281
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
UZUM BARGIDAN QURUQ EKSTRAKTNI OLISH, TARKIBIDAGI TEMIR
MIQDORINI ANIQLASH
A.K.Saidvaliev
M.M.Mirzaeva
Toshkent Farmatsevtika Instituti,
Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi
e-mail: bositbosit337@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17334377
Dolzarbligi.
So’nggi yillarda yosh bolalarda, ayniqsa xomilador ayollarda, organizmda temir
moddasi yetishmasligi natijasida kamqonlik kasalligi ko’payib bormoqda. Bu kasalliklarda xozirgi
kunda temir (II) tuzlari qo’shilgan xar xil nomlardagi dori vositalari mavjud bo’lib, bemorlar
tomonidan qabul qilinib kelinmoqda.
Shuni aytish mumkinki, xozirgi kunda temir saqlovchi o’simliklar deyarli o’rganilmagan.
Uzum-(Vitis viniferab) katta barglari ko’p yillik o’simlik bo’lib,15-20 sm va undan ortiq
bo’lishi mumkin. Uzumdoshlar oilasiga mansub bo’lib, muylovchalari bilan chirmashib o’sadi. Yosh
novdalari biroz jigar rang, qari novdalari po’stlog’i хаm jigar rangda bo’ladi. Asosan novdalari
yordamida ko’paytiriladi. Mevalari turli rangda bo’lishi mumkin. Ayrim turlarida urug’lari,
ayrimlarida urug’i yo’q. Uzumlar quvvat beruvchi xususiyatiga ega.
Kimyoviy tarkibida flavanoidlar 20%, qandlar 10-33% (glyukoza, fruktoza, olma, vino, limon,
yantar, shavel, glyukuron, gall, salitsil kislotalar) uchrashi mumkin.
Tadqiqot olib borishda uzum navlaridan Rizamat ota va qora shaxzoda uzumlarini barglari
yig’ib olinib, taxlil olib borildi.
Tadqiqotninig maqsadi.
Organik birikkan temir saqlovchi o’simliklarni o’rganib, ulardan
quruq ekstrakt olib, taxlil usulini ishlab chiqish, mineralizatsiya usullarini o’rganib, temirni %
miqdorini aniqlash tadqiqotning maqsadi xisoblanadi.
Usul va uslublar.
1) Sulfat kislota va kaliy permanganat bilan mineralizatsiya qilish.
0,025 gr ekstrakt olib, 250 ml xajmli konussimon kolbaga solib,5 ml konsentrlangan sulfat
kislota qo’shib, qaynab turgan suv xammomida 10 daqiqa davomida isitib, ustiga 10 ml 0,1 M kaliy
permanganat eritmasidan qo’shildi , suv xammomida 10 daqiqa davomida isitildi, so’ngra 10 ml
suv,10 ml 16% sulfat kislota eritmasi, 2-3 ml kraxmal,1 ml 10% kaliy yod eritmasidan qo’shib, ajralib
chiqqan yodni 0,01 M natriy tiosulfat eritmasi bilan eritmani rangi o’chgunicha titrlandi.1 ml natriy
tiosulfat 0,0005585 g yodni o’ziga biriktiradi. Uzum bargidan olingan quruq ekstrakt tarkibidagi
temir miqdorini quyidagi xisoblash formulasi bo’yicha xisoblab topiladi:
%=
𝑉∗𝐾∗𝑇∗100
𝑎
a-olingan tortma, gr
V-sarf bo’lgan natriy tiosulfat xajmi, ml
K-tuzatish koeffitsienti
T-yodni titri
Taxlil natijalari shuni ko’rsatdiki, sulfat kislota va kaliy permanganat bilan mineralizatsiya
qilinganda, temir miqdori 4,2% bo’lishi aniqlandi.
2) Esktraktni konsentrlangan nitrat kislota yordamida mineralizatsiya qilinganda, temir
miqdori 4,0 % gacha bo’lishi aniqlandi.
282
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
Natijalar.
Uzum bargidan quruq ekstrakt olishda quruq xom-ashyoni suv yordamida qaynab
turgan suv xammomida 1 soat davomida isitilib, so’ngra paxta orqali filtrlab, chinni kosachaga
o’tkazilib, bug’latilib, ekstrakt olindi.Olingan quruq ekstrakt yig’indisi 30% ni tashkil qildi.
Xulosalar.
Uzum bargidan quruq ekstrakt olindi. Xozirda ushbu tadqiqot ishlari davom
etmoqda.
