DYNAMICS AND ANALYSIS OF THE ACTIVITY OF ENTERPRISES WITH FOREIGN INVESTMENT PARTICIPATION

Abstract

The article analyzes the measures taken under the "New Uzbekistan" Development Strategy for 2022–2026 to attract investments. It provides quantitative data on the dynamics of foreign and local investments, their efficiency, and distribution. The article examines Uzbekistan-China investment cooperation, the dynamics of foreign direct investments, portfolio investments, and external loans attracted to fixed capital as of 2023. Additionally, it presents an analysis of investment distribution across regions and the top investor countries.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abduraxmonov , A. (2025). DYNAMICS AND ANALYSIS OF THE ACTIVITY OF ENTERPRISES WITH FOREIGN INVESTMENT PARTICIPATION . Economic Development and Analysis, 3(3), 20–26. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/80126
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article analyzes the measures taken under the "New Uzbekistan" Development Strategy for 2022–2026 to attract investments. It provides quantitative data on the dynamics of foreign and local investments, their efficiency, and distribution. The article examines Uzbekistan-China investment cooperation, the dynamics of foreign direct investments, portfolio investments, and external loans attracted to fixed capital as of 2023. Additionally, it presents an analysis of investment distribution across regions and the top investor countries.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

20



XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALAR FAOLIYATI

DINAMIKASI VA TAHLILI

Abduraxmonov

Azizbek Akram oʻgʻli

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0009-0006-3920-2445

azizabdurahmonov65@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada 2022

–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot

strategiyasi doirasida investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora

-tadbirlar

tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy investitsiyalar hajmi, ularning samaradorligi va

taqsimoti toʻgʻrisidagi raqamli maʼlumotlar keltirilgan. Oʻzbekiston

-

Xitoy oʻrtasidagi

investitsiyaviy hamkorlik, toʻgʻridan

-

toʻgʻri xorijiy investitsiyalar dinamikasi, portfel

investitsiyalar va xorijiy kreditlarning asosiy kapit

alga jalb etilishi boʻyicha 2023 yil yakunlari

koʻrib chiqiladi. Hududlar kesimida investitsiyalarning taqsimlanishi va eng yirik investor

mamlakatlar tahlil qilinadi.

Kalit soʻzlar:

i

nvestitsiya muhiti, xorijiy investitsiyalar, chet el sarmoyalari, toʻgʻridan

-

toʻgʻri investitsiyalar, Yangi Oʻzbekiston strategiyasi, investitsiyaviy hamkorlik, iqtisodiy

rivojlanish, asosiy kapital, portfel investitsiyalar.

ДИНАМИКА И АНАЛИЗ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЙ С УЧАСТИЕМ

ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ

Абдурахмонов Азизбек Акрам угли

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация.

В статье анализируются меры, принимаемые в рамках стратегии

развития «Новый Узбекистан» на 2022–2026 годы по привлечению инвестиций.
Представлены количественные данные о динамике объемов иностранных и местных

инвестиций, их эффективности и распределении. Рассматривается инвестиционное
сотрудничество между Узбекистаном и Китаем, динамика прямых иностранных

инвестиций, портфельных вложений и внешних кредитов, привлеченных в основной

капитал по итогам 2023 года. Также приводится анализ распределения инвестиций по

регионам и крупнейших стран

-

инвесторов.

Ключевые слова:

инвестиционный климат, иностранные инвестиции, зарубежные

вложения, прямые инвестиции, стратегия «Новый Узбекистан», инвестиционное

сотрудничество, экономическое развитие, основной капитал, портфельные инвестиции.

UO‘K:

330.322.01

III SON - MART, 2025

20-26

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

21

DYNAMICS AND ANALYSIS OF THE ACTIVITY OF ENTERPRISES WITH FOREIGN

INVESTMENT PARTICIPATION

Abdurakhmonov Azizbek Akram ugli

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

The article analyzes the measures taken under the "New Uzbekistan"

Development Strategy for 2022

2026 to attract investments. It provides quantitative data on the

dynamics of foreign and local investments, their efficiency, and distribution. The article examines
Uzbekistan-China investment cooperation, the dynamics of foreign direct investments, portfolio

investments, and external loans attracted to fixed capital as of 2023. Additionally, it presents an

analysis of investment distribution across regions and the top investor countries.

Keywords:

investment climate, foreign investments, overseas capital, direct investments,

New Uzbekistan strategy, investment cooperation, economic development, fixed capital, portfolio

investments.

Kirish.

Bugungi kunda investitsion muhitning shakllanishi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish

masalasi har qanday mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Xorijiy investitsiyalar milliy iqtisodiyotga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, yangi ish

o‘rinlari yaratish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli,

O‘zbekiston ham investitsion muhitni yaxshilash va chet el sarmoyalarini jalb qilish bo‘yicha

izchil islohotlarni amalga oshirib kelmoqda.

O‘zbekiston hukumati tomonidan investorlar uchun qulay huquqiy va institutsional

sharoitlar yaratish maqsadida bir qator qonunchilik islohotlari olib borilmoqda. Jumladan,

“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning qabul

qilinishi, davlat-xususiy

sheriklik mexanizmlarining rivojlantirilishi va soliq imtiyozlarining taqdim etilishi mamlakat

investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan asosiy choralardan biri sifatida ko‘riladi.

Xalqaro moliyaviy institutlarning hisobo

tlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston

iqtisodiyotiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi sezilarli darajada ortib bormoqda, bu esa

amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ko‘rsatadi.

Adabiyotlar sharhi.

O‘zbekistonda investitsion muhit va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha olib

borilgan tadqiqotlar iqtisodiy rivojlanish strategiyalarining samaradorligini baholashga

qaratilgan. Mazkur mavzu doirasida ko‘plab ilmiy maqolalar, xalqaro moliyaviy i

nstitutlar

hisobotlari hamda hukumat tomonidan qabul qilingan hujjatlar tahlil qilingan. Xususan, BMT
Taraqqiyot Dasturi (2023), Jahon Banki (2023)

, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi

(2022) va Osiyo

Taraqqiyot Banki (2023)

tomonidan e’lon qilingan hisobotlarda O‘zbekistonning investitsion

salohiyati va chet el investitsiyalarini jalb qilish strategiyalari yoritilgan.

Shuningdek, iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha nufuzli ilmiy jurnallarda e’lon qilingan

maqolalar xorijiy sarmoyalarning iqtisodiyotga ta’siri, investitsion islohotlarning natijalari va

O‘zbekistonning xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalashuvi haqida tahliliy ma’lumotlar

beradi (Karimov, 2021)

. So‘nggi yillarda scholar.google.

com va Scopus bazalarida chop etilgan

maqolalar O‘zbekistonning xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyalari va ularning

hududiy taqsimoti bo‘yicha chuqur tadqiqotlarni o‘z i

chiga oladi (Rasulov, 2022). Shu bilan

birga, investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan milliy qonunchilik bazasi, jumladan,

“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun

(Qonun, 2019) hamda davlat-

xususiy sheriklik to‘g‘risidagi normativ hujjatlar (Vazirlik, 2020; Qo’mita, 2023)

ham muhim

ilmiy ahamiyat kasb etadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

22

Mazkur adabiyotlar sharhi asosida, O‘zbekiston investitsion muhitining shakllanishi,

xorijiy kapitalni jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar va ularning samaradorligi

haqida ilmiy dalillarga asoslangan umumiy tasavvur shakllantirildi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur tadqiqotda investitsion muhit va chet el

sarmoyalarining O‘zbekiston

iqtisodiyotiga ta’sirini tahlil qilish uchun kombinatsiyalangan tadqiqot metodologiyasi

qo‘llanildi. Tadqiqot falsafasi induktiv va deduktiv yondashuvlar asosida shakllantirilib,

empirik ma’lumotlarga asoslangan holat (case

-study) tahlili va statistik usullardan foydalanildi.

Tadqiqot dizayni investitsion muhitning dinamikasini o‘rganish va uning rivojlanish

yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan. Asosiy ma’lumotlar xalqaro moliyaviy institutlarning

hisobotlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari v

a xorijiy

investitsiyalar bo‘yicha hukumat tomonidan e’lon qilingan hujjatlar asosida shakllantirildi.

Metodologiya doirasida quyidagi tadqiqot strategiyalari qo‘llanildi:

Kuzatish

investitsion muhitning so‘nggi yillardagi rivojlanish tendensiyalari va chet el

kapitalining jalb qilinishi bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlili.

Keys-stadi (holat tahlili)

O‘zbekiston

-Xitoy iqtisodiy hamkorligi va sarmoyaviy

loyihalari misolida investitsion jarayonlarning samaradorligi o‘rganildi.

Statistik tahlil

Davlat statistika qo‘mitasi va xalqaro tashkilotlarning rasmiy

ma’lumotlariga asoslangan xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash.

Tadqiqot ishonchliligini (reliability) oshirish maqsadida birlamchi va ikkilamchi

ma’lumotlar o‘zaro taqqoslanib, ularning aniqligi (validity) xalqaro standartlarga muvofiq
baholandi. Mazkur metodologik yondashuv asosida O‘zbekistonda investitsion muhitnin

g

bugungi holati va istiqbollari bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar chiqarildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

2022

–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham

investitsiyalarni iqtisodiyotimizga jalb qilish o‘z aksini topgan: mamlakatda investitsiya

muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard

AQSH dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini

ko‘rish; investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha,

“pastdan

-

yuqoriga” tamoyili asosida, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish; 2026 yilgacha xorijiy va

mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish; davlat-xususiy sheriklik

asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv
xo‘jaligi va

boshqa sohalarga 14 milliard AQSH dollarga teng investitsiya jalb etish (Farmon,

2022).

O‘zbekiston

-

Xitoy o‘rtasidagi savdo

-iqtisodiy va investitsiyaviy

hamkorlik jadal sur’atda

o‘sib, keng ko‘lam kasb etayapti. Xususan, keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi ikki barobar

ko‘payib, 2023 yilda rekord ko‘rsatkich –

14 milliard dollarga yetdi

(Ma’ruza, 2024a), ya’ni

Xitoyning O‘zbekistonga kiritgan umumiy investitsiyalari hajmi 14 milliard dollardan oshdi.

Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni uch barobar ko‘paydi.

“O‘zbekiston joriy yil olti oyda to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiya hajmi o‘tgan yilga

nisbatan 2 karra o‘sib, 14 milliard dollarga yetdi. Bunday raqamlar 33 yillik tariximizda
bo‘lmagan”

(Ma’ruza, 2024b)

.

O‘zbekiston Respublikasida 2019

-2023 yillar kesimida xorijiy sarmoya ishtirokida

faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni oshib borish dinamikasiga ega (1

-jadvalga qarang).

1-

jadval ma’lumotlaridan yaqqol ko‘rinib turibdiki, 2019 yil boshiga xorijiy sarmoya

ishtirokidagi korxonalar soni jami 7560 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil 1 yanvar holatiga

ularning soni 1,9 barovarga yoxud 6493 taga oshib 14053 taga yetgan, jumladan 4657 ta

qo‘shma korxona va 9396 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalardir.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

23

2023 yilda O‘zbekistonga to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 16 foizga –

2,6 mlrd

dollardan 2,2 mlrd dollargacha qisqardi.

1-jadval

Yillar kesimida xorijiy kapital

ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni

Xorijiy kapital

ishtirokidagi

korxonalar

2019 yil 1

yanvar

holatiga

2021 yil 1

yanvar

holatiga

2022 yil 1

yanvar

holatiga

2023 yil 1

yanvar

holatiga

2024 yil 1

yanvar

holatiga

Qo‘shma

korxonalar

4006

5672

5988

6419

4657

Xorijiy korxonalar

3554

6109

7301

9382

9396

Jami:

7560

11781

13289

15801

14053

2023 yilda portfel investitsiyalar hajmi qariyb 1 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu oktyabr

oyida chiqarilgan 4,25 trln so‘m

miqdoridagi «yashil» suveren xalqaro obligatsiyalar hamda

660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalar bilan tavsiflanadi. 2023 yilda O‘zbekiston

Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 352,1 trln so‘mni tashkil

etgan.

2023- yilning yanvar-

dekabr oylarida jami 352,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar

o‘zlashtirilib, 2022

-yilning mos davriga nisbatan 122,1 % ni tashkil etdi. Asosiy kapitalga

investitsiyalarning tarkibida 66,4 % yoki 233,8 trln. so‘m investitsiyalar jalb etilgan mablag‘lar

hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan

33,6 % yoki 118,3 trln. so‘m moliyalashtirildi. Shuningdek, markazlashgan moliyalashtirish

manbalari hisobidan asosiy kapitalga invest

itsiyalar hajmi 44,8 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa,

markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 307,3 trln. so‘m investitsiyalar

o‘zlashtirildi.

1-

rasm. Xorijiy investitsiya va kredit manbalari bo‘yicha 2023 yilda asosiy kapitalga

investitsiyalar, jamiga nisbatan, % da

Manba:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi materiallari asosida

muallif tomonidan tayyorlandi.

53.4%

61.3%

62.0%

64.3%

61.9%

54.5%

63.1%

50.0%

43.3%

61.9%

81.6%

56.9%

46.7%

44.3%

37.1%

0.0% 10.0% 20.0% 30.0% 40.0% 50.0% 60.0% 70.0% 80.0% 90.0%

O‘zbekiston Respublikasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Andijon

Buxoro

Jizzax

Qashqaradaryo

Navoiy

Namangan

Samarqand

Surxondaryo

Sirdaryo

Toshkent

Farg‘ona

Xorazm

Toshkent sh.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

24

Asosiy kapitalga investitsiyalar

yangi asosiy fondlarni sotib olish va takror ishlab

chiqarishga yo‘naltirilgan xarajatlar majmuini bildiradi. 2023 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda
jami haqiqatda o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aynan xorijiy i

nvestitsiyalar va kreditlar

salmoqli o‘rin egalladi. Xususan, yuqori ko‘rsatkichlar Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Andijon,

Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida kuzatilmoqda (1-rasmga qarang).

2-

rasm. 2023 yil yakuni bo‘yicha eng ko‘p chet el investitsiyalarini O‘zbekistonga

kiritgan 10 ta investor-mamlakat

Manba:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi materiallari asosida

muallif tomonidan tayyorlandi.

To‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi

84,3 trln. so‘mni tashkil etdi va jami investitsiyalardagi ulushi 2022

-yilning mos davriga

nisbatan 9,1 % punktga ko‘payib, 24,0 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan

asosiy kapitalga investitsiyalar 21,2 trln, so‘mni yoki, 2022

-yilga nisbatan 130,3 % ni tashkil

etdi. Kafolatlanmagan xorijiy kreditlar va boshqa xorijiy investitsiyalar hisobidan

moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 82,4 trln, so‘mni yoki, 2022

-yilga nisbatan

129,2 % ni tashkil etdi.

Chet el investitsiyalari

asosan kelgusida foyda olish maqsadida, O‘zbekiston

Respublikasi hududidagi korxona va tashkilotlarga kiritilgan chet el kapitali. O‘zbekistonga

kiritilgan xorijiy investitsiyalarning eng yuqori ulushi Xitoy xalq respublikasiga tegishli

25,6%. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning eng yirik investor mamlakatlari qatorida

Rossiya

13,4%, Saudiya Arabistoni

7,9%, Turkiya

6,4%, Birlashgan Arab Amirliklari

5,8%, Germaniya

4,3%, Kipr va Niderlandiya

3,4% dan, Shveysariya

3,1%, AQSH

2,3%

o‘rin egallagan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

25

3-rasm. 2023 yilda hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiya

va kreditlar, mlrd. so‘mda va foizda

Manba:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi materiallari asosida

muallif tomonidan tayyorlandi.

2023 yilda hududlar kesimida asosiy kapitalga kiritilgan xorijiy investitsiyalar va

kreditlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami 84

311,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan

bo‘lib, shundan eng ko‘p ulush Buxoro viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda 12

496,0 mlrd. so‘m yoxud

14,82%, eng kam ulush

Xorazm viloyati 1 399,7 mlrd

. so‘m yoxud 1,66%. Samarqand viloyati

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari asosiy kapitaliga kiritilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning

salmog‘i 6

894,0 mlrd. so‘mni yoki jami jalb etilgan mablag‘lar tarkibida 8,18% ga to‘g‘ri

kelmoqda (3-rasmga qarang).

Xulosa va takliflar.

O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanishi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan

chambarchas bog‘liq. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda mamlakatda

investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar s

amaradorlik

berayotgan bo‘lsa

-

da, hali ham hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar mavjud. Xususan,

investitsiyalarni jalb qilish jarayonining shaffofligini oshirish, investorlar uchun qulay biznes

muhitini yaratish va investitsiya xavflarini minimallashtiri

sh kabi muhim masalalarga e’tibor

qaratish zarur.

O‘tgan yillardagi investitsiya oqimlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonning

asosiy investor mamlakatlari Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya va BAA

bo‘lib, bu

davlatlarning sarmoyadorlari bilan strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash lozim. Bunga

qo‘shimcha ravishda, Yevropa Ittifoqi va AQSh kabi iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarning

investitsiyalarini ham faol jalb etish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi kerak.

Investitsion muhitni yanada yaxshilash va xorijiy sarmoyalarni ko‘proq jalb qilish

maqsadida quyidagi takliflar ilgari suriladi:


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

26

1.

Huquqiy islohotlarni davom ettirish

investorlarga huquqiy kafolatlar yaratish,

soliqlar bo‘yicha yanada qulay shart

-sharoitlarni joriy etish va davlat-xususiy sheriklik

mexanizmlarini takomillashtirish.

2.

Byurokratik to‘siqlarni kamaytirish

investitsion loyihalarni amalga oshirish

jarayonini soddalashtirish va tezkor xizmatlarni rivojlantirish.

3.

Infratuzilmani rivojlantirish

transport va logistika tizimlarini modernizatsiya qilish,

energetika va kommunikatsiya infratuzilmasini yanada takomillashtirish.

4.

Moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash tizimini rivojlantirish

xorijiy investorlar uchun

imtiyozli kreditlar va grant dasturlarini kengaytirish.

5.

Raqamli iqtisodiyotga sarmoya jalb qilish

axborot texnologiyalari, elektron tijorat

va innovatsion startaplar sohasidagi investitsiyalarni rag‘batlantirish.

6.

Hududiy investitsion imkoniyatlarni kengaytirish

xorijiy investorlarni faqat yirik

shaharlarga emas, balki viloyatlarga ham jalb qilish uchun maxsus erkin iqtisodiy zonalar
yaratish.

Yuqoridagi chora-

tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonning investitsion

jozibadorligi oshib,

iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlanadi. Bu esa o‘z navbatida

mamlakatda yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining

rivojlanishiga xizmat qiladi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

BMT Taraqqiyot Dasturi, (2023),

O‘zbekistonda investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha

hisobot, Nyu-York, BMT Nashriyoti.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 yanvardagi “2022

-2026

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF

-60-sonli

Farmoni.

Jahon Banki, (2023), Markaziy Osiyo iqtisodiyoti va investitsiyalar, Vashington, Jahon Banki

Nashriyoti.

Karimov S., (2021),

Xorijiy investitsiyalarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri

, Toshkent,

Iqtisodiyot Nashriyoti.

Ma’ruza (2024a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston

-

Xitoy investitsiya forumidagi ma’ruzasidan. 2024 yil 25 yanvar.

Ma’ruza (2024b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlar

bilan ochiq muloqoti ma’ruzasidan. 2024 yil 20 avgust, Nukus.

Osiyo Taraqqiyot Banki, (2023),

O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish

,

Manila, OTB Nashriyoti.

Qo’mita (2023) O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi, O‘zbekistonda

investitsiyalar va iqtisodiy o‘sish tahlili

, Toshkent, Davstat Nashriyoti.

Qonun (2019), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi,

Investitsiyalar va investitsiya faoliyati

to‘g‘risidagi qonun, Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi.

Rasulov N., (2022),

Investitsiyalarni jalb qilish va O‘zbekistonning xalqaro bozorlar bilan

integratsiyasi, Moskva, Ekonomika Nashriyoti.

Vazirlik (2020), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi,

Davlat-xususiy

sheriklik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tartiblar

, Toshkent,

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nashriyoti.

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi, (2022), O‘zbekistonning investitsion salohiyati va

makroiqtisodiy rivojlanish, Vashington, XVJ Nashriyoti.

References

BMT Taraqqiyot Dasturi, (2023), O‘zbekistonda investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha hisobot, Nyu-York, BMT Nashriyoti.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-sonli Farmoni.

Jahon Banki, (2023), Markaziy Osiyo iqtisodiyoti va investitsiyalar, Vashington, Jahon Banki Nashriyoti.

Karimov S., (2021), Xorijiy investitsiyalarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, Toshkent, Iqtisodiyot Nashriyoti.

Ma’ruza (2024a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumidagi ma’ruzasidan. 2024 yil 25 yanvar.

Ma’ruza (2024b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti ma’ruzasidan. 2024 yil 20 avgust, Nukus.

Osiyo Taraqqiyot Banki, (2023), O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, Manila, OTB Nashriyoti.

Qo’mita (2023) O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi, O‘zbekistonda investitsiyalar va iqtisodiy o‘sish tahlili, Toshkent, Davstat Nashriyoti.

Qonun (2019), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun, Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi.

Rasulov N., (2022), Investitsiyalarni jalb qilish va O‘zbekistonning xalqaro bozorlar bilan integratsiyasi, Moskva, Ekonomika Nashriyoti.

Vazirlik (2020), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi, Davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tartiblar, Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nashriyoti.

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi, (2022), O‘zbekistonning investitsion salohiyati va makroiqtisodiy rivojlanish, Vashington, XVJ Nashriyoti.