligi ilmiy ishlab chiqarish
markazi tomonidan yuqoridagi holatlarning oldini olishga qarata respublikamizning 7 ta
viloyatida bugungi kunda ozuqa bazasi tarkibi juda past darajaga kelib qolgan ya’ni, inqirozga
yuz tutgan ayrim qorako’lchilik xo’jaliklarining jami 15000 gektar maydonlarida cho’l yaylov
o’simliklarini mazkur hududlarning tabiiy tuproq-iqlim sharoitiga mos turlarini joylashtirish
hamda ularning birlamchi urug’chilik maydonlari tashkil qilish ishlari amalga oshirildi (1-
jadval).
1-jadval
Мarkaz tomonidan yaylov o’simliklarini hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlariga
moslashtirish orqali tashkil qilgan birlamchi urug’chilik maydonlari
2
№
Viloyat nomi
Birlamchi urug‘chilik bo’limi nomi
Jami ekilgan
maydon
1
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
Taxtako’pir
tumani
“Mulk” ovuli Bidayko‘l massivi birlamchi urug‘chilik
bo‘limi
2000
2
Buxoro viloyati
Shofirkon tuman G‘alaba MCHJ hududi birlamchi
urug‘chilik bo‘limi
1500
Jondor tuman Amir Temur MCHJ hududi birlamchi
urug‘chilik bo‘limi
400
Qorovulbozor tuman Qoravulbozor qorako‘lchilik
MCHJ hududi birlamchi urug‘chilik bo‘limi
1150
G‘ijduvon tuman Ko‘kchaMCHJ hududi birlamchi
urug‘chilikbo‘limi
1300
Olot tuman Qorako‘lchilik MCHJ hududi birlamchi
urug‘chilik bo‘limi
150
3
Navoiy viloyati
Qiziltepa tuman Qorako‘lchilik klasteri MCHJ
birlamchi urug‘chilikbo‘limi
2500
2
Mazkazning yillik hisobotlariga asosan muallif tomonidan tayyorlangan
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 49
Konimextuman Sho‘rko‘l massivi hududi birlamchi
urug‘chilik bo’limi
2000
4
Jizzax viloyati
Forish tuman Agromed serviz MCHJ Qizilqum hududi
birlamchi urug‘chilik bo‘limi
300
5
Samarqand
viloyati
Paxtachi tuman Qarnab-ota hududi birlamchi
urug‘chilik bo‘limi
500
Nurobod tumani Tutli qorako‘l zamini MCHJ hududi
birlamchi urug‘chilik bo‘limi
500
6
Surxondaryo
viloyati
Qumqo‘rg‘on tuman Qorako‘l karpetklaster MCHJ
hududi Birlamchi urug‘chilik bo‘limi
200
7
Qashqadaryo
viloyati
Muborak tuman birlamchi urug‘chilik bo‘limi
500
Nishon tumani Mirishkor nasilchilik klasteri Kensoy
Massivi birlamchi urug‘chiligi bo‘limi
500
G‘uzor tuman Kensoy massivi birlamchi urug‘chilik
bo‘limi
500
Mirishkor tumani G’ofur G’ulom qorako’lchilik bo’limi
1000
Jami
15000
Hozirgi kunda cho’l yaylovlari inqirozga uchrashi eng dolzarb muammoga aylanib, ularni
qayta tiklash va boyitish uchun cho’l o’simliklari urug’lari ekishga bo’lgan talab ortib
borayotgan bir davrda cho’l o’simliklarini ekishda energiya va resurstejamkor texnologiyasi va
texnika vositalarini qo’llash yetakchi o’rinlardan birini egallamoqda.
Markaz tomonidan tashkil qilingan birlamchi urug’chilik maydonlarida 2023-yilgacha
jami 13000 gektar maydonda asosan hududlarning tabiiy tuproq-iqlim sharoitlari, yillik
yog’ingarchilik darajasi, yoz faslida havo-haroratining ko’tarilish tendensiyalari tahlil qilinib,
respublikamizning boshqa hududlaridan mazkur hududlarning tabiiy-iqlim sharoitiga mos 15
turdagi bir yillik va ko’p yillik ozuqabop o’simliklar urug’laridan ekildi. Takidlash joizki, ekish
ishlari asosan kuz faslining noyabr hamda qish faslining yanvar oylarida ananaviy metodlar
asosida amalga oshirildi.
Ananaviy metod.
O’tgan asrning 50-60-yillarida qishloq xo’jaligi texnikalari bilan
inqirozga yuz tuta boshlagan cho’l yaylovlarini qayta tiklash jarayonida cho’lshunos olimlar
tomonidan tavsiya qilingan metodlardir. Bunda, albatta o’sha davrdagi iqlim ma’lumotlari
asosida oraliq masofasi 4-5 metrgacha (polasa shaklida) bo’lgan masofada birinchi 3 qoplamali
PYa-3-35 plug bilan 90 sm yerga ishlov berilib, plug ustida ishchi kuchi bilan urug’ sochishgan,
markaz tashkil qilinganidan so’ng 2019-yildan boshlab plug ortidan ikkinchi qishloq xo’jaligi
texnikasi 2PTS4-793+3B2sl yordamida borona oldiga ishchi kuchi bilan urug’ sochish metodiga
o’zgartirilgan (1-rasm).
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 50
1-rasm. Markaz tomonidan 2018-2022-yilgacha ekish ishlarida qo’llanilgan ananaviy
metodlar.
Ananaviy metod asosida birgina oxirgi 2022-yilda 2500 gektar maydonda ekish bilan
bog’liq amalga oshirilgan ishlar hamda qilingan sarf xarajatlar miqdori va hududlarda
o’simliklarni iqlimga moslashtirish jarayonida ushbu metod natijasida yuzaga kelayotgan
muammolarni ko’rib chiqsak.
Respublika me’yorlashtirish markazi tomonidan tasdiqlangan ekish ishlari bilan bog’liq
xarajatlarning texnologik xaritasiga asosan, umumiy hisobda 100 gektar maydonni Belorus-
82.1 rusumli traktor yordamida qishloq xo’jaligi texnikasi PYa-3-35 plug bilan haydash uchun
35 mln so’m, Belorus-82.1 rusumli traktor yordamida qishloq xo’jaligi texnikasi 2PTS4-
793+3B2sl yordamida borona oldiga urug’ sochish uchun esa 11 mln 46 ming so’m sarflanadi
3
.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ananaviy metod asosida markaz tomonidan 2022-yilda
tashkil qilingan jami 2500 gektar maydonda cho’l yalov ozuqabop o’simliklarini ushbu
hududlarga moslashtirish uchun mazkur hududlarda tashkil qilingan urug’chilik maydonlarida
ekish ishlari bilan bog’liq barcha moliyaviy sarf-xarajatlar me’yorlashtirish markazi tomonidan
tasdiqlangan texnologik xaritasiga asosan quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval.
2022-yil markaz tomonidan tashkil qilingan 2000 (haydalgan maydon 500)
gektarga ekish ishlari xarajatlari
4
№T
/r
Urug’chilik
maydonlari
tashkil
qilingan
hudud nomi
Mayd
oni,
ga
Ekish bilan bog’liq sarf-xarajat turlari
Texnika va
mexanizm
xizmati
Dizel yoqilg’isi
Toza tariff ishhaqi,
so’m
Jami
sarf-
xarajat
summa
si
1
birli
k
uchu
nmiq
dor
Narxi
ming/
so’m
Litr
Narxi
ming/
so’m
Traktor
chi ga
Ishchi
ga
ming/s
o’m
Yerni plug bilan haydash
3
QR Iqtisodiy tahlil va me’yorlashtirish markazi tomonidan 2023 - 2027 yillarga mo’ljallangan texnologik xarita.
4
QR Iqtisodiy tahlil va me’yorlashtirish markazi tomonidan 2023 - 2027 yillarga mo’ljallangan texnologik xaritasiga
asosan muallif tomonidan tayyorlangan.
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 51
11
Buxoro
viloyati
Shofirkon
tumani
250
122.5
30625.
0
4500
50 760.0
6 461.8
-
87846.
8
22
Navoiy
viloyati
Qiziltepa
tumani
250
122.5
30625.
0
4500
50 760.0
6 461.8
-
87846.
8
JAMI:
500
61250.
0
9000
101520.
0
12923.6
175693
.6
Haydalgan yerga tirkamada ishchilar bilan urug’ sochish va boronalash
11
Buxoro
viloyati
Shofirkon
tumani
250
1525
17 202.0
3 230.9
7 134.3
27 567.
2
22
Navoiy
viloyati
Qiziltepa
tumani
250
1525
17 202.0
3 230.9
7 134.3
27 567.
2
JAMI:
500
2440
34404.0
6461.8
14268.
6
55134.
4
Hammasi:
1000
61250.
0
11440
135924.
0
19385.4
14268.
6
230828
.0
Demak, 2022-yilda jami 2000 gertar maydonda urug’chilik maydonini tashkil qilish uchun
jami 230828.0 ming so’m sarf-xarajat qilingan.
Ananaviy metodning asosiy kamchiliklari
birinchidan
, inqirozga uchragan cho’l
yaylovlarda hududning iqlim o’zgarishiga moslasha oladigan ozuqabop cho’l yaylov
o’simliklarini ushbu metodlar asosida qayta joylashtirish va urug’chiligini barpo qilish uchun
o’rtacha hisobda har 1 gektar haydalgan maydon uchun sarflanadigan mablag’ (461.6 ming
so’m) bugungi kunda yuqori ko’rsatgichga ega.
Ikkinchidan
, Urug’ sochish ishlari ishchi kuchi bilan amalga oshirilishini inobatga olsak,
gektarga nisbatan aniq me’yori ham mavjud emas. Qolaversa, cho’l yalovlarda ekish ishlari
asosan o’simliklarning urug’lari pishib yetilgandan keyin qish faslining dekabr oyida boshlanib
ayrim holarda yanvar oyining oxirigacha davom etadi. Hammamizga ma’lumki, qishning ushbu
oylarida respublikamizda noqulay ob-havo jarayonlari yuz beradi. Bunday hollarda ekstremal
iqlim sharoitiga ega cho’l yaylovlarimizda ishchi kuchidan foydalanish normalarining
buzilishiga sabab bo’ladi. 2-rasm.
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 52
2-rasm. Ananaviy metodlar asosida 90/35 sm o’lchamdagi haydalgan yerga urug’ sochish
Uchinchidan,
ushbu ananaviy metod asosida amalga oshirilgan ekish ishlari va
o’simliklarning unuvchanligi va iqlimga moslashish jarayonlarini tahlil qilganimizda, hozirgi
kunda global iqlim o’zgarishi (global isish) natijasida yillik yog’ingarchilik miqdori yildan-yilga
kamayib borayotganligi sababli, ekilgan maydonlarda birinchi yili unib chiqgan o’simliklar yoz
fasliga borib haydalgan 90/35 sm o’lchamdagi yerda namlik tez bug’lanishi, hattoki 90/70 sm
gacha namlik bo’lmasligi oqibatida qurash holatlari kuzatildi. 3-rasm.
3-rasm. 90/35 sm o’lchamda ananaviy metodlar asosida ekilgan o’simliklarning yozgi faslga
kelib qurab boshlashi
To’rtinchidan,
1 kg urug’ni ekish uchun bir vaqtning o’zida 2 ta qishloq xo’jaligi texnikasi
traktor jalb qilinadi. Markazda yetarlicha texnika mavjud emasligi bois qo’shimcha mablag’
hisobiga boshqa tashkilotning texnik xizmati jalb qilinadi. Bu esa texnik xarajatlarni ikki
baravarga ortishiga olib keladi.
Beshinchidan,
noqulay ob-havo sharoitida ishchi kuchidan foydalanilar ekan albatta
ekish ishlarining davomiyligi cheklangan.
Biz yuqorida ananaviy metod bilan bog’liq xarajatlar va uning asosiy kamchiliklarini
ko’rib chiqdik. Endi, markazning katta ilmiy xodimi mustaqil tadqiqotchi (PhD) N.Qozoqovning
g’oyasi hamda o’zi tomonidan cho’l yaylov urug’larini ekishga mo’ljallab 2023-yil ekish oldidan
tayyorlangan resurs tejamkor gidromexanik osma agregat va uning samaradorligini ko’rib
chiqsak. Ushbu agregat qishloq xo’jaligi texnikasi PYa-2-35 plugka o’rnatiladi. 4-rasm.
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 53
4-rasm. Yangicha metod asosida ekishga mo’ljallab tayyorlangan gidromexanik osma
agregat va uni PYa-2-35 plugka o’rnatilgan holatdagi ko’rinishi.
Agregatning ananaviy metoddan farqli tomoni bir vaqtning o’zida yerga 60 sm enlilikda,
chuqurligi 25-30 sm gacha ishlov berib, ishlov berilgan qatlamga belgilangan me’yorlar asosida
7 turdagi o’simliklarni ekib molalash ishlarini amalga oshiradi. Qo’shimcha mablag’lar hisobiga
boshqa tashkilotning texnik xizmatini va ishchi kuchini jalb qilish talab qilmaydi.
Bugungi kunda, markaz tomonidan ushbu agregat yordamida 2023-yilda 2100 gektar va
2024-yilda 2000 gertar maydonda ekish ishlari amalga oshirildi 5-rasm. Shu bilan birga 2 yillik
ekish ishlarida agregat sinov jarayonini ham o’tab, undan bir qancha ijobiy natijalar olindi.
5-rasm. Yangicha metod asosida ekishga mo’ljallab tayyorlangan gidromexanik osma
agregat va uni PYa-2-35 plugka o’rnatilgan holatda ekish ishlarini amalga oshirish jarayoni
Ushbu resurs tejamkor agregat bilan amalga oshirilgan ekish ishlarining sarf xarajatlari
quyidagi 3-jadvalda keltirilgan.
Jadvalga etibor bersangiz, ananaviy metod asosida haydalgan
yerga tirkamada ishchi kuchi bilan urug’ sochish uchun qilinadigan barcha sarf-xarajatlar
qisqarib ketganligini ko’rasiz. Bundan tashqari qo’shimcha texnika mexanizmlari uchun ham
sarf-xarajatlar amalga oshirilmaydi.
3-jadval.
2023-yil markaz tomonidan tashkil qilingan 2000 (haydalgan maydon 500) gektar
u’rug’chilik maydonlari uchun qilingan sarf-xarajatlar
5
№
Urug’chilik
maydonlari
tashkil qilingan
hudud nomi
Maydo
ni ga
Ekish bilan bog’liq sarf-xarajat turlari
Texnika va
mexanizm
xizmati
Dizel
yoqilg’isi
Toza tariff
ishhaqi, so’m
Jami
sarf-
xarajat
summasi
ming/so’
m
1
birlik
uchun
miqd
or
Ming/
Sum
ma
Litr
Ming/
Summa
Trakto
r chiga
ishchi
ga
Yerni plug bilan haydash
1
Navoiy viloyati
Qiziltepa tumani
125
225
0
25 380.
0
3 230.7
28 610.7
5
QR Iqtisodiy tahlil va me’yorlashtirish markazi tomonidan 2023 - 2027 yillarga mo’ljallangan cho’l yaylovlarda ekish
ishlarini tashkil qilishning texnologik xaritasiga asosan muallif tomonidan tayyorlangan.
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 54
2
Navoiy viloyati
Konimex tumani
250
450
0
50
760.0
6 461.8
57 221.8
3
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
Taxtako’pir tuman
filiali
125
225
0
25 380.
0
3 230.7
28 610.7
JAMI:
500
900
0
101520
.0
12923.
2
114443.
2
Haydalgan yerga tirkamada ishchilar bilan urug’ sochish va boronalash
1
Navoiy viloyati
Qiziltepa tumani
0
2
Navoiy viloyati
Konimex tumani
0
3
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
Taxtako’pir tuman
filiali
0
JAMI:
0
0
0
0
0
Hammasi:
900
0
101520
.0
12923.
2
114443.
2
Demak, 2023-yilda jami 2000 gertar maydonda urug’chilik maydonini tashkil qilish uchun
jami 114443.2 ming so’m sarf-xarajat qilingan. O’rtacha hisobda har 1 gektar haydalgan
maydon uchun 228.9 ming so’m sarflangan.
Ananaviy metod hamda mazkur yangicha metod asosida tayyorlangan agregat bilan ekish
ishlari uchun har bir gektarga qilingan sarf-xarajatlarni tahlil qiladigan bo’lsak, ananaviy
metodda har bir gektar uchun 461.6 ming so’m sarflangan bo’lsa, yangicha metod asosida
tayyorlangan agregat yordamida esa har bir gektarga 228.9 ming so’m mablag’ sarflanadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ushbu resurs tejamkor agregatning ananaviy
metoddan ustunligi
birinchi
navbatda ekish bilan bog’liq xarajatlarni o’rtacha hisobda 49.5%
ga qisqartirish imkonini beradi.
Ikkinchidan,
yerga kichik o’lchamda (60/30) ishlov beradi, natijada uzoq muddatga
yerning 30-40 sm chuqurlikdagi qismida namlik saqlanadi.
Uchinchidan,
7 turdagi o’simliklarni belgilangan me’yorlar asosida urug’laridan ekish
imkonini berib, ishchi kuchiga bo’lgan talabni qisqartiradi.
To’rtinchidan,
cho’l yaylovlarida tobora kengayib borayotgan degradatsiya
maydonlarida ekish ishlarini jadallashtirish uchun sutkalik ekish imkonini beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, nafaqat cho’l yaylovlarida balki qishloq xo’jaligining barcha
sohalarida ilg’or tajribalarga va ilmiy izlanishlarga asoslanib mahalliy resurs tejamkor
texnologiyalarni joriy qilish, ushbu sohada albatta ko’zlangan barcha samadorlikka erishish
imkonini hamda xorijiy davlatlardan resurs tejamkor texnologiyalarni import qilish bilan
bog’liq xarajatlarni kamaytirish imkonini ham beradi. Shu sababli ham muhtaram Prezdentimiz
Sh.Mirziyoyev tomonidan, hozirgi kundagi global iqlim o’zgarishi sharoitlarida qishloq xo’jaligi
sohasini qayta isloh qilish, sohani iqlimga moslashtirish bilan bir qatorda, yosh olimlarni ushbu
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 55
sohada amalga oshirayotgan ilmiy izlanishlarini qo’llab quvvatlash, sohaga yangi resurs
tejamkor innovatsion texnologiyalarni joriy qilish maqsadida bir qancha farmon va qarorlarni
imzolagani ham bejizga emas.
References:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PQ-3603-sonli qarori.
2.
2020-yil 11-maydagi “Respublika hududlarini qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishga
ixtisoslashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4709 qarori.
3.
2023-yil 16-fevraldagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni
ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-24 farmoni.
4.
2024-yil 24-sentyabrdagi “Chang bo’ronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi
sifatini yaxshilash bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-338-son
qarori.
5.
2025-yil 30-yanvardagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni
ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-15 farmoni.
6.
Meyorlashtirish markazining “Cho’l yaylov ozuqabop o’simliklarining urug’larini
yetishtirish, terish va ularni cho’l hududlarida ekish bilan bog’liq ish haqi va texnika xarajatlari
bo’yicha mo’ljallangan amaliy texnologik xarita”. 2023-y.
7.
N.J Nurmatov, O.A.Ro’ziyev, J.Q Gulmatov, S.R Berdiyev “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”
o’quv qo’llanma, T. 2011.
8.
X. S Maqsudov “Iqlimshunoslik asoslari” o’quv qo’llanma, T. 1978.
9.
Elektron saytlar:
10.
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika
11.
https:// arxiv.uz/ru/documents/iqtisodiyot
