XORIJIY INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Annotasiya

Mazkur ishda xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganiladi. Xorijiy investitsiyalar – bu xorijiy investorlar tomonidan boshqa mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan kapital bo‘lib, ular yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, texnologiyalarni olib kirish va kadrlar malakasini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishga turtki beradi. Maqolada xorijiy investitsiyalarning asosiy turlari, ularni qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotidagi funksiyalari, iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi omillari va foydalari ko‘rib chiqiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abduraxmonov, A. (2024). XORIJIY INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI . Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(11), 36–43. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/59847
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur ishda xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganiladi. Xorijiy investitsiyalar – bu xorijiy investorlar tomonidan boshqa mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan kapital bo‘lib, ular yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, texnologiyalarni olib kirish va kadrlar malakasini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishga turtki beradi. Maqolada xorijiy investitsiyalarning asosiy turlari, ularni qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotidagi funksiyalari, iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi omillari va foydalari ko‘rib chiqiladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

36



XORIJIY INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING IQTISODIYOTNI

RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Abduraxmonov Azizbek Akram o‘g‘li

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0009-0006-3920-2445

azizabdurahmonov65@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur ishda xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ularning

mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganiladi. Xorijiy investitsiyalar –

bu xorijiy

investorlar tomonidan boshqa mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan kapital bo‘lib, ular yangi ishl

ab

chiqarish quvvatlarini yaratish, texnologiyalarni olib kirish va kadrlar malakasini oshirish orqali

iqtisodiy o‘sishga turtki beradi. Maqolada xorijiy investitsiyalarning asosiy turlari, ularni qabul

qiluvchi mamlakat iqtisodiyotidagi funksiyalari, iqti

sodiyotga ta’sir qiluvchi omillari va foydalari

ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

kapital, to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri investitsiya, portfel investitsiya, likvidlik, milliy

valyuta, texnologik transfer, modernizatsiya, diversifikatsiya, raqobatbardoshlik, soliq

tush

umlari, sifat standartlari, mehnat unumdorligi, inson kapitali, innovatsiya, bojxona to‘lovlari,

infratuzilma.


ЭКОНОМИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ

ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ И ИХ ЗНАЧЕНИЕ В

РАЗВИТИИ ЭКОНОМИКИ

Абдурахманов Азизбек Акрам

угли

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация

.

В данной работе рассматривается экономическая природа

иностранных инвестиций и их влияние на экономику страны. Иностранные инвестиции

это капитал, вливаемый в экономику другой страны иностранными инвесторами,

которые стимулируют экономический рост за счет создания новых производственных

мощностей, импорта технологий и повышения квалификации кадров. В статье

рассматриваются основные виды иностранных инвестиций, их функции в экономике
принимающей страны, факторы, влияющие на экономику и выгоды.

Ключевые слова:

капитал, прямые инвестиции, портфельные инвестиции,

ликвидность, национальная валюта, технологический трансфер, модернизация,

диверсификация, конкурентоспособность, налоговые поступления, стандарты
качества, производительность труда, человеческий капитал, инновации, таможенные

сборы, инфраструктура

UO

K: 330.322.01

XI SON - NOYABR, 2024

36-43


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

37

THE ECONOMIC NATURE OF FOREIGN INVESTMENTS AND THEIR IMPORTANCE IN

ECONOMIC DEVELOPMENT

Abdurakhmanov Azizbek Akram ugli

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

This paper examines the economic nature of foreign investments and their impact

on the country's economy. Foreign investment is the capital injected into the economy of another

country by foreign investors, which stimulates economic growth by creating new production
facilities, importing technologies and improving the skills of personnel. The article examines the

main types of foreign investments, their functions in the economy of the receiving country, factors

affecting the economy and benefits.

Keywords:

capital, direct investment, portfolio investment, liquidity, national currency,

technological transfer, modernization, diversification, competitiveness, tax revenues, quality

standards, labor productivity, human capital, innovation, customs fees, infrastructure.

Kirish.

Xorijiy investitsiyalar, global iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgan ushbu davrda, milliy

iqtisodiyotlar uchun muhim

iqtisodiy resurs bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu kabi investitsiyalar

nafaqat mahalliy ishlab chiqarish quvvatini oshiradi, balki turli xo‘jaliklarga angi

texnologialarni olib keladi va shu mamlakat iqtisodiyotini jahon savdosiga qo‘shilishini

yengillashtiradi. Shu bilan birga, xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi natijasida mahalliy
korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlarining raqobatbardoshligi oshishi kuzatiladi. Bu esa

ushbu korxonalarning eksport salohiyatini oshishiga hissa qo‘shadi.

Hozirgi kundagi tez rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoiti har bir mamlakatda

xo‘jalik yuritishning ko‘p ukladli mulkchilik shakllariga asoslanib faoliyat yuritishni taqazo

etmoqda.

Xorijiy investitsiyalar iqtisodiyotni rivolantirishda muhim ahamiyat kasb etib, zamonaviy

iqtisodiyotga qo‘shimcha kapital, zamonaviy tenologiya hamda boshqaruv tajribalarini olib

kiradi.

Xususan, xorijiy investitsiyalar ichki kapital taqchil bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar

uchun qo‘shimcha moliyaviy resurs bo‘lib xizmat qiladi. Bevosita iqtisodiy o‘sishni

rag‘batlantiruvchi omil sifatida ishlab chiqarish hajmining oshishiga, likvidlikni ortishiga va

milliy valyutani mustahkamlanishiga hissa qo‘shishi mumkinligi ta’kidlanadi. Shuningdek,

xorijiy investitsiyalar texnologik transferlar va innovatsiyalarni olib kirish orqali mahalliy
kompaniyalar raqobatbardoshligini oshiradi va milliy iqtisodiyotning diversifikatsiyasiga

yordam beradi.

Adabiyotlar sharhi.

Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati tadqiq qilishda dastlab xorijiy investitsiya

haqidagi tushunchalarni tahlil qilaylik. Iqtisodiy adabiyotlarda xorijiy investitsiya

tushunchasini shakllanish jarayonini mohiyati va mazmuni to‘g‘risida bir qancha fikr

-

mulohazalar keltirilgan. Ularning asosiylariga to‘xtalamiz.

Bir nechta chet el iqtisodchi olimlar Alfaro, Chanda, Kalemli-Ozcan va Sayeklarning

(2010) fikriga ko‘ra kuchli moliya bozorlari xorijiy investitsiyalar natijasida paydo bo‘ladigan

foydalardan samarali foydalanishga imkon berishini o‘z tadqiqotlarida ko‘rsatib b

erishgan.

Yuqoridagi amerikalik iqtisodchi Alfaro (2017) o‘z tadqiqotlarining ko‘p qismini xorijiy

investitsiyaning mohiyati unga mikro va makroiqtisodiyot fanlari yuzasidan qarashlar tashkil

qiladi. Iqtisodchi olimlar Borensztein., Gregorio va Lee (1998)

o‘z tadqiqotlarida xorijiy

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri investitsiyalarning rivojlanayotgan davlatlarga qanday ta’sir qilishi haqida

batafsil tahlilini keltirishgan. Ularning subyektiv izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ridan

-


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

38

to‘g‘ri investitsiyalar iqtisodiy o‘sishga faqat mezbon iqtisodiyotda ilg‘or texnologiyalarni
yetarli darajada singdirish qobiliyati mavjud bo‘lganda hissa qo‘shishini ilmiy bayonini

berishgan. Rus iqtisodchi olimi Agafanov (2014) o‘zining tadqiqotlarida kichik biznes

subyektlari loyihalarini

moliyalashtirishda investitsion kreditlash masalalarini ko‘rsatib

beradi.

Shuningdek, mamlakatimizning yetuk iqtisodchi olimlaridan Mamatov, Xujamkulov,

Nurbekov (2014) o‘z tadqiqotlarida investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish

masalalariga to‘xtalgan. Vaxabov, Xajibakiyev va Muminovlar (2010) esa xorijiy

investitsiyalarning ilmiy mohiyati va iqtisodiy ahamiyatining ilmiy-uslubiy tomonlarini tadqiq

qilgan. Karlibayeva (2011) o‘z tadqiqotlarida investitsiyalarni moliyalashtirish,

investitsiyalarni jalb etish va tashkil etishni yoritib bergan. Bababekova va Tursunovlar (2019)

esa raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishda investitsiyalarning muhim ilmiy jihatlarini
ochib bergan. Umarov (2018) innovatsion-investitson faollikning muhim tomonlarini tadqiq

qilib, ularning tadbirkorlik faoliyatidagi o‘rnini ko‘rsatib bergan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotlar davomida tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, ilmiy mushohada

usullaridan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Xorijiy sarmoyaning iqtisodiy mohiyati xorijiy investorlarning daromad olish maqsadida

boshqa davlat iqtisodiyotiga kapital qoʼyishidir. Chet el investitsiyalari turli shakllarda boʼlishi
mumkin: toʼgʼridan

-

toʼgʼri (biznesda to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri ishtirok e

tish yoki kompaniyaning

aktsiyalarini sotib olish) yoki portfelь (kompaniya boshqaruviga sezilarli taʼsir ko‘rsatmasdan

aksiyalar yoki obligatsiyalarni sotib olish).

Xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotida bir qancha muhim

funksiyalarni bajaradi:

1. Kapitalning kirib kelishi. Xorijiy investitsiyalar qo‘shimcha moliyaviy resurslarga

kirishni taʼminlaydi, bu ko‘pincha ichki kapital taqchil bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar

uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Kapitalning kirib kelishi, bu

moliyaviy resurslarning mamlakat iqtisodiyotiga chetdan

kirib kelishi jarayoni boʼlib, kapital oqimi xorijiy investorlar tomonidan mablagʼlarni oluvchi

mamlakatdagi turli aktivlar va loyihalarga qoʼyishda namayon boʼladi.

Kapital oqimiga

quyidagilar kiradi:

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI)

- bu xorijiy investorlarning boshqa

davlatda biznes yaratish yoki sotib olish uchun investitsiyalaridir. Misol uchun, xorijiy

kompaniya zavod qurishi yoki mahalliy firmaning katta ulushini sotib olishi mumkin, bu esa

boshqaruv ustidan nazoratni qo‘lga kiritishi mumkin;

portfel investitsiyalar -

bu kompaniyalarning boshqaruv ustidan nazoratini qo‘lga

kiritmasdan xorijiy aktsiyalarni, obligatsiyalarni yoki boshqa moliyaviy vositalarni sotib olish

jarayonidir. Bunday investitsiyalar mamlakat moliya bozoriga kapital oqimi hajmining

koʼpayishini taʼminlaydi.

Xorijiy kapital kirib kelishining ahamiyati quyidagilarda namayon bo‘ladi:

iqtisodiy o‘sishni moliyaviy qo‘llab

-quvvatlaydi. Kapitalning kirib kelishi ishlab

chiqarish quvvatlarini kengaytirish, innovatsiyalarni joriy etish va infratuzilmani yaratish

uchun ishlatilishi mumkin boʼlgan qoʼshimcha moliyaviy resurslarni beradi;

likvidlikni oshiradi. Moliya bozorlariga kapitalning kirib kelishi likvid aktivlar hajmini

oshiradi, bu esa kreditlashning rivojlanishini rag‘batlantiradi va mahalliy kompaniyalar uchun

qarz olish xarajatlarini kamaytiradi;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

39

milliy valyutaning mustahkamlaydi. Kapitalning sezilarli oqimi xorijiy investorlar

tomonidan milliy valy

utaga boʼlgan talabni oshirish orqali uni mustahkamlashga yordam

beradi;

valyuta zahiralarining ko‘payishiga olib keladi. Valyuta oqimi, ayniqsa, to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

investitsiyalar orqali mamlakatning valyuta zaxiralarini ko‘paytirishi, tashqi iqtisodiy

zarbalarga chidamliligini oshirishi mumkin;

milliy valyuta qadrini mustahkamlaydi. Kapitalning sezilarli oqimi xorijiy investorlar

tomonidan milliy valyutaga bo‘lgan talabni oshirish orqali uni mustahkamlashga yordam

beradi;

valyuta zahiralarining ko‘paytiradi. Valyuta oqimi, ayniqsa, to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

investitsiyalar orqali mamlakatning valyuta zaxiralarini ko‘paytirishi, tashqi iqtisodiy

zarbalarga chidamliligini oshirishga yordam beradi.

Demak, xorijiy kaptalning kirib kelishi yangi ish o‘

rinlari yaratish, ishlab chiqarish

quvvatlarini oshirish va umumiy iqtisodiy oʼsishni taʼminlashga yo‘naltirilishi mumkin.

2. Ishlab chiqarish quvvatlarining ortishi. To‘g‘ridan

-

to‘g‘ri investitsiyalar odatda yangi

ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish yoki mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish bilan

birga keladi. Bu iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi, yangi ish o‘rinlari yaratishga va aholi

turmush darajasini oshirishga olib keladi.

Ishlab chiqarish quvvatlarining o‘sishi

- bu iqtisodiyot

uchun zarur boʼlgan tovarlar ishlab

chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining oshishiga olib kelishi bilan birga infratuzilmaning

rivojlanishiga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Bu jarayonda xorij sarmoyasi asosiy o‘rin tutib,

korxonalar rivojiga, mavjud quvv

atlarni modernizatsiya qilishga katta taʼsir ko‘rsatadi. Buni

quyidagilarda ko‘rish mumkin:

yangi korxonalarni tashkil etish. Toʼgʼridan

-

toʼgʼri xorijiy investitsiyalar koʼpincha yangi

zavodlar, fabrikalar va boshqa ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish

ni oʼz ichiga oladi. Xorijiy

kompaniyalar yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurishga sarmoya kiritadi va mamlakat
iqtisodiyotida sanoat sohasining kengayishiga olib keladi;

mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish. Xorijiy investitsiyalar mavjud korxonalarda

asbob-uskunalarni yangilash, yangi texnologiyalarni joriy etish va mehnat unumdorligini

oshirishga yo‘naltirilishi mumkin. Bu ishlab chiqarish hajmini va sifatini oshiradi;

texnologik transfer. Ko‘pincha ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lgan xorijiy

investorlar

ularni mahalliy korxonalarda joriy etishga ko‘maklashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonlarini

takomillashtirish, mahsulotning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish

imkonini beradi;

ishlab chiqarish hajmini oshirish. Ishlab ch

iqarish quvvatlarining o‘sishi tufayli ishlab

chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi oshadi, bu esa ham ichki talabni qondirish, ham

mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga imkonini yaratadi;

iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish. Chet el investitsiyalari mamlakat iqtisodiyotida

ilgari mavjud bo‘lmagan yangi sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu bir

sektorga qaramlikni kamaytirishga yordam beradi va iqtisodiyotni inqirozlarga chidamliroq

qiladi.

Maʼlumki, rivojlanayotgan mamlakatlar

iqtisodiyotida kapital resurslarning yetishmasligi

mamlakatda ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) korxonalarini tashkil qilishda qiyinchiliklar
tug‘diradi. Bunday sharoitda mamlakat aholisini ish bilan taʼminlashda muammolar vujudga

keladi. Xuddi ana shuning uchun ham xorijiy investitsiyalar yordamida ishlab chiqarish

quvvatini oshirish imkoniyatlari vujudga keladi. Ishlab chiqarish quvvatlarining oshishi esa o‘z

navbatida:

-

yangi ish o‘rinlarini yaratadi. Ishlab chiqarish quvvatini oshirish qoʼshimcha x

odimlarni

yollashni talab qiladi, bu esa mamlakatda ishsizlik darajasini pasaytiradi;

- raqobatbardoshlikni oshiradi. Quvvatlarning kengayishi va yangi texnologiyalarning

joriy etilishi natijasida mahalliy korxonalarning jahon bozorida raqobatbardoshligi ham sifat


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

40

nuqtai nazardan, ham hajm nuqtai nazardan oshadi va oqibatda eksport hajmining oshishiga
olib keladi;

-

iqtisodiy o‘sishni tezlashtiradi. Ishlab chiqarish hajmini oshirish, korxonalarni

modernizatsiya qilish mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘si

shiga olib keladi;

- soliq tushumlarining ortishiga olib keladi. Sanoatning yangi tarmoqlarining rivojlanishi

va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining ortishi korxona daromadining oshishiga va

natijada byudjetga soliq tushumlarining oshishiga olib keladi.

3. Texnologiya va bilimlarni uzatish. Xorijiy kompaniyalar ko‘pincha ilgʼor texnologiya va

boshqaruv tajribasini olib kelishadi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligi va innovatsiyalarni
yaxshilashga yordam beradi.

Texnologiya va bilim transferi

bu,

ilg‘or texnologiyalar, innovatsiyalar va boshqaruv

tajribasini bir mamlakatdan boshqasiga o‘tkazish jarayonidir. Chet el investitsiyalari
kontekstida transfer xorijiy kompaniyalar o‘zlarining ilgʼor texnologiyalari va operatsion

amaliyotlarini qabul qiluvchi mamlakatga joriy etganda, mahalliy korxonalarning

mahsuldorligi va raqobatbardoshligini oshirishga yordam berganda sodir bo‘ladi.

Xorijiy investitsiyalar orqali texnologiya va bilim transferining asosiy jihatlari

quyidagilardan iborat:

ishlab chiqarish texnologiyalarining transferi. Xorijiy kompaniyalar korxonalar tashkil

qilishda yoki mahalliy biznesda ishtirok etishda ko‘pincha o‘zlari bilan zamonaviy ishlab

chiqarish texnologiyalari, uskunalari va jarayonlarini olib kelishadi. Bu mahalliy

kompaniyal

arga ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish sikllarini yaxshilash

imkonini beradi;

xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish. Xorijiy kompaniyalar ko‘pincha mahalliy

xodimlarni oʼqitish, ularga eng yangi texnologiyalar va ish usullarida

n foydalanish imkonini

beradi. Bu xodimlarning malaka darajasini oshirish va kasbiy mahoratini oshirishga yordam

beradi;

boshqaruv va tashkiliy bilimlarni uzatish. Transmilliy korporatsiyalar, qoida tariqasida,

biznesni boshqarishning zamonaviy usullariga, marketing strategiyalariga va mehnatni tashkil

etishga ega. Ushbu yondashuvlar mahalliy kompaniyalar tomonidan ularning samaradorligi va

o‘sishini yaxshilash uchun moslashtirilishi mumkin;

qo‘shma korxonalar va sheriklik. Bugungi kunda qo‘shma korxona

lar orqali xorijiy va

mahalliy kompaniyalar faol bilim almashmoqda. Bu ishlab chiqarish texnologiyalariga ham,

qabul qiluvchi mamlakatda innovatsion rivojlanishga hissa qoʼshadigan tashkiliy yechimlarga

ham tegishli;

sifat standartlarini joriy etish. Xor

ijiy sarmoyadorlar ko‘pincha mahsulot sifati va ishlab

chiqarish jarayonlarining yuqori standartlarini olib kelishadi, bu esa mahalliy kompaniyalarni

ularga javob berishga va ularning tovar va xizmatlari sifatini yaxshilashga undaydi.

Iqtisodiyot uchun tex

nologiya va bilim transferining ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi:

-

texnologik taraqqiyotni tezlashtiradi. Ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi iqtisodiyotni

jadalroq modernizatsiya qilish va jahon tendentsiyalari bilan hamqadam bo‘lish imkonini

berad

i, bu esa uning raqobatbardoshligiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi;

-

mehnat unumdorligining o‘sishi. Zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv usullari ishlab

chiqarish samaradorligini oshiradi, bu esa mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga va
xarajatlarni kamaytirishga olib keladi;

- inson kapitalini rivojlantirish. Xodimlarni tayyorlash va ularga yangi bilimlar berish

ularning kasbiy darajasini oshiradi, bu esa uzoq muddatda ishchi kuchi sifatini oshiradi va

innovatsiyalarni rag‘batlantiradi;

- jahon bozori

da raqobatbardoshlikni oshirish. Zamonaviy texnologiyalarni qoʼllayotgan

korxonalarning raqobatbardoshligi ortib boradi, bu esa eksport hajmini oshirishga,

mamlakatning jahon bozoridagi iqtisodiy mavqeini yaxshilashga xizmat qiladi;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

41

- innovatsion faoliyatni jadallashtirish. Bilimlarni uzatish mamlakatda innovatsiyalar

rivojlanishini ragʼbatlantiradi, bu esa yangi mahsulotlar, xizmatlarning paydo bo‘lishiga va

texnologik jarayonlarni takomillashtirishga yordam beradi.

4. Soliq tushumlarining ortishi. Boshqa davlatda faoliyat yuritayotgan xorijiy

kompaniyalar soliq to‘laydi, bu esa davlat byudjeti daromadlarini oshiradi.

Soliq tushumlarining ko‘payishi xorijiy investitsiyalarning qabul qiluvchi mamlakatga

asosiy iqtisodiy taʼsiridan biridir. Mahalliy

iqtisodiyotga sarmoya kiritayotgan xorijiy

kompaniyalar korxonalar, ish oʼrinlari va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etadi, bu esa soliq

bazasining o‘sishiga va davlat daromadlarining oshishiga olib keladi.

Chet el investitsiyalarining soliq tushumlarini

oshirishga taʼsiri quyidagilarda namoyon

boʼladi:

korxona foydasiga solinadigan soliqlar boʼyicha. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan

xorijiy kompaniyalar o‘z faoliyatidan olingan foydadan korporativ soliq to‘laydi. Yangi

korxonalarni tashkil etish, ayniqsa, kompaniyalar yaxshi moliyaviy natijalarga erishgan

taqdirda, daromad solig‘i tushumlarini oshiradi;

xodimlar daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha. Xorijiy investorlar tomonidan yangi

ish o‘rinlarining yaratilishi mahalliy aholining rasmiy ish bilan taʼminlanishiga va daromad
solig‘ini toʼlay boshlashiga olib keladi. Bandlik va ish haqi darajasining oshishi jismoniy

shaxslardan soliq tushumlarining oshishiga yordam beradi;

qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va aksiz solig‘i bo‘yicha. Chet el korxonal

ari tomonidan

yaratilgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish qoʼshilgan qiymat soligʼi (QQS),

shuningdek, ayrim toifadagi mahsulotlarga aksiz solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladi. Bu davlat

daromadlarini yanada oshiradi;

mulk va yer soliqlar

i boʼyicha. Zavod va korxonalar qurayotgan xorijiy kompaniyalar yer

va ko‘chmas mulkni sotib oladi yoki ijaraga oladi, bu esa mulk yoki yer uchun tegishli soliqlarni

to‘lashni nazarda tutadi, bu ham mamlakat byudjetini to‘ldiradi;

bojxona to‘lovlari boʼy

icha. Xorijiy kompaniyalar ishlab chiqarish uchun asbob-

uskunalar, xomashyo yoki butlovchi qismlarni olib kirsa, ulardan bojxona toʼlovlari talab

qilinadi, bu esa byudjetga qoʼshimcha daromad manbaiga aylanadi.

Iqtisodiyot uchun soliq tushumlarini oshirishning bir qator ahamiyatli jihatlari mavjud

boʼlib, ular quyidagilardan iborat:

-

davlat dasturlarini moliyalashtirish. Soliq tushumlarining koʼpayishi davlatga ijtimoiy

dasturlar, sog‘liqni saqlash, taʼlim va rivojlanishning boshqa muhim sohalarini yaxshir

oq

moliyalashtirish imkonini beradi;

-

infratuzilmani yaxshilash. Qoʼshimcha soliq tushumlari transport, energetika va

kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilishi mumkin, bu esa o‘z navbatida

biznes uchun yanada qulay shart-sharoitlar

yaratish va iqtisodiy o‘sishni yanada oshirishga

yordam beradi;

-

davlat qarzini kamaytirish. Davlat daromadlarining ko‘payishi byudjet taqchilligini

kamaytirishga yordam beradi va davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish yoki kamaytirish uchun

ishlatilishi mumkin;

-

investitsion jozibadorlikni oshirish. Barqaror va oʼsib borayotgan soliq tushumlari

davlatga yanada barqaror soliq va fiskal siyosat yuritish imkonini beradi, bu esa mamlakatni
yangi xorijiy investorlar uchun jozibador qiladi.

Shunday qilib, xorijiy

investitsiyalar nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratish va mahsulot ishlab

chiqarish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi, balki davlat uchun qoʼshimcha

resurslarni taʼminlab, soliq tushumlarining muhim manbai hisoblanadi.

5. Xalqaro aloqalarn

i mustahkamlash. Chet el investitsiyalari mamlakatlar o‘rtasidagi

iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi, bu esa eksport va importni

diversifikatsiya qilishga, shuningdek, bir iqtisodiy sherikga qaramlikni kamaytirishga yordam

beradi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

42

Xalqaro aloqalarni mustahkamlash -

bu mamlakatlar oʼrtasidagi iqtisodiy, siyosiy va

madaniy aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirish jarayonidir. Bu jarayonda xorijiy

investitsiyalar muhim oʼrin tutadi, chunki u transmilliy iqtisodiy munosabatlarning

rivojlanishi

ni ragʼbatlantiradi, xalqaro bozorlarga integratsiyalashuvga yordam beradi va

diplomatik munosabatlarni yaxshilaydi. Xalqaro aloqalardagi chet el investitsiyalarining oʼrni

quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

iqtisodiy hamkorlik. Xorijiy

investitsiyalar mamlakatlar o‘rtasida barqaror iqtisodiy

aloqalarni vujudga keltiradi. Tashqi bozorlarga sarmoya kiritayotgan kompaniyalar

mamlakatlar oʼrtasidagi savdo, hamkorlik va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlovchi uzoq

muddatli hamkorlik munosabatlariga kirishadi;

tashqi savdoning kengayishi. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalar

eksport va importni oshirishga yordam berish uchun yetkazib beruvchilar va mijozlarning

global tarmogʼidan foydalanishlari mumkin. Bu mahalliy korxonalarning

xalqaro bozorlarga

chiqishiga yordam beradi, mamlakat eksport imkoniyatlarini oshiradi;

investitsiya shartnomalari va huquqiy asoslari. Chet el investitsiyalarini jalb qilish

uchun davlatlar investitsiyalarning shartlari va himoyasini tartibga soluvchi

ikki va koʼp

tomonlama shartnomalar tuzadilar. Ushbu kelishuvlar investorlarning huquqiy himoyasini

takomillashtiradi va mamlakatlar oʼrtasidagi ishonchni mustahkamlaydi, uzoq muddatli

hamkorlik uchun zamin yaratadi;

diplomatik yaqinlashuv. Katta xorijiy

investitsiyalar bilan bogʼliq iqtisodiy manfaatlar

mamlakatlar oʼrtasidagi siyosiy va diplomatik munosabatlarni yaxshilash uchun katalizator

boʼlishi mumkin. Oʼzaro iqtisodiy manfaatlarga ega boʼlgan davlatlar koʼpincha konstruktiv va

barqaror siyosiy muloqotga kirishadilar;

madaniy va tajriba almashish. Boshqa davlatda faoliyat olib borayotgan mablagʼlar bilim

va gʼoyalarni osonlashtirib, yangi menejment va madaniy amaliyotlarni joriy etishlari mumkin.

Bular madaniyatlar va malakatlar oʼrtasidagi oʼzaro

munosabatlar darajasini oshirishga

yordam beradi;

xalqaro moliyaviy munosabatlar. Chet el investitsiyalari xalqaro moliyaviy

munosabatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq: mamlakatlarning banklari, moliya institutlari va

kredit tashkilotlari biznes va loy

ihalarni moliyalashtirish uchun o‘zaro hamkorlik qiladilar, bu

esa jahon moliya tizimining rivojlanishiga yordam beradi.

Xalqaro aloqalarni mustahkamlashning iqtisodiyot uchun ahamiyati quyidagilar bilan

izohlanadi:

- investitsion jozibadorlikni oshirish. Investitsiyalar va savdo orqali boshqa mamlakatlar

bilan faol aloqada boʼlgan mamlakat barqaror va oʼzaro manfaatli xalqaro munosabatlarni
namoyish etgani uchun boshqa investorlar uchun yanada jozibador boʼladi;

- xalqaro mojarolar xavfini kamaytirish. Mam

lakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy oʼzaro bogʼliqlik

siyosiy yoki savdo mojarolari ehtimolini kamaytiradi, chunki mamlakatlar barqaror iqtisodiy

munosabatlarni saqlab qolishdan manfaatdor;

- yangi bozorlarga kirish. Xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi davlat xalqaro

kompaniyalar orqali jahon bozorlariga chiqishga erishadi va shu orqali eksport hajmini

oshiradi va savdo balansini yaxshilaydi;

-

mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘

-

eʼtiborini oshirish. Xorijiy sarmoyani

muvaffaqiyatli jalb etish va xalqaro aloqalarni davom ettirish mamlakatning ishonchli hamkor

sifatidagi nufuzini oshiradi, bu esa jahon miqyosida siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni

kuchaytirishga olib kelishi mumkin.

Shunday qilib, xorijiy investitsiyalar xalqaro aloqalarni mustahkamlashda, mamlakatlar

oʼrtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun platforma

yaratishda muhim oʼrin tutadi, bu esa pirovardida global iqtisodiy oʼsish va barqarorlikka

xizmat qiladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

43

Xulosa va takliflar.

Tadqiqotlar

natijalariga ko‘ra quyidagi xulosa va takliflarni berish maqsadga muvofiq:

1.

Xorijiy investitsiyalar qo‘shimcha moliyaviy resurslarga kirishni taʼminlaydi, bu

ko‘pincha ichki kapital taqchil bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda muhim

ahamiyatga ega;

2.

To‘g‘ridan

-

to‘g‘ri investitsiyalar odatda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish

yoki mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish bilan birga keladi;

3.

Xorijiy kompaniyalar ko‘pincha ilgʼor texnologiya va boshqaruv tajribasini olib

kelishadi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligi va innovatsiyalarni yaxshilashga yordam
beradi;

4.

Boshqa davlatda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalar soliq to‘laydi, bu esa

davlat byudjeti daromadlarini oshiradi;

5.

Xorijiy investitsiya qabul qiluvchi mamlakat xalqaro aloqalarni mustahkamlaydi. Bu

esa eksport va importni diversifikatsiya qilish imkonini beradi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Alfaro, Laura, Sebnem Kalemli-Ozcan, Areendam Chanda, and Selin Sayek. (2010)

“Does

Foreign Direct Investment Promote Growth? Exploring the Role of Financial Markets on

Linkages." Journal of Development Economics 91, 242

256. (Also Harvard Business School

Working Paper No. 07-013 and NBER Working Paper No. w12522.).

Alfaro, Laura. (2017)

“Gains from Foreign Direct Investment:

Macro and Micro Approaches.”

(pdf) World Bank Economic Review 30, Suppl. 1 S2

S15.

Bababekova D.Sh, Tursunov B.O. (2019) Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish orqali

raqobatbardosh iqtisodiyotni shakl

lantirish yo‘nalishlari.

Ilmiy-ommabop risola.

T.: “Iqtisod

-

Moliya”. 40 b.

Borensztein E., J. de Gregorio b.,

W.Lee (1998) “

How does foreign direct investment affect

economic growth?” Journal of International Economics Vol 45, Issue 1.

Karlibayeva R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish.

O‘quv qo‘llanma. –

T.:

“Cho‘lpon nomidagi nashriyot

-

matbaa ijodiy uyi”.

Mamatov B.S., Xujamkulov D.Y., Nurbekov O.Sh. (2014) Investitsiyalarni tashkil etish va

moliyalashtirish. Darslik.

T.: Iqtisod-Moliya.

Umarov F.U. (2018) Innovatsion-

investitsiya faol tadbirkorlikning muhim omili. “Iqtisodiyot

va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. №1, yanvar

-fevral.

Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Muminov N.G. (2010 Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma.

–T.: “Moliya”.

Агафонов А.А.

(2014)

“Проектное финансирование как форма инвестиционного

кредитования малого бизнеса” / Агафонов А.А.

//

Экономика и предпринимательство.

-

№5

-

ч.1.

-

С. 711.

Bibliografik manbalar

Alfaro, Laura, Sebnem Kalemli-Ozcan, Areendam Chanda, and Selin Sayek. (2010) “Does Foreign Direct Investment Promote Growth? Exploring the Role of Financial Markets on Linkages." Journal of Development Economics 91, 242–256. (Also Harvard Business School Working Paper No. 07-013 and NBER Working Paper No. w12522.).

Alfaro, Laura. (2017) “Gains from Foreign Direct Investment: Macro and Micro Approaches.” (pdf) World Bank Economic Review 30, Suppl. 1 S2–S15.

Bababekova D.Sh, Tursunov B.O. (2019) Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish orqali raqobatbardosh iqtisodiyotni shakl¬lantirish yo‘nalishlari. Ilmiy-ommabop risola. – T.: “Iqtisod-Moliya”. 40 b.

Borensztein E., J. de Gregorio b., W.Lee (1998) “How does foreign direct investment affect economic growth?” Journal of International Economics Vol 45, Issue 1.

Karlibayeva R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”.

Mamatov B.S., Xujamkulov D.Y., Nurbekov O.Sh. (2014) Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. –T.: Iqtisod-Moliya.

Umarov F.U. (2018) Innovatsion-investitsiya faol tadbirkorlikning muhim omili. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. №1, yanvar-fevral.

Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Muminov N.G. (2010 Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Moliya”.

Агафонов А.А. (2014) “Проектное финансирование как форма инвестиционного кредитования малого бизнеса” / Агафонов А.А. // Экономика и предпринимательство. - №5- ч.1.- С. 711.