427
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
MAHALLIY O
’
SIMLIK XOMASHYOLARI ASOSIDA OLINGAN O
’
T HAYDOVCHI
YIG
’
MA
TARKIBIDAGI SUVDA ERIYDIGAN VITAMINLARNI O’RGANISHGA
DOIR
Umarxonov X.V.
Mullajonova M.T.
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston
Respublikasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17341816
Dolzarbligi:
vitaminlar tanada yetarli bo‘lmasa, moddalar almashinuvi (metabolizm)
buzilishiga, jismoniy va aqliy faoliyatning susayishiga, hamda tez charchashga olib keladi.
Shuningdek, vitamin yetishmovchiligi immun tizimini zaiflashtirib, organizmni kasallik keltiruvchi
omillarga nisbatan himoyasiz holatga keltiradi. Natijada turli kasalliklarga, xususan, surunkali va
patologik holatlarga moyillik ortadi. Vitaminlar organizmdagi ko‘plab metabolik jarayonlarda
ishtirok etgani sababli, ularni kasalliklarning oldini olish va davolashda qo‘llash muhimdir. Ular
boshqa davo vositalarining samaradorligini oshirish, ularning ta’sirini kuchaytirish yoki to‘ldirishda
ham muhim rol o‘ynaydi. Asosan, vitaminlar metabolik jarayonlarni me’yorga solishda katta
ahamiyatga ega.
Tadqiqotning maqsadi:
mahalliy o‘simlik xomashyolari asosidagi o‘t haydovchi yig‘maning
suvda eriydigan
vitaminlarini aniqlash.
Usul va uslublar:
tadqiqot ob’ekti sifatida mahalliy o‘simlik xomashyolari asosida o‘t
haydovchi yig‘madan foydalanildi. Tahlil “Dorivor o‘simlik xom ashyosi va dorivor o‘simlik
preparatlaridan namuna olish” ko‘rsatmalariga muvofiq tanlangan xom ashyoning o‘rtacha
namunalari bo‘yicha o‘tkazildi. Vitaminlarni aniqlash gradient nasosli, termostatik kolonka va
o‘zgaruvchan to‘lqin uzunligiga ega. UB detektorlari bilan jihozlangan Shimadzu HPLC-10 VP
xromatografida yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida amalga oshirildi.
Xromatografiya shartlari:
➢
zarracha o‘lchami 5 mkm bo‘lgan Zorbax Eclipse sorbenti bilan to‘ldirilgan Hypersil ODS C-
18 4.6 x 150 mm li kolonka;
➢
UB detektorining to‘lqin uzunligi- 270 nm;
➢
Termostat kolonkasining harorati 35
o
С, elyuent oqimi tezligi 1.0 ml/daq, kiritilgan namunaning
hajmi 20 mkl, xromatografiyalash davomiyligi 18 daqiqa.
Tahlil gradientli elyuasiyalash rejimida amalga oshirildi.
Qo‘zg’aluvchan faza sifatida ikki komponentli eluent tizimidan foydalanilgan: pH qiymati
trimetilamin bilan 3.0 ga keltirilgan 4 mmol/l natriy 1-geksansulfon (A eritmasi), metanol (B
eritmasi).
jadval
Mahalliy o‘simlik xomashyolari asosidagi o‘t haydovchi yig‘ma tarkibidagi suvda
eriydigan vitaminlar tarkibi
Aniqlangan vitaminlar
Miqdori, mg/100ml
B6
30.927
B9
4,568
PP
6,721
C
43,478
B2
0,854
428
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
B12
5,257
Natijalar:
jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yig‘ma tarkibida C, B6, PP, B12, B9
va B2 vitaminlar borligi aniqlandi.
Xulosalar:
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida o’simlik xomashyosi tarkibida oqsil, lipidlar va
uglevodlarni metabolizmi va o‘zlashtirilishida organizm uchun muhim ahamiyatga ega C, B6, PP,
B12, B9 va B2 vitaminlari borligi aniqlandi. Ulardan vitamin C miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi,
ularning yetishmasligi tez-tez shamollash, charchoq, holsizlik, terining qurishi, yara va
chandiqlarning sekin bitishiga olib kelishi mumkin.
