BASKETBOL O`YINI TEХNIKASIGA DASTLABKI O`RGATISH USLUBIYOTI

Abstract

Ushbu maqolada sport amaliyotida, xususan, bolalar sportida dastlabki o‘rgatish jarayonining nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Dastlabki o‘rgatish ko‘p yillik sport tayyorgarligining fundamental bosqichi sifatida talqin etilib, unda bolaning ontogenetik, biopsixologik va funksional imkoniyatlarini hisobga olish zarurligi ta’kidlanadi. Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus turlari, ularni rivojlantirish uslublari, shuningdek, texnik-taktik malakalarga bosqichma-bosqich o‘rgatish metodlari keng bayon etiladi. Basketbol bo‘yicha jismoniy tarbiya darsining maqsad va vazifalari, tuzilishi hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Maqolada pedagogik nazorat, o‘quvchilarning qiziqishi va motivatsiyasini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ham berilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2021
inLibrary
Google Scholar
19-25

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Turdixoʻjayeva , K. . (2025). BASKETBOL O`YINI TEХNIKASIGA DASTLABKI O`RGATISH USLUBIYOTI. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 4(8), 19–25. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ejlfas/article/view/135001
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada sport amaliyotida, xususan, bolalar sportida dastlabki o‘rgatish jarayonining nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Dastlabki o‘rgatish ko‘p yillik sport tayyorgarligining fundamental bosqichi sifatida talqin etilib, unda bolaning ontogenetik, biopsixologik va funksional imkoniyatlarini hisobga olish zarurligi ta’kidlanadi. Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus turlari, ularni rivojlantirish uslublari, shuningdek, texnik-taktik malakalarga bosqichma-bosqich o‘rgatish metodlari keng bayon etiladi. Basketbol bo‘yicha jismoniy tarbiya darsining maqsad va vazifalari, tuzilishi hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Maqolada pedagogik nazorat, o‘quvchilarning qiziqishi va motivatsiyasini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ham berilgan.


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 8, August 2025 ISSN 2181-2853

Page 19

METHODOLOGY FOR INITIAL TRAINING IN BASKETBALL

TECHNIQUE

Komilakhon Turdikhojayeva Tolkinboy kizi

Physical Education Teacher, School No. 44, Nukus City

E-mail: xoshimovakomila9@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16811835

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06

th

August 2025

Accepted: 11

th

August 2025

Online: 12

th

August 2025

This article highlights the theoretical and practical foundations
of the initial training process in sports, particularly in children's
sports. Initial training is presented as the fundamental stage of
long-term athletic preparation, emphasizing the need to
consider the ontogenetic, biopsychological, and functional
abilities of children. The paper elaborates on the types of
physical preparation—general and special—their development
methods, and the step-by-step approaches to mastering
technical and tactical skills. The aims and objectives of physical
education lessons in basketball, their structure, and effective
organization methods are analyzed on a scientific basis.
Methodological recommendations are provided to ensure
pedagogical control, enhance students’ interest and motivation,
and improve the effectiveness of training.

KEYWORDS

Sports practice, sports skills,
movement

skills,

initial

training, physical training,
lesson structure.

BASKETBOL O`YINI TEХNIKASIGA DASTLABKI O`RGATISH USLUBIYOTI

Turdixoʻjayeva Komilaxon Toʻlqinboy qizi

Nukus shahar 44-umumta’lim maktabi Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi

E-mile: xoshimovakomila9@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16811835

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06

th

August 2025

Accepted: 11

th

August 2025

Online: 12

th

August 2025

Ushbu maqolada sport amaliyotida, xususan, bolalar sportida
dastlabki o‘rgatish jarayonining nazariy va amaliy asoslari
yoritilgan.

Dastlabki

o‘rgatish

ko‘p

yillik

sport

tayyorgarligining fundamental bosqichi sifatida talqin etilib,
unda bolaning ontogenetik, biopsixologik va funksional
imkoniyatlarini hisobga olish zarurligi ta’kidlanadi. Jismoniy
tayyorgarlikning umumiy va maxsus turlari, ularni
rivojlantirish uslublari, shuningdek, texnik-taktik malakalarga
bosqichma-bosqich o‘rgatish metodlari keng bayon etiladi.
Basketbol bo‘yicha jismoniy tarbiya darsining maqsad va
vazifalari, tuzilishi hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil
etish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Maqolada pedagogik
nazorat, o‘quvchilarning qiziqishi va motivatsiyasini oshirishga
qaratilgan metodik tavsiyalar ham berilgan.

KEYWORDS

Sport

amaliyoti,

sport

malakasi, harakat malakasi,
dastlabki oʻrgatish, jismoniy
tayyorgarlik, dars tuzilishi.


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 8, August 2025 ISSN 2181-2853

Page 20

Kirish.

Sport amaliyotida dastlabki o'rgatish jarayoni ko'p yillik sport trenirovkasining

fundamental bosqichi bo'lib, ushbu bosqichda o'rgatish uslublari va vositalaridan to'g’ri
foydalanish keyingi bosqichlarda sport mahoratini samarali shakllanishiga imkon yaratadi.

Dastlabki o'rgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda bolaning ontogenetic

hamda biopsixologik xususiyatlari e'tiborga olinishi zarur. Boshqacha qilib aytganda dastlabki
o'rgatish jarayonida o'tkaziladigan mashg'ulotlar yuklamalari shug'ullanuvchi bolalarning
jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab me'yorlanishi va qo'llanilishi lozim. Ma'lumki,
harakat (yuklama) hajmi va shiddati inson salomatligi, uning jismoniy va funksional
shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Lekin barcha harakat turlari, jumladan sport
to'garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi hamda shiddati
shug'ullanuvchining funksional imkoniyatlariga mos kelishi yoki hiyolgina yuqori bo'lishi
lozim. Demak, bolalar sportiga oid mashg'ulotlarni tashkil qilishda pedagogik va tibbiy
nazoratga asoslanish sog'lom, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining ajralmas qismidir.
Shunday ekan, jismoniy tarbiya va sport bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlar (jismoniy
tarbiya darsi, trenirovka mashg'uloti, sport musobaqalari) mazmunini maqsadli rejalashtirish
va boshqarish har bir mutaxassis (o'qituvchi, murabbiy, tashkilotchi, uslubchi, yo'riqchi) va
rahbar shaxsga qayta mas'uliyat yuklashi, ular jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy
rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik va sport masalalariga oid bilimlarni o'zlashtirishlari, muvofiq
kasbiy-pedagogik malaka va ko'nikmalarni puxta egallashlari zarurligi isbot talab qilmaydi.

Alohida e'tibor qaratish muhimki, bolalar sportini samarali tashkil qilish, ko'p yillik sport

trenirovkasi jarayonida shug'ullanuvchilar sog'ligi va ularning sport mahoratini shakllantira
borish ustuvor jihatdan jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlariga bog'liqdir.

Jismoniy tayyorgarlik va uning salohiyatini ifoda etuvchi kuch, tezkorlik, chaqqonlik,

chidamkorlik va egiluvchanlik kabi sifatlar ilmiy ob'ekt sifatida azaldan ko'pdan-ko'p
tadqiqotchi olimlar diqqatini jalb qilib kelgan. Ularning tadqiqotlarida jismoniy sifatlarning
mohiyati, mazmuni, ularni jismoniy tarbiya va sport hamda boshqa jarayonlardagi ahamiyati
va rivojlantirish muammolari atroflicha yoritilgan.

Sport amaliyotida (kasbiy amaliyotda ham) jismoniy tayyorgarlik, odatda, ikki bir-biriga

chambarchas bog'liq bo'lgan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik turlariga bo'linadi.

Hayot davomida inson sog'ligi, uning aqliy va jismoniy faolligi, ko'p yillik sport

trenirovkasi davomida sport mahoratining shakllana borishi ustuvor jihatdan shu ikki
tayyorgarlik turlari mazmuni va darajasi bilan belgilanadi.

Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarida qo'yiladigan asosiy maqsad sog'liqni

mustahkamlash hamda yuqori sport natijalariga erishish avvalambor yoshlikdan boshlab
umumiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhimligiga e'tibor qaratadi. Aksariyat olimlarning
ta'kidlashicha, muayyan sport turi bo'yicha muntazam o'tkazib boriladigan hamda hajm,
shiddat va mazmun jihatdan to'g'ri tashkil qilingan mashg'ulotlar bolalar va o'smirlar
organizmiga ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslangan va
tor doirada ixtisoslashtirilgan mashg'ulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan.

Binobarin, dastlabki o'rgatish bosqichida jismoniy va texnik-taktik mashqlar nisbatini

to'g'ri rejalashtirish bolalar sport mahoratini samarali shakllantirish imkoniyatini yaratadi.

Dastlabki o’rgatish va uning mohiyati.


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 8, August 2025 ISSN 2181-2853

Page 21

Sport malakalariga dastlabki o'rgatish jarayoni ko'p yillik sport tayyorgarligi tizimining

poydevori bo'lib hisoblanadi. Dastlabki o'rgatish o'z tashkiliy, uslubiy, ilmiy va moddiy-
texnikasi nuqtai nazaridan qanchalik puxta asoslangan bo'lsa, sifatli bo'lsa, shunchalik sport
o'rinbosarlarini tayyorlash yoʻli qisqaroq va osonroq bo'ladi. Ammo bu, albatta, mutaxassisning
bilimiga, kasbiy ko'nikma va malakalariga bevosita bog'liq bo'ladi. Shuning uchun
mutaxassislarni tayyorlashga mo'ljallangan o'quv dasturining eng e'tiborli va asosiy
bo'limlaridan biri boshlang'ich o'rgatish uslubiyati (texnologiyasi) bo'lib hisoblanadi.

Mazkur ma'ruzada boshlang'ich o'rgatish jarayonini maqsad vazifalari, uslub va vositalari

hamda mavzuga oid bo'lgan ma'lumotlar talqin etiladi.

Musobaqa jarayonida samarali natijaga erishishning asosiy shart-sharoitlaridan biri bu

basketbolchining texnik tayyorgarligi, texnik mahorati takomillashgan darajada bo'lishidir.
Demak, o'rgatish jarayonining dastlabki va asosiy maqsadi bu o'yin texnikasini mukammal
o'zlashtirishdir.

Harakat (o'yin) malakalari to'pni uzatish, qabul qilish (himoya), to'pni o'yinga kiritish,

zarba berish, to'siq qo'yish belgilangan bosqichlarda, ma'lum uslublar va vositalar yordamida
o'zlashtiriladi, mukammallashtiriladi, takomillashtiriladi. Mazkur jarayon pedagogik,
biopsixologik va biomexanik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi.

O'rgatish jarayoni bu pedagogik jarayon bo'lib, murabbiydan, o'qituvchidan katta

mahorat, kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin shunday bo'lsada, harakatni (o'yin
malakasini) ijro etish texnikasiga o'rgatish boshqa ahamiyatli sabablarga ham bog'liqdir:
bolaning faolligi, mashg'ulotlarning soni, sifati, davom etish muddati, yordamchi texnik
uskunalar, mashg'ulot o'tkaziladigan joyning shart-sharoitlari, bolaning qiziqish, harakat
«boyligi», tajribasi va hokazo.

Shuni ham aytish zarurki, harakat texnikasini o'zlashtirish muddati bolaning oilaviy

sharoitiga, uning ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatiga hamda ruhiy holatiga bog'liqdir.

Yuqorida keltirilgan ma'lumot va o'rgatish jarayonida e'tiborga olinadigan omillar

ma'lum uslubiy tartibda asoslangan rejalashtiruv hujjatlardan joy olishi kerak. Bundan tashqari
bolaning ichki «sirli» imkoniyatlarini hamda mavjud omillarni aniqlash tanlov dasturi va
mashqlari yordamida amalga oshirilishi zarur. Olingan natijalar o'rgatish uslublarini,
bosqichlarini va texnologiyasini qo'llashda tayanch omil bulib xizmat qilishi kerak.

Dastlabki o'rgatish jarayoni bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi va bu bosqichlarni

har biri o'ziga xos uslub va vositalarni o'z ichiga oladi.

Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar o'yinchida jismoniy barkamollik va o'yinchi uchun

zarur bo'lgan harakat ko'nikmalari va malakalarini sayqallash uchun foydalaniladi.

Barcha mashqlar o'z yo'nalishiga mos ravishda birlashgan holda mashq qilishning maxsus

tayyorgarligi asosiy qismlarini tashkil etadi: umumiy jismoniy, maxsus jismoniy, texnik, taktik,
o'yin tayyorgarligi. Har bir tayyorgarlik turida o'zining etakchi omillari borki, ular yordamida
ko'zlagan maqsadga erishiladi. SHu bilan birga barcha turdagi tayyorgarliklar bir-biri bilan
uzviy bog'liq. Misol uchun agar o'quvchi jismoniy yaxshi tayyorlanmagan bo'lsa, u hujumda
zarba berish texnik mashqini yaxshi bajara olmaydi. Bunday holda o'quvchini jismoniy
tomondan chiniqtirish, zarba berish usulini ko'p marta takrorlashdan ko'ra foydaliroqdir.

Dastlabki o'rgatish jarayonining bosqichlari va uslublari.


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 8, August 2025 ISSN 2181-2853

Page 22

Birinchi bosqich o'rganiladigan harakat texnikasi bilan tanishish. Bunda, aytib berish,

ko'rsatish va tushuntirish uslublari qo'llaniladi. O'qituvchi shaxsan ko'rsatish bilan birga
ko'rgazmali qurollardan foydalanadi: kinofilm, tasviriy film, sxema, maydon maketi va hokazo.

Namoyishni tushuntirishlar bilan qo'shib olib borish kerak. O'qituvchilarning dastlabki

urinishlari ularda birlamchi harakat sezgisini shakllantiradi.

Ikkinchi bosqich: texnikasini soddalashtirilgan (oddiylashtirilgan) holatda o'rganish.

Mazkur o'rganish bosqichida muvaffaqiyat ko'p holatlarda yondoshtiruvchi mashqlarning
to'g'ri tanlanganligiga bog'liqdir. Ular o'zining tuzilishi shakliga ko'ra o'rganilayotgan harakat
texnikasiga yaqin va o'quvchilar bajara oladigan bo'lishi kerak. Murakkab tuzilishga ega bo'lgan
harakat (hujum zarbasi), uni tashkil qiluvchi asosiy zvenolarga (qismlarga) ajratib beriladi. Bu
bosqichda boshqarish uslublaridan foydalaniladi (buyurish, ko'rsatma berish, ko'rish va
eshitish, ko'rib ilg'ash, texnik vositalar va hokazo) hamda ko'rgazmali harakat (o'qituvchining
bevosita yordami, yordamchi jihozlarni qo'llash), axborot (to'pga bo'lgan zarba kuchi, tushish
aniqligi, yoruglik yoki ovozni belgilash) kabi uslablar alohida ahamiyatga ega bo'ladi.

Uchinchi bosqich: texnikasini murakkablashtirilgan sharoitda o'rgatish. Bunda

quyidagilar qo'llaniladi: takroriy usul, harakatni murakkab sharoitlarda bajartirish, o'yin va
baholash uslubi, qo'shma uslub, davra aylana mashqlari. Takrorlash uslubi bu bosqichda eng
asosiydir. Ko'p marotaba takrorlashgina malakani shakllantiradi. Malaka hosil qilish uchun
takrorlash turli sharoitlarda mashq bajarishni (harakat sharoitini o'zgartioishni, asta-sekin
murakkablashishni) takazo etadi. Hattoki charchaganda ham mashqlar bajartiriladi, qo'shma
va o'yin uslublari bir vaqtni o'zida texnikasini sayqallashtirishga hamda maxsus jismoniy
sifatlarni o'stirish masalalarini xal qilishga, hamda texnik-taktik tayyorgarlik va o'yin
mahoratinitakomillashtirishga qaratilgan bo'ladi.

To'rtinchi bosqich: harakatni o'yin jarayonida mustahkamlashni ko'zda tutadi. Bunda

bajarilgan harakatlarni talqin qilish uslubi qo'llanadi (rasmlar, jadvallar, o'quv filmlari, tasviriy
filmlar), o'yin jarayonida texnik-taktik, maxsus tayyorgarlik topshiriqlari, o'yin va
«bellashish>> usullari.

Tayyorgarlik va o'quv o'yinlarida har bir usulni (malakani) o'rganish, uni

takomillashtirish va mukammallashtirish ko'zda tutiladi. Malakani mustahkamlashning eng
yuqori vositasi bu musobaqalashishdir.

O'qitish (o'rgatish)da faol uslublar katta imkoniyatlarga egadir. Ularning orasida

muammoli o'qitish (muammoli vazifalarni qo'yish) va o'zining o'zlashtirishini baholash uslubi
alohida axamiyatga ega. Muammoli vazifalarni qo'yish, uning echimini qidiruvchi holatni,
vaziyatni vujudga keltiradi, o'zini baholash esa harakatlanish faoliyatini yana ham
faollashtirishga olib keladi, bu o'quvchi qiziqishini yana ham orttiradi hamda ijodiy fikrlashga
o'rgatadi. Yuqorida aytilganlarni basketbolga qo'llash muhim ahamiyatga ega bo'lib,
pirovardida asosiy mohiyati shundaki, natijalarni ko'rib turish, tushunish, maqsadga
yaqinlashayotganligini aniq sezib tarishdir.

Jismoniy tarbiya darsining maqsadi va vazifalari.

Jismoniy tarbiya darsining asosiy maqsadi «jismoniy madaniyat va uning tarkibiy

yo'nalishlari (jismoniy tarbiya, sport, jismoniy va funksional tayyorgarlik, jismoniy sifatlar va
hokazo) haqida dastlabki bilim berish, hayotiy zarur harakat malakalri va ko'nikmalarni
shakllantirish, asosiy jismoniy sifatlarni tarbiyalashdan iborat. O'z salomatligi va jismoniy


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 8, August 2025 ISSN 2181-2853

Page 23

qudratini mustahkamlash o'quvchi yoshlarning nafaqat shaxsiy ishi, balki bu mas'uliyat
ularning jamiyat oldidagi burchi ekanligini ongiga singdirish o'qituvchi tomonidan hal
etiladigan muhim masalalardan biri bo'lishi lozim. Ushbu maqsadga erishish yosh avlodni
<katta>>> hayotga tayyorlash, bo'lajak kasbiy faoliyatni samarali tashkil qilish, turmush
qiyinchiliklarini engib o'tish va O'zbekiston Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni sharaf bilan
ado etish imkoniyatini yaratadi.

Jismoniy tarbiya darsining vazifalari yuqorida qayd etilgan maqsadlardankelib chiqqan

holda sog'liqni mustahkamlash, umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish, muayyan
sport turi (basketbol)ga xos harakat malakalari texnikasiga o'rgatish hamda sport intizomini
shakllantirish, raqibini hurmat qilish hissiyotini uyg'otish, iroda, diqqat vasezgirlik kabi
xislatlarni tarbiyalashdan iborat.

Darsning tuzilishi va mazmuni.

Basketbol bo'yicha o'tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi, shu jumladan basketbol darsi 3

qismdan tashkil topadi.

1 qism tayyorlov

10-12 daqiqaga teng bo'lib, o'z ichiga sinfni tashkil etish (saflanish,

navbatchi o'quvchini o'qituvchiga davomat haqida axborot berishi, dars vazifalari bilan
tanishtirish), saf mashqlari, umumiy va maxsus mashqlarni kiritadi.

Darsni tayyorlov qismida beriladigan mashqlar shu darsni maksad vazifalarini echishga

qaratilgan bo'lishi lozim. Tayyorlov mashqlari tana muvozanatini saklash, qaddi-qomatni
shakllantirish, yurish, yugurish, sakrash, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va
egiluvchanlik sifatlarini tarbiyalashga mo'ljallanadi. Darsning tayyorlov qismi o'quvchilar
organizmini «qizitish» va uni funksional jihatdan shu darsning asosiy qismiga tayyorlashdan
iborat. Darsning ushbu qismini o'tkazish shiddati dastlab sekin-asta oshirilib, shu qismni
o'rtasidan yana sekinlashtirilishi kerak.

Asosiy qism

30-35 daqiqa davom etadi. Mazkur qismda darsni asosiy maksad va

vazifalari echiladi. Texnik-taktik malakalar o'zlashtiriladi. Buning uchun o'rganiladigan o'yin
malakalariga oid taqlid va to'p bilan bajariladigan mashqlar qo'llaniladi. Malakalarga o'rgatish
va ularni shakllantirish yakka tartibda yoki kichik guruhlar va barcha o'quvchilar ishtirokida
amalga oshiriladi. Bu qismda o'rgatish jarayoni sekin shiddatda, takomillashtirish jarayoni esa
katta tezlikda kechishi lozim.

Yakuniy qism

3-5 daqiqa davom etadi. Bu qismning maqsadi o'ta sekin shiddatda ijro

etiladigan mushaklarni bo'shashtiruvchi va taranglashtiruvchi mashqlar hamda milliy harakatli
o'yinlar yordamida charchoqni bartaraf etish, organizmning funksiyalari va ish qobiliyatini
tiklashga qaratiladi.

Dars davomida jismoniy sifatlarni tarbiyalash, harakat (texnik-taktik) malakalari

texnikasiga o'rgatish va ularni takomillashtirish turli pedagogik uslublar yordamida amalga
oshiriladi. Bu uslublar quyidagilardan iborat:

-tushuntirish;
-ko'rsatish (namoyish etish);
-muayyan malakani qismlarga bo'lib o'rgatish;
-malakani to'liq holda sekin va katta tezlikda o'rgatish;
-qaytarish;
-o'yin uslubi,


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 8, August 2025 ISSN 2181-2853

Page 24

-musobaqa uslubi va hokazo.
O'rgatish jarayonida, bundan tashkari, rag'batlantirish va jazolash, ishontirish kabi

usullar ham o'rin oladi.

Har bir uslubni qo'llashda o'ziga xos vositalar (mashqlar)dan foydalaniladi.
Basketbol bo'yicha o'tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi yakunida, aksariyat hollarda,

o'quvo'yini o'tkaziladi. Bunday uyinlarni o'tkazish davomida o'yin qoidalarini o'zlashtirishga
va hakamlik qilish sirlarini o'rgatishga alohida e'tibor qaratiladi.

O'rgatish va takomillashtirish jarayonida beriladigan vazifa, shu jumladan qo'llaniladigan

mashqlar «oddiydan murakkabga», «o'tilganidan o'tilmaganiga» va «yengilidan og'iriga»
(nagruzka jihatidan) kabi didaktik tamoyillarga rioya qilish shart.

Dars jarayonini rejalashtirish, unga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish tartibi.

Darsning sifati va samaradorligi nafaqat o'qituvchining mahorati hamda tajribasiga

bog'liq, balki uni muayyan darsga qanday tayyorgarlik ko'rishiga ham bog'liqdir.

Darsga tayyorgarlik ko'rish quyidagi tadbirlarni amalga oshirishdan iborat:
-dars jarayonini loyihalash (rejalashtirish);
-darsni samarali va sifatli o'tkazish modelini ishlab chiqish;
-darsning foydali zichligini ta'minlash imkoniyatlarini aniqlash;
-o'quvchilar tarkibidan yordamchilar tayinlash;
-tayyorlangan va tasdiqlangan dars bayonnomasini ko'rib chiqish, agar zaruriyat bo'lsa,

o'zgartirish kiritish (dars bayonnomasi ilova qilingan);

-o'quvchilar tomonidan bilim, malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirish darajasini aniqlash

(baholash) mezonlarini ko'rib chiqish;

-dars o'tkazish joyi, foydalaniladigan asbob, anjom va uskunalar tayyorligini ko'zdan

kechirish;

-darsdan so'ng navbatdagi dars qanday fandan ekanligini aniqlash;
-o'qituvchining o'z tashqi qiyofasi va sport kiyimiga e'tibor berishi,
-muayyan darsda ishtirok etadigan sinf o'quvchilarining jismoniy va funksional

imkoniyatlarini e'tiborga olish.

Bundan tashqari o'qituvchi quyidagi rejalashtiruv hujjatlari bilan qurollangan bo'lishi

shart:

-ta'lim standarti va klassifikatori;
-o'quv dasturi bo'limlari bo'yicha yillik o'quv soatlarining taqsimlanish rejasi;
-sinflar, choraklar va darslar bo'yicha yillik reja-jadvali;
-choraklar bo'yicha o'quv materiallarini taksimlanish jadvali;
-dars mavzulari aks ettirilgan chorak ish rejasi;
-dars bayonnomasi;
-sinf jurnali.

Xulosa.

Dastlabki o‘rgatish jarayoni sportchining kelgusi mahoratini shakllantirishda hal

qiluvchi ahamiyatga ega. Bolalar sport mashg‘ulotlarini rejalashtirishda ularning jismoniy va
funksional imkoniyatlari, yosh xususiyatlari hamda psixologik holati inobatga olinishi shart.
Basketbol bo‘yicha darslarda jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik,
egiluvchanlik) rivojlantirish bilan birga texnik-taktik malakalarga to‘g‘ri uslublar orqali
bosqichma-bosqich o‘rgatish samarali natija beradi. Darslarni tayyorlash, tashkil etish va


background image

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.984

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 8, August 2025 ISSN 2181-2853

Page 25

o‘tkazishda didaktik tamoyillarga amal qilish, pedagogik va tibbiy nazoratni ta’minlash,
shuningdek, o‘quvchilarning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladigan
metodlarni qo‘llash zarur. Natijada, yosh sportchilarning sog‘ligi mustahkamlanadi, sport
mahorati izchil rivojlanadi va yuqori natijalarga erishish uchun poydevor yaratiladi.

References:

1.

Ivankov CH.T. Teoreticheskie osnovi metodiki fizicheskogo vospitaniya. M.: Insan.

2000.-351 s.
2.

Ismatullaev H.A., Ismatullaev F.H. Basketbol bo'yicha musobaqalarni tashkil qilish va

o`tkazish. // Uslubiy qo'llanma. T.: 2004.-21s.
3.

Portnov YU.M. Basketbol. // Uchebnik dlya studentov IFK. 3 izd. M.:FiS. 1988. - 288 s.

4.

Sokolova N.D. Kurs leksiy po basketbolu. Obshiy kurs. T.: 2007.-83s.

5.

Sportivnie igri na urokah fizkul'turi. //Uchebnoe posobie. Pod obsh. red. O.Listova. M.:

Akademiya-Press, 2001. - 275 s.
6.

Sportivnie igri: Tehnika, texnika, metodika obucheniya. // Ucheb. dlya stud. vissh. ped.

ucheb. zavedeniy. Pod red. YU.D.Jeleznyaka, YU.M.Portnova. M.: Akademiya, 2004. - 448 s.
7.

Kolos V.M. Basketbol. Teoriya i praktika. // Metodicheskoe posobie. Minsk, Polimya.

1989. 167 s.
8.

Portnih I.I. Sportivnie igri i metodika ih prepodavaniya. Izd.II. M.: Fizkul'tura i sport,

1986.320 s.
9.

Umarov D.H., Kdirova M.A. Sredstva i metodi professional'no-prikladnoy fizicheskoy

podgotovki studentov i uchasheysya. // Uchebno-metodicheskoe posobie. T.: 2010.-145s.

References

Ivankov CH.T. Teoreticheskie osnovi metodiki fizicheskogo vospitaniya. M.: Insan. 2000.-351 s.

Ismatullaev H.A., Ismatullaev F.H. Basketbol bo'yicha musobaqalarni tashkil qilish va o`tkazish. // Uslubiy qo'llanma. T.: 2004.-21s.

Portnov YU.M. Basketbol. // Uchebnik dlya studentov IFK. 3 izd. M.:FiS. 1988. - 288 s.

Sokolova N.D. Kurs leksiy po basketbolu. Obshiy kurs. T.: 2007.-83s.

Sportivnie igri na urokah fizkul'turi. //Uchebnoe posobie. Pod obsh. red. O.Listova. M.: Akademiya-Press, 2001. - 275 s.

Sportivnie igri: Tehnika, texnika, metodika obucheniya. // Ucheb. dlya stud. vissh. ped. ucheb. zavedeniy. Pod red. YU.D.Jeleznyaka, YU.M.Portnova. M.: Akademiya, 2004. - 448 s.

Kolos V.M. Basketbol. Teoriya i praktika. // Metodicheskoe posobie. Minsk, Polimya. 1989. 167 s.

Portnih I.I. Sportivnie igri i metodika ih prepodavaniya. Izd.II. M.: Fizkul'tura i sport, 1986.320 s.

Umarov D.H., Kdirova M.A. Sredstva i metodi professional'no-prikladnoy fizicheskoy podgotovki studentov i uchasheysya. // Uchebno-metodicheskoe posobie. T.: 2010.-145s.