308
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
O’ZBEKISTONDA YETISHTIRILGAN DORIXONA UKROPI (FOENICULUM
VULGARE MILL.) MEVASI BIOLOGIK FAOL MODDALARI TAHLILI
Umarov U.A.
Xursandov A.Y.
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi
e-mail: ulugbekumarov08@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17335386
Dolzarbligi:
Dorixona ukropi (Foeniculum vulgare Mill.) soyabonguldoshlar oilasiga mansub
o’simlik bo’lib, O’zbekiston Respublikasi ko’pgina viloyatlarida yetishtiriladi. Mevasi efir moyiga
boy bo’lib, farmatsevtikada keng qo’llaniladi. Adabiyotlar manbaalarini o’rganish natijasi shuni
ko’rsatdiki, ushbu o’simlik mevasi biologik faol moddalari O’zbekistonda kam o’rganilgan.
Izlanish maqsadi:
Yuqoridagilarni hisobga olib, dorixona ukropi mevasi biologik faol
moddalarini o’rganish izlanishning maqsadi bo’ldi.
Materiallar va usullar:
Tadqiqot obyekti sifatida dorixona ukropining 2024-yilda Toshkent
viloyatida yetishtirilgan mevasi olindi. Biologik faol moddalar sifatida efir moylari, xlorofill va
karotinoidlar, flavonoidlar, organik kislotalar, aminokislotalar, polisaxaridlar tahlil qilindi. Efir
moyini ajratib olish Davlat farmakopeyasida keltirilgan usul yordamida amalga oshirildi. Xlorofil va
karotinoidlarni o’rganish maqsadida 5,0 g (aniq tortim) maydalangan dorixona ukropi mevasi (1:5)
nisbatda xloroform bilan doimiy aralashtirilgan holda 40 daqiqadan 3 marta ekstraksiya qilindi.
Olingan ekstraktlar birlashtirildi va sig’imi 100 ml lik o’lchov kolbasiga solindi va belgisigacha
xloroform bilan yetkazildi. Karotinoidlar (β-karotinga nisbatan) va xlorofillar (xlorofil a ga nisbatan)
spektrofotometrda mos ravishda 450 nm va 664 nm larda o’lchandi. Flavonoidlarni aniqlash uchun
xloroform bilan ekstraktsiyadan qolgan shrot 70% li etanol bilan (1:5) nisbatda ekstraktsiya qilindi.
Olingan ekstraktlar sig’imi 100 ml lik o’lchov kolbasiga solindi va belgisigacha 70% li etanol bilan
yetkazildi. Flavonoidlarning farmakopeyada keltirilgan alyuminiy xlorid bilan kompleks hosil qilish
xossasi asosida spektrofotometr qurilmasida miqdori rutinga nisbatan 415 nm da aniqlandi. Organik
kislotalarni aniqlash maqsadida maydalangan 30 g (aniq tortim) dorixona ukropi mevasi yuqorida
ko’rsatilgandek dastlab xloroform, so’ng 70% li etanol bilan tozalandi. So’ng shrot quritildi va 150
ml suv bilan 3 marta 30 min dan ekstraktsiya qilindi. Olingan ekstraktlar birlashtirildi, sig’imi 500
ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solindi va belgisigacha suv bilan yetkazildi. Ekstraktdan 10 ml olinib
sig’imi 500 ml lik stakanga solindi va 250 ml tozalangan suv qo’shib natriy gidroksidning 0.1 M li
eritmasi bilan olma kislotasiga nisbatan potentsiometrik titrlandi. Aminokislotalarini miqdorini
aniqlash uchun 10 g (aniq tortim) dorixona ukropi maydalangan mevasi turli xil kontsentratsiyali
etanol (20%, 40%, 70%, 96%) va suv bilan (1:5) nisbatda ekstraktsiya qilindi. Olingan ekstraktlar
birlashtirildi va glutamin kislotaga qayta hisoblash orqali spektrofotometrik usulda aniqlandi.
Polisaxaridlar dorixona ukropi maydalangan mevasidan ketma-ket suvda eruvchan polisaxaridlar
(SEP), pektin moddalari (PM) va gemitsellyuloza (GM) kabi fraktsiyalarga bo’lib olindi. SEP ni olish
uchun dorixona ukropi mevasi suv bilan avval (1:20) so’ng (1:10) nisbatda 2 marta ekstraktsiya
qilindi. Ekstraktlar birlashtirildi, bug’latildi va 96% etanol bilan SEP cho’kririldi. Qolgan shrotdan
PM oksalat bufer eritmasi yordamida (ammoniy oksalati va shavel kislotasining 0.5% li (1:1)
nisbatdagi eritmasi) 3 marta (1:20) nisbatda ekstraktsiya qilindi. PM olingandan keyin qolgan
shrotdan GM ni ajratib olish uchun 7% li natriy gidroksidi eritmasidan foydalanildi. Ekstraktsiya
(1:5) nisbatda 12 soat davomida 3 marta amalga oshirildi. PM va G ekstraktlari alohida
birlashtirilgandan so’ng dializlandi.
309
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
Natijalar:
Tadqiqot natijasida dorixona ukropi mevasida
efir moylari miqdori 2.1% ni, xlorofill
6.1% ni, karotinoidlar 2,84% ni, flavonoidlar 1.4% ni, organik kislotalar 1.14% ni, aminokislotalar
96% li etanolda 0.1% ni,70% li etanolda 0.13% ni, 40% li etanolda 0.2% ni, 20% li etanolda 0.6%
ni, suvli ekstraktda 1,1% ni, SEP 3.4% ni, PM 0.92% ni, G 1.4% ni tashkil etdi.
Xulosalar:
Olingan natijalarga ko’ra,
dorixona ukropi mevasida xlorofil va karotinoidlar
miqdori boshqa biologik faol moddalarga nisbatan ko’pligi, aminokislotalar esa eng kam miqdorda
ekanligi aniqlandi.
